Научная статья на тему 'TOSHKENT VOHASINING SUG’ORILADIGAN HUDUDLARIDA TUSSILAGO FARFARA L. (ODDIY OQQALDIRMOQ) O’SIMLIGINI BIOEKOLOGIYASI VA KO’PAYTIRISH USULLARI'

TOSHKENT VOHASINING SUG’ORILADIGAN HUDUDLARIDA TUSSILAGO FARFARA L. (ODDIY OQQALDIRMOQ) O’SIMLIGINI BIOEKOLOGIYASI VA KO’PAYTIRISH USULLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
150
13
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
DORIVOR O'SIMLIKLAR / MADANIYLASHTIRISH / AGROTEXNIKA / VEGETATIV KO'PAYTIRISH / PLANTATSIYA

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Raximjonova Z.A., To'Xtaev B.Yo.

Toshkent vohasining sug’oriladigan sharoitida Tussilagi farfara L. o’simligining yetishtirish agrotexnikasini ishlab chiqish (madaniylashtirish) mavzusidagi ilmiy amaliy ishlarning boshlang’ich natijalari va ahamiyati.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

BIOECOLOGY AND METHODS OF REPRODUCTION OF TUSSILAGO FARFARA L. (SIMPLE WHITENING) PLANT IN IRRIGATED TERRITORIES OF TASHKENT OAS

Preliminary results and significance of scientific and practical work on the development (cultivation) of agro- techniques for growing Tussilago farfara L. in irrigated conditions of the Tashkent region.

Текст научной работы на тему «TOSHKENT VOHASINING SUG’ORILADIGAN HUDUDLARIDA TUSSILAGO FARFARA L. (ODDIY OQQALDIRMOQ) O’SIMLIGINI BIOEKOLOGIYASI VA KO’PAYTIRISH USULLARI»

Raximjonova Z.A.

ToshDAU magistranti To'xtaev B.Yo.

ToshDAU b.f.d. professor

TOSHKENT VOHASINING SUG'ORILADIGAN HUDUDLARIDA TUSSILAGO FARFARA L. (ODDIY OQQALDIRMOQ) O'SIMLIGINI BIOEKOLOGIYASI VA KO'PAYTIRISH USULLARI

Annotatsiya: Toshkent vohasining sug'oriladigan sharoitida Tussilagi farfara L. o 'simligining yetishtirish agrotexnikasini ishlab chiqish (madaniylashtirish) mavzusidagi ilmiy amaliy ishlarning boshlang'ich natijalari va ahamiyati.

Kalit so 'zlar: Dorivor o 'simliklar, madaniylashtirish, Tussilago farfara L., agrotexnika, vegetativ ko 'paytirish, plantatsiya.

Raximjonova Z.A.

master ToshDAU Tokhtaev B. Yo. b.f.d. professor ToshDAU

BIOECOLOGY AND METHODS OF REPRODUCTION OF TUSSILAGO FARFARA L. (SIMPLE WHITENING) PLANT IN IRRIGATED TERRITORIES OF TASHKENT OAS

Abstract: Preliminary results and significance of scientific and practical work on the development (cultivation) of agro- techniques for growing Tussilago farfara L. in irrigated conditions of the Tashkent region.

Key words: Medicinal plants, introduction, Tussilago farfara L., agrotechnical practices, vegetative reproduction, plantation.

Kirish. Butun dunyoda farmatsevtika sanoatining bugungi kundagi dolzarb muammolaridan biri dori vositalarini tabiiylashtirish, ya'niy dorivor o'simliklar substansiyalaridan dori ishlab chiqarish bo'lib, ayrim rivojlangan mamlakatlarda bu ko'rsatkich 80% ga yetgan. Respublikamizda, tibbiyotda ishlatiladigan dori vositalarining qariyb 40-47% o'simlik xom -ashyolarining substansiyalaridanolinadigan dorilar tashkil etadi.[6] Demak, dorivor o'simliklar tabiiy zaxiralarini muhofaza qilish, yo'qolib ketishini oldini olish va sanoat miqyosida ishlab chiqishni ta'minlash hamda keng masshtabda plantatsiyalarini tashkil etishni yo'lga qo'yish muhim.

мЭкономнка h соцнумм №6(97)-1 2022

www.iupr.ru

239

Hozirgi vaqtda ushbu muammolarni amalga oshirish davlatimiz va hukumatimiz tomonidan qabul qilinayotgan bir qator qarorlarda ham o'z aksini topgan. Ya'ni, O'zbekiston Reespublikasi Prezidentining 10.04.2020 yildagi PQ-4770-son " Yovvoyi holda o'suvchi dorivor o'simliklarni muhofaza qilish, madaniy holda yetishtirish, qayta ishlash va mavjud resurslardan oqilona foydalanish chora-tadbirlari" to'g'risidagi qarori biz yuqorida keltirgan dolzarb vazifalarni ijrosini ta'minlashda dasur bo'lib xizmat qiladi.

Ana shunday istiqbolli va doimiy ravishda farmatsevtika ishlab chiqarish sanoatida xom-ashyosi ishlatiladigan o'simliklardan biri Oddiy oqqaldirmoq ( Tussilago farfara L.) bo'lib, biz ushbu o'simlikni Toshkent vohasining sug'oriladigan hududlarida ko'paytirish usullariva bioekologiyasi mavzui tanlab oldik. Oddiy oqqaldirmoq o'simligini yetishtirish agrotexnikasini ishlab chiqish va ilmiy asoslash shu bilan bir qatorda farmatsevtika sanoatini xom -ashyoga bo'gan talabini qondirishni maqsad qildik.[1]

Oddiy oqqaldirmoq, Ko'ka- Матъ и мачеха- Tussilago farfara L. [ Asteraceae Dumort. (Compositae Giseke)- Астровые (Сложносветные) -Qoqio'tdoshlar ( Murakkabguldoshlar)] oilasiga mansub bo'lib, O'zbekistonda bir turi o'sadi. Turkum nomi lotin tilida "tussis"- yo'tal, "agere" - ta'sir etish, yordam berish ma'nosida bo'lib, o'simlikni yo'talga davo ekanligi uchun berilgan. Turni nomi "farris" so'zidan olingan bo'lib, "far"- un, "fero"- olib bormoq, o'simlik barglarini ostki tomoni un sepilganday oq tuklar bilan qoplanganligi uchun atalgan. Toshkent viloyatining ayrim joylarda maskur o'simlik "oq barg", "shoh ildizi","mart guli", "qum gul" nomlari bilan xalq tabobatida ishlatiladi. [4]

Tussilago farfara L., Oddiy oqqaldirmoq asosan Toshkent, Farg'ona, Samarqand, va Surxandaryo viloyatlarida, qisman Jizzax va Qashqadaryo viloyatlarida, tog'larning sernam ( buloqli) yonbag'irlarida, daryo va ariq bo'ylarida, ko'pincha doimiy maysazorga ega bo'lmagan siyrak senozlarda begona o'tlar va butalar bilan birga o'sadi.[3]

O'simlikning kimyoviy tarkibi o'rganilgan bo'lib, gulli savatchasi tarkibida faradiol, arnidol, taraksantin, sigmasterin, sitosterin va oshlovchi moddalar bor. Bargida achchiq glikozidlar (2,63%gacha tussilyagin), alkoloidlar, flavonoidlar, efir moylari, shilliq moddalar, sitosterin, olma va vino kislotalari, saponinlar, karotinoidlar (5,18%), askorbin kislotasi (5 mg%), inulin va dekstrin aniqlangan.

Dorivor mahsuloti: a) Folium Farfarae - Oqqaldirmoq barglari; b) Flores Farfarae - Oqqaldirmoq gullari.[5] Oddiy oqqaldirmoq o'simligidan xom-ashyo tayyorlash va uning sifati. Asosan o'simlikning barglari yozning birinchi yarmida hali ular yosh, barglarining ostki qismi qalin, oq tuklar bilan qoplangan vaqtida teriladi. Yig'ilgan xom-ashyoni 2-3 sm qalinlikda qog'oz yoki mato ustiga yoyib, angar yoki havo yaxshi aylanadigan ayvonlarda quritiladi. Bargining yuza qismi yashil, pastki qismi oq kulrang holatda bo'lganida terish tavsiya etiladi. Xom-

"Экономика и социум" №6(97)-1 2G22

www.iupr.ru

240

ashyo hidsiz, ta'mi achchiqroq bo'ladi. Tayyor xom-ashyoning tarkibidagi namlik 13% dan oshmasligi kerak. Umumiy kul miqdori 20% gacha, qo'ng'ir rangga aylangan barglar5% dan ortiq, kasallangan barglari 3% dan oshmasligi kerak. Tayyorlangan xom ashyo qoplarga 20 kg dan solinadi.

Tibbiyotda qo'llanilishi: O'simlik gullari va barglarining damlamasi yumshatuvchi va balg'am ko'chiruvchi, dezinfeksiya qiluvchi, yallig'lanishga qarshi ta'sir etuvchi vosita sifatida bronxit, laringit, turli o'pka kassaliklari va boshqa shamollash kasalliklarini davolashda ishlatiladi. [4]

Ilmiy tadqiqotlar metodikasi. Tajribalar Toshkent viloyati Qibray tumanida joylahgan " Qishloq xo'jaligida innovatsion ishlanmalar va maslahat markazi" DUK da o'rganiladi. Iqlimi keskin kontinental. Tuprog'i tipik bo'z tuproq hisoblanadi. Tussilago farfara L. o'simligi ko'p yillik, ildizpoyali bo'lib, ko'paytirish asosan vegetativ yo'l bilan, tabiiy sharoitda o'sib turgan o'simlik ildizpoyasidan olib kelinib ekildi. O'simlikning biomorfologik xususiyatlari Cheripanov Serebryakov (1952),O'simliklarni mavsumiy rivojlanishi Beydeman (1974), Zaysev (1978) usullari bilan o'rganiladi. O'simlikning asosan suvga bolgan talabi o'rganilib, sug'orishlar 6 variant asosida amalga oshiriladi.Bunda Tussilago farfara L. o'simligining suvga bo'lgan optimal talabini aniqlash maqsadida sug'orishlar har kuni 7 martadan 2 martagacha va kun ora sug'orish tartibi joriy etiladi. Bundan tashqari o'simlikning tabiiy sharoitda ham o'sish va rivojlanishi kuzatilib, kimyoviy tarkibi va bir qancha ko'rsatkichlari o'rganilib madaniy holda o'stirilayotgan shakli bilan solishtirish ishlari olib boriladi va xulosa qilinadi. Hamma tajriba variantlariga introduksion chidamliligi o'rganilib maqbul variant tanlaniladi, bunda introduksion chidamlilikni aniqlashga asoslangan metod ( Trulevich 1991, To'xtaev 2009) va o'simliklar reproduktiv strategiyalarini tahlil qilish metodi ( Guseynova, 2011) dan foydalanilgan holda introduksion baholash ishlari olib boriladi. [2]

Kutilayotgan natijalar. - Dastlabki tahlilar va o'rganishlar shuni ko'rsatiyaptiki Tussilago farfara L. o'simligi madaniy sharoitda vegetativ yo'l bilan ko'paytirilganda Toshkent iqlim - tuproq sharoitida o'sib rivojlanishi ijobiy holatda bo'lishi introduksion usullarga ko'ra, bashorat qilinadi.

Keyingi bosqich, Tajribalar hamda ularning variantlari bo'lib, 2-3 vegetatsiya yilida o'simlikning introduksiya sharoitida moslashish (adaptatsiya) darajasi (Tussilago farfara L. o'simligining ko'karuvchanlik, o'sish va rivojlanish, tajriba maydonchasidagi pol qalinligi, o'simlikning ontogenez (chala) davrlari, mahsuldorlik va hosildorlik, kimyoviy tarkibini), ko'paytirish usullari va keng masshtabda plantatsiyalarini tashkil etish aspektlari ishlab chiqiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. O'zbekiston Reespubliksi Prezidentining 10.04.2020 yildagi PQ-4770-son " Yovvoyi holda o'suvchi dorivor o'simliklarni muhofaza qilish, madaniy holda yetishtirish, qayta ishlash va mavjud resurslardan oqilona foydalanish chora-tadbirlari" to'g'risidagi qarori

мЭкономнка h соцнумм №6(97)-1 2022

www.iupr.ru

241

2. Belolipov I.B., To'xtaev B. Yo., Qarshiboev H.Q. "O'simliklar introduksiyasi" fanidan ilmiy- tadqiqot ishlarini o'tkazishga oid metodik ko'rsatmalar.( to'ldirilgan 2 nashr).- Guliston,2015.-32b.

3. B. Yo. To'xtaev, T.X. Maxkamov, A. To'laganov, A.I. Mamatkarimov, A.B.Mahmudov, M.O'.Allayorov "Dorivor va ozuqabop o'simliklarni plantatsiyalarini tashkil etish va xom-ashyosini tayyorlash bo'yicha metodik qo'llanma", Toshkent- 2015.

4. K. Toyjonov, B.A. Nigmatullaev, Sh.Sh. Sagdullaev "O'zbekiston dorivor o'simliklari lotincha nomlanishining etimologik lug'ati". Toshkent- 2016.

5. https://themeformen.ru/uz.

6. Vikipediya.

"Экономика и социум" №6(97)-1 2G22

www.iupr.ru

242

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.