UDK: 631.4
TOSHKENT VILOYATI SUG'ORILADIGAN TIPIK BO'Z TUPROQLARINI UNUMDORLIGI BO'YICHA BONITIROVKALASH Dotsent, Nodira Pazitdinovna Kuchkarova
n.Kuchkarova.61@mail. ru https://doi.org/10.5281/zenodo.10084841
Annotatsiya. Maqolada sug'oriladigan tipik bo'z tuproqlarning unimdorligi bo'yicha baholash masalasi yoritilgan. Tuproqlarni baholashda Toshkent viloyati Chinoz tumani S.Raximov hududi eroziyaga uchragan sug'oriladigan tipik bo'z tuproqlarining mexanik tarkibi agrokimyoviy va agrofizik xususiyatlari taxlil qilinib, shu asosida tuproqni bonitirovkalashi aniqlangan.
Kalit so'zlar: Tipik bo'z tuproq, eroziya, bonitirovkalash, kadastr, oziqa moddalar, xaritalash, ball boniteti.
Аннотация. В статье освещен вопрос оценки продуктивности типичных орошаемых сероземов. При оценке почв анализировали механический состав, агрохимические и агрофизические свойства орошаемых типичных сероземов С.Рахимовского массива Чинозского района Ташкентской области и на основании этого определяли оценку почвы.
Ключевые слова: Сероземы типичные, эрозия, оценка почв, бонитировка, питательные вещества, картографирование, балльная оценка.
Abstract. The article covers the issue of assessing the productivity of typical irrigated serozems. When assessing soils, the mechanical composition, agrochemical and agrophysical properties of irrigated typical serozems of the S.Rakhimov massif of the Chinoz district of the Tashkent region were analyzed and on the basis of this the soil assessment was determined.
Keywords: Typical serozems, erosion, soil assessment, grading, nutrients, mapping, soil bonitation.
Kirish. Respublikamizda sug'oriladigan maydonlarning tuproq sifatini baholash, unumdorligini saqlash va oshirish, unumdorligi past bo'lgan yerlardan samarali foydalanishda yangi texnologiyalarni qo'llashga qaratilgan ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilib, muayyan natijalarga erishilmoqda. O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning 2020-2030-yillarga mo'ljallangan strategiyasida «...zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etish orqali statistik ma'lumotlarni to'plash, tahlil qilish va tarqatishning ishonchli uslublarini joriy etishni nazarda tutuvchi tarmoq statistikasining shaffof tizimini yaratish, qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yerlarni hisobga olishning kadastr tizimini takomillashtirish, shuningdek qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yerlarning kadastr bahosini aniqlash tizimini qayta ko'rib chiqish» bo'yicha muhim vazifalar belgilab berilgan. Bu borada respublikamizning turli tuproq-iqlim sharoitlaridagi sug'oriladigan tuproqlarning xossa-xususiyatlarini aniqlash, sug'oriladigan tuproqlarda turli omillar ta'sirida yuzaga kelayotgan salbiy jarayonlarni oldini olish, tuproq sifatini baholash ishlarini takomillashtirish va unumdorlik darajasini belgilash muhim ahamiyat kasb etadi (Karimov E.Q, 2020).
Toshkent viloyati sug'oriladigan yerlardagi eroziya xavfini aniqlash, baholash va xaritaga tushurishning asoslari va uslublari ishlab chiqilgan. Turli darajada eroziya xavfi bo'lgan yerlarning asosiy diagnostik ko'rsatkichlari belgilangan. Shular asosida Chinoz tumani S.Raximov nomli jamoa xo'jaligi uchun tuproq va tuproqlarni bonitirovka xaritasi tuzilgan. Tadqiqot ma'lumotlari
muxim amaliy qiymatga egadir. Jumladan tuproq bonitirovka xaritalari xo'jalik yerlarida qishloq xo'jalik ekinlari joylashtirish, xosildorlikni rejalashtirish va eroziyaga qarshi agrotexnik tadbirlarni olib borish, eroziyalangan tuproqlarni ishlab chiqarish qobiliyatini oshirish va melliorativ xolatini yaxshilash yo'llari ishlab chiqarishda foydalanish mumkin.
Tadqiqotning metodologiyasi va ob'ekti. Chirchiq daryosi quyi oqimi o'ng qirg'og'idagi sug'oriladigan tipik bo'z tuproqlar mintaqasidagi eroziya xavfi bo'lgan yerlarning xar-hil darajali kategoriyaliligi aniqlanib, ularning o'ziga xos xossa - xususiyatlari ochib berilgan va eroziyani keltirib chiqaruvchi manbalar bilan tuproq yuvilishi orasidagi bog'liqlik qonuniyatlari aniqlangan. Eroziyaga uchragan tipik bo'z tuproqlarning sifat bahosi aniqlangan. Chirchiq daryosi quyi oqimi o'ng qirg'og'idagi sug'oriladigan tipik bo'z tuproqlar mintaqasidagi eroziya xavfi bo'lgan sug'oriladigan yerlar tarqalishining umumiy qonuniyatlari o'rganilgan.
Eroziya xavfi bo'lgan sug'oriladigan yerlarni xar-hil darajali kategoriyaliligi aniqlanib ularni o'ziga xos xossa - xususiyatlari ochib berilgan va eroziyani keltirib chiqaruvchi manbalar bilan tuproq yuvilishi orasidagi bog'liqlik qonuniyatlar aniqlangan.
Turli darajada eroziya xavf bo'lgan yerlardagi sug'oriladigan tuproq yuvilishining yillik miqdori aniqlangan. Ilmiy tadqiqot natijalarini matematik tahlil qilish asosida paxta hosildorligi va irrigatsion yuvilishi korrelyatsion aloqalari aniqlanadi. Unda korrelyatsion koeffitsent 0,39 ni tashkil etadi. Tuproq bonitirovkasi, tuproqni sifat bahosi - bu tuproqning sifat jixatidan qishloq xo'jalik ekinlariga nisbatan unumdorlik ko'rsatkichidir. Sifat bahosining ko'rsakichi bonitet asosan ball bahosida o'lchanib eng yuqori unumdorlikka ega bo'lgan tuproq 100 ball deb qabul qilingan. Tuproq bonitirovkasi ekiladigan qishloq xo'jaligi ekinlarining talabiga qarab qilinadi. O'zbekistondagi sug'oriladigan dehqonchilik sharoitida paxta va boshqa almashlab ekish ekinlariga bog'langan xolda olib borish maqsadga muvofiqdir.
Sug'oriladigan bo'z tuproqlarni sifat jixatidan baholashda tuproqni quyidagi xususiyatlari xisobga olinadi: sug'orilish davri, madaniylashgan darajasi, issiqlik bilan ta'minlanish darajasi, mexanik tarkibi, ona jinsi, oqavaliligi, sho'rlanish darajasi, eroziyaga uchrash darajasi, toshloqliligi va gipslashgan darajasi.
Sug'oriladigan bo'z tuproqlar uchun dastlabki ball bahosi paxta va boshqa qishloq xo'jaligi ekinlari uchun 100 ball bo'lganda quyidagicha xosil olinadi.
Paxta gektaridan 40s., 1 ball qiymati 0,40 s/ga teng.
Beda 1 chi yili - 100s/ga., 1 ball qiymati 1,0 s/ga teng va beda 2-3 chi yillari 200 s/ga., 1 ball - 2,0 s/ga.
S Makkajo'xori don uchun 75 s/ga., 1 ball qiymati 0,7 s/ga va makkajo'xori silos uchun 650 s/ga., 1 ball qiymati 6,5 s/ga.
S Ozuqabop ildiz mevalar 950 s/ga., 1 ball qiymati 9,5 s/ga.
S Bir yillik o'tlar 300 s/ga., 1 ball 3,0 s/ga.
S Oraliq ekinlar 250 s/ga., 1 ball 2,5 s/ga.
Sug'oriladigan bo'z tuproqlarning dastlabki ball baxolari mexanik tarkibga qarab 70 baldan 100 balgachan baholanadi. Yarim gidromorf tuproqlarda oqavasi yaxshi bo'lsa avtomorf tuproqlarning dastlabki ball ko'rsatkichlari olinadi. Olingan dastlabki ball bahosiga ta'sir etuvchi faktorlar xisobiga olingan ball baho ma'lum darajada pasayadi, bunda iqlim, sho'rlanish darajasi, eroziya darajasi va gipslashgan darajasi bo'yicha kamaytiruvchi koeffitsentlar qo'llaniladi va shu tariqa o'rganayotgan tuproqning xaqiqiy ball bahosi hisoblanadi.
Bizga ma'lum xo'jalik bo'yicha bir necha xil tuproq turchalari va ko'rinishlari mavjud. Bu tuproqlarning ball baholari va olinishi mumkin bo'lgan xosilni hisoblash (GAT) yordamida hisoblashga o'tkazish mumkin.
Xozirgi vaqtdagi mavjud davlat va jamoa xo'jaliklaridagi 1:10 000 masshtabdagi tuproq xaritasi va unga tushuntirish xati sug'oriladigan tuproqlarni bonitirovkalash uchun kifoyadir, lekin ba'zi xo'jaliklarda mineralizatsiyasi yuqori bo'lgan sizot suvlarining ko'tarilishi va sho'rlanishi vujudga kelishi hisobiga tuproqning xususiyatida o'zgarishlar ro'y beradi, shuning uchun xo'jaliklarda agronom bilan maslahatlashib o'zgarishga uchragan yerlardan tuproq namunalarini olib ximiyaviy analizlar qilib hususiyatlarini to'liq aniqlab baholash uchun qo'yiladigan koeffitsentlar aniqlanadi va natijada tuproqni xaqiqiy ball bahosi aniqlanadi.
Hozirgi zamonaviy geoaxborot tizimlari yordamida sug'oriladigan bo'z tuproqlarni sifat bahosini xisoblash ancha tez va aniq bo'lib agronomning qimmatli vaqtini tejaydi va qaysi tuproqga qaysi qishloq xo'jalik ekinini ekish maqsadga muvofiqligini ko'rsatadi. Undan tashqari xar bir dala va xo'jalik uchun o'rtacha ball bahosi chiqarilib beriladi, demak dala va xo'jalik xar bir qishloq xo'jalik ekini uchun oldindan rejani tuzib olish imkoniyatini beradi (G.Sodiqova vav boshqalar, 2023).
Bu usulni taklif qilishdan maqsad xar bir xo'jalik rahbari shaxsiy (GAT) yordamida o'z xo'jalik tuproqlarini xaqiqiy sifat bahosini va olinishi mumkin bo'lgan qishloq xo'jalik ekinlarining hosildorligini tez va aniq bilish mumkin.
Bu qilingan ish shu kecha kunduzdagi mavjud xar hil mulk formalari mavjudligida yerni xaqiqiy bahosini bilgan holda yerga to'g'ri yer solig'ini solishga xizmat qiladi. Bu tuproqlarni sifat bahosini aniqlashda eng asosiy ko'rsatkich qilib eroziya olinishi shart, undan tashqari xar bir qishloq xo'jalik ekinlari uchun alohida aniqlovchi koeffitsent tuproq unumdorligiga va xosiliga bog'lab ishlab chiqish kerak. Sabzavot ekinlari uchun tabaqalangan, ya'ni sabzavot turlari bo'yicha ekinlarni biologik xususiyatidan kelib chiqqan holda bonitirovkalash kerak.
Xo'jalikdagi tuproqlarni baholash uchun, eng avvalo tuproq xaritasidan va mavjud baholovchi uslubiy qo'llanmadan foydalanib xar bir tuproqni dastlabki ball bahosini topamiz va tuproq unumdorligiga ijobiy va salbiy ta'sir etayotgan omillarga mutanosib koeffitsentlar qo'llab xaqiqiy ball bahosi hisoblab chiqiladi. O'rganayotgan xo'jaligimizda 2 xil tuproq uchraydi. Bu tuproqlarni sifat bahosi quyidagicha (1-jadval)
Jadvalda keltirilgan ma'lumotlarning ko'rsatishicha xo'jalik bo'yicha tuproqning o'rtacha ball bahosi 54 ni tashkil qiladi.
Xisoblash natijasi shuni ko'rsatadiki xo'jalikda uchraydigan tuproqlar ball bahosi 42 balldan 80 ballagachan bonitirovkalanadi. Sifat bahosiga - bonitirovkasiga eng katta ta'sir etuvchi omil eroziya darajasidir. Eng kichik kamaytiruvchi koeffitsient eroziya omilida qo'llanildi, chunki eroziya darajasi ortishi bilan tuproq unumdorligini yo'qotadi.
Qir - adirlarda joylashgan tipik bo'z tuproqlarni eroziyaga uchrash darajasi ortishi bilan chirindi - gumus va oziqa moddalarni miqdor ko'rsatkichi tuproqning yuza qatlamida besh marotabaga kamayadi.
Qir - adirlarda joylashgan tipik bo'z tuproqlarni sifat bahosi - bonitirovkasi to'g'ridan-to'g'ri ularni eroziyaga uchrash darajasiga bog'liq. Eroziyaga uchrash darajasi ortish bilan ball bahosi ikki martta pasayadi. Xozirgi vaqtda yer resurslaridan oqilona foydalanish va muhofaza qilish, eng dolzarb masala bo'lib qoldi. O'zbekiston Respublikasi Oliy majlisini birinchi chaqiriq XII - sessiyasida "Yer kadastri" qonunini qabul qilish Davlat yer kadastrini yuritish, qishloq
xo'jaligida yer uchastkasiga egalik qilish va undan foydalanish xuquqlarining kafolatlari va tuproq bonitirovkasini joriy qilish kabi eng muhim masalalar o'z qavramiga kiradi.
1-jadval Chinoz tumani S.Raximov xududi tuproqlari bonitirovkasi
Tuproq turi Dastlabki ball iqlimi Mexanik tarkibi sho'rlanish eroziya Hisob langan Maydo nida Maydon bo'ylab ball
1 80 1,0 0,9 0,95 1,0 68 49,8 3386,4
2 80 1,0 1,0 1,0 1,0 80 17,1 1368,0
3 80 1,0 1,0 1,0 0,9 72 281,8 202889,6
4 80 1,0 1,0 0,95 1,0 76 50,7 3853,2
5 60 1,0 1,0 0,9 1,0 54 29,8 1609,2
6 60 1,0 1,0 0,95 0,8 46 729,4 33552,4
7 60 1,0 0,95 0,95 0,8 43 31,1 1337,3
8 60 1,0 1,0 0,9 0,9 49 10,2 499,8
9 60 1,0 1,0 1,0 0,7 42 218,1 9160,2
10 50 1,0 1,0 0,95 0,9 43 21,4 920,2
11 50 1,0 1,0 0,95 0,9 43 10,8 484,4
Shu borada Chirchiq daryosining quyi oqimi o'ng qirg'ig'ida joylashgan Chinoz tumani Sobir Rahimov nomli xudud tuproqlarini xozirgi ahvrlini o'rganish dolzarbligi ta'kidlandi. Bu xo'jalik yerlari asosan qir-adirliklarga joylashgan bo'lib, tuproq paydo qiluvchi omillar lyoss va lyossison yotqiziqlar, yer sathi notekis qiyaliklardan iborat.
Tadqiqot natijalari va muokamasi. Ko'p yillik kuzatishlar shuni ko'rsatadiki, bunday sharoitda tuproqlarga ekilgan xar-hil qishloq xo'jalik ekinlarini noto'g'ri sug'orish, xaydash irrigatsion eroziya xodisasini keltirib chiqargan, uning ta'sirida sug'orilma tipik bo'z tuproqlar xar-hil darajada eroziyaga chalingan.
Ko'pgina olimlarning tadqiqotlari (X.Maxsudov, 1989, S.Yelyubaev, 1994, L.A.Gafurova 1995y) shuni ko'rsatadiki eroziyaga chalingan tuproqlarni unumdorligini keskin kamayib boshoqli don va paxta ekinlarni xosildorligi 30-50% foizgacha kamayib, olingan maxsulot sifati yomonlashganligi aniqlangan.
Kuchli va o'rtacha eroziyaga uchragan tuproqlarda bu qatlam yer sathidan yer yuzasida ko'rina boshlanadi. Bu olingan ma'lumotlar eroziyashunoslikda o'rnatilgan qonuniyatlarga to'g'ri ekanligini ko'rsatadi. (X.Maxsudov 1981,1989. S.Yelyubaev, 1994, L.A.Gafurova 1995, X.Maxsudov).
Analiz natijalari shuni ta'kidlaydiki eroziyaga chalinmagan tuproqning 0-31sm xaydalma qatlamda gumus miqdori 1,20% ni, kuchsiz yemirilgan kesma-2 tuproq 0-30 sm qatlamida 1,01%, qiyalikning o'rta va o'rtadan pastroq joyiga joylashgan kesmalarni yuqori xaydalma qavatida gumus miqdori 0,67 - 0,83% gacha kamaygan. Shu borada tuproq tarkibidagi ozuqa moddalar (N,R,K) ham eroziya tufayli kamayib tuproq unumdorligi pasaygan. Izlanishlar shuni ko'rsatadiki yuqorida qayd etilgan qonuniyatlar ya'ni eroziya jarayonlari tuproq tarkibidagi mikroelementlar tarkibiga ta'sir etgan.
Shunday qilib, shuni ta'kidlash lozimki, eroziya tuproqning morfologik kimyoviy va agrokimyoviy xossalariga katta ta'sir ko'rsatgan. Yemirilgan yerlarda gumus va ozuqa moddalar miqdori keskin kamaygan, SO2 karbonatlar miqdori esa ortgan. Bu xol tuproqni eroziyalanish jarayoni tufayli, uning unumdorligini kamaytirishdan dalolat beradi. Tuproqning mexanik
tarkibiga uning deyarli barcha xossalari (kimyo, agrokimyo va fizik xossalari) ko'p jixatdan bog'liq bo'ladi.
Tadqiqotlar natijalari shuni ko'rsatadiki, qiyalikning turli qismlarida shakillangan tipik bo'z tuproqlarning mexanik tarkibi tuproqning eroziyalanish darajasiga bog'liq bo'ladi. (X.Maxsudov 1989, 1981y). Kuzatishlar shuni ko'rsatadiki ravon tekis uchastkalarda (K-1) jo'yaklardagi suv oqimining kuchi deyarli emas, demak bu uchastkalar tuprog'i sug'orish eroziyasiga duchor bo'lmagan va ularning mexanik tarkibi deyarli o'zgarmagan.
Qiyalik yonbag'irlarining ancha tik kismlarining (K-3,4)yemirilgan tuproqlarida fizik loy miqdorining sezilarli kamayishi ko'zga tashlanadi, yuvilib keltirilganda esa aksincha ko'payadi. Bu yerda shuni ta'kidlash lozimki, qiyalikdagi jo'yaklardagi kuchli oqim natijasida tuproq tarkibidagi chirindiga boy tuproqni mayda zarrachalarni yuvilib, pastki qiyalik etagiga yig'iladi, shuning uchun kesma - 5 dagi tuproqlar chirindiga boy tuproqlar mexanik tarkibi biroz og'irlashgan.
Ko'p yillik kuztishlar shuni ta'kidlaydiki yuqorida aytilgan tuproqlardan qishloq xo'jalik ekinlarining hosildorligi eroziya darajasi o'rta va kuchli bo'lgan yerlarda g'alla, paxta xosildorligi 25-35% pasayganldigi aniqlandi kuzatishlar shuni ko'rsatadiki, sabzavot ekilgan yerlarda ham shu ko'rsatkich saqlangan. Kuchli yemirilgan yerlarda 40-50% gacha hosil kamaygan.
Bu tuproqlarni sifat bahosini aniqlashda eng asosiy ko'rsatkich qilib eroziyani ta'siri olinishi shart: undan tashqari xar bir qishloq xo'jalik ekinlari uchun aloxida aniqlovchi koeffitsentlar aniqlanib tuproq unumdorligiga va xosiliga bog'lab ishlab chikishi kerak. Sabzavot ekinlari uchun tabaqalangan, ya'ni sabzavot turlari bo'yicha ekinlarni biologik xususiyatidan kelib chiqqan xolda bonitirovkalash kerak. Xulosalar.
1.Xo'jalik ball bonitetiga asoslanib tuman va viloyat tuproq xaritalari ball bahosi xaritasi tuzilishi kerak.
2.Eroziya jarayoni tuproqlarning kimyoviy va agrokimyoviy xossalariga ham salbiy ta'sir etgan. Eroziyalanish darajasi ortgani sayin tuproqlarda gumus va oziqa elementlari miqdori kamaygan.
3.Tuproq turlari bo'yicha ekilishi mumkin bo'lgan q/x ekinlarini hosildorlik ko'rsatkichi ro'yxati berilishi kerak.
REFERENCES
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 23 oktabrdagi PF-5853-son "O'zbekiston Respublikasi qishloq xo'jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030 yillarga Mo'ljallangan Strategiyasini Tasdiqlash to'g'risida" Farmoni
2. Maxsudov X.M.,Gafurova L.A "Eroziyashunoslik" darslik. Toshkent. 2014y.
3. Елюбаев С.М. - Научные основы отсенки эрозионноопасных земел орошаемой зоны Республики Узбекистан и пути повышения их производителной способности. Автореф.дисс.насоиск.д.с/.н, Т., 1994
4. Karimov E.Q. Sug'oriladigan tuproqlar unumdorligini baholash ishlarini takomillashtirish // Xorazm Ma'mun akademiyasi axborotnomasi. -Xiva, 2020. -№4/1 maxsus son.
5. Кучкарова Н.П. - Эрозионноопасные земли правобережя р.Чирчик и их качественная отсенка. Автореферат.канд.дисс., Ташкент, 2001г.
6. Sodiqova G.S., Meyliyeva N., Ollaberganova M. Assessment of productivity of irrigated meadow-alluvial soils. Spectrum Journal of Innovation, Reforms and Development. Volume 19, September, 2023, ISSN (E): 2751-1731 Website: www.sjird.journalspark.org
7. Хакбердиев О.Э.- Эрозионноопасные земли предгорных равнин Зеравшанской долины и меры борбы с ними. Автореферат. Канд.дисс.,Ташкент, 1996г.
8. Mitchell RL Trace elements "Chemistry of soil" New vork 1995