Научная статья на тему 'LALMI TOG‘ TUPROQLARI GUMUSINING SHAKLLANISHIGA EROZIYALANISH DARAJALARINING TA’SIRI'

LALMI TOG‘ TUPROQLARI GUMUSINING SHAKLLANISHIGA EROZIYALANISH DARAJALARINING TA’SIRI Текст научной статьи по специальности «Сельское хозяйство, лесное хозяйство, рыбное хозяйство»

CC BY
279
31
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Bo‘z tuproq / jigarrang tuproq / tog‘ / lalmi / gumus / oziqa moddalar.

Аннотация научной статьи по сельскому хозяйству, лесному хозяйству, рыбному хозяйству, автор научной работы — Sodiqova Gulchexra Sattorovna, Qodirova Dilrabo Abdukarimovna

Hisor tog‘ tizmasi vertikal mintaqalanish qonuniyati bo‘yicha tarqalgan tipik bo‘z, to‘q tusli bo‘z, tog‘ jigarrang karbonatli hamda tog‘ jigarrang tipik tuproqlarda gumus miqdorining eroziyalanish darajalari bo‘yicha o‘zgarishi keltirilgan. Bunda jigarrang tuproqlardan bo‘z tuproqlar tomon gumus miqdorining eroziyalanish tufayli kamayishi kuzatiladi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra eroziyalangan tuproqlarda eroziya darajalari ortishi bilan tuproqning kimyoviy va agrokimyoviy xossalarini keskin yomonlashishiga olib kelgan va oqibatda gumus ва бошқа озиқа моддалар miqdorini kamayishi kuzatiladi. Ayniqsa qiyalikni keskin o‘zgargan qismidagi janubiy qiyalik eroziyalangan tuproqlari gumusga juda kambag‘al. Gumusning eng ko‘p miqdori suv ayirg‘ichda hamda yuvilib to‘plangan tuproqlarda bo‘lishi кузатилган: haydalma va haydalma osti qatlamda tipik bo‘z tuproqlarda 1,25-1,09%, pastki qatlamlarga o‘tib borgan sari 0,87-0,79% gacha kamayib boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «LALMI TOG‘ TUPROQLARI GUMUSINING SHAKLLANISHIGA EROZIYALANISH DARAJALARINING TA’SIRI»

LALMI TOG' TUPROQLARI GUMUSINING SHAKLLANISHIGA EROZIYALANISH

DARAJALARINING TA'SIRI 1Sodiqova Gulchexra Sattorovna 2Qodirova Dilrabo Abdukarimovna

Toshkent davlat agrar universiteti

1gulchexra-25@mail.ru https://doi.org/10.5281/zenodo.10084723

Annotatsiya. Hisor tog' tizmasi vertikalmintaqalanish qonuniyati bo'yicha tarqalgan tipik bo'z, to'q tusli bo'z, tog' jigarrang karbonatli hamda tog' jigarrang tipik tuproqlarda gumus miqdorining eroziyalanish darajalari bo'yicha o'zgarishi keltirilgan. Bunda jigarrang tuproqlardan bo'z tuproqlar tomon gumus miqdorining eroziyalanish tufayli kamayishi kuzatiladi. Tadqiqot natijalariga ko'ra eroziyalangan tuproqlarda eroziya darajalari ortishi bilan tuproqning kimyoviy va agrokimyoviy xossalarini keskin yomonlashishiga olib kelgan va oqibatda gumus ва бошца озица моддалар miqdorini kamayishi kuzatiladi. Ayniqsa qiyalikni keskin o'zgargan qismidagi janubiy qiyalik eroziyalangan tuproqlari gumusga juda kambag'al. Gumusning eng ko'p miqdori suv ayirg'ichda hamda yuvilib to'plangan tuproqlarda bo'lishi кузатилган: haydalma va haydalma osti qatlamda tipik bo'z tuproqlarda 1,25-1,09%, pastki qatlamlarga o'tib borgan sari 0,87-0,79% gacha kamayib boradi.

Kalit so'zlar: Bo'z tuproq, jigarrang tuproq, tog', lalmi, gumus, oziqa moddalar.

Аннотация. Представлено изменение количества гумуса в типичных и темных сероземах, горно-коричневых карбонатных и горно-коричневых типичных почвах, распространенных по схеме вертикальной зональности Гиссарского хребта по степени эродированности. При этом количество гумуса уменьшается от горно-коричневых почв к сероземам за счет процесса эрозии. По результатам исследований выявлено, что с увеличением степени эродированности в изучаемых почвах резко ухудшаются химические и агрохимические свойства почвы, в результате чего снижается количество гумуса и других питательных веществ. Особенно бедны гумусом эродированные почвы южного склона в резко измененной части склона. Наибольшее количество гумуса в типичных сероземах отмечено в водораздельной и намытой части склона и составляет 1,25-1,09% в пахотном и подпахотном слоях, постепенно снижается в нижние слои.

Ключевые слова: Серозем, корченевых почва, гора, богара, гумус, питательные вещества.

Abstract. The change in the amount of humus in typical serozems, dark serozems, mountain-brown carbonate and mountain-brown typical soils, distributed according to the vertical zoning scheme of the Hissar Range according to the degree of erosion, is presented. At the same time, the amount of humus decreases from brown soils to serozems due to erosion. According to research results, with an increase in the level of erosion in eroded soils, the chemical and agrochemical properties of the soil sharply deteriorate, resulting in a decrease in the amount of humus and other nutrients. The eroded soils of the southern slope in the sharply changed part of the slope are especially poor in humus. The largest amount of humus was observed in drainage and washed away soils: 1.25-1.09% in typical gray soils in the arable and subarable layers, gradually moving to the lower layers and decreasing to 0.87-0.79%.

Keywords: Grey soil, brown soils, mountain, rainfed soil, humus, nutrients.

Kirish. Tuproq inson hayoti va rivojlanishi uchun resurs bazasi bo'lib, oziq-ovqat yetishtirish, organik moddalarni saqlash va ularni qayta ishlash kabi muhim funktsiyalarni

bajdaradi. O'tgan asrda tuproqlar qishloq xo'jaligi va sanoat rivojlanishi orqali odamlar tomonidan haddan tashqari ekspluatatsiya qilindi natijada tuproq degradatsiyasining turli jihatlarini baholash zarurati tuproqni muhofaza qilishni boshqarishda ustuvor vazifaga aylandi (Menta et al., 2018).

Tog' tuproqlaridan samarali foydalanishda ular sharoitiga xos bo'lgan muammolar mavjud. Tog' tuproqlari o'ziga xos spesifik xususiyatlarga ega bo'lib, ular tekislik tuproqlaridan keskin farq qiladi. Tog' relyefi tuproqlarining poyaslar bo'yicha turlicha taqsimlanishi qiyalik elementlari bo'yicha tarqalgan o'simliklarda katta farq bo'lishiga sharoit yaratadi, shu sababli ulardan noto'g'ri foydalanish eroziya jarayonlarining jadallashishiga olib keladi. Eroziya jarayonlarining rivojlanishi tabiiy tuproq qoplamining o'zgarishiga va ularning agrofizikaviy, agrokimyoviy xossalarini yomonlashuviga hamda unumdorlikning diagnostik ko'rsatkichlaridan biri hisoblangan biologik faollikning pasayishiga olib keladi (Mirxaydarova G, Sodiqova G, 2029).

So'nggi yillarda tabiiy va inson omillari, barqaror agroekologik xavfsizlik va oziq-ovqat mahsulotlariga tahdid sifatida tuproq eroziyasi darajasi oshdi. Tuproq eroziyasi tuproq ozuqa moddalari va suv yo'qotilishini oshiradi, natijada qishloq xo'jaligi va ekologik barqarorlik va ijtimoiy mahsuldorlik yo'qoladi (Mahmud va boshq., 2021; Zuazo va Pleguezuelo, 2009). Bundan tashqari, kichik cho'kindilarning yuqori cho'kishi tuproq eroziyasi uchun xavflardan biridir (Ahmad va boshq., 2020).

Tuproqlarni kimyoviy va agrokimyoviy xossalari tuproqni unumdorligini belgilashda katta ahamiyatga egadir. Ushbu xossalarning eroziya jarayonlari natijasida yomonlashishi tuproqdan olinadigan qishloq xo'jalik ekinlarini hosil miqdori va sifatini pasayishiga olib keladi.

M.N.Zaslavskiy, M.A.Pankov, X.M.Maxsudov, S.M.Yelyubaev, L.A.Gafurova, N.B.Raupova, G.Mirxaydarova, L.Tursunov, G.N.Nabieva, G.T.Djalilova, N.I.Shadieva va boshqalarning ma'lumotiga ko'ra tog' va tog' oldi tuproqlarida gumus zaxiralari birinchi navbatda tuproq eroziyasi bilan bog'liqdir. Eroziyalangan tuproqlarda umumiy gumus miqdori zaxiralari kamayishi bilan bir qatorda uning sifat tarkibi ham o'zgaradi. Gumin kislotalari kamayib, fulvokislotalar miqdori oshishiga olib boradi.

Tuproqning yuqori unumdor qatlamlarini yuvilishida uning kimyoviy va agrokimyoviy xossalarida ham bir qancha o'zgarishlar bo'ladi. Suv ayirg'ichdagi va keng to'lqinsimon tekisliklardagi eroziyalanmagan tuproqlarga nisbatan eroziyalangan tuproqlarda gumusli qatlam qisqa, gumus miqdori ham kam.

Tuproq tarkibidagi eng murakkab organik birikma tuproq chirindisi, uning kelib chiqishi; shakllanishi uzoq muddatli biokimyoviy jarayonlar bilan bog'liq. Shuningdek, tuproq chirindi ana jinsdan keskin farq qiladigan shunday moddadir, unda ona jinsda uchramaydigan birikmalar mavjud. Gumus tuproq unumdorligining asosiy ko'rsatkichi, tuproqning muhim morfologik va genetik ko'rsatkichi; u energiya manbai va o'simlik ozuqa moddalarining zaxirasi hisoblanadi (Tashkuziev and Shadieva, 2021).

Ma'lumki, chirindining tuproqda to'planishi va uning sifati ko'pgina omillarga bog'liq bo'lib, iqlim sharoiti, relyefi, chirigan o'simlik biomassasining miqdori va sifati, tuproqning kimyoviy tarkibi, suv-fizik xususiyatlari, issiqlik rejimilardir.

Odatda qiyalik darajasi va uzunligini ortishi bilan suv oqimini tezligi ham oshadi va shunga muvofiq tuproqning yuvilishi ham ortadi. Eroziya xavfi ko'pincha yerlarni yuza qiyaligi bo'yicha taqsimlanishi bilan aniqlanadi. Tadqiqot xududida qiyalik darajasi 1-30 bo'lgan yerlar 6,9 % ni, 350 va 5-70 darajali qiyaliklar 18,6 % ni, 7-100 darajali qiyaliklar esa 13,8 % ni tashkil etadi (X.M.Maxsudov va boshqalar, 2008). O'rganilgan xududda vertikal zonallik qonuniyati asosida tarqalgan tuproqlarning 18407 gektari har xil darajada suv eroziyasiga uchragan bo'lib, shundan

14,1% kam eroziyalangan, 33,8% o'rtacha eroziyalangan, 51,4% kuchli eroziyalanganligi ham fikrimiz isbotidir (O'zbekiston Respublikasi tuproq qoplamlari atlasi 2010).

Tadqiqot uslubi. Biz tadqiqotlarimizda O'zbekiston Respublikasining janubiy qismida joylashgan Hisor tog' tizmasi vertikal mintaqalanish qonuniyati bo'yicha tarqalgan tipik bo'z, to'q tusli bo'z, tog' jigarrang karbonatli hamda tog' jigarrang tipik tuproq namunalarida o'rgandik. Ushbu maqolada qiyosiy-geografik va qiyosiy kimyoviy-analitik tadqiqot usullari, jumladan, profil va morfologik usullar qo'llanilgan. Tuproqning kimyoviy tarkibini tahlil qilish E.V.Arinushkina qo'llanmasida tasvirlangan umumiy qabul qilingan usullar bo'yicha amalga oshirildi. Gumus miqdori IV Tyurin usuli bilan aniqlandi.

Tadqiqot natijalari va muhokamasi. Tuproq eroziyasi yerlarning tanazzulga uchrashining asosiy ko'rinishi bo'lib, yerdan asossiz foydalanish esa tog li hududlarda tuproq eroziyasi va ekologik degradatsiyaning asosiy antropogen sababi hisoblanadi. Shuning uchun tuproq eroziyasi va erdan foydalanish dinamikasi o'rtasidagi bog'liqlikni tushunish juda muhimdir (Qiao and all.2023).

Tadqiqot natijalariga ko'ra eroziyalangan tuproqlarda eroziya darajalari ortishi bilan tuproqning kimyoviy va agrokimyoviy xossalarini keskin yomonlashishiga olib kelgan va oqibatda gumus, azot, fosfor, kaliyni miqdorlarini kamayishi kuzatiladi. Ayniqsa qiyalikni keskin o'zgargan qismidagi janubiy qiyalik eroziyalangan tuproqlari gumusga juda kambag'al. Gumusning eng ko'p miqdori suv ayirg'ichda hamda yuvilib to'plangan tuproqlarda bo'lishini ko'ramiz: haydalma va haydalma osti qatlamda tipik bo'z tuproqlarda 1,25-1,09%, pastki qatlamlarga o'tib borgan sari (67-93 sm qatlamda) 0,87-0,79% gacha kamayib boradi.

O'rtacha eroziyalangan tipik bo'z tuproqlarda janubiy qiyalikda esa haydalma osti qatlamda gumus miqdori bir muncha kam bo'lib, 0,75-0,70% ni tashkil etadi. Shimoliy qiyalik o'rtacha eroziyaga uchragan tuproqlarida ustki 0-22 sm qatlamda 0,84% ni tashkil etadi. Bu esa yuza suv eroziyasi ta'sirida tuproqning ustki qatlamlarining yuvilishi natijasidir.

Eroziyalanmagan to'q tusli bo'z tuproqlarda haydalma va haydalma osti qatlamlarida gumus 1,46-1,25%, o'rtacha eroziyalangan janubiy qiyalik tuproqlarida - 0,96-0,64% ni tashkil etadi. Ayniqsa qiyalikning janubiy qiyalik qismidagi o'rtacha eroziyalangan tuproqlar gumusga juda kambag'al bo'lib, ularning miqdori - 0,69-0,35% ni tashkil etdi. Bu tuproqlarda ham gumusning eng ko'p miqdori eroziya natijasida yig'ilib to'plangan tuproqlarda kuzatildi. Haydalma va haydalma osti qatlamlarda 1,50-1,15%, pastki qatlamlarga 35-52 va 52-74 sm qatlamlarga o'tib borgan sari asta-sekin 0,84 dan 0,53% gacha kamayib boradi. Azot, fosfor, kaliy miqdori ham shunga mos ravishda o'zgarib boradi (1-rasm).

TIPIK BO'Z TUPROQ

1,4 1,2 1

0,8 0,6 0,4 0,2 0

1,25

1,09

0,84

Ti

0,75

I

r

3>v Jf

J?

f cf JT

CÍP ddr

1,6

1,4 1,2 1

0,8 0,6 0,4 0,2 0

TO'Q TUSLI BO'Z TUPROQ

_1,46 1,5

0,96

0,69

1

3>v ^ Jf

^ o „ Oy

r y y S

4

jr y ¿ *

1-rasm. Lalami tog' tuproqlarida eroziyalanish bo'yicha gumus miqdori

Keltirilgan ma'lumotlardan ko'rinib turibdiki, tuproq kesmalarida gumusni tarqalishi bir xil emas: eroziyalanmagan tuproqlarda gumus miqdori pastki qatlamlarga bir tekis kamayib boradi, eroziyalangan tuproqlarda deyarli keskin, eroziya natijasida yig'ilib to'plangan tuproqlarda esa ancha chuqur qatlamlargacha bir tekisda kamayib boradi. Izlanishlar olib borilgan xudud tuproqlarida azot miqdori gumus miqdoriga bog'liq holda o'zgaradi. Uning eng ko'p miqdori tuproqning yuqori gumusli qatlamida to'planadi. Har xil eroziyalangan tipik bo'z tuproqlarda uning miqdori keskin kamaygan. Eroziyalangan tuproqlarda gumus va azotdan tashqari fosfor hamda kaliy oziqa elementlarining harakatchan shakllarini miqdori ham kamayadi.

Gumus miqdori va uning kesma profili bo'yicha tarqalishi tog' jigarrang tipik va jigarrang karbonatli tuproqlarda turlichadir. Tog' jigarrang tipik tuproqlarining geografik joylashishi, o't o'simliklarga boyligi va yaxshi takomillashgan chimli qatlamning, tuproqqa qoramtir rang beruvchi gumusli qalin melkozyomli qatlamning vujudga kelishiga va nihoyat eroziya jarayonini kam namoyon bo'lishiga sabab bo'ladi. Hisor tog'lari jigarrang tuproqlarining chimli va chim osti qatlamlarida gumus 3-7%ni, gumusli qatlam esa 40-60 sm ni tashkil etadi.

Tog' jigarrang tuproqlari agrokimyoviy xususiyatlari bilan tekislik tuproqlaridan ajralib turadi. Dengiz satxidan balandlikning oshishi, tuproq agrokimyoviy xossalariga katta ta'sir etadi.

Gumus miqdori tog' jigarrang karbonatli tuproqlarining yuqori qatlamlarida 2,96% bo'lib, eroziyalanish darajalariga qarab kamayib boradi. Shunga mos ravishda umumiy azot miqdori ham o'zgarib boradi. Eroziyalanmagan tog' jigarrang karbonatli tuproqlarda umumiy azot miqdori 0,218% bo'lsa, o'rtacha eroziyalangan 0,165 % ni tashkil etdi.Umumiy fosfor miqdori ham ushbu tuproqlar yuqori qatlamlarida 0,205-0,190% atrofida, kaliy miqdori 2,00-1,10% ni tashkil etadi. Bunday oraliqda oziqa moddalarning tebranishi tuproq holatiga, qiyalik ekspozitsiyasiga joyning balandligiga, tuproq paydo qiluvchi ona jinslarga bog'liqdir.

Tog' jirrang tipik tuproqlarda gumus va oziqa moddalar miqdori jigarrang karbonatli tuproqlarga nisbatan yuqori bo'lib, qiyalik ekspozitsiyasi va tuproq eroziyalanish darajasiga qarab o'zgarib boradi. Gumus miqdori tog' jigarrang tipik tuproqlarda eroziyalanmagan tuproqlarda yuqori qatlamda 3,49% bo'lsa, o'rtacha eroziyalanganida 2,90% ni tashkil etib, yuvilib to'plangan tuproqlarda esa 4,36% ni tashkil etadi. Ushbu holat eroziyalanish darajalari, qiyalik ekspozitsiyasiga va gumus miqdoriga mos ravishda o'zgarib boradi.

Xulosa. Shunday qilib, eroziya tuproq unumdorligiga salbiy ta' sir etishi kuzatiladi. Xulosa qilib shuni ta'kidlashimiz mumkinki, Boysun tog' va tog' oldi tuproqlarida eroziya jarayonlari

tuproqlarning gumus hosil bo'lishiga va mavjud gumus miqdoriga salbiy ta'sir etishi kuzatildi. Natijada eroziya darajasi ortgan sayin tuproqning gumus va ozuqa elementlari (NPK) miqdori kamaygan. Bu ko'rsatkichlar qiyalik ekspozitsiyasi va eroziyalanish darajasiga qarab ham turlicha o'zgarganligi kuzatildi. Bu esa o'z navbatida qishloq xo'jaligi ekinlarini o'sishi va rivojlanishiga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Bu yerlarning hammasi lalmi dehqonchilik uchun yaroqli bo'lish bilan birga tegishli eroziyaga qarshi chora-tadbirlar qo'llanilishini talab etadi. Qiyalik darajasi 100 va undan tik bo'lgan to'lqinli-past-baland relyefli yerlar o'ziga xos mustahkam eroziyaga qarshi choralarni qo'llashni talab etadi.

REFERENCES.

1. Ahmad N.S.B.N. , Mustafa F.B., Didams G.. A systematic review of soil erosion control practices on the agricultural land in Asia. International Soil and Water Conservation Research, 8 (2020) 103-15.https://doi.org/10.1016/j.iswcr.2020.04.001.

2. Arinushkina E.V, Soil Chemical Analysis Guide, 487 (MSU Press, Moscow, 1970).

3. Menta, C., Conti, F.D., Pinto, S., Bodini, A., 2018. Soil Biological Quality index (QBS-ar): 15 years of application at global scale. Ecol. Indic. 85, 773-780. https://doi.org/10.1016Zj.ecolind.2017.11.030.

4. Mahmud A.A. , Upadhyay S.K. , Srivastava A.K. , Bhojiya A.A. Biofertilizers: A Nexus between soil fertility and crop productivity under abiotic stress Current Research in Environmental Sustainability, 3 (2021) 100063. https://doi.org/10.1016Zj. crsust.2021.100063.

5. Mirxaydarova G.S., Sodiqova G.S. Agrochemical properties of eroded mountain soils and ways to restore these properties. International Scientific Journal. "Theoretical & Applied Science" p-ISSN: 2308-4944 (print) e-ISSN: 2409-0085 (online) Year: 2020 http://T-Science.org. Philadelphia, USA.

6. Tashkuziev, M., Shadieva, N., 2021. Conditions and factors of humus formation in soils of mountain and foothill, in: Zheltenkov A., Mottaev A. (Eds.), E3S Web Conf. Presented at the E3S Web of Conferences, EDP Sciences. https://doi.org/10.1051/e3sconf/202128402008.

7. Tashkuziev M.M., Shadieva N.I. Humic substances in the biosphere, 2, 671-677. 2010

8. Qiao X., Li Z., Lin J., Wang H., Zheng S., and Yang S., «Assessing current and future soil erosion under changing land use based on InVEST and FLUS models in the Yihe River Basin, North China», Int. Soil Water Conserv. Res., 2023, doi: https://doi.org/10.10167j.iswcr.2023.07.001.

9. O'zbekiston Respublikasi Yer resurslarining holati to'g'risida Milliy hisobot. Toshkent, 2023. - B.7-39.

10. O'zbekiston Respublikasi tuproq qoplamlari atlasi. Toshkent, 2010. - B.34-35.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.