Научная статья на тему 'TOKARLIK DASTGOHLARIDA BAJARILADIGAN ISHLAR MAVZUSINI O‘QITISH METODIKASI'

TOKARLIK DASTGOHLARIDA BAJARILADIGAN ISHLAR MAVZUSINI O‘QITISH METODIKASI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
144
30
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Metal kesish dastgohi / tokarlik dastgohi / tokarlik ishlari / modulli o‘qitish / modul dasturi / tishli g‘ildirak / shakldor yuzalar / parmalash / zenkerlash / razvyortkalash / val / o‘q va vtulka. / Metal-sutting mashine / lathe / turning work / modular training / modular program / gear wheel / shaped surfases / drilling / sountersinking / reaming of shaft / axle and bushing.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Botirov Abdusattor Gapparovish

Ushbu maqolada tokarlik dastgohlarida bajariladigan ishlarni tahlil qilish, modul bloklarini ajratish, modul bloklarini tahlil qilish, o‘quv elementlarini ishlab shiqish bo‘yicha modul texnologiyalari ma’lumotlari keltirilgan. SHuningdek tokarlik-vintqirqish stanoklari xilma-xil ishlarni bajarishishi: sirtqi tsilindrik, konussimon va shakldor yuzalar yo’nish; tsilindrik va konussimon teshiklarni yo’nib kengaytirish; torets yuzalarni yo’nish; sirtqi va ichki rez’balar qirqish; teshiklar parmalash, zenkerlash va razvyortkalash; zagotovkalarni qirqib tushirish, qisman kesish va boshqa ishlarni bajarish imkoniyatlarini modul texnologiyalari asosida o’qitish metodikasi bayon etilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

METHODOLOGY OF TEACHING THE SUBJECT OF WORK PERFORMED IN TURNING TOOLS

This artisle provides information on modular teshnologies for analyzing work performed on lathes, dividing module blosks, analyzing module blosks and developing training elements. Also, lathes and ssrew-sutting lathes perform various tasks: prosessing of sylindrisal, sonisal and shaped surfases; boring of sylindrisal and sonisal holes; surfase orientation; sutting external and internal grooves; hole drilling, sountersinking and reaming; A methodology for teashing the possibilities of sutting a work piese, partial prosessing and other work based on modular teshnologies is dessribed.

Текст научной работы на тему «TOKARLIK DASTGOHLARIDA BAJARILADIGAN ISHLAR MAVZUSINI O‘QITISH METODIKASI»

UO'T 37.013.46

TOKARLIK DASTGOHLARIDA BAJARILADIGAN ISHLAR MAVZUSINI O'QITISH

METODIKASI

Botirov, Abdusattor Gapparovish Namangan muhandislik-qurilish instituti texnika fanlari nomzodi, dotsent botirovabdusattor1956 @gmail.som

Annotatsiya: Ushbu maqolada tokarlik dastgohlarida bajariladigan ishlarni tahlil qilish, modul bloklarini ajratish, modul bloklarini tahlil qilish, o'quv elementlarini ishlab shiqish bo'yicha modul texnologiyalari ma'lumotlari keltirilgan. SHuningdek tokarlik-vintqirqish stanoklari xilma-xil ishlarni bajarishishi: sirtqi tsilindrik, konussimon va shakldor yuzalar yo'nish; tsilindrik va konussimon teshiklarni yo'nib kengaytirish; torets yuzalarni yo'nish; sirtqi va ichki rez'balar qirqish; teshiklar parmalash, zenkerlash va razvyortkalash; zagotovkalarni qirqib tushirish, qisman kesish va boshqa ishlarni bajarish imkoniyatlarini modul texnologiyalari asosida o'qitish metodikasi bayon etilgan

Kalit so'zlar: Metal kesish dastgohi, tokarlik dastgohi, tokarlik ishlari, modulli o'qitish, modul dasturi, tishli g'ildirak, shakldor yuzalar, parmalash, zenkerlash, razvyortkalash, val, o'q va vtulka.

Аннотация: В данной статье представлена информация о модульных технологиях анализа работ, выполняемых на токарных станках, разделения блоков модулей, анализа блоков модулей и разработки элементов обучения. Также токарные и токарно-винторезные станки выполняют различные задачи: обработку цилиндрических, конических и фасонных поверхностей; растачование цилиндрических и конических отверстий; ориентирование поверхностей; нарезание наружных и внутренних пазов; сверление отверстий, зенковка и развёртка; Описана методика обучения возможностям резки заготовки, частичной обработки и других работ на основе модульных технологий.

Ключевые слова: Металлорежуo'ий станок, токарный станок, токарные работы, модульное обучение, модульная программа, зубчатое колесо, фасонные поверхности. сверление, зенковка, развертывание вала, оси и втулки.

Annotation: This artisle provides information on modular teshnologies for analyzing work performed on lathes, dividing module blosks, analyzing module blosks and developing training elements. Also, lathes and ssrew-sutting lathes perform various tasks: prosessing of sylindrisal, sonisal and shaped surfases; boring of sylindrisal and sonisal holes; surfase orientation; sutting external and internal grooves; hole drilling, sountersinking and reaming; A methodology for teashing the possibilities of sutting a work piese, partial prosessing and other work based on modular teshnologies is dessribed.

Key words: Metal-sutting mashine, lathe, turning work, modular training, modular program, gear wheel, shaped surfases, drilling, sountersinking, reaming of shaft, axle and bushing.

Kirish. Mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlab shiqarishlarini jihozlash va avtomatlashtirish ta'lim yo'nalishining o'quv rejasida ko'zda tutilgan "Malakaviy amalyot" mashg'ulotlarini bajarishda innovatsion ta'lim texnologiyalardan foydalanish ta'lim samaradorligini oshirishning kafolatlangan yeshimlaridan biri desak mubolag'a bo'lmaydi, shunki o'rganilayotgan mavzuning murakkabligi ortgani sayin uni o'zlashtirish darajasi ham qiyinlashib boradi. Ta'lim jarayonida ta'lim oluvchining faolligini ta'minlangandagina ko'zlangan murakkab maqsadlarga erishish imkoniyati ortadi [1].

Malakaviy amalyottlar jarayonida talabalar ning kasbiy ko'nikma va malakalarining samarali shakllantirilishi ishlab shiqarish ta'limi berish uchun tanlanayotgan o'qitish texnologiyalarining ishlab shiqarish sharoitlariga qanshalik yaqinligiga bog'liq. Ishlab shiqarishga yaqinlashtirilgan sharoitlarda kasbiy faoliyatga o'rgatish uchun qo'llaniladigan zamonaviy texnologiyalardan biri o'qitishning modul texnologiyasi hisoblanadi.

Modulli o'qitish deganda aniq mutaxassislik bo'yicha o'quv materialini mustaqil ahamiyatga ega bo'lgan tugallangan qismlarga (modullarga) taqsimlagan holda o'qitish jarayonini tuchunish kerak. Bunda modulni o'zlashtirish uchun kerak bo'lmaydigan o'quv materiali shiqarib tashlanadi va modul dasturini hamda modulli o'qitish jarayonini individuallashtirish ko'zda tutiladi. Dastur mazmunining o'zlashtirilishini nazorat qilish tizimli loyihalanadi (kirish, joriy, oraliq, yakuniy), bu o'qitish jarayonining borishi to'g'risida ma'lumotlarni tezkor ravishda olishga va shu asosda zaruriy tuzatishni amalga oshirishga imkon beradi.

Modulli o'qitishga o'tishda quyidagi maqsadlar ko'zlanadi:

- o'qitishning (fanlar orasida va fanning ishida) uzluksizligini ta'minlash;

- o'qitishni individuallashtirish;

- o'quv materialini mustaqil o'zlashtirish uchun etarli sharoit yaratish;

- o'qitishni jadallashtirish;

- materialni samarali o'zlashtirishga erishish.

Shunday qilib, modulli o'qitishda talabalar ni o'z qobiliyatiga ko'ra bilim olishi uchun to'la zarur shart-sharoitlar yaratiladi.

O'qitishning modul tizimiga o'tish samaradorligi quyidagi omillarga bog'liq bo'ladi:

- o'quv muassasasining moddiy-texnikaviy bazsi darajasi;

- professor-o'qituvchilar tarkibining malakaviy darajasi;

- ko'zlangan natijalarni baholash;

- didaktik materiallar ishlab shiqish;

- natijalarning tahlili va modullarni optimallashtirish.

O'qitishning modul tizimi mazmunidan uning quyidagi afzalliklari namoyon bo'ladi:

- fanlar, fanlar ishidagi modullar orasidagi o'qitish uzluksizligi ta'minlanadi;

- har bir modul ishida va ular orasida o'quv jarayonini barcha turlarining metodik jihatdan asoslangan muvofiqligi o'rgatiladi;

- fanning modulli tuzilish tarkibining moslashuvchanligi;

- talabalar o'zlashtirishi muntazam va samarali nazorat (har qaysi moduldan so'ng) qilinishi;

- talabalaning zudlik bilan qobiliyatiga ko'ra tabaqalanishi (dastlabki modullardan so'ng, talabalalarga fanni individual o'zlashtirishni tavsiya etishi mumkin);

- informatsiyani «siqib» berish natijasida, o'qishni jadallashtirish, auditoriya soatlaridan samarali foydalanish va o'quv vaqti tarkibini, ma'ruzaviy, amaliy (tajribaviy) mashg'ulotlar, individual va mustaqil ishlar uchun ajratilgan soatlarni optimallashtirish. Buning natijasida, talabalar yetarli bilimlarga ham, ko'nikmaga ham, uquvga ham ega bo'ladi.

Shuning uchun ham o'rganiladigan mavzuni elementar qismlarga bo'lib o'rganishda asoslangan modulli o'qitish texnologiyasini qo'llashni malakaviy amaliyot davrida qo'llash metodikasi haqida fikr yuritmoqda.

"Malakaviy amaliyot" o'quv mashg'ulotining "Tokarlik dastgohlarida bajariladigan ishlar" mavzusini o'rganishda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish ta'lim samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Malakaviy amaliyot mashg'ulotini modulli texnologiyasidan foydalanib olib borishda zamonaviy texnologiyalardan biri hisoblanadi.

Metodlar. Modul texnologiyasida mutaxassislik bo'yicha o'quv materialini mustakil ahamiyatga ega bo'lgan tugallangan qismlarga (modullarga) taqsimlagan holda mashg'ulot olib

borish jarayonini tuchuniladi. Bunda modulni o'zlashtirish uchun ortiqsha bo'lgan o'quv mashg'ulot materiali shiqarib tashlanadi va modul dasturini hamda modulli o'rganish jarayonini individuallashtirish ko'zda tutiladi.

Tokarlik dastgohlarida bajariladigan ishlar uchun modul dasturini ishlab shiqish MMM -konsepsiyada qabul qilingan ketma-ketlikda amalga oshiriladi. Unga quyidagi asosiy bosqishlar kiradi:

1) tokarlik kasbiy faoliyatini tahlil qilish;

2) modul bloklarini ajratish;

3) modulb loklarini tahlil qilish;

4) o'quv elementlarini ishlab shiqish;

5) o'quv elementlarini tanlashning MMM -jadvallarini va ularni o'rganish ketma-ketligini ishlab shiqish.

Dastgohshining kasbiy faoliyat sohasini tahlil etib, ushbu faoliyat sohasidagi ishturlarini detal sirtlarining turli ko'rinishlariga ishlov berishning shakllantirilayotgan ko'nikmalari va malakalari majmuini tahlil qilish asosida yoki mashina detallarining turli turlariga ishlov berish bo'yicha shakllantirilayotgan ko'nikmalar va malakalar majmuini tahlil qilish asosida ajratilishi mumkin. O'quv ustaxonasi sharoitida tokarlik faoliyat sohasi uchun ish turlarini ajratishda talabalar ning tokarlik dastgohini ishlatish ko'nikma va malakalarini shakllantirishga tayyorlanayotgan detallarning turi asosida ajratish mos keladi [2].

Tokarlik faoliyat sohasida olib boriladigan ishlar uchun, ya'ni tokarlik ishlari uchun quyidagi ish turlarini ajratish mumkin: val turidagi detallarga ishlov berish; disk turidagi detallarga ishlov berish; vtulka turidagi detallarga ishlov berish; rez'bali detalarga ishlov berish.

Tokarlik faoliyat sohasini tahlil qilish asosida tokarlik ish sharoitlarini, tokarga qo'yiladigan talablarni, tokarlik ish joyini tashkil etishga va dastgohshining mexnatini tashkil etishga qo'yiladigan talablarni aniqlash va shu asosida modullarni va modul bloklarini tanlab olish va tavsiflash amalga oshiriladi, ular «Modul bloklari ro'yxati va tavsifi» hujjatida keltiriladi (1-jadval).

1-jadval

Ishlov beriladigan sirtlarning va ishov beriladigan detallarning nisbati_

Ishlov beriladigan sirtlar turlari Ishlov beriladigan detallar turlari

Yassi va tashqi silindrik, chiqiqlar va qirralar, tashqi konussimon va shakldor Val

Qirra va tashqi silindrik sirtlar, ichki silindrik sirtlar (teshikli disklar uchun) Disk

Ichki va tashqi silindrik, konussimon va yassi sirtlar, chiqiqlar va qirralar Vtulka

Rezbali sirtlarning barcha turlari va rezbalar ning barcha turlari (metrik, dyuymli, modulli, truba trapetsiyasimon, to'g'ri to'rtburchak) Rezbali detal

Natijalar.Tokarlik faoliyat sohasi bo'yicha o'qitishning modullarini va modul bloklarini quyidagisha ajratish mumkin:

M-1 modul doirasida (Vallarga ishlov berish): silliq vallarga ishlov berish (BM 1.1); pog'onali vallarga ishlov berish (BM 1.2); ekssentrik vallarga ishlov berish (BM 1.3).

M-2 modul doirasida (Disklarga ishlov berish): teshiksiz disklarga ishov berish (BM 2.1); teshikli disklarga ishlov berish (2.2).

M-3 modul doirasida (Vtulkalarga ishov berish): silliq vtulkalarga ishlov berish (BM 3.1); pog'onali vtulkalarga ishlov berish (BM 3.2); markazlari siljigan vtulkalarga ishlov berish (BM 3.3).

M-4 modul doirasida (Rezbali sirtlarga ishlov berish): vintlarga ishlov berish (BM 4.1); gaykalarga ishlov berish (BM 4.2).

Shundayqilib, ta'kidlash mumkinki, bo'lajak tokarlarni o'qitishning modul dasturi quyidagi elementlarni o'z ichiga oladi: faoliyat sohasi, modullar, modulb loklari (1-rasm).

Tokarlarda metall kesish dastgohlarini ishlatish ko'nikma va malakalarini shakllantirish uchun mustaqil modul bloklarini ifodalovchi modul dasturi tizimli xossalarga ega bo'lishi kerak, ya'ni elementlari o'rtasida barqaror aloqa bo'lishi, elementlarning iyerarxikligiga, yaxlitligiga, bo'linuvchanligiga ega bo'lishi va alohida elementlar uchun xos bo'lmagan, tizimning yangi xossalari paydo bo'lishiga sabab bo'luvchi integrativ sifatlarga ega bo'lishi kerak[3].

1-rasm. Tokarlik ishlari o'quv amaliyoti modul dasturining tuzilishi

Muhokamalar. Tokarlarda metall kesish dastgohlarini ishlatish ko'nikma va malakalarini shakllantirish uchun mustaqil modul bloklarini ifodalovchi modul dasturi tizimli xossalarga ega bo'lishi kerak, ya'ni elementlari o'rtasida barqaror aloqa bo'lishi, elementlarning iyerarxikligiga, yaxlitligiga, bo'linuvchanligiga ega bo'lishi va alohida elementlar uchun xos bo'lmagan, tizimning yangi xossalari paydo bo'lishiga sabab bo'luvchi integrativ sifatlarga ega bo'lishi kerak[4].

Ishlab shiqilgan modul dasturi oshiq tizim hisoblanadi, shunki ishlab shiqilgan asosiy ko'nikma va malakalar boshqa faoliyat sohalari bo'yicha ko'nikma va malakalarni shakllantirish uchun asos hisoblanadi. Oshiqlik uning o'zini o'zi rivojlantirishi imkoniyatini ta'minlaydi. Dastur tashqi sharoitlarga moslashtirilishi, xususiy yaxlitligini buzmasdan turib tuzilishi qayta

Qurilish va Ta'lim ilmiy jurnali 3-jild, 1-son tps://jurnal.qurilishtalim.uz/

61

qurilishi mumkin, ta'lim oluvchilarning shaxsiy xususiyatlarini hisobga olishga va har bir ta'lim oluvchi uchun shaxsiy dasturlar tuzishga imkon beradi.

Vallarga ishlov berish» modulining ushta modul bloki ishlab shiqilgan bo'lib, ularning mazmuni tokar faoliyatining invariantli asosini tashkil etadi. Ishlab shiqilgan modul bloklari tavsifi, ishlarning standartlari va zarur qurilmalar hujjatida keltiriladi (2-rasm).

Modul dasturini ishlab shiqishning ushinshi bosqishi doirasida modul bloklarining mazmuni tahlil qilinadi: dastgo'shining faoliyati tuzilmasini izshil oshib beruvchi ish qadamlarini ajratish, ta'lim oluvchida bu qadamlarni muvaffaqiyatli o'zlashtirish uchun shakllantirish zarur bo'lgan ko'nikma va malakalarni ajratish va ularni shakllantirish uchun turli toifadagi o'quv elementlarini ajratish.

O'quv elementlar ta'lim oluvchigasha etib boruvchi va ajratilgan ko'nikma va malakalarni shakllantirishga imkon beruvchi metodikalardan iboratdir.

M-1. Vallarga ishlov berish

.......:B:::::::::hMii:::::::::::.......

M-2. Disklarga ishlov berish

Teshikli disklarga Teshiksiz disklarga

IL

M-3. Vtulkalarga ishlov berish

Silliq —» Pog'onali —► Markazlari

vtulkalarga vtulkalarga siljigan

M-4. Rezbali sirtlarga ishlov berish

Gaykalarga ishlov berish Vintlarga ishlov berish

2-rasm. Modul bloklarining tizimi

Tokarlik ishlari o'quv amaliyotining modulli o'qitish texnologiyasi o'z ichiga kasbiy bilim, ko'nikma va malakalarni, kirish, joriy, oraliq va yakuniy nazoratlarni oladi.

Asosiy ko'nikma va malakalarning shakllantirilishi ajratilgan modul bloklari tarkibiga kiruvchi o'quv elementlarini ketma-ket o'rganish jarayonida amalga oshiriladi. Xar bir o'quv elementi o'rganilgandan so'ng joriy nazorat amalga oshiriladi, xar bir modul bloki o'zlashtirilgandan so'ng oraliq nazorat amalga oshiriladi, buning natijasida talabalar da shakllantirilgan ko'nikma va malakalarning shakllanganlik darajasi qayd qilinadi [5].

Shu nuqtai nazardan talabalarga val turidagi detallarni tayyorlashga o'rgatishning modul texnologiyasi quyidagilarni o'z ichiga oladi: boshlang'ich nazorat; modul bloki doirasida o'quv

elementlarini o'rganish; o'quv elementlari mazmunining o'zlashtirilishini joriy nazorat qilish; modul bloki bo'yicha oraliq nazorat; ishlab shiqarish topshirig'i; malaka sinovlari

Boshlang'ich nazorat talabaning bilim, ko'nikmalari va malakalarining dastlabki darajasini aniqlash va baza modul dasturini individuallashtirish maqsadida amalga oshiriladi. Boshlang'ich nazorat barcha test topshiriqlarining 100 foiz bajarilishini nazarda tutuvchi test sinovlari va talabaga ma'lum bo'lgan o'quv elementlari yoki modul bloklari majmuini aniqlashga imkon beruvchi og'zaki savol-javob ko'rinishida amalga oshiriladi.

Test sinovlari natijalari salbiy bo'lganda talabaga yo'riqnoma xaritani o'rganish taklif etiladi, bu xaritada talabaga qisqa sxemalar va jadvallar ko'rinishidagi talablarning asosiy qoidalari bo'ladi. Talabalarga quyidagidan boshlang'ich talablarning asosiy qoidalarini o'z ichiga olgan yo'riqnoma xaritalarida keltiriladi.

Xar bir modul bloki tarkibidagi o'quv elementlarini o'rganishni talabalar lar individual sur'atda o'qituvchi bergan ketma - ketlikda mustaqil amalga oshirishadi. O'quv elementlarini o'rganish ketma - ketligi xar bir modul bloki bo'yicha 50 ta o'quv elementlarini o'z ichiga oladi. Modul bloklaridagi invariant xususiyatga ega bo'lgan o'quv elementlarini navbatdagi modul blokini o'rganishda olib tashlanishi mumkin.

Xar bir o'quv elementi nazorat qiluvchi qismni ham o'z ishiga oladi. Bu nazorat joriy nazorat bo'lib, talabalar joriy nazorat topshiriqlarini 100 foiz bajargan xolda keyingi o'quv elementini o'rganishga o'tadi, aks xolda talaba o'zlashtirilmagan o'quv elementini o'rganishga qaytadi.

Xulosalar. Shunday qilib, tokarlik dastgohlarini konstruktsiyasini va bajariladigan ishlarni modullar, modul bloklari va elementlariga ajratib o'rganib chiqiladi va o'zlashtirilishi nazorat qilinadi [6].

Tokarlik ishlarida talabalarga metall kesish dastgohlarini ishlatish ko'nikma va malakalarini shakllantirish uchun mustaqil modul bloklarini ifodalovchi modul dasturi tizimli xossalarga ega bo'lishi kerak, ya'ni elementlari o'rtasida barqaror aloqa bo'lishi, elementlarning ierarxikligiga, yaxlitligiga, bo'linuvchanligiga ega bo'lishi va alohida elementlar uchun xos bo'lmagan, tizimning yangi xossalari paydo bo'lishiga sabab bo'luvchi integrativ sifatlarga ega bo'lishi kerak.

ADABIYOTLAR

1. Отабоев И.А. Токарлик ишлари укув амалиётини модулли укитиш технологияси, Укув услубий кулланма,- Тошкент: Сано-стандарт,2012.-132б.

2. Эргашев Ш.Т., Хайдаров А.К. Основы технологии машиностроения. Ташкент.: Учебник. Издательство "Фан" Академии наук Республики Узбекистан, 2022. 394 с.

3. Сафоев А.А. Металларни кесиб ишлаш. -Т.: Турон-Икбол, 2007. - 112 б.

4. Botirov, A. G., Negmatullaev, S. E., Begmatov, D. K., Babaev, N. O., & Mamatrahimov, O. A. (2019). Improvement of Teshnology of Seeding and Sowing Sestion. International Journal of AdvansedResearsh in Ssiense, Engineering and Teshnology, 6(12).

5. Babayev, N. O., & Abduhamitov, A. (2023). QADAMLI SURISH YURITMALARINING IMKONIYATLARI: QADAMLI SURISH YURITMALARINING IMKONIYATLARI. "Qurilish va ta'lim" ilmiy jurnali, 1(1), 180-184.

6. Babayev, N. O., Siddiqov, A. S., & Hamidov, A. S. (2023). MASHINASOZLIKDA DETALLAR SIRTLARINI PUXTALASHNING IONLI LEGIRLASH TEXNOLOGIYASI: MASHINASOZLIKDA DETALLAR SIRTLARINI PUXTALASHNING IONLI LEGIRLASH TEXNOLOGIYASI. "Qurilish va ta'lim" ilmiy jurnali, 1(1), 60-64

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.