UO' T 37.013.46
OLIY TA'LIMDA MODULLI O'QITISH JARAYONINING O'ZIGA XOS
XUSUSIYATLARI
Karimov, Boxodir Yusufjjonovich Namangan muhandislik-qurilish instituti, katta o 'qituvchi karimovboxodirr81 @gmail.som
Annotatsiya: Maqolada samarali o'qitish texnologiyalaridan biri bo'lgan modulli o'qitish jarayoniga tizimli faoliyatli yondoshuv va uning o'ziga xos xususiyatlari keltirilgan. Ushbu maqolada oily ta'limda talabalarning ta'lim yo'nalishlari bo'yicha ko'nikma va malakalarini samarali shakllantirilish, tanlanayotgan o'qitish texnologiyalarining ishlab chiqarish sharoitlariga qanchalik yaqinligiga bog'liqligi asoslangan. Shuningdek, modulli o'qitish texnologiyasining ishlab chiqarish ta'limi jarayonida qo'llash imkoniyatlari va uning o'ziga xos jihatlari yoritib berilgan.
Аннотатция: В статье представлен системнo-деятельнoстный пoдхoд к мoдульнoму прoцессу oбучения, являющемуся oднoй из эффективных технoлoгий o6y4eHra, и егo oсoбеннoсти. В даннoй статье эффективнoе фoрмирoвание умений и квалификации oбyчающихся в сферах o6pa3oBaHra при семейнoм вoспитании базируется на зависимoсти выбранных технoлoгий oбyчения oт yслoвий прoизвoдства. Также oсвещены вoзмoжнoсти применения мoдyльнoй технoлoгии oбyчения в ^o^^c прoизвoдственнoгo oбyчения и ее oсoбеннoсти.
Annotation: The article presents a system-activity approach to the modular learning process, which is one of the effective teaching technologies, and its features. In this article, the effective formation of skills and qualifications of students in the fields of education during family upbringing is based on the dependence of the selected learning technologies on production conditions. The possibilities of using modular training technology in the process of industrial training and its features are also highlighted.
Kalit so'zlar: modulli o'qitish texnologiyasi, modul, tizimli yondoshuv, individuallashtirish, modul dasturi, o'quv paketi, o'quv elementi, o'rgatuvchi modul, ta'lim metodlari, ta'lim vositalari.
Ключевые слова: мoдyльная технoлoгия oбyчения, мoдyль, системный пoдхoд, индивидуализация, мoдyльная прoграмма, oбразoвательный пакет, oбразoвательный элемент, oбyчающий мoдyль, методы oбyчения, средства oбyчения.
Key words: modular learning technology, module, system approach, individualization, modular program, educational package, educational element, training module, teaching methods, teaching aids.
Kirish. Hozirgi kunda modul texnologiyasi dunyodagi turli davlatlarda (Amerika qo'shma shtatlari, Angliya, Golllandiya, Italiya, Fransiya, Olmoniya, Belorus, Litva kabi xorij mamlakatlari oliy ta'limida) tez tarqalmoqda. Modulli o'qitish asoschisi amerikalik tadqiqotchi J.Rassel bo'lib, u o'quv modulini "o'quv materialining konseptual birligini va ta'lim oluvchiga belgilangan harakatlarni qamrab oluvchi o'quv paketi" sifatida birinchi bor ta'rifladi .
Mamlakatimizda ham ta'lim jarayoniga modulli o'qitishni tadbiq etish borasida bir qator tadqiqot ishlari amalga oshrilgan. N.H.Avliyoqulov, S.Yu.Ashurova, M.G.Davletshin, va boshqalar tomonidan olib borilgan tadqiqot ishlari shular jumlasidandir.
Shuni ta'kidlash kerakki, hozirgi davrda pedagogik tadqiqotlarning mualliflari o'rtasida o' qitishning modulli texnologiyalarining mohiyatini yoritishga yagona yondashuv qaror topmagan. Yu.K.Balashov, V.L.Rudik, V.A.Rijovning ta'kidlashicha, modulli o'qitish deganda aniq mutaxassislik bo'yicha o'quv materialini mustaqil ahamiyatga ega bo'lgan tugallangan
Qurilish va Ta 'lim ilmiy jurnali
3-jild, 1-son 52
tps://jurnal.qurilishtalim.uz/
qismlarga (modullarga) taqsimlashni tushunish kerak deyiladi va mazkur turdagi ishlar uchun o'zlashtirish kerak bo'lmaydigan material chiqarib tashlanishi kerakligini ta'kidlashadi hamda modul dasturini va modulli o'qitish jarayonini individuallashtirish ko'zda tutiladi [5,6].
P.A.Yusyavichene, T.I.SHamova, M.A.Choshanov, M.A.Andenko va boshqalar modulli o'qitishning mohiyatini tahlil qilib, u ta'lim oluvchilarning mustaqil ishini maqsadlar, axborot banklari va qo'yilgan maqsadlarga erishish bo'yicha metodik qo'llanmalar, yakka tartibdagi dasturlar yig'indisidan iborat ekanini ta'kidlashadi. SHuningdek, tadqiqotchilar modulli o'qitishning sub'ekt-subektli munosabatlarini ko'rsatishadi, chunki, modulli o'qitishda pedagog ham, ta'lim oluvchi ham o'qitish jarayonining teng huquqli sub'ekti bo'lib hisoblanadi [3,9].
D.A. Matveyeva modul tushunchasini, bu didaktik maqsadlarni, mantiqan tugallangan (fanlararo va fan ichidagi bog'lanishni hisobga olib tuzilgan) o'quv materiali qismi, (didaktik materiallarni o'z ichiga oluvchi) uslubiy qo'llanma va nazorat tizimini o'z ichiga oluvchi, o'quv fanining alohida tashkiliy uslubiy tuzilishi deb tushunadi [1].
M.G. Davletshin, F.I. Haydarov va R.I. Sunnatovlarning fikricha, modul - bu ishlab chiqilgan qoidalar asosida o'quv fanining bitta yoki bir nechta asosiy tushunchalarni o'rganishga yo'naltirilgan, o'quv materialini mantiqan tugallangan qismi deb qaraladi [4].
B. Nuriddinov esa, modul - ma'lum o'quv predmeti bo'yicha aniq maqsadni ko'zda tutib, ob'ektlarning muhim jihatlarini mantiqan tugal va mukammal holda yorituvchi o'quv materialining didaktik birligi deb tushunadi [2].
D.Fayzullayeva modulni an'anaviy didaktik birlik emas, balki xuddi o'quv-uslubiy majmuaning axborotli tarkibi sifatida ko'rib chiqadi va quyidagicha ta'rif beradi: modulli o'quv axborot-bu ta'lim maqsadini belgilash va rejalashtirilgan natijalar bilan chegaralangan, fanlararo va fan ichidagi bog'liqlikni hisobga olib tuzilgan va yakuniy nazoratni darajali tizimini qamrab oluvchi, o'quv fani mazmunini mantiqan va tugallangan qismidir [1].
"Modul" tushunchasi modulli o'qitish tizimining markaziy tushunchasi hisoblanadi, biroq uni aniqlashga bo'lgan yondashuvlar ham bir qiymatli emas. M.A.Andenkoning e'tirof etishicha, modul "mutaxassislik bo'yicha ishlab chiqilgan davlat o'quv rejasi birligini" ifoda etadi [3], R.A.Babitskiy fikricha "bitta mutaxassislikni o'rganishda zarur bo'ladigan turli o'quv fanlarining o'zaro bog'liq mavzular yig'indisi" ni bildiradi [5; 19 b.]. T.I.Shamova esa, modulni, "o'quv fanining muvaqqat tashkiliy tuzilmasi" sifatida tushunadi [9; 260 b.]. S.Yu.Chernoglazkinning ta'kidlashicha, modul "ma'lum bilimlarni integratsiyalash vositasi"dir [8; 14 b.], A.P.Belova modulni "mutaxassislik bo'yicha o'qitish mazmunining mustaqil tugallangan qismi" sifatida izohlaydi [6; 27 b.]. Q.Abdullaeva, S.Ashurova modul tushunchasini axborot tizimi modeli yoki o'qitishning uslubiy loyihasi sifatida ta'riflaydilar [1,4].
Yurtimiz va xorij tadqiqotchilari ishini tahlil qilish, modulli o'qitishning etakchi tadqiqotchilari tomonidan ishlab chiqilgan modul tushunchasini nazariy tahlil qilishning uchta asosiy yo'nalishini ajratishga imkon beradi.
"Modul" tushunchasini tahlil qilishning mazmun yo'nalishi M.A.Andenko, G.V.Lavrenteva, T.I.Shamova, N.E.Erganova, P.A.Yusyavichenening ishlarida taqdim etilgan. Modul deganda o'quv materialining konseptual birligini qamrab oluvchi va qo'yilgan maqsadlarga erishish bo'yicha maqsadli blokni va metodik qo'llanmani o'z ichiga oluvchi, maxsus ishlab chiqilgan o'quv paketi tushuniladi [3,5,6,9].
"Modul" tushunchasini tahlil qilishning tashkiliy yo'nalishlari O.A.Orchakova, P.F.Kubrushko, D.V.Chernilevskiyning ishlarida taqdim etilgan. Modul deganda o'qitish jarayonining diagnostik ifodalangan maqsadlari va ularga mos holda tanlab olingan o'qitish va nazoratning mazmuni, vositalari va metodlarini hamda o'quv jarayoni tashkil etish shaklini o'z ichiga olgan avtonom tashkiliy qismi tushuniladi [7,9].
Qurilish va Ta'lim ilmiyJurnali 3-Jild, 1-son tps://jurnal.qurilishtalim.uz/
53
"Modul" tushunchasi tahlilining tizimli yo'nalishi N.V. Borodina, E.Kroshe, E.S.Samoylova, M.A.Choshanovning ishlarida taqdim etilgan. Faoliyatli yondashuvga asoslangan holda mualliflar modulni "nisbatan mustaqil funksiyani yoki faoliyat sohasini qamrab oluvchi bir jinsli o'quv bloki" sifatida ta'riflashadi" [5,6,9]. Modul dasturi va modulning o'zining tuzilmasi mutaxassis faoliyatini tizimli tahlili asosida ishlab chiqiladi, bu kasbiy xabardorlikning samarali shakllanishi to'g'risida gapirishga imkon beradi, uning tuzilmasi mutaxassisning kasbiy faoliyatini tizimli tahlil qilish asosida ishlab chiqilgan.
Mualliflarning ta'kidlashicha, modulli o'qitish jarayonini "funksional bog'lanishlar" tizimiga - kasbiy ahamiyatli atamalar va operatsiyalar tizimiga bo'lish yo'li bilan amalga oshirishni ifodalaydi, ular ta'lim oluvchilar tomonidan ko'proq yoki ozroq bir qiymatli bajariladi, bu esa o'qitishning rejalashtirilgan natijalariga erishishga imkon beradi. Dastur mazmunining o'zlashtirilishini nazorat qilish tizimli loyihalanadi (kirish, joriy, oraliq, yakuniy), bu o'qitish jarayonining borishi to'g'risida ma'lumotlarni tezkor ravishda olishga va shu asosda zaruriy tuzatishni amalga oshirishga imkon beradi.
Muhokamalar. Modulli o'qitish texnologiyasining fan bo'yicha faoliyatga asoslangan yondashuvi, modullarni o'quv rejasi va fan dasturlar tahlili natijasidan kelib chiqib tuzishni taqozo etadi. Tizimli faoliyatli yondoshuvda, modullar bloki, mutaxassisning kasbiy faoliyati tahlili asosida shakllantiriladi.
Fan bo'yicha faoliyat yondashuvi asosidagi modulli o'qitish texnologiyasida modul o'zida quyidagilarni aks ettiradi:
- o'quv faning fundamental tushunchalari - muayyan hodisa yoki qonun, yoki bo'lim, yoki yirik bir mavzu, yoki o'zaro bog'liq tushunchalar guruhi;
- o'quv faning bir yoki bir necha fundamental tushunchalarini o'rganishga (o'zlashtirishga) qaratilgan.
Bunda odatda modul - 2-8 soatli ma'ruzaviy mashg'ulotlar va shu bilan bog'liq bo'lgan amaliy (seminar), tajriba mashg'ulotlaridan iborat bo'ladi.
Modulli o'qitishning tizimli yondashuvi doirasida modul bloklardan tashkil topadi, bunda kasbiy faoliyatning bir qismi tushuniladi, va ular ketma-ket bajariluvchi, o'z navbatida, kasbiy ko'nikma va malkalarni shakllantirishga imkon beruvchi ishlab chiqarish amallaridan (ishlar qadami) iborat bo'ladi.
Modulni bunday tushunish "Mehnat malakalari moduli" (MMM- o'qitish konsepsiyalari) Evropa o'qitish konsepsiyasi asosiy qoidalariga mos keladi, u ko'pgina mamlakatlarda ta'lim jarayonida qo'llaniladi. MMM da - modul bloki deganda "qat'iy belgilangan boshlanish va oxiriga ega bo'lgan faoliyatning qismi" tushuniladi, o'quv elementi deganda - faoliyatning har bir elementini bajarish bilimi, ko'nikmalari va malakalarini shakllantirish uchun zarur o'quv materialni o'z ichiga olgan risola tushuniladi.
MMM konsepsiyasi talablariga muvofiq modul dasturi avtonom modul blokining ketma-ket qatoridan tuziladi, modulli blok mazmun va funksional jihatdan yakunlangan kasbiy faoliyat birligidan iborat bo'ladi.
Tadqiqotimiz doirasida modul texnologiyasi "Mehnat malakalari modullari" (MMM) evropa konsepsiyasi talablariga muvofiq modulli yondashuv asosida ishlab chiqiladi. Bu tizimli faoliyat asosidagi modulli o'qitish texnologiyasi bo'lib, uning quyidagi asosiy xususiyatlarini qayd etish mumkin:
- o'qitish mazmuni, kichik mutaxassis faoliyatining tizimli tahlili asosida shakllantiriladi;
- modulli dastur tarkibi kichik mutaxassisning kasbiy faoliyatiga uyg'un tarzda tuziladi. O'qitish dasturi, alohida modullardan, modul bloklaridan, o'quv elementlaridan iborat
Qurilish va Ta 'lim ilmiyJurnali 3-jild, 1-son tps://jurnal.qurilishtalim.uz/
54
bo'ladi. Modul bloki, o'qitish dasturining tarkibiy qismi bo'lib, "boshlanishi va oxiri" kichik mutaxassis ishi va harakatining aniq ko'rsatilgan tugallangan bo'lagidir;
- har qaysi modul blokini o'rganish, "O'quv elementi" yoki "O'rgatuvchi modul" deb ataluvchi maxsus ishlangan turli uslubiy qo'llanmalar bo'yicha amalga oshiriladi. Zururiyat tug'ilganda, har qaysi talaba uchun individual o'qitish dasturlari tuziladi. "O'quv elementi" (O'rgatuvchi modul) talabaga, mustaqil ravishda o'quv materialini o'zlashtirishga imkon beradi;
- o'qituvchi va talabaning o'zaro munosabati teng huquqlilik va o'quv elementlari ("O'rgatuvchi modul") ni o'rganish jarayoniga o'zaro bog'liq holda kechadi.
Tizimli faoliyat asosidagi modulli o'qitish o'z ichiga o'qitish mazmunini tanlab olishni (mazmun darajasi) va o'qitish texnologiyasini ishlab chiqishni (texnologik daraja) oladi. Mazmun darajasida o'quv muassasasi sharoitida keng profilli dastgohchilarni o'qitishning modul dasturi ishlab chiqiladi, texnologik darajada esa ularning kasbiy ko'nikma va malakalarini shakllantirishning modul texnologiyasi ishlab chiqiladi.
Modul dasturini ishlab chiqish quyidagi bosqichlar asosida amalga oshiriladi: 1) tayyorlanadigan mutaxassislar kasbiy faoliyatini tahlil qilish; 2) modul bloklarini ajratish; 3) modul bloklarini tahlil qilish; 4) o'quv elementlarini ishlab chiqish; 5) o'quv elementlarini o'rganish ketma-ketligini ishlab chiqish.
Shunday qilib, modulli o'qitishda talabalarni o'z qobiliyatiga ko'ra bilim olishi uchun to'la zarur shart-sharoitlar yaratiladi.
O'qitishning modul tizimiga o'tish samaradorligi quyidagi omillarga bog'liq bo'ladi:
- o'quv muassasasining moddiy-texnikaviy bazsi darajasi;
- professor-o'qituvchilar tarkibining malakaviy darajasi;
- ko'zlangan natijalarni baholash;
- didaktik materiallar ishlab chiqish;
- natijalarning tahlili va modullarni optimallashtirish.
O'qitishning modul tizimi mazmunidan uning quyidagi afzalliklari namoyon bo'ladi:
- fanlar, fanlar ichidagi modullar orasidagi o'qitish uzluksizligi ta'minlanadi;
- har bir modul ichida va ular orasida o'quv jarayonini barcha turlarining metodik jihatdan asoslangan muvofiqligi o'rgatiladi;
- fanning modulli tuzilish tarkibining moslashuvchanligi;
- talabalar o'zlashtirishi muntazam va samarali nazorat (har qaysi moduldan so'ng) qilinishi;
- talabalarning zudlik bilan qobiliyatiga ko'ra tabaqalanishi (dastlabki modullardan so'ng, o'qituvchi ayrim talabalarga fanni individual o'zlashtirishni tavsiya etishi mumkin);
- informatsiyani «siqib» berish natijasida, o'qishni jadallashtirish, auditoriya soatlaridan samarali foydalanish va o'quv vaqti tarkibini, ma'ruzaviy, amaliy (tajribaviy) mashg'ulotlar, individual va mustaqil ishlar uchun ajratilgan soatlarni optimallashtirish.
Buning natijasida, talaba etarli bilimlarga ham, ko'nikmaga ham, uquvga ham ega
bo'ladi.
Shunday qilib, modulli o'qitishdan foydalanib kichik mutaxassisni tayyorlash quyidagilar asosida ta'minlanadi:
- o'qitishning uzluksizligi (bunda fanlarni o'zlashtirish samaradorligi oshadi);
- o'qitishni jadallashtirish (buning natijasida informatsiyaning ko'p qismi, individual va mustaqil ishlash paytida, kompyuter tarmoqlari orqali o'zlashtiriladi);
- o'qishni individuallashtirish (talaba o'z qobiliyatiga ko'ra bilim olish imkoniyatiga ega bo'ladi).
O'qitishning istiqbolli tizimlaridan biri sifatida modulli ta'lim texnologiyalarida asosiy o'quv maqsadlar jumlasiga quyidagilarni kiritish mumkin:
Qurilish va Ta 'lim ilmiy jurnali
3-jild, 1-son
tps://jurnal.qurilishtalim.uz/
- ta'lim oluvchining o'ziga mos sur'atda ishlashi;
- ularga o'z imkoniyatlarini aniqlash;
- ta'lim mazmunini o'zgaruvchan tarzda qurish;
- uning turli turlari va shakllarini integratsiyalash;
- talabalarda mustaqil ravishda ta'lim olish ko'nikmalarini shakllantirish va ularning yuqori darajadagi natijalarga erishtirish. O'z-o'zidan ko'rinadiki, yuqoridagi bayon qilingan maqsadlarning oxirgisi modulli o'qitishning bosh, etakchi maqsadi hisoblanadi.
Modulli ta'limning mohiyati shundan iboratki, bunda talaba modul bilan ishlashda o'quv-biluv faoliyatining aniq maqsadlariga mustaqil ravishda (yoki o'qituvchining ba'zi bir yordamida) erishiladi.
Modul harakat rejasi maqsadini, axborotlar bankini; qo'yilgan didaktik maqsadlarga erishish bo'yicha metodik rahbarlikni o'z tarkibiga oladi.
Shu boisdan ham modul o'quv-pedagogik adabiyotlarda modulli o'qitishning vositasi sifatida qaraladi.
Xulosalar. Modulli ta'limning o'ziga xos xususiyatlari sifatida qo'yidagilarni keltirish mumkin:
1. Modulli ta'limning mazmunini tugallangan mustaqil komplekslarida ifodalanadi. Har bir kompleks o'quv materiali shunday qurilishi kerakki, u har bir talaba tomonidan uni oldiga qo'yilgan didaktik maqsadlarga erishishga imkon yaratish.
Bunda talaba uchun o'quv maqsadi shunday ifodalanishi kerakki, u uni shaxsiy ahamiyat va kutilgan natija sifatida tushunish va anglash imkoniga ega bo'lsin. Didaktik maqsad o'z ichiga o'rganilayotgan material hajmiga va uni o'zlashtirish darajasiga ko'rsatmani oladi. Bundan tashqari har bir talaba o'qituvchidan samarali faoliyat ko'rsatish o'quv materialni qaerdan topish bo'yicha yozma ravishda maslahatlar olishi kerak.
2. Modulli ta'lim o'qituvchini talabalar bilan bo'ladigan muloqot shakllarini o'zgarishini ko'zda tutadi. U talabalar bilan modullar orqali ham bevosita - har bir talaba bilan individual tarzda muomala qiladi. Modulli ta'limgina o'qish-o'qitishni sub'ekt-sub'ekt asosga, ya'ni talabani faol bo'lishga, o'quv jarayonida sub'ekt holatiga o'tkazishga imkon yaratadi. O'qituvchi har bir talabaga individual yondashuv asosida maslahat - koordinatsiyalashuvchi funksiyani bajaradi. Bu esa pedagog va ta'lim oluvchiga o'qish-o'qitishni optimal yo'llarini birgalikda tanlashga imkon beradi. Natijada ta'lim jarayonida jarayonida o'qituvchi va talaba o'rtasidagi munosabatlar teng huquqlik bo' lib boraveradi.
3. Talabaning o'quv-biluv faoliyatini yuqori darajada o'zini-o'zi tashkil etilishi. U o'quv maqsadlarni mustaqil qo'yishga, faoliyat usullarini tanlash ko'nikmasiga, o'z harakati va munosabatlarini boshqalar bilan moslashtirish va muvofiqlashtirishga asoslangan. Modulli o'qitish sharoitida bu shu bilan ta'minlanadiki, talabalar o'z vaqtlarining katta qismida mustaqil ishlaydi, o'quv-biluv faoliyati ularning anglangan predmet iva idroki bo'lib qoladi.
Talaba maqsad qo'yishni, o'z faoliyatini tashkil etishni, nazorat qilishni va baholashni o'rganadi. Natijada har bir kishi o'zining bilimlari va ko'nikmalaridagi mavjud kamchiliklarni ko'rishi mumkin.
Shubhasiz, o'qituvchi ham talabaning o'quv-biluv faoliyatini modul orqali va bevosita boshqaradi, biroq bu qattiq, avtoritar boshqaruv emas, albatta.
4. Bosma materialga asoslangan modullarni mavjudligi o'qituvchiga talabalar bilan ishlashni individuallashtirishga, ya'ni talabaga alohida e'tiborda qaratgan holda ularning har biriga maslahat berishga imkon yaratadi.
Xulosa qilib aytganda, o'qitishning modul texnologiyasi qator afzalliklarga ega: o'qitishning modul texnologiyasi qo'llanilganda dastur mazmuni ta'lim oluvchining imkoniyat va ehtiyojlari, ishlab chiqarish korxonasining mutaxassislar kasbiy malakasiga qo'yadigan
Qurilish va Ta 'lim ilmiy jurnali 3-jild, 1-son tps://iurnal.qurilishtalim.uz/
56
talablardan kelib chiqqan holda belgilanadi, zarurat tug'ilganda dasturga tuzatish kiritiladi, mavjud dasturlar asosida yangilari yaratiladi, o'qituvchi va ta'lim oluvchining teng huquqli munosabatlari shakllantiriladi, turli o'quv fanlari bilimlarini bitta ixtisoslik doirasida integratsiyalab o'rganiladi, eng muhimi, bo'lajak mutaxassislarda kasbiy ko'nikma va malakalar bosqichma-bosqich shakllantiriladi.
Bundan tashqari, amaliyot jarayonida modulli o'qitish texnologiyasini qo'llash kasbiy motivatsiya asosida ta'limni individuallashtirish, o'qitish mazmunining variativligini ta'minlash, talabalarni amaliy faoliyatga o'rgatish, o'qitish natijalarini tezkor nazorat qilishga imkon beradi.
ADABIYOTLAR
1. Abdullayeva Q.M. Maxsus fanlarni o'qitishda bo'lajak o'qituvchilarning kasbiy bilim va ko'nikmalarini shakllantirishning metodik asoslari: Dis. ... ped. fan. nom.- Toshkent: 2006. -182 b.
2. Andenko M.A. Aktualnie problemi vzaimodeystviya spesialnix kafedr visshey shkoli pri modulnom obuchenii. -Novosibirsk, 1993. -78 s.
3. Ashurova S.Yu. Yengil sanoat yo'nalishlari bo'yicha kichik mutaxassislar tayyorlashda maxsus fanlarni modulli o'qitishning ilmiy-uslubiy asoslari: Dis. ... ped. fan. nom.- Toshkent: 2005. - 137 b.
4. Babitskiy R.A. Standarti s kompetensiey // Lideri obrazovaniya. -2002. -№ 2 . - S. 32.
5. Belova A.P. Modulnoe obuchenie studentov // Sosialno-politicheskiy jurnal. - 1999. -№2. - S. 27.
6. Kroshe E. Rukovodstvo po modulnoy sisteme professionalno-texnicheskogo obucheniya. -Jeneva: Byuro prof.- tex obucheniya Mejdunarodnoy organizasii truda, 1998. - 124 s.
7. Chernoglazkin S.Yu. О deyatelnostnix osnovax professionalnogo obrazovaniya // Spesialist. - 2001. № 1. - s. 27 - 29.
8. Shamova T.I. Upravlenie obrazovatelnimi sistemami. - M.: Vlados, 2002. - 320 s.
9. Каримoв Бoхoдир Юсyфжoнoвич и №poaroB Низoмджoн Нoзимжoн onra. (2023). Осoбеннoсти испoльзoвания мyльтимедийных технoлoгий в препoдавании инженерных наук. Междyнарoдный журнал исследoваний в торговле, ит, инженерии и ^ц^льных науках ISSN: 2349-7793 Импакт-фактор: 6,876 , 17 (10), 1-3. Пoлyченo с https://gejournal.net/index.php/IJRCIESS/article/view/2168.
10. Kenjaboyev, S. S., Botirov, A. G., Babayev, N. O., & Karimov, B. (2023). Oliy ta'lim tizimida modulli o 'qitish texnologiyasidan samarali foydalanish. golden brain, 1(1), 410-413.
11. Karimov, B. Y. Mashinasozlik fanlarini oqitishda multimediya texnologiyalaridan foydalanishning xususiyatlari: mashinasozlik fanlarini oqitishda multimediya texnologiyalaridan foydalanishning xususiyatlari. (2023).
12. Шаригович К.С., Юсyфoнoвич К.Б. и Якyбжанoвич Х.У. (2021). Иннoвациoнные технoлoгии в фoрмирoвании прoфессиoнальных навьшюв и умений студентов технических вyзoв. Междyнарoдный журнал прoгpессивных наук и технoлoгий , 27 (1), 142-144.
Qurilish va Ta 'lim ilmiy jurnali
З-jild, l-son 57
tps://jurnal.qurilishtalm.uz/