"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB
CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil 22-noyabr
PEDAGOGIK INNOVATSIYA KADRLAR TAYYORLASHNING ASOSI
Akbar Zoir o'g'li
O'zbekiston davlat konservatoriyasi "Musiqiy pedagogika" kafedrasi o'qituvchisi Toirov
https://doi.org/10.5281/zenodo.10159541
Annotatsiya. Maqolada pedagogik innovatsiyaning ijtimoiy, mofkumviy, fаlsаfiy, didaktik hamda pedagogik asoslari mazmuni yoritilgan bo'lib, musiqa o'qitilishida innovatsion texnologiyalarni tanlash, qo'llash va ta'lim oluvchi (talaba)larga nisbatan yo'naltirish, shuningdek o'qituvchi bilan birgalikda faoliyatini hisobga olgan holda, o'quv materiallarini o'zlashtirishga qaratish jihatlari tavsiflangan.
Kalit so'zlar: innovatsiya, ta'lim-tarbiya, xulq-atvor, didaktik, musiqa, sintetik nazariya, texnologiya.
Аннотация. в cmambe pacKpbimo содeржaниe социaльных, Mupoeo33penHecKUX, dudaKMUHecKUX и nedasosunecKUX основ nedaeoemecrnu инновaции, выбор, npuMeHeHue и opueHma^UH uнновaцuонных тeхнологuй в музышльном обрaзовaнuu нa обучaющuхся (сmудeнmoв), a maкжe paссмompeнa сoвмeсmнaя дeяmeльнoсmь с учumeлeм, oпuсaны acneKmbi сoсpeдomoчeнuя внuмaнuя нa учeбнoм мamepuaлe.
Ключeвыe словы: uннoвaцuu, oбpaзoвaнue, noвeдeнue, дuдaкmuкa, музыш, cuнmemuчecкaя meopuя, meхнoлoгuя.
Abstract. The article reveals the content of the social, ideological, didactic and pedagogical foundations of pedagogical innovation, the selection, application and orientation of innovative technologies in music education to students (students), and also considers joint activities with the teacher, and describes aspects of focusing on educational material.
Keywords: innovation, education, behavior, didactics, music, synthetic theory, technology.
Kirish
Pedagogik innovatsiya bir qancha asoslarga ega. Pedagogik innovatsiyaning ijtimoiy asosi har bir shaxs, jamiyat va davlatning ta'lim-tarbiya sohasidagi ehtiyojlaridan kelib chiqadi va ehtiyojlami qondirishning maqsad va talablarini, tashkiliy shakllari va usullarini belgilaydi. U shaxsning, jamiyatning va davlatning rivojlanishida asosiy omillardan hisoblanadi.
Pedagogik innovatsiyaning mafkuraviy asosi uning milliy istiqlol g'oyasi va mafkurasi tamoyillarini o'zida mujassam etishi va ularni amalga oshirishga yo'naltirilgan bo'lishidan iborat. Bunda barkamol insonni shakllantirishda mafkuraviy tarbiyaning fidoyi, mustaqil fikrlay oladigan xulq-atvori bilan boshqalarga ibrat bo'ladigan, bilimli, ma'rifatli, ijtimoiy faol insonni voyaga yetkazishdan iborat asosiy vazifalarni amalga oshirib borishi har bir pedagogik innovatsiya uchun dolzarb masalalardan hisoblanadi.
Pedagogik innovatsiyaning falsafiy asosi uning maqsadlari hamda tashkiliy shakl va usullarining falsafiy jihatdan to'g'ri yo'nalishda bo'lishini ta'minlashga xizmat qiladi. Falsafiy oqimlar va yo'nalishlarning har biri ta'lim-tarbiya masalalariga o'ziga xos yondashadi. Shu sababdan pedagogik innovatsiyaning falsafiy yo'nalishi, uning to'g'ri yoki noto'g'riligini, jamiyatning ma'lum maqsadlariga muvofiq yoki zidligini ko'rsatadi.
Pedagogik innovatsiyaning didaktik asosi uni ta'lim-tarbiya qoida va tamoyillariga muvofiqligini belgilaydi. Didaktik talablar ta'lim-tarbiyaviy vazifalarning nazariy jihatdan to'g'ri bajarilishini ta'minlaydi.Pedagogik innovatsiyaning didaktik jihatdan to'g'ri bo'lishi uning yuqori
"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB
CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil 22-noyabr
samaradorligini zaruriy sharti hisoblanadi. Buning uchun zamonaviy didaktikaning ilmiy xulosalaridan ijodiy foydalanish talab qilinadi.
Pedagogik innovatsiyaning pedagogik asosi. Pedagogika fan sifatida juda murakkab. Menimcha, tabiatda pedagogikadan ham murakkabroq fan umuman bo'lmasa kerak. Uning murakkabligi shundaki, u yuz minglab boshni aylatiruvchi komponentlardan tashkil topgan. Mas'uliyati esa beqiyos - u inson taqdiri bilan o'lchanadi. Zamonaviy pedagogika fanining ilmiy xulosalaridan kelib chiqadi. Bunda pedagogik innovatsiyaning umumiy tarkibiy tuzilishi, mazmuni, shakli, usullari, vositalari, pedagogik jarayonning tashkil qilinishi, olib borilishi, uning diagnostikasi monitoringi, o'quv mavzu rejalar va shu kabilarning to'g'ri bo'lishi.
Musiqa o'qitilishida innovatsion texnologiyalarning psixologik asosi. Psixologiya fanining ilmiy xulosalari va tavsiyalari bilan belgilanadi. Ulardan te'lim-tarbiya jarayonida to'g'ri foydalanish orqaligina kutilgan natijaga erishish mumkin. Shu sababli pedagogik innovatsiya psixologiya qonunlarini to'liq hisobga olish talab qilinadi. Ta'limning har bir bosqichiga tegishli yoki psixologiyasi xususiyatlariga moslashtirilgan innovatsion usullar qo'llaniladi. Ma'lumki, har qanday pedagogik innovatsiya ta'limning yangi mazmunini shakllantiruvchi ta'lim tamoyillariga asoslangan bo'lib, u talaba shaxsini tarbiyalashga unda kasbiy mahoratni hosil qilishga yo'naltirilmog'i kerak. Ta'lim jarayonining faol sub'ektlari pedagog va talabalar bo'lib, ularning hamkorlikdagi faoliyatlari muayyan mavzu (yoki fanlar asosida) bo'yicha kam kuch va vaqt sarflangani holda nazariy va amaliy bilimlarni chuqur o'zlashtirish imkonini beruvchi jarayonning umumiy mohiyatini tavsiflaydi.
Tahlil va natijalari: O'qituvchining faol, samarali faoliyat ko'rsatishiga yo'naltirilgan ta'lim jarayonining metodik ishlanmasidan farqli ravishda, ta'limning musiqa o'qitilishida innovatsion texnologiyalari ta'lim oluvchi (talaba)larga nisbatan yo'naltirilgan bo'lib, ularning shaxsiy, shuningdek o'qituvchi bilan birgalikda faoliyatini hisobga olgan holda, o'quv materiallarini o'zlashtirishga qaratiladi. Musiqa o'qitilishida innovatsion texnologiyalarning markaziy muammosi talaba shaxsini rivojlantirish orqali ta'lim maqsadiga erishishni ta'minlashdan iboratdir.
Musiqa o'qitilishida innovatsion texnologiyalarni tanlash dars va mashg'ulotda qaysi darajadagi bilim va ko'nikmalarni o'zlashtirishni nazarda tutilganligiga bog'liqdir. Ta'lim jarayonining didaktik tarkibi quyidagi musiqa o'qitilishida innovatsion texnologiyalarlarni ajratish imkonini beradi: muayyan o'quv-tarbiya maqsadlarini bajarishga sabab bo'luvchi omillarni yaratishga asoslangan musiqa o'qitilishida innovatsion texnologiyalar (kelgusida o'quv omillarini yaratish texnologiyasi), faoliyat ko'rsatishga asoslangan musiqa o'qitilishida innovatsion texnologiyalar. Ta'lim-tarbiya jarayoni butun mashg'ulot davomida talaba faolligi va qiziquvchanligini muntazam ravishda uyg'otib borish maqsadini ko'zda tutadi. O'quv omillarini yaratishga asoslangan musiqa o'qitilishida innovatsion texnologiyalar talabalarni tezkorlik bilan o'quv yoki o'quv ishlab chiqarish faoliyatiga jalb qilish imkonini beradi. Aks holda, zaif, yetarli darajada tushunarli bo'lmagan yoki aniq natijani ko'zlamagan topshiriqlar mashg'ulotning samarasiz yakunlanishiga olib keladi.
Bunday holatlar ko'p hollarda o'qituvchining talabaga nisbatan salbiy munosabatda bo'lishiga olib keladi. Bu hol talabaning ortiqcha hissiyotlarga berilishi, o'quv faoliyatiga undovchi rag'batning pasayishi, o'qishdan bezishi hamda o'quv predmeti va o'qituvchiga nisbatan salbiy munosabatla bo'lishiga sabab bo'ladi. O'qituvchi va talaba orasidagi munosabat insonparvarlik mezonlari asosida tashkil etilib, noxug hissiyotlarni bartaraf etishga
"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB
CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI " MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2G23-yil 22-noyabr
yo'naltirilmog'i lozim. O'qituvchi bilan talaba orasidagi munosabat erishilgan yutuqlardan zavqlanish, o'quv faoliyatiga nisbatan chanqoqlik bilan intilish hamda birgalikdagi ijobiy muloqotga chorlashi kerak. Bu esa pedagogik ta'sirni tashkil etish uchun zarur bo'lgan o'zaro aloqa vositasi, «ko'prik»ni vujudga keltiradi.
Boshqa bir tomondan olib qaraganda, pedagogik munosabatning tarkibiy qismi bo'lgan muloqot (kommunikativ faoliyat)ni quyidagi shakl asosida tatbiq etish mumkin: pedagogik jarayonni andozalashtirish, ta'lim oluvchilar guruhi bilan muloqotga kirishish, bevosita muloqot (kommunikativ hamkorlik)ni tashkil etish, rivojlantiruvchi pedagogik jarayonda muloqot jarayonini boshqarishni tashkil etish, ko'zda tutilgan faoliyatni amalga oshirish davomida muloqot tizimini andozalashtirish. O'quv omillarini yaratishga asoslangan musiqa o'qitilishida innovatsion texnologiyalar o'qituvchilarning o'quvchilarga muloqot asosida ta'sir etish yo'llarini ham o'z ichiga oladi. Keng tarqalgan metod yoki muloqot ta'sirlari quyidagilardan iborat: ishontirish, isbotli natijalarga asoslanish, bevosita hamda bilvosita ta'sir, o'z-o'zini tarbiyalash va o'zaro ta'sir metodlari. Musiqa o'qitilishida innovatsion texnologiyalarlni o'quv jarayoniga faol tatbiq etish hisobiga ta'lim jarayonining rag'bati (motivatsiyasi) kuchaytirilishi mumkin. Ma'lumki, tayyor holda olingan bilimlar, odatda ularni amaliyotda qo'llashni qiyinlashtiradi, bu ayniqsa, aniq masalalarni yechishda namoyon bo'ladi. Shuning uchun bilim, ko'nikma va malakalarni o'zlashtirishda o'quvchilarningg bevosita faoliyat ko'rsatishlari talab etiladi. Bu muammoning yechimi boshqaruvga asoslangan musiqa o'qitilishida innovatsion texnologiyalarning qo'llanishi bilan bog'liqdir.
Musiqa o'qitilishida innovatsion texnologiyalar turlarini tanlash shakllanayotgan bilim, ko'nikma va malakalar, tashkil etilayotgan darslar shakli va qo'llanilayotgan metodlar hamda metodik usullarning xususiyatiga bog'liq. Masalan, talabalarda ijodiy tafakkurni rivojlantirish, o'quv materiallariga tanqidiy yondashish ko'nikmasini shakllantirish hamda maxsuldor faoliyat turlarini tashkil etish bilan bir qatorda ularning rivojlantirish uchun darsning an'anaviy shakllari (uyg'unlashtirilgan darslar) bilan birgalikda konferentsiya darsi, ishchan o'yin darslari, integrallashtirilgan (ikki komponentli) darslardan foydalanish lozim. Mazkur vaziyatda ta'lim metodlari ta'lim maqsadi bilan mutanosib bo'lishi kerak. Chunonchi, bilimlarni turli vaziyatlarda qo'llashga yo'naltirilgan topshiriqlar, yangi sharoitda faoliyat ko'rsatishga undovchi sxemalar tuzish, ularni tasniflash, qiyoslash, izchil tizimga solish, umumlashtirish va boshqalar.
Yetarli darajadagi rag'bat (motivatsiya) hamda talabalar faoliyatini tashkil etish bilan ham ko'zlangan natijalarga erishish kafolatlanmaydi. Ta'lim-tarbiya jarayonining didaktik nuqtai-nazardan takomillashuvi faqatgina ushbu jarayonni tashkil etish va boshqarish yo'llarini to'g'ri tanlash bilan ta'minlanadi. Musiqa o'qitilishida innovatsion texnologiyalarni boshqarish o'zida ikki yo'nalishni mujassamlashtiradi: faoliyatni boshqarishni va talabalar jamoasini boshqarishni. Muayyan pedagogik imkon beradi hamda faoliyat maqsadiga qarab amalga oshiriladi. Shuningdek, variantli tarzda dars holatini o'zgartirish choralarini ko'rishni taqozo qiladi. Bu esa, o'z navbatida, bilish jarayonini boshqarishga qo'yilayotgan talab, shuningdek, o'zlashtirish, muloqot qilish, faoliyat ko'rsatish bosqichlarining xususiyati bilan bog'liqdir. Yuqorida ta'kidlanganidek, musiqa o'qitilishida innovatsion texnologiyalar shaxsni rivojlantirishga imkon beradi.
Rivojlantiruvchi - ta'lim texnologiyasining etakchi tamoyillari sifatida quyidagilarni ko'rsatish mumkin: inkorporatsiya (tizimli faoliyat ko'rsatish) asosida turli fanlarga oid bilimlarni umumlashtirish; moslanuvchanlik - ta'lim shakli, metodi va usullarining turli ta'lim
"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB
CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil 22-noyabr
muassasalarida qo'llanuvchanligi; uyg'unlik - muayyan o'quv predmetiga oid o'quv materiali mazmunining shaxsni rivojlantirish shakli, metodi va usullari bilan uyg'un tarzda bog'lanishi; yaratuvchanlik - turli o'quv muassalari pedagoglarining musiqa o'qitilishida innovatsion texnologiyalarlarni yaratish imkoniyatlari; tabiiylikni his etish - shaxsning genetik va ijtimoiy jihatlariga asoslangan holda o'quvchilarning o'ziga xosligi, shaxsiy xususiyatlarini hisobga olish.
Ma'lumki, ta'lim-tarbiya jarayoni o'zida uchta o'zaro aloqador uchlik-ta'lim, tarbiya va shaxs rivojlanishini aks ettiradi. Mazkur uchlikni ta'lim jarayoniga barobar tatbiq qilish modullashgan texnologiyani qo'llashni osonlashtiradi. Modullashgan texnologiyaning afzalliklaridan biri - ta'lim maxmunini tartibga solishdan iborat. Unda mavjud axborotlarning Davlat ta'lim standartlari doirasida o'quvchilar faoliyatini etarli darajada muvaffaqiyatli amalga oshirish imkonini beradiganlari qat'iy tanlab olinadi. Modulli texnologiyaning mohiyati ta'lim jarayonini modullar asosida lotsihalashtirishdan iboratdir (o'quv predmeti va uning bo'limlari mazmunini tartibga solish, ta'limning muayyan bosqichidan boshlab bo'linmaydigan kasbiy faoliyatni mantiqan tugallangan qismlarga ajartish). So'ngra ajratilgan har bir modul bo'yicha shu modulning o'zigagina taalluqli bo'lgan faoliyat mazmuni va ta'siri doirasi belgilanadi. Moduli texnologiya maqsadini ro'yobga chiqarish uchun modul bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Ushbu jarayonda sodir etilayotgan har bir harakat (qo'yilayotgan qadam) o'quv elementi sifatida qaraladi. O'quv elementi o'z ichiga quyidagilarni qamrab oladi: faoliyatning aniq elementlarini o'rgatish bilan bog'liq bo'lgan nazariy va amaliy axborotlar, ta'lim uchun zarur bo'lgan faoliyatni ta'minlovchi materiallar haqidagi ma'lumotlar, maqsadlar identifikatsiyasi, ya'ni, ta'lim oluvchilarni harakatlantiruvchi maqsadlar, o'quv materiallari, o'quv sharoitini nazorat qilish instrumentlari, chunonchi, o'quvchilarning ko'zlangan natijalarga erishishlari uchun zarur bo'lgan shart-sharoitlar, testlar, maqsad etaloni va boshqalar.
Ta'lim texnologiyasi jarayonining umumiy maqsadi bir necha darajalarda oydinlashadi. Birinchisi - ta'lim muassasasining maqsadi hamda pedagog va uning metodik faoliyati identifikatsiyasi. Ikkinchisi - o'quv predmeti (bo'lim)ning maqsadi, pedagog va uning metodik faoliyati indentifikatsiyasi. Uchinchisi - ushbu modul (o'quv elementi)ning maqsadi va uning talabalar faoliyatidagi alohida modulga ham, uning tashhis qilinadigan oxirgi natijalariga ham o'tkaziladi.
Rejalashtirishning an'anaviy metodlaridan ta'lim texnologiyasiga o'tish keng ko'lamdagi ishlarni amalga oshirishni taqozo qiladi. jumladan, metodik majmualar yaratish, ta'lim jarayonini didaktik, metodik va tashkiliy jihatdan ta'minlash nazarda tutiladi. Modulli musiqa o'qitilishida innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish tartibi quyidagi ketma-ketlikdan iborat bosqichlarni o'z ichiga oladi: analitik, kontsemusiqa o'qitilishida innovatsion texnologiyalar, maqsadli, mazmunli va jarayonli.
Musiqa o'qitilishida innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqishning analitik bosqichida, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» va Kadrlar tayyorlashning milliy modeli, o'quv predmetlari bo'yicha Davlat ta'lim standartlari, ularda ilgari surilgan g'oyalar asosida chiqariladigan xulosalar, yosh avlodning barkamol shaxs etib shakllantirishga yo'naltirilgan ta'lim mazmunini, shuningdek tegishli mashg'ulotning umumiy, aniq maqsadiga erishish uchun ta'limning tashkiliy shaklini tanlash hisobga olinadi. Musiqa o'qitilishida innovatsion texnologiyalarni amaliyotga tatbiq etishning maqsadli bosqichida ta'lim muassasi (umumiy o'rta maktab, akademik litsey, kasb-hunar kolleji, institut yoki universitet) ning uzoq muddatga mo'ljallangan maqsadi, ta'lim sohalari va shu blokdagi alohida olingan o'quv predmeti tarkibidagi aniq bir blokning ifodalanishi hisobga
"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB
CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil 22-noyabr
olinadi. Musiqa o'qitilishida innovatsion texnologiyalarni amalda qo'llashning mazmunli bosqichida ta'lim sohalari, shuningdek, shu blok tizimidagi o'quv predmetlari mazmunini tanlash tamoyillari va mezonlari aniqlanadi. Bloklar hamda ular tarkibidagi alohida elementlarning, ya'ni, aniq o'quv indentifikatsiyasi o'quv predmetlari mazmunini tashkil etadigan yirik mavzularda aks etishi kerak.
Musiqa o'qitilishida innovatsion texnologiyalarni amalda qo'llashning jarayonli bosqichida o'qituvchining vazifalari, shuningdek, talabalarning o'quv faoliyatini bajarishga yo'naltirilgan ta'lim turi, ta'lim metodlari namoyon bo'ladi. Bu jarayonda o'qituvchi va talaba o'rtasidagi o'zaro munosabatlarning demokratik tamoyil, samarali usul, tashkiliy shakl va ta'lim vositalarining tanlanishiga alohida urg'u beriladi. Zamonaviy ta'limning eng muhim elementlari qadimdan shakllanib kelgan. Ta'lim maqsadi, mazmuni, shakl, uslub va vositalari ta'lim jarayonlari mazmunini tahlil qilish uchun qo'llaniladigan an'anaviy kategoriyalar bo'lib hisoblanadi. Aynan shu kategoriyalar ma'lum predment, mutaxassislik yoki ixtisoslikk bo'yicha o'quv-tarbiyaviy jarayonni tashkil qiluvchi pedagog faoliyatining predmeti sifatida yuzaga chiqadi. Qayd etilgan pedagogik kategoriyalarni maqsaldga muvofiq ravishda yo'naltirilgan pedagogik faoliyatni qonuniyat va mezonlar tizimlashtiruvchi omil vazifasini bajaradi.
Uzoq yillar mobaynida qayd etilgan pedagogik kategoriyalar jamiyat ijtimoiy talabi darajasida maqsadlarini ro'yobga chiqarish uchun etarli bo'lib kelgan. Muayyan davrlarda bir guruh pedagoglar barcha davrlarda pedagog faoliyat darajasi qoniqarsiz ahvolda deb baholab kelganlar. Ular, xususan, pedagogik tushunchalarr berilgan ta'rif va tavsiflarning noaniqligi, ta'lim jarayonlarini tavsiflovchi ba'zi kategoriyalarning etishmasligi ta'lim maqsadi, mazmuni, shakli, uslubi va o'qitish vositalari o'rtasida o'zaro uzviylikning mavjud emasligi kabi holatlar doimiy ravishda tanqid qilib kelganlar. Ular tomonidan «metodika» tushunchasi yuqori darajadagi sub'ektivlikka ega ekanligi ta'kidlanadi. Ushbu fikrlar bizning nazarimizda quyidagi muammolar mohiyatini ochib beradi: birinchidan, kasbiy pedagogik ma'lumotga ega o'qituvchilarning kasbiy layoqatli darajasini aniqlash, ikkinchidan maxsus pedagogik ma'lumot berish ixtisoslashmagan ixtisoslik maktablari pedagoglarini past darajada pedagogik savodxonlikka egaligi.
Haqiqatda esa ta'lim natijalari ta'lim oluvchi (o'rganuvchi)ning pedagogik jarayonlaridan muvaffaqiyatli «o'tganligi» bilan belgilanadi. Pedagogik jarayonning mohiyati o'qituvchi hamda ta'lim oluvchi bilan birgalikdagi faoliyatda aks etadi. Mazkur jarayonda pedagog ta'lim oluvchiga yuzaga kelgan qiyinchiliklarni engishga yordam beradi. Pedagogik yordamning asosiy mohiyati pedagogik jarayonning ma'lum maqsadga yo'naltirilganligi, tavsifi shuningdek shaxsni shakllantirish va tarbiyalash borasida hal etiladigan vazifalar bilan ifodalanadi. Pedagog axborotlarni e'lon qilish, ko'rsatish, eslatish, tushuncha berish, yo'naltirish, haqqoniylashtirish, maslahat berish, kengashish, bartaraf etish, hamdardlik qilish, ilhomlashtirish, qiziqish va hurmatni izhor qilish, talabchanlikni qo'llab-quvvatlash kabi ko'rinishlarda yordam beradi.
Zamonaviy o'qitish texnologiyalari majmuaviy integral (butun uzviy bog'liq) tizim bo'lib, unda ta'lim maqsadlari asosida belgilangan kasbiy ko'nikma va malakalar o'rganuvchilar tomonidan shaxsiy xislatlarni egallash hamda bilimlarni o'zlashtirishga yo'naltirilgan operatsiya va harakatlarning tartiblashtirilgan to'plami aks etadi. Bu o'rinda ta'lim maqsadlarining belgilanishi (kimga va nima uchun?) mazmunni tanlash va ishlab chiqish (nima?), ta'lim jarayonlarini tashkil qilish (qanday?), ta'lim metod va vositalarining belgilanishi (nimalar yordamida?), shuningdek, o'qituvchilar malaka darajasi (nima?), erishilgan natijadarni baholash
"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI " MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil 22-noyabr
metodi (qanday yo'l bilan?) inobatga olinishi lozim. Keltirilgan mezonlarning majmuaviy qo'llanilishi o'quv jarayonimohiyati hamda uning texnologiyasini belgilab beradi. Xulosa
O'qitish texnologiyasini loyihalash jarayonida pedagogik vazifaning qo'yilishi va uni hal etishga alohida e'tibor berilishi zarur. Pedagogik vazifaning belgilashda quyidagilarni inobatga olish maqsadga muvofiqdir: ta'lim maqsadlarini tahlil etish, shu asosda o'quv predmeti mazmunini aniqlash; o'quv predmeti axborot tuzilmasini ishlab chiqish va uni o'quv elementlari tizimi ko'rinishida ifodalash; o'quvchilarning o'quv elementlarini o'zlashtirilish darajalarini avvaldan belgilash; ta'lim oluvchilarning dastlabki bilim darajasini aniqlash, (bu ko'rsatkich o'quv predmetining mazmuni asoslanadigan o'quv materialini o'zlashtirganlik darajasidan kelib chiqadi) o'quv moddiy baza hamda ta'limning tashkiliy shakllariga qo'yiladigan chegaralarni belgilash. Pedagogik vazifalarning hal etilishini ta'minlovchi o'qitish texnologiyasini loyihalashga qaratilgan o'qituvchi faoliyati ta'limning metod, shakl va vositalarini shakllantirish bilan belgilanadi. Boshqacha qilib aytganda, pedagog faoliyati uchta asosiy omil bilan tavsiflanadi: boshqarish turi, axborot almashish jarayonining turi, axborotni o'zatish vositalarning tiplari va bilish faoliyatini boshqarish. O'qitish jarayoniga faoliyat nuqtai-nazaridan yondashish kontseptsiyasiga asoslanib, uni tashkil etish quyidagi mantiqiy ketma-ketligini asoslash mumkin. dastlab o'quv materiali mazmunining tavsifi, uni o'rganishdan ko'zlangan maqsad (o'zlashtirish darajalari), shuningdek, pedagogik vazifaning qo'yilish shartlari tahlil etildi. So'ngra o'qitishning mos ravishdagi metodlari hamda ta'lim oluvchilar bilish faoliyatini boshqarish tizimi ishlab chiqiladi. Shu asosda o'qitish vositalari ro'yhati tuziladi. Ushbu usul bilan hosil qilingan metod va ta'lim vositalarining yaxlit tizimi tashkiliy shakllar bilan uyg'unlashtiriladi, ya'ni, muayyan texnologiya ishlab chiqiladi.
Umumlashgan musiqa o'qitilishida innovatsion texnologiyalarlar ma'lum psixo-pedagogik asoslarda qurilgan «sintetik nazariya» sifatida qaraladi. Tatbiqiy musiqa o'qitilishida innovatsion texnologiyalarlar oldindan rejalashtirilgan natijaga erishishga yo'naltirilgan kasbiy tayyorgarlik jarayonini loyihalash muammosini metodi jihatdan hal etishga yo'naltiriladi.
REFERENCES
1. Ах,лиддинов Р. Тaълим мeнeжмeнти - TapaKKHëT омили //Хaлк тaълими ж., 1999. 6-сон. - 18-22-6.
2. Зиёмухaммeдов Б., Абдуллaeвa Ш. Илгор муси^ yкитилишидa инновaцион тeхнологиялaр. Ha3apra Ba aмaлиёт. - Тошнит: Абу Али ибн Сино, 2001. - 28-29 6.
3. Зуннунов А. Пeдaгогикa тaрихи. - Т.: Шлрк, 2004. - 334 6.
4. Ишмуx,aмeдов Р.Ж. Инновaцион тeхнологиялaр ёрдaмидa тaълим сaмaрaдорлигини ошириш йyллaри. - Тошнот: ТошДПУ, 2004.-44 6.
5. Мaгзумов П.Т. Укувчилaрни Mex.Ha^a Ba Kac6 тaнлaшгa тaйёрлaш. - Т.: Укитувчи, 1991. - 208 6.
6. Мax,кaмов У. Укувчилaрнинг aхлокий мaдaниятини шaкллaнтириш муaммолaри. - Т.: Фaн, 1996. - 200 6.