Научная статья на тему 'Musiqa madaniyati darsini samaradorligini oshirishda ilg’or pedagogik texnologiyalarning o’rni va ahamiyati'

Musiqa madaniyati darsini samaradorligini oshirishda ilg’or pedagogik texnologiyalarning o’rni va ahamiyati Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
190
26
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and Education
Область наук
Ключевые слова
pedagogik texnologiyal / ta’lim jarayoni / metod / usul / interfaol metodlar / modellashtirilgan metodlar / musiqa madaniyati / dars

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Sharifa Sayfullaevna Muxitdinova

Ta’limga pedagogik texnologiyalarni tadbiq etish bo’yicha amaliy tajribalarni o’rganish, kuzatish va tahlil qilish shuni ko’rsatmoqdaki, ta’limning deyarli barcha bo’g’inlarida mashg’ulotlarni interfaol metodlar asosida tashkil etish keng tus olmoqda. Bizningcha bu har bir darsda pedagogik texnologiyaning u yoki bu turini qo’llash kerak degan xulosani bermasligi kerak. Buning uchun o’qituvchi pedagogik texnologiyani tanlashda dars mavzusi, tuzilishi, o’quvchilarni qiziqishi, agar musiqa darslari bo’lsa ularni nazariy, amliy, ijrochilik imkoniyatlarini hisobga olgan holda qo’llashiga to’gri keladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «Musiqa madaniyati darsini samaradorligini oshirishda ilg’or pedagogik texnologiyalarning o’rni va ahamiyati»

Musiqa madaniyati darsini samaradorligini oshirishda ilg'or pedagogik texnologiyalarning o'rni va ahamiyati

Sharifa Sayfullaevna Muxitdinova Turkiston yangi innovatsiyalar universiteti

Annotatsiya: Ta'limga pedagogik texnologiyalarni tadbiq etish bo'yicha amaliy tajribalarni o'rganish, kuzatish va tahlil qilish shuni ko'rsatmoqdaki, ta'limning deyarli barcha bo'g'inlarida mashg'ulotlarni interfaol metodlar asosida tashkil etish keng tus olmoqda. Bizningcha bu har bir darsda pedagogik texnologiyaning u yoki bu turini qo'llash kerak degan xulosani bermasligi kerak. Buning uchun o'qituvchi pedagogik texnologiyani tanlashda dars mavzusi, tuzilishi, o'quvchilarni qiziqishi, agar musiqa darslari bo'lsa ularni nazariy, amliy, ijrochilik imkoniyatlarini hisobga olgan holda qo'llashiga to'gri keladi.

Kalit so'zlar: pedagogik texnologiyal, ta'lim jarayoni, metod, usul, interfaol metodlar, modellashtirilgan metodlar, musiqa madaniyati, dars

The role and meaning of the transfer of pedagogical technology and the improvement of the effectiveness of the

lesson of musical culture

Sharifa Sayfullaevna Mukhitdinova Turkestan university of new innovations

Abstract: Annotation: Izuchenie, nablyudenie i analiz prakticheskogo opyta primeneniya pedagogicheskih tekhnologiy v obrazovanii pokazyvayut, chto organization obuchenia na osnoe interaktivnykh metodov poluchaet shirokoe rasprostranenie prakticheski na vsex etapax obuchenia. Na nash vzglyad, iz etogo ne sleduet delat vyvod, chto tot ili inoy vid pedagogicheskoy tehnologii doljen ispolzovatsya na kajdom uroke. Dlya etogo uchitel doljen vybirat pedagogicheskuyu tekhnologiyu s uchetom temy uroka, strukturki, interestesnosti uchashchixsya, a esli est uroki music, to use ix s uchetom theoretical, practical, practical possibilities.

Keywords: pedagogical technology, educational process, method, method, interactive method, modeling method, musical culture, lesson

Ilg'or pedagogik texnologiyalarning obyekti, predmeti, maqsad va vazifalari nimalardan iborat va ularni ta'lim jarayoniga tadbiq etish qanday natija beradi va ta'lim mazmunini takomillashishiga qanday ta'sir ko'rsatadi degan savol har bir fanni

WWW.OPENSCIENCE.UZ / ISSN 2181-0842 1044 [HH^^^Hl

o'qitilishida ko'ndalang qo'yilayotganligi bejiz emas. Fan, texnika va axborot uzatish, almashish texnologiyalarini aql bovar qilmaydigan darajada tez va shiddatli rivojlanish jarayoni o'z navbatida ta'lim sohasida ham an'anaviy metodlarni yangicha zamonaviy va interfaol metodlar bilan boyitib borishni taqozo etmoqda. Xo'sh, interfaol, modellashtirilgan metodlar qaysi jihatlari bilan ustunlik kasb etmoqda? Uning qanday turlari, tarkibiy tuzilishi, o'quv jarayonlarini tashkil etish shakl va vositalari, ilgari mavjud bo'lgan o'qitish (Ta'lim) metodlaridan nimasi bilan farqlanadi, uning samarasi nimalarda o'z isbotini topadi va uning monitoringi, baholash tizimi qanday olib boriladi degan savollarga har bir o'quvchi-murabbiy va pedagoglar tayyor bo'lishlari ular oldiga qo'yilayotgan eng muhim ijtimoiy buyurtma ekanligini anglash va bu savollarga javob berishga to'g'ri keladi.

Shu narsani ta'kidlash joizki ta'lim - tarbiyaning sifati va samaradorligini ta'minlash o'quvchi yoki talabaning o'quv mazmunini o'zlashtirishiga yo'naltirilgan o'quv jarayonining to'g'ri, mazmunli, qiziqarli tashkil etilishi, bu jarayonda o'quvchi - talabalarni darsda oddiy tinglovchi emas, mashg'ulotni faol ishtirok etuvchisi, mustaqil top[shiriqlarni bajaruvchi, mustaqil va ijodiy fikrlovchi, o'z fikr mulohazalarini erkin ifoda eta oluvchi, o'z fikrlarini himoya qila oladigan faol shaxsga aylanishi muhim rol o'ynaydi.

Ko'rinib turibdiki ta'lim jarayonini bunday tashkil etish eng avvalo, bo'lg'usi o'qituvchilarni oily dargohlarda kasbga tayyorlash jarayonida inobatga olishni taqozo etadi. Shuning uchun oily ta'limda faoliyat olib boruvchi professor - o'qituvchilar o'zi dars berayotgan fan bo'yicha mashg'ulotlarni texnologiyalashtirilgan shaklda olib borishi, shogirdlarini mazkur faoliyatga tayyorlab borishilozim bo'ladi.

Ta'limga pedagogik texnologiyalarni tadbiq etish bo'yicha amaliy tajribalarni o'rganish, kuzatish va tahlil qilish shuni ko'rsatmoqdaki, ta'limning deyarli barcha bo'g'inlarida mashg'ulotlarni interfaol metodlar asosida tashkil etish keng tus olmoqda. Bizningcha bu har bir darsda pedagogik texnologiyaning u yoki bu turini qo'llash kerak degan xulosani bermasligi kerak. Ilg'or pedagogik texnologiya qachon samarali bo'ladi, u o'quvchilar uchun qiziqarli, ularni faollashtiruvchi, mustaqil va ijodiy fikrlashga, mushohada qilishga yo'naltira olsa. Buning uchun o'qituvchi pedagogik texnologiyani tanlashda dars mavzusi, tuzilishi, o'quvchilarni qiziqishi, agar musiqa darslari bo'lsa ularni nazariy, amliy, ijrochilik imkoniyatlarini hisobga olgan holda qo'llashiga to'gri keladi.

Pedagogik texnologiyalarni qo'llashdan ko'zlangan asosiy maqsad va vazifalar quyidagilarni ko'zda tutadi: Tashkil etish, hamkorlikda (O'qituvchi va o'quvchi o'zaro munosabatlari) ishlash, guruh bo'lib, yakka holda ishlash, har bir o'quvchining faolligini ta'minlash, takomillashtirish, tahlil qilish, qiyoslash, umumlashtirish, xulosa chiqarish, nazorat qilish, baholash va hokazo.

Fanlarni o'qitish jarayonida har bir o'qituvchi pedagogik texnologiyalarni qo'llash uchun quyidagi tayyorgarlik tizimi bo'yicha ish tutishi maqsadga muvofiq bo'ladi:

• Mavzuni aniqlash;

• Maqsadni to'g'ri qo'yish, belgilash;

• Mavzu yuzasidan o'zlashtirish lozim bo'lgan kalit so'zlarni belgilash;

• Vazifalarni 1,2,3,4____belgilab olish;

• Texnologik jarayon senariysini tuzib olish;

• Individual ishlash;

• Guruh (kichik guruh) va jamoa bo'lib ishlash;

• Butun jamoa bilan savol - javob, munozara, klaster, aqliy hujum va boshqalar.

• Reglament;

• Baholash;

• Xulosalash;

Tayyor holdagi texnologiyalar avval tajriba - sinovdan o'tgan va ijobiy (yuqori) samara berganlari o'quv jarayoniga tadbiq etiladi.

Hozirgi vaqtda o'quv mashg'ulotlarini loyihalashtirish va ayrim fanlargagina xos texnologiyalarni qo'llashga ham e'tibor kuchaymoqda. Xuddi shunday holatni musiqa mashg'ulotlarini texnologiyalashtirish tajribasida ko'rish mumkin. Bunga misol qilib ilg'or pedagoglar tomonidan qo'llanilayotgan "Konsert darslari", "Viktorina darslari", "Quvnoqlar va zukkolar darsi", "Musiqiy sayohat", "Men dirijyor" kabi texnologiyalarni ko'rsatish mumkin.

Mashg'ulotlarni loyihalashtirish deganda nimalar ko'zda tutiladi va bunda nimalarga asoslaniladi? Quyida mashg'ulot jarayonini loyihalashtirish asosida tashkil etish bosqichlarini keltiramiz:

• Dars mavzusiga oid materiallarni to'plash (O'qituvchining mavzu bo'yicha tayyorgarligi);

• Mavzuni o'rganish maqsadi va vazifalarni aniqlab olish;

• Dars turi, shakli, metod va vositalarini tanlash;

• Loyihada ko'zda tutilgan tushuncha, bilim, ko'nikma, malakalarni o'zlashtirish jarayonida sarflanadigan vaqt hajmini (Masalan, musiqa darslarida har bir faoliyatga ajratiladigan vaqt me'yorini rejalashtirish) hisobga olish;

• Har bir bosqichda erishiladigan natijalarni asosini tashkil etuvchi (topshiriq, amaliy ko'rsatib berish) mashq, misollar;

• Mashg'ulotni tashkiliy tuzilmasi va yakuni, xulosalar;

Darsning qaysi qismi, uning turi (ma'ruza, amaliy, seminar, musiqa darslarida esa qo'shiq kuylash, musiqa tinglash, musiqa savodxonligi) da qo'llanishidan qat'iy nazar o'quvchilarni psixologik, fiziologik xususiyatlari, tayyorgarlik darajalari (ovoz

diapozoni, kuylash imkoniyaüari, yosh xususiyatlari) hisobga olinishi lozim. Bu jarayonda asosiy e'tabor o'quvchilar faolligini oshirish, mustaqil fikrlashga o'rgatish, ijodiy fikrlay olish, ijrochilik malakalarini o'stirish, ehtiyoj va qiziqishlariga ko'ra ish yuritish, ularni ichki imkoniyat va iqtidorlarini ishga solish, o'z - o'zini nazorat qilish, mustaqil bilim olish ko'nikmalarini o'stirishga qaratilishi lozim.

O'qituvchining yuksak pedagogik mahorati, bilim darajasi shubhasiz ta'lim-tarbiyaning muhim omillaridan biridir. Pedagogik mahorati yuqori, tajribali o'qituvchi darsni shunchaki bayon qilib bermaydi. Buni musiqa darslari misolida izohlaydigan bo'lsak, o'qituvchi avvalo o'zining so'z mahorati, cholg'u asbobida chalish, qo'shiq kuylash, turli ko'rgazmali, texnik vositalardan foydalanishi darsni qiziqarli va mazmunli kechishida katta rol o'ynaydi.

Musiqa darslarida aksariyat o'quvchilar o'qituvchiga taqlid qilib kuylashadi, unga ergashadi, andoza oladi, o'qituvchining shaxsiy "namunasi" muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki darsda amaliy ijrochilik yetakchi o'rin tutadi, quruq bayonchilik uslubi bilan hech qanday maqsadga erishib bo'lmaydi.

Puxta tashkillashtirilgan ilmiy - pedagogik tayyorgarlik ta'lim samaradorligini ta'minlaydigan asosiy omillardan biri sanaladi. Ushbu jarayonda faol ishtirok etuvchi o'qituvchilar muntazam ravishda o'zlarining pedagogik mahoratlarini orttirib boradilar hamda ta'lim - tarbiya samaradorligini ta'minlashda, kelajak uchun mas'ul barkamol avlodni kamolga yetkazishda boshqalarga o'rnak bo'lib xizmat qiladilar. Demak har bir ta'lim bo'g'inida shu jumladan umumta'lim maktablarida "Musiqa madaniyati" darslarini olib boruvchi ilg'or pedagoglarning innovatsion faoliyatlari va tajribalarini doimiy takomillashtirib, rag'batlantirib borish orqali yaxshi natij alarga erishish mumkin.

Innovatsion faoliyatni ilmiy asosda tashkil etish munosabati bilan ta'lim jarayoniga ilg'or pedagogik texnologiyalarni kiritishda eng muhimi o'quvchilarni ushbu faoliyatga tayyorgarligi va qiziqishlarini inobatga olish va kerakli texnologiyani tanlash hisoblanadi.

O'quv muassasasi u maktabmi, kollejmi, oliy o'quv yurtimi u yerda asosiy maqsad o'quvchi yoki talabaga bilim berish hisoblanadi. O'qituvchi bilim berishdan tashqari bilim berishning eng qulay, samarali yo'llarini izlab, ta'lim jarayonini qiziqarli va mazmunli o'tishini tashkil etadi. Bunday faoliyatning o'zini ta'lim texnologiyasi deb atash mumkin. Ta'lim texnologiyasi (yunoncha "tehne" - mahorat, san'at, "logos" - tushuncha, ta'limot ma'nolarini anglatadi) yoki pedagogik texnologiyada pedagogik ta'lim berishning turli yo'l, usullarini o'z faoliyatiga joriy etish bilan birga bu jarayonning natija berishiga ishonch hosil qilish kerak.

Pedagogik texnologiya uchun pedagogik mashg'ulot jarayonini belgilashdagi muhim vaziyat va holatlar: o'quvchi yoki talaba bilim olish jarayonida duch keladigan vazifalarni oldindan aniqlash, o'qitishning har bir bosqichida ta'limning

mazmuni (o'quv rejasi, dasturi, mavzu mohiyati, o'quv - uslubiy manbalarni mavjudligi) ni belgilash, bilim va tushunchalar, ularn murakkablik darajasi va hajmini o'quvchining bilim va malakalariga moslik darajasini aniqlash, ta'lim -tarbiya shakllari va vositalari (qo'shimcha manbaalar, savol-javob, munozara, test savollari, ko'rgazmaliliklar, texnik vositalar yordamida eshitish, tinglash manbalari) ni tayyorlash; ta'limning natijasi va o'zlashtirish darajasi sifatini baholash mezonlariga mos ravishda o'quvchining egallagan bilim va malakalarini obyektiv baholash uchun dars va darsdan tashqari o'quvchiga beriladigan vazifalarni rejalashtirish kabilar pedagogik texnologiyalarning vazifalari hisoblanadi.

Hozirgi davrda har bir o'qituvchi egallashi lozim bo'lgan ko'nikmalardan biri -darslarni pedagogik texnologiyalar asosida tashkil qilish va o'tkaza olish ko'nikmasidir. O'z tarkibiga ko'ra bu ko'nikma ham serqirra va murakkabdir. Ushbu yo'nalishdagi kuzatuvchilarimiz, tajribali pedagog o'qituvchilar bilan suhbat va mavzuga oid o'quv uslubiy va ilmiy manbaalarni o'rganish natijasida quyidagi xulosalarga keldik.

• darslarni pedagogik texnologiya asosida tashkil etish uchun avvalo o'quv mashg'ulotlari jarayonidan unumli foydalanish darsga nazariy va amaliy tomondan puxta tayyorgarlik ko'rish lozim;

• o'qituvchi o'quv mashg'ulotlari davomida egallagan va yanada mustahkamlab borishi lozim bo'lgan nazariy, pedagogik -psixologik va metodik bilimlarni amaliyotga ongli va samarali qo'llay olish;

• pedagogik texnologiyalarni tadbiq etish va aniq maqsad, loyiha asosida tizimli olib borilishiga erishish;

Xullas, pedagogik texnologiya - ta'lim usuli, ma'lum ma'noda ta'lim jarayoni, vositalari shakl va metodlari majmui. O'quv materiallarini tanlash, qayta ishlab, o'quvchilarni kuchi imkoniyatlari, fanni o'zlashtirish darajasi fanni spesifik tuzilishi xususiyatiga moslab shakli va hajmini o'zgartirish ham ta'lim texnologiyasiga daxldor. O'qituvchining ta'lim jarayoni texnologik metodlar asosida tashkil etishi ko'p jihatdan uning o'ziga bog'liqligi, bilimi ularni har birini tashkiliy tuzilishi xususiyatlarini yaxshi bilishi ta'lim samaradorligi ta'minlashning muhim kafolati bo'ladi.

Demak, pedagogik texnologiya insonga oldindan belgilangan maqsad bo'yicha ta'sir o'tkazish faoliyatidfan iborat. Shuningdek, o'quvchini mustaqil fikrlash, mushohada qilish, bilim olish, darsning faol ishtirokchisiga aylanishini o'rgatishni kafolatlaydigan jarayondir.

Hozirgi kunda respublikamiz ta'lim tizimida "Ta'lim to'g'risida" gi qonun va "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" ning eng asosiy sifat bosqichida belgilangan vazifalarni ro'yobga chiqarish bo'yicha chuqur o'zgarishlar amalgam oshirilmoqda. Milliy dasturda ko'zda tutilganidek, zamonaviy axborot texnologiyalari va

kompyuterlar tarmoqlari negizida ta'lim jarayonini texnologiyalashtirish hamda axborot tizimi bilan ta'minlash jadal rivojlanmoqda. Fan va t a'limning moddiy, uslubiy bazasi mustahkamlanib, o'quv - uslubiy, ilmiy, innovatsion, zamonaviy vositalar mukammallashib o'quv jarayoniga tadbiq qilinmoqda.

Xar qanday fanni, shu jumladan musiqa fanini o'qitish jarayonida ham faollashtiradigan, ularni darsning faol ishtirokchilariga, mustaqil fkirlovchi mushohada qiluvchi o'z fikrlarini bildira oluvchi o'quvchi sifatida namoyon qilishi uchun imkoniyat yaratuvchi - bu o'qituvchidir. O'qituvchi o'zi va o'rganuvchi o'quvchilar uchun qulay va qiziqarli bo'lgan o'qitish usullari, yo'llari, shakillari, vositalari ulardan foydalanish shart-sharoitlarini belgilaydi, ilg'or pedagogik texnologiyalar yordamida o'quv jarayoni samaradorligini oshirishga harakat qiladi.

Shu boisdan ham pedagogik texnologiya, didaktik texnologiya, ta'lim texnologiyalariga o'quv jarayonidagi eng samarali vositalar sifatida qaralmoqda. Ulardan bugungi kunda jahon pedagogikasi amaliyotida keng foydalanilmoqda.

Pedagogik texnologiya hozirgi kunda eng rivojlangan mamlakatlar ta'lim tizimida bo'lgani kabi bizning respubliksmizda ham ta'lim jarayonini tashkil qilish, boshqarish, nazorat qilish bilan bog'liq ishlarda ustuvor o'rini egallamoqda. Shuning uchun ham pedagogik texnologiyalardan barcha pedagoglar yaxshi xabardor bo'lishi, ta'lim jarayonida ularni qo'llab dars o'tishlariga muhim e'tibor berilmoqda.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. К.Б. Холиков. Музыкальная педагогика и психология. Вестник науки и образования, 58-61

2. К.Б. Холиков. Неизбежность новой методологии музыкальной педагогике. Science and Education 4 (1), 529-535.

3. К.Б. Холиков. Детальный анализ музыкального произведения. Science and Education 4 (2), 1069-1075

4. К.Б. Холиков. Математический подход к построению музыки разные условия модели построения. Science and Education 4 (2), 1063-1068.

5. К.Б. Холиков. Особенность взаимосвязанности между преподавателем и учащимся ракурса музыки в различных образовательных учреждениях: детском саду, школе, вузе. Science and Education 4 (2), 1055-1062.

6. К.Б. Холиков. Нарастание педагогического процесса посредством тестирования на материале предмета в рамках специальности музыкальной культуры. Science and Education 4 (3), 505-511.

7. KB Kholikov. Передовые формы организации педагогического процесса обучения по специальности музыкальной культуры. Science and Education 4 (3), 519-524.

8. К.Б. Холиков. Психолого-социальная подготовка студентов. Социальный педагог в школе: методы работы. Science and Education 4 (3), 545551.

9. К.Б. Холиков. Эволюция эстетики в условиях прогрессивный модели музыкальной культуры, из опыта работы КБ Холикова 30 школы г. Бухары Республики Узбекистан. Science and Education 4 (3), 491-496.

10. К.Б. Холиков. Перенос энергии основного голоса к другим голосам многоголосной музыки. Science and Education 3 (12), 607-612.

11. К.Б. Холиков. Локально-одномерные размеры, основа динамично развитого произведения музыки. Science and Education 3 (11), 1007-1014

12. К.Б. Холиков. Комил Буронович Холиков (2022). Теоретические основы определения механических свойств музыкальных и шумовых звуков при динамических воздействиях. Science and Education, 3 (4), 453-458.

13. К.Б. Холиков. Бемолли мажор ва минор тоналлигини аниклашнинг оптимал усуллари ва креативлиги. Science and Education 3 (10), 533-539.

14. К.Б. Холиков. Проблематика музыкальной эстетики как фактическая сторона повествования. Science and Education 3 (5), 1556-1561.

15. К.Б. Холиков. Проблема бытия традиционной музыки Узбекистана. Science and Education 3 (5), 1570-1576

16. К.Б. Холиков. Диезли мажор ва минор тоналлигини аниклашнинг оптимал усуллари. Science and Education 3 (9), 416-421.

17. К.Б. Холиков. Место творческой составляющей личности преподавателя музыки и её роль в обучении детей общеобразовательной школе. Science and education 3 (8), 145-150

18. К.Б. Холиков. Отличие музыкальной культуры от музыкального искусства в контексте эстетика. Science and Education 3 (5), 1562-1569.

19. К.Б. Холиков. Пение по нотам с сопровождением и без него по классу сольфеджио в высщех учебных заведениях. Science and Education 3 (5), 13261331.

20. К.Б. Холиков. Значение эстетического образования и воспитания в общеобразовательной школе. Science and Education 3 (5), 1549-1555

21. К.Б. Холиков. Содержание и сущность государственных требований к развитию детей младшего и дошкольного возраста Республики Узбекистан. Science and Education 3 (2), 1215-1220.

22. К.Б. Холиков. Проектирование состава хорового коллектива с применением школьных учеников в условиях Узбекистана. Scientific progress. 2 (№ 3), pp. 1094-1100.

23. К.Б. Холиков. Методика обучения прослушке детей в садике. Science and Education 3 (2), 1096-1104.

24. К.Б. Холиков. Виды деятельности, используемые на уроках музыки в дошкольных организациях. Science and Education 3 (2), 1201-1207

25. К.Б. Холиков. Цели и задачи музыкального воспитания детей в детском саду. Science and Education 3 (2), 1221-1226

26. К.Б. Холиков. Взаимосвязь музыкального развития, между воспитанием и обучением детей дошкольного образования. Science and Education 3 (2), 1227-1232.

27. К.Б. Холиков. Направляющие основы методики для педагогов и студентов музыкально эстетическая развития детей в садике. Science and Education 3 (2), 1233-1239.

28. К.Б. Холиков. Звукообразование, вокально-хоровые навыки, дикция— совокупность правильного пения. Science and Education 3 (2), 1175-1180.

29. К.Б. Холиков. Педагогический процесс формирования в ДОО. Важность музыкального образования. Science and Education 3 (2), 1105-1111.

30. К.Б. Холиков. Компетенция и компетентностный подход в обучении детей дошкольного возраста. Science and Education 3 (2), 1208-1214.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.