KIMYO FANINI O'QITISHDA MODUL DARSLARINI REJALASHTIRISH
Feruza Sattarovna Karimova
Jizzax politexnika instituti o'qituvchisi
Ziyodabonu Sayfulla qizi Mullajonova
Jizzax politexnika instituti talabasi
Annotatsiya: Ushbu maqolada kimyo fanini o'qitishda modul sistemasidan foydalanishning rejalashtirish hamda modul darslarining ahamiyati yoritilgan.
Kalit so'z: modul, kompetentlik, pedagogik kompetentlik, kasbiy kompetentlik, modulli o'qitish.
ПЛАНИРОВАНИЕ МОДУЛЬНЫХ УРОКОВ ПО ОБУЧЕНИЮ ХИМИИ
Aннoтaция: В этой статье описывается важность планирования использования модульных систем и модульных уроков в преподавании химии.
Ключевые ^OBa: модуль, компетенция, педагогическая компетенция, профессиональная компетенция, модульное обучение
PLANNING MODULAR LESSONS FOR LEARNING CHEMISTRY
Abstract: This article describes the importance of planning the use of modular systems and modular lessons in chemistry teaching.
Keywords: module, competence, pedagogical competence, professional competence, modular training
Kompetentlikni shakПantirishga yo'naltirilgan modulli o'qitish dasturini tayyorlash - ancha murakkab ish, uni ishlab chiquvchilaridan u ilmiy-amaliy hamda psixologik-pedagogik kompetentlikni talab qiladi.
O'quv fani bo'yicha modul dasturini tayyorlash hamda darsini modulli o'qitish ^garnla-ida tashkillashtirishda quyidagilarga amal qilish maqsadga muvofiq: modul nomi qisqa va tushunarli bo'lishi; modulni o'rganish natijasida shakllantiriladigan kompetentlik ko'rsatilishi; rivojlanishga mos kompetentlik darajasi asoslanishi va ko'rsatilishi; shakllantirilgan kompetentlik darajasini aniqlovchi kirish testlarining mavjudligi; shaxsiy tajribani faollashtirish uslublarining yoritilishi; faollashtirilgan tajribani muhokama va tahlil qilish usullarining o'ylab qo'yilishi; kompetentlikni rivojlantiruvchi nazariy bilimlarning ko'rsatilishi, uni yetkazish shakllari asoslanishi;
yangi tajribalarda "shaxsiy ishtiroki", amaliy vazifalar, kompetentligining rivojlanganligini aniqlovchi chiqish testlarining taqozo etilishi.
Kimyo o'qituvchilarini kasbiy tayyorlash ko'p bosqichli jarayon bo'lib, u talabalarning maxsus kompetentligini o'qish jarayonida doimiy ravishda shakllantirib borishni taqozo qiladi. Har bir bosqichda maxsus kompetentlikni rivojlantirish masalalari aniqlab olinadi, bu oliy ta'limda kimyo fani o'qituvchilarini kasbiy tayyorlash darajalariga mos kelishi lozim.
Kimyoning o'quv predmeti sifatidagi o'ziga xosligi, uning katta tushunchaviy apparatining - tushunchalar, qonun va qonuniyatlar, nazariy asoslarning mavjudligidadir va ular predmetning bo'limlarini o'rganish jarayonida ketma-ket, bosqichma-bosqich shakllantirib boriladi. Bundan tashqari, kimyo, bu - o'quv predmeti, uning asosini kimyo fani tashkil qiladi va u moddalarning tuzilishi, tarkibi, xossalari, bir turdan ikkinchi turga aylanish jarayonini o'rganadi hamda amaliy mohiyatga ega, boshqacha aytganda, bu predmet kundalik hayotimizda keng qo'llaniladi, shuningdek, uning yutuqlaridan qator mutaxassislarni tayyorlashda, ilmiy yo'nalishlarda keng foydalaniladi.
Shunday qilib, kimyo fanini o'rganish jarayonida nafaqat kimyoviy bilimlar, balki umumo'quv va maxsus ko'nikmalar, shu jumladan, tadqiqotchilik ko'nikmalari ham shakllantirish imkoniyatlari tug'uladi.
Ta'lim mazmuni, bu - maqsad bo'lib, uni joriy qilish o'quv yurtining bo'lg'usi mutaxassis oldidagi majburiyatidir. Ushbu maqsadni amalga oshirishga o'qitish mazmuni xizmat qiladi. O'qitish mazmuni ta'lim mazmuniga nisbatan uning maqsadi vositasi sanaladi [1]. Modulli o'qitish - o'quv reja, o'quv dastur, darslik, o'quv qo'llanma, didaktik material, o'qituvchining axboratlari kabi o'qitish shakllari mazmuniga tayanadi. Modulli o'qitish ta'lim mazmunini amalga oshirish maqsadlarida kasbiy-shaxsiy sifatlarni, dunyoqarashni, ko'nikma va malakalar tizimini o'zlashtirish imkoniyatini ta'minlovchi o'quv axboroti hamda kompleks masalalar, topshiriqlar, mashqlar tarzda shakllantiriladi.
Yangi texnologik (modul) yondashuv yangi texnologik yo'nalishlarni taqozo qiladi:
- e'tibor markazida - ta'lim oluvchining o'quv-anglash faoliyati yotadi (ta'lim muvaffaqiyati har qanday holatda ham o'quv faoliyati samaradorligiga bog'liq);
- maqsadga muvofiqlikning diagnostikligi va natijalarning obyektiv nazorati;
- o'quv jarayonining pedagogik tizim sifatida yaxlitligi;
- o'quv jarayonining oldindan rejalashtirilishi.
Modulni samarali o'zlashtirish nafaqat o'quv materialini taklif qilish uslubidan, balki o'qituvchining malakasi hamda kompleks masalalarni ishlab chiqishi va
mazmuniga bog'liq. Наг qanday o'quv predmeti mazmunining asosiy tuzilmaviy birligini masala (vazifa) tashkil qiladi.
Ta'lim oluvchi uchun u (masala, vazifa) nazariyaning illyustratsiyasi, amaliy vaziyatni yechish imkoniyati, ma'lum metodlarni sinash mashqi, o'quv-anglash faoliyati natijalarini baholash va tahlil qilish vositasidir.
Ta'limga modul yondashuv o'qitishning mazmuni, maqsadi hamda anglash faoliyatini boshqaruv uslublarini o'zgartirishni taqozo qiladi.
Ilmiy-pedagogik adabiyotlarda didaktik maqsadlar klassifikatsiyasi ikki yo'nalishda namoyon bo'ladi: darajalarda (umumpedagogik, predmetli, operativ) hamda didaktiv funksiyalarda (anglash va operatsion). Ta'lim maqsadlarining ko'p darajali xarakteri quyidagicha aniqlanadi:
- 1-daraja: aniq dars turlarining operativ o'quv maqsadlari;
- 2-daraja: o'quv predmetining o'quv maqsadlari;
- 3-daraja: o'qitishning umumpedagogik maqsadlari.
Umupedagogik maqsadlar mazmunini (3-daraja) model yoki mutaxassis malakaviy tavsifi (xarakteristikasi) ifodalaydi hamda umumkasbiy va maxsus bilim, ko'nikma va shaxs sifatlari tashkil qiladi.
Predmetning (o'quv fani) o'quv maqsadlari (2-daraja) o'quv predmetining mazmun va o'ziga xosliklarini ifodalaydi. Modulli o'qitishda maqsadning 2-darajasini kompleks didaktik maqsad deb atashadi va u butun modul dasturida amalga oshiriladi.
O'quv darslarining aniq turida (1-daraja) operativ maqsadlar bilim, ko'nikma, fikriy operatsiyalar, ijtimoiy-kommunikativ malakalarda shakllanadi va bu o'quv faoliyatini aniq tashkillashtirish imkonini yaratadi.
Modul yondashuvda operativ maqsadlar darajasiga integratsiyalashgan va xususiy maqsadlar mos keladi [2]. Interatsiyalashgan maqsadni aniq modul amalga oshiradi.
Ayrim hollarda integratsiyalashgan maqsadga quyidagi kompleks didaktik maqsadlarni kiritadi:
Didaktik maqsad, bu - talaba shaxsining o'z-o'zini rivojlantirishi, o'zini o'zi takomillashtirishi, o'z-o'zini ro'yobga chiqarish, namoyon etishi uchun sharoit yaratish hamda har bir kishining qiziqish va moyilliklarini, talab-istaklarini qanoatlantirilishini ta'minlash tushuniladi.
Ta'limiy maqsad - o'rganilayotgan tushuncha va hodisalarni shakllantirishga shart-sharoit yaratish.
Rivojlantiruvchi maqsad - turli axborot manbalari bilan mustaqil ishlash ko'nikmalarini rivojlantirishga sharoit yaratish, o'zi va o'rtoqlarini to'g'ri baholash hamda ish vaqtini nazorat qilish.
Наг bir integratsiyalashgan didaktik maqsad to'rt xususiy didaktik maqsaddan tashkil topgan. Xususiy maqsadlarning amalga oshirilishini modulni tashkil etuvchi aniq o'quv elementlari tashkil qiladi.
Demak, modulli o'qitish texnologiyalari maqsadlaridan piramida quriladi: piramidaning yuqori qismini modul dasturi uchun kompleks didaktik maqsad (KDM) tashkil qiladi; o'rta daraja - modul qurish uchun integratsiyalashgan didaktik maqsadlar (IDM) bo'lsa; past daraja - o'quv elementlarini qurish uchun xususiy didaktik maqsadlar (XDM) egallaydi.
Didaktik maqsadlarning kompleks, integratsion va xususiy birikish prinsipi modulli o'qitishda yetakchi prinsip hisoblanadi. Xususiy didaktik maqsadlarning (XDM) yechimi integratsiyalashgan didaktik maqsadlari (IDM) aniq modul yechimini ta'minlaydi.
Barcha modullarning integratsiyalashgan didaktik maqsadlari (IDM) yechimi kompleks didaktik maqsadlarga (KDM ) erishuvni ta'minlaydi.
Asosiy o'quv elementlari mazmunini modulning nazariy va amaliy bloklarida tasavvur qilish lozim:
- nazariy blok o'quv materialini bir joyga to'plangan (konsentrlangan) shaklda saqlaydi va rezyume shaklida yakunlanadi - modul mazmunini eslashga oson shaklda umumlashtirish, masalan, tayanch konspekt shaklida;
- amaliy blok o'zida yangi tushuncha va ko'nikmalarni o'zlashtiruvchi mashqlarni hamda ularning yechish algoritmlari, yoki "harakatlar yo'naltiruvchi asoslari"ni, amaliy masalalar, ularni alternativ yechimini, turli darajada qiyinchilikka ega test mashqlarini, "reyting"ni ko'taruvchi kompakt mashqlarni, tavsiya qilinadigan adabiyotlar ro'yxatini o'zida mujassam qiladi [3].
O'quv moduli fonksionalligi shu bilan belgilanadiki, uning mazmuni o'rganilayotgan axborotning amaliy nomlanishidan shakllantiriladi. Harakat faoliyat va uning chegarasi, o'rganilayotgan material ehtiyojidan kelib chiqib aniqlanadi. Modul axborot va texnologik qismlarga bo'linadi.
Modulning axborot qismi uning funksional bloklarini tashkil qiladi va u kelgusi harakat bilan bog'liq holda o'rganilgan bilim va ko'nikmalar talab qilib olinishi lozim. Shundan uchun, modulli o'qitishning yana parallel nomi blok-modulli ta'lim deb yuritiladi va ular sinonimlar sifatida qo'llaniladi [2].
REFERENCES
1. "Ta'lim to'g'risida"gi Qonun. // Barkamol avlod - O'zbekiston taraqqiyotining poydevori. -Toshkent: Sharq, 1998.
2. Tolipov U.K., Usmonboyeva M. Pedagogik texnologiya: nazariya va amaliyot. -Toshkent: Fan, 2005.
3. Djuraev R. Ta'limda interfaol texnologiyalar. - Toshkent, 2010.