Научная статья на тему 'TOG‘ QUDDUSI (STACHYS BETONICAEFLORA) NI URUG‘ MAHSULDORLIGI'

TOG‘ QUDDUSI (STACHYS BETONICAEFLORA) NI URUG‘ MAHSULDORLIGI Текст научной статьи по специальности «Сельское хозяйство, лесное хозяйство, рыбное хозяйство»

CC BY
25
40
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
o‘sish / rivojlanish / gullash biologiyasi / urug‘ mahsuldorligi / ko‘paytirish usullari.

Аннотация научной статьи по сельскому хозяйству, лесному хозяйству, рыбному хозяйству, автор научной работы — Yarmuxammedov Jasur Mansurovich, Zaribboyev Marufjon Oybek Ogli

Tog‘ quddusining (Stachys betonicaeflora) gullash davomiyligi 1,5-2 oy bo‘lib, u iqlim sharoitlariga bog‘liqdir. Havo haroratining oshishi va nisbiy namligining kamayishi bilan gullash jadalligi ortadi. Toshkent sharoitida generativ davrining davomiyligi 65-70 kunni tashkil etdi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TOG‘ QUDDUSI (STACHYS BETONICAEFLORA) NI URUG‘ MAHSULDORLIGI»

UDK: UDK 582.3.522.4: TOG' QUDDUSI (STACHYS BETONICAEFLORA) NI URUG' MAHSULDORLIGI 1Yarmuxammedov Jasur Mansurovich 2Zaribboyev Ma'rufjon Oybek o'g'li

1Biotexnologiya va oziq-ovqat xavfsizligi kafedrasi o'qituvchisi Buxoro davlat universiteti, Buxoro 2Biotexnologiya va oziq-ovqat xavfsizligi kafedrasi talabasi Buxoro davlat universiteti,

Buxoro

1jasur_yarmuhammedov93@mail.ru 2marufjonzaribboyev77@gmail.com https://doi.org/10.5281/zenodo.10080610

Annotatsiya. Tog' quddusining (Stachys betonicaeflora) gullash davomiyligi 1,5-2 oy bo'lib, u iqlim sharoitlariga bog'liqdir. Havo haroratining oshishi va nisbiy namligining kamayishi bilan gullash jadalligi ortadi. Toshkent sharoitida generativ davrining davomiyligi 6570 kunni tashkil etdi.

Kalit so'zlari: o'sish, rivojlanish, gullash biologiyasi, urug' mahsuldorligi, ko'paytirish usullari.

Kirish. Yer yuzida dorivor o'simliklarning 10-12 ming turi bo'lib, shu jumladan 1000 dan ortiq o'simlik turlarining kimyoviy, farmokologik va dorivorlik xossalari tekshrilgan sintetik preparatlarni uzoq muddat qabul qilish inson organizmida turli ko'ngilsiz holatlarni keltirib chiqaradi. Dorivor o'simliklarning tabiiy xom-ashyo vositalaridan tayyorlangan tabiiy preparatlar organizmga sekin ta'sir etsa ham salbiy oqibatlari deyarli kuzatilmaydi. Sintetik preparatlar yaratish borasidagi yutuqlarga qaramay, tibbiyot amaliyotida tabiiy xom ashyolar asosida olingan dori shakllarining qo'llanilishi ortib bormoqda. Dori vositalarining zamonaviy ro'yxatida dorivor o'simliklardan olingan preparatlar qariyib 40 foizni tashkil qiladi. Ayrim kasalliklarda qo'llaniladigan dori vositalarining 80 foizga yaqini o'simlik xom ashyolaridan olinmoqda (yurak, qon-tomir kasalliklari-ni davolash vositalari). Mutaxassislarning fikricha, yaqin yillarda ularning ulishi ortishi kutilmoqda. Buning sababi ularning yumshoq ta'sir ko'rsatishi, organizm tomonidan yaxshi o'zlashtirilishi hamda uzoq muddat qabul qilish mumkinligidir. Hozirgi shiddat bilan rivojlanish davrida Respublikamizda ham endemik va introdutsent dorivor o'simliklarning bioekologik xususiyatlarini o'rganish, yalpi ko'paytirish agrotexnikasini ishlab chiqish hozirgi kunning dolzarb muammolaridan biridir.

Markaziy Osiyo va O'zbekistonda Stachys turkumining uchraydigan ayrim turlarining introduktsiya sharoitlaridagi xususiyatlari I.V. Belolipov, tomonidan o'rganilgan. Ularning turli ekologik sharoitlardagi bioekologik va fiziologik xususiyatlari respublikamiz tuproq-iqlim sharoitlarida kam o'rganilgan, Eshmuradov R.A. tomonidan 2012 yil Tog' quddusi (Stachys betonicifloraRupr..) o'simligi respublikamizda ilk bor o'rganilgan.

Tadqiqot metodlari. O'simliklarning gullash biologiyasi, ularning sutkalik hamda mavsumiy gullash dinamikasini o'rganish A.N. Ponomarev [3], H.Q. Qarshiboev va O.A. Ashurmetov [5] larning ko'rsatmalari asosida olib borildi. O'simliklarning potensial (PUM) va haqiqiy (HUM) urug' mahsuldorligi O.A. Ashurmetov [4] tavsiyalari asosida aniqlandi. Mahsuldorlik koeffitsienti (Mk) esa HUMning PUMga % hisobidagi nisbati asosida hisoblab chiqarildi.

Tadqiqot natijalari. O'simlikning urug' mahsuldorligi shu turning istiqbolini belgilovchi omil hisoblanadi. Har qanday turning biologik tavsifini berish uchun uning urug' mahsuldorligini aniqlash talab qilinadi. Bu esa mazkur turni tabiatda

va iqlimlashtirilgan sharoitda qo'llash imkoniyatini ko'rsatadi.

O'rganilgan o'simliklar urug'larining ichki tomoni uchta qirrali, tashqi tomoni qavariq shakldagi yong'oqcha. Stachys betonicaeflora da urug'larining rangi to'q jigarrang tusda bo'lib (3.13-rasm), Stachys betonicaeflora

da urug'larining uzunligi 3,9±0,14 mm, eni 2,4±0,09 mm ni tashkil etdi (3.3-jadval). 1000 dona urug'ining massasi Stachys betonicaeflora da 1,35±0,05 g ga teng bo'ldi.

Biz adabiyotlardan Stachys turkumi turlarining urug' mahsuldorligi to'g'risida ma'lumotlar topa olmadik. Shu sabab, Toshkent sharoitida 2020-2021 yillarda o'rganilgan o'simliklarda potensial urug' mahsuldorligi (PUM) va haqiqiy urug' mahsuldorligi (HUM) ni aniqladik.

3.13-rasm S.betonicaeflora urug'larining ko'rinishi (mm) 3.3-jadval Stachys urug'larining morfologik ko'rsatkichlari

O'simlik nomlari Urug'larning rangi O'lchamlari (mm) Urug'larning absolyut massasi, g.

uzunligi eni

S. betonicaeflora Jigarrang 3,9±0,14 2,4±0,09 1,35 ±0,05

O'rganilgan o'simliklarning urug' mahsuldorligini o'rganish uchun har bir turdan o'ntadan o'simlik olindi. Har bir o'simlikdagi to'pgullar soni, har bir to'pguldagi gullar soni hamda bir o'simlikdagi gullar soni (PUM) hisoblab chiqildi. Shuningdek, bir to'pguldagi mevalar soni, bir o'simlikdagi urug'lar soni (HUM) hamda urug' mahsuldorligi koeffitsienti hisoblandi.

Toshkent sharoitida Stachys betonicaeflora ning bita generativ novdasida 2020 yil (n=10) PUM 680,8±25,8 donani, HUM 261,2±12,2 donani, mahsuldorlik koeffitsienti (Mk) esa 38,4±2,6% ni tashkil qildi. 2021 yil (n=10) PUM 688,9±26,1 donani, HUM 278,3±13,9 donani, mahsuldorlik koeffitsienti (Mk) esa 40,4±2,7% ni tashkil qildi. (3.4-jadval).

3.4 - jadval Toshkent sharoitida Stachys betonicaeflora o'simliklari bitta generativ novdasining o'rtacha urug' mahsuldorligi (n=10)

O'simlik turi Yillar Urug' mahsuldorligi, dona Mahsuldorlik koeffitsienti, Mk %

PUM HUM

S. betonicaeflora 2020 680,8±25,8 261,2±12,2 38,4±2,6

2021 688,9±26,1 278,3±13,9 40,4±2,7

Ikki yillik tajriba natijalariga ko'ra, S. byzantina o'simligining haqiqiy urug' mahsuldorligi koeffitsienti Stachys betonicaeflora o'simligining haqiqiy urug' mahsuldorligi ko'rsatkichiga nisbatan ancha yuqori (17% gacha) bo'lishi aniqlandi.

Urug'larning sifat ko'rsatkichlari yaxshi bo'lib, hasharotlar bilan zararlanganligi kuzatilmadi.

Shunday qilib, o'rganilgan staxis turkumi urug'larining unishiga haroratning ta'siri turlicha bo'lishi kuzatildi. Bu tafovutlar o'rganilgan turlarning biologik xususiyatlariga bog'liq bo'lsa kerak, chunki Stachys betonicaeflora tabiiy holda tog' yonbag'irlarida o'sadi. Fenologik kuzatuvlarning natijalariga ko'ra ikki xil ekologik sharoitlarda o'sgan o'simliklarning morfologik o'lchamlari turlichaligi aniqlandi.

Xulosa qilib aytganda, urug'larning laboratoriya sharoitida unuvchanligi uchun qulay haroratni aniqlash maqsadida tajribalar turli haroratlar (+15, +20, +25°S) da olib borildi. Laboratoriya tajribalari natijasida, urug'larning unuvchanligi uchun qulay harorat S. betonicaeflora uchun +15°S ekanligi aniqlandi.

REFERENCES

1. Mirziyoev Sh.M. "Tanqidiy tahlil, qat'iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik - har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo'lishi kerak" Toshkent : O'zbekiston, 2017. - 104 b

2. Vazirlar Maxkamasi 2017 - yil 21 - avgust № 114 - yig'ilish bayonnomasining EDO - 03 -421. sonli qarori.

3. Пономарев А.Н. Изучение цветения и опыления растений / Полевая геоботаника. В 5-и т. - М.-Л.: АН СССР, 1960. Т. 2. - С. 9-11.

4. Ashurmetov O.A., Karshiboev X.K. Semennoe razmnojenie bobovbix rasteniy v aridnoy zone Uzbekistana. - Tashkent: Fan, 2002. - 204 s.

5. ^аршибаев Х.К., Ашурметов О.А. Усимликларнинг усиши ва ривожланиши: Методик курсатмалар. - Тошкент, 1989. - 22 б.

6. Eshmuratov R.A., Safarov K.S. Introduksiya sharoitidagi Stachys L. turkumi ayrim turlarining sutkalik va mavsumiy gullash dinamikasi // O'zbekiston florasi bioxilma-xilligi va undan oqilona foydalanish muammolari: Respublika ilmiy konferensiyasi materiallari. -Samarqand, 2011. - B. 18-20.

7. Eshmuratov R.A., Safarov K.S., Nikitina E.V. Turli introduksiya sharoitlarida Stachys L. turkumi ayrim turlarining fiziologik va biokimyoviy xususiyatlari // Xorazm vohasi sharoitida yer-suv resurslaridan samarali foydalanish va tuproq melioratsiyasi muammolari: Respublika ilmiy anjumani materiallari. - Xiva, 2011. - B. 12-15.

8. Kononkov P.F., Vasyakin I.N. Пищевые и фармакологические свойства стахиса и технология его возделывания / Науч. тр. по селекции и семеноводству: Всерос. НИИ селекции и семеноводства овощных култур. - Москва, 1995. Т.2. - С. 301-315.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.