Научная статья на тему 'SOYANING MAHALLIY SOCHILMAS VA NAFIS NAVLARINING MORFOLOGIK VA QIMMATLI-XO’JALIK BELGILARI'

SOYANING MAHALLIY SOCHILMAS VA NAFIS NAVLARINING MORFOLOGIK VA QIMMATLI-XO’JALIK BELGILARI Текст научной статьи по специальности «Естественные и точные науки»

47
9
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
o„simlik / soya / nav / belgi / hosildorlik / morfologik / don / dukkak

Аннотация научной статьи по естественным и точным наукам, автор научной работы — H. X. Matniyazova, D. Z. Sobirova, D. N. Karshibayeva, G. Dj. Mavlonova, M. M. Salohiddinova

Morfobiologik belgilar soya ekini uchun muhim ahamiyatga ega ekanligi bois, tadqiqotlarimizda soyaning mahalliy Nafis va Sochilmas navlarining g‟unchalash va gullash davrida o„simlik bosh poyasining balandligi, bitta o„simlikdagi barglar soni va bosh poyadagi bo„g„inlar soni belgilari o„rganildi. Olingan natijalarga ko„ra, Nafis navi Sochilmas naviga nisbatan g„unchalash va gullash davrlarida o„rganilgan morfologik belgilariga ko„ra yuqori ko„rsatkichlarni qayd qildi. Qimmatli-xo„jalik belgilari bo„yicha olingan natijalarga ko„ra Nafis navi Sochilmas naviga nisbatan ham ustunlik qildishi aniqlandi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «SOYANING MAHALLIY SOCHILMAS VA NAFIS NAVLARINING MORFOLOGIK VA QIMMATLI-XO’JALIK BELGILARI»

SOYANING MAHALLIY SOCHILMAS VA NAFIS NAVLARINING MORFOLOGIK VA QIMMATLI-XO'JALIK BELGILARI

H. X. Matniyazova

O'zR FA Genetika va o'simliklar eksperimental biologiyasi instituti, Chirchik davlat pedagogika universiteti matniyazova@mail.ru

D. Z. Sobirova

Toshkent davlat agrar universiteti yumusobek@gmail.com

D. N. Karshibayeva

O'zR FA Genetika va o'simliklar eksperimental biologiyasi instituti, Chirchik davlat pedagogika universiteti dono.karshibayeva.99@bk.ru

O'. X. Yuldashov

O'zR FA Genetika va o'simliklar eksperimental biologiyasi instituti utkirbekyuldashov_1991@mail.ru

G. Dj. Mavlonova

Chirchik davlat pedagogika universiteti gulnozamavlyanova21 @gmail.com

M. M. Salohiddinova

Genetika va o'simliklar eksperimental biologiyasi instituti Marifatsalohiddinova91@gmail.com

S. M. Nabiyev

O'zR FA Genetika va o'simliklar eksperimental biologiyasi instituti

m. saydigani@mail.ru

ANNOTASIYA

Morfobiologik belgilar soya ekini uchun muhim ahamiyatga ega ekanligi bois, tadqiqotlarimizda soyaning mahalliy Nafis va Sochilmas navlarining g'unchalash va gullash davrida o'simlik bosh poyasining balandligi, bitta o'simlikdagi barglar soni va bosh poyadagi bo'g'inlar soni belgilari o'rganildi. Olingan natijalarga ko'ra, Nafis

navi

September, 2023 Multidisciplinary Scientific Journal

70

Sochilmas naviga nisbatan g'unchalash va gullash davrlarida o'rganilgan morfologik belgilariga ko'ra yuqori ko'rsatkichlarni qayd qildi.

Qimmatli-xo'jalik belgilari bo'yicha olingan natijalarga ko'ra Nafis navi Sochilmas naviga nisbatan ham ustunlik qildishi aniqlandi.

Kalit so'zlar: o'simlik, soya, nav, belgi, hosildorlik, morfologik, don, dukkak

KIRISH

Soyaning turli mamlakatlarda keng maydonlarda yetishtirilishining asosiy sababi, uning doni va yashil massasi to'yimli bo'lib, oziq-ovqat, yem-xashak, texnik va tibbiyot soxalarida ishlatilishi mumkin. Soyaning naviga va yetishtirish sharoitiga bog'liq holda, uning donida 30-55% oqsil va 17-26 % yog' mavjud. Soyaning donida 20-25% uglevodlar, 4-5 % ko'plab elementlar (jumladan Sa, R, K, Na, I, Mo va boshqalar) xamda vitaminlar (Ye, V1, V2, V6) uchraydi. Soyadan mingdan ortiq maxsulotlar olinadi. Ozuqa oqsili, moy, kunjara, omuxta yem ishlab chiqarishda soya asosiy ekinlardan biri xisoblanadi [9], [5], [17].

Soya juda kadimgi ekin turi bo'lib hisoblanadi. Soyaning shakl va turlarining xilma-xilligini olimlar o'rganishib, bu turlar asosan 3 ta markazda shakllanganligini qayd etganlar. Ular: Janubiy- Sharqiy Osiyo, Avstraliya va Sharkiy Afrika. Aksariyat olimlarning fikriga ko'ra, soyaning vatani Osiyoning janubiy-sharkiy rayonlari hisoblanadi. Sharq mamlakatlarida soya qadimdan oziq-ovqat ekini sifatida ekib kelingan [11], [18], [13].

Soya dunyo dehqonchiligida muhim o'rinni egallagan moyli hamda don-dukkakli ekindir. Soya ekinining yer yuzida ko'p tarqalishi donining va oqsilining sifatliligi bilan bog'liqdir. Doni tarkibidagi oqsil, moy va boshqa muhim organik moddalar hamda turli makro va mikroelementlarning miqdori va nisbati uni har xil tarmoqlarda qo'llashga imkon beradi. Soya donidan moy, margarin, pishloq, sut, un, qandolat mahsulotlari, konservalar ishlab chiqariladi. Yer yuzida ishlab chiqarilayotgan o'simlik moyining 40 % ini soya moyi tashkil etadi [1], [12].

Soya (Glycine max Merr.) - tropik, subtropik va mo''tadil iqlim sharoitida yetishtiriladigan eng muhim dukkakli ekinlardan biridir [2]. Soya urug'i tarkibida 1824% yog', 36-40% oqsil, 26-34% uglevodlar va 5-8% minerallar mavjud [2]. Shu sababli, u butun dunyoda inson va hayvonlarning oziqlanishi uchun iste'mol qilinadigan o'simlik yog'i va yuqori sifatli o'simlik oqsilining muhim manbai hisoblanadi.

2015 yilda dunyoda umumiy yog'li urug'larni ishlab chiqarishdagi soya urug'ining ulushi 60% ni tashkil etdi [6]. Soya dukkakli ekin sifatida atmosferadagi azotni biriktirib, tuproq

September, 2023 Multidisciplinary Scientific Journal

71

unumdorligini yaxshilaydi [2]. Soya o'simligining o'sishi va rivojlanishiga harorat va yorug'lik davri kabi ekologik omillar ta'sir ko'rsatadi.

Soya donida oqsil (30-50%), barcha almashinmaydigan aminokislotalar, yog' (18-25%, xolesterol saqlamaydi), uglevodlar (10-25%), vitaminlar (karotin, tiamin (B1), riboflavin (B2), C, D1, D3, E, K, piridoksin (B6), niatsin (PP), panpotenat kislota (B3), xolin, biotin, folin) hamda har - xil mikro va makroelementlar saqlaydi. Soya o'zining turli - tuman va boy kimyoviy tarkibi tufayli oziq-ovqat, yem-xashak texnik ekin sifatida keng foydalaniladi [14].

Soya donida uglevodlar ham bo'lib, 9-12 % erigan qandlar, 3-9 % kraxmal, 3-6 % kletchatkadan iborat bo'ladi [3].

So'nggi yillarda inson uchun muhim bo'lgan qo'shimcha ozuqa oqsillari va boshqa fiziologik ozuqa manbalari orasida eng ahamiyatli bo'lgan soya doni va uning qayta ishlangan mahsulotlariga tadqiqotchilarning e'tibori ortib bormoqda. Soya doni va undan olingan mahsulotlaridan ko'plab mamlakatlarda, jumladan, AQSh, Kanada, Yevropa Ittifoqining ayrim davlatlari, Yaponiya, Xitoy, Koreya va boshqalarda oziq - ovqat maqsadlari uchun foydalanilmoqda. Ushbu mamlakatlarda soya mahsulotlari nafaqat an'anaviy, balki davolash hamda profilaktika maqsadlarida ham qo'llaniladi [3].

Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti xujjatlarida ta'kidlanganidek, soya oqsillari deyarli hayvonlar oqsilidan kam bo'lmagan noyob aminokislota tarkibiga ega [15], [16].

Soya tarkibida nafaqat almashinmaydigan aminokislotalar, balki, 13-24 % moy, 25 % uglevod, 4,5-5,5 % klechatka, 7 % mineral moddalar (shu jumladan, kalsiy, fosfor, natriy, yod, molibden, nikel), 2 % fosfotidlar hamda vitaminlardan E, B1, B2, B6, pantotenat kislota, niatsin, xolin, folik kislota, biotin kabilar ham mavjuddir [10]

MATERIAL VA USLUBLAR

Tadqiqot ob'ekti sifatida soya o'simligining mahalliy Sochilmas va Nafis navlaridan foydalanildi. Tajribalar 2021-2023 yillarda Genetika va o'simliklar eksperimental biologiyasi institutining Do'rmon tajriba bazasida joylashgan lizimetrlarda olib borildi.

Tadqiqotlarimizda soya o'simliklarida qimmatli - xo'jalik belgilari umumiy qabul qilingan [4] usullarda aniqlandi: Bunda 3 qaytarishda rendomizatsiya usulida ekilgan har bir nav o'simliklaridan 30 tadan olinib, ularda bitta o'simlikdagi don og'irligi, bitta o'simlikdagi dukkaklar soni va 1000 dona don og'irligi kabi muhim ko'rsatkichlari aniqlandi.

September, 2023 Multidisciplinary Scientific Journal

72

TADQIQOT NATIJALARI VA MUHOKAMASI

Morfobiologik belgilar soya ekini uchun muhim ahamiyatga ega ekanligi bois, tadqiqotlarimizda soyaning mahalliy Sochilmas va Nafis navlarining g'unchalash, gullash davrlarida o'simlik bosh poyasining balandligi va bitta o'simlikdagi barglar soni hamda bosh poyadagi bo'g'inlar soni belgilari o'rganildi.

Soyaning g'unchalash davrida olgan natijalarimiz tahliliga ko'ra, o'simlik bosh poyasining balandligi Nafis navida 23,6±0,8 sm ni tashkil qilgan bo'lsa, Sochilmas navida esa 17,0±0,4 sm ni tashqil qildi (1-jadval).

1-jadval.

Nafis va Sochilmas navlari o'simliklarining g'unchalash va gullash davridagi morfologik

ko'rsatkichlari.

№ Belgilar Nafis Sochilmas

1 G'unchalash Bosh poya balandligi, sm 23,6±0,8 17,0±0,4

Gullash 55,5±0,3 49,8±0,9

2 G'unchalash Bitta o'simlikdagi barg soni, dona 6,7±0,3 5,5±0,2

Gullash 11,5±0,7 7,7±0,2

3 G'unchalash Bosh poyadagi bo'g'inlar soni, dona 8,5±0,5 7,4±0,3

Gullash 13,1±0,2 10,5±0,3

Tadqiqotlarimizda soya o'simligining g'unchalash davrida barglar soni ham o'rganildi. Ma'lumki, barglar o'simlik uchun muhim organ hisoblanib, fotosintez jarayonlarining asosiy qismi barglarda kechadi. Barg qanchalik ko'p va yuzasi qanchalik katta bo'lsa, o'simlikda fotosintez jarayoni shuncha jadal kechadi. Fotosintez jarayonining jadal kechishi natijasida o'simlik tez o'sadi va generativ organlar ko'proq rivojlanadi. G'unchalash davrida Nafis navida bitta o'simlikdagi barglar soni 6,7±0,3 dona bo'lgan bo'lsa, Sochilmas navida 5,5±0,2 dona ekanligi aniqlandi.

G'unchalash davrida yana bir morfologik belgi - bosh poyadagi bo'g'inlar soni ham o'rganildi. Belgi ko'rsatkichi Nafis navida 8,5±0,5 dona ekanligi aniqlangan bo'lsa, Sochilmas navida esa 7,4±0,3 dona ekanligi aniqlandi.

Tajribalarimizda soya navlari o'simliklari morfologik ko'rsatkichlari gullash davrida ham o'rganildi. Gullash davriga kelib soya navlari bosh poya balandligi jadal sur'atda o'sishi aniqlandi. Gullash davrida

September, 2023 Multidisciplinary Scientific Journal

73

Nafis navi bosh poya balandligi 55,5±0,3 sm ni tashkil etgan bo'lsa, Sochilmas navida 49,8±0,9 sm qayd qilindi. Bitta o'simlikdagi barglar soni aniqlanganda Nafis navida 11,5±0,7 dona, Sochilmas navida 7,7±0,2 donani tashkil etdi. Bosh poyadagi bo'g'inlar soni Nafis navida 13,1±0,2 donani, Sochilmas navida esa13,1±0,2 donani tashkil etdi.

Ba'zi olimlar [8] larning ta'kidlashlaricha, soya o'simligi dukkaklarining soni tashqi muhit ta'siriga unchalik bog'liq emas. Bu olimlarning genetik tahlillari shundan dalolat beradiki, ushbu belgining fenotipik namoyon bo'lishida genotipning ulushi navning genotipik holatiga qarab 45% gachani tashkil etadi. Oziklanish maydonining kengayishi o'simlikda dukkaklar sonining oshishiga olib keladi. Ekish muddatining kechikishi yoki soyani takroriy ekin sifatida ekish o'simlikda dukkaklar sonini qisqa kun hisobiga kamaytiradi.

Izlanishlarimizda soyaning eng muhim qimmatli - xo'jalik belgilaridan bo'lgan bitta o'simlikdagi dukkaklar soni o'rganildi. Nafis navida bitta o'simlikdagi dukkaklar soni 110,2±4,3 tani, Sochilmas navida esa 99,3±1,5 tani qayd qildi (2-jadval). Bitta o'simlikdagi umumiy don og'irligi bo'yicha Nafis navida 56,8±4,7 gramm, Sochilmas navida esa 49,3 ±2,9 grammni tashkil qildi.

2-jadval

Nafis va Sochilmas navlari o'simliklarining qimmatli-xo'jalik belgilari ko'rsatkichlari.

№ Bitta o'simlikdagi dukkaklar soni Bitta o'simlikdagi umumiy don og'irligi 1000 ta don og'irligi

1 Nafis 110,2±4,3 56,8±4,7 118,47±2,07

2 Sochilmas 99,3±1,5 49,3±2,9 116,96±4,72

Urug'lik donning sifatini belgilovchi asosiy ko'rsatkichlardan biri uning absolyut vazni hisoblanadi. Hozirgi vaqtda seleksioner olimlar tomonidan yaratilgan va yaratilayotgan soya navlarining hosildorligi, urug'ning unib chiqish quvvati, unuvchanligi va urug'ning moydorligining yuqori bo'lishida 1000 dona urug' vazni katta ahamiyat kasb etmoqda. Bunday urug'larning unuvchanligi yaxshi bo'lib, yuqori hosil yaratish imkonini beradi. Urug' qanchalik to'liq bo'lsa, uning kurtagining ilk rivojlanish bosqichlarida kerakli ozuqa moddalari bilan to'liq ta'minlanishi uchun yetarli darajadagi ozuqa zahiralari yaratilgan bo'ladi. Izlanishlarimizda 1000 ta don og'irligi belgisi ham o'rganildi. Nafis navida 1000 ta don og'irligi 118,47±2,07 grammni, Sochilmas navida esa 116,96±4,72 ni tashkil qildi.

September, 2023 Multidisciplinary Scientific Journal

74

XULOSA

Shunday qilib, olingan natijalarga ko'ra Nafis navi Toshkent viloyati sharoitida o'rganilgan morfologik va qimmatli xo'jalik belgilari bo'yicha Sochilmas naviga nisbatan yuqori ko'rsatkichlarni qayd qildi.Nafis navini Toshkent viloyatining soya yetishtiriladigan dalalariga keng maydonlarga ekishga tavsiya qilinadi.

REFERENCES

1. Atabayeva X.N. SOYa // -Toshkent. Mil.ens. 2004. -B. 95.

2. Arioglu, H. H. The Oil Seed Crops Growing and Breeding. The Publication of University of Cukurova, Faculty of Agriculture, No: A-70, Adana-Turkey 2014. - P. 204.

3. Beresneva Yu.V. Protein SP-2 iz shrota soi, izucheniye yego protivoopuxolevoy aktivnosti // Disser. kand. biol. nauk. Tashkent-2010. - S 11.

4. Dala tajribalarini o'tkazish uslublari. // O'zPITI. - Toshkent, 2007. - B. 48-52.

5. Erikson. D.R. Prakticheskoye rukovodstvo po pererabotke i ispolzovaniyu soi // Moskva. Izd. MAK sentr. 2002. 646 s.

6. FAO, 2015. FAOSTAT. The Food and Agriculture Organization (FAO) of United Nations.

7. Kartasheva Ye.R., Rudenskaya G.N., Yurina Ye.V. Polifunksionalnost rastitelnix peroksidaz i ix prakticheskoye ispolzovaniye // S.-x. biologiya. Ser. Biologiya rasteniy. - 2000. - №5. - S. 63-70.

8. Korsakov N. I. Katalog geneticheskoy kolleksii soi // Vip. 115. L., 1973. -S 69.

9. Kochegura A.V., Zelensov S.V., Petibskaya S.V. Perspektivi seleksii sortov soi pishevogo napravleniya // Nauchno-texnich. byulleten VNIIMK. - Krasnodar. -2000. - Vip. 123. - S. 42-46.

10. Kovaleva O.V. Proteoliticheskiye fermenti i ingibitori proteinaz iz rasteniy i ix vliyaniye na pishevaritelnie proteniazi pozvonochnix jivotnix //Avtoref. dis. kand. texn. nauk. - Krasnodar. 1998. 25 s.

11. Kuzin V.F. Soya na dalnem Vostoke // Vladivostok, 1978, -S. 287.

12. Matniyazova H. X., Nabiyev S. M, Mavlyanova G.Dj., Muxitdinova M. M., Qarshibaeva D.N, Salohiddinova M.M. Turli suv rejimi sharoitida mahalliy va xorijiy soya navlarining morfologik belgilari Academic Research in Educational Sciences Volume 4 | Issue 4 | 2023\ 202-207 bet

13. Matniyazova H. X., Yuldashov O'. X., Qarshibaeva D.N, Salohiddinova M.M., Nabiyev S. M., Mavlyanova G.Dj., Sobirova D. Z. Mahalliy soya navlarining morfologik belgilariga fitopatogen mikromitsetlar tasiri Academic Research in Educational Sciences Volume 4 |

September, 2023

https://t.me/ares uz Multidisciplinary Scientific Journal

ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 | Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,9 | ASI: 1,3 | SJIF: 5,771 | UIF: 6,1

Issue 5 | 2023. 99-106 b. ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 | Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,9 | ASI: 1,3 | SJIF: 5,771 | UIF: 6,1

14. Petibskaya V.S. Soya: Ximicheskiy sostav i ispolzovaniye // - Maykop: OAO "Poligraf-YuG" 2012. 432s.

15. Podobedov A.V. Unikalnie svoystva soi // Dostijeniya nauki i texniki APK. -2002. - № 6. - S. 42-45.

16. Podobedov A.V. Unikalnie svoystva produktov pitaniya s soyevimi belkovimi komponentami // - 1999. - №6. - S. 22-26.

17. Shangrong Y., Sripichitt P., Juntakool S., Hondtrakul V., Sripichitt A. Modifying controlled deterioration for evaluating field weathering resistance of soybean // Kasetsart journal (Natural Sciences) 2007. vol.41. - P.232-241.

18. Yormatova D.Yo. Soya oqsilli o'simlik va to'yimli ozuqa. Zooveterinariya jurnali Toshkent, 2014 y. № 5 -B 23-24.

https://t.me/ares uz

Multidisciplinary Scientific Journal

September, 2023

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.