Научная статья на тему 'ToBRFV VIRUSINING REZERVATOR O‘SIMLIKLARINI PSR USULI ORQALI ANIQLASH'

ToBRFV VIRUSINING REZERVATOR O‘SIMLIKLARINI PSR USULI ORQALI ANIQLASH Текст научной статьи по специальности «Сельское хозяйство, лесное хозяйство, рыбное хозяйство»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
pomidor / virus / ToBRFV / QT-PSR / RNK / rezervator.

Аннотация научной статьи по сельскому хозяйству, лесному хозяйству, рыбному хозяйству, автор научной работы — Baxtiyorova Munira Sultonaliyevna

Virussiz qishloq xo‘jalik ekinlarini yetishtirishda asosiy e’tiborni viruslarning «tabiiy o‘choqlarini» yo‘q qilishga qaratish lozim. Virusga qarshi kurash choralarini ishlab chiqishda ularning tashuvchi hasharotlari va rezervator o‘simliklarini aniqlash bugungi kunda muhim amaliy va nazariy ahamiyat kasb etadi. “Pink paradise” navli pomidor mevalarida va tekshirilgan begona o‘t turlarida ToBRFV virusi aniqlandi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ToBRFV VIRUSINING REZERVATOR O‘SIMLIKLARINI PSR USULI ORQALI ANIQLASH»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "STATUS AND DEVELOPMENT PROSPECTS OF FUNDAMENTAL AND APPLIED MICROBIOLOGY: THE VIEWPOINT OF YOUNG SCIENTISTS" _25-26 SEPTEMBER, 2024_

ToBRFV VIRUSINING REZERVATOR O' SIMLIKLARINIPSR

USULI ORQALI ANIQLASH

Baxtiyorova Munira Sultonaliyevna

O'z R O'simliklar Karantini va himoyasi Agentligi Markaziy Fitosanitariya Laboratoriyasi bosh

mutahassis virusologi https://doi.org/10.5281/zenodo.13838639

Annotatsiya. Virussiz qishloq xo'jalik ekinlarini yetishtirishda asosiy e 'tiborni viruslarning «tabiiy o'choqlarini» yo'q qilishga qaratish lozim. Virusga qarshi kurash choralarini ishlab chiqishda ularning tashuvchi hasharotlari va rezervator o'simliklarini aniqlash bugungi kunda muhim amaliy va nazariy ahamiyat kasb etadi. "Pinkparadise " navli pomidor mevalarida va tekshirilgan begona o 't turlarida ToBRFV virusi aniqlandi.

Kalit so'zlar: pomidor, virus, ToBRFV, QT-PSR, RNK, rezervator.

Hozirgi kunda respublikamizda asosiy qishloq xo'jaligi ekin maydonlarining kengayishiga katta e'tibor berilmoqda. Jumladan asosiy madaniy o'simliklardan biri bo'lgan pomidor ekin maydonlari kengayib bormoqda.

Pomidor - O'zbekistonda yetishtiriladigan asosiy sabzavot ekinlaridan biri hisoblanadi. Respublikamizda har yili 60 ming gektar maydonda pomidor yetishtirilib, yalpi hosili qariyb 1.6 million tonnani tashkil etadi. 2000 - 2019 yillar davomida Pomidor (Solanum lycopersicum L.) global ishlab chiqarish 49 million tonnadan ziyodga oshgan eng muhim va keng tarqalgan sabzavot ekinlaridan biriga aylandi [1].

Pomidor o'simligi kompleks virus (tobamoviruslar, poteksviruslar, tospovirus) lar bilan kasallanishi natijasida zarar 100 % ni tashkil etib, keng ekin maydonlarida pomidor ekini o'sish davrini tugatmay qurib qolish hollari uchramoqda [2]. Issiqxonada yetishtiriladigan pomidorlarning virusli kasalliklari orasida jiddiy zarar keltiruvchisi tobamoviruslar oilasiga mansub bo'lgan Pomidor mevalarining jigarrang bujmayishi virusi (Tomato Brown Rugose Fruit Virus-ToBRFV) hisoblanadi [3].

Tobamovirus oilasining boshqa vakillari singari, ToBRFV ham asosan mexanik yo'l orqali qisqa masofalarga va zararlangan urug'lar va mevalar orqali uzoq masofalarga tarqaladi. Turli xil qishloq xo'jaligi amaliyotlarida virus mexanik ravishda ishchining qo'llari, kiyimlari, poyabzallari va asboblari orqali yuqadi. ToBRFV urug' orqali yuqadigan virus hisoblanadi va zararlangan urug'lar uzoq masofalarga yuqishining asosiy usuli hisoblanadi [4].

Virussiz qishloq xo'jalik ekinlarini yetishtirishda asosiy e'tiborni viruslarning «tabiiy o'choqlarini» yo'q qilishga qaratish lozim. Turli xil kasallangan o'simliklar va tuproqda qolgan o'simlik qoldiqlari virus kasalliklarining «tabiiy o'choqlari» bo'lib xizmat qiladi [5,6]. Virusga qarshi kurash choralarini ishlab chiqishda ularning tashuvchi hasharotlari va rezervator o'simliklarini aniqlash bugungi kunda muhim amaliy va nazariy ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun ushbu o'tkazilgan tadqiqotlarda O'zbekiston iqlim sharoitida yovvoyi va madaniy holda o'sadigan o'simliklardan Pomidor mevasining jigarrang bujmayishi virusining rezervatorlarini PSR usuli yordamida aniqlash asosiy maqsad qilib olindi.

Tadqiqotning obekti sifatida ToBRFVning mamlakatimizda tarqalgan izolyatini tabiiy holda saqlovchi turli yovvoyi va madaniy o'simliklar hisoblandi. Buning uchun Toshkent viloyati Qibray tumanidagi f/x da yetishtirilgan "Pink paradise" navli pomidor meva va barglaridagi

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "STATUS AND DEVELOPMENT PROSPECTS OF FUNDAMENTAL AND APPLIED MICROBIOLOGY: THE VIEWPOINT OF YOUNG SCIENTISTS" _25-26 SEPTEMBER, 2024_

kasallik simptomlari ko'zdan kechirilib 5 ta nuqtadan jami 25 tadan barg va mevalar va yerda o'sayotgan begona o'tlar, issiqxonaning atroflarida, yo'l chetlaridan kasallik alomatlari mavjud bo'lgan o'simliklarning turli a'zolaridan (barg, poya, yoki ildiz) namunalar alohida-alohida polietilen paketlarga yig'ib olindi. Olingan namunalar dastlab yaxshilab kuzatilib, kasallik alomatlari tavsiflangandan so'ng laboratoriya sharoitida PSR usullaridan foydalangan holda tekshirish ishlari olib borildi. ToBRFV genomi 1 zanjirli RNK dan iborat bo'lib, ularni QT-PZR usulida diagnostika qilish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi. 1) virus RNK sini ajratib olish;2) teskari transkripsiya usulida bir zanjirli virus RNK sidan qo'sh spiralli kDNK sintezlash; 3) kDNK amplifikatsiyasi. PZR (Polimeraza zanjir reaksiyasi) tahlillari natijasida salbiy bo'lgan, kasallikdan holi pomidor namunalari nazorat uchun olindi.

Virus bilan kasallangan namunalardan umumiy RNK ajratish "RNeasy Plant Mini Kit" (QIAGEN, Germaniya) to'plami yordamida ilova qilingan ko'rsatmalariga muvofiq amalga oshirildi.

Germaniyaning "LOEWE biochemical GmbH" ishlab chiqaruvchisi tomonidan taqdim etilgan ToBRFV (Cat№09175/100) to'plamidan foydalanib amplifikatsiya o'tkazildi. Amplifikatsiya jarayoni BioRad C1000 Thermal Cycler (AQSH) uskunasida bajarildi. Agarozali gelda amplifikatsiyalangan kDNK (komplimentar DNK) namunalari 50 daqiqa davomida 100 vt li elektr kuchlanish ta'sirida anod (-) qutbdan katod (+) qutbga tomon harakatlantirildi.

Barg namunalaridagi kasallik belgilari o'rganilganda o'simlikning yuqori qismidagi yosh kurtaklarda xloroz, barg yuzasida pufakchalar, mozaika va rangsizlanish hamda deformatsiya kabi simptomlar kuzatildi. Pomidor mevalarida esa asosan yosh mevalar deformatsiyalanishi, notekis pishishi, notekis rangsizlanish, xlorotik dog'lar kuzatildi. Issiqxonada o'sayotgan Qoqio't (Taraxacum tanaiticum), jag'-jag' (Capsella bursa-pastoris L), Oddiy sho'ra (Chenopodium quonea) kabi begona o'tlardan ham namunalar olindi va QT-PSR usulida tekshirildi.

"Pinkparadise " navli pomidor mevalarida va tekshirilgan begona o't turlarida ToBRFV virusi aniqlandi. Olib borilgan tajribamiz orqali pomidordagi virusli kasalliklar simtomlari bir-biriga o'xshashligi, virus tur tarkibini aniqlashda zamonaviy molekulyar usullardan foydalanish ishonchli ekanligini kuzatildi.

Yuqoridagi ma'lumotlarga asoslanib xulosa qilsak, ToBRFV virusi Qoqio't (Taraxacum tanaiticum), Jag'-jag' (Capsella bursa-pastoris L), Oddiy sho'ra (Chenopodium quonea) kabi ko'p yillik o'simliklarda turli miqdorda to'planadi. Demak, bu o'simliklar ToBRFV virusining rezervator o'simliklari bo'lib xizmat qiladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. FAO. World Food and Agriculture—Statistical Yearbook 2021; Food and Agriculture Organization of the United Nations: Rome, Italy, 2021. [CrossRef].

2. Kadirova Z.N., Mavlyanova R.F., Silviya K. Green. Survey and diagnosis of viruses infecting vegetables, World conference, 10-15 June 2007, Urumchi, China.

3. Jens Ehlers, Shaheen Nourinejhad Zarghani, Bärbel Kroschewski, Carmen Büttner, Martina Bandte. Cleaning of Tomato brown rugose fruit virus (ToBRFV) from Contaminated Clothing of Greenhouse Employees, Horticulturae 2022, 8(8), 751; https://doi.org/10.3390/horticulturae8080751, Published: 19 August 2022.

4. Dombrovsky A, Smith E. Seed transmission of tobamoviruses: aspects of global disease distribution. In Advances in Seed Biology, ed. JC Jimenez-Lopez, pp. 2017.233-60. London: IntechOpen.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "STATUS AND DEVELOPMENT PROSPECTS OF FUNDAMENTAL AND APPLIED MICROBIOLOGY: THE VIEWPOINT OF YOUNG SCIENTISTS"

_25-26 SEPTEMBER, 2024_

5. Вахабов А.Х. Характеристика наиболее распространенных фитовирусов в экологических условиях Узбекистана: Дисс. доктор. биол. наук. - Киев: Институт Микробиологии АН УР. 1989- 254 c.

6. Файзиев В.Б., Кадирова З.Н., Вахобов А.Х., Эшбоев Ф., Жураева У.М. Изучение распространения у естественных растений резерваторов УВК методом ИФА //Вестник Прикаспия, Астраханская обл. №2 (5), 2014. c 6-10.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.