Научная статья на тему 'SOYA O‘SIMLIGINI KASALLANTIRUVCHI SOYA MOZAIKA VIRUSINI BIOLOGIK XUSUSIYATLARINI O‘RGANISH'

SOYA O‘SIMLIGINI KASALLANTIRUVCHI SOYA MOZAIKA VIRUSINI BIOLOGIK XUSUSIYATLARINI O‘RGANISH Текст научной статьи по специальности «Биологические науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
soya mozaika virusi (SMV) / nav va liniya / indikator o‘simlik.

Аннотация научной статьи по биологическим наукам, автор научной работы — Jumayorov Shuhrat Ikrom O‘G‘Li, Husanov Tohir Sunnatovich, Vahabov Abdurasul Hakimovich

Ushbu tadqiqotda soya mozaikasi kasalligining qo‘zg‘atuvchisi bo‘lgan SMV ni aniqlash uchun virusga o‘xshash alomatlar, O‘zbekiston Respublikasida yetishtrilayotgan Soyaning Sochilmas, Genetik-1, Extiyoj, Xotira, Uzumrud nav va liniyalarida kasallik tarqalishi monitoring qilindi. SMV ni indikator o‘simliklardagi kasallik alomatlari nekroz, mozaika alomatlari kuzatildi va SMV ni to‘plavchi indikator o‘simlik Nicotiana tabacum o‘simligidan foydalanishimiz mumkin.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «SOYA O‘SIMLIGINI KASALLANTIRUVCHI SOYA MOZAIKA VIRUSINI BIOLOGIK XUSUSIYATLARINI O‘RGANISH»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "STATUS AND DEVELOPMENT PROSPECTS OF FUNDAMENTAL AND APPLIED MICROBIOLOGY: THE VIEWPOINT OF YOUNG SCIENTISTS" _25-26 SEPTEMBER, 2024_

SOYA O'SIMLIGINI KASALLANTIRUVCHI SOYA MOZAIKA VIRUSINI BIOLOGIK XUSUSIYATLARINI O'RGANISH

Jumayorov Shuhrat Ikrom o'g'li, 2Husanov Tohir Sunnatovich, 3Vahabov Abdurasul

Hakimovich

1O'z R FA Mirrobiologiya instituti 2Katta ilmiy xodim, PhD, O'z R FA Mirrobiologiya instituti 3Biologiya fanlari doktori, professor, Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy Universiteti

https://doi.org/10.5281/zenodo.13837533

Annotatsiya. Ushbu tadqiqotdasoyamozaikasikasalliginingqo'zg'atuvchisi bo'lganSMV ni aniqlash uchun virusga o'xshash alomatlar, O'zbekiston Respublikasida yetishtrilayotgan Soyaning Sochilmas, Genetik-1, Extiyoj, Xotira, Uzumrud nav va liniyalarida kasallik tarqalishi monitoring qilindi. SMV ni indikator o'simliklardagi kasallik alomatlari nekroz, mozaika alomatlari kuzatildi va SMV ni to'plavchi indikator o'simlik Nicotiana tabacum o'simligidan foydalanishimiz mumkin.

Kalit so'zlar: soya mozaika virusi (SMV), nav va liniya, indikator o 'simlik.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "2017-2021-yillarda respublikada soya ekishni ko'paytirish va soya dukkakli ekinlarini o'stirishni tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 2017-yil 14- martdagi PQ-2832-son qarori ham O'zbekiston hududida soya o'simligini yetishirish va dala maydonlarini ko'paytishga qaratilgan[1,2]. Hozirgi kunda soya o'simligini zararlovchi turli kasalliklar mavjud bo'lib, ular orasida keng tarqalgani soya o'simligini kasallantiruvchi virusli kasalliklaridir. Soya mozaikasi virusi, soya tomirlar nekrozi virusi, soyaning pakanalik virusi, soya sariq mozaykasi va boshqalar soya o'simligiga sezilarli darajada ziyon keltirmoqda. Soya viruslari asosan soya urug'lari va hashoratlar orqali tabiatda keng tarqalib mexanik usulda xo'jayin va indikator o'simliklarga o'tadi [3,6]. Soya viruslarining zararli ekanligi haqidagi birinchi ilmiy ma'lumotlar XX-asrning boshlarida paydo bo'lgan. Ilmiy adabiyotlarda soyada rivojlanishi mumkin bo'lgan 67 dan ortiq viruslar tariflangan[4,8]. Ulardan 27 tasi soya yetishtirishga potensial ta'sir ko'rsatadi. Viruslar bilan kasallanishi oqibatida qishloq xo'jaligiga keladigan iqtisodiy zarar juda katta bo'lib, natijada ba'zan 24-40% gacha hosil yo'qotilishi kuzatilgan bo'lsa, ikkinchi tomondan urug'larning oqsil miqdori 7-19% gacha, yog' miqdori esa 2,0-2,5% kamayadi hamda mahsulotlarning tovar ko'rinishi va xususiyatlarini yomonlashuvi bilan izoxlanadi[5,7]. So'nggi o'n yilliklarda global isish, shuningdek, tashqi bozorlarga o'tish sababli, O'zbekistonda hamda boshqa soya yetishtiruvchi davlatlarda soya virusli kasalliklari muammosi dolzarb masalaga aylandi[3,5]. Soya virusi bilan kasallangan soya o'simligini kassallik alomatlari yashil mozaika ko'rinishida bo'lib, tomirlar orasida to'q yashil shishlar paydo bo'ladi, ular kasal tomirlar bo'ylab qatorlab yoki barg yuzasiga tasodifiy joylashadi. Kasallik bargning qirralarini pastga, tepalari esa yuqoriga burishiga olib keladi. Virus 18,5 °S haroratda 4 kunda yaxshi namoyon bo'ladi va 29,5° S da 14 kunda uning belgilari seziladi[8,4]. Viruslarga qarshi kurashish uchun uning ba'zi xususiyatlarini o'rganish muhimdir. Shuning uchun biz tajribalarimiz jarayonida virusni indikator o'simliklar yordamida kasallik alomatlarini o'rganish, SMV ni to'plovchi indikator o'simliklarni aniqlashni maqsad qilganmiz.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "STATUS AND DEVELOPMENT PROSPECTS OF FUNDAMENTAL AND APPLIED MICROBIOLOGY: THE VIEWPOINT OF YOUNG SCIENTISTS" _25-26 SEPTEMBER, 2024_

Biz tajribalarimiz davomida soya mozaika virusini tarqalishi va SMV ni mexanik usulda yuqtirib indikator o'simliklardagi kasallik alomatlarini o'rganish hamda virus to'plovchi o'simliklarni ajratib olish ishlari amalga oshirdek.

Tadqiqot ishlarini, O'zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Genetika va o'simliklar eksprimental biologiyasi institutida yetishtrilayotgan soyaning Sochilmas, Genetik-1, Extiyoj, Xotira navlaridan va Sabzavotchilik, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy - tadqiqot institutiga qarashli soya dalasida yetishtirilayotgan Uzumrud navlarida soya mozaika virusini tarqalishi o'rganildi. Soya mozaika virusiva soya mozaik virusi (SMV) izolyatini molekulyar identifikatsiya qilindi.

O'rganishlarimiz natijasida virus bilan kasallanishi (% hisobida) yuqori bo'lgan nav va liniyalar Genetik 1 liniyada 59 %, kasallanish o'rtacha Sochilmas navida 19 %, kasallanish past Xotira navida 8 %, Uzumrud navida 5 %, soya mozaika virusi bilan kasallanishi aniqlandi. Har bir nav kuzatib borildi va kasallangan o'simliklar qayd etildi. Soya mozaika virusining xo'jayin -o'simliklarda keltiradigan virusli kasallik namunalarini aniqlash uchun tajriba maydonida kasallangan o'simliklardan virusli shirasini ajratib olindi va turli oilaga mansub bo'lgan indikator o'simliklar mexanik usulda zararlantirildi hamda hosil bo'lgan kasallik alomatlari paydo bo'lishi kuzatib borildi. D.stramonium indikator o'simligida 9 kunda sistemali mozaika alomatlari hosil bo'ldi va 10 chi kundan mozaika yaqqol ko'rindi, Vigna ungiuculata indikator o'simligida 7 chi kunda sariq nekroz alomatlari hosil bo'lish boshlandi, hosil bo'lgan nekroz Nicotiana tabacum o'simligiga yuqtirildi, 12 kundan keyin sistemali mozaika alomatlari kuzatildi, 14 chi kundan boshlab mozaika alomatlari yaqqol namoyon bo'ldi. Biologik tozalangan SMV ni to'plovchi o'simlik sifatida Nicotiana tabacum dan foydalanish vaqtida havo harorati 30°C va undan yuqoqiroq bo'lganda ham kasallik alomatlarini osongina kuzatish mumkin bo'ldi.

Ushbu tadqiqot soya o'simligi virusli kasalligi soya mozaika virusini (SMV) aniqlashga qaratilgan bo'lib, mozaika, sarg'ishlik, bo'y o'sish va barg deformatsiyasi kabi alomatlarni ko'rsatadigan 4 ta soya navlaridan SMV tarqalishini va olingan kasallik namunalari tahlil qilindi. Shuningdek, indikatorli o'simliklardagi soya mozaikasi virusining belgilari va SMV ni to'plovchi indikator o'simliklar tanlab olindi. Tadqiqot natijasida O'zbekistonda soya ekinlarida SMVni nazorat qilish bo'yicha boshlang'ich strategiyalarini ishlab chiqish uchun tushunchalar beradi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 14.03.2017 yildagi PQ-2832-son.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida"gi Farmoni.

3. Vahobov A.H. Umumiy virusologiyadan amaliy mashg'ulotlar. I-jild, -Toshkent: Universitet, 2004. - 36-37 b.

4. Arif, M. & Hassan, S. 2002, "Evaluation of resistance in soybean germplasm to Soybean Mosaic Potyvirus under field conditions", Journal of Biological Sciences, vol. 2, no. 9, pp. 601-604.4. M. Jez ewska, K. Trzmiel, A. Zarzyn'ska-Nowak and M. Lewandowska., Identification of soybean mosaic virus in Poland. Journal of Plant Pathology (2015), 97 (2), 357-362.

5. Fayziev, V.B., Jovlieva, D.T., Juraeva, U.M., Shavkiev, J.M., Eshboev, F.M. 2020. Effects of PVXN-UZ 915 necrotic isolate of Potato virus X on amount of pigments of Datura stramonium leaves. J. Crit. Rev. 7: 400-403.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "STATUS AND DEVELOPMENT PROSPECTS OF FUNDAMENTAL AND APPLIED MICROBIOLOGY: THE VIEWPOINT OF YOUNG SCIENTISTS"

_25-26 SEPTEMBER, 2024_

6. EJ Sikora, JF Murphy, KS Lawrence Survey of fungal, Nematode and virus diseases of soybean in Alabama. 2011.

7. Gao, L., Ding, X, Li, K., Liao, W., Zhong, Y., Ren, R., et al. 2015. Characterization of Soybean mosaic virus resistance derived from inverted repeat-SMV-HC-Pro genes in multiple soybean cultivars. Theor. Appl. Genet. 128: 1489-1505.

8. Jumayorov Sh., Husanov T., Vaxobov A. Soya mozaikasi virusini soya o'simligning nav va liniyalardagi chidamlilik darajasini o'rganish. MIRZO ULUG'BEK NOMIDAGI O'ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI ILMIY JURNALI. 2023 3|2 Tabiiy fanlar turkumi. C 40-43

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.