Научная статья на тему 'SOYA O`SIMLIGINI KASALLANTIRUVCHI VIRUSLAR VA VIRUSLI KASALLIKLARI'

SOYA O`SIMLIGINI KASALLANTIRUVCHI VIRUSLAR VA VIRUSLI KASALLIKLARI Текст научной статьи по специальности «Биологические науки»

CC BY
610
76
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Soybean mosaic virus / soybean vein necrosis virus / soybean yellow mosaic virus / Fabaceae / Amaranthaceae / Chenopodiaceae / Aphis glycines / Tospovirus / Neohydatothrips variabilis / mozaika / nekroz / xloroz

Аннотация научной статьи по биологическим наукам, автор научной работы — Abduvaliyev B.A, Axmadaliyev B.J, Fayziyev V.B, Qodirova Z.N

Hozirgi kunda soya o‘simligini zararlovchi turli kasalliklar mavjud bo'lib, ular orasida 10 dan ziyod virusli kasalliklar aniqlangan bo`lib, ular turli toksonomik guruhlarga masubdir, beda mozaikasi virusi (Alfalfa mosaic virus), soya mozaikasi virusi (Soybean mosaic virus), soya tomirlar nekrozi virusi (soybean vein necrosis virus), soyaning pakanalik virusi (soybean dwarf virus), loviya sariq mozaika virusi (bean yellow mosaic virus), soya sariq mozaykasi (soybean yellow mosaic virus) va boshqalar. Soya viruslari tabiatda asosan soya urug`lari va hashoratlar orqali tabiatda tarqalib mexanik usulda xo`jayin va indikator o`simliklarga o'tadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «SOYA O`SIMLIGINI KASALLANTIRUVCHI VIRUSLAR VA VIRUSLI KASALLIKLARI»

>q )> d )> :>

Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №6

SOYA O SIMLIGINI KASALLANTIRUVCHI VIRUSLAR VA VIRUSLI

lW

>

KASALLIKLARI

I )> •:>

Abduvaliyev B.A

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti Aniq va tabiiy fanlar o'qitish metodikasi (biologiya) 1-kurs magistr

Axmadaliyev B.J OzRes FA Genetika va o'simliklar eksperimental biologiyasi instituti

3-kurs tayanch doktoranti Fayziyev V.B

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti Biologiya kafedrasi dotsenti b.f.d Qodirova Z.N OzRes FA Genetika va o'simliklar eksperimental biologiaya instituti katta ilmiy xodimi b.f.n https://doi.org/10.5281/zenodo.6772587

&

^ 1> Annotatsiya: Hozirgi kunda soya o'simligini zararlovchi turli kasalliklar

iw

m?

mavjud bo'lib, ular orasida 10 dan ziyod virusli kasalliklar aniqlangan bo'lib, ular turli toksonomik guruhlarga masubdir, beda mozaikasi virusi (Alfalfa mosaic virus), soya mozaikasi virusi (Soybean mosaic virus), soya tomirlar nekrozi virusi (soybean vein necrosis virus), soyaning pakanalik virusi (soybean dwarf virus), loviya sariq

mozaika virusi (bean yellow mosaic virus), soya sariq mozaykasi (soybean yellow

...... .

mosaic virus) va boshqalar. Soya viruslari tabiatda asosan soya urug'lari va

hashoratlar orqali tabiatda tarqalib mexanik usulda xo jayin va indikator o simliklarga o'tadi.

Kalit so'zlar: Soybean mosaic virus, soybean vein necrosis virus, soybean

yellow mosaic virus, Fabaceae, Amaranthaceae, Chenopodiaceae, Aphis glycines, m Tosp°vinis, Neohydatothrips variabilis, irozmka, irekroz, rfrara.

P>!>i yj

Hozirgi kunda dunyo aholisi soning ortish oziq-ovqat sanoati va qishloq

r» 1 n I 1 fti nr\Kr>l r>f1 rv I /11 rrn Mrv T71 nrrA-fA-A-n +r> I n K I n f /~l n 11 IrrtM K A In /1 rtn 11 K rv I /1 n I 1

*

xo'jaligi sohalari oldiga qo'yilayotgan talablardan kelib chiqgan holda sifatli va

tabiiy oziq-ovqatga bolgan talabni qondirishni o'z ichiga oladi. Aholi ehtiyojidan kelib chiqqan holda moyli va dukkakli o'simliklarning ekin maydonlarini ortishiga olib kelmoqda. Hozirgi kunga kelib, dunyo bo'yicha soya o'simligi 100 million gektardan ortiq maydonlarda yetishtirilmoqda. Ozbekiston Respublikasi Prezidentining "2017-2021-yillarda respublikada soya ekishni ko'paytirish va soya dukkakli ekinlarini o'stirishni tashkil etish chora-tadbirlari to,g,risida"gi 2017-yil 14-

v> ¡>

>q ] i )> >

-aTZZT&TrZiZa--K- rfisS& >

73

is* v

>q )> d )> :>

Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №6

martdagi PQ-2832-son qarori ham Ozbekiston hududida soya o'simligini yetishirish

#

va dala maydonlarini ko'paytishga qaratilgan.

Soya o'simligi tarkibida o'simlik moyi va oqsili saqlagan boshqa o'simliklarga nisbatan uning tarkibidagi oqsili 40-50% gacha, o'simlik moyi 30-35% va uglevodlar kam miqdorda saqlashi, hamda soya oqsili tarkibi hayvon oqsili tarkibiga (10 ta almashilmaydigan aminokislotalar mavjudligi) yaqin turadi. Shu bilan bir qatorda soya moyi tarkibida to'yinmagan yog' kislotalari ko'p miqdorda mavjudligi va

i \m-

xolesterin hamda palma yog'lari yo'qligi sababli xavfsiz o'simlik moyi hisoblanadi. Bundan tashqari, soya o'simligidan 300 ga yaqin oziq-ovqat, chorva mollari uchun yem-xashak va texnik vositalar uchun xom-ashyo mahsulotlari tayyorlanadi. Shu sababdan soya o'simligining ekin maydoni dunyo bo'yicha yildan-yilga ortib borayotganligi kuzatilmoqda [1, 2, 3].

Hayvonlar ozuqasi va o'simlik moyining dunyodagi eng muhim manbalaridan biri bo'lgan soya ko'plab viruslar bilan zararlanishi mumkin. Biroq, soyani potentsial yuqishi mumkin bo'lgan oz sonli viruslar soya yetishtirishning asosiy iqtisodiy muammolaridan hisoblanadi. Shuning uchun ishlab chiqaruvchilarga katta iqtisodiy yo'qotishlarni keltirib chiqaradigan yoki olib kelishi mumkin bo'lgan bir qancha virus keltirib chiqaradigan kasalliklarni nazorat qilish zarurligi ko'rsatadi.

»

Hozirgi kunda soya o'simligini zararlovchi turli kasalliklar mavjud bo'lib, ular orasida 10 dan ziyod virusli kasalliklar aniqlangan bo'lib, ular turli toksonomik guruhlarga masubdir, beda mozaikasi virusi (Alfalfa mosaic virus), soya mozaikasi virusi (Soybean mosaic virus), soya tomirlar nekrozi virusi (soybean vein necrosis virus), soyaning pakanalik virusi (soybean dwarf virus), loviya sariq mozaika

virusi

... . . , ,, .

(bean yellow mosaic virus), soya sariq mozaykasi (soybean yellow mosaic virus) va boshqalar. Soya viruslari tabiatda asosan soya urug'lari va hashoratlar orqali tabiatda tarqalib mexanik usulda xo'jayin va indikator o'simliklarga o'tadi [5].

Soya mozaikasi virusi (SMV) Potyvirideae oilasiga mansub bo'lib, dunyoning

barcha soya yetishtiriladigan hududlarida uchraydigan soya mozaikasi kasalligining keltirib chiqaruvchisi hisoblanadi. Virus birinchi marta 1915-yilda AQSH (Konnektikut) da aniqlangan. Soya mozaikasi virusi kasalligining qo'zg'atuvchisi Soybean mosaic virus bo'lib, kasallanish darajasi o'rtacha 8-35% ni ba'zan epidemiya J-jt

1 r> + 1 r) n O O 0/. rvn r> n TTA+1ftV»1 1T» 1 1 1 n -f\ T ■* T <~1 1I7" r» ni 1 /~1 r» -»"•! 1 t~x--t -»"> i n rr 1

holatida 98 % gacha yetishi mumkin. Virus o'simlik hosildorligining keskin

pasayishiga olib keladi. Ekin hosildorligining pasayishi 40% va undan ortiq darajaga yetishi mumkin, zararlangan urug'larda oqsil miqdori 20% gacha, yog' esa 2,5% gacha kamayadi [2]. Kasallikning eng asosiy tashqi belgilari o'simlikning zararlangan

! K*

barg yaproqlarida chiporlanish (yashil-sarg'ish mozaika) paydo bo'ladi (1-rasm). O'simlikning virus bilan zararlagan qismlarida sog'lom o'simlikga qaraganda xlorafill pigmenti 4 barobar kam ekanligi aniqlangan. Kuchsiz darajada zararlangan

-■„•„1:1, „-„„i„„^„^ u___^______• • „„..^

o'simlik to'qimalari o'sishi sekinlashadi, natijada barglarning deformasiyasi paydo

u>,* ^ «KQs

ы> >>

* : >

й*

>*

Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №6

bo'ladi, barglarda pufakka o'xshash shishlar, tomirlarning chuqurroq joylashishi tufayli ajinlar paydo bo'ladi. Taxminan 18°C da o'stirilgan o'simliklarda zararlanish eng yuqori darajaga chiqadi. Kasallik belgilari 24-25°C haroratda kamroq namoyon bo'ladi va 30°C dan yuqori darajada belgilar ko'rinmaydi. Harorat infektsiya va simptomning paydo bo'lishi o'rtasidagi vaqtga ham ta'sir qiladi, harorat 18,50 C da kasallik belgilari 4 kunda namoyon bo'lsa, 29,5-30 °C haroratda esa 14 kun o'tib kasallik alomatlari paydo bo'lishi kuzatilgan [5, 6, 8].

Л Л ^ -¿iiL

Sog'lom

Yengil daraja

O'rta daraja

ШЦ >

Ы >

*ф>

Ы >

1-rasm Soybean mosaic virus bilan zararlangan soya barglarining morfologik belgilari.

Virus bilan kasallangan o'simliklarning rivojlanishdan orqada qolishi, kam hosil berishi kuzatiladi. Zararlangan soya urug'larida och jigarrangdan to'q qora ranggacha bo'lgan dog'lar paydo bo'ladi. SMV va uning turli izolatlari 6 ta oilaga: Fabaceae, Amaranthaceae, Chenopodiaceae, Passifloraceae, Schrophulariaceae va Solanaceae mansub o'simlik turlarini kasallantirishi aniqlangan. Turli o'simliklarda SMV ning kasallik alomatlari morfologik namoyon bo'lmay, o'simlik hujayralarida yashirin holda virus saqlanishi qayd etilgan [9].

Virus bilan zararlangan o'simliklardan yig'ilgan urug'lar virus infeksiyasining asosiy manbai hisoblanadi, bunda virus urug'larda ikki yil davomida saqlanadi va so'ng yildan-yilga o'tkan sari infeksiyasi miqdori kamayib boradi. SMV infeksiyalangan urug'lardan tashqari 15 xil avlodga mansub bo'lgan 32 turdagi shira bitlari orqali nopersisent tarzda tarqaladi. Ular orasidan Acyrthosiphon pisum, Aphis fabae, Aphis glycines, Myzus persicae va Rhopalosiphum maidisni turlari keng SMV ni keng tarqatib epifitotiyaga sabab bo'lishi aniqlangan [10]. Ekuv materialida virusga xos alomatli urug'lar (dog'li urug'lar) qancha ko'p bo'lsa, dala maydonining soya mozaika virusi bilan kasallanish darajasi shuncha yuqori bo'lishiga sabab bo'ladi. Infektsiyalangan soya urug'laridan unib chiqqan nihol rivojlanishining 3 bargchali fazasida SMV ga xos alomatlar ya'ni barg tomirlari atrofida mozaika va barg plastinkasining ajinlanishi kuzatila boshlaydi [6].

"Soyaning tomirlararo nekrozlanish virusi" (soybean vein necrosis virus SVNV) yangi aniqlangan virus bo'lib, birinchi marta 2008-yilda AQSH (Tennessi va

>

Qj^f^S).

* -4v ,--

75

1 J * ¡w"

>

>>

* : > >>

#<b>

J>

>1>

ÄOli

Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №6

Arkanzas) da topilgan. Dunyoning soya yetishtiradigan mamlakatlarning (Argentina, Braziliya, Kanada va Rossiya) soya yetishtiruvchi hududlarida keng tarqalgan. Bu virus Tospovirus avlodiga mansub bo'lib [11], virioni o'ralgan zarrachalarga ega diametri 80-120 nm. Bu virus keng tarqalishiga qaramay, uning izolyat va shtammlari bir-biridan deyarli faqr qilmaydi. SVNV ning o'simlikdagi asosiy alomatlariga barg tomirlari yaqinidagi och yashildan to sariq (xlorotik) dog'larni o'z ichiga oladi. Xlorotik dog'lardan so'ng nekroz rivojlanadi, so'ngra barg quriydi, hamda SVNV ga yuqori ta'sirlanuvchi navlar quriydi (2-rasm). Barg tomirlari tiniq sariq yoki to'q jigarrang ko'rinishi mumkin. Ba'zi soya navlarida zararlanish sekin rivojlanadi yoki kasallik rivojlanishi va belgilari umuman ko'zga tashlanmaydi. Bu esa soyaning chidamli navlar bo'lishi mumkin. Soyaning dala maydonlarining katta qismi yuqori sezgir navlar keng tarqalgan bo'lib virusning tarqalishi va o'simlikning nobud bo'lishga olib kelishi mumkin. SVNV ning tashxis qo'yishda PZR va immunologik tahlil asosda aniqlash usullari ishlab chiqilgan [12].

J

hm*

*3>

i m

>

1 > *

2-rasm Soybean vein necrosis virus bilan zararlangan soya barglarining morfologik belgilari

SVNV ni tabiiy tarqalishida soya tripsi Neohydatothrips variabilis tomonidan virus sog'lom o'simliklarga yuqishiga sabab bo'ladi. Asteraceae, Convulaceae, Cucurbitaceae, Fabaceae va Solanaceae kabi bir nechta o'simlik oilalaridagi o'simlik turlarini zararlashi aniqlangan bo lsada, ammo alomatlar har doim ham aniq bo'lmasligi mumkin. Soyaning chidamli navlari ma'lum bo'lmasa-da, virus shtammlarining dala sharoitida belgilarni rivojlanishi aniq ko'zga tashlanmasligi tufayli soya genotipining o'zgarishi bilan bog'liq [9].

Loviyaning sariq mozaikasi virusi. Kasallik barcha tuproq va iqlim zonalarida keng tarqalgan. Kasallik zararkunandalarni zarari soya plantatsiyalarida tarqalishi yillar davomida 8-35% orasida o'zgarib turadi [5,8,13].

Kasallikning xarakterli alomatlari barglardagi o'simliklarning ikkinchi yarmida qattiq yorqin sariq dog'lar shaklida, shuningdek, tomirlarni chegaralaydigan yoki barg yaprog'ining butun yuzasiga tarqaladigan sarg'ish-yashil yoki sarg'ish rangli chiziqlar shaklida paydo bo'ladi (3-rasm). Ta'sir qilingan barglarning shakli o'zgarishi kuzatilmaydi. Keyinchalik barglar sarg'ayadi, mo'rt bo'lib, quriydi va

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

i :

i i -*

>

*4> i>j*

■ rè* J*|>

q >3* >

Qj^f^S).

-^T?* ,--

76

H>

s¡ >3*: \ *

1 J * ¡w"

>

4 >•,.

Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №6

o'ladi. Kasallikning qo'zg'atuvchisi bean yellow mosaic virus (loviya sariq mozaika virusi) bo'lib virusi barcha dukkakdoshlar oilsiga mansub o'simlik turlari uchrashi

J

nm

j>

m>

3-rasm Bean yellow mosaic virus bilan zararlangan soya barglarining morfologik belgilari

O' simliklarning vegetasiya davrida virus har xil turdagi Aleyrodinea (oqqanotlar 20 dan ortiq turlar) orqali tarqaladi, bandan tashqari kasal o'simliklarning shirasi orqali mexanik usul orqali ham yuqadi.

Virus infektsiyasining manbai dukkakli ekinlarning : soya, no'xat, loviya, yasmiq va boshqa turlarining urug'larida saqlanadi. Virusni tabiiy saqlab qolishda ko'p yillik dukkakli o'simliklar, gladiolus piyozchalari, turli xil ekin maydonlar atrofidagi qushqo'nmas o'simligi, ularning shirasida virus soya o'simliklarini rivojlanguncha saqlab turishi mumkin [5,8,13].

Sariq mozaikaning zarari o'simlik hosildorligining pasayishi bilan namoyon bo'ladi. Urug'lik etishmovchiligi 30-40% ga etishi mumkin, hosilning sifati sezilarli darajada pasayadi. Kasal o'simliklar urug'laridagi oqsil miqdori 15% gacha kamayadi.

Soya o'simligi ko'pincha bir vaqtning o'zida bir nechta kasalliklarning fitopatogen viruslar ta'sir qiladi, bunda don hosilini 15-85% ga, protein tarkibini 420% ga, moyni 5-10% ga kamaytiradi. Virusli kasalliklar hosildorlikni 30-60% ga kamaytirishi mumkin.

Eng xavfli virusli kasalliklar soya mozaika, soya tomirlar nekrozi virusi va loviya sariq mozaika hisoblanadi. [4,5,8].

Soya o'simligining virusli kasalliklarga qarshi sog'lom urug'larni tanlash samarali (sariq donli navlarida turli xil pigmentli urug'lar ekish uchun yaroqsiz), zararlangan o'simliklarni rivojlanishining dastlabki bosqichlarida o'z vaqtida olib tashlash, ekish vaqtini erta o'tkazish, ularga qarshi kimyoviy choralarni o'z vaqtida amalga oshirish - virusli infektsiyaning tashuvchisiga, chidamli navlarni ishlab chiqarishni kiritish mumkin va viruslarni o'rganish bo'yicha yetarlicha ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish juda samarali ishlardan biri hisoblanadi.

* ,--

>q )> d )> :>

Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №6

J> I><M:

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Атабоева Х,.Н. Соя. Т.: «Узбекистон миллий энциклопедияси» ДИН 2004. 98 с.

2. Атабоева X,., Кодирхужаев О. Усимликшунослик. (Дарслик) Т.: «Янги аср авлод» 2006. 160 с.

3. Ёрматова Д. "Дала экинлари биологияси ва етиштириш технологияси" (Дарслик) Тошкент 2000. 326 с.

4. Чирков В.Н. Донли экинлар. (Дарслик) Т.: «Укитувчи» 1975. 242 с

5. Киличова О.К., Кодирова З.Н. Соянинг вирус касалликлари. Маъмун Академиясининг 1000 йиллигига багишланган ёш олимлар конфренцияси. Хива: 2006.-218-219 б.

6. Файзиев В.Б., Кодирова З.Н., Вахрбов А.Х., Жавлиева Д.Т., Жураева У.М. Изучение распротранение и определение растений резерваторов Х и L вирусов методом иммуноферментного анализи//Научное обозрение: Биологическое науки. №2, 2019. -с. 79-86.

7. Fayziyev V.B., Vakhabov A.KH. The study of the biological properties of potato virus X in common environmental conditions of Uzbekistan// European Sciences review. № 1-2 2019 (January-Febrary). Volume 2, 46-50 p.

8. Hill, J. H. (1999). Soybean mosaic. In G. L. Hartman, J. B. Sinclair, & J. C. Rupe (Eds.), Compendium of soybean diseases. (4th ed., pp. 70-71). St. Paul, MN:

APS press.

9 i-

Soybeans" Advances in Virus Research, Volume 90 chapter seven 355-390 http://dx.doi.org/10.1016/B978-0-12-801246-8.00007-X

9. John H. Hill and Steven A. Whitham " Control of Virus Diseases in

i >

10. Edwardson, J. R., & Christie, R. G. (1991). Soybean mosaic virus. The potyvirus group, vol. III. University of Florida Monograph Series No. 16-111 (pp. 821-835).

11. Zhou, J., Kantartzi, S. K., Wen, R. H., Newman, M., Hajimorad, M. R., Rupe, J. C., et al. (2011). Molecular characterization of a new tospovirus infecting soybean. Virus Genes, 43, 289-295.

i>

12. Khatabi, B., Wen, R. H., Hershman, D. E., Kennedy, B. S., Newman, M. A., & Hajimorad, M. R. (2012). Generation of polyclonal antibodies and serological analyses of nucleocapsid protein of soybean vein necrosis-associated virus; a distinct

soybean infecting tospovirus serotype. European Journal of Plant Pathology, 133,

m>

783-790.

J w

13. https://agroflora.ru/virusnye-bolezni-soi/

a i> -Ы

Ы J>

~ egg |>ж

m ^ »L

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.