INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "STATUS AND DEVELOPMENT PROSPECTS OF FUNDAMENTAL AND APPLIED MICROBIOLOGY: THE VIEWPOINT OF YOUNG SCIENTISTS" _25-26 SEPTEMBER, 2024_
OLXO'RI PAKANALIGI VIRUSI (PDV) NI GILOS O'SIMLIGINING AYRIM FIZIOLOGIK XUSUSIYATLARIGA
TA'SIRI
Amindjonova G.K.
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti
Toshkent filiali, tayanch doktorant https://doi.org/10.5281/zenodo.13842090
Hozirgi kunda butun dunyoda aholi sonong o'sishi natijasida oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi mahsulotlariga bo'gan talab kundan kunga oshib bormoqda. Qishloq xo'jaligi mahsulotlarini yetishtirish borasida ko'plab ilmiy va agrotexnika tadbirlari olib borilmoqda. Biroq qishloq xo'jaligi mahsulotlarini eksport va import qilishning rivojlanishi bilan dunyo bo'ylab o'simliklarning turli kasalliklarini tarqalishi kundan-kunga kuchayib bormoqda. Bu esa qishloq xo'jaligi mahsulotlarini jumladan meva va sabzavotlarni yetishtirishda bir qancha muammolarni keltirmoqda [7,9]. Prunus oilasi vakillarini 40 dan ziyod viruslar zararlaydi. Shulardan Gilos daraxtini 20 dan ortiq viruslar kasallantirishi aniqlangan bo'lib, bu viruslar barglardagi o'ziga xos alomatlari asosida nomlangan: Gilos mevasining kichrayishi 1-Little cherry virus 1 (LChV-1), Gilos mevasining kichrayishi-2 Little Cherry virus 2 (LChV-2), Gilos bargaining dag'allashishi virusi-Cherry rasp leaf virus (CLRV), Strawberry Latent ring spot virus (SLRV), Gilos bargaining nekrotik dog'lanishi virusi-Cherry Necrotic Rusty Mottle (CNRMV), Gilos bargining yashil xalqasimon dog'li virusi-Cherry green ring mottle virus (ChGRMV), Gilosning A virusi-Cherry virus A (ChVA), Gilos bargaining buralishi virusi-Cherry twested leaf virus (CHTLV), Olxo'ri pakanaligi virusi -Prune dwarf virus (PDV) bu viruslar birgalikda yoki alohida holda gilos o'simligini kasallantirib, unda turli xarakterli kasallik alomatlarining kelib chiqishiga sabab bo'ladi [3,6,8,11].
Tadqiqot obekti sifatida Illavirus jinsiga, Bromoviridae oilasiga mansub bo'lgan Prune dwarf virus — Olxo'ri pakanaligi virusi (PDV) tanlab olindi. Olxo'ri pakanaligi virusi 22 nm bo'lib shakli tayoqchasimon. Ushbu virus danak mevali daraxtlarda aniqlangan birinchi viruslardan biridir. Birinchi marta 1928 yilda Gloyer va Glazgo tomonidan kasallik alomatlari topishgan, ammo ular bu alomatlar qishki jarohatlar natijasida kelib chiqqan belgilar deb taxmin qilishgan. 1936 yilda Tomas va Xildebrand Nyu-Yorkdagi va Ontariodagi italya olxo'risida PDV ni aniqlashgan [8].
Olxo'ri pakanaligi virusi (PDV) manbalarga qaraganda ushbu virus prunus turkumi vakillarini deyarli barchasida uchrydi lekin gilosda birmuncha keng tarqalgan. Shu bilan birga tabiiy kasallanish shaftoli va olxo'ri kabi daraxtlarda ham uchraydi. PDV gilos barglarida nekrotik va xlorotik dog'lar paydo bo'lishi va shaftoli va olxo'ri daraxtlarida esa bo'yning pasayishi kabi alomatlarni yuzaga keltiradi [8]. Prunus avium o' simligida asosan markaziy va ikkilamchi tomirlar negizida xlorozning yuzaga kelishi, xlorotik va halqalar dog'lar, barglarning xiralashishi va burishishi, kichik nekrotik dog'lar, xlorotik va nekrotik to'q jigarrang dog'lar va chiziqlar va barg plastinkasidagi qizg'ish nekroz kabi alomatlar kuzatiladi. Ushbu virus xosildorlikni 65 % gaxha paslatishi mumkin. Lekin virus bilan kasallangan o'simliklarning ham virusga qarshi himoya mexanizmlari mavjudki, ular kasallik paydo bo'lishi bilan o'simlikda o'z faoliyatini boshlaydi. Bu jarayon peroksidaza fermentining aktivligi bilan bog'liq, ya'ni virus o'simlik hujayrasiga
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "STATUS AND DEVELOPMENT PROSPECTS OF FUNDAMENTAL AND APPLIED MICROBIOLOGY: THE VIEWPOINT OF YOUNG SCIENTISTS" _25-26 SEPTEMBER, 2024_
kirishi bilan peroksidaza fermenti faolligi ortib virusga nisbat kurash, ya'ni ichki "immunitet"ni hosil qiladi [3,6,8,9].
Ushbu holatlarni inobatga olib, ishda PDV bilan kasallangan gilos (Prunus avium L.) o'simligi barg to'qimasida peroksidaza fermenti aktivligini nav xususiyatiga bog'liq holda o'rganish asosiy maqsad qilib olindi. Ushbu tadqiqotda o'rganilgan peroksidaza fermenti o'simlik hujayralarida oksidlanishni kamaytirish jarayonlarini tartibga soladi. Bu ferment oksidoreduktazalar sinfiga kiradi va o'ziga xos kofermentlarga va o'ziga xoslikka ega. Peroksidazaning asosiy xossalari kimyoviy birikmalarning oksidlanishini peroksid kislorod hisobiga turli spektral xususiyatlarga ega oraliq komplekslar hosil qilish orqali katalizlashdan iborat. Ushbu tadqiqotda o'rganilgan peroksidaza fermenti o'simlik hujayralarida oksidlanish-qaytarilish jarayonlarini tartibga soladi [3,5,].
Tadqiqotimiz davomida gilos o'simliklaridan, shuningdek, turli darajada virus bilan zararlangan o'simliklarning barglaridan tadqiqot varianti sifatida sog'lom o'simliklar namunalari olindi. Peroksidaza fermentini aktivligini o'rganish uchun Boyarkin usulidan foydalanildi. Tajribani o'tkazish uchun avval namuna tayyorlanadi. Buning uchun gilos o'simligining 4 ta nav (Rivershon, Bahor, Jayintred, Ziroat) larining barglari yig'ib olinib, analitik tarozida 10 mgdan qilib tortib olindi va chinni xovonchada 0,04 M (pH=7,4)li atsetat buferi bilan 1:1 nisbatda olinib gomogenizatsiya qilindi. Namunalar 4 qavatli dokadan o'tkazilib sentrifuga probirkalariga solindi va 4000 ayl./daq.da 15 daqiqa sentrifuga qilinib so'ng cho'kma usti suyuqligi olindi. Olingan cho'kma usti suyuqligi peroksidaza fermenti aktivligini aniqlash uchun dastlabki namuna bo'lib xizmat qildi [1,4,11,10].
Tayyorlab olingan namunalar tarkibida peroksidaza fermenti aniqlanadi, buning uchun A.N. Boyarkin usulidan foydalaniladi. Usulni o'tkazish uchun shisha plastinka yuzasiga 2 tomchi elyuent + 0,4 ml benzidin eritmasi + 0,2 ml distillangan suv + 0,2 ml H2O2 aralashmasi reaksiya tezligi asosida peroksidaza fermenti faolligi aniqlanadi. Peroksidaza fermenti faolligini aniqlashda Reason aralashmasidan foydalanildi. Buning uchun 10 ml probirkaga o'rganillayotgan namunadan 2 ml + 0,2 M (pH=4.7) li atsetat buferida suyultirilgan 0,005 M li benzidin 4 ml + distillangan suv 2 ml + 0,04 M li H2O2 aralashmasidan foydalanildi. Olingangan namunalar spektrfotometr aparatida 625-700 nm to'lqin uzunlikda o'lchanib, quyidagi formula yordamida peroksidaza fermenti aktivligi hisoblab topildi: Tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, peroksidaza nazorat ostida va virus bilan kasallangan o'simlikda ikki xil shaklda hujayra devori tomonidan zaiflashadi. S1 ya'ni bu 10 ml shipirisga 1mg barg tortib olinib unga bufer quyib bosim ostida ushlab turildi va sentrafuga qilindi. Olingan namunadan cho'kma usti suyuqligi ajratib olinib spektrfotometrda 625700 nm to'lqin uzunlikda o'lchandi. Bunda hujayra qobig'iga kuchsiz bog'langan peroksidaza fermentining aktivligi ko'rildi [10,12].
Eruvchan shaklning doimiy konsentratsiyasi erkin peroksidaza shaklnikidan yuqori ekanligini aniqladi. S2 ya'ni bu hujayra ichidagi erkin peroksidaza fermentni S1 ni sentrafuga qilgandan so'ng qolgan cho'kma olinib 5 ml atsetat bufer qo'shilib chinni hovonchada gomogenizatsiya qilindi va yana sentrafuga 5000 ayl/daq 15 daqiqa qilindi. Sentrafugada hosil bo'lgan cho'kma usti suyuqligi olinib spektrfotometrda 625-700 nm to'lqin uzunlida hujayra ichidagi erkin peroksidaza fermenti aktivligi aniqlandi [9,10,11,12].
Tahlil narijalari shuni ko'rsatdiki sog'lom o'simlikdagiga nisbatan kuchsiz kasallangan namunalarda perosidaza fermenti aktivligi kamayib so'ng o'rta va kuchli kasallanish darajalarida fermentning aktivligi ortib bordi. Natijadan ko'rinadiki PDV ga nisbatan o'simlik barg to'qimasida
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "STATUS AND DEVELOPMENT PROSPECTS OF FUNDAMENTAL AND APPLIED MICROBIOLOGY: THE VIEWPOINT OF YOUNG SCIENTISTS" _25-26 SEPTEMBER, 2024_
peroksidaza fermenti virus qarshi "immunitef'ni hosil qilayotganini ko'rish mumkin bo'ladi. Shu bilan birga, bu ikki xil fermentning darajasi kasallikning turli bosqichlarida, asosan, kasallanishning ortishi bilan ortib borishi aniqlandi. Shuning uchun o'simliklarning barg to'qimalarida virusning ko'payishi ferment aktivligi o'simliklarda patologik holatni keltirib chiqaradigan davri hisoblanadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI
1. Aninjonova. G.K., & Fayziev. V.B. (2023). Olxo'ri pakanaligi virusining (PDV) kasallik alomatlari va ahamiyati.Academic research in educational sciences, 4 (12). 149-153 b.
2. Sattorov M.S., Fayziev V.B., Tangriyev T.Ch // Международный научный журнал «Stanovlenie i razvitie eksperimentalnoy биология и Tadjikistane», 2022. №1-2, -с. 96-97.
3. Vahobov A.H.Virusalogiya asoslari. -370.// Toshkent. 2019.
4. To'rajonova, E.E., Fayziyev. V.B., Jovliyeva. D.T. Kartoshka X-virusining Datura stramonium o'simligi bargidagi xlorofil miqdoriga ta'sirini o'rganish. Andijon 2019
5. В.А. Андреева "Фермент пероксидаза" Москва «НАУКА» -1988. - С. 7, 21, 27, 91, 92). (И.Г. Газарян "Особенности структуры и механизма действия пероксидаз растений" / И.Г. Газарян, Д.М. Хушпульян, В.И. Тишков // Успехи биол. химии. - 2006. - Т. 46. -С. 303-322.
6. Бояркин А.Н. Быстрый метод определения активности пероксидазы// Биохимия. (1951) 352-357