Научная статья на тему 'To‘qimachilik korxonalari raqobat strategiyasi'

To‘qimachilik korxonalari raqobat strategiyasi Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and Education
Область наук
Ключевые слова
investisiya / raqobat / innovasion iqtisodiyot / to‘qimachilik / rivojlanish strategiyasi

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Bahtiyor Abdusamatovich Urishev

Ushbu maqolada to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoati korxonalarida investision faoliyatni boshqarish va faolligini oshirish muhim hisoblanadi. Innovasion iqtisodiyotning dinamik rivojlanish tendentsiyasi iste’molchilar talabini to‘liqroq qondirish va iqtisodiyotning zamonaviy tarmoqlarida mehnat unumdorligini yuqori darajada oshirish imkonini beradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «To‘qimachilik korxonalari raqobat strategiyasi»

To'qimachilik korxonalari raqobat strategiyasi

Bahtiyor Abdusamatovich Urishev Toshkent iqtisodiyot universiteti Andijon fakulteti

Annotatsiya: Ushbu maqolada to'qimachilik va tikuv-trikotaj sanoati korxonalarida investision faoliyatni boshqarish va faolligini oshirish muhim hisoblanadi. Innovasion iqtisodiyotning dinamik rivojlanish tendentsiyasi iste'molchilar talabini to'liqroq qondirish va iqtisodiyotning zamonaviy tarmoqlarida mehnat unumdorligini yuqori darajada oshirish imkonini beradi.

Kalit so'zlar: investisiya, raqobat, innovasion iqtisodiyot, to'qimachilik, rivojlanish strategiyasi

Competitive strategy of textile enterprises

Bakhtiyor Abdusamatovich Urishev Andijan Faculty of Tashkent University of Economics

Abstract: In this article, it is important to increase the activity and management of investment activities in the enterprises of the textile and sewing-knitting industry. The trend of dynamic development of the innovative economy allows to meet consumer demand more fully and to increase labor productivity in modern sectors of the economy at a high level.

Keywords: investment, competition, innovative economy, textiles, development strategy

Jahonda kuchli raqobat sharoitida to'qimachilik sanoati korxonalarini rivojlantirish bo'yicha bir qator ilmiy tadqiqotlar, jumladan, kimyoviy tola va iplardan shakl saqlovchanlik xususiyati yuqori bo'lgan, super zamonaviy gazlamalar va xom ashyo sarfini qisqartirish imkonini beradigan "engillashtirilgan" trikotaj matolari yaratish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga imkon beradigan ilg'or texnika va texnologiyalarni tadqiq qilish bo'yicha keng ko'lamli ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Bu borada jahon amaliyotida to'plangan tajribalarni qo'llashga alohida e'tibor qaratish va respublikamiz to'qimachilik sanoati korxonalarini boshqarish samaradorligini oshirishning ilmiy asoslarini takomillashtirish, to'qimachilik sanoati korxonalarini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi.

O'zbekiston to'qimachilik sanoati ulushi 2022-yili umumiy eksport hajmining 16,5 foizini tashkil etdi. Bu 3178,0 million AQSh dollari miqdorini tashkil qilib 2021-yilga nisbatan 8,6 foizga o'sdi.

Ty kh:m a™ ji h k a kc n o[>th j h h a me Kac hh h TaBciHji.ioB'ni acocHH KypcaTKHHJiap

20

2016 H 2017 M 201SH 2019Ü 2C2CÜ 2C21R 2C22fi

TyiiH%[aMH;THK. KHHHM-KeiaK EaTpnnoTa>K MaiEcy.TOT.Tapii 3Kcnc pri mooa \uyMjiii 3KcnopTaarn '.i" urn. °/o

2016 HH.ira HEKoaiaH 2D17-2D22 hi: i. i;piM' n TVKH\ta*iH:iHK SKcnopTKHrair ycmim, °/o

1-rasm. To'qimachilik eksporti dinamikasini tavsiflovchi asosiy ko'rsatkichlar

Manba: https://stat.uz/uz/-O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Huzuridagi Statistika

Agentligi

Respublikamizda to'qimachilik sanoati korxonalarini rivojlantirishda innovasion boshqaruv usullarini qo'llash, innovasiya va investisiyalarning boshqarish samaradorligini oshirish, mahsulot sifatini boshqarish tizimini takomillashtirish orqali xalqimizni sifatli to'qimachilik va engil sanoat mahsulotlariga bo'lgan ehtiyojini ta'minlash hamda tarmoqning eksport salohiyatini oshirishga qaratilgan ishlar amalga oshirilmoqda. "O'zbekiston Respublikasini rivojlantirish bo'yicha harakatlar strategiyasi"da "yuqori texnologiyali qayta ishlash tarmoqlarini, eng avvalo, mahalliy xom ashyo resurslarini chuqur qayta ishlash asosida yuqori qo'shimcha qiymatli tayyor mahsulot ishlab chiqarishni jadal rivojlantirishga qaratilgan sifat jihatidan yangi bosqichga o'tkazish orqali sanoatni yanada modernizasiya va diversifikasiya qilish"[4]. bo'yicha muhim vazifalar belgilab berilgan. Mazkur vazifalarning samarali ijrosi kuchli raqobat sharoitida O'zbekiston to'qimachilik sanoati korxonalarini rivojlantirish bo'yicha ilmiy taklif hamda amaliy tavsiyalar ishlab chiqishni taqozo etadi.

Bugungi kunda dunyo bozorida tabiiy tolalardan ishlab chiqariladigan mahsulotlarga bo'lgan talabning ortib borayotganini hisobga oladigan bo'lsak, O'zbekiston dunyo bozorida faqatgina paxta xom ashyosi emas, balki tayyor to'qimachilik va engil sanoat mahsulotlari etkazib beruvchi eksportyor sifatida tanilishi uchun ham keng imkoniyatlar borligini ta'kidlash zarur.

ISSN 2181-0842 / IMPACT FACTOR 4.182 339 [MJ^^^B]

2-rasm. To'qimachilik korxonalari raqobat strategiyasi Manba: "kuchli raqobat sharoitida O'zbekiston to'qimachilik sanoati korxonalarini

rivojlantirish strategiyalari" To'qimachilik korxonalaridagi jarayon mexanizasiyalashgan jarayon bo'lganligi hamda ko'p stanokchilikka asoslanganligi sababli innovasion investisiyalarni joriy etish korxonada mehnat unumdorligi hamda samaradorlikni oshirishning asosiy omilidir. Shuningdek, innovasiyalarni tatbiq etish jahon bozori talablariga javob bera oladigan, yangi xossa xususiyatlarga ega mahsulotlar assortimentini kengaytirish, ularning sifat ko'rsatkichlarini yaxshilash imkonini beradi.

Tadqiqot ishida ishlab chiqarish jarayonlarini monitoring qilish modeli ishlab chiqilgan bo'lib, uning asosida matritsalarni qurish va ishlab chiqarishning barcha bosqichlari sifatini va ishlab chiqarilgan mahsulot miqdorini, shuningdek

davomiyligini tavsiflovchi koeffitsientlarni hisoblash bilan ishlab chiqarish xaritasi paydo bo'ladi. ishlab chiqarish jarayoni, boshqaruv qarorlarini monitoring qilish va qo'llab-quvvatlash mexanizmi modellashtirilgan bo'lib, u yengil sanoat korxonasining raqobatdosh ustunliklariga erishish uchun nazorat harakatlariga asoslangan.

3-rasmda integrallashgan modelni hisobga olgan holda axborot tizimining hayot aylanishi algoritmi (boshqaruv qarorlarini monitoring qilish va qo'llab-quvvatlash modellari) ko'rsatilgan.

3-rasm - Korxona IP-ning hayot aylanishining sxemasi Tadqiqot ishining navbatdagi bosqichi raqamli texnologiyalar va innovatsion mahsulotlarni joriy etish asosida foydalanilayotgan ishlab chiqarishni boshqarish mexanizmlarini asoslashdan, ishlab chiqarishni raqamlashtirish va innovatsiyalarni joriy etish jarayonida ishlab chiqarishni boshqarish usullari tahlil qilishdan iborat. Ayniqsa murakkab bo'lgan ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarishning turli masalalarini muvaffaqiyatli hal qilish imkonini beruvchi loyiha yondashuvidan foydalanish taklif etiladi. Raqamlashtirishning yangi sharoitida tijorat kompaniyasini boshqarish jarayonining xususiyatlari 4-rasmda keltirilgan. Keyinchalik, biz sanoat korxonalarini samarali rivojlantirishni qiyinlashtiradigan kadrlar bilan ta'minlash muammolarini ko'rib chiqamiz.

Kadrlar bilan ta'minlash va malakasini oshirishni tashkil etishda yengil sanoat mutaxassislarini tayyorlaydigan ta'lim muassasalarida raqamli texnologiyalardan, jumladan, elektron ta'lim tizimidan foydalangan holda talabalarni tayyorlash tizimi mavjud. Lekin, birinchi navbatda, sohada talab katta bo'lgan ishchi mutaxassisliklar bo'yicha mutaxassislar tayyorlash tizimini yaratish zarur.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Khurana N. Indian Textile and Garment Industry A Prospective Area for Investment in India // Imperial Journal of Interdisciplinary Research. Vol -3, Issue-3, 2017

2. Abdusamatovich, U. B. (2022). FINDING THE OPTIMAL CONTENT OF COTTON FIBER IN THE MIXTURE. Academicia Globe: Inderscience Research, 3(04), 109-115.

3. Якубов, М.С., & Уришев, Б.А. (2020). Концепция повышения экономического потенциала текстильной промышленности. Universum: технические науки, (6-2 (75)), 57-59.

4. Sh. Korabaev, S. Matismailov, A. Yuldashev, D. Atanbaev, Solid State Technology 63(6), 15 (2020)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.