Научная статья на тему 'INNOVATSION TО‘QIMACHILIK KORPORATSIYALARINI TASHKIL ETISH VA TO`G`RIDAN-TO`G`RI XORIJIY INVESTITSIYALARNI TARTIBGA SOLISH CHEKLOVLARI INDEKISI'

INNOVATSION TО‘QIMACHILIK KORPORATSIYALARINI TASHKIL ETISH VA TO`G`RIDAN-TO`G`RI XORIJIY INVESTITSIYALARNI TARTIBGA SOLISH CHEKLOVLARI INDEKISI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
24
8
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Innovatsion tо‘qimachilik korporatsiyalari / yigirish / ipakchilik / tо‘qish / trikotaj / bо‘yash-pardozlash / gilamchilik / tikuvchilik / paxta / jun / ipak.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Qobulov Baxtiyorjon Ortiqboy Ogli

Ushbu maqolada innovatsion tо‘qimachilik korporatsiyalarini tashkil etishning o‘ziga xos jihatlari keltirilgan. Tо‘qimachilik sanoatida ishlab chiqarishni tashkil etishdagi asosiy vazifalar hamda innovatsion kompaniyalarning xususiyatlari tahlil qilingan. Innovatsion kompaniya tushunchasiga nisbatan yondashuvlar tadqiq etilgan. Innovatsion kompaniyalarning turlari, venchur kompaniyalari, eksplerent kompaniyalar, violent kompaniyalar va innovatsion kompaniyalarning rivojlanishi bosqichlari tadqiq qilingan hamda innovatsion tо‘qimachilik korporatsiyalarini tashkil etishning asosiy jihatlari bo‘yicha amaliy tavsiyalar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «INNOVATSION TО‘QIMACHILIK KORPORATSIYALARINI TASHKIL ETISH VA TO`G`RIDAN-TO`G`RI XORIJIY INVESTITSIYALARNI TARTIBGA SOLISH CHEKLOVLARI INDEKISI»

0 n 0 Q IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L O AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY

INNOVATSION TO'QIMACHILIK KORPORATSIYALARINI TASHKIL ETISH VA TO G RIDAN-TO G RI XORIJIY INVESTITSIYALARNI TARTIBGA SOLISH

CHEKLOVLARI INDEKISI Qobulov Baxtiyorjon Ortiqboy o'g'li

Bojxona qo'mitasining Bojxona institute Bojxona ishi fakultiteti 4-kurs kursanti

https://doi.org/10.5281/zenodo.10144773

Annotatsiya. Ushbu maqolada innovatsion to'qimachilik korporatsiyalarini tashkil etishning o'ziga xos jihatlari keltirilgan. To'qimachilik sanoatida ishlab chiqarishni tashkil etishdagi asosiy vazifalar hamda innovatsion kompaniyalarning xususiyatlari tahlil qilingan. Innovatsion kompaniya tushunchasiga nisbatan yondashuvlar tadqiq etilgan. Innovatsion kompaniyalarning turlari, venchur kompaniyalari, eksplerent kompaniyalar, violent kompaniyalar va innovatsion kompaniyalarning rivojlanishi bosqichlari tadqiq qilingan hamda innovatsion to'qimachilik korporatsiyalarini tashkil etishning asosiy jihatlari bo'yicha amaliy tavsiyalar berilgan.

Kalit so'zlar: Innovatsion to'qimachilik korporatsiyalari, yigirish, ipakchilik, to'qish, trikotaj, bo'yash-pardozlash, gilamchilik, tikuvchilik, paxta, jun, ipak.

Аннотация. В данной статье представлены специфические аспекты организации инновационных текстильных корпораций. Проанализированы основные задачи организации сущность текстильной отрасли, основные задачи в организации производства в текстильной промышленности и свойства инновационных компаний. Исследованы подходы, относительно к понятию инновационная компания. Рассмотрены виды инновационных компаний, в том числе венчурные компании, эксплерент компании, виолентные компании, а также этапы развития инновационных компаний, и приведены практические предложения по основным аспектам организации инновационных текстильных корпораций.

Ключевые слова: Инновационные текстильные предприятия, прядение, шелководство, вязание, крашение и отделка, ковровые изделия, пошив одежды, хлопок, шерсть, шелк.

Abstract. This article presents specific aspects of the organization of innovative textile corporations. The main tasks of organizing the essence of the textile industry, the main tasks in organizing production in the textile industry and the properties of innovative companies are analyzed. Moreover, approaches to the concept of an innovative company have been researched. Types of innovative companies, venture companies, exploitative companies, violent companies, and stages of development of innovative companies were studied, and practical recommendations were given on the main aspects of the organization of innovative textile corporations.

Keywords: Innovative textile corporations, spinning, silk industry, knitting, painting and finishing, carpet products, sewing, cotton, wool, silk.

Kirish

O'zbekiston to'qimachilik sanoati paxta tolasiga ishlov berish bo'yicha ko'p asrlik an'analarga ega. О'zbekiston orqali Buyuk ipak yo'li o'tgan ьо'нь, o'zbek hunarmandlari ishlab chiqargan tovarlar, ayniqsa shoyi-kimxob, atlas gazlamalar butun dunyoga ma'lum bo'lgan [2, 85-b].

Bugungi kunda dunyo bozorida tabiiy tolalardan ishlab chiqariladigan mahsulotlarga bo'lgan talabning ortib borayotganini hisobga oladigan bo'lsak, O'zbekiston dunyo bozorida

0 n 0 Q IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L O AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY

faqatgina paxta xom ashyosi emas, balki tayyor to'qimachilik sanoati mahsulotlari yetkazib beruvchi eksporter sifatida tanilishi uchun ham keng imkoniyatlarimiz borligini ta'kidlashimiz zarur [2, 85-b].

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 28.01.2022 yildagi "2022-2026 yillarga mo'ljallangan yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi PF-60-son Farmonining 22-maqsadida to'qimachilik sanoati mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 2 baravarga ko'paytirish masalasining qo'yilganligi, hozirda O'zbekistonda innovatsion to'qimachilik korporatsiyalarini tashkil etishning asosiy jihatlarini chuqurroq o'rganishimiz va tahlil qilishimiz kerakligini anglatadi [1].

Davlatimiz rahbari tomonidan olib borilayotgan odilona siyosatdan kelib chiqib, hozirgi paytda ortib borayotgan iqtisodiy ehtiyojlarni cheklangan resurslar bilan ratsional qondirish maqsadida to'qimachilik sanoati korxonalarning boshqaruv mexanizmini tubdan takomillashtirish, innovatsion g'oyalar asosida ishlab chiqarish hajmini va sifatini oshirish lozimligi, yuqorida PF-60-son Farmonda keltirilgan ustuvor vazifalar milliy iqtisodiyot tarmoqlari jumladan, to'qimachilik sanoati korxonalarida innovatsion boshqaruv mexanizmini tadqiq etishning dolzarbligini anglatadi [1].

Assosiy qism

To'qimachilik mahsulotlari eksportini oshirishni ta'minlashga yo'naltirilgan davlat siyosatida asosan to'qimachilik sanoati korxonalariga innovatsion loyihalarni tatbiq etish orqali yangi iste'mol qiymatlarini yaratish, ishlab chiqarish samaradorligini, ularning moliyaviy barqarorligini ta'minlash, shuningdek, milliy iqtisodiyotning xorijiy davlatlar iqtisodiyoti bilan global raqobatbardoshligi va rivojlanish indeksi ko'rsatkichlarini oshirishga e'tibor qaratilmoqda. Mazkur holat o'z o'rnida ishlab chiqarish sifatini ortishiga, daromad manbaining o'sishiga va sotib olish qobiliyatini yanada ortishiga olib keladi.

Shu o'rinda to'qimachilik sanoati, innovatsion to'qimachilik korporatsiyalari tushunchalarini mazmun-mohiyatiga nazariy jihatdan aniqlik kiritish maqsadga muvofiq hisoblanadi.

D.S.Nasirxodjayeva o'zining tadqiqotlarida, to'qimachilik sanoati - sanoatning yirik tarmoqlaridan hisoblanishi, u aholining iste'mol buyumlariga bo'lgan shaxsiy ehtiyojlarini qondirishi, shu bilan birga shu buyumlarni ishlab chiqarish uchun hamda sanoatning boshqa tarmoqlarida foydalaniladigan materiallarni tayyorlab berishligini ta'kidlab o'tgan. To'qimachilik sanoati tarkibiga yigirish, ipakchilik, to'qish, trikotaj, bo'yash-pardozlash, gilamchilik, tikuvchilik kabi tarmoqlar kirishini ham aytib o'tgan [4, 18-b].

G.D.Xasanovaning tadqiqotlarida innovatsion to'qimachilik korporatsiyalari - o'z resurslarini real ilmiy-tadqiqot va tajriba konstruktorlik ishlanmalariga kiritish orqali ishlab chiqarish tizimini sifat jihatidan samaradorligini yoki mahsulot sifatini oshirishni ta'minlaydigan kompaniyalar hisoblanishi, bunday kompaniyalarni tashkil etish bugungi kunda to'qimachilik sanoatini rivojlantirishdagi muhim strategik yo'nalishlardan hisoblanishi alohida ta'kidlangan.

Bizning fikrimizcha esa, faqatgina innovatsiyalar bo'yicha ilg'orlik qilishgina, bozor ulushidagi, mahsulotni sotish hajmidagi, iste'molchilar sonidagi hamda yuqori brendga egalik qilishda ilg'orlikka ega bo'lishdagi to'siqlarni osonlik bilan olib tashlashga imkon beradi. Shu boisdan ham, innovatsiyalar kelajakdagi rivojlanishning kaliti hisoblanadi.

Mazkur olimlarning ilmiy izlanishlaridan xulosa qilish mumkinki, to'qimachilik sanoatida paxta, jun, ipak, zig'ir va boshqa xom ashyolar qayta ishlanadi, turli gazlamalar tayyorlanadi, shuningdek trikotaj buyumlar, tukuv-galanteriya buyumlari va boshqalar chiqariladi.

NOVEMBER 17 INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

nnoQ IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L O AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY

To'qimachilik tarmog'ining salmog'i mazkur sanoat tarmoqlari ichida eng yuqori bo'lib, 65 %dan ko'proqni tashkil qiladi. Trikotaj-tikuvchilik tarmog'i aholi uchun kiyim-kechaklar tayyorlaydi. Uning salmog'i to'qimachilik sanoati umumiy hajmining 2/5 qismini tashkil qiladi [7]. Ishlab chiqarishni to'g'ri tashkil qilish sanoat korxonalarining oldida turgan asosiy vazifadir.

Ishlab chiqarish jarayoni 3 elementning ishchi kuchi, mehnat predmetlari va mehnat qurollarining birgalikdagi harakatidan vujudga keladi. Shuning uchun bu elementlar bir-biri bilan bevosita bog'liq bo'lib, ma'lum bir munosabatda bo'ladilar. Bular o'rtasidagi munosabat oqilona va tejamkorlik asosida tashkil etilishi kerak. Yuqori texnika darajasi va murakkab texnologiyaga ega bo'lgan korxonalarda ishlab chiqarishni puxta tashkil qilmasdan turib, ko'zlangan maqsadga erishib bo'lmaydi. Ayniqsa, hozirgi bozor iqtisodiyotiga o'tish davrida bu yana ham muhimroq ahamiyatga egadir. Chunki, ichki rezervlarni qidirib topish, kishilarning ish vaqtidan to'liq foydalanish, asosiy, aylanma mablag'lardan yanada to'liqroq foydalanish uchun ham ishlab chiqarishni to'g'ri tashkil qilish kerak.

Tahlillarga ko'ra, aytish mumkinki, to'qimachilik korxonalarida ishlab chiqarishni tashkil qilish bu aniq ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarda jonli mehnatni ishlab chiqarishning moddiy elementlari bilan samarali qo'shish sohasidagi tadbirlar majmuasidir. Ya'ni - bu ishlab chiqarishning barcha moddiy va mehnat elementlarini vaqt va makon jihatdan muvofiqlashtirishdan iboratdir. Mahsulot ishlab chiqarishni jadallashtirish, fan-texnika sur'atini oshirish zarurligi ishlab chiqarishni tashkil etishda quyidagi vazifalarni qo'yadi (1-rasm):

1-rasm. Ishlab chiqarishni tashkil etishdagi vazifalar [3, 42-b]

An'naviy shaklda to'qimachilik sanoati korxonalarini tashkil etishda, ularni paxtaga dastlabki ishlov berish, yigirish, to'qish, bo'yash-pardozlash, tikuvchilik korxonalari shaklida, yoki vertikal integratsiyalashgan mas'uliyati cheklangan jamiyat, aksiyadorlik jamiyatlari, kichik biznes korxonalari, chet el korxonasi yoki qo'shma korxona maqomiga ega bo'lgan korxonalar shaklida tashkil etishimiz mumkin.

Ishlab chiqarish jarayonini tashkil qilish - bu aniq ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarda jonli mehnatni ishlab chiqarishning moddiy elementlari bilan samarali olib borish sohasidagi tadbirlar majmuasidir. Bunda ishlab chiqarishning barcha moddiy va mehnat elementlarini vaqt va makon jihatdan muvofiqlashtirishdan iboratdir.

0 n 0 Q IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L O AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY

Ishlab chiqarish jarayoni bir qancha jarayonlardan tashkil topadi. Texnologik jarayon predmetlar holatini o'zgartirish va aniqlash bo'yicha bir maqsadni ko'zlagan faoliyatni o'z ichiga olgan ishlab chiqarish jarayonining bir qismidir. Ishlab chiqarish jarayoni asosiy, yordamchi va xizmat ko'rsatuvchi jarayonlarga ajratiladi. Asosiy ishlab chiqarish jarayonlari xom ashyoni shakl yoki holatini bevosita o'zgartirish uchun mo'ljallangan. Masalan, kiyim detallarini kesish, tikish, dazmollash va boshqalar.

Asosiy jarayonlarning bir ma'romda ishlashini ta'minlash uchun qo'llaniladigan jarayonni yordamchi ishlab chiqarish jarayoni deyiladi. Xizmat ko'rsatuvchi ishlab chiqarish jarayoni asosiy va yordamchi jarayonlarning to'xtovsiz ishlashini ta'minlaydi. Masalan, omborxona va transport xizmatlari.

Bajarilayotgan texnologik operatsiyalarning xarakteriga ko'ra, tayyorlash, qayta tayyorlash yoki qayta ishlash va yig'ish ishlari amalga oshiriladi. To'qimachilik sanoati korxonalarida kiyim-boshlarni detallariga ishlov berish, yig'ish, pardozlash - ishlab chiqarishning texnologik jarayoni hisoblanadi. Texnologik jarayonni bajarilish usuliga ko'ra, u qo'l mehnati, mexanizatsiyalashgan, avtomatlashgan ishlab chiqarish jarayonlariga ajratiladi.

Ishlab chiqarish jarayonini tashkil etishning usuliga ko'ra, u uzluksiz yoki uzlukli bo'lishi mumkin. Uzluksiz ishlab chiqarish jarayonini potok ishlab chiqarish usuli deb ham ataladi.

Uzluksiz ishlab chiqarish - mahsulot ishlab chiqarish jarayonini tashkil etishning iqtisodiy maqsadga muvofiq shakli bo'lib, u ixtisoslashuv, to'g'ri oqimli, parallel, beto'xtov, bir maromdalik va proporsionallik qoidalarini o'zida jamlaydi. Uzluksiz ishlab chiqarishda

mahsulot ishlab chiqarish jarayonining beto'xtovligi hisobiga yuksak mehnat unumdorligiga erishishlari, uzlukli ishlab chiqarishga qaraganda mehnat sarfini, moddiy va energiya manbalarini ancha iqtisod qilish natijasida uning yuksak sifatli bo'lishiga erishiladi [3, 61-b].

Innovatsion to'qimachilik korporatsiyalari - o'z resurslarini real ilmiy-tadqiqot va tajriba konstruktorlik ishlanmalariga kiritish orqali ishlab chiqarish tizimini sifat jihatidan samaradorligini yoki mahsulot sifatini oshirishni ta'minlaydigan kompaniyalar hisoblanib, bunday kompaniyalarni tashkil etish bugungi kunda to'qimachilik sanoatini rivojlantirishdagi muhim strategik yo'nalishlardan hisoblanadi.

Innovatsion to'qimachilik korporatsiyalarining eng muhim funksiyasi ilmiy-texnikaviy hamda ishlab chiqarish sohalari o'rtasida vositachilik vazifasini amalga oshirish, raqobat sharoitida ular o'rtasidagi iqtisodiy almashuvni uzilishlarsiz ta'minlashdan iboratdir. Innovatsion to'qimachilik korporatsiyalari ilmiy-tadqiqot faoliyati mahsulini, ishlab chiqarish sohasida ishlatishga imkon beradigan holatga keltirilgunicha, yangi ijtimoiy ehtiyojni qondira oladigan tijorat bo'yicha hamkor qidiradilar.

Demak, innovatsion to'qimachilik korporatsiyalari ilmiy-tadqiqot sohasida yaratilgan mahsulotni xo'jalik sohasida olinadigan mahsulotga transformatsiya qilish orqali xarajatlarni qisqartirishga bo'lgan ijtimoiy ehtiyoj natijasida yuzaga keladi. Innovatsion korporatsiyalar ba'zi sarflarni yo'qotish va ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirish imkonini beradi, xususan ular bozor munosabatlari doirasida ilmiy-tadqiqot institutlari va xususiy xo'jalik yurituvchi sub'yektlarning samarali o'zaro faoliyatini ta'minlaydigan institutsional tuzilma hisoblanadi.

Aytishimiz mumkinki, innovatsion tadbirkorlik ko'p qirrali iqtisodiy faoliyatdir. Bunda tadbirkor sifatida innovatsion mahsulotlarni, texnologiyalarni ishlab chiqaradigan hamda innovatsion mahsulotni bevosita yaratuvchidan uning iste'molchilariga yetkazib berish xizmatlarini bajaruvchi vositachi jismoniy va yuridik shaxslar hisoblanadilar.

Innovatsion kompaniya deganda nimani tushunamiz, degan savolga javob berar ekanmiz,

0 n 0 Q IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L O AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY

unga nisbatan turlicha yondoshish mumkin:

- agar siz yangi distributsiya kanallarini yaratsangiz, demak siz innovatsion kompaniyasiz;

- agar siz kompaniya va iste'molchi o'rtasida yanada mustahkamroq munosabatlar, emotsional aloqalarga imkon beradigan ochiq muloqot o'rnata olsangiz, demak siz innovatsion kompaniyasiz;

- agar siz o'z iste'molchingizni xayratlantira oladigan eng zamonaviy mahsulotni yarata olsangiz, demak siz innovatsion kompaniyasiz;

- agar siz o'z mahsulotlaringizni ishlab chiqarishda eng zamonaviy texnologiyalardan foydalansangiz, demak siz innovatsion kompaniyasiz.

Afsuski, zamonaviy kompaniyalarimizning diqqat markazi ko'proq boshqa masalalarga qaratilgan, xususan:

- mahalliy biznesni fokuslash;

- bozorda maksimal katta ulushga ega bo'lishlik;

- eng ko'p sonli mijozlarga ega bo'lish;

- o'sish sur'atlari va yangi bozorlarni egallash;

- taniqli brendga egalik qilish.

Achinarlisi, shundaki, yuqorida keltirilgan maqsadlardan birortasi ham, kelajakni ta'minlashga qaratilmagan. Ularning barchasida bugun, shu yerda yaxshi bo'lishini ta'minlash ko'zda tutilgan.

Fikrimizcha, faqatgina innovatsiyalar bo'yicha ilg'orlik qilishgina, bozor ulushidagi, mahsulotni sotish hajmidagi, iste'molchilar sonidagi hamda yuqori brendga egalik qilishda ilg'orlikka ega bo'lishdagi to'siqlarni osonlik bilan olib tashlashga imkon beradi. Shu boisdan ham, innovatsiyalar kelajakdagi rivojlanishning kaliti hisoblanadi.

Innovatsion kompaniyalarning beshta tipini farqlashimiz mumkin:

1. Venchur kompaniyalar.

2. Eksplerent kompaniyalar.

3. Patient kompaniyalar.

4. Violent kompaniyalar.

5. Kommutant kompaniyalar.

Venchur kompaniyalar ixtirochilik faol o'sayotgan, to'yingan, shu bilan birga ilmiy tadqiqotlar faolligi pasaya borayotgan bosqichda ishlaydilar. Bunday kompaniyalar odatda, mahsulot ishlab chiqarishni tashkil etmaganlari bois, foyda normasi yuqori bo'lmaydi, ular o'z ishlanmalarini boshqa kompaniyalar - eksplerent, patient, kommutantlarga uzatadilar.

Venchur kompaniyalarda ishlovchilarning soni kam bo'ladi, shu bois ular boshqa yirikroq kompaniyalar tarkibida ham bo'lishlari mumkin. Venchur kompaniyalarni yaratish uchun bir qator tarkibiy unsurlar talab qilinadi:

- yangi tur mahsuloti yoki yangi texnologiyaning innovatsion g'oyasi;

- yangi firmani tashkil etish orqali ijtimoiy ehtiyojni qondirishga tayyor bo'lgan tadbirkor;

- shunday firmalarni moliyalashtirish uchun tavakkalchilikka asoslanadigan kapitalning mavjud bo'lishi.

Venchur kompaniyalarini ikkita turga ajratish mumkin:

- shaxsiy tavakkalchilikka asoslangan biznes;

- yirik korporatsiyalarning ichki tavakkalchilikka asoslangan loyihalari.

O'z navbatida shaxsiy tavakkalchilikka asoslangan biznes ham ikki turga bo'linadi. Birinchi turga mustaqil kichik innovatsion firmalarni kiritish mumkin. Ikkinchisi esa, yuqoridagi

0 n 0 Q IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L O AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY

birinchi tur firmalarga kapital yetkazib beradigan moliyaviy tashkilotlar hisoblanadi.

Ichki tavakkalchilikka asoslangan loyihalar yoki boshqacha qilib aytadigan bo'lsak, ichki venchurlar yirik korporatsiyalar tarkibida, ma'lum mustaqillikka ega bo'lgan kichik bo'linma hisoblanib, yangi turdagi ilmni ko'p talab qiladigan mahsulotlarni yaratish va ishlab chiqarishga qo'yish maqsadida tashkil etiladi. Loyiha ma'qullansa, g'oya muallifi ichki venchurni boshqaradi. Bunday bo'linma korporatsiya rahbariyatining eng kam aralashuvi asosida faoliyat olib boradi. Ichki venchur belgilangan muddatda yangilik ishlanmasini tayyorlab ulgurishi hamda yangi mahsulot turini ommaviy ishlab chiqarish uchun topshirishi kerak bo'ladi.

Shaxsiy tavakkalchilikka asoslangan biznes hamda yirik korporatsiyalarning ichki tavakkalchilikka asoslangan loyihalari o'rtasidagi oraliq tashkilot bo'lib, ilmiy tadqiqotlarga asoslanadigan kichik firma va yirik kompaniyalarni birlashtiruvchi yangi tipdagi qo'shma korxonalarning tashkil etilishi hisoblanadi. Bunday birlashmalarda kichik firmalar yangi mahsulot ishlanmalarini yaratadilar, yirik kompaniyalar esa, ularni tadqiqot ishlarini amalga oshirish uchun zarur vositalar bilan tahminlaydilar, mijozlarga xizmat ko'rsatishni tashkil etadilar, ularni zaruriy moliyaviy resurslar bilan ta'minlaydilar.

Eksplerent kompaniyalar - bozorning eski segmentlarini tubdan o'zgartirish hamda yangilarini yaratishga ixtisoslashadilar. Ularning vazifasi yangiliklarni bozorga harakatlantirishdan iborat. Eksplerent kompaniyalar xuddi venchur kompaniyalar singari katta bo'lmaydi. Eksplerent kompaniyalar oldida, yangi tur mahsulot uchun jozibali yangi bozor yaratilganida, mahsulot ishlab chiqarish hajmi muammosi yuzaga keladi. Eksplerent o'zi tavsiya etayotgan yangilikni katta hajmda ko'paytira olmaydi. Yangi mahsulot turini yetkazib berishni kechiktirilishi esa, o'z navbatida uning nusxalari, analoglari yuzaga kelishi havfini tug'diradi. Shu boisdan ham, eksplerentning yirik kompaniyalar bilan hamkorlik qilishi manfaatlidir, hamda foydaning yuqori bo'lishini ta'minlovchi omillardan hisoblanadi. Bugungi kunda venchur va eksplerent kompaniyalar rivojlangan g'arb davlatlari iqtisodiyotida ilmiy-texnikaviy taraqqiyot yangiliklarini ishlab chiqarishga tezkor joriy etish uchun qulay shart-sharoit yaratmoqdalar [5, 138-b].

Patient kompaniyalar tor bozor segmentiga asoslanadilar. Ular bozorning tor segmenti uchun ishlaydilar hamda moda yo'nalishlari, reklama va boshqalar orqali shakllantirilgan ehtiyojlarni qondiradilar.

Bunday kompaniyalar mahsulot ishlab chiqarish hajmining o'sishi bosqichida, shu bilan bir vaqtda ixtirochilik faolligining pasayishi bosqichida ham faoliyat yuritadilar. Bunday kompaniyalrda mahsulotning sifati va hajmiga bo'lgan talab bozorni egallash muammosi bilan bog'liq. Bunda ilmiy tadqiqot ishlanmasini olib borish yoki to'xtatish haqida qaror qabul qilish, litsenziyani sotib olish yoki sotish zaruriyati yuzaga keladi. Bungday kompaniyalar faoliyatini tashkil etish daromadli hisoblanadi, shu bilan birga, uni inqirozga olib kelishi mumkin bo'lgan noto'g'ri qaror ham qabul qilinishi mumkin [5, 139-b].

Yirik standart biznes sohasida violent kompaniyalarni tashkil etish mumkin.

Violent kompaniyalar kuchga asoslangan strategiyani amalga oshiradilar. Ular yuqori darajadagi zamonaviy texnologiyalarga, yirik kapitalga ega kompaniyalar hisoblanadi. Violent kompaniyalar o'rtacha sifatdagi va o'rtacha narxga ega bo'lgan, keng iste'molchilar doirasi uchun mahsulotni yirik partiyalarda ommaviy ishlab chiqarishni tashkil etadigan kompaniyalardir [6, 50-b].

Mahalliy iste'molchilarning ehtiyojlarini qondirishda kichik biznes bilan shug'ullanuvchi kommutant kompaniyalarning o'rni katta. Bunday kompaniyalar mahsulot ishlab chiqarish sikli

0 n 0 Q IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L O AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY

pasayayotgan bosqichda maydonga chiqadi. Kommutant kompaniyalardagi siyosat mahsulotni o'z vaqtida ishlab chiqarishga qo'yish, kompaniyada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning iste'molchilar talabidan kelib chiqqan holdagi o'ziga xos tavsifi bo'yicha tezkor qarorlarni qabul qilishga qaratilgan.

Innovatsiyalar innovatsion g'oyani tug'ilishi, innovatsion mahsulot bozoriga chiqishi hamda uning eskirishigacha, bir qancha bosqichlarni bosib o'tadi. Innovatsiyalarni rivojlantirishdagi tavakkalchilik darajasi turli bosqichlarda turlicha bo'ladi. Bu holat esa, har bir bosqichda ishning turli investorlar tomonidan moliyalashtirilishini taqozo etadi.

Innovatsion kompaniyalarning rivojlanishi bir necha bosqichda amalga oshiriladi.

Dastlabki bosqich (Seed) kompaniyaning shakllantirilishi, loyiha yoki biznes-g'oyaning, boshqaruv komandasini yaratish, ilmiy-tadqiqot, loyiha-konstruktorlik ishlarining amalga oshirilishi, marketing tadqiqotlarini boshlab yuborilishi bilan tavsiflanadi.

Ikkinchi bosqich - startap (Start-ap) bosqichida kompaniya shakllangan bo'ladi. Biznes reja ishlab chiqilgan bo'lib, tajriba namunalari yaratilganligi hamda seriyali ishlab chiqarishni tashkil etilishi xosdir. Mazkur bosqichda mahsulotni bozorga olib chiqish borasida ishlar olimb boriladi.

Keyingi bosqich (Early stage, early growth) boshlang'ich o'sish bosqichi hisoblanib, bu bosqichda mahsulot ishlab chiqariladi hamda tayyor mahsulot sotuvini tijoratlashtirish ishlari amalga oshiriladi. Bunda kompaniya hali barqaror foydaga erishmagan bo'ladi. Mazkur bosqichda zararlarsiz mahsulot ishlab chiqarish nuqtasiga chiqishi zarur hisoblanadi.

Innovatsion kompaniyalar rivojlanishining to'rtinchi bosqichi (Expansion) o'sish, kengaytirish bosqichi hisoblanib, kompaniyaning bozorda ma'lum mavqega ega bo'lishi, barqaror foyda zonasiga chiqishi, ishlab chiqarish va sotish hajmining kengayishi, qo'shimcha marketing tadqiqotlarining o'tkazilishi, asosiy fondlar hajmining o'sishi bilan tavsiflanadi.

So'nggi bosqich (Later stage) barqaror rivojlanish bosqichi bo'lib, mazkur bosqich uchun maqsadli bozorlardagi mustahkam mavqega egalik qilish, barqaror foyda va dividendlarning to'lanishi, yillik o'rtacha o'sish sur'atlari unchalik yuqori bo'lmasligi hamda kompaniya aksiyalarining birjalarda sotilishi mumkinligi hosdir.

Tashkiliy loyihalashtirish, yangi model va tuzilmalardan foydalanish to'qimachilik sanoatida innovatsion korporatsiyalarni tashkil etishning muhim masalalaridan hisoblanadi (2-rasm).

NOVEMBER 17 INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

nnoQ IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L O AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY

2-rasm. Innovatsion kompaniyalarning xususiyatlari [5, 140-b]

Innovatsion korporatsiyalarning xususiyatlari tashkilot ichida, xuddi ochiq tizim ichidagi kabi tizimosti tizimlarning, tuzilmalarning hamda ularni tashkil etgan elementlarning o'zaro bog'liqligini tavsiflaydi.

Yangi tipdagi tashkilot ikki tomonlama muhim jihatlari bilan tavsiflanadi.

Birinchidan, ichki tuzilmalar, unsurlarning ichki o'zaro bog'liqligi, omillar hamda tizimosti tizimlariga. Bunday asoslanish bo'limlarning mustaqilligini ta'minlashga asoslangan bo'lib, ko'p sondagi tashkiliy shakllarning manevrchanligini, tezkorligini, shuningdek yangi usullarning, texnologiyalarning, mahsulot va xizmatlarning, tuzilmalar egiluvchanligining hamda boshqarish usullarining turli-tumanligini ta'minlaydi.

Ikkinchi muhim jihati, ularning tashqi muhit omillariga qaratilganligi hisoblanib, u uzoq muddatli an'anaviylik hamda barqarorlik bilan bog'liqligi va tizimning tashqi muhitda rivojlana olishi bilan tavsiflanadi.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Shuni ta'kidlashimiz mumkinki, tashkilot faoliyatiga ta'sir ko'rsatuvchi unsurlarning oddiy to'plamiga nisbatan, o'zini-o'zi rivojlantirish va takomillashtirishga asoslangan murakkab tizimlarda, jumladan innovatsion tashkilotlarda sinergetik samara yuqori bo'ladi.

Innovatsion tashkilotlarni rivojlantirishning yuqorida keltirib o'tilgan ikkita asosiy jihatiga asoslangan holda, ularni tavsiflovchi belgilarning to'rtta asosiy funksional kategoriyasini farqlashimiz mumkin, xususan tizimning moslashuvi, maqsadga erishish nuqtai nazaridan uning tashqi muhitga munosabati, unsurlarning integratsiyasi va o'zaro aloqasi, shuningdek o'zini-o'zi tashkil etish ichki tamoyilini qo'llab quvvatlashi.

Innovatsion tizimlarning xususiyatlari ikkita o'zaro teskari yo'nalishlarning bir-biriga munosabatini takomillashtirishga asoslangan, bir tomondan unifikatsiyalashuv va differensiyalashni, ikkinchi tomondan esa, markazlashuv va integrativ jarayonlarni ifodalaydi.

0 n 0 Q IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L O AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY

Tizim, umuman olganda samarali bo'lishi uchun unda tashkilotning turlicha makon va vaqt o'lchamlarida mavjud bo'la olishida vositachilar, innovatsiyalarni tashuvchilar, yetkazib beruvchilar, hamkorlar kabi turli tizim osti funksional tizimlarning va unsurlarning to'planishi yuzaga keladi.

Tashkil etish shakllarining turli-tuman bo'lishi tizimning ko'lamini belgilaydi, ishtirokchilar sonining ko'pligi va o'z faoliyatida turli boshqaruv usullaridan foydalanib, mahsulotlar ishlab chiqaradigan, xizmatlar ko'rsatadigan, o'zaro bog'langan va bir-birini taqozo etadigan tizimosti muqobil unsurlarning ko'pligi tashkilotning yashovchanligi va barqarorligini oshirish imkonini beradi. Xo'jalik bo'linmalari va tashkiliy tuzilmalarning o'zaro aloqasi esa, innovatsion rivojlanish shartlari nuqtai-nazaridan qaraladi.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida har bir firma o'zining tashkiliy tuzilmasini o'zi mustaqil belgilaydi. Shu bilan birga, umumiy yashovchanlikning ortishi firmaning tizimosti uchta funksional tizimlarining samarali faoliyati bilan, xususan ilmiy- tadqiqot tajriba konstruktorlik ishlari va mahsulotni yaratish, ishlab chiqarish texnologiyasi hamda marketing bilan uzviy bog'langan.

Tizimosti funksional tizimlarni tashkil etish shakli texnologik operatsiyalarning o'zaro aloqasi tavsifiga muvofiq kelishi, shuningdek yangiliklarni yaratish bosqichlarini parallel tashkil etish imkoniyatlariga qaratilgan bo'lishi kerak.

Alohida bo'linmalar o'rtasida aloqani o'rnatishning bunday tamoyili moddiy, axborot hamda moliyaviy resurslarning oqilona, egiluvchan taqsimlanishiga hamda tayyor mahsulot ishlab chiqaruvchi, xizmatlar ko'rsatuvchi ishlovchilarning bilimiga va salohiyatiga asoslanadi.

Xulosa va takliflar

Bugungi kunda dunyo bozorida tabiiy tolalardan ishlab chiqariladigan mahsulotlarga bo'lgan talabning ortib borayotganini hisobga oladigan bo'lsak, O'zbekiston dunyo bozorida faqatgina paxta xom ashyosi emas, balki tayyor to'qimachilik sanoati mahsulotlari yetkazib beruvchi eksporter sifatida tanilishi uchun ham keng imkoniyatlarimiz borligini ta'kidlashimiz zarur.

To'qimachilik sanoati - sanoatning yirik tarmoqlaridan hisoblanadi. U

aholining iste'mol buyumlariga bo'lgan shaxsiy ehtiyojlarini qondiradi, shu bilan birga shu buyumlarni ishlab chiqarish uchun hamda sanoatning boshqa tarmoqlarida foydalaniladigan materiallarni tayyorlab beradi. To'qimachilik sanoati tarkibiga yigirish, ipakchilik, to'qish, trikotaj, bo'yash-pardozlash, gilamchilik, tikuvchilik kabi tarmoqlar kiradi.

Innovatsion to'qimachilik korporatsiyalari - o'z resurslarini real ilmiy-tadqiqot va tajriba konstruktorlik ishlanmalariga kiritish orqali ishlab chiqarish tizimini sifat jihatidan samaradorligini yoki mahsulot sifatini oshirishni ta'minlaydigan kompaniyalar hisoblanib, bunday kompaniyalarni tashkil etish bugungi kunda to'qimachilik sanoatini rivojlantirishdagi muhim strategik yo'nalishlardan hisoblanadi.

Fikrimizcha, faqatgina innovatsiyalar bo'yicha ilg'orlik qilishgina, bozor ulushidagi, mahsulotni sotish hajmidagi, iste'molchilar sonidagi hamda yuqori brendga egalik qilishda ilg'orlikka ega bo'lishdagi to'siqlarni osonlik bilan olib tashlashga imkon beradi. Shu boisdan ham, innovatsiyalar kelajakdagi rivojlanishning kaliti hisoblanadi.

REFERENCES

0 n 0 Q IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L O AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 28.01.2022 yildagi "2022-2026 yillarga mo'ljallangan yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi PF-60-son Farmoni. https://lex.uz/docs/-5841063#-5842914.

2. S.Sh.Yusupov. O'zbekiston to'qimachilik sanoati raqobatbardoshligini oshirishning innovatsion strategiyalari. Monografiya. -T.: "Lesson press", 2020, -219 b.

3. D.T.Yusupova, S.Sh.Yusupov Ishlab chiqarishni tashkil etish va biznes reja. Ma'ruzalar kursi. -T.: TTYeSI, 2016. -69 b.

4. D.S.Nasirxodjayeva. Formirovaniye strategii razvitiya promishlennix predpriyatiy na otraslevix rinkax: Avtoref. diss. dokt. ekon. nauk, -T.: AN RUz Institut ekonomiki, 2011. -47 s.

5. Starikova M.S. Usloviya innovatsionnogo razvitiya korporatsiy v Belgorodskoy oblasti / M.S.Starikova, A.A.Reznichenko // Vestnik BGTU im. V.G.Shuxova. -2011. №1. -S. 137141.

6. S.Entoni. Rukovodstvo innovatora: kak viyti na novix potrebiteley za schet uprosheniya i udeshevleniya produkta / S.Entoni, M.Djonson, Dj.Sinfild, E.Oltman; Per. s angl. -M.: Izdatelstvo Yurayt, 2011. -C. 46-67.

7. "O'zto'qimachiliksanoat" uyushmasi ma'lumotlari. 2018-2023 yy.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.