Научная статья на тему 'TO‘G‘RIDAN-TO‘G‘RI XORIJIY INVESTITSIYALARNING MEZBON MAMLAKAT IQTISODIY RIVOJLANISHIGA TA’SIRI'

TO‘G‘RIDAN-TO‘G‘RI XORIJIY INVESTITSIYALARNING MEZBON MAMLAKAT IQTISODIY RIVOJLANISHIGA TA’SIRI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
109
17
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
to‘g‘ridan­to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar (TTXI) / mezbon mamlakat / transmilliy korporatsiyalar (TMK) / ijobiy ta’sir / salbiy ta’sir / institutlar. / прямые иностранные инвестиции (пИИ) / принимающая страна / транснацио­ нальные корпорации (тНК) / положительное влияние / отрицательное влияние / институты

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Murtozayev Sardorbek Abdijalil O‘g‘li

Mazkur maqolada to‘g‘ridan­to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarning (TTXI) mezbon mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanishiga ta’siri tahlil qilingan. TTXIning mezbon mamlakatlar iqtisodiyotiga ta’siri ijobiy ahamiyatga ega. Biroq shunga qaramasdan TTXIning mezbon mamlakat iqtisodiyotiga ta’siri mezbon mamlakat xususiyatlari, rivojlanganlik darajasi va undagi siyosiy muhitlarni hisobga olgan holda mamlakatlar va sanoatlar kesimida farq qilishi hattoki salbiy ham bo‘lishi mumkin. Tahlilda TTXIning mezbon mamlakat iqtisodiyotida bo‘lgan ijobiy hamda salbiy ta’sirlari batafsil ko‘rib chiqilgan hamda mezbon mamlakatdagi institutsional rivojlanish darajasi va boshqaruv sifati mazkur ta’sir darajasi qanday bo‘lishini belgilab beradigan muhim omillardan biri ekanligi bildirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ВЛИЯНИЕ ПРЯМЫХ ИННОВСТРАННЫХ ИНВЕСТИЦИЙ НА ЭКОНОМИКУ СТРАНЫ РЕЦИПИЕНТА

В данной статье анализируется влияние прямых иностранных инвестиций (пИИ) на экономи­ ческое развитие принимающих стран. Обычно влияние пИИ на экономику принимающих стран положительное. Однако, влияние пИИ на экономику принимающей страны может быть даже нега­ тивным, в зависимости от особенностей принимающей страны, уровня развития и политической обстановки в ней. В ходе анализа были подробно рассмотрены положительные и отрицательные эффекты пИИ на экономику принимающей страны, а также указано, что уровень институциональ­ ного развития и качество управления в принимающей стране является одним из важных факторов, определяющих характер этого воздействия.

Текст научной работы на тему «TO‘G‘RIDAN-TO‘G‘RI XORIJIY INVESTITSIYALARNING MEZBON MAMLAKAT IQTISODIY RIVOJLANISHIGA TA’SIRI»

Murtozayev Sardorbek Abdijalil o'g'li,

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti

tayanch doktoranti,

ORCID: 0000-0002-5134-7747

TO'G'RIDAN-TO'G'RI XORIJIY INVESTITSIYALARNING MEZBON MAMLAKAT IQTISODIY RIVOJLANISHIGA TA'SIRI

UO'K: 330.322.12 DOI: 10.34920/EIF/VOL_2023_ISSUE_4_6

MURTOZAYEV S.A-O'. TO'G'RIDAN-TO'G'RI XORIJIY INVESTITSIYALARNING MEZBON MAMLAKA T IQTISODIY RIVOJLANISHIGA TA SIRI

Mazkur maqolada to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalarning (TTXI) mezbon mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanishiga ta'siri tahlil qilingan. TTXIning mezbon mamlakatlar iqtisodiyotiga ta'siri ijobiy ahamiyatga ega. Biroq shunga qaramasdan TTXIning mezbon mamlakat iqtisodiyotiga ta'siri mezbon mamlakat xususiyatlari, rivojlanganlik darajasi va undagi siyosiy muhitlarni hisobga olgan holda mamlakatlar va sanoatlar kesimida farq qilishi hattoki salbiy ham bo'lishi mumkin. Tahlilda TTXIning mezbon mamlakat iqtisodiyotida bo'lgan ijobiy hamda salbiy ta'sirlari batafsil ko'rib chiqilgan hamda mezbon mamlakatdagi institutsional rivojlanish darajasi va boshqaruv sifati mazkur ta'sir darajasi qanday bo'lishini belgilab beradigan muhim omillardan biri ekanligi bildirilgan.

Kalit so'zlar: to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar (TTXI), mezbon mamlakat, transmilliy korporatsiyalar (TMK), ijobiy ta'sir, salbiy ta'sir, institutlar.

МУРТОЗАЕВ С.А.-У. ВЛИЯНИЕ ПРЯМЫХ ИННОВСТРАННЫХ ИНВЕСТИЦИЙ НА ЭКОНОМИКУ СТРАНЫ РЕЦИПИЕНТА

В данной статье анализируется влияние прямых иностранных инвестиций (ПИИ) на экономическое развитие принимающих стран. Обычно влияние ПИИ на экономику принимающих стран положительное. Однако, влияние ПИИ на экономику принимающей страны может быть даже негативным, в зависимости от особенностей принимающей страны, уровня развития и политической обстановки в ней. В ходе анализа были подробно рассмотрены положительные и отрицательные эффекты ПИИ на экономику принимающей страны, а также указано, что уровень институционального развития и качество управления в принимающей стране является одним из важных факторов, определяющих характер этого воздействия.

Ключевые слова: прямые иностранные инвестиции (ПИИ), принимающая страна, транснациональные корпорации (ТНК), положительное влияние, отрицательное влияние, институты.

ИКТИСОД ВА МОЛИЯ / ЭКОНОМИКА И ФИНАНСЫ 2023, 4 (164)

MURTOZAYEV S.A-U. THE IMPACT OF FOREIGN DIRECT INVESTMENT (FDI) ON THE ECONOMIC DEVELOPMENT OF HOST COUNTRIES

In the article is analyzed the impact of foreign direct investment (FDI) on the economic development of host countries. The impact of FDI on the economy of the host countries usually is positive. However, the impact of FDI on the economy of the host country may even be negative, depending on the characteristics of the host country, the level of development, and the political environment in it. In the analysis, the positive and negative effects of FDI on the economy of the host country were considered in detail, and it was stated that the level of institutional development and the quality of governance in the host country is one of the important factors that determine the level of this impact.

Key words: foreign direct investment (FDI), host country, transnational corporations (TNC), positive impact, negative impact, institutions

Kirish.

So'ngi yillarda jahon iqtisodiyotida yuz berayot-gan globallashuv natijasida to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar (TTXI) ularni qabul qilayotgan mam-lakatlarning iqtisodiy rivojlanishida muhim ahami-yat kasb etmoqda, hamda TTXI ning mezbon mam-lakatlar iqtisodiy rivojlanishiga ta'siri olimlar va siyo-satchilar o'rtasida qizg'in bahs-munozaralarga sabab bo'lmoqda. Shunga ko'ra, TTXI faol jalb qilishga hara-kat qilayotgan mamlakatlar uchun TTXI ning ijobiy va salbiy tomonlariga alohida e'tibor bergan holda mezbon mamlakatlar iqtisodiy rivojlanishiga ta'siri hamda mazkur ta'sirning darajasiga ta'sir etuvchi omillarni aniqlash muhim hisoblanadi.

Ilmiy muammoning qo'yilishi.

TTXI va iqtisodiy o'sish o'rtasidagi bog'liqlik bo'yicha ko'plab tadqiqotlar olib borilgan. Panagi-otis Pegkas [1] hamda Vay-Mun Har va boshqalar [2] o'z tadqiqotlarida TTXI ning mezbon mamlakat iqti-sodiyotining rivojlanishida ijobiy ta'siri ko'rsatilgan bo'lsa, Nabila Asghar va boshqalar [3], Muhammad Sharif Karimi va boshqalar [4] hamda Adeolu Ayan-vale [5] tomonidan olib borilgan tadqiqotlarda ular o'rtasidagi bog'liqlikni ko'rsatuvchi kuchli dalillar yo'qligi ta'kidlangan.

Iqtisodiy o'sishning neoklassik modellari, shun-ingdek, endogen o'sish modellari TTXI va iqtisodiy o'sish munosabatlari bo'yicha ko'pgina empirik ishlar uchun asos bo'lib xizmat qiladi. Neoklassik modellar iqtisodiy o'sishning asosiy omillari sifatida kapital to'planishi va texnologik taraqqiyotning o'rniga e'tibor qaratsa, endogen o'sish modellari esa inson kapitali, innovatsiyalar va bilimlarning ko'chishi aha-miyatini ta'kidlaydi. Ushbu modellar nazariy asoslarni ta'minlaydi va TTXI oqimining mamlakatning iqtisodiy o'sishiga, samaradorlik va umumiy rivojlanishiga qanday ta'sir qilishini o'rganadigan empirik tahlillar uchun asos hisoblanadi. Ushbu modellarni qo'llash orqali tadqiqotchilar TTXI ning iqtisodiy nati-

jalarga ta'sir qilish mexanizmlarini tushunishda va barqaror o'sishga erishish maqsadida TTXI ni jalb qilish va rag'batlantirishga oid qanday siyosiy qarorlar qabul qilish kerakligini ko'rsatishda yordam beradi.

Shuningdek, ko'plab tadqiqotlarda TTXIning mezbon mamlakat iqtisodiyotiga ta'siri mezbon mamlakat xususiyatlari, rivojlanganlik darajasi va undagi siyosiy muhitlarni hisobga olgan holda mamlakatlar va sanoatlar kesimida farq qilishi bildirilgan. Xusu-san, Yevropa Investitsiya Banki tomonidan 2020-yilda olib borilgan tadqiqotda TTXIning ta'sirini mamlakatlarni rivojlanganlik darajasi (past, o'rta va yuqori daromadga ega) hamda institutsional muhit sifatiga qarab guruhlarga ajratgan holda baholash-gan. Mazkur tadqiqotda TTXI dan olinadigan foyda mamlakatlar kesimida bir xil taqsimlanmasligi va TTXI ning iqtisodiy o'sishga ta'siri "teskari U" shaklida, ya'ni mamlakat past daromadli mamlakatdan o'rta daromadli mamlakatga o'tganda, TTXI ning iqtisodiy o'sishdagi ijobiy ta'siri sezilarli ko'payishi, ammo, mamlakat yuqori daromad darajasiga o'tishi bilan bu ijobiy ta'sir yana pasayishni boshlashi bildirilgan [6].

Keltirilgan tadqiqotlarga tayangan holda, mazkur jarayonlarga ta'sir etuvchi omillarning turli mam-lakatlardagi hususiyatlarga aniqlik kiritish muhim ilmiy va islanishlarning tashkil qilinishi borasida metodik ahamiyat kasb etadi.

Tadqiqot metodologiyasi.

TTXI ning mezbon mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanishiga ta'sirini tahlil qilishda nazariy tadqiqot metodlaridan, jumladan deskriptiv hamda tahlil va sintez metodlaridan keng foydalanilgan. Tahlilda TTXI ning mezbon mamlakat iqtisodiyotiga ijobiy va salbiy ta'sirlari hamda ularni tushuntirish uchun xizmat qiluvchi institutsional, hukumat boshqaruvi va omillari yondashuvini ochib berish orqali metod yordamida yoritib berilgan. Shuningdek, TTXI ning mezbon mamlakat iqtisodiyotiga ijobiy va salbiy ta'sirlarini tushunarli va keng bayon etish maqsadida

ИКТИСОД ВА МОЛИЯ / ЭКОНОМИКА И ФИНАНСЫ 2023, 4 (164)

sohadagi so'ngi ilmiy tadqiqot ishlari hamda keys-stadi (case-study) metodiga murojaat qilingan.

Tahlil va natijalar.

TTXI ning eng muhim ijobiy ta'sirlaridan biri bu mezbon mamlakatda investitsiyalar va kapital zaxi-ralarini oshirish potentsiali hisoblanadi. TTXI oqim-lari asosan rivojlangan mamlakatlardan uni qabul qilayotgan iqtisodiyotlarga mahalliy korxonalarning mahsuldorligi va raqobatbardoshligini oshirishiga sabab bo'ladigan texnologiya, bilim va boshqaruv tajribasini o'tkazishni osonlashtirishi mumkin. Bu yangi ish o'rinlarining yaratilishi, eksport hajmining hamda mahalliy aholi turmush darajasini oshishiga olib keladi. Bundan tashqari, TTXI uzoq muddatli iqti-sodiy o'sishning muhim omili bo'lgan innovatsiyalar va tadbirkorlik faoliyatini rag'batlantirishga yordam beradi. S. Adams tomonidan olib borilgan tadqiqotda TTXI mezbon mamlakatning iqtisodiy rivojlanishiga ikki asosiy yo'l ya'ni ichki kapital hajmini oshirish hamda yangi texnologiyalar, marketing va boshqaruv ko'nikmalari, innovatsiyalar va ilg'or tajribalarni transfer qilish orqali samaradorlikni oshirish orqali hissa qo'shishi ko'rsatilgan [7]. Mazkur tadqiqotda mezbon mamlakatda ichki kapital hajmi va sama-radorlik oshishi iqtisodiy o'sish darajasi, jamg'arma darajasi, eksport hajmi va bandlik bilan ta'minlash darajasining oshishi singari iqtisodiy ta'sirlar hamda kambag'allikni qisqartirish va daromad tengsizligi darajasining kamayishi singari ijtimoiy ta'sirlar orqali mezbon mamlakatning umumiy farovonligiga ijobiy ta'sir etishi ko'rib chiqilgan.

Shuningdek, TTXI yangi bozorlar va resurslarga kirishni ta'minlash orqali ham mezbon mamlakat iqtisodiyotiga ijobiy ta'sir ko'rsatishi mumkin. Mezbon mamlakatlarga sarmoya kiritadigan transmilliy korporatsiyalar (TMK) ko'pincha ta'minotchilar, mijo-zlarning keng global tarmoqlari hamda zamonaviy bilim resurslariga kirish imkoniyatiga ega bo'ladi. TTXI bilan birga kirib kelayotgan mazkur afzallik-lar mahalliy tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo'llab-quvvatlashda muhim ro'l o'ynashi mumkin. Bundan tashqari, TTXI eksport hajmini ko'paytirish va joriy operatsiyalar balansi taqchilligini kamaytirish orqali to'lov balansini yaxshilashga yordam beradi, bu esa mezbon mamlakatning moliyaviy holatini mustahkamlashi va infrastruktura va boshqa ishlab chiqarish aktivlariga investitsiya kiritish qobiliyatini yaxshilashi mumkin.

Boshqa tomondan, agar kirib kelayotgan TTXI bo'yicha tegishli siyosat va tartibga solish o'rnatilmasa, TTXI mezbon mamlakat iqtisodiyotiga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin. M. Busse va

boshqalar birgalikda TTXIdan ijobiy foyda olish uchun mezbon mamlakat hukumati tomonidan tar-tibga solish orqali sog'lom biznes muhitiga muhtoj ekanligini ta'kidlashgan [8]. Masalan, TTXI iqtisodi-yotning asosiy yoki strategik tarmoqlarida xorijiy korxonalarning hukmronligiga olib kelishi mumkin, bu esa raqobat muhitini cheklashi va mahalliy korxonalarning raqobatlashish qobiliyatini kamaytirishiga sabab bo'ladi. Mazkur holat mahalliy resurslar va ishchi kuchining ekspluatatsiyasiga hamda ish haqi darajasi va mehnat sharoitlarining keskin yomon-lashuviga olib kelishi mumkin. Mazkur holat xorijiy korxona mezbon mamlakat bozori ustidan monopol xarakterdagi nazoratga ega bo'lganda yuzaga keladi-gan siqib chiqarish effekti deb ataladi. Siqib chiqarish effekti asosan ikki sababga ko'ra yuzaga keladi:

- xorijiy sho'ba korxonalarning yuqori sama-radorligi va mahsulot sifatining yuqoriligi sababli mahalliy korxonalar bozordagi o'rnini yo'qotib qo'yganda;

- mazkur xorijiy korxonalar moliyaviy resurs-lardan yaxshiroq foydalanish imkoniyatiga ega bo'lganligi yoki raqobatga qarshi amaliy tajribaga ega bo'lganligi sababli mahalliy korxonalarni bozor-dan siqib chiqarganda.

Yana bir TTXI ning mezbon mamlakat iqtisodiyotiga salbiy ta'siri bu TMK tomonidan kiritilgan investitsiya orqali olingan foydani repatriatsiya qilish (foydani olib chiqib ketish) hisoblanadi. TMK xorijiy mamlakatlarga investitsiya kiritganda, ularning asosiy maqsadi foydani maksimallashtirish bo'ladi. Mezbon mamlakatlarning arzon ishchi kuchi, tabiiy resurslarga boyligi yoki yuqori sifatli inson kapitali singari afzalliklari TMKga iqtisodiy samaradorliklari hamda oladigan daromadlarini oshirishga imkon beradi. TMK investitsiyalardan olingan foydani aksiyador-larga o'tkaziladigan dividendlar shaklida yoki oddiy ko'rinishda hisoblangan foydani o'z bosh korxonalari hisobiga muntazam ravishda qaytaradi. Shuningdek, bu ularga transfer narxlaridan foydalangan holda katta soliqlardan qochishga yordam beradi. Biroq, bu foydani repatriatsiya qilish mezbon mamlakatdan xorijiy investor joylashgan mamlakatga katta miq-dorda kapital oqib chiqishiga olib keladi va mezbon mamlakatning to'lov balansiga salbiy ta'sir qiladi.

Shu sababli mezbon mamlakatlar ko'pincha to'lov balansi taqchilligi yoki valyuta zaxiralarining kamay-ishiga yo'l qo'ymaslik uchun TMKning repatriatsiya qilishi mumkin bo'lgan foyda miqdoriga cheklovlar qo'yadi. Bunday siyosatning ham mezbon mamlakat iqtisodiyotiga ta'siri ijobiy yoki salbiy bo'lishi mumkin. TMKlar olgan foydasining bir qismini yangi loyi-

ИКТИСОД ВА МОЛИЯ / ЭКОНОМИКА И ФИНАНСЫ 2023, 4 (164)

halarga sarmoya kiritgan holda mezbon mamlakat iqtisodiyotiga qayta investitsiya qilishiga qaramas-dan, mazkur siyosat mezbon mamlakatning inves-titsion jozibadorligiga yomon ta'sir qilishi hamda potensial investorlarni o'zidan qochirishi yoki mavjud xorijiy sarmoyadorlarning mamlakatdan chiqib ketishiga sabab bo'lishi mumkin. Shuning uchun mazkur siyosatni yuritayotganda, avvalambor, sifatli ilmiy asoslangan tahlil hamda investorlarni fikrini o'rganish tavsiya etiladi.

Ayniqsa, rivojlanayotgan mamlakatlarda kiritil-gan TTXI ikki tomonlama iqtisodiyot (dual economy) holatiga olib kelishi mumkin. Ushbu vaziyatda iqtisodiyot asosan xorijiy investor korxonalarga tegishli bo'lgan yaxshi rivojlangan hamda mahalliy korxonalarga tegishli bo'lgan rivojlanmagan qismlarga ajralib qoladi. Mamlakat rivojlangan sektorlariga haddan tashqari qaram bo'lib qolsa, uning iqtisodiy tuzilishi o'zgaradi. Rivojlangan sektor asosan kapital intensiv, rivojlanmagan sektor esa mehnatga intensiv bo'lganligi hamda rivojlanayotgan mamlakatlarda asosiy ishchi kuchi rivojlanmagan sektorlarda ish-lashi sababli ikki tomonlama iqtisodiyotning vujudga kelishi mamlakatda tengsizlik darajasining ortishi hamda iqtisodiy rivojlanish balansining buzilishiga olib keladi. Bu ta'sirni asosan neftga boy mamlakatlarda ko'rishimiz mumkin. Neft va gaz sohasiga xorijiy investitsiyalarning kirib kelishi ushbu sohaning tez rivojlanishiga, ammo qishloq xo'jaligi singari boshqa tarmoqlarning iqtisodiy va samaradorlik jihatdan ortga qolishiga sabab bo'ladi. Oqibatda rivojlanayotgan davlatlarda aholining aksariyati kam rivojlangan tarmoqlarda band bo'lganligi mamlakatning umu-miy taraqqiyoti va rivojlanishini ma'lum miqdorda cheklaydi.

Shuningdek, TTXI ning mezbon mamlakat atrof-muhitiga yetkazishi mumkin bo'lgan salbiy ta'sirlarini yoddan chiqarmaslik kerak. Rivojlanayotgan va kam rivojlangan mamlakatlarga kiritilgan TTXI ning katta qismi atrof-muhitga zarar yetkazish ehtimoli katta bo'lgan tabiiy resurslar sektoriga to'g'ri keladi. Ushbu mamlakatlarning aksariyatida atrof-muhitni himoya qilishning tartibga soluvchi qonunchilik kuchsiz yoki umuman mavjud emas hamda ba'zida mazkur mamlakatlarda TTXI keng jalb qilish maqsadida atrof-muhitni himoya qilishning tartibga soluvchi tizim ataylab yoki investorlarni yo'qotib qo'yishdan qo'rquv sababli yumshatilgan bo'ladi. Biroq mezbon mamlakat tomonidan yuritilayotgan mazkur siyosat-ning uzoq muddatli ziyoni qisman muddatli foydasini qoplab ketadi. Ushbu muammoni hal qilish uchun mezbon mamlakatning xalqaro ekologik standartlarni

joriy etish qobiliyatini oshirish muhim ahamiyatga ega. Bu mezbon mamlakatning qoidalarni samarali qo'llash va ekologik standartlarga rioya etilishini ta'minlash bo'yicha salohiyatini kuchaytirishni o'z ichiga oladi. Bu orqali mezbon mamlakatda TTXI ning atrof-muhitga salbiy ta'sirini yumshatish va barqaror rivojlanishga erishish mumkin bo'ladi.

TTXI ning mezbon mamlakat iqtisodiyotiga ta'sir darajasi qanday bo'lishini belgilab beradigan muhim omillardan biri bu mezbon mamlakatdagi institut-sional rivojlanish darajasi va boshqaruv sifati hisob-lanadi. Yaxshi ishlab chiqilgan institutsional asos va kuchli hamda samarali davlat boshqaruvi TTXI dan olinishi mumkin bo'lgan foydani maksimal darajada oshirishga va salbiy ta'sirlarni minimallashtirishga yordam beradi. Bunda raqobat muhitini rivojlan-tirish, mehnat huquqlarini himoya qilish va atrof-muhitga zarar yetkazishi mumkin bo'lgan harakat-larni oldini olish uchun tegishli siyosat va qoidalarn-ing mavjudligini ta'minlash orqali erishish mumkin.

Xususan, P. Kotrajaras va boshqalar Sharqiy Osiyo mamlakatlari asosida TTXI ning ta'sirini tahlil qilish orqali, TTXI ning Sharqiy Osiyo mamlakatlariga ijobiy ta'sirlari har bir mezbon mamlakatda kapital bozorin-ing rivojlanish darajasi, institutsional rivojlanish, samarali davlat boshqaruvi va tegishli makroiqtisodiy siyosat singari bir-birini to'ldiruvchi omillarga bog'liq ekanligini aniqlashgan [9]. Mazkur tadqiqotda TTXI-dan olinadigan foydani oshirish maqsadida tadqiq etilgan Sharqiy Osiyo mamlakatlari asosan fundamental infratuzilmalarga, inson kapitalini rivojlanti-rishga hamda xalqaro savdo va sarmoyaviy muhitni yaxshilashga xizmat qiluvchi vositalarga investitsi-yalarini oshirishlari kerakligi taklif etilgan.

Bundan tashqari, samarali institutlar TTXI oqimin-ing barqaror iqtisodiy o'sishga hissa qo'shmaydigan, xorijiy investorlar tomonidan faqat foyda olishga qaratilgan faoliyatga emas, balki mezbon mamlakat iqtisodiyotiga foyda keltiradigan samarali faoliyatga yo'naltirilishini ta'minlashga yordam berishi xususi-yatiga ham ega.

TTXI turlari ham uning mezbon mamlakat iqtisodiyotiga bo'lgan ta'sirining turli darajalarini belgilab berishi mumkin. TTXI ning ikki gorizontal (bozor izlovchi) va vertikal turlaridan (samara izlovchi) qaysi biri amalda ekanligi asosida uning mezbon mamlakat iqtisodiyotiga bo'lgan ta'siri ham farq qilishi mumkin. Gorizontal TTXI korxona o'z mamlakatida ishlab chiqaradigan bir xil tovar yoki xizmatlarni ishlab chiqarish uchun tashqi bozorga sarmoya kirit-ganda yuzaga keladi. Ushbu turdagi TTXI odatda yangi bozorlarga kirish yoki ishlab chiqarish xara-

ИКТИСОД ВА МОЛИЯ / ЭКОНОМИКА И ФИНАНСЫ 2023, 4 (164)

jatlarini kamaytirish istagi bilan izohlanadi. Vertikal TTXI, aksincha, firma o'z mamlakatining ishlab chiqarish jarayonida qo'llaniladigan oraliq tovar-lar yoki xizmatlarni ishlab chiqarish uchun tashqi bozorga sarmoya kiritganda yuzaga keladi. Ushbu turdagi TTXI odatda ma'lum resurslarga kirish yoki maxsus ishlab chiqarish imkoniyatlaridan foydalan-ish istagi bilan izohlanadi. Gorizontal TTXI bandlik va texnologiya transferiga ko'proq ta'sir ko'rsatishi mumkin bo'lsa, vertikal TTXI esa mahalliy ta'minot zanjirlarini rivojlantirish va mahalliy ishchilarga yangi ishlab chiqarish ko'nikmalarini o'rgatishga ko'proq ta'sir ko'rsatadi.

Xulosa va takliflar.

So'ngi yillarda jahon iqtisodiyotida globallashuv jarayonining tezlashishi, xalqaro kapital harakatin-ing osonlashishi natijasida TTXI uni qabul qilayot-gan mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanishida muhim

ahamiyat kasb etmoqda. Bizga ma'lumki, TTXI ning mezbon mamlakatlar iqtisodiyotiga ta'siri ijobiy ahamiyatga ega. Biroq shunga qaramasdan TTXI ning mezbon mamlakat iqtisodiyotiga ta'siri mezbon mamlakat xususiyatlari, rivojlanganlik darajasi va undagi siyosiy muhitlarni hisobga olgan holda mamlakatlar va sanoatlar kesimida farq qilishi hat-toki salbiy ham bo'lishi mumkin.

TTXI ning mezbon mamlakat iqtisodiyotiga ta'sir darajasi qanday bo'lishini belgilab beradigan muhim omillardan biri bu mezbon mamlakatdagi institut-sional rivojlanish darajasi va boshqaruv sifati hisob-lanadi. Bizning fikrimizcha, mamlakatda institutsional islohotlarning yanada kuchaytirish hamda samarali va ixcham davlat boshqaruvini joriy etish bo'yicha hukumat siyosatini olib borish muhim ahamiyat kasb etadi. Mana shunday sharoitdagina TTXI mezbon mamlakat iqtisodiy rivojiga maqbul ta'sir ko'rsatadi.

Foydalanilgan adabiyot ro'yxati:

1. Pegkas, Panagiotis. "The impact of FDI on economic growth in Eurozone countries." The Journal of Economic Asymmetries 12.2 (2015): 124-132.

2. Har, Wai-Mun, Kai-Lin Teo, and Kar-Mun Yee. "FDI and economic growth relationship: An empirical study on Malaysia." International Business Research 1.2 (2008): 11-18.

3. Asghar, Nabila, Samia Nasreen, and Hafeez Rehman. "Relationship between FDI and economic growth in selected Asian countries: A panel data analysis." Review of Economics & Finance 2 (2011): 84-96.

4. Karimi, Mohammad Sharif, and Zulkornain Yusop. "FDI and economic growth in Malaysia." (2009).

5. Ayanwale, Adeolu B. "FDI and economic growth: Evidence from Nigeria." (2007).

6. Baiashvili, T., and L. Gattini. "Impact of FDI on economic growth: The role of country income levels and institutional strength. European Investment Bank." Working Paper 2020/02 (2020): 16.

7. Adams, Samuel. "Can foreign direct investment (FDI) help to promote growth in Africa?." African Journal of Business Management 3.5 (2009): 178.

8. Busse, M., & Groizard, J. (2006). FDI, Regulations and Growth. Law.

9. Kotrajaras, Polpat, Bangorm Tubtimtong, and Paitoon Wiboonchutikula. "Does FDI enhance economic growth? New evidence from East Asia." ASEAN Economic Bulletin (2011): 183-202.

10. Nozim Muminov, Pazliddin Hoshimov, Nasiba Muxitdinova and Okil Umarov. (2020). INVESTMENT COOPERATION IN THE CONDITIONS OF GLOBALIZATION: PROBLEMS AND PROSPECTS FOR THE DEVELOPMENT. International Journal of Psychosocial Rehabilitation. Vol. 24, Issue 01, 1081-1096. ISSN: 1475-7192. DOI: 10.37200/IJPR/V24I1/PR200211

ИКТИСОД ВА МОЛИЯ I ЭКОНОМИКА И ФИНАНСЫ 2023, 4 (164)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.