Научная статья на тему 'Valyuta-moliya munosabatlarining globallashuvi va uning rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotiga ta’siri'

Valyuta-moliya munosabatlarining globallashuvi va uning rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotiga ta’siri Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
901
140
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and Education
Область наук
Ключевые слова
Valyuta kursi / valyuta bozori / valyuta siyosati / revalvatsiya / to’lov balansi / devalvatsiya / rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyoti / valyuta-moliya munosabatlarining globallashuvi / valyuta cheklovlari

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Madina Odiljon Qizi Yusufova, Akbar Aqmirzaevich Shernayev

Ushbu maqolada xalqaro iqtisodiy integratsiya jarayonlaridagi ishtirokini kuchaytirish va tartibga solish muammolari, valyuta kurslari va O’zbekiston valyuta siyosatining o’ziga xos xususiyatlari tahlil qilingan va Valyutamoliya munosabatlarining rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotiga ta’sirini samarali foydalanish bo’yicha takliflar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «Valyuta-moliya munosabatlarining globallashuvi va uning rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotiga ta’siri»

Valyuta-moliya munosabatlarining globallashuvi va uning rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotiga ta'siri

Madina Odiljon qizi Yusufova Akbar Aqmirzaevich Shernayev Toshkent moliya instituti

Annotatsiya: Ushbu maqolada xalqaro iqtisodiy integratsiya jarayonlaridagi ishtirokini kuchaytirish va tartibga solish muammolari, valyuta kurslari va O'zbekiston valyuta siyosatining o'ziga xos xususiyatlari tahlil qilingan va Valyuta-moliya munosabatlarining rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotiga ta'sirini samarali foydalanish bo'yicha takliflar berilgan.

Kalit so'zlar: Valyuta kursi, valyuta bozori, valyuta siyosati, revalvatsiya, to'lov balansi, devalvatsiya, rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyoti, valyuta-moliya munosabatlarining globallashuvi, valyuta cheklovlari.

Globalization of monetary and financial relations and its impact on the economy of developing countries

Madina Odiljon kizi Yusufova Akbar Akmirzaevich Shernayev Tashkent Financial Institute

Abstract: This article analyzes the problems of strengthening participation in international economic integration processes and regulation, exchange rates and specific features of Uzbekistan's foreign exchange policy, and offers suggestions for effective use of the influence of currency-financial relations on the economy of developing countries.

Keywords: Exchange rate, foreign exchange market, foreign exchange policy, revaluation, balance of payments, devaluation, economy of developing countries, globalization of currency-financial relations, currency restrictions.

So'nggi yillarda globallashuv jarayoni dunyo taraqqiyotining istiqboldagi rivojini belgilab beruvchi asosiy omillardan biriga aylandi. Bugungi kunda har qanday davlat o'zining tashqi va ichki siyosatini belgilashda bevosita ushbu jarayonning namoyon bo'lishi va u keltirib chiqarayotgan oqibatlarni inobatga olishga majbur bo 'lmoqda. Barchaga ma'lumki, pul iqtisodiyotning asosiy dastaklaridan biri hisoblanadi va ma'lum ma'noda iqtisodiyotni boshqarib turuvchi kuchlardan biri sanaladi. Shu

sababli, uni nazorat qilish va tartibga solish har bir mamlakatning iqtisodiyotiga bevosita ta'sir ko'rsatadi.

Shu jihatdan, valyuta siyosati valyutani tartibga solishning muhim usuli va omilidir. Valuta siyosati monetar siyosatning tarkibiy qismi hamda davlatning iqtisodiyotni tartibga solish siyosatining asosiy yo'nalishlaridan biri hisoblanadi. Shu sababli, mamlakatda inflyatsion jarayonlarning chuqurlashishiga yo'l qo'ymaslik, iqtisodiyotning pul mablag'lariga bo'lgan talabini qondirish, aholi va xo'jalik yurituvchi subyektlarning kredit institutlarining kreditlaridan foydalanish darajasini oshirish, milliy valyuta kurslarining barqarorligini ta'minlashda valyuta siyosati muhim o'rin tutadi. Buning sababi shundaki, majburiy zaxira siyosati tijorat banklarining kreditlash salohiyatiga, shu jumladan, uzoq muddatli kreditlar berish salohiyatiga bevosita ta'sir ko'rsatadigan monetar instrument hisoblanadi.

Ma'lumki, tashqi iqtisodiy faoliyat milliy iqtisodiyot rivojlanishining muhim vositasi bo'lib hisoblanadi. U mamlakatning jahon hamjamiyatiga bo'lgan aloqasini ifodalab, uning istiqbolini belgilab beradi. Eksport salohiyatini oshirish orqali mamlakat ichida ixtisoslashtirilgan ishlab chiqarishning rivojlanishiga erishiladi. Mamlakat eksporti hamda importining qiymati o'rtasidagi farq, ya'ni saldo tashqi iqtisodiy faoliyat samaradorligining muhim iqtisodiy ko'rsatkichi bo'lib hisoblanadi. Ushbu ko'rsatkich milliy daromad darajasiga ko'p tomonlama ta'sir etadi. Sababi, import va eksport hajmidagi sezilarli o'zgarish ham mamlakatdagi daromad, bandlik va narx darajalarida muayyan tebranishlarni keltirib chiqarishi mumkin. Keyingi yillarda mamlakatimizda keskin raqobatlashuv sharoitida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning jahon va mintaqaviy bozorlarda xaridorgir bo'lishi va mustahkam o'rin egallashi uchun bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Hozirgi kunda mamlakatimizda importning o'rnini qoplash va eksportga yunaltirilgan ishlab chiqarishni qo'llab-kuvvatlash dasturi amalga oshirilmokda. Mazkur dasturning maqsadi, mavjud resurs va ishlab chiqarish salohiyatidan imkon boricha to'liq va samarali foydalanish hamda uni rivojlantirish asosida eksport hajmining barqaror o'sishi uchun qulay shart-sharoitlarni yaratishdir.

Tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada erkinlashtirish uchun xorijiy sarmoyalarni ustuvor yo'nalishlarga keng jalb qilish, ularga kafolat va imkoniyatlar berish, litsenziyalar, nou-xaular sotib olishga qaratilgan izchil siyosat olib borilmokda.

Tashqi iqtisodiy faoliyatni takomillashtirish va rivojlantirishda qo'yidagilarni ustuvor yo'nalishlar sifatida keltirish mumkin:

- Respublikaning eksport qudratini rivojlantirish va yanada mustahkamlash, eksportga yo'naltirilgan iqtisodiyotni shakllantirish;

- eksport imkoniyatlarini kengaytirish, jahon bozorlariga kirib borish uchun, avvalo, qimmatbaho xomashyoni qayta ishlash negizida tayyor mahsulot ishlab chiqaruvchi qo'shma korxonalarni rivojlantirish zarur. Eksportni kengaytirishga

qaratilgan strategiyani faol qo'llash bilan bir qatorda importning salmog'ini qisqartirishga qaratilgan siyosatni izchillik bilan o'tkazish, o'zimiz ishlab chiqarishimiz mumkin bo'lgan tovarlar va maxsulotlarning chetdan keltirilishini oqilona darajada kamaytirib borish talab qilinadi;

- tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada erkinlashtirish, xo'jalik ishlarini yurituvchi sub'ektlarga xorijiy sheriklar bilan bevosita aloqalar o'rnatishda, o'z maxsulotini chet ellarda sotishda ko'proq erkinliklar berish, tovarlani eksport va import qilishda birmuncha imtiyozli tartibni joriy qilish borasida aniq maqsadni ko'zlab siyosat o'tkazish;

- xorijiy investitsiyalar jalb qilish orqali amalga oshirilayotgan sanoat loyihalarning bir-biriga bog'liqligini ta'minlash, ular o'rtasidagi o'zaro iqtisodiy va ishlab chiqarish hamkorlik va infratuzilmani rivojlantirish va bu orqali import o'rnini bosuvchi va eksportga mo'ljallangan tayyor mahsulot ishlab chiqarish va etishtirishga erishish;

- olib borilayotgan islohotlarda hududiy diversifikatsiya siyosatini yanada kuchaytirish, nafaqat markaziy xududlarda balki chekka tumanlarda ham yirik sanoat ob'ektlarini qurishni keng yo'lga qo'yish;

- tashqi iqtisodiy faoliyat tarkibiy qismlari majmuini ixtisoslashtirilgan tashqi savdo, lizing, konsalting va sug'urta firmalari, tashqi aloqalarni rivojlantirish manfaatlari va shartlariga mos keladigan transport, aloqa va kommunikatsiyalar tizimlarini vujudga keltirish;.

- xalqaro xuquq va tashqi iqtisodiy faoliyat, bank tizimi, hisob-kitob va statistik hisob sohasida malakali kadrlar tayyorlashni tashkil qilish.

Shuningdek, mamlakatimizda islom moliyaviy xizmatlarini joriy etish bo'yicha huquqiy bazani yaratish vaqti-soati keldi. Bunga Islom taraqqiyot banki va boshqa xalqaro moliya tashkilotlari ekspertlari jalb etiladi. Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev 2020 yil 24 yanvardagi Oliy Majlisga yo'llagan Murojaatnomasida "... nima uchun bizga iqtisodiy integratsiya kerak! Bizning tashqi savdoga chiqadigan yuklarimizning 80 foizi Qozog'iston, Qirg'iziston va Rossiyaning tranzit yo'laklari orqali o'tadi. Shuningdek, tayyor mahsulotlarimiz eksportining 50 foizi, ayrim tovarlar bo'yicha esa 80 foizi Rossiya, Qog'og'iston, Qirg'iziston hissasiga to'g'ri keladi. Ana shu omillarni inobatga olib hamda Rossiya va Qozog'istonga ishlash uchun borgan fuqarolarimizga qulay shart-sharoit yaratish maqsadida bugungi kunda O'zbekistonnning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan hamkorlik qilish bilan bog'liq masalalar o'rganilmoqda. Biz, albatta, ushbu jiddiy masalada, eng avvalo, xalqimizning manfaatlaridan kelib chiqib, uning xohish-irodasiga tayanamiz. Shuning uchun xalq vakillari bo'lgan deputat va senatorlarimiz parlament palatalarida mazkur masalani atroflicha muhokama qilib, o'z zimmalariga mas'uliyatni olgan holda, asoslangan xulosalarini aytishlari kerak", deb ta'kidlab o'tgan edilar. Siyosiy globallashuv davlatlarning siyosiy tuzilishini, xalqlar

va mintaqalar o'rtasidagi siyosiy aloqalarning kengayishini, o'zaro bog'liqligini ifodalaydi va oxir-oqibat, ularning unifikasiyalashuviga olib keladi. Bunda o'ziga xos siyosiy munosabatlar - ko'lamiga ko'ra global va barcha davlatlarning ichki tuzilishi bir tarmoqqa ulanib ketishi kuzatiladi.

-jahon siyosiy sahnasida transmilliy korporasiyalar, nodavlat hamda xalqaro tashkilotlar, xalqaro kapital kabi yangi qudratli siyosiy sub'ektlar shakllanmoqda. Ular siyosatning an'anaviy sub'ekti - milliy davlatchilik suverenitetining ikkinchi darajaga tushib qolishiga sabab bo'ladi;

- globallashuv xalqaro huquq asoslariga sezilarli ravishda ta'sir etayapti. Bu esa davlatlarning o'z hududida huquqiy suverenitetidan qisman ayrilishiga olib kelmoqda. Natijada milliy davlatlarning nafaqat tashqi, balki ichki siyosiy masalalarini mustaqil echish imkoniyatlari chegaralanmoqda. Ma'lum bir davlatning ichki siyosatini tashkil etadigan muammo (ichki ixtilof, siyosiy kurash, saylov jarayonlari va boshqalar) bugungi kunga kelib, global ahamiyat kasb etib, boshqa davlatlarning manfaatlariga ham daxldor bo'lib qolmoqda;

- kishilar ongida davlatchilik suvereniteti asosini tashkil etuvchi hududiy omil globallashuv samarasi o'laroq, o'zining an'anaviy ahamiyatini yo'qotmoqda va tabiiy ravishda davlat hokimiyati mavqeiga ham putur etmoqda. Boshqacha aytganda, milliy chegaralar tobora shaffoflashib, "yuvilib" ketmoqda;

- butun dunyo bo'ylab bir qator G'arb davlatlari rahnamoligida "demokratiyalashuv" jarayoni jadallashmoqda va buning natijasida ayrim mamlakatlarning o'ziga xos demokratik taraqqiyotiga chetdan kuchli ta'sir o'tkazilayapti. Ya'ni bu jarayondan o'z manfaatlari yo'lida foydalanishga urinayotgan globalizm g'oyasi asoschilari boshqa mamlakatlarning siyosiy boshqaruv tizimini o'z qo'llariga olishga urinmoqdalar. Masalan, Afrika va Osiyo mintaqalaridagi bir qator davlatlarda 2009-2013 yillarda yuz bergan "inqilob"lar siyosiy globallashuv mahsuli bo'lib, ushbu jarayon asoratlarining qanchalar xavfli ekanligidan darak beradi.

Ushbu siyosatga qarama-qarshi vosita sifatida jarima, ta'sir o'tkazish bosimi, kredit berish imkoniyatini to'xtatish, xalqaro tashkilotlar a'zoligidan chiqarish kabi ta'sir etishning amaliy vositalari xizmat qilishi mumkin. Milliy iqtisodiy xavfsizlik -bu mamlakat takror ishlab chiqarish jarayoniga xavf soluvchi, aholi turmush darajasining pasayishi hamda ijtimoiy to'qnashuvlarning yuzaga kelishiga olib keluvchi ichki va tashqi salbiy oqibatlardan milliy iqtisodiyotning himoyalanganlik darajasidir.

Milliy iqtisodiy xavfsizlik mamlakatning iqtisodiy rivojlanish darajasi, iqtisodiy salohiyati, milliy boylik hajmi, resurslar bilan ta'minlanganligiga bog'liq. Jahonda iqtisodiy havfsizlikning nisbiy miqdoriy ko'rsatkichlaridan foydalaniladi. Masalan, agar oziq-ovqat va boshqa tovarlar importi jami importning 20% idan oshib ketsa, ushbu holat milliy iqtisodiy havfsizlikka salbiy ta'sir ko'rsatadi va uning tarkibini

uzgartirish bo'yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish lozim bo'ladi. Demak, xo'jalik hayotining baynalmilallashuv jarayoni xalqaro va milliy iqtisodiy havfsizlikni saqlab turish hamda qo'llab-quvvatlash jarayonidagina rivojlanishi mumkin. Globallashuv dunyodagi barcha mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanish sur'atlari va yo'nalishlariga sezilarli ta'sir ko'rsatadi. Bu ishchi kuchidan foydlalanish, tovar ishlab chiqarish va xizmtlar ko'rsatish, inson omiliga kapital sarflash sohalarini keng qamrab oladi, natijada ishlab chiqarish samaradorligi oshadi, mehnat unumdorligi o'sadi, raqobatning keskinlashish tendensiyalari kuchayadi. Globallashuv jarayonida Ilgari shakllangan integratsion birlashmalar faoliyati takomillashgan bo'lib, undan tashqari yangi tuzilmalar paydo bo'ldi. Agar YEVROPA ITTIFOQI, NAFTA, OPEK, MDH, BRIK, BRIKS kabi integratsion tashkilotlar faoliyati kemgaygan yoki chuqurlashgan bo'lsa, JAHON BANKI, OSIYO TIKLANISH VA TARAQQIYOT BANKI, XALQARO MOLIYA KORPORATSIYALARI kabi xalqaro iqtisodiy tashkilotlarning funksiyalari kengaydi, ularning milliy iqtisodiyotlar rivojlanishidagi roli ortdi.

Tashqi iqtisodiy faoliyatning mazkur yo'nalishlarini izchil tarzda amalga oshirish orqali mahsulotlar raqobatbardoshligini oshirish mamlakatimiz iqtisodiyotining jahon iqtisodiy hamjamiyatida munosib o'rin egallashiga imkon beradi. Jahon iqtisodiyotidagi globallashuv jarayoni ob'yektiv tarixiy jarayon bo'lib, o'zining ijobiy va salbiy jihatlariga egadir. Uning ijobiy jihatlaridan xalqaro moliya bozorlari va valyuta munosabatlarini tartibga solish jarayonida oqilona foydalanish kapitallar, valyutalar va tovarlar harakati ko'lamining kengayishiga muhim zamin yaratadi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Shernaev, A. A. Principles and methods of organization of the internal tax control system in Joint Stock Company. International Journal of Economics, Business and Management Studies-ISSN, 2347-4378.

2. Shernaev, A. A. (2021). Strategik rivojlanish sharoitida mahalliy byudjetlar daromadlarini takomillashtirish yo'nalishlari. Студенческий вестник, (20-14), 74-76.

3. Шернаев, А. А. (2020). Совершенствование налогового планирования в акционерных обществах-как механизм повышения эффективности финансового менеджмента. Экономика и общество, (4), 20-28.

4. Shernaev, A. A. (2021). Sog 'liqni saqlash tizimini moliyalashtirishda mahalliy byudjetlarning rolini oshirish masalalari. Интернаука, (20-7), 58-60.

5. Шернаев, А. А. (2020). Налоговое планирование в системе обеспечения финансовой безопасности в акционерных обществах. Интернаука, (12-2), 43-45.

6. Jumanazarova, Z. J., & Shernayev, A. A. (2020). Budjetdan tashqari jamg 'armalar moliyaviy resurslarini shakllantirish va taqsimlash amaliyotini takomillashtirish yo 'nalishlari. Студенческий вестник, (1-6), 87-89.

7. Shernaev, A. A. (2020). On the issue of the efficiency of taxation of joint stock companies. Экономика и бизнес: теория и практика, (9-2), 149-152.

8. Шернаев, А. А. (2020). Совершенствование налогового планирования в акционерных обществах-как механизм повышения эффективности финансового менеджмента. Экономика и общество, (4), 20-28.

9. Xamdamova, R. R. Q., & Shernayev, A. A. (2022). Xalqaro moliya bozoridagi operatsiyalarning rivojlanish istiqbollar. Science and Education, 3(1), 1111-1116.

10. Кабулов, Х. А. (2020). ПРИОРИТЕТНЫЕ ВОПРОСЫ СТРАТЕГИИ РАЗВИТИЯ ДОХОДНОГО ПОТЕНЦИАЛА РЕГИОНА. ЭКОНОМИКА И БИЗНЕС теория и практика № 9-1 (67), 9(1), 147.

11. Kobulov, K. (2020). Modeling the processes of forming a strategy for the revenue potential of local budgets. Архив научных исследований, 35.

12. Nurulloyev, J. A. O. G. L., & Shernayev, A. A. (2022). Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi shakllanishining joriy holati tahlili va undagi iqtisodiy-moliyaviy munosabatlar. Science and Education, 3(2), 1495-1501.

13. Nomozov, B. R. O. G. L., & Shernayev, A. A. (2022). Ta'lim sohasi xarajatlarini rejalashtirish va moliyalashtirish masalalari. Science and Education, 3(2), 1489-1494.

14. Шернаев, А. А. (2021). АКЦИЯДОРЛИК ЖАМИЯТЛАРИДА СОЛИКДАРНИ РЕЖАЛАШТИРИШ: ХУСУСИЯТЛАРИ ВА УСЛУБИЁТИ МАСАЛАЛАРИ. Science and Education, 2(3), 454-469.

15. Jovmirov, A. R. O. G. L., & Shernayev, A. A. (2022). Jahon savdosini moliyalashtirishning zamonaviy yo'llari. Science and Education, 3(3), 1119-1127.

16. Kobulov, K. (2020). СТРАТЕГИЯ РАЗВИТИЯ ДОХОДНОГО ПОТЕНЦИАЛА РЕГИОНА В УСЛОВИЯХ ИННОВАЦИОННОГО РАЗВИТИЯ ЭКОНОМИКИ. Архив научных исследований, 35.

17. Кобулов, Х. А. (2020). Обеспечения финансовой устойчивости местных бюджетов путем улучшения финансового потенциала региона. In Современная наука: актуальные вопросы, достижения и инновации (pp. 47-49).

18. Naimov, S. O. O. G. L., & Shernayev, A. A. (2022). Xalqaro valyuta bozori va O'zbekistonda valyuta operatsiyalarini rivojlantirishning istiqbolli yo'nalishlari. Science and Education, 3(1), 1099-1103.

19. Amirqulov, B. R. O. G. L., & Shernayev, A. A. (2022). Davlat maqsadli fondlari moliyaviy resurslaridan samarali foydalanish yo 'nalishlari. Science and Education, 3(1), 1048-1053.

www.openscience.uz / ISSN 2181-0842

970

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.