Научная статья на тему 'TILSHUNOSLIKDA RANG NOMLARI BILAN BOG‘LIQ ATAMALAR TADQIQI'

TILSHUNOSLIKDA RANG NOMLARI BILAN BOG‘LIQ ATAMALAR TADQIQI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
3
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
rang / rang terminologiyasi / nom / tus / koloristika / lingvistik atama.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Umarova Nargizaxon Rustamovna, Xayitova Dilshoda Murodjonovna

Ushbu maqolada rang nomlari bilan bog’liq tadqiqotlar, jahon olimlarining bu borada olib borgan tadqiqotlari va rang atamalarini o’ziga xos xususiyatlari borasida so’z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TILSHUNOSLIKDA RANG NOMLARI BILAN BOG‘LIQ ATAMALAR TADQIQI»

TILSHUNOSLIKDA RANG NOMLARI BILAN BOG'LIQ

ATAMALAR TADQIQI

1Umarova Nargizaxon Rustamovna, 2Xayitova Dilshoda Murodjonovna

1FarDU filologiya fanlari doktori, professor

2FarDU tayanch doktoranti https://doi.org/10.5281/zenodo.13943884

Annotatsiya. Ushbu maqolada rang nomlari bilan bog'liq tadqiqotlar, jahon olimlarining bu borada olib borgan tadqiqotlari va rang atamalarini o'ziga xos xususiyatlari borasida so'z boradi.

Kalit so'zlar: rang, rang terminologiyasi, nom, tus, koloristika, lingvistik atama.

Zamonaviy tilshunoslikda rang va uning tuslarini nomlashda turli leksik birliklar va birikmalardan atama sifatida foydalaniladi. Shu jihatdan tilshunoslikda rang tushunchasini ifodalash uchun tilning nominativ tizimidan atamalarni tanlash muammosi juda dolzarbdir. Bu muammo xususida D.N.Borisovaning "Tildagi rang ifodalovchi shakllarni nomlash uchun atama tanlash muammosi to'g'risida"gi maqolasi alohida ahamiyatga ega.Maolada muallif turli tillardagi rang va uning tuslarini bildiruvchi atov birliklar doirasidagi tadqiqotlarni tahlil qiladi. Shuningdek, D.N.Borisova rang komponentli atamalar maydoni doirasida beshta yo'nalishni aniqlaydi. Bunda birinchi yo'nalish "rang nomlari" atamasidan foydalanishdir. "Rang nomlari" atamasi ma'lum leksik birliklar yoki ma'lum bir so'zning natijasi sifatida emas, balki lisoniy jarayon sifatida qabul qilinadi. U yana ta'kidlaydiki, "ranglarni nomlash - bu tilda rangni ko'rsatish jarayoni, ya'ni rang tuslarini belgilashning turli usullaridir" [1, 34].

Shuni ta'kidlash kerakki, turli tizimli tillarda "rang nomlari" atamasi muayyan so'z yasalish usullarini aniqlash bilan ham bog'liq, masalan:

ot asosida shakllangan rang nomlari (tillarang, havorang);

sifat asosida shakllangan rang nomlari (qizil);

fe'l asosida shakllangan rang nomlari (masalan, tarixiy nuqtayi nazardan turkiy tillarda qizil sifati qizimoq fe'lidan kelib chiqqan).

Bulardan tashqari, boshqa birlklar yordamida rang tuslarini nomlash mumkin, masalan:

a) so'z yasovchi elementlar vositasida: yashil, niliy, siyohfom;

b) sifatning takroriy shakllari asosida (oppoq);

c) so'z birikmalar (gulrang) asosida.

R.M.Frumkina asarlarida "rang nomi" atamasi ko'p qo'llanilgan bo'lib, ushbu atamani o'rganish asnosida D.N.Borisova shunday xulosaga keladi: "Nom" tushunchasi tilshunoslikning grammatika bo'limiga (so'z turkumlari, gap bo'laklariga) yoki onomasiologiya bo'limiga (nominativ jarayonga) tegishlidir. Grammatik nuqtayi nazardan, "rang nomi" atamasi faqat asosiy rang nomlariga nisbatangina qo'llaniladi" [1, 35]. Agar asosiy bo'lmagan rang nomlari haqida, yani ikkinchi nominatsiya haqida so'z yuritadigan bo'lsak, bunday nomlash jarayonii ma'lum modellar (masalan, metaforik ifodada: oz'b. - osmonrang; ing. - iceberg white) asosida shakllanadi. Tabiiyki, "rang nomi" tushunchasi bunday holatlarga muvofiq kelmaydi. "Rang" atamasi "colour" term ("цветовой" термин или термин "цвета") ko'rinishida birinchi marta B.Berlin va P.Kaylarning "Asosiy rang terminologiyasi" asarida qo'llanilgan.

D.N.Borisovaning fikricha, "rang nomlari" atamasi rus tilida keng qamrovli lingvistik atama bo'lib, ularni o'rganishda tilshunos ko'pincha "Rang terminlarini o'z ichiga olgan ma'lum bir ranglar terminologiyasi mavjudmi?" degan savolga javob izlaydi [1, 36] va rang hodisasini

бб

o'rganuvchi koloristika (rangshunoslik) fanining ba'zi xususiyatlarini aks ettiruvchi asosiy atamalarga e'tibor qaratadi: rang - colour/цвет; rang muhiti - colourit/колорит; rang tusi - colour tone/цветовой тон; aralash ranglar - mixing of colors/смешение цветов; rang ziddi yoki rang kontrasti - contrast/контраст; rangning to'yinganligi - full colour/насыщенность va boshqalar.

Shuni ta'kidlash kerakki, koloristikada rangning o'ziga xos atamasi mavjud emas va "rang nomlari (rang nomiycolour/цвета" tushunchasining o'zi faqat rang va uning tuslari ta'rifigina bo'lib, ishlab chiqarishning boshqa sohalarida ham qo'llaniladi. Nafaqat "rang darajalari" atamasi, balki "rang komponentli nom", "rang nomi", "rang ma'noli sifat", "rang xususiyatli" kabi tavsiflovchi birikmalarning qo'llanishi O.V.Toropova va E.V.Raxilina kabi tilshunos olimlar asarlarida tarkibli atama sifatida ko'p uchraydi. Ilmiy tadqiqotlarda tavtologiyaga yo'l qo'ymaslik uchun "koloronim" atamasining sinonimi sifatida ushbu atamalardan foydalanish mumkin.

Lingvistik atama sifatida "koloronim" (lot. rang - "hum (rang)" + yunon. onim - "nom"), ba'zan esa "xromatonim" (yun. chroma - "hum (rang)" + onim "nom") sifatida qo'llanib kelinmoqda, biroq hozirgacha rang-tuslarni ifodalovchi leksik birliklar uchun yagona lingvistik atama mavjud emas, "rang ifodalovchi so'zlar/words denoting colours/цветообозначение" nominativini har bir tildagi rang va bo'yoqlarni ifodalashning umumiy atov birligi sifatida qo'llash mumkin[2, 47].

Yana bir birikmali atama - "rang nomi/flower name/имя цвета'^ kelsak, uni asosiy rang turlarining nomlarini tahlil qilish va o'rganishda faqat onomasiologik yondashuvlarda qo'llagan ma'qulroq.

"Rang/colour/цвета" terminologik birligidan axromatik ranglarni ifodalashda foydalanish mumkin emas. Bunday holda axromatik ranglar, o'z-o'zidan "xromatonim" doirasidan chiqib ketadi.

Rang nomlari terminologiyasida "koloronim" atamasining qo'llanishi muvaffaqiyatli bo'lib, boshqa tavsiflovchi iboralardan foydalanishda tavtologiyadan qochish uchun ular o'zaro sinonim sifatida ishlatiladi[4,80]. Yuqorida qayd etilgan atamalarga qo'shimcha tarzda rang lingvistikasida yana quyidagi atamalardan ham uchrab turadi: "rang-so 'z/colour words/ цветолексема"; "rangli leksika/words related to colour/цветовая лексика"; "ranglar lug'ati/words of colour/лексика цвета"; "rang nominativlari/colour nomination/цветономинация"; "ranglar birikmasi/collocation related to colour/цветовое сочетание"; "rang tushunchasini ifodalovchi so'zlar/words related to denoting colour/словоцветообозначение"; "koloronimlar".

Tilshunoslar rang nomlarini ikkita katta guruhga ajratadilar: asl ranglar va tuslar. O'z navbatida, tadqiqotchilar ta'kidlaganidek, asl ranglarning nomlanishi yetti xil rang nomlari tizimini o'z ichiga oladi. Har bir tilda alohida rang nomlari tizimi mavjud. Bunday leksik tizimga rang tuslari nomlarini ham kiritsa bo'ladi va ular ko'pchilikni tashkil qiladi.

Tilshunos I.V.Makeenko rang tuslarini nomlaydigan leksik birliklarni quyidagi guruhlarga ajratadi: "a) rangning murakkab, yorqin, yengil, quyuq va yumshoqligi hamda boshqa

ranglar bilan intensivligi; b) aralash ranglar yoki ko'p rangli narsalar nomini ifodalovchi ikki qismli rang sifatlari: sariq-yashil, ko'k-oq va boshqalar [3 15]. Shu bilan birga, tarkibiy jihatdan murakkab yoki genetik jihatdan rangning ifodalanishi (dengiz to'lqini rangi, apelsin rangi, asal rangi) ham nazarda tutiladi. Tilshunoslar ko'pincha rang nomlarini belgilashda muayyan muammolarga duch keladilar. Ranglarining tasnifi nafaqat tilshunoslikda, balki fanning boshqa sohalarida ham asosiy muammolardan biridir. Bu boradagi muammolar, odatda, atamalarning rangni qay darajada ifodalay olishi mumkinligi bilan bog'liq jarayonlarda paydo bo'ladi. Shunday qilib, tilshunoslar ranglarning uch o'lchovli ruhiy makoni modeliga asoslangan manzarani yaratishning mumkin emasligini ta'kidlaydilar. Olimlar semantik aloqalar modelini yaratishda, ranglarni nomlashda va leksik birliklarni tanlash hamda tasniflashning umumiy tamoyilini ochib berishda ko'pincha qiyinchiliklarga duch keladilar.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. Борисова Д.Н. Проблема выбора термина для названия форм свет к обозначения в языке Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение» 2008

2. Кирьянов, С. Л. Семантико-стилистический потенциал фразеологических единиц с компонентом-колоронимом в квебекском и метропольном вариантах французского языка: дис. ... канд. филол. наук / С. Л. Кирьянов. - М., 2005. - 264 c.

3. Макеенко И. В. Семантика цвета в разноструктурных языках: Автореферат дис. ... канд. филол. наук: 10.02.19 / Макеенко Ирина Васильевна. - Саратов, 1999.

4. Цыганова, С. А. Цветообозначения в фольклоре: символика, смысл, традиция / С. А. Цыганова // Mentalität. Konzept. Gender / Hrsg. Von E. A. Pimenov; M. V. Pimenova. -Landau: Verlag Empirische Pädagogik, 2000 - 350 S. - S. 79-99.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.