Научная статья на тему 'INGLIZ VA QORAQALPOQ TILLARIDA KOLORATIV KOMPONENTLI FRAZEOLOGIZMLARNING KONSEPTUALLASHUV XUSUSIYATI'

INGLIZ VA QORAQALPOQ TILLARIDA KOLORATIV KOMPONENTLI FRAZEOLOGIZMLARNING KONSEPTUALLASHUV XUSUSIYATI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
25
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Rang / konseptualizatsiya / lingvomadaniy / paradigma / leksema / semantika / lingvomadaniya. / Color / conceptualization / linguoculturology / paradigm / lexeme / semantics / linguoculturology.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Djumamuratov K.A.

Maqolada ingliz va qoraqalpoq tillaridagi rang semantikasining asosli tadqiqi keltirilgan bo‘lib, madaniy kontekst rang haqidagi tushunchamizni chuqur shakllantirishi asoslangan. Rang nomlarini tarjima qilishning murakkabligi ta’kidlanib, til, madaniyat vabilishning bir-biriga chambarchas bog‘liqligi ta’kidlanadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

CHARACTERISTICS OF CONCEPTUALIZATION OF PHRASEOLOGISMS WITH A COLORATIVE COMPONENT IN ENGLISH AND KARAKALPAK LANGUAGES

The article presents a well-founded exploration of color semantics in English and Karakalpak languages, arguing that cultural context deeply shapes our understanding of color. The complexities of translating color names are highlighted, emphasizing the intertwined nature of language, culture, and cognition.

Текст научной работы на тему «INGLIZ VA QORAQALPOQ TILLARIDA KOLORATIV KOMPONENTLI FRAZEOLOGIZMLARNING KONSEPTUALLASHUV XUSUSIYATI»

EURASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.1 | SJIF = 7.899 www.in-academy.uz

CHARACTERISTICS OF CONCEPTUALIZATION OF PHRASEOLOGISMS WITH A COLORATIVE COMPONENT IN ENGLISH AND KARAKALPAK LANGUAGES Djumamuratov K.A.

PhD Student at Karakalpak State University https://doi.org/10.5281/zenodo.13692396

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Received: 28th August 2024 Accepted: 04th September 2024 Online: 05th September 2024

KEYWORDS Color, conceptualization,

linguoculturology, paradigm, lexeme, semantics,

linguoculturology.

The article presents a well-founded exploration of color semantics in English and Karakalpak languages, arguing that cultural context deeply shapes our understanding of color. The complexities of translating color names are highlighted, emphasizing the intertwined nature of language, culture, and cognition.

INGLIZ VA QORAQALPOQ TILLARIDA KOLORATIV KOMPONENTLI FRAZEOLOGIZMLARNING KONSEPTUALLASHUV XUSUSIYATI

Djumamuratov K.A.

Qoraqalpoq davlat universiteti doktoranti https://doi.org/10.5281/zenodo.13692396

ARTICLE INFO

Received: 28th August 2024 Accepted: 04th September 2024 Online: 05th September 2024

KEYWORDS Rang, konseptualizatsiya,

lingvomadaniy, paradigma, leksem a, seman tika,

lingvomadaniya.

ABSTRACT

Ma qolada ingliz va qoraqalpoq tillaridagi rang semantikasining asosli tadqiqi keltirilgan bo'lib, madaniy kontekst rang haqidagi tushunchamizni chuqur shakllantirishi asoslangan. Rang nomlarini tarjima qilishning murakkabligi ta'kidlanib, til, madaniyat va bilishning bir-biriga chambarchas bog'liqligi ta'kidlanadi.

Ranglar har bir xalqning yakdilligini yaqqol ko'rsatib beruvchi vosita bo'lib, bu jarayonda rang izohlarini insonlar ongida konseptuallashtirish jarayonini aniqlash maqsad qilingan. Shu bilan bir qatorda ranglarni tadqiq qilish obyekti sifatida o'rganib chiqishning asosiy mezonlari haqida, shu bilan birga ularni tadqiq qilish jarayonlari haqida ma'lumotlarni muhokama qilish va e'tiborga olingan. Bunda aynan tarixiy, qiyosiy, etnomadaniy, kognitiv hodisa asosida ingliz va qoraqalpoq tillaridagi rang izohlarini qiyosiy muhokama qilish tadqiqot metodlari hisoblanadi. Geterogen tillar bo'lgan ingliz va qoraqalpoq tillarining leksik qatlamida o'xshashlik bo'lmasligi bu aksioma, shu sababli va bu o'xshashlik, shuningdek, bu o'xshashlik aspektida farqlanishlar aniqlangan taqdirdagina zamonaviy tillar doirasining

é

UIF = 8.1 | SJIF = 7.899

www.in-academy.uz

mavjudligi mumkin. Bizning gipotezamizga ko'ra, har bir leksik birlikning semantikasi jihatidan shu atama va tushunchalarning funksional-semantik tavsifi bilan bog'liq, ya'ni ingliz va qoraqalpoq tillaridagi rang atamalarining konseptuallashuvi prototiplar, metaforik, metonimik, madaniy assotsiatsiyalar, konnotatsiya va semantik maydondan farqli jihatlari bilan bog'liqligi aniqlashtirib beriladi.

Rang hodisasini lingvomadaniy va kognitiv paradigmalar kontekstida tadqiq etish oddiy qonuniyatdir (Xorijiy olimlardan: Berlin, Kay 1969; R. Gackendoff 1993, 2002; V. Berlin, R. Kay 1969; N. Rosch 1973; J. Itten, 1970; MDH olimlaridan: Vorobev 1997; Makovskiy 1996, 1997; Teliya 1996; Maslova 1997; Krasnix 2001, 2002; Stepanov 1997, 1997; mahalliy olimlardan: Xojanov 2013; Seytkasimov 2016; Xodjalepesova 2021; To'raboyeva 2021; Qodirboyeva 2023; Orazimbetova 2024 va h.k.), ular tadqiqotlarida asosiy e'tibor lingvistik tizimlarni o'rganishdan, tilning strukturaviy xususiyatlarini, konseptual tizimni tahlil qilishdan, barcha ko'rinishlarini qurishda tilning roli bilan bog'liq muammolarni tahlil qilishga, voqelikni tushunishning kognitiv mexanizmlarini aniqlashga qaratiladi. Dunyoni o'rganishning sezgir va badiiy shakli ustuvorligi tufayli rang insonning jismoniy va psixo-emotsional holatini o'zgartirish qobiliyatiga ega, bu o'z navbatida madaniyatning barqarorlashuviga olib keladi va eng qadimgi semiotik tizim bilan konseptual tasvirning zaruriy qismi bo'lib shakllanishiga sabab bo'ladi. Eng boshlang'ich bilimlar manbai bo'lgan miflarda ranglar tasniflanadi, marosimlar va e'tiqodlarning elementi bo'lib xizmat qiladi, shu bilan birga eng zarur ma'lumotlarni o'zida jamlovchi vositadir. Shuning uchun ham ular inson uchun faqat olamning obyektiv xususiyati emas, balki ekspressiv-baho bilan to'yingan ko'rsatkichi, me'yorlari va munosabatlarini ifodalovchi axloqiy va estetik kategoriyaga aylanadi.Ranglar konnotatsiyasi madaniyatning asosiy kategoriyalaridan biri sifatida qo'llaniladi.

Prototipik obrazlar va kategoriya rang ifodalari bilan chambarchas bog'liq bo'lib, rang insoniyat madaniyatida doimo katta ahamiyatga ega bo'lib, u borliqni falsafiy va estetik soha negizi sifatida talqin qilish bilan chambarchas bog'liq, bunda L.V. Knodel: "inson o'zini butun borlig'ida ko'proq rang orqali tartibga soladi va dunyo bilan aloqalarini uyg'unlashtiradi," deb fikr bildiradi [Knodel 2019: 5].

Rang fizik hodisa sifatida I. Nyuton tomonidan birinchi marta tasvirlangan, ya'ni u ranglarni ma'lum bir uzunlikdagi yorug'lik to'lqini sifatida o'rgangan. I.V. Gyote ilmiy ishida rang haqida ma'lumot berib o'tadi: "rangning sezgisi va estetik harakati." Bu tezisda keltirilishicha, ranglarning farqli ma'nolari bo'lib, ularning ma'lum bir psixologik mazmuni borligi ta'kidlanadi, shu sababli ularni o'rganish an'anaviy fizikadan kelib chiqib mexanik uslub doirasida tadqiq qilishni talab qiladi [Gyote 2019: 51]. Biroq, ranglarning mexanik hodisasi doirasida o'rganilganda, uning faqat denotativ ma'nolari e'tiborga olinadi, konnotativ semantikasi esa e'tibordan chetda qoladi.

L.V. Knodelning "Ingliz ranglar idiomatikasi" nomli monografiyasida, "turli tillarning lug'atlarida 100 dan 150 gacha ranglarning nomlari mavjud bo'lsa-da, inson ko'zi faqat 100 ming rang turini ajrata olishi"ni ta'kidlaydi [Knodel 2019: 7]. Tadqiqotchilar rang nomlarining sonini turlicha belgilaydilar, shu bilan birga ranglarni tadqiq qilishning turli usullari qo'llaniladi deb hisoblashadi.Internet tarmoqlaridagi rang ifodalarining soni 1028 tadan

é

Ws,

ko'pligi aniqlanib, ularni tadqiq qilish qiyinchilik tug'diradi, shu sababli biz ularning tadqiqining birinchi bosqichini asosan ranglarni oddiy funksional xususiyatlari asosida ajratib olib, so'ng ularning semantik xususiyatlariga to'xtalishni ma'qul topdik.

N. F. Pelevina turli tillarning barcha oddiy ko'rinishida aks ettirilgan faoliyat taqsimoti natijalari va ilmiy bilimlar o'rtasidagi farqlarni belgilagan: "Har bir xalq uchun haqiqatni, xususan, rang maydonini tasniflashning alohida psixologik sababi bor, bu atrofimizdagi muhit obyektlari va hodisalariga asoslangan bilimdir" [Pelevina 1987: 152]. Shunga o'xshash pozitsiyani G. Auberg tasdiqlaydi: "Biz o'z his-tuyg'ularimizni tartibga solish va tasniflash zarurati bo'lgandagina bir-birimizni tushunishga harakat qilamiz. Faqat shu holda qora, oq, qizil, sariq, yashil, ko'k so'zlari bizning sezgilarimiz uchun asosiy atamalar sifatida yetarli bo'lishi mumkin. Bu so'zlarning kombinatsiyasi va o'zgarishi shu rang asosida his-tuyg'ularimizni ifodalash uchun yoki hech bo'lmaganda ularni boshqa odamlarga tushunarli tarzda yetkazish uchun yetarli" [Auberg 1980: 180]. Olimlarning yuqoridagi fikrlariga to'liq qo'shilamiz, yana bunga qo'shimcha qilib, har bir millatning butun milliy qiyofasi his-tuyg'ular orqali til birliklarining qo'llanishiga o'z ta'sirini o'tkazadi. Tabiatda uchraydigan ranglar axromatik va xromatik ranglarga bo'linadi, bu ranglarning bo'linishi va insonning o'z tajribasidan kelib chiqib metaforik yoki metonimik kontekst asosida ranglarni anglatadi. Axromatik ranglar qatoriga odatda oq, qora, kulrang ranglar kiradi, qolgan barcha ranglar xromatikdir.

Ranglarning sezgilar asosida rivojlanishi ketma-ket bosqichlari haqidagi taxminga ko'ra, birinchi bosqichda insonning rang tajribasi faqat oq va qora ranglarga bo'linish bilan chegaralangan, keyingi davrda qizil va sariq ranglar paydo bo'lgan [Onol 1996: 21]. Deyarli ko'p asrlardan beri tadqiq qilinayotgan til bilimiga oid adabiyotlarda yangi ranglarning nomlari keng qo'llanilishi kuzatiladi, ya'ni rang nomlari orqali turli obrazlar yaratildi. 16-asrdan boshlab adabiyotda, ayniqsa, she'riyatda yorqin poetik obrazlar yaratish uchun yangi rang atamalari faol qo'llanila boshlandi: "Rang atamalarining rivojlanishi adabiyotning estetik ehtiyojlari bilan bog'liq hisoblanadi, ya'ni rang lug'atining boyishi birinchi navbatda she'riyatda ko'p qo'llaniladigan oddiy rang atamalarining she'riy misralarda sinonimlar orqali kengayishi bilan bog'liq..." [Barodina, Gak 1979:37]. Badiiy uslubning rivojlanishi bilan rang-tus atamalari palitrasi kengayadi, turli obrazlar obrazlar yordamida his-tuyg'ular ochiladi, xalq hayoti aks etadi:

Sari boyaw - kewlimdegi kaygi - mun,

Qara boyaw - tâgdirimnin gûnsi.

Jasil boyaw - ârmanlari jasliqtin,

Qizil boyaw - jûregimnin jarasi.

(I.Yusupov "Gilemshi hayal haqqinda haqiyqatliq", - b. 114).

Adabiyotning rivojlanishi bilan bir qatorda, ilmiy-texnik inqilob va rang palitrasining kengayishiga o'z hissasini qo'shdi. To'qimachilik va bo'yoqchilik sanoatining rivojlanishi bilan rang terminologiyasi faol ravishda boyib bordi, bu yangi ranglarning sun'iy bo'yoqlarini yaratish natijasida yuzaga kelgan. Rang terminologiyasining rivojlanishiga XIX asr oxirida fransuz modasining Yevropaga ta'siri, shu bilan birga Sharq bilan savdo-sotiq ishlarining rivojlanishi bilan bog'liq bo'lgan qarzlar to'lqini katta ta'sir ko'rsatdi.

é

UIF = 8.1 | SJIF = 7.899

www.in-academy.uz

Tilning o'ziga xos xususiyatlarini tushunish uchun har bir etnik guruhning madaniyatini saqlovchi matnlarni, birinchi navbatda, xalq og'zaki ijodi va badiiy adabiyotni tahlil qilish kerak. Rang nomlari madaniy assotsiatsiyalar va ma'lum bir konnotatsiyalar asosida shakllanganda, etnik guruhning tarixiy shakllanishi bilan bog'liq bo'ladi. Shu sababli bunday tadqiqotlar uchun empirik material qiyoslanayotgan tildagi asarlar - she'riy satrlar, nasr, folklor edi.

Har qanday tilning rang sxemasi barcha til ko'rinishini aks ettiradi, ma'lum tushunchalarni, his-tuyg'ularni va emotsiyalarni ifodalaydi. Turli xalqlar madaniyatida ma'lum bir rangning ahamiyati turlicha bo'lishi mumkin, shu sababli ranglarning gavdalanishi tilda ko'proq yoki kamroq hissiyot reaksiyasini ifodalash bilan belgilanadi. Bu etnik guruhlarda ijtimoiy, tarixiy va geografik xususiyatlari bilan belgilanadigan mustahkam assotsiatsiya bilan bog'liq. Bu masala bo'yicha olim G.K.Kdirbayeva ham o'z fikrini bildiradi: "Har bir etnik guruh a'zosi o'z jamoasining butun tili milliy ko'rinishida, hayot tajribasi asosida xabardor bo'lganligi tufayli bir-birini tushunadi. Masalan, qoraqalpoq tilining frazeologik fondida "ko'k tigilsin" hozirgi vaqtda qoraqalpoqlar uchun "uyaltirish," "siqtirish" kabi konnotatsiyada qo'llanilishi bilan uning arxetipik ma'nosini bilgan etnik guruh vakillari "g'arg'is" ekanligini tushunadilar [Kdirbayeva 2023:651].

Barcha assotsiativ lingvistik rang ifodasi boshqa madaniyatlarni tushunishning samarali vositasi bo'lib [Alimova 2007:77], u jamiyatning rang "belgisi"dagi har qanday o'zgarishlarga sezgir bo'lib [Alimova 2007:77], milliy-madaniy xususiyatlar bilan mustahkam bog'langan gavdalantiruvchilarning o'ziga xos xususiyatlarini ifodalaydi [Dmitryuk 1983, 1985].

Rang nomlarini shakllantirishda semantik maydon ham hisobga olinadi. Ya'ni, bir xil sifatga ega ranglarning turkumlanishi ular orasidagi farqlarni aniqlashga yordam beradi. Yana, rang atamalariga singib ketgan odatiy obyektni ifodalash "rasmiy talqinlar" orqali beriladi: oq - tiniq osmon, bulut, qor, sut; qora - ko'mir, tun, qorong'ilik; yashil - o't, barg, bahor. R.M. Frumkinaning aytishicha, "rang qiyofalarini tushuntirishda obyektga bevosita yo'naltirilgan ko'rsatkichni o'z ichiga olgan usul, ma'lumotni keng va aniq beruvchi usul hisoblanadi" [Frumkina 1982: 145]. Rang nomlarini shakllantirishning eng samarali usullaridan biri, obyekt sifatidagi rangni ta'rifga o'tkazishdir, masalan: cherry red - pishgan shoyning rangidek qizil, grass green - to'kin chimdek yashil, sky blue - tiniq osmondek ko'k, golden yellow - oltindek yaltiroq sariq, coal black - ko'mirdek qop-qora.

Rang nomlarini bir tildan ikkinchi tilga aniq tarjima qilish (berish) mumkin emasligi umumiy qabul qilingan haqiqatdir, chunki bir tildagi rang nomi uchun boshqa tilda ekvivalent rang nomi yo'q bo'lishi mumkin. Ingliz tili green leksik birligi qoraqalpoq tilida yashil va ko'k ma'nosini ifodalab keladi, lekin yashil rangni ifodalovchi leksik birlik ko'proq green hisoblanadi.

J. Layons ta'kidlaganidek, "turli tillarda asosiy rang nomlarining turli sonlari uchraydi. Biroq, rang nomlarini to'g'ri tarjima qilish ko'pincha amalga oshirib bo'lmaydigan faoliyat hisoblanadi [Layonz 2004:279].

Rang nomlari qatorida frazeologik birliklar va milliy mentalitetni aks ettiruvchi vositalardan biri hisoblanadi. Rang komponentli frazeologik birliklar xalqning borliq manzarasini o'ziga xos nigoh, xususiyatlar, jonli va obrazli aks ettirish qobiliyati orqali

é

Ws,

madaniy, mifologik, ramziy, ijtimoiy-tarixiy va boshqa omillar asosida gavdalanadi [Zolnikova 2009: 88]. Frazeologizmlar, tilning jonli, metaforik va emotsional vositasi sifatida "ona tilida so'zlashuvchilarning alohida vaziyatga alohida e'tibor qaratishni yuklaydi," frazeologik birliklar dunyoning estetik jihatdan muhim manzarasini yaratishga yordam beradi [Maslova 2001: 82]. Milliy-madaniy konseptlar frazeologik birliklarda eng yorqin aks etganligi sababli ingliz va qoraqalpoq tilidagi frazeologik birliklarni rang belgilash komponenti bilan tahlil qilishga alohida e'tibor berilgan.

Barcha til ko'rinishlarining shakllanishida rangning roli shubhasiz katta, chunki turli til tamoyillari va madaniy jamoalar ma'lum birlashmalarni, ma'lum rang ustunliklarini bir xil rang bilan bog'laydi. Shunday qilib, N. Serovning aytishicha, "din, san'at va modada ranglarning o'zgarishi insoniyatning o'zligini anglashiga yordam beradi. Shuning uchun ham ranglar doimo, hamma joyda miqdor yoki shaklni emas, balki sifatni ifodalab kelgan. Ya'ni, rangsiz tasavvurda aks ettirish, ifodalash yoki o'lchash mumkin bo'lgan harakat, shu jumladan, hatto aql-idrokimizning sifatini ham aks ettirish mumkin emas" [Serov 2004: 5].

Madaniyatning asosiy konseptlari bo'lgan ranglar, barcha tillarda ularning nomlarida katta semantik qobiliyat va milliy farqning lingvomadaniy belgilarini ifodalaydi. Rangni to'rt holatda ko'rib chiqish kerak: 1) antropologik nuqtayi nazardan (social rang); 2) etnomadaniy nuqtai nazardan (madaniy-tarixiy rang); 3) psixologik nuqtayi nazardan (emotsional-baholovchi rang); 4) lingvistik belgi nuqtayi nazaridan (tizimli-struktur rang). Rang muammosini shu nuqtayi nazardan ko'rib chiqish rang leksemalarining ma'nolarini shakllantirish bosqichlarini qayta qurish, bu bosqichlarni tilda milliy-madaniy, etnik farqlar kontekstida aks ettirishni nazarda tutadi.

Maxsus bir rang belgisi ma'nosining semantik tuzilishi ko'p qatlamlidir. Lingvomadaniy sohaning negizida inson uchun eng zarur voqelik hodisalari va obyektlarda rangga bo'lgan qiziqish alohida ahamiyatga ega. Ranglarning boshlang'ich assotsiatsiyasi bilan reaksiyalari ham tabiiy fiziologik tomondan ulardan aniqlangan ma'nolarga belgilanadigan arxetipik, keyinchalik esa mifologik va maydon chegarasida doimiy ravishda yangilanib boruvchi ramziy ma'nolar majmuini ifodalaydi. Semantik markazdan uzoqlashish rangning milliy miqyosda alohida holatlarda qo'llanilishining ortishi kuzatiladi. Tahlil qilinayotgan tillardagi rang-tus ma'nolarining universalligi ularning chuqur qatlamlarining mos kelishi bilan bog'liq bo'ladi.

Rang universal tasniflash funksiyasiga ega bo'lib, barcha chog'ishtiriladigan tillarda voqelikning turli obyektlari va hodisalari, inson nominatsiyasi, ijtimoiy va ijtimoiy, diniy va axloqiy, hissiy va shaxslararo munosabatlarning belgilarini birlashtiradi, aniq mantiqiy va nisbatan qat'iy tizimni ochib beradi.

Shunday qilib, har bir leksik birlikning semantikasi asosan tushunchalarning funksional-semantik tasnifi bilan bog'liq, ya'ni ingliz va qoraqalpoq tillaridagi rang nomlarining konseptuallashuvi prototiplar, metaforik, metonimik, madaniy assotsiatsiyalar, konnotatsiya va semantik maydon xususiyatlari bilan bog'liqligi isbotlandi.

References:

1. Knodel L., Angliyskiye idiomy tsveta: monografiya, Kiev 2019, 320 b.

2. Auberg G. Nauchnie svedeniya o svete. Volgograd: Peremena, 1980.

EURASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.1 | SJIF = 7.899 www.in-academy.uz

3. Borodina, M.A. K tipologii i metodike istoriko-semanticheskix issledovaniy [Tekst] / M.A. Borodina, V.G. Gak. - L., 1979. - 232 s.

4. Borodina, M.A. K tipologii i metodike istoriko-semanticheskix issledovaniy [Tekst] / M.A. Borodina, V.G. Gak. - L., 1979.5. Alimova Ye. N. Assotsiativnaya lingvotsvetovaya kartina mira // Vestnik Sankt-Peterburgskogo un-ta. Ser. 9 Filologiya, vostokovedeniye, jurnalistika. 2007. Vip. 2, ch. 2. S. 74—77. - 232 s.

5. Dmitryuk N. V. Assotsiativnoye povedeniye i natsionalno-kulturnaya spetsifika // Tekst kak instrument obsheniya. M., 1983. S. 81-92.

6. Dmitryuk N. V. Natsionalno-kulturnaya spetsifika verbalnix assotsiatsiy: Avtoref. dis. ... kand. filol. nauk. M., 1985. 22 s.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.