o
TILSHUNOSLIKDA MUTLAQ (ABSOLYUT) VA INTELLEKTUAL BAHO TALQINI (FRAZEOLOGIZMLAR MISOLIDA)
d https://doi.org/10.5281/zenodo.14161680
Irgasheva Umida Asqarjon qizi
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti, Xitoy tili nazariyasi va amaliyoti kafedrasi o'qituvchisi [email protected] +998909342773
Tilshunoslik sohasida tilni talqin qilish nafaqat so'zlarni yoki grammatik tuzilmalarni tushunishni, balki, kontekstdagi so'zlarning mutlaq ma'nosini baholashni va madaniy, ijtimoiy va kognitiv omillarga asoslangan murakkablikni qo'shadigan intellektual talqinni ham o'z ichiga oladi. Ushbu maqola lingvistik talqindagi mutlaq va intellektual baholar o'rtasidagi farqni va ularning tilni tushunishdagi ahamiyatini o 'rganishga qaratilgan.
Kalit so'zlar: mutlaq baho, intellektual baho, baho toifalari, estetik baho, etik baho, aql, idrok, kognitiv rivojlanish, ijobiy-salbiy baho.
INTERPRETATION OF THE ABSOLUTE AND INTELLECTUAL ASSESSMENT IN LINGUISTICS (USING THE EXAMPLE OF PHRASEOLOGICAL UNITS)
ABSTRACT
In the field of linguistics, language interpretation involves not only understanding words or grammatical structures, but also evaluating the absolute meaning of words in context and intellectual interpretation, which adds complexity based on cultural, social and cognitive factors. This article is devoted to the study of the difference between absolute and intellectual assessments in linguistic interpretation and their importance for understanding language.
Keywords: absolute assessment, intellectual assessment, evaluation categories, aesthetic assessment, ethical assessment, intelligence, perception, cognitive development, positive-negative assessment.
Ma'lumki, biror bir narsaning, hodisaning yoki insonlarning ma'lum bir o'ziga xos jihatlarini til birliklarida jozibador, bo'yoqdor qilib ta'rif berilganda, ularning
ANNOTATSIYA
yaxshi va yomon jihatlari yaqqol namoyon bo'ladi. Ayniqsa, bu holatni ifodalashda tildagi frazeologizmlardan foydalanilganda vaziyatga qay tarzda baho berilayotgani sezilib turadi, ya'ni, baho haqida gap ketganda ko'z o'ngimizda yaxshi yoki yomon xususiyatlar shakllana boshlaydi. Shuni inobatga olgan holda, barcha baho toifalarini ijobiy yoki salbiy baho deb o'rganish talab etiladi.
T.V.Pisanova o'zining "Baholovchi semantikaning milliy-madaniy aspektlari" nomli dissertatsiyasida sublimatsiya qilingan baholarning kognitiv va madaniy-estetik va etik yondashuvlarini tahlil qilib quyidagi xulosalarni keltirgan: "Baholashning axborot salohiyatini o'rganish quyidagi muhim vazifalarni hal qilish bilan bog'liq: milliy tilning leksik tizimida yaxshi va yomon narsalar to'g'risidagi bilimlarni saqlaydigan mexanizmlarning mohiyatiga kirish (foydali/zararli; yoqimli/yoqimsiz va boshqalar) [nncaHOBa 1997:34]. Ya'ni, ongimizda shakllangan har bir tushuncha haqida gap ketganda, jamiyatning o'ziga xos dunyoqarashi doirasida ko'z o'ngimizda aynan o'sha tushunchaning sifati namoyon bo'ladi.
Baholashning tabiati haqida gapirganda, u ikki bosqichli tarkibga ega ekanligini ta'kidlash kerak. Birinchi bosqichda barcha baholarni ikki guruhga bo'lish mumkin. Ulardan birinchisi "yaxshi", "yomon", "yaxshilik», "yomonlik", "befarq" kabi tushunchalarni anglatadigan mutlaq baholarni o'z ichiga oladi. Ikkinchisi esa, "yaxshiroq", "yomonroq", "teng" kabi tushunchalarni anglatadigan qiyosiy baholar hisoblanadi.
Tilshunoslikda aksiologiyaga oid tadqiqotlarni tahlil qilgan holda, quyidagi sxemani kengaytirilgan va qayta shakllantirilgan variantda ko'rib chiqamiz. Sxemadan ko'rinib turibdiki, baho toifalari juda keng qamrovli bo'lib, biz uni A,B,C tarzda ifodaladik. A o'z ichiga mutlaq (absolyut) va qiyosiy(nisbiy) bahoni oladi. O'z navbatida mutlaq baho estetik va etik bahoni tashkil qiladi. Tabiiyki, ushbu baho toifalari faqatgina insonga baho berish uchun qo'llaniladi. Tilshunoslikda estetik baholash tilning go'zalligi, nafisligi va badiiy qiymatiga asoslangan baholashni anglatadi. Ushbu turdagi baholash fonetika, sintaksis, semantika va pragmatika kabi turli xil til elementlariga nisbatan qo'llanilishi mumkin.
Intellektual
Emotsional
Hissiy ta'm
yoki
gedonistik
baho
<-
Psixologik
baho
Utilitar baho
Normativ baho
Teleologik baho
Xitoy va o'zbek tillari frazeologizmlari misolida qaraydigan bo'lsak, insonning estetik bahosini inson go'zalligi, tashqi qiyofasi, jismoniy holati, pokligi haqidagi o'ziga xos g'oyalar belgilab beradi.
Quyida estetik baho toifasiga oidxitoy va o'zbek tillarifrazeologizmlarini
ko 'rib chiqamiz:
Xitoy tilida O'zbek tilida Xususiyatlarni ifodalashi Ijobiy (+) Salbiy (-)
Ш^Ш-Ш cän bù rën dü bù kan rù mù Aftiga qarab bo'lmaydi, daxshatli -
Й^ЩА^ shui bù zhao yuàn zhëntôu Afting qiyshiq bo'lsa oynadan o'pkalama
nùrôngkë jû betidan zahar tommoq -
bir qoshiq suv bilan yutib yuborgudek +
xiùsè ke can
йЛМ^т Oldin o'zingga boq, keyin -
liàngli ér xing nog'ora qoq
Onasi o'pmagan +
bîngqïngyù jié
Qo'li gul +
shöuqiäo ru hua
Savlat(i)dan ot hurkadi +
wàiqiâng zhöng gan
Yuqoridagi misollardan ko'rinib turibdiki, estetik toifaga mansub til birliklari asosan, xitoy va o'zbek xalqlarining inson go'zalligi, tashqi qiyofasi, jismoniy qiyofasi, ozodaligi haqidagi étalon g'oyalari orqali belgilanadi. O'zini yaxshi parvarishlash, poklik, kiyinish qobiliyati, me'yorida bo'yanish va boshqalar ijobiy baholanadi, salbiy munosabat beparvolik, jizzakilik, alamzadalik, haddan tashqari noziklik, kasalmand ko'rinish bilan namoyon bo'ladi.
Til birliklarida mavjud bo'lgan etik (axloqiy) baholash esa, jamiyat a'zolarining xulq-atvorining lingvistik-madaniy hamjamiyatida qabul qilingan axloqiy me'yorlarini ifodalaydi. Etik (axloqiy) bahoning ifodalanishi xitoy va o'zbek tillarida ham mavjud.
Mashhur rus filologi N.D.Arutyunova ham o'zining "Типы языковых значений: Оценка. Событие. Факт" asarida etik baholash masalalarini, tilda baholash toifalarining tipologiyasini chuqur o'rgangan. U etik baholarning tilda qanday ifodalanishini, ularning tilning kognitiv va pragmatik tuzilishi bilan qanday bog'liqligini va baholash mulohazalari muloqotga qanday ta'sir qilishini ko'rib chiqgan [Арутюнова 1988:341].
Xitoy va o'zbek tillarida xalq orasida ko'p qo'llaniladigan frazeologizmlar ko'rib chiqilganda, ular asosan, insonning mehr-oqibati, samimiyligi, halolligi, olijanobligi, saxiyligi, rahm-shafqatliligi, sezgirligi, mehmondo'stligi va boshqa fazilatlarini ma'qullashdan kelib chiqadi, shu bilan birga ochko'zlik, yolg'onchilik, qo'rqoqlik, xiyonat, beparvo xatti-harakatlar, noshukurlik kabi salbiy sifatlarni ham ifodalovchi frazeologizmlar mavjudligini sezish qiyin emas.
Quyidagi jadvalda ayrim etik (axloqiy) baho toifasiga oid xitoy va o 'zbek tillari frazeologizmlarini ko 'rib chiqamiz:
Xitoy tilida O'zbek tilida Xususiyatlarni ifodalashi Ijobiy (+) Salbiy (-)
aitian jiào di pul desa o'zini tomdan tashlaydi -
S^T« ansheng xiàqi jig'i biyron bo'lmoq -
an läohuäi shäo kattaga hurmat, kichikka izzat +
HfëHJ! bäi yî bäi shùn qo'yday yuvvosh, musichaday beozor +
"Ff^ptt EEL 1=1 yLÄTCJO^ bäiwujinji o'ziga xon, o'ziga bek -
bào bäo huâi zhen qalbi pok, yuragi toza +
bào tiào ru léi darg'azab bo'lmoq -
bo chun qîng yân labi labiga tegmaslik, ko'p gapirishlik -
Insonning intellektual fazilatlari va ongi uni yer yuzida yashovchi boshqa tirik mavjudotlar orasida ajralib turishiga sabab bo'ladi. Inson o'zini anglash va atrofidagi dunyoni bilish, ma'lum darajada bu dunyoning tuzilishini tushunish va tahlil qilish, ko'zga ko'rinmaydigan narsalarni aqliy salohiyati orqali aniqlash qobiliyatiga ega. "Aql va idrok - bu insonning kuchi, uning go'zalligi, yovuzlikka qarshi kurashda, hiyla-nayrangga qarshi qurol, haqiqatni anglash va madaniy qadriyatlarga ega bo'lish vositasidir". Insoniyatga berilgan bunday noyob ne'mat albatta qandaydir darajalarda baholanishni taqozo etadi. "Aql-idrok ma'lum bir yoshga kelib shaxsning kognitiv rivojlanish darajasini aks ettiradi, bu kognitiv funksiyalarni shakllantirishda, aqliy ko'nikma va bilimlarni o'zlashtirish darajasida namoyon bo'ladi va insonning turli xil faoliyat turlarini muvaffaqiyatli o'zlashtirishi, atrof-muhitga muvaffaqiyatli moslashishi uchun xizmat qiladi" [Ma3aen Ogafi 2012:169].
Insonga nisbatan intellektual bahoning ifodalanishi aqlli-ahmoq toifalarining qarama-qarshiligiga asoslanadi. Xitoy va o'zbek tillaridagi frazeologizmlarda insonning intellektual bahosi ong va ongning mavjudligini, aqliy jarayonlarni, noma'lum narsalarni anglash istagini va boshqalarni tavsiflashda ijobiy xarakterga ega, shuningdek, insonning intellektual qobiliyatlari rivojlanmaganligini aniqlashda salbiy xarakterga ega ekanligi tadqiqotlarda aniqlangan.
Quyidagi jadvalda ayrim intellektual baho toifasiga oid xitoy va o 'zbek tillari frazeologizmlarini ko 'rib chiqamiz:
Xitoy tilida O'zbek tilida Xususiyatlarni ifodalashi Ijobiy (+) Salbiy (-)
kûsî mingxiäng Tog'ridan tog'ri ma'nosi: chuqur fikrlamoq +
O'zbek tilidagi ekvivalenti:
yetti
o'lchab bir kes
каШШ Bo'yimday bo'y topilsa +
zhïyîn nân qiu ham,o'yimday o'y topilmas
Ip esha olmaslik +
jie bù kai jié
kallasi zo'r ishlaydi +
näozi linghuo
À^M Qari bilganni pari bilmas +
rén lâochéngjîng
o'z ishining ustasi +
läomäshitu
ШЕШ^Ш bä zhe shöu jiào Qulog'idan tortib odam qilmoq; qobilyatsiz noshud odamga zo'rma-zo'raki o'rgatmoq
шшп Ishning ko'zini biladi; o'z +
châng xiùshàn wü ishining ustasi
Tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, tilshunoslikdagi mutlaq baho so'zlar yoki jumlalarning obyektiv, denotativ ma'nosini anglatadi, ko'pincha lug'atlar yoki grammatikaning rasmiy qoidalariga asoslanadi. Intellektual baholash esa mantiqiy xulosa, kontekstual tushunish va tinglovchi yoki o'quvchining kognitiv ishtirokini o'z ichiga oladi. Ikkalasi ham har qanday til ta'sirida, ayniqsa murakkab matnlar bilan ishlashda yoki turli xil ijtimoiy-madaniy kontekstlarda muloqot qilishda to'liq tushunish uchun juda muhimdir.
ADABIYOTLAR:
1. Писанова, URL:http://www.dissercatcom/conteпt/natsюnalno-kultumye-aspekty-otsenochnoi-semantiki-estet-i-etich-otsenki. 1997.
2. Арутюнова Н.Д. Типы языковых значений: Оценка. Событие. Факт. - М.: Наука, 1988.
3. Мазаел Одай М. Пословицы и поговорки, характеризующие интеллектуальные свойства человека в русском и арабском языках. // Вестник Воронежского государственного университета. Серия: «Лингвистика и межкультурная коммуникация». - Воронеж, 2012. - № 2.
4. Павлов С.Г. Лингвоаксиологическая модель человека: научнометодический аспект /С. Г. Павлов // Вестник Минского университета. -Минск., - 2013.