PPSUTLSC-2024
PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY
tashkent, o-8 MAv 2004 www.in~academy.uz
TILLARNI O'QITISH TIZIMLARINI MULTIMEDIA BILAN
SHAKLLANTIRISH
Sadikova Mahbuba Bahodirovna
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti «Roman-german tillar» kafedrasi o'qituvchisi Mustaqillik 54, Mirzo Ulug'bek tumani, Toshkent, Ozbekiston
hacesol81@mail.ru https://doi.org/10.5281/zenodo.13188289
Annotatsiya: Ushbu maqolada xorijiy tillarni o'qitish tizimlarida multimedia vositalarining yangi shakllarini yaratish, multimediani oliy ta'lim va boshqa sohalarda qo'llash, multimedia texnologiyalarini ishonchlilik, xavfsizlik va samaradorlik ko'rsatkichlarini oshirish xaqida taxlillar berilgan.
Kalit so'zlar: Tillarni o'qitish, elektron nashr, elektron darslik, multimedia vositalari, gipermatn, dasturiy ta'mino.
1 KIRISH
Respublikamiz milliy iqtisodiyotining tarmoq va sohalariga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish borasida amaliy ishlar, O'zbekiston Respublikasining - Axborotlashtirish to'g'risidagi qonuni, -Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to'g'risidagi O'zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni va -Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari to'g'risidagi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida olib borilmoqda.
Respublikamizning barcha sohalarini texnik qayta qurollantirish, zamonaviy texnika va texnologiya bilan ta'minlash hamda xalqaro zamonaviy talablarga javob beruvchi telekommunikatsiya va kompyuterli aloqa tizimini rivojlantirish dolzarb masalalardan biridir. O'zbekiston Hamdo'stlik Davlatlari orasida birinchilardan bo'lib axborotlashtirishning yaxlit davlat siyosatini amalga oshirishga asos solgan. Bu esa Respublikamizda zamonaviy o'qitish tizimlarining yaratilishiga asosiy sabab bo'lib xizmat qilmoqda.
Oliy ta'limda axborot texnologiyalarini joriy etish yangi innovatsion vositalardan foydalanish imkonini beradi. Axborot texnologiyalari hayotning barcha jabhalarida ta'lim jarayoniga keng joriy etilmoqda. Bu yangi imkoniyatlar va jarayonlarni yaratadi. Ta'lim jarayonini axborotlashtirish ta'lim jarayonini rivojlantirishning muhim tarkibiy qismi bo'lib, u ta'lim sifatini oshirishda ifodalanadi va o'quvchilarning bilim olishga intilishini kuchaytirish va rivojlantirishga xizmat qiladi. Axborot texnologiyalari tushunchasi mohiyatiga ko'ra: -Turli obyektlar, obyektlar va hodisalar haqidagi ma'lumotlarni to'plash, qayta ishlash, tahlil qilish, saqlash, tarqatish va ulardan foydalanishning yangi zamonaviy usuli va mexanizmi.
Zamonaviy ta'lim axborotning yuqori darajasi bilan ajralib turadi. Bu jihat oliy o'quv yurtlarida o'quv jarayonida axborot texnologiyalaridan foydalanishning dolzarbligi zamirida yotadi. Ta'limda yangi o'qitish usullarini qo'llash zarurati katta imkoniyatlar ochadigan elektron nashrlarning yaratilishiga olib keldi. Elektron darslikda nazariy ma'lumotlar va amaliy topshiriqlar, foto va audiomateriallar mavjud. Elektron darslik -elektron shaklda tuzilgan materialni taqdim etuvchi vosita bo'lib, u o'quvchilarning o'zlashtirishi, ko'nikma va malakalarini shakllantirishi uchun zarur bo'lgan bilimlarni belgilab beruvchi darslikdir. U o'quv materialining mantiqiy tavsifi, yuqori darajadagi texnik jihozlanishi va badiiy dizayni bilan ajralib turadi.
Qolaversa, zamonaviy axborot-kommunikatsion texnologiyalarni ta'lim tizimiga keng joriy etish maqsadida elektron tizim yaratish foydalanuvchilar uchun sodda va qulay ko'rinishdagi interfeys ishlab chiqish asasiy maqsad qilib olingan. Maqsadga erishish uchun o'qitish tizimlari, elektron qo'llanmalar haqida tushuncha va ularni yaratish asoslari, elektron qo'llanmalarni yaratuvchi dasturlash muhiti, bu dasturlash muhitining imkoniyatlari, o'qitish tizimi interfeysi va bu tizimdan foydalanishni ko'rib chiqish maqsadga muvofiq.
Olimlar tomonidan o'tkazilgan tajribalardan shu narsa ma'lum bo'ldiki, o'quv materialini qanday usulda yetkazib berish bilan olingan bilimlarni qandaydir muddatdan so'ng qayta tiklash va eslash qobiliyati orasida chambarchas bog'liqlik mavjud. Agar axborot tovushli bo'lgan bo'lsa, inson uning to'rtdan bir qismini, axborot vizual ko'rinishda namoyish etilganda esa uchdan bir qismini, audio va vizual ko'rinishlar (ko'rish va eshitish) birgalikda ishlatilganda esa axborotni eslab qolish 50 foizni tashkil qiladi. Ta'lim oluvchi o'quv jarayoni mobaynida faol harakatga keltirilgan bo'lsa, axborotni o'zlashtirish 70 foizga teng bo'lar ekan. Videokurslarda qo'llaniladigan faol o'qitish
PPSUTLSC-2024
PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY
tashkent, o-8 MAv 2004 www.in~academy.uz
usullari aynan shu bog'liqlikni amal- ga oshiradi. Elektron o'quv tizimlarining ana'naviy bosma manbalari va elektron kitoblardan farqi foydalanuvchi va kompyuter orasidagi interaktivlik mavjudligidir. 2 ASOSIY QISM
Elektron o'qitish tizimlari orasidan multimediali o'quv mashg'ulotlarini alohida ajratib ko'rsatish mumkin. Multimediali o'quv mashg'ulotlari multimediali jarayonni amalga oshirilishga yo'naltirilgan elektron o'qitish tizimi hisoblanadi. Xorijiy tillarni o'qitishda multimediali o'quv kursi - bu mavjud o'quv qo'llanma va darsliklarning undan foydalanuvchiga qulaylik yaratish maqsadida maxsus dasturiy vositalar yordamida ixcham holatga keltirilgan ma'lumotlar to'plami. Uni tayyorlashda taqdim etilayotgan ma'lumotlar undan foydalanuvchilarga qulay, qiziqarli va kerakli bo'lishligi ahamiyatlidir.
Qandaydir ma'noda multimediali o'quv mashg'ulotlari o'quv filmi, radio eshittirish yoki teleko'rsatuvlarning o'ziga xos turi deyish ham mumkin. Uning tarkibida real o'quv mashg'ulotlari (ma'ruza, seminar, suhbat, o'rganiladigan texnologiya va qurilmalar, ilmiy yoki ishlab chiqarish tajribalarning namoyishi va boshqalar)ning audio yoki videoyozuvi jamlangan bo'ladi. Multimediali o'qitish tizimining ajralib turgan jihati shundaki, uning muhimligi axborotning o'zi bilan emas, balki uni qanday usullar va shart- sharoitlar bilan yetkazilishidir. Odatda, multimediali o'qitish vositalari mashhur olimlarning ma'ruzalari, kam uchraydigan tajriba va texnologiyalar, san'at asarlari namoyishi, tarixiy voqealar yozuvi, ya'ni amaliyotda tanishish qiyin bo'lgan yoki axborot-kommunikatsion texnologiyalari vositasi yordamida amalga oshirish murakkab bo'lgan holatlar ko'rinishida beriladi.
Ta'kidlash kerakki, xorijiy tilni multimediali o'qitish tizimi - bu shunchaki multimediali faylgina emas, balki dasturiy va informatsion qismlardan iborat bo'lgan dasturiy vosita. Multimediali o'qitish tizimining informatsion tarkibiy qismi o'z ichiga quyidagilarni oladi:
1. Bunda multimediali faylning nomi beriladi, mazmuni ta'riflanadi, o'quv maqsadi (multimediali qo'llanmaning ta'lim oluvchilarning ma'lumoti qaysi darajada ekanligi, yo'nalishlari va kategoriyalari) aniqlanadi, uning o'quv jarayonida qo'llash uslublari keltiriladi.
2. Multimediali yozuv (audio yoki videofayl) ning o'zi.
Elektron o'qitish tizimlarida ma'lumotlarni namoyon qilishning turli xil shakllari qo'llaniladi. Matn va gipermatn, grafika va gipergrafika, video, animatsiya, tovush, interaktiv uch o'lchamli tasvirlar
shular jumlasidan. Kerakli usul va formatni tanlash quyidagi shartlardan kelib chiqib amalga oshiriladi:
Tillarni o'qitish tizimi tarkibiga kiruvchi informatsion komponentlarning hajmi va xususiyati; dasturiy mahsulotning didaktik va funksional xarakteristikalari; dasturiy mahsulotning hajmiga qo'yiladigan cheklovlar; dasturiy mahsulotning rejalashtirilayotgan dasturiy-texnik xususiyatlari (qo'llanuvchi hisoblash tizimlari, apparat va dasturiy ta'minotga talablar); dasturiy mahsulot yaratish mobaynida ishlatilishi rejalashtirilayotgan instrumental vositalar imkoniyatlari; u yoki bu formatlarni qo'llashga doir cheklovlar.
Multimediali o'qitish tizimlarini loyihalash va yaratish mobaynida quyidagilarni aniqlab olish kerak: materialni qanday usulda yetkazish; olingan bilimlarni qanday nazorat qilish; tillarni o'qitish tizimining qanday qo'llanilishi.
Yaratilayotgan elektron o'qitish tizimlari apparat va dasturiy ta'minot jihatdan quyidagi talablarga javob berishi kerak: axborot texnologiyalari sohasida tajribasi bo'lmagan foydalanuvchilar uchun ham tushunarli sodda interfeys ko'rinishiga ega bo'lishi kerak; kompleks tugallangan bo'lishi kerak, ya'ni, ta'lim berishning barcha bosqichlarini hamda ishtirokchilari -talabalar va o'qituvchilarni qamrab olgan bo'lishi; o'qitilayotganlarning talablariga to'la javob berishi kerak, ya'ni ular foydalanuvchi huquqlaridan kelib chiqqan holda o'zgarishlar amalga oshishi kerak.
Elektron o'qitish tizimlari texnologiyasi rivojlanishi bilan birga ularning yangi turlari va ko'rinishlari ham yaratilib borilmoqda. Bu yangi turlar quyidagi sifatlari bilan ajralib turadi: elektron o'qitish tizimlari qog=ozdagi o'quv-metodik qo'llanmalarning elektron analogi sifatida qurilgan. Bu asoslanishga avtomatlashtirilgan darsliklar, ma'lumotnomalar va boshqalar mos keladi; elektron o'qitish tizimlarida kompyuter o'quv vositalari funksiyalari emas, balki texnik funksiyalarni amalga oshiradi. Bu bilan yanada universal, ixcham va nisbatan arzonroq trenajyor tizimlar va laboratoriya mashg'ulotlari paydo bo'ladi; elektron o'qitish tizimlari o'zlari mo'ljallangan o'quv mashg'ulotlari va tadbirlariga yo'naltiriladi. Bu multimediali ma'ruzalar, avtomatlashtirilgan nazorat ishlari va boshqalarni ajralishiga sabab bo'ldi; elektron o'qitish tizimlari, ular yordami bilan yechiladigan pedagogik masalalarga moslashtiriladi. Bu aspektga avtomatlashtirilgan qayta ta'lim olish kurslari, bilimlarni nazorat qilish tizimlari va boshqalar mos keladi.
Multimediali o'quv mashg'ulotlari bu real o'quv mashg=ulotlarini yoki tadbirlarini (ma'ruza, seminar, namoyishlar) multimediali ko'rinishidagi elektron
"¿J PPSUTLSC-2024
. -.(¡.¿if.I PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES Of THE 2IST CENTURY
TASHKENT. 0-8 MAY 2024
o'qitish vositalari. Keng miqyosdagi pedagogik masalalarni qamrab oluvchi kompleks vositalarni elektron o'quv kursi orqali ajratib ko'rsatish mumkin.
Xorijiy til uchun elektron o'quv kursi - ma'lum bir kurs bo'yicha tayyorgarlikka mo'ljallangan o'qitish vositasi bo'lib, unda nazariy, texnologik va amaliy tayyorgarlik bo'yicha asosiy masalalarni yechishga asoslangan funksiya va vositalar mujassam bo'lgan. Elektron o'qitish vositalarining asosiy ustunlik tomonlarini ko'rib o'tamiz:
o'quv materialini mustaqil ravishda o'rganish. Bunda ta'lim oluvchiga o'zi uchun qulay joy va mos vaqtni hamda o'quv jarayoni tempini tanlashi mumkin;
ta'limning individualligi va uning variativligi uchun qulay sharoitlar mavjudligi;
o'rganilayotgan obyekt va jarayonlarning modellari bilan ishlash imkoniyati (jumladan, amaliyotda tanishish qiyin bo'lganlar bilan ham);
ma'lumotlarni multimediya formasida namoyish etish imkoniyati;
avtomatlashgan nazorat hamda bilimlar va ko'nikmalarni yanada obyektiv baholash imkoniyati; elektron o'qitish vositalarida ma'lumotlarni qidirish imkoniyati va ulardagi qulay interfeys ko'rinishi (gipermatn, media, avtomatlashgan ko'rsatkichlar, kalit so'zlar bo'yicha qidiruv va boshqalar);
progressiv psixologo-pedagogik metodikalarni amalga oshirish uchun sharoitlar yaratib berilishi. Keltirib o'tilgan sifatlar elektron o'qitish vositalarining didaktik va funksional tomondan xarakterlaydi.
G'arb mamlakatlarida elektron o'qitish vositalarini yaratish allaqachon axborot texnologiyalarining alohida tarmog'iga aylanib ulgurdi. Bunday yo'nalish O'zbekistonda ham jadallik bilan rivojlanmoqda. Hozirda elektron o'qitish tizimlarining keng ravishda yaratilishiga va tarqalishiga to'siq bo'luvchi quyidagi to'rt sababni keltirish mumkin:
1) mavjud ta'lim tizimining elektron o'qitish vositalarini faol ravishda qo'llashga, ularni o'qitish jarayoniga integratsiya qilish va mavjud texnologik bazada tashkil qilishga hali to'liq holda tayyor emasligi;
2) malakali mutaxassislarning yetarli daraja emasligi;
3) rivojlangan uslubiyat yo'qligi;
4) elektron o'qitish tizimlarini ommaviy ravishda yaratish va tarqatishga ketadigan moliyaviy xarajatlarning ko'pligi.
3 XULOSA
Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, bugungi kunda shunday nuqtayi nazar mavjudki, elektron o'qitish tizimlarini ishlab chiqish juda qiyin va murakkab masalalardan biri, uni amalga oshirish texnologiya emas, balki ko'proq ijodga o'xshaydi. Umumiy holda
www.in-academy.uz
esa elektron o'qitish tizimlarini yaratish qiyin, uzoq vaqt va mehnat talab qiladigan, katta xarajat talab etadigan jarayon sifatida baholanadi
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
[1] Пугачев А.А. Теория и практика создания электронных учебников. Вестник Вост. Сиб. Института МВД России, 2000, № 3.
[2] Носов Н. Образование и виртуальная реальность. Дистанционное и виртуальное обучение. Дайджест рос. и зарубеж. прессы. 2000, № 11.
[3] Parpiyev.A, Marahimov.A., Hamdamov.R., Begimkulov. U., Bekmuradov.M, Taylokov N. Yangi axborot texnologiyalari. T., 2008, 104-bet.
[4] Allanazarova, M., Tashtemirova, M., Xaratova S., Sadiqova, M., & Jalilova, M. (2020). Verbalization of concept "water and fire" in English linguoculturology. Journal of critical reviews, 7(2), 382-386.
[5] Садикова Махбуба Бахтияровна, Нигора Газиевна Бухарова, и Матлуба Сатвалдиевна Мухамедова. "Активизация лексического минимума для развития навыка монологической речи." Academy 6 (45) (2019): 5657.
[6] Baxtiyarovna Sadikova Makhbuba, and Almardanova Zulfiya Chorievna. "Teaching Technical Vocabulary in Esp." European Journal of Higher Education and Academic Advancement 1.2 (2024): 151-154