Научная статья на тему 'TIL TARAQQIYOTI. O‘ZLASHMA SO‘ZLAR'

TIL TARAQQIYOTI. O‘ZLASHMA SO‘ZLAR Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
1
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
til ijtimoiy hodisa / o‘z qatlam / o‘zlashgan qatlam / o‘zlashma so‘zlar.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Odiljonov Sherzod Bek Nodirjon O‘g‘li

Ushbu maqolada til taraqqiyoti, o‘zlashgan so‘zlar haqida ma’lumot berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TIL TARAQQIYOTI. O‘ZLASHMA SO‘ZLAR»

TIL TARAQQIYOTI. O'ZLASHMA SO'ZLAR Odiljonov Sherzod Bek Nodirjon o'g'li

Andijon davlat pedagogika institutining filologiya fakulteti o'zbek tili va adabiyoti yo'nalishi 201-guruh talabasi

ARTICLE INFO

Qabul qilindi: 01-February 2024 yil Ma'qullandi: 03- February 2024 yil Nashr qilindi: 05- February 2024 yil

KEY WORDS

til ijtimoiy hodisa, o'z qatlam, o'zlashgan qatlam, o'zlashma so'zlar.

ABSTRACT

Ushbu maqolada til taraqqiyoti, o'zlashgan soZlar haqida ma'lumot berilgan.

Til kishilik jamiyatida muloqot almashish vositasi hisoblanadi. Lekin keng doirada tilga bir nechta ta'riflar berish mumkin: til - millat ruhi, til - dil kaliti. Umuman olganda til bu o'zlik demakdir. Har bir inson o'z ona tiliga muhabbat qo'yishi va boshqa tillardan ustunligini namoyon qilishi va avloddan avlodga sof holatda yetkazib berishi kerak. Inson qancha ko'p tilni bilsa, shuncha yaxshi. Biroq odam ona tilida tafakkur qiladi, ona tilida tush ko'radi, ona tilida yeg'laydi... O'limi oldidan onasini ona tilida yo'qlaydi... 1

Til ijtimoiy hodisa bo'lganligi sababli turli xil davrlarda turli rivojlanish, o'zgarish va boyish kabi jarayonlarni boshdan kechirishi tabiiy hol. Tilimiz hozirgi kungacha turli taraqqiyot bosqichlaridan o'tdi. Ba'zi so'zlar eskirdi, muomaladan chiqdi. Ba'zi so'zlar turli fonetik o'zgarishlar natijasida yetib keldi. Ba'zi so'zlarning shakli saqlanib qoldi, lekin ma'no jihatdan asl sifatini yo'qotdi. Shu bilan birga tilimizda so'zlar ichki va tashqi manbaalar orqali boyib bordi.

Tilimiz lug'atida o'zimizniki bo'lgan so'zlar bilan bir qatorda boshqa xalqlar tilidan o'zlashgan so'zlar ham borligi ochiq-oydin namoyon bo'ladi. So'zlarning o'zlashishi esa turli tarixiy jarayonlar, istilolar, ijtimoiy-iqtisodiy va qo'ni-qo'shnichilik aloqalar va ilm-fan yutuqlari natijasida yuzaga keladigan jarayondir. Shunday nuqtai nazardan olib qaraganda, hozirgi o'zbek tilining lug'atida ikkita yirik qatlam o'z va o'zlashgan soz'lar qatlami borligi ma'lum bo'ldi. 2

O'z qatlam - o'zbek tili lug'atida sof o'zbek hamda umumturkiy so'zlar bilan iborat qismiga aytiladi. Bu qatlamdagi so'zlarning o'ziga xos xususiyatlari bor: fonetik, semantik, morfologik.

Fonetik xususiyatlari asosan so'zlarning bir yo ikki bo'g'inliligi (bosh, qo'l, ko'z; oltin, ota, olti) va kamdan kam holatlarda uch bo'g'inlili (qo'rg'oshin, yigirma); qator undosh

tovushlar so'z yoki bo'g'inning boshida kelmasligi; so'z oxirida qaor undoshlar kam holatlarda qo'llanilishi (ort, ost, ust); ikki bo'g'inli so'zlarning ma'lum qolipli bo'lishi (birinchi bo'g'ini to'la ochiq, boshi yopiq, oxiri yopiq va hakazo); ikkinchi bo'g'ini umuman unliy tovush bilan boshlabmasligi va unli bilan tugash holatlari keng tarqaganligi (yet-ti, bol-ta); yonma-yon unli kelmasligi; urg'u asosan so'z oxirida kelishi; ba'zi undoshlarning (r, l, v, ng, g, g', d, z) so'z boshida kelmasligi va sof o'zbek tilida f, h, j (dj),ts undoshlari uchramasligi hamda ayrim undov so'zlardan tashqari e, o' unlilari so'z oxirida qo'llanmasligi kabilardan iborat bo'ladi.

Semantik xususiyatlari umumturkiy so'zlarning aksariyati polisemantik, ya'ni ko'p ma'noli so'zlardir: quloq - 1) odamning qulo'g'I; 2) qozonning qulog'i kabi.

Morfologik xususiyatlari umumturkiy so'zlar barcha hozirgi o'zbek tilining barcha so'z turkumlarida uchrashi; turlanish va tuslanishi; o'zak va qo'shimcha mor-femalar erkin va qat'iy bo'lishi, so'zda old qo'shimchalar bo'lmasligi kabilarda namoyon bo'ladi.

O'zbek tili leksikasida boshqa tillardan o'zlashgan leksemalardan iborat qismi o'zlashgan qatlamni vujudga keltiradi. Bu qatlamda so'zlarning asosiy qismini arabcha, fors-tojikcha va ruscha so'zlar tashkil qiladi.

Yuqorida aytilganidek, o'zbek tiliga o'zlashgan so'zlar qo'shni davlatlar bilan qadimdan turli iqtisodiy hamda qo'ni-qo'shnichilik aloqaqlar tufayli, arab istilosi sababli, O'rta Osiyoning Rossiya tarkibiga qo'shilishi natijasida fors-tojikcha, arabcha, ruscha-baynalmilal so'zlar tilimizga dastlab neologizm tarzida kirib keldi, keyin asta-sekin qabul qiluvchi til qonuniyatlariga moslashdi.

Eski turkiy tilda fors-tojik, arab so'zlari qo'llanila boshlagan, eski o'zbek tilida esa bunday so'zlarning miqdori ancha ko'paygan. Hozirgi o'zbek tilida o'zlashma so'zlarning ayrimlari rus istilosi davrida ularning o'rniga ruscha-baynalmilal o'zlashgan so'zlar va atamalar qo'llanila boshlagan. Masalan, "handasa" so'zi o'rniga "geometriya", "falakiyot" so'zi esa "astronomiya" tarzida.

O'zlashma so'zlar ma'lum bir tilga tayyor holda (telefon, raketa) yoki muqobil tarzda (changyutgich) iste'molga kiradi. Lekin ba'zi hollarda ikkala shaklda ham umumiste'mol tilga kirib kelishi mumkin (biznesmen-tadbirkor). Nutqimizga tayyor holda kirib kelgan so'zlarning asosoiy qismini ilm-fan yangiliklari yoki mexanik qurilmalar hamda sportga oid nomlar tashkil etadi. Bunga misol qilib telefon, kompyuter, rentgen apparati, xokkey kabi so'zlarni aytish mumkin. Boshqa tildan ma'lum bir so'z o'zlashayotgan paytda uni to'g'ri kelmasa ham majburan o'zbekchalashtirish mantiqqa to'g'ri kelmaydigan jarayon hisoblanadi. XX asrning 90-yillarining boshlarida ruscha-internatsional so'zlarni asossiz tarzda o'zbek tilining ichki manbaalari deb o'ylab arabcha yoki fors-tojik so'zlar bilan almashtirishga urinishlar kuzatildi. Radio - ovoznigor, gazeta - ro'znoma, samolyot - tayyora, uchoq, jurnal - oynoma, oybitik, kafedra - minbargoh, avtobus - ko'pkursi, respublika - jumhuriyat, direktor - boshqon kabi tarzda ifodalanganligi kuzatilgan. Lekin bunday jarayon ijobiy natija ko'rsatmadi va umumiste'mol til tarkibidan o'z o'rnini topa olmadi.

Hozirgi kunda ilm-fan, xususan kompyuter texnologiyasi jadallik bilan rivojlanyotgan bir paytda tilimizga bir qator o'zlashma so'zlar kirib kelmoqda. Bunday so'zlarning ayrimlari o'z muqobiliga ega bo'lsa-da shundayligicha tilimizga kirib, ommalashib borishi kuzatilmoqda: Coder - dasturchi, trader - savdogar kabilar. Shuningdek, ba'zi so'zlar zo'raki tarzda chet tildagi so'zlar bilan atala boshlashi ham kuzatilmoqda: sartarosh - barber, sotuvchi - seller,

avtomobil yuvish joyi - aBTOMOHKa kabi. So'lardan bunday tarzda foydalanish o'zbek tiliga nisbatan bir qadar xurmatsizlik sanaladi.

Har bir mo'jizaning o'z vazifasi bo'lganidek har bir so'zning o'z o'rni bor. O'zlashma so'zlar ham sof o'zbek so'zlar qatorida o'zbek tili lug'atini boyitishda ham o'z xizmati bor. Lekin so'z o'zlashtirilayotganda ma'lum bir qoidalar asosida o'zlashtirlishi lozim. Bu haqda yuqoridan bir nechta fikrlar yuritildi.

Adabiyotlar:

1. H. Jamolxonov "Hozirgi o'zbek adabiy tili" T., "Talqin", 2005

2. http://marifat.uz

3. Ona tili darslari orqali o'quvchilarning ijtimoiy-emotsional - fuqorolik kompitensiyalarni rivojlantirish. Zamonaviy ta'lim.Toshkent.2022.№12, 43-47.

4. Ona tili darslarini milliy dastur talablari asosida tashkil etish dolzarb pedagogic muammo sifatida. Namangan davlat universiteti ilmiy axborotnomasi. 2023. №7, 718-725

5. O'zbek tilining izohli lug'ati (5 lildli). - Toshkent: O'zbekiston milliy ensiklopediyasi, 20052008.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.