Научная статья на тему 'TIJORAT BANKLARIDA KREDIT PORTFELINI MO‘TADILLASHTIRISH YO‘LLARI'

TIJORAT BANKLARIDA KREDIT PORTFELINI MO‘TADILLASHTIRISH YO‘LLARI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
bank kredit portfeli / strategiya / moliyaviy hisobotlar / sanoat / tijorat banki / moliyaviy inqiroz / currency / infrastructure / tourism / financial income / financial reports / socio-economic.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Xolboyev Umid, Yahyoyev Bahriddinxon

Tijorat banklarida kredit portfelini mo‘tadillashtirish,bank faoliyatining eng ustuvor yonalishlaridan biri hisoblanadi. Bu, bankning kredit riskini kamaytirish, daromadni oshirish va moliyaviy natijalarni yaxshilash uchun juda muhimdir.Bu maqolada banklarda kredit portfelini mo‘tadillashtirishning mazmunmohiyati,yo‘llari va bank kredit portfelini boshqarishga qaratilgan samarali takliflar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Moderation of the loan portfolio in commercial banks is one of the most priority areas of banking activity. This is very important for reducing the bank's credit risk, increasing income and improving financial results. This article provides the essence and ways of balancing the bank's loan portfolio and effective proposals aimed at managing the bank's loan portfolio.

Текст научной работы на тему «TIJORAT BANKLARIDA KREDIT PORTFELINI MO‘TADILLASHTIRISH YO‘LLARI»

TIJORAT BANKLARIDA KREDIT PORTFELINI MO'TADILLASHTIRISH

YO'LLARI

Xolboyev Umid

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti "Iqtisodiyot nazariyasi"kafedrasi o'qituvchisi

Yahyoyev Bahriddinxon Samarqand iqtisodiyot va servis instituti talabasi

Annotatsiya. Tijorat banklarida kredit portfelini mo'tadillashtirish,bank faoliyatining eng ustuvor yonalishlaridan biri hisoblanadi. Bu, bankning kredit riskini kamaytirish, daromadni oshirish va moliyaviy natijalarni yaxshilash uchun juda muhimdir.Bu maqolada banklarda kredit portfelini mo'tadillashtirishning mazmun-mohiyati,yo'llari va bank kredit portfelini boshqarishga qaratilgan samarali takliflar berilgan.

Kalit so'zlar. bank kredit portfeli, strategiya, moliyaviy hisobotlar,sanoat,tijorat banki,moliyaviy inqiroz

Abstract. Moderation of the loan portfolio in commercial banks is one of the most priority areas of banking activity. This is very important for reducing the bank's credit risk, increasing income and improving financial results. This article provides the essence and ways of balancing the bank's loan portfolio and effective proposals aimed at managing the bank's loan portfolio.

Key words. currency, infrastructure, tourism, financial income, financial reports, socio-economic.

Bugungi kunda bank-kredit sohasida qator islohotlar amalga oshirilib kelinmoqda. 2020 yil 12 mayda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5992-sonli "2020-2025 yillarga mo'ljallangan O'zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi to'g'risida"gi Farmoni qabul qilindi. Mazkur Strategiya Markaziy bank va Moliya vazirligi tomonidan Jahon banki bilan hamkorlikda mamlakat bank tizimining joriy holatini o'rganish natijalari bo'yicha asosiy xulosalar va tavsiyalar, shuningdek xorijiy davlatlarning moliya sektorini transformatsiya qilish tajribasi hamda moliya sohasidagi xalqaro tendensiyalarni inobatga olgan holda ishlab chiqildi.

Tijorat banki - tijorat asosida bank faoliyati, ya'ni mablag'larni jalb qilish va kreditlarni taqdim etish, bank hisobvaraqlarini ochish va uni yuritish hamda to'lovlarni o'tkazish kabi amaliyotlarni amalga oshiruvchi kredit tashkilotidir. Tijorat banklari -bo'sh pulga (jamg'armaga) ega va pulga muhtoj bo'lganlar o'rtasidagi vositachilardan biri hisoblanadi.Tijorat banklari iqtisodiyotning "qon tomir tizimi" bo'lib, aholi va biznesning to'planib qolgan jamg'armalarini taqsimlash orqali iqtisodiyotni zarur moliyaviy resurslar bilan ta'minlaydi.1 Bu vositachilik iqtisodiyotni yanada rivojlantirish uchun zarur bo'lgan "yoqilg'i" bilan ta'minlaydigan omilidir.Vositachi

1 https://finlit.uz/uz/articles/financial-market/commercial-banks/

sifatida tijorat banklari pul mablag'laridan foydalanganligi uchun foiz to'lash sharti bilan omonatlarni jalb qiladilar va ularni aholi va tadbirkorlarga kreditlar va investitsiyalar shaklida foiz evaziga taqdim etadilar.O'zbekistonda tijorat banki faoliyatini yuritish uchun Markaziy bank tomonidan beriladigan bank litsenziyasini olish zarur. Ushbu litsenziya muddatsiz va uchinchi shaxslarga berilishi mumkin emas.Tijorat banklarining xizmat ko'rsatish shakli quyidagicha:

Birinchidan, banklar sizning mablag'ingiz bilan samarali foydalanishni va xavfsizligini ta'minlagan holda, omonatga pulingizni qabul qilib, foiz to'lash orqali mablag'laringizni ko'paytirib beradi.

Ikkinchidan, Sizga mablag' kerak bo'lganda yoki zarur narsalarni sotib olish uchun jamg'armalaringiz yetarli bo'lmaganda, tijorat banklari sizga kreditlar taqdim etishi mumkin. Misol uchun, uy, texnika, avtomobil, mebel sotib olish, o'qish to'lovlari va boshqalar uchun kreditlar olishingiz mumkin.

Uchinchidan, banklarning kassalari va mobil ilovalari orqali mahsulotlarning xaridi, ko'rsatilgan xizmatlar, bajarilgan ishlar, jarimalar va boshqalar uchun to'lovlarni amalga oshirish oson.

To'rtinchidan, naqd pulsiz mablag'lar bilan to'lash uchun tijorat banklarida hisobvaraq ochish mumkin. Bu, onlayn do'konlarda amalga oshirilgan xaridlar uchun eng qulay to'lov yo'li hisoblanadi. Bank hisobvarag'iga mablag'ingizni qo'yib, ularni xavfsizlikda saqlaysiz.

Ammo,jahon hamjamiyati o'n yildan ortiq vaqt davomida ko'plab moliyaviy-iqtisodiy inqirozni boshdan kechirgan bo'lsada,bu kabi muommolar haligacha mavjuddir. Biz hammamiz makroiqtisodiy inqiroz va odamlar duch kelayotgan moliyaviy qiyinchiliklarga guvoh bo'lmoqdamiz.Buning natijasida rivojlanayotgan mamlakatlarda aholining turmush sharoiti yomonlashdi, ishsizlik oshdi, odamlar daromadsiz qoldi va ularning kelajagi qanday bo'lishi hozircha aniq emas.

1-jadval

Tijorat banklari kredit qo'vilmalai ining tarmoqlar bo'yicha ulushi.2

Ko'rsatkichlar nomi 1/1/22 1/1/23 O'zgarish foizda

mlrd. so'm Ulushi, foizda mlrd. so'm Ulushi, foizda

Jami kreditlar 326386 100% 390049 100% 19,5%

Sanoat 117639 36% 126647 32,5% 7,7%

Qishloq xo'jaligi 35022 10,7% 42096 10,8% 20,2%

Qurilish sohasi 9282 2,8% 10400 2,7% 12%

Savdo va umumiy xizmat 27406 8,4% 28911 7,4% 5,5%

Transport va kommunikatsiya 28708 8,8% 29673 7,6% 3,4%

2 Y36eKHCTOH Pecnyö^HKacn MapKa3HH 6aHKUHHHr hh^hk xHCo6oraapu. - https://cbu.uz/oz/statistics/

Moddiy va texnik ta'minotni 3814 1,2% 3856 1% 1,1%

rivojlantirish

Uy-joy kommunal xizmatlar 2284 0,7% 1888 0,5% 17,3%

Jismoniy shaxslar 69496 21,3% 100949 25,9% 45,3%

Boshqa sohalar 32734 10% 45630 11,7% 39,4%

Xususan, 2022-yilning 1-yanvar holatiga ko'ra xo'jalik yurituvchi subyektlarga ajratilgan kredit qo'yilmalarining 8,8% (28708)i transport va kommunikatsiya sohasi, 8,4 % (27406) i savdo va umumiy xizmat ko'rsatish sohasi, 10,7 % (35022)i qishloq xo'jaligi sohasi, 2,8 % (9282)i qurilish sohasi 14,6 %i jismoniy shaxslarga 0,7% (2284) uy-joy kommunal xizmatlariga,1,2% (3814)i Moddiy va texnik ta'minotni rivojlantirishga va eng katta qismi ya'ni 36% (117639)i sanoat sohasiga to'g'ri keladi.

Shuningdek, 2023 yilda jami kredit qo'yilmalarining 32,5 %i sanoat tarmog'iga to'g'ri keladi va bu 2022 yildagi kredit qo'yilmalariga nisbatan 7,7% ga oshganini jadval orqali ko'rishimiz mumkin hisoblanadi.Bundan tashqari 2023 yil 1 -yanvar ,ma'lumotlariga ko'ra eng katta ko'rsatkichlar jismoniy shaxslar 25,9%(100949) va qishloq xo'jaligi 10,8%(42096) ni tashkil qiladi hamda eng past ko'rsatkichlar esa uy-joy kommunal xizmatlar va moddiy va texnik ta'minotni rivojlantirish hisoblanadi.Xulosa o'nida shuni aytish joizki tijorat banklari kredit qo'yilmalarining soni 2022 yilga qaraganda 2023 yilda 19,5% ni tashkil qildi va eng katta o'zgarish bo'lgan tarmiqlardan biri esa jismoniy shaxslar uchun45,3% (100949) bo'ldi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati

1 Узбекистан Республикаси Президентининг 2020 йил 12 майдаги ПФ5992-сон "2020-2025 йилларга мулжалланган "Узбекистан Республикасининг банк тизимини ислох килиш стратегияси тугрисида"ги Фармони. - Foydalanish manbai: https://lex.uz/en/docs/4811025#4813144

2 Finlit.- https://flnlit.uz/uz/articles/flnancial-market/commercial-banks/

3. Turizm infratuzilmasini rivojlantirishning metodologik, uslubiy asoslarini takomillashtirish" mavzusidagi xalqaro ilmiy anjuman materiallari, Samarqand-2014

4. Бектурдиев, Ж. К. Turizmni mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishdagi o'rni / Ж. К. Бектурдиев. — Текст: непосредственный // Молодой ученый. — 2016. — № 12.4 (116.4). — С. 40-42.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.