APPLIED SCIENCES
Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.3 | SJIF = 7.984 www.in-academy.uz
Щ /
i V
Уг\гл
Я-,. ' I г [■■
I " Ï yj
ч i 'JmH
LAW, FINANCE AND APPLIED SCIENCES
à^A «..l в®.!»»»»""
ARTICLE INFO
INTERNAL AUDIT IN COMMERCIAL BANKS AND WAYS OF
ITS IMPROVEMENT Foziljon Yusubjanov
Namangan Kapitalbank Retail credit department specialist https://doi.org/10.5281/zenodo.11108232
ABSTRACT
Received: 24th April 2024 Accepted: 29th April 2024 Online: 30th April 2024
KEYWORDS Bank, audit, audit activity, commercial banks, internal audit, international standard of audit.
This article examines the organization of internal audit activities in commercial banks, its control, shortcomings and achievements, as well as specific features of its improvement, as well as conclusions and proposals on the subject.
ВНУТРЕННИМ АУДИТ В КОММЕРЧЕСКИХ БАНКАХ И ПУТИ ЕГО
СОВЕРШЕНСТВОВАНИЯ
Фозилжон Юсубжанов
Наманган Капиталбанк Специалист отдела розничного кредитования https://doi.org/10.5281/zenodo.m08232
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Received: 24th April 2024 Accepted: 29th April 2024 Online: 30th April 2024 KEYWORDS
Банк, аудит, аудиторская деятельность, коммерческие банки, внутренний аудит, международные стандарты аудита.
В данной статье рассматривается организация деятельности внутреннего аудита в коммерческих банках, ее контроль, недостатки и достижения, а также особенности ее совершенствования, а также сделаны выводы и предложения по данной теме.
TIJORAT BANKLARIDA ICHI AUDIT VA UNI TAKOMILLASHTIRISH YO'LLARI
Foziljon Yusubjanov
Namangan Kapitalbank Chakana kredit bo'limi mutaxassisi https://doi.org/10.5281/zenodo.m08232
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Received: 24th April 2024 Accepted: 29th April 2024 Online: 30th April 2024 KEYWORDS
Ushbu maqolada tijorat banklarida ichki audit faoliyatini tashkil etish, uning nazorati, kamchiliklari va yutuqlari hamda uni takomiUashtirishning o'ziga xos xususiyatlari
APPLIED SCIENCES
Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.3 | SJIF = 7.984 www.in-academy.uz
Bank, auditorlik, auditorlik ko'rib chiqilgan shuningdek, mavzu yuzasidan xulosa va faoliyati, tijorat banklari, ichki takliflar ishlab chiqilgan. audit, auditning xalqaro standarti.
Kirish
Iqtisodiyoti yuqori darajada rivojlangan mamlakatlar moliyaviy-iqtisodiy tajribasidan shuni ko'rish mumkinki, moliyaviy nazorat tizimida xususan, banklar faoliyatini nazorat qilishda ichki auditni o'rni muhim va ahamiyatlidir.
Ma'lumki, 2017-yil 7-fevralda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha harakatlar strategiyasi to'g'risidagi" PF-4947 sonli farmoni e'lon qilindi. Ushbu farmonda mamalakatimizni rivojlantirish bo'yicha beshta ustuvor yo'nalishlar belgilandi. Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish yo'nalishida aynan bank tizimini isloh qilishni chuqurlashtirish va barqarorligini ta'minlash, banklarning kapitallashuv darajasi va depozit bazasini oshirish, ularning moliyaviy barqarorligi va ishonchliligini mustahkamlash, istiqbolli investitsiya loyihalari hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlarini kreditlashni yanada kengaytirish, shu jumladan, bank faoliyatini tartibga soluvchi zamonaviy tamoyil va mexanizmlarni joriy qilish, ularning samarali faoliyat ko'rsatishiga yo'l qo'ymayotgan to'siqlarni bartaraf etish bo'yicha chora tadbirlar ishlab chiqildi. Shu o'rinda prezidentimizning "...tijorat banklari bilan birgalikda xorijiy investitsiyalarni olib kirish bo'yicha ishlarning qanday ahvolda ekani to'g'risida'' shaxsan Prezidentga axborotnoma kiritilishi ta'kidlab o'tilgan edi.
Ichki audit bankning moliyaviy operatsiyalari, risklari va moliyaviy-hisob-kitoblari bilan bog'liq jarayonlarni tekshirish uchun muhimdir. Ichki audit bankning faoliyatini samaradorligini oshirishga yordam beradi va moliyaviy hisob-kitoblarni to'liq va aniqroq hisoblash imkoniyatini ta'minlaydi. Ichki audit bankning moliyaviy risklarini identifikatsiya qilish, ularni baholash va ularni boshqarishda ham ahamiyatlidir. Shuningdek, ichki audit bankning moliyaviy operatsiyalarining to'g'ri va samarali amalga oshirilishini ta'minlaydi. Bu jarayonni amalga oshirish uchun ichki auditorlar bankning moliyaviy hisob-kitoblari, operatsiyalari va risklarini tahlil qilish, tekshirish va baholash uchun ko'nikmalar va metodologiyalardan foydalanadi. Ichki audit bankning moliyaviy faoliyatini samaradorligini oshirishga yordam beradi va bankning moliyaviy risklari bilan ishlash usullarini takomillashtirishga qaratilgan tavsiyalarni ko'rib chiqish imkoniyatini beradi. Ayni paytda, bank ichki auditini olib borish, uning faoliyatida mummolarni bartaraf etishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Iqtisodiyotni yuqori sur'atlarda rivojlanishi bank tizimi, shuningdek undagi ichki audit tuzilmalari faoliyatiga yangi talablar belgilamoqda. Birinchidan, ichki nazorat tizimini axborotning ishonchliligi, qonun hujjatlariga muvofiqligi, aktivlarning saqlanishi, alohida operatsion va tarkibiy bo'linmalar faoliyatining samaradorligi va samaradorligi nuqtai nazaridan baholash uchun mo'ljallangan. Ikkinchidan, u risklarni boshqarish tizimlarining samaradorligini tahlil qilishi va baholashi va xavflarni kamaytirish usulini taklif qilishi kerak. Uchinchidan, tijorat banklarinigning boshqaruv tizimining korporativ boshqaruv tamoyillari, maqsadlari va vazifalari muvofiqligini baholash vazifasi yuzaga kelmoqda. Ichki audit bank xatarlarini boshqarish, nazorat qilish va korporativ boshqaruv jarayonlari samaradorligini
APPLIED SCIENCES
Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.3 | SJIF = 7.984 www.in-academy.uz
baholash va yaxshilash uchun tizimli va izchil yondashuvdan foydalangan holda o'z maqsadlariga erishishga yordam beradi (Yadgarova, Qurbonov, 2019).
Maqolaning dolzarbligi
O'zbekiston Respublikasi tijorat banklarida auditorlik faoliyatining tashkil qilinishida eng avvalo, Auditorlik faoliyati to'g'risidagi qonun, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari asosiy rol o'ynaydi. Shuningdek, Respublikamizda ushbu masalada quyidagicha yondashuv amalga oshirilganligini ko'rishimiz mumkin: O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 07.05.2021 yildagi 3302-son boshqaruv qarori bilan "Tijorat banklarining ichki auditiga qo'yiladigan talablar to'g'risida"gi Nizom ishlab chiqildi va tasdiqlandi (NIZOM, 2021). Ushbu Nizomni ishlab chiqish jarayonida «Bank nazorati bo'yicha Bazel qo'mitasining Banklarda ichki auditga oid tamoyillari» va Ichki auditorlar institutining «Ichki auditning xalqaro kasbga oid standartlari», shuningdek milliy bank tizimining o'ziga xos jihatlarini hisobga olgan holda xorijiy davlatlar tajribalari o'rganib chiqildi. Mazkur Nizomda banklarda tavakkalchiliklarga yo'naltirilgan ichki auditni tashkil etish maqsadida auditorlik tekshiruvlarini rejalashtirish va o'tkazishda bankning risk-profili, shu jumladan tavakkalchiliklarni boshqarish tizimining holati va yirik tavakkalchiliklar hisobga olinishi lozimligi nazarda tutilgan. Mustaqillik va xolislik tamoyiliga muvofiq ichki audit xizmati xodimidan auditorlik tekshiruvi paytida nizolar chiqishiga yo'l qo'ymaslik, bank faoliyatidagi kamchiliklar va huquqbuzarliklarni aniqlash, shuningdek ularni bartaraf etish va bank faoliyati samaradorligini oshirish bo'yicha takliflarni ishlab chiqish talab etiladi. Bundan tashqari, tijorat banklarida korporativ boshqaruv standartlariga muvofiq mustaqil tarkibiy bo'linma sifatida ichki audit xizmati faoliyatini tashkil etish uchun bank auditi bo'yicha boshqarma va qo'mitaning hamda kuzatuv kengashining funksiyalari va majburiyatlari batafsil belgilandi (NIZOM, 2021). Shuningdek, Markaziy bank va bankning ichki audit xizmati o'rtasidagi o'zaro munosabatlarning samaradorligini ta'minlash maqsadida ushbu Nizomga alohida normalar kiritildi. Yangi Nizom kuchga kirishi bilan 6 ta normativ-huquqiy hujjat o'z kuchini yo'qotadi. Ushbu Nizom 8.08.2021 yildan kuchga kirgan va amalda qo'llanilib kelinmoqda. Tijorat banklarida boshqaruv tizimi uchun ichki audit faoliyatini takomillashtirishning zarurligi va afzallik jihatlari quyidagi 1-chizma orqali ifodalash mumkin:
Mamlakatimiz bank tizimiga chet el investorlari va kreditorlari hamda omonatchilarning qiziqishini oshirish va ishonchini yanada mustahkamlash, xususan, ularning mamalkatimizda faoliyat ko'rsatayotgan tijorat banklarining moliyaviy barqarorligi, kreditga layoqatliliga hamda likvidliligi to'g'risida xolisona va aniq ma'lumotlarlarga ega bo'lishlarini ta'minlashda tijorat banklarida o'tkaziladigan tashqi audit tekshiruvlarining roli muhim axamiyatga ega. Shu maqsadda, tijorat banklari tomonidan moliyaviy hisobotlarni Xalqaro standartlarga o'tkazish yuzasidan amaliy ishlar olib borilmoqda va bu ishlarni yanada rivojlantirish zarur. Chunki bu ishlarni tezroq amaliyotga joriy etishni tugallash banklarda tashqi audit o'tkazishga qo'yiladigan talablarni yanada kuchaytirishga va bu auditorlik tekshiruvlarini nufuzli xalqaro auditorlik tashkilotlari tomonidan o'tkazilishiga imkoniyat yaratadi.
Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o'tishni jadallashtirish orqali xorijiy investorlarni zarur axborot muhiti bilan ta'minlash va xalqaro moliya bozorlariga kirish imkoniyatlarini kengaytirish, shuningdek, hisob va audit sohalari mutaxassislarini xalqaro standartlar bo'yicha tayyorlash tizimini takomillashtirish maqsadida 2020-yil 24-fevralda
APPLIED SCIENCES
Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.3 | SJIF = 7.984 www.in-academy.uz
"Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o'tish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida" PQ-4611-son bilan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori qabul qilindi (Ma'ruza, 2021).
Adabiyotlar sharhi
Tijorat banklari faoliyatida ichki auditorlik tekshiruvini tashkil qilishning nazariy va uslubiy asoslarini o'rganish masalalari ko'pchilik iqtisodchi olimlar hamda mutaxassislarning e'tiborida bo'lgan.
Jumladan, rossiyalik olim Kochinev banklarda audit o'tkazishda audit jarayonini rejalashtirishga alohida e'tibor qaratgan bo'lib, uning fikriga ko'ra "audit jarayonini rejalashtirish umumiy maqsadga erishish uchun harakatlarning yig'indisi bo'lib, asosiy maqsadga erishish uchun tekshiruv strategiyasini va taktikasini tanlash, tekshiruv turi, hajmi va harakatlar ketma-ketligini ta'minlashdir".
Mamlakatimiz olimlaridan Sh.Abdullaeva, N.Karimov, T.Qoraliev, I.Murugova, K.Navro'zova, S.Norqobilov, Abdusalomova O., X.Rahimova va ilmiy ishlarida o'z ifodasini topgan. Xususan, mahalliy olimlarimiz M.L.Yadgarova, R.B.Qurbonovlarning fikricha, bank auditi auditning muhim bo'limi bo'lib, mustaqil nazorat qiluvchi subyekt sifatida bank tomonidan berilayotgan moliyaviy axborotlaming haqiqiyligini tasdiqlaydi. Undan kutilayotgan maqsad bank faoliyatining barcha qirralari bo'yicha faktlami yig'ish va baholash, hisobotlami tekshirish, ulaming me'yoriy hujjatlarga mos ravishda bajarilgan yoki bajarilmaganligini tekshirishdan iborat (Yadgarova, Qurbonov, 2019). Shu jumladan, yana bir mahalliy olimimiz Xasanov (2021) ham "xalqaro amaliyotga muvofiq holda ichki auditorlar xo'jalik subyektlari (tizimi) xizmatchilari hisoblanadilar. Shu munosabat bilan ichki auditni ichki xo'jalik auditi deb atash mumkin" degan fikrni ilgari surgan. O'zbekiston Respublikasining «Tijorat banklarining ichki auditiga Markaziy bank tomonidan qo'yiladigan talablar to'g'risida»gi NIZOMda ichki auditga quyidagicha ta'rif keltirilgan: Ichki audit — bank xodimlarining o'z vazifalarini samarali bajarishlariga yordam berish maqsadida bank faoliyatini tekshirish va baholash uchun bank ichida doimiy asosda tuzilgan mustaqil ekspertiza. Ichki auditning asosiy maqsadi bo'lib Ichki audit xizmati tomonidan bank rahbariyatiga bank faoliyatining nazorati va natijalari bo'yicha xolisona tahlil, baho, tavsiyalar va ma'lumotlar taqdim etish orqali bank Kengashi va Boshqaruviga bank faoliyati maqsadiga erishishiga ko'maklashish hisoblanadi.
Tahlil va natijalar muhokamasi
O'zbekiston Respublikasi tijorat banklarini transformatsiyalash sharoitida, ular faoliyatini xalqaro miqyosida rivojlantirish choralarini amalga oshirish, shuningdek, kreditorlar va investorlarning bank faoliyati to'g'risida aniq ma'lumotlarga ega bo'lishlarini ta'minlashda muhim masalalardan biri ularning faoliyatini xolisona nazorat qilish hisoblanadi. Tijorat banklarining ichki nazorat tizimi va buxgalteriya hisobi tizimiga baho berishda ichki audit tekshiruvlari muhim ahamiyatga egadir. Umuman olganda, ushbu masalalarni ko'rib chiqishda bank ichki auditining iqtisodiy mohiyatiga to'xtalish lozim.
ichki audit — bankning ichki nazorat tizimi, shu jumladan tavakkalchiliklarni boshqarish va korporativ boshqaruv tizimi va jarayonlarining sifati, ularning monandligi va samaradorligiga oid mustaqil bahoni taqdim etish bilan bog'liq faoliyat;
APPLIED SCIENCES
Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.3 | SJIF = 7.984 www.in-academy.uz
ichki audit xizmati — bankda ichki auditni doimiy tarzda amalga oshiruvchi mustaqil tarkibiy bo'linma;
ichki audit standartlari — Bank nazorati bo'yicha Bazel qo'mitasining Banklarda ichki auditga oid tamoyillari, Ichki auditorlar institutining Ichki auditning xalqaro kasbga oid standartlari, Xalqaro buxgalterlar federatsiyasining Auditning xalqaro standartlari.
Ichki auditning asosiy maqsadlari va vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
- ichki audit tekshiruvi natijalari asosida bankning real holati va ichki nazorat samaradorligining aniq holati to'g'risidagi ishonchli va mustaqil axborot bilan bank kengashini ta'minlash;
tavakkalchilikni boshqarish jarayonini qo'llanilishini va
avakkalchilikni baholash metodologiyasining
samaradorligini kuzatish;
moliyaviy axborot tizimini, shuningdek elektron axborot
izimi va elektron bank xizmatini kuzatish;
buxgalterlik hisoboti va moliyaviy hisobotlarning
ishonchliligini kuzatish;
Bank kengashi talablariga binoan maxsus tekshirishlarni 'tkazish yoki o'tkazishga amaliy yordam berish va Audit izmati tekshiruvlari jarayonida aniqlangan qonunbuzarlik holatlari to'g'risida bank kengashiga axborot berish.
4
1-rasm. Ichki auditning asosiy maqsadlari va vazifalari1
1 Muallif ishlanmasi
APPLIED SCIENCES
Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.3 | SJIF = 7.984 www.in-academy.uz
^ qonunchilikka doimiy
rioya qilinishining
kafolatlanishi
2-rasm. Tijorat banklarida ichki auditni tashkil qilishning afzalliklari2
Bank operatsiyalari ichki nazorati - bank rahbariyati va barcha bank xodimlari tomonidan kunlik bank operatsiyalarini amalga oshirish jarayonida ularning qonunchilikka mosligi, samaradorligi, yuqori malakada bajarilishi va moliyaviy hisobotlarning ishonchliligini ta'minlash tizimi;
Ichki nazorat ma'lum yoki aniq vaqt mobaynida amal qilinishi lozim bo'lgan tartib yoki qoida bo'lmasdan, balki u bankning barcha bo'g'inlarida kunlik bank operatsiyalarning boshlanishidan tortib tugagunga qadar doimiy yuritiladigan bank faoliyatining ajralmas qismidir.
Ichki nazorat o'z navbatida dastlabki nazorat, joriy nazorat va yakuniy nazoratga bo'linadi.
Ichki nazorat tizimi kerdit tashkiloti sifatida bank joriy holatini tahlil qilishda, banklarni taraqqiy toptirishda juda muhim element bo'lib, bank menejmentining ajralmas bo'lagi hsoblanadi. Ichki nazorat tizimi o'zida ichki nazoratning turli yo'nalishlari va bo'limlarini jamlaydi. Ichki nazorat bank xodimlari tomonidan yo'l qo'yilgan turli xatoliklar va qonun buzilishlar natijasida paydo bo'ladigan yo'qotishlarni minimallashtirish maqsadida bank boshqaruvi tomonidan yaratilgan nazorat tizimi sifatida faoliyat yuritadi. Biroq bank ichki nazoratining mohiyati faqatgina tekshiruv metodlari jamlanmasidangina iborat emas, shunday bo'lsada u bank tomonidan o'z aktivlari butligini ta'minlash, boshqaruv siyosatiga
2 Muallif ishlanmasi
APPLIED SCIENCES
Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.3 | SJIF = 7.984 www.in-academy.uz
amal qilish, moliyaviy hisobotlar ishonchliligini tekshirish va samarali ish faoliyatini tashkil etish maqsadida ishlab chiqilgan chora-tadbirlarni o'zida ifoda etadi.
Ichki nazorat administrativ va moliyaviy nazorat kabi ikki shakldan iborat bo'ladi: Administrativ nazoratda jarayon, ish va protseduralarni tashkil qilish, hujjatlashtirishni yuritish rejasiga asoslanadi. Moliyaviy nazorat hujjatlashtirishga asoslanib, ushbu hujjatlashtirish moliyaviy hisobotlar ishonchliligini ta'minlash va aktivlar butligini saqlash vazifasi bilan bog'liq. Faoliyat natijalarini nazorat qilishda jarayon dokumentatsiya jarayoni bilan bog'liq bo'lib, u bank mahsulotlari tannarxining rejadagi va haqiqatdagi ko'rsatkichlari va ularning rentabelligi bilan bog'liq hisoblanadi.
Bank nazoratining asosiy maqsadi xodimlarning qonunchilik hujjatlari, Markaziy bank va boshqa tegishli organlarning meyoriy hujjatlariga o'z ish faoliyatida amal qilishi, bank tomonidan amalga oshirilayotgan operatsiyalarga yuqori darajada ishonchlilikni ta'minlash va bank faoliyatidagi mumkin bo'lgan risklarni kamaytirish yo'li bilan omonatchilar va kreditorlar manfaatini himoya qilishdan iborat.
Nazariy jihatdan bank ichki nazoratning bir qancha shakllarini mavjud. Ularni umumiy qilib quyidagi rasmda ko'rsatilgandek tasniflash mumkin.
Ichki nazoratning shakllari
Qo'yilgan /azifalarni bajarish (ususiyatiga ko'ra
- Adminstrativ
-Buxgalteriya
- Moliyaviy
- Huquqiy
- Texnologik
- Boshqaruv
Bajarilish vaqtiga ko'ra:
- Dastlabki
- Joriy
- Yakuniy
Manbasiga ko'ra:
- Hujjatlar asosida
- Faktlar asosida
- Kompyuter asosida
Qamrab olish hajmiga ko'ra:
- Umumiy yoki qism-qism
- Kompleks yoki
tematik
- Yoppasiga yoki anlab nazorat qiis
3-rasm. Ichki audit shakllari3
Bank ichki nazoratini tashkil qilish quyidagi yo'nalishlarda amalga oshadi:
- Kredit tashkiloti faoliyatini tashkil etuvchi boshqaruv organlari tomonidan olib boriladigan nazorat.
- Bank risklarini baholash va ularni boshqarish tizimining ish faoliyatini tekshirish. - Bank operatsiyalarini amalga oshirishda vakolatlar taqsimotini nazorat qilish.
- Ma'lumotlar oqimi va ularning xavfsizligini nazorat qilish. 1- jadval
Ichki auditni amalga oshirishda foydalaniladigan usullar4
3 Muallif ishlanmasi
4 https://e-library.namdu.uz/ Banklarda_buxgalteriya_hisobi_[@iqtisodchi_kutubxonasi].pdf
Foydalaniladigan usullar va tadbirlarga ko'ra
Umummetodologik Hujjatli nazorat
Faktlar asosida tekshiruv usullari
usullar
usullari
- Audit
- Analiz
- Yuridik baholash
- Mantiqiy nazorat
- Formal tekshiruv
- Arifmetik tekshiruv - taqqoslash
- Inventarizatsiya - Ekspertiza - Boshqaruv ma'lumotlari tahlili
- Tekshiruv (reviziya)
- Monitoring
- Tematik tekshiruv
- Xizmat tekshiruvi
Yuqori boshqaruv organlari tomonidan olib boriladigan nazorat ichki nazorat siyosatini amalga oshirishning bir qismi sifatida bank Kengashi, shuningdek bank ijroiya organlari tomonidan o'tkaziladigan chora-tadbirlar yig'indisini o'zida qamrab oladi. Direktorlar Kengashi (Nazorat kengashi) ish faoliyatida bank faoliyatiga tegishli quyidagi masalalarni ko'rib o'tishi tavsiya qilinadi5:
- Samarali ichki nazoratni tashkil etish va amalga oshirish;
- O'z majlislarida ichki nazorat samaradorligini doimiy muhokama qilish va bank ijroiya organlari bilan ichki nazoratni tashkil etish va uning samaradorligini oshirish chora-tadbirlari yuzasidan muloqotlar o'tkazish;
- Ichki nazoratni tashkil qilish bo'yicha bankning ichki ijro organlari, ichki nazorat xizmati, shuningdek ichki nazorat organiga taalluqli boshqa xodimlar tomonidan tayyorlangan hujjatlarni joriy nazoratini o'tkazish;
- Ichki nazorat xizmati tomonidan bildirilgan takliflar va e'tirozlarni tijorat banki ijro organlari tomonidan tezkorlik bilan ko'rib chiqish uchun zarur bo'lgan chora-tadbirlarni ta'minlash;
- Ichki nazoratning bank faoliyati ko'lami, xarakteriga muofiqligini o'z vaqtida tekshirib borish.
Bank ijro organi o'z ish-faoliyatida quyidagi masalalarni ko'rib borishi zarur: - Bank kengashi qarorlari yuzasidan javobgarlikni belgilash, bank ichki nazoratini tashkil etish va amalga oshirishda tijorat banki siyosati va strategiyasini amalga tadbiq etish;
- Ichki nazorat doirasida qoida va tartiblarni ishlab chiqish jarayonida vakolatlar taqsimotini belgilash (bank tashkiliy strukturasiga muofiq);
- Tijorat banki faoliyatining ichki hujjatlar, shuningdek ichki nazoratni amalga oshirishda belgilangan tartibga muofiqligini nazorat qilish;
- Ichki nazoratning aniq yo'nalishlari uchun javobgarlikni va majburiyatlar taqsimotini belgilash;
- Ma'lumotlarning samarali uzatilish tizimini ishlab chiqish;
- Ichki nazorat xizmati tomonidan aniqlangan qonun buzilishlar va kamchiliklarni bartaraf etish bo'yicha nazorat mexanizmini tashkil etish;
5 Максютов А.А. " Банковский менеджмент ", М., Альфа - Пресс, 2008 y.
APPLIED SCIENCES
Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.3 | SJIF = 7.984 www.in-academy.uz
Tijorat banki manfaatlar to'qnashuvi yuzaga kelishi sharoitida mavjud bo'ladigan ziddiyatlarni oldini olish maqsadida xodimlarning xizmat vazifalari taqsimotini amalga oshiradi. Bank manfaatlarning potensial to'qnashuvini aniqlash va nazorat qilish bo'yicha aniq tartib o'rnatishi kerak.
Bank faoliyatining biror yo'nalishi bo'yicha ma'lumot ishonchli, to'liq, to'g'ri shakllantirilgan va o'z vaqtida taqdim etilgan bo'lishi kerak. Avtomatlashgan ma'lumotlar tizimi va texnik vositalarning ichki nazorati umumiy nazorat va dasturiy nazoratdan iborat bo'ladi. Umumiy nazorat uzluksiz ishni tashkil qilish maqsadida komputer tizimini nazorat qilishni nazarda tutadi. Dasturiy nazorat amaliy dasturda avtomatlashgan tartiblar bilan amalga oshiriladi. Ichki nazorat tizimini nazorat qilish boshqaruv va turli bo'linmalar xodimlari tomonidan doimiy amalga oshirilishi shart. Bank moliyaviy faoliyatga ta'sir ko'rsatuvchi ichki va tashqi omillarni o'rganib ichki nazorat tizimining samarali faoliyat yuritishi uchun zarur bo'lgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi6.
Tijorat banklarida ichki nazorat xizmati quyidagi muhim tamoyillar asosida shakllantiriladi:
- Nazorat tadbirlarini o'tkazish uchun bankning barcha bo'linmalari va tashkiliy tuzilmalarning ochiqligi;
- Bank faoliyatidagi risklarning doimiy nazoratini amalga oshirish;
- Bank aktivlariga va hujjatlariga bo'lgan jismoniy ruxsatni doimiy nazorat qilish.
Bank ichki nazorat tizimi uni joriy qilish bilan bog'liq hujjatlarga muofiq ravishda boshqaruv organlari tomonidan tashkil etiladi. Ichki nazorat tizimining faoliyat yuritishi, muammolarni aniqlash va tahlil qilish jarayonini domiy nazorat qilish uchun bankda ichki nazorat xizmati joriy qilinadi. U Markaziy bank talablariga javob berishi va o'z faoliyatini bank Ustavi hamda ichki nazorat to'g'risidagi Kengash tomonidan tasdiqlangan ichki tartibga asosan amalga oshirishi kerak.
6 Маковникова Г. А., Кантор В. Э. " Финансовый менеджмент " М., ЮРАИТ, 2011 y.
APPLIED SCIENCES
Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.3 | SJIF = 7.984 www.in-academy.uz
3-rasm. Bankda ichki nazorat doirasida Bank Kengashi, Boshqaruv va Auditorlar (ichki va tashqi) o'rtasidagi o'zaro ish tashkil qilish strukturasi7
1. Bank kengashi bankning ishonchliligi va samaradorligini ta'minlashga yo'naltirilgan chora-tadbirlar to'plami, shuningdek boshqaruvning tashkiliy strukturasi sifatida ichki nazorat tizimini tashkil qiladi va tasdiqlaydi. Ichki nazorat tizimida audit xizmati, Taftish komissiyasi va Tashqi auditdan operativ ma'lumotlar olinadi. Kengash ichki audit xizmati faoliyatini boshqaradi va bank menejmenti faoliyati ustidan nazorat o'rnatadi.
2. IAX auditorlik tekshiruvlari orqali ichki nazorat tizimining samaradorligini baholaydi. Ichki nazorat tizimini optimallashtirish va faoliyatini yaxshilash bo'yicha rekomendatsiya ishlab chiqadi.
3. Bank menejmenti ichki nazorat tizimining tegishli shaklda va to'laqonli faoliyat yuritishini ta'minlaydi. Boshqaruv ichki audit xizmatidan olingan malumotlarga tayanadi, o'z navbatida tashqi audit IAX faoliyatini yaxshilashga qaratilgan adekvat qarorlar qabul qiladi.
4. Ichki nazorat xizmati ichki nazorat tizimi ishini muttasil kuzatib boradi, biznes jarayonlarda boshqaruv samaradorligini tekshiradi. Bank boshqaruviga ichki nazorat xizmati faoliyatini yaxshilash yo'zasidan tavsiyalar beradi. IAX bilan o'zaro ma'lumot almashib boradi.
5. Taftish komissiyasi o'zi o'tkazgan tekshiruvlar natijalari asosida biznes-jarayonlarning alohida olingan nuqtalarida ichki nazorat tizimini baholaydi va Bank kengashi va Boshqaruvni zarur ma'lumotlar bilan ta'minlaydi.
Muallif ishlanmasi
APPLIED SCIENCES
Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.3 | SJIF = 7.984 www.in-academy.uz
6. Tashqi audit bankda ichki nazoratni amalga oshirish jarayonida Boshqaruv va IAX faoliyatini tekshiruvdan o'tkazish maqsadida ish olib boradi.
Bunda ichki auditorlik tekshiruvlari materiallaridan foydalanadi. Tashqi audit ichki nazorat tizimining faoliyatiga oid mustaqil ekspert baholarini boshqaruvga taqdim etadi.
Ichki nazorat tizimi ustidan muntazam nazoratni olib borish va uni takomillashtirish raxbarlar majburiyatidir. Nazorat tartiblari uchun javobgar xodimlar bevosita raxbariyatga hisobot berishlari lozim.
Tijorat banklarida ichki nazoratning samarali faoliyat yuritayotganligini uning kamchiliklarni qisqa vaqt ichida aniqlashi bilan o'lchanadi. Buning uchun banklar noqonuniy operatsiyalarni avtomatik aniqlay oladigan dasturiy taminotga va yuqori malakali xodimlarga ega bo'lishi kerak. Bugungi kunda ko'plab banklar ushbu jihatlarga katta e'tibor qaratmoqda va bu yo'nalishda ko'plab yutuqlarga erishildi. Xulosa va takliflar
Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki, ichki auditni takomillashtirish uchun, tijorat banklari quyidagi jarayonlarni amalga oshirishlari mumkin:
1. Ichki auditning obyektivligini ta'minlash: Ichki auditning obyektivligi va ishonchli bo'lishi uchun, uning muvofiqligini ta'minlash uchun auditorlar va ichki nazoratchilar tomonidan faol ishlanishi kerak. Audit tashkilotlarining mustaqillik va maslahat berish huquqlarini saqlash juda muhimdir.
2. Ichki nazorat va monitoring tizimini kuchaytirish: Banklar ichki nazorat va monitoring tizimlarini kuchaytirish, ichki nazorat xizmatlarining faoliyatini kuzatib borish, risklarni identifikatsiya qilish va ularni boshqarish uchun muvofiqlikni ta'minlashga yordam beradi.
3. Ichki nazorat va monitoring jarayonlarini avtomatlashtirish: Tijorat banklari ichki nazorat va monitoring jarayonlarini avtomatlashtirish orqali xavfsizlikni oshirish, risklarni boshqarish va muvofiqlik darajasini oshirishlari mumkin.
4. Ichki auditorlarning sertifikatlangan mutaxassisligini ta'minlash: Ichki auditorlar sertifikatlangan mutaxassislar bo'lishi kerak, ularning ichki auditni sifatli va samarali amalga oshirishlari uchun zarur bilim va ko'nikmalarga ega bo'lishi muhimdir.
5. Ichki auditning natijalariga oid ma'lumotlarni ko'rsatish: Ichki auditning natijalariga oid ma'lumotlarni bankning rahbariyati bilan bo'lishish, ularning takomillashtirilishi uchun zarur tavsiyalarni berish juda muhimdir.
Bu jarayonlar tijorat banklarida ichki auditni takomillashtirish uchun muhim bo'lib, bankning samaradorligini oshirish, xavfsizlikni ta'minlash va qonunchilikni saqlashga yordam beradi.
References:
1. Farmon (2017) O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-qil 14- fevraldagi 4947-sonli Farmoni "2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to'g'risida»//www.lex.uz Hoshimjonovich N.B. (2023) "Tijorat banklarida umumiy ichki audit tekshiruvi uslibiyotini takomillashtirish", Eurasian journal of law, finance and applied sciences/2.02.2023y. 49b.
APPLIED SCIENCES
Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.3 | SJIF = 7.984 www.in-academy.uz
2. Ma'ruza (2021) Mirziyoyev, Shavkat Miromonovich. Tanqidiy tahlil, kat'iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik - har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo'lishi kerak. Mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo'ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo'nalishlariga bag'ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma'ruza, 2017 yil 14 yanvar. - Toshkent: «O'zbekiston», 2017. - 104 b.
3. Mgr Ion-Bogdan Dumitrescu (2004), Internal audit in banking organisations BIATEC, Volume XII, 7/
4. NIZOM (2000) O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 992-1-son bilan ro'yxatga olingan "Tijorat banklarining ichki auditiga Markaziy bank tomonidan qo'yiladigan talablar to'g'risida"gi NIZOM 04.04.2000 yil
5. NIZOM (2021) "Tijorat banklarining ichki auditiga qo'yiladigan talablar to'g'risida" 3302-/ 07.05.2021y. https://lex.uz/
6. Qaror (2020) O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-fevraldagi PQ-4611-son "Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o'tish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida" qarori.
7. Qonun (2021) "Auditorlik faoliyati to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni 677-son. 25.02.2021y. Sobirovich T.S. (2022) Reduction in the volume of transactional deposits as a factor of ensuring the financial stability of banks //The Journal of Economics, Finance and Innovation. -Т. 1. - №. 2. - С. 8-15. Togayev S.S. et al. (2023) Schools of strategic planning: a critical analysis of existing concepts //Educational Research in Universal Sciences. - Т. 2. - №. 1. - С. 488-494.
8. Xasanov B. (2021) "Ichki auditni avtomatlashtirish asoslari" Toshkent FAN, 2003.
9. Yadgarova M.L., Qurbonov R.B. (2019) "Bank auditi" Darslik/ — T.: «Iqtisod-Moliya», ,-320 b.
10. Дефлиз Ф.Л., Дженик Г.Р., О'Рейли В.М., Хирш М.Б. (1997) Пер. Санг под ред. Я.В.Соколова. -М.: Аудит, ЮНИТИ.
11. Тогаев С. (2016) "Bank ishi" fanidan uslubiy qo 'llanma //Scienceweb academic papers collection.