Научная статья на тему 'AUDİTORLİK XİZMATLARİ BOZORİ ULARNİNG HOZİRGİ DAVRDAGİ AHVOLİ VA YO`NALİSHLARİ, XALQARO AUDİTORLİK FİRMALARİ FAOLİYATİ TAJRİBALARİ'

AUDİTORLİK XİZMATLARİ BOZORİ ULARNİNG HOZİRGİ DAVRDAGİ AHVOLİ VA YO`NALİSHLARİ, XALQARO AUDİTORLİK FİRMALARİ FAOLİYATİ TAJRİBALARİ Текст научной статьи по специальности «Социальные науки»

CC BY
336
76
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Research Focus
Область наук
Ключевые слова
Auditorlik xizmati / auditorlik firmalari / auditorlik bozori / xizmat ko’rsatish / Аудиторская служба / аудиторские фирмы / аудиторский рынок / услуга.

Аннотация научной статьи по социальным наукам, автор научной работы — Shokirov Humoyiddin Baxriddin O‘g‘li, Qodirova Ozoda Raxmiddin Qizi, Sharipova Nilufar Mansurjon Qizi, Toshtemirova Muxlisa Davronbek Qizi

Hozirda mamlakat miqyosida auditorlik xizmati keng tarqalmoqda. Buni yanada rivojlantirish maqsadida xalqaro auditorlik firmalarida tajribalar olib borilyapti va shu tajriba asosida bu maqolani yozdim.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

РЫНОК АУДИТОРСКИХ УСЛУГ, ИХ СОВРЕМЕННОЕ СОСТОЯНИЕ И НАПРАВЛЕНИЯ, ОПЫТ МЕЖДУНАРОДНЫХ АУДИТОРСКИХ ФИРМ

В настоящее время аудиторская услуга широко распространяется по всей стране. Для дальнейшего развития в международных аудиторских фирмах проводятся эксперименты, и на основе этого опыта я написал эту статью.

Текст научной работы на тему «AUDİTORLİK XİZMATLARİ BOZORİ ULARNİNG HOZİRGİ DAVRDAGİ AHVOLİ VA YO`NALİSHLARİ, XALQARO AUDİTORLİK FİRMALARİ FAOLİYATİ TAJRİBALARİ»

AUDÍTORLÍK XÍZMATLARÍ BOZORÍ ULARNÍNG HOZÍRGÍ DAVRDAGÍ AHVOLÍ VA YONALÍSHLARÍ, XALQARO AUDÍTORLÍK FÍRMALARÍ FAOLÍYATÍ

TAJRÍBALARÍ Shokirov Humoyiddin Baxriddin o'g'li

DTPI iqtisodiyot yo'nalishi talabasi E-mail: [email protected] Qodirova Ozoda Raxmiddin qizi DTPI iqtisodiyot yo'nalishi talabasi E-mail: ozodaraxmiddinovna@gmail. com Sharipova Nilufar Mansurjon qizi DTPI iqtisodiyot yo'nalishi talabasi E-mail: [email protected] Toshtemirova Muxlisa Davronbek qizi DTPI iqtisodiyot yo'nalishi talabasi E-mail: muxli satoshtemirova2@gmail. com https://doi.org/10.5281/zenodo.7589215

Annotatsiya: Hozirda mamlakat miqyosida auditorlik xizmati keng tarqalmoqda. Buni yanada rivojlantirish maqsadida xalqaro auditorlik firmalarida tajribalar olib borilyapti va shu tajriba asosida bu maqolani yozdim.

Kalit so'zlar: Auditorlik xizmati, auditorlik firmalari, auditorlik bozori, xizmat ko'rsatish. РЫНОК АУДИТОРСКИХ УСЛУГ, ИХ СОВРЕМЕННОЕ СОСТОЯНИЕ И НАПРАВЛЕНИЯ, ОПЫТ МЕЖДУНАРОДНЫХ АУДИТОРСКИХ ФИРМ

Аннотация: В настоящее время аудиторская услуга широко распространяется по всей стране. Для дальнейшего развития в международных аудиторских фирмах проводятся эксперименты, и на основе этого опыта я написал эту статью.

Ключевые слова: Аудиторская служба, аудиторские фирмы, аудиторский рынок,

услуга.

KÍRÍSH

O'zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning asosiy pirovard maqsadi - mamlakat iqtisodiyotida bozor munosabatlari tamoyillarini to'liq qaror toptirishdan iboratdir. Bozor munosabatlariga asoslangan iqtisodiyotni shakllantirish yo'lida izchil islohotlar olib borilayotgan hozirgi bosqichda tijorat banklarining mamlakat iqtisodiyotidagi roli tobora oshib bormoqda. Ma'lumki, 2017 yil 7 fevralda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha xarakatlar strategiyasi to'g'risidagi" PF-4947 sonli farmoni e'lon qilindi. Ushbu farmonda mamalakatimizni rivojlantirish bo'yicha beshta ustuvor yo'nalishlar belgilandi. Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish yo'nalishida aynan bank tizimini isloh qilishni chuqurlashtirish va barqarorligini ta'minlash, banklarning kapitallashuv darajasi va depozit bazasini oshirish, ularning moliyaviy barqarorligi va ishonchliligini mustahkamlash, istiqbolli investitsiya loyihalari hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlarini kreditlashni yanada kengaytirish, shu jumladan, bank faoliyatini tartibga soluvchi zamonaviy tamoyil va mexanizmlarni joriy qilish, ularning samarali faoliyat ko'rsatishiga yo'l qo'ymayotgan to'siqlarni bartaraf etish bo'yicha chora tadbirlar ishlab chiqildi. Shu o'rinda prezidentimizning "...tijorat banklari bilan birgalikda xorijiy investitsiyalarni olib kirish bo'yicha ishlarning qanday ahvolda ekani to'g'risida shaxsan Prezidentga axborot noma kiritilishi ta'kidlab

o'tilgan edi. Ma'lumki, tijorat banklari faoliyatiga real baho berish va omonatchilar, kreditorlar va investorlarning bank faoliyati to'g'risida aniq ma'lumotlarga ega bo'lishlarida ichki audit tekshirishlarimuhimahamiyatga egadir.Tijorat banklari faoliyatida ichki auditorlik tekshiruvlarini o'tkazish muxim xisoblanadi.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Globallashuv sharoitida O'zbekiston iqtisodiyotini jadal rivojlantirish va liberallashtirish, jahon moliya bozoriga integratsiyalashuvini tezlashtirish va kapital bozorini hamda raqamli iqtisodiyotni yanada taraqqiy ettirish, zamonaviy korporativ boshqaruv printsiplarini joriy etish ustuvor vazifalar sirasiga kiradi. Tizim faoliyatini yanada takomillashtirish, boshqarishga oid qarorlarni qabul qilish va korporativ boshqaruvni yanada yaxshilash uchun auditorlik xizmatlari sifatini oshirish lozim bo'ladi Yaqin paytga qadar amalda bo'lgan "Auditorlik faoliyati to'g'risida"gi qonun 2000 yilda qabul qilingan. So'nggi 20 yil ichida bu bozorda katta o'zgarishlar ro'y bergani va qator islohotlar amalga oshirilgani tufayli u bugungi kun talabiga to'liq javob bermasligi ayon bo'lib qolgan edi.

Zamonaviy talablar va xalqaro amaliyot printsiplariga asoslangan auditorlik faoliyatini tartibga solishning samarali tashkiliy-huquqiy mexanizmini yaratish, qoida va normalarni hamda me'yoriy hujjatlarni yagona normativ-huquqiy hujjatda unifikatsiyalash va tizimlashtirish maqsadida 2021-yil 25-fevralda yangi tahrirdagi "Auditorlik faoliyati to'g'risida"gi qonun qabul qilindi. Qonun bozor iqtisodiyoti talablariga javob beradigan auditorlik xizmatini tashkil etishga, ushbu kasbning nufuzini va ular ishining sifatini oshirishga qaratilgan bo'lib, pirovard natijada jamiyat manfaatlarini qondirishga va investorlar himoyasini kuchaytirishga yo'naltirilgan. Ushbu huquqiy hujjatda amaldagi qonunning eskirgan va havolaki me'yorlari qayta ko'rib chiqildi va auditorlik faoliyatini tartibga soluvchi yagona me'yoriy hujjat ko'rinishida to'g'ridan-to'g'ri amal qiladigan qonun sifatida qabul qilindi.

Dunyoda auditorlik xizmatlaridan foydalanish rivojlanib boryapti. Xususan, IFAC -Xalqaro buxgalterlar federatsiyasining rasmiy hisobotiga ko'ra, 130 ga yaqin davlatda 175 dan ziyod professional buxgalterlar uyushmasi, 3 milliondan ziyod professional auditor, 100 mingdan ortiq auditorlik tashkiloti mavjud. Birgina Deloitte tashkilotining o'zi 150 ta davlatda 1600 dan ziyod shartnoma asosida auditorlik tekshiruvlarini o'tkazib, 46,2 milliard AQSH dollari miqdoridagi daromadni qayd etdi. Respublikamizda 2021-yilning 1-yanvar holatiga 99 ta auditorlik tashkiloti faoliyat ko'rsatib kelyapti, auditorlar soni 572 kishini tashkil qiladi. 19 ta mahalliy auditorlik tashkiloti yirik xalqaro tarmoq va uyushmalar a'zolari hisoblanadi. YUrtimizda ham katta to'rtlik (Big-4) - "Ernst &Young", "PricewaterhouseCoupers", "Deloitte and Touche" va "KRMG" xalqaro auditorlik tashkilotlarining sho''ba jamiyatlari faoliyat yurityapti. Qonun auditorlik faoliyatini faqat auditning xalqaro standartlari asosida amalga oshirish, uni litsenziyalanadigan turlar tarkibidan chiqarish, maxsus vakolatli davlat organi sifatida Moliya vazirligi auditorlarning respublika jamoat birlashmalari (Auditorlar palatasi hamda Buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi) bilan birgalikda, moliya-xo'jalik sohasiga aralashmagan holda, auditorlik tashkilotlari ishi sifatini tashqi nazoratdan o'tkazish, majburiy auditorlik tekshiruvidan o'tishi zarur bo'lgan ijtimoiy ahamiyatga ega bo'lgan tashkilotlar ro'yxatini shakllantirishni nazarda tutadi. Ayni kezda unda auditorlar malakasini oshirishning samarali tizimini yaratish, jahonning ilg'or tajribalarini tatbiq qilish, tartibga soladigan qoida va normalarni hamda me'yoriy hujjatlarni yagona normativ-huquqiy hujjatda unifikatsiyalash va tizimlashtirish, manfaatlar to'qnashuvining oldini olishga yo'naltirilgan auditorlar professional faoliyatining axloq qoidalarini joriy etish kabi muhim masalalar ham qamrab olingan.

Hujjatda qonunning maqsadi, auditorlik faoliyati to'g'risidagi qonunchilik, asosiy tushunchalar, printsiplar va uning standartlari yoritilgan. Mustaqillik, xolislik va halollik, kasbiy bilimga egalik hamda axborotning maxfiyligi sohaning asosiy printsiplari hisoblanadi. Moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilarni ishonchli axborotlar bilan ta'minlash maqsadida O'zbekistonda auditorlik faoliyatini faqat auditning xalqaro standartlar asosida amalga oshirish belgilangan. Bu esa, o'z navbatida, moliyaviy axborotlarning ishonchliligini oshiradi va axborot xatarini kamaytiradi. Qonunda auditorlik faoliyati boradasigi davlat siyosatining asosiy yo'nalishlari belgilab berilgan. Auditor va uning yordamchisi, auditorlarni sertifikatlash tizimida to'g'ridan-to'g'ri amal qiladigan normalar asosida batafsil ifodasini topgan. Unga ko'ra, auditor faqat bitta auditorlik tashkilotida auditorlik xizmatlarini ko'rsatishi hamda o'zi ishlaydigan faqat bitta auditorlik tashkilotining muassisi (ishtirokchisi) bo'lishi mumkin. SHuningdek, auditorlik faoliyati to'g'risidagi qonunchilik talablarini buzganligi sababli Auditorlik tashkilotlari reestridan chiqarilgan auditorlik tashkilotini ilgari boshqargan auditor uch yil mobaynida boshqa auditorlik tashkiloti rahbari bo'lishi mumkin emasligi qat'iy belgilab qo'yilgan. Xalqaro tajribadan kelib chiqib, auditor malaka sertifikatini dastlab besh yillik muddatga berish, uning amal qilishini navbatdagi o'n yillik muddatga va keyinchalik muddatsiz davrga uzaytirishni nazarda tutuvchi normalar kiritildi. Bu hujjatni olish uchun talabgor oliy ma'lumotga hamda oliy ta'lim tashkilotini tamomlaganidan keyin oxirgi o'n yildan kamida uch yil buxgalteriya hisobi va audit sohasida ish stajiga ega bo'lishi lozim. Xalqaro buxgalter sertifikatiga yoki kamida o'n yillik uzluksiz auditorlik ish stajiga ega bo'lgan auditorlarga malaka sertifikatining amal qilish muddatini uzaytirish imtihon topshirmasdan amalga oshiriladi.

Auditorlik tashkilotlariga qulaylik va engilliklar yaratish maqsadida bir qator yangi normalar kiritildi. Jumladan, auditorlik tashkilotlarining ustav kapitali miqdoriga bo'lgan talab bekor qilindi. Ustav fondi (ustav kapitali) auditorlik tashkiloti o'z faoliyatini amalga oshirishda bevosita foydalanadigan mol-mulkdan, shu jumladan, pul mablag'laridan shakllantiriladi. Tashkilot o'z faoliyatini amalga oshirishda mustaqil bo'lib, vazirliklar, davlat qo'mitalari, idoralar hamda boshqa davlat va xo'jalik boshqaruvi organlari tomonidan tashkil etilishi mumkin emas. Unda asosiy ish joyi hisoblangan kamida to'rt nafar auditor bo'lishi, filialining rahbari esa, albatta, auditor bo'lishi kerak. Tadbirkorlik sub'ektlarining yagona davlat reestriga kiritilgan sanadan e'tiboran uch oy davomida u haqidagi ma'lumotlar Auditorlik tashkilotlari reestriga kiritilmagan tijorat tashkiloti o'z nomida "auditorlik tashkiloti" degan so'z birikmasidan foydalanishga haqli emas. Qonunga ko'ra, xalqaro amaliyot asosida auditorlik xizmatlarining tarkibi aniqlandi. Aynan shunday xizmat turlari MDH mamlakatlari qonun hujjatlarida va auditning xalqaro standartlarida mavjud.

Auditorlik xizmati

Bu kompaniya, korxona, tashkilot va boshqalarning moliya-xo'jalik faoliyati holatini xolis tekshiruvchi firmalar. Bu firmalarning xizmatchilari belgilangan tartibda auditorlik faoliyati bilan shug'ullanish uchun huquqi bo'lgan va auditorlik kasbkor ro'yxati (reyestri)ga kiritilgan mutaxassislar bo'lib, auditorlar deb ataladi. Auditorlik xizmati xo'jalik yurituvchi subyektlar bilan auditorlik firmalari urtasida tuziladigan shartnoma asosida amalga oshiriladi. Bunday firmalar Auditorlik xizmatini bajarish uchun tegishli kompaniya, korxona va tashkilotlar faoliyatini nazorat qiladigan davlat organlari (O'zbekistonda Adliya, Moliya vazirliklari)dan maxsus ruxsatnoma (litsenziya) oladilar. Auditorlik xizmatining asosiy vazifasi tekshirilayotgan korxonaning moliyaviy ahvoli to'g'risida xolis xulosa berishdan iborat. Bu xulosa ushbu korxonaning faoliyati to'g'risidagi yillik hisobotda shu korxonaning rasmiy balansi hamda foyda va zarari hisoblari bilan

birgalikda qonun bilan belgilangan tartibda e'lon qilinadi. Auditorlik xizmati xulosasi ijobiy yoki salbiy bo'lishidan qat'i nazar korxonaning moliyaviy holatini tasdiklovchi mustaqil hujjat hisoblanadi. Auditorlik xizmati nazorat ishlari bilan birga maslahat xizmatlarini ham bajaradi. Auditorlik xizmati birinchi marta 19-asrning 40-yillarida Angliyada aksiyadorlik jamiyatlari moliya-xo'jalik faoliyatini tekshirish bilan bog'liq holda paydo bo'ldi. 20-asrning 70-yillariga kelib jahon mamlakatlarida Auditorlik xizmati standartlari yaratila boshladi. MDH mamlakatlari, shu jumladan O'zbekistonda dastlabki auditorlar 90-yillarning boshlarida paydo bo'ldi. O'zbekistonda 300 dan ortiq auditorlik firmalari faoliyat ko'rsatadi (2000). O'zbekiston Respublikasi hududida ish olib boruvchi auditorlik firmalari va mustaqil auditorlar ixtiyoriy asoslarda mustaqil jamoat tashkiloti bo'lgan O'zbekiston Respublikasi Auditorlar palatasiga uyushgan. O'zbekistonda Auditorlik xizmati 1992-yil 9-dekabrda qabul qilingan O'zbekiston Respublikasining „Auditorlik faoliyati to'g'risida" Qonuniga muvofiq olib boriladi.

TADQIQOT NATIJALARI VA MUHOKAMA

Auditorlik tashkilotlari auditorlik tekshiruvlari va auditorlik xizmatlarini ko'rsatadi, shartnoma asosida ish olib boradi. Qonunda auditorlik tekshiruvlarini o'tkazish tartibi bayon qilingan. Unda manfaatlar to'qnashuvi yuzaga kelishining oldini olishga yo'naltirilgan va audit mustaqilligini ta'minlovchi auditorlik tekshiruvi o'tkazishdagi cheklovlar sanab o'tildi. Xususan, ketma-ket etti yildan ko'proq ayni bir xo'jalik yurituvchi sub'ektning auditorlik tekshiruvini o'tkazishga haqli emas. Soha tashkilotlarining majburiy auditorlik tekshiruvini o'tkazishi uchun shtatida kamida ketma-ket uch yillik uzluksiz ish stajiga yoki xalqaro buxgalter sertifikatiga ega bo'lgan kamida ikki nafar auditor bo'lishi hamda ish sifatini tashqi nazoratdan o'tkazish natijalariga ko'ra, qonunchilik buzilishi hollari mavjud bo'lmaganda ruxsat berildi. Qonun bilan Auditorlik tashkilotlari reestri va uning yuritilishi hamda mazkur reestrlarga kiritish va chiqarish masalalari tartibga solingan. Shu bilan birga, vakolatli organ hisoblangan Moliya vazirligining veb-saytida auditorlik tashkilotlari va malaka sertifikatiga ega bo'lgan auditorlar haqida ma'lumotlar joylashtirib borilishi va ularni monitoring qilish tizimi joriy etildi. Hujjatda auditorlik tashkiloti ishi sifatining tashqi nazoratini o'tkazish muddati va asoslari, asosiy ko'rsatkichlari va uni baholash mezonlari belgilab qo'yildi. Lekin ish sifatining tashqi nazoratini o'tkazishda auditorlik tashkilotining moliyaviy-xo'jalik faoliyatiga aralashishga yo'l qo'yilmaydi. Qonunda xalqaro xamkorlik masalalarini tartibga soluvchi, nizolarni hal etish va auditorlik faoliyati to'g'risidagi qonun hujjatlarini buzganligi uchun javobgarlikni belgilovchi qoidalar ham mavjud.

XULOSA

Muxtasar aytganda, "Auditorlik faoliyati to'g'risida"gi qonunning yangi tahrirda qabul qilinishi tartibga solish va audit jarayonidagi tartib-taomillarning shaffofligini, moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilarni ishonchli audit xulosasi bilan ta'minlaydi, xalqaro standartlar asosida mustaqil audit o'tkazish amaliyotini tatbiq etadi, auditorlik tashkilotlari xizmatlari sifatini va raqobatbardoshligini oshiradi, sohadagi hujjatlarni tizimlashtiradi va qonunosti hujjatlarning qisqarishiga olib keladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati

1. O'zbekiston Respublikasining Qonuni. Banklar va bank faoliyati to'g'risida. // O'zbekiston bank tizimini isloh qilish va erkinlashtirish bo'yicha qonunchilik hujjatlari to'plami. - to'ldirilgan 2 chi nashri. -Toshkent: "O'zbekiston", 2003. -B. 30-47.

2. O'zbekiston Respublikasining "Buxgalteriya hisobi to'g'risida qonun"ni 13.10.2016y.

3. O'zbekiston Respublikasining "Auditorlik faoliyati to'g'risida"gi qonuni. 2000 y. 26 may.

4. O'zbekiston Respublikasining "Bank siri to'g'risida" gi qonunni. Adliya vazirligidan 2003 yil 30 avgustda 530-2-son bilan ro'yxatga olingan.

5. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli "2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida"gi Farmoni.// www.lex.uz

6. O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining "Tijorat banklarining bank tavakkalchiliklarini boshqarishiga nisbatan qo'yiladigan talablar to'g'risidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi Qarori (O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2011 y., 20-21-son, 216-modda; 2016 y., 16-son, 161- modda).//www.lex.uz

7. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "O'zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo'yicha davlat qo'mitasi faoliyatini tashkil etish" chora-tadbirlar to'g'risida" 04.04.2017 yildagi PQ-2868-sonli Qarori.

8. "Tijorat banklari kapitalining etarliligiga qo'yiladigan talablar to'g'rsida Nizom" Adliya vazirligida 20.05.2010 yilda 949-6 -son bilan ro'yxatga olingan.

9. "O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklarining ichki me'yoriy xujjatlariga qo'yiladigan talablar to'g'risida Nizom", Adliya vazirligidan 2000yil. 5 pareldi 916 -son bilan ro'yxatga olingan. 75

10. "Bank faoliyatini tartibga soluvchi me'yoriy xujjatlar talablarini buzganligi uchun tijorat banklariga nisbatan qo'llaniladigan jazo choralari to'g'risida yo'riqnoma" Adliya vazirligidan 7.10.2008 yilda 622-3 raqam bilan ro'yxatga olingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.