Научная статья на тему 'TIBBIYOTDA TERI KASALLIKLARINI IFODALOVCHI LINGVISTIK BIRLIKLAR XUSUSIDA'

TIBBIYOTDA TERI KASALLIKLARINI IFODALOVCHI LINGVISTIK BIRLIKLAR XUSUSIDA Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
256
41
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
teri / dermatolog / til / teri kasalliklari / atamalar / tibbiyot / tibbiy lingvistika / tibbiy birliklar / etimologiya / izoh / tilshunoslik.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Baxriyeva Umrisino Maxsud Qizi

Maqolada tibbiy terminlar sifatida qoʻllaniladigan teri kasallik nomlari bilan bogʻliq boʻlgan birliklar xususida soʻz yuritilgan boʻlib, ularning lingvistik jihatdan tahlili amalga oshirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TIBBIYOTDA TERI KASALLIKLARINI IFODALOVCHI LINGVISTIK BIRLIKLAR XUSUSIDA»

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

VOLUME 1, ISSUE 4, 2023

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

TIBBIYOTDA TERI KASALLIKLARINI IFODALOVCHI LINGVISTIK

BIRLIKLAR XUSUSIDA

Baxriyeva Umrisino Maxsud qizi,

Buxoro davlat universiteti Lingvistika: o 'zbek tili ta 'limyo 'nalishi 2-bosqich magistranti E-mail: u.m.baxriyeva@ buxdu.uz

Annotatsiya. Maqolada tibbiy terminlar sifatida qo 'llaniladigan teri kasallik nomlari bilan bog 'liq bo 'lgan birliklar xususida so 'z yuritilgan bo 'lib, ularning lingvistik jihatdan tahlili amalga oshirilgan.

Kalit so'zlar: teri, dermatolog, til, teri kasalliklari, atamalar, tibbiyot, tibbiy lingvistika, tibbiy birliklar, etimologiya, izoh, tilshunoslik.

https://doi.ors/10.5281/zenodo.7538245

Til - imkoniyatlar eshigi. Til hamisha rivojlanish va taraqqiyotdadir. Tildan har bir soha vakili, jamiyatning har bir a'zosi birdek foydalanadi. Tilsiz jamiyat, jamiyat esa tilsiz mavjud bo'la olmaydi. Shu nuqtai nazardan qaraganda, bir soha ikkinchi soha bilan aloqadorlik hosil qiladi. Bugungi kunga kelib, o'zbek tilshunosligida tibbiy lingvistik birliklarni har tomonlama o'rganishga ehtiyoj paydo bo'ldi. Shu jumladan, teri kasalliklari bilan bog'liq bo'lgan tibbiy lingvistik birliklarni o'rganish va tahlil qilish soha lingvistikasining asosiy talablaridandir. Teri inson tanasini muhofaza qiluvchi muhim a'zo hisoblanadi. Zamonaviy tibbiyotda teri kasalliklari bilan bog'liq muammolarni dermatologlar o'rganadi. Ularning asosiy va zarur quroli, asbobi ko'zlaridir. Odatda, tashxis qo'yilayotganda, asosan teri shilliq pardalarini ko'zdan kechirish muhim hisoblanadi. Eng asosiysi, nimani ko'rishni va nimani izlashni bilish lozim. Aniq va to'g'ri qo'yilgan tashxis eng samarali davo kaliti hisoblanadi.

Teri kasalliklariga qizamiq, suvchechak, qo'tir, qavariq, chaqa, chipqon, temiratki, uchuq, so'gal, chechak, kuydirgi, moxov, sepkil va shu kabi qator kasallik nomlarini kiritish va tahlilga tortish mumkin. Quyida teri kasalliklari bilan bog'liq bo'lgan ayrim kasallik nomlari keltirilib, lingvistik jihatdan tahlil qilinadi. Jumladan:

Qo'tir badanda pufakchalar hosil qilib, qattiq qichishtiradigan yuqumli teri kasalligi. Bolang qo'tir bo'libdi shifoxonaga ko'rsat [1, 589]. Qadimgi turkiy tilda ham aynan shu ma'noni ifodalagan bu birlik aslida qoto'r tarzida talaffuz qilingan, o'zbek tilida esa ushbu so'zning ikkinchi bo'g'ini lablanmagan, tor unli i yoki lablangan, o'rta keng o' unlilari o'rniga lablangan, tor u unlisiga amashtirib talaffuz qilingan hamda ishlatilgan. Masalan: qotur - qotir.

Qizamiq bolalarda badanga qizil toshma toshishi va isitma bilan kechadigan yuqumli kasallik. Onaning nazarida qizining yuziga qizamiq toshib, shabadada suvlanib ketganga o'xshardi [1, 538]. Qizamiq teri kasalligi qadimgi turkiy tilda ham teri kasalligi ma'nosini ifodalagan bo'lib, ot so'z turkumiga mansub. Aslida qizil tus ol ma'nosini anglatgan qiz

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

VOLUME 1, ISSUE 4, 2023

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

fe'lining kuchaytirish ma'nosini ifodalovchi -a qo'shimchasi orqali hosil qilingan shaklidan -muq qo'shimchasi bilan yasalgan, til taraqqiyoti va o'zgarishlari natijasida o'zbek tilida uchinchi bo'g'indagi u unlisi i unlisiga, a unlisi yo ya'ni y undosh tovushi va o unlisi yonma-yon holatidagi birikkan shaklga kelgan va almashgan, so'ngra i unlisidagi qattiq holatda talaffuz qilinish belgisi yo'qolgan: (qiz + a = qiza) + muq = qizamuq; qizamiq; qizyomiq ottenkalarini ko'rish mumkin. Qizamiq teri kasalligi Mahmud Koshg'ariyning lug'atida ham qizamuq shaklida ifodalangan. Bugungi kunda ushbu teri kasalligi tibbiyotda ham, xalq orasida ham qizamiq shaklida qo'llaniladi va talaffuz etiladi.

Qavariq teri kasalligi ko'p ishqalanish, jismoniy mehnat qilish yoki kuyish, kuydirish natijasida terida paydo bo'ladigan shish hisoblanadi. Masalan: "Ketmonning dastasi g'adir-budur ekan, chap qo'limda qavariq paydo bo'ldi" (so'zlashuvdan). Ushbu leksema ot so'z turkumiga kiradi. O'zbek tilida ishqalanish, kuyish natijasida biroz shish, shishiq ma'nosini anglatuvchi qabar fe'lidan -(i)q qo'shimchasi qo'shilishi natijasida yasalgan. Keyinchalik b undosh tovushi (harfi) v undoshi (harfi)ga almashtirib talaffuz qilingan. Shavkat Rahmatullayevning "O'zbek tilining etimologik lug'ati"da quyidagicha izohlanadi. Jumladan, a unlilari a unlilarga almashgan, i unlisining qattiqlik belgisi yo'qolgan: qabar + iq = qabariq; qavariq; qavariq [1, 501] tarzidagi tahliliga ham guvoh bo'lish mumkin.

Chaqa leksemasi ham tilshunoslikda faol qo'llaniladi, teri kasalliklarida qo'llanilishi bilan birga o'zida quyidagi ma'nolarni ham jamlaydi. Masalan: I. Metal, temir kabi ma'danlardan tayyorlangan, qiymat jihatdan eng kichik, qadrsiz pul birligi. Ot so'z turkumiga mansub. Jumladan: "Birov chaqaga zor, birovpulning hidigayotolmaydi" (Oybek). Shavkat Rahmatullayevning "O'zbek tilining etimologik lug'ati"da o'zbek tilida chaq- fe'lining "parchala", "bo'lak-bo'lak qil" ma'nosidan -a qo'shimchasi bilan yasalgan; keyinchalik a unlilari a unlilariga almashgan: chaq- + a = chaqa; chaqa. Dastlabki vaqtlarda pul (so'm, tanga, chaqa) qiymati turlicha bo'lgan ma'dan parchasi sifatida tayyorlangan; demak, chaqa so'zi asli mis (jez) parchasi ma'nosini anglatgan [1, 501] degan izohi keltirilgan. II. Kichik yara yoki jarohatni ifodalovchi leksema sifatida keladi. III. Katta-yu kichik bolalar, farzandlar ma'nosida qo'llanishida namoyon bo'ladi. Masalan: "Erta-yu kech bola-chaqa uchun tirikchilikg'amidaman" (so'zlashuvdan).

Teri kasalliklaridan yana biri bu chipqon tibbiy birligi hisoblanadi. Chipqon kasalligiga quyidagicha izohlar beriladi. "Chipqon yoki ho'pposlar, teri ostida yiringli xalta paydo bo'lishiga olib kelgan infeksiyadir. Bu tuk yoki jun ildizi infeksiyalangandan kelib chiqishi mumkin. Shuningdek, uchi o'tkir narsa sanchilishi yoki iflos igna bilan qilingan ukol ham bunga sabab bo'la oladi. Chipqon teri kasalligi bilan kasallangan bemorlarda og'riqli holatlar paydo bo'ladi va atrofidagi teri qizargan tusga kirib, issiq bo'ladi. U limfa tugunlari shishishi va isitma chiqishiga olib kelishi ham mumkin" [2]; Shavkat Rahmatullayevning "O'zbek tilining etimologik lug'ati"da "tuk qopchig'i va uning atrofi yallig'lanishi natijasida hosil bo'ladigan yiringli katta chiqiq" [1, 428] tarzida izoh beriladi. Jumladan: "Lab-dahaningizga chipqon chiqan emas, tog'a" (Parda Tursun) parchasi berilishi orqali fikr dalillangan. Chipqon oti qadimgi turkiy tilda chibiqan chubaqan, chipqan shakllarida talaffuz qilingan, hozirgi o'zbek tiliga bu so'zning chipqon shakli yetib kelgan va uning tarkibidagi a unlisi o unlisiga

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

VOLUME 1, ISSUE 4, 2023

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

almashgan. Bu so'z asli unobi o'simligi mevasining nomi bo'lib, keyinchalik tashqi o'xshashlik asosida badandagi chiqiqqa nom sifatida ko'chirilgan.

Uchuq teri kasalligi ikkita ma'noda qo'llanadi. Birinchidan, labda paydo bo'ladigan suvlab pufakcha hosil qiladigan, uchungan, qo'rqqan, shamollagan vaqtda labda paydo bo'ladigan chiqiq. Uchuq chiqibda, endi tuzalib ketasiz (so 'zlashuvdan). Bu ot qadimgi turkiy tildagi uch- fe'lining "chiq" ma'nosidan (u)iq qo'shimchasi bilan yasalgan. uch+uq = uchuq. Ayrim o'rinlarda uchiq, uchg'uq shaklida ham qo'llanganligini kuzatish mumkin. II. Kichik bir bo'lagi singan ma'nosida ham qo'llaniladi. Masalan, "Cheti uchuq laganga osh suzib keldi " (so'zlashuvdan). Ushbu parchada belgi ma'nosini anglatish orqali uch- fe'lining "singan, uchi uchgan, labi uchgan, sinib ajralgan" ma'nolari lisondan o'rin olgan, nutqda voqelangan.

Sho'ralagan yoki qotirsimon teri kasalligidan biri bu temiratki hisoblanadi. Odatda xalq tabobatida echkining sutini temiratki teri kasalligini davolashda dori-darmon bo'lishi aytilgan. Mahmud Qoshg'ariyning "Devoni-lug'otit-turk" asarida temrako', temrago' shaklida (Devon, I, 453), keltirilgan.

Inson tana-a'zolarining qo'l-oyoq qismida, ba'zan badanda uchraydigan qattiq dumaloq o'simta so'gal teri kasalligi nomi bilan yuritiladi. Masalan, so'zlashuv uslubida "Opamning qo'llarida sog'ali bor" tarzida uchraydi. Qadimgi turkiy tilda ushbu teri kasalligi so'gul tarzida talaffuz qilingan bo'lib, o'zbek tilida u unlisi a unlisiga almashgan, o' unlisining yumshoqlik belgisi yo'qolgan.

Dermatologiya sohasidagi keng tarqalgan teri kasalliklaridan yana biri bu sepkillar hisoblanadi. Yuzda, ayrim hollarda badanda ham uchrovchi xolsimon sariq dog'lardan iborat bo'ladi. Masalan, "Yuzini mayda sepkil bosgan bir ayol keng yenglarini hilpillatib oyinga tushib ketdi" (Parda Tursun).; "Sepkilli xolani yomon ko raman" (O'tkir Hoshimov). Bu ot eski o'zbek tilida suyuqlikni sochmoq ma'nosini anglatuvchi sep- fe'lining kuchaytirish ma'nosini ifodalovchi -ki qo'shimchasi bilan hosil qilingan shakliga -l qo'shimchasini qo'shish orqali yasalgan. Jumladan: sep + ki = sepki + l = sepkil tarzida.

Xulosa qilib aytganda, teri kasallik nomlarini tibbiy lingvistik birlik sifatida tahlil qilish orqali o'zbek tilining o'ziga xosligi, qo'llanish imkoniyati kengligi, kasallik nomlari terida paydo bo'lish o'rniga, rangiga, shakliga qarab turlicha nomlanishi, davo usullarining xalqona yechimlari tibbiyot va tishunoslik hamkorligi ijtimoiy zarurat ekanligidan dalolat beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Рах,матуллаев Ш. Узбек тилининг этимологик лугати. - Тошкент: Университет, 2000. - Б. 600.

2. https://hesperian.org/wpcontent/uploads/pdf/uz_la_wtnd_2015/uz_la_wtnd_20 15_15.pdf

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.