Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology,
Pedagogy: a Problem and Solutions
Toshkent tibbiyot akademiyasi Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi:
TIBBIYOTDA PSIXOTERAPIYANING AHAMIYATI
Shodiyona Abdijabborova
Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Davolash fakulteti 2-kurs talabasi.
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada tibbiyotning barcha yo'nalishida faoliyat yuritayotgan shifokorlarning diagnostika, davolash va profilaktika ishlarini olib borish jarayonida davolash bilan birga, to'g'ri va o'rinli psixoteropeftik muolajani qo'llashning ahamiyati, afzallik tomonlari va samaradorligini. Psixologiyaning rivojlanib borayotgan; Kvant psixologiyasi, Ong osti sirlari kabi tarmoqlarini tibbiyotda qo'llashning afzallik tomonlari, psixologik salohiyatning tibbiyot hodimlari faoliyatidagi ustunlik jihatlari yoritilgan.
Kalit so'zlar: Psixoprofilaktika, psixodiagnostika, psixosomatik kasalliklar tabiati, Kvant fikrlash texnologiyasi, Ong osti sirlari, Psixoterapiya.
ABSTRACT
In this article, the importance, advantages and effectiveness of the use of correct and appropriate psychotherapeutic treatment in the course of diagnostic, treatment and preventive work of doctors working in all areas of medicine. Developing psychology; The advantages of using branches such as, quantum psychology, secrets of the subconscious mind in medicine, the advantages of psychological potential in the work of medical workers are highlighted.
Keywords: Psychoprophylaxis, psychodiagnostics, nature of psychosomatic diseases, Quantum thinking technology, Subconscious secrets, Psychotherapy.
АННОТАЦИЯ
В данной статье рассматриваются важность, преимущества и эффективность использования правильного и адекватного психотерапевтического лечения в ходе диагностической, лечебной и профилактической работы врачей, работающих во всех областях медицины. Развивающая психология; Выделены преимущества использования в медицине таких отраслей, квантовая психология, тайны подсознания, преимущества психологического потенциала в работе медицинских работников.
218
April 26, 2024
Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology,
Pedagogy: a Problem and Solutions
Toshkent tibbiyot akademiyasi Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi:
Ключевые слова: Психопрофилактика, психодиагностика, природа психосоматических заболеваний, технология квантового мышления, тайны подсознания, психотерапия.
Butun dunyo globallashuvi davrida turli ekzo va endogen omillar ta'sirida akseleratsiyaning jadallashuvi insonlar salomatligi va psixikasiga turlicha ta'sir ko'rsatmoqda. Bu holat tibbiyot va psixologiya sohalarining hamkorlikda uyg'unlashuvini talab qiladi. Shifokorlarning kuchli diantologiya va psixoterapeftik bilimlarga ega bo'lishi, shifokor-bemor munosabatlarida bemorning shifokorga nisbatan ishonchini, hurmatini, terapiya sifatini ortishi, vaqtning tejalishi, bemorning keyingi hayotida to'g'ri va sog'lom yashash prinsiplarini shakllanishida, bemorda hayotiy intellektining ortishida beqiyos ahamiyatga ega.
Hozirgi kunda turli o'sma kasalliklari, falajlik, yosh bolalarda nutq rivojlanishining defiktlari, psoriaz, gemaroy, onkologik kasalliklar, oqqon, o't pufagida toshlarning yig'ilishi, diabet, Altsgeymer kasalligi, astma, sil, hatto saraton kasalliklari, nevrologik kasalliklarning ko'pchilik turlari va ko'pgina kasalliklar psixosomatik harakterga ega ekanligi va bu kasalliklarni bartaraf etishda davolash-profilaktika muolajalari bilan bir qatorda neyrografika, kvant fikrlash texnologiyalari, ong osti sirlaridan maqsadli foydalanish orqali bu xastaliklarni batamom bartaraf etishga erishilmoqda. Bundan tashqari psixologlar tomonidan kvant fikrlash texnologiyalari orqali insonlar hayotida yuzaga keladigan turli muommoli vaziyatlarni ong ostida tigishli vaziyatlar uchun ma'lum programmani ustanofka qilish orqali hayot sifatini yaxshilashga qaratilgan psixoterapiyalar o'z natijalarini a'lo darajada ko'rsatmoqda. Shu faktlar asnosida tibbiyotda psixoterapiya insonlar salomatligini saqlash va amaliy davolashda hozirgi zamon extiyoji va talabi bo'lib qoladi.
Jadal rivojlanayotgan axborot-texnologiyalari davrida insonlar qabul qilayotgan informatsiyalar miqdori ko'pligi va sifatining nazorati to'liq emasligi va ishlab chiqarish texnologiyalarining ekologiyaga ko'rsatayotgan salbiy ta'sirlari insoniyat sog'ligiga obektiv hamda subektiv ta'sir ko'rsatmoqda. Bu omillarning ta'sir doirasini kamaytirish, yohud, bartaraf etish uchun sog'liqni saqlash hizmati hodimi potsentlari holatidan kelib chiqan holda malakali psixoprofilaktika ishlarini olib borishi ham jamiyatni sog'lomlashtirishda benihoya ahamiyatlidir.
Bemorlarga malakali tibbiy xizmat ko'satishda shifokorning psixodiagnostik salohiyati ham terapiya sifatini va unumdorligini oshiradi. Chunonchi, bemorga diagnos qo'yishda; bemor shikoyatlari, anamnesis morbi, anamnesis vitae kabi
219
April 26, 2024
Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology,
Pedagogy: a Problem and Solutions
Toshkent tibbiyot akademiyasi Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi:
_mumovayechimlaL
sub'yektiv sezgilari haqida ishonchli ma'lumot olish uchun dastlabki ko'rik daqiqalaridanoq vrach psixodiagnostik salohiyatidan foydalanib patsent bilan ishonchli a'loqa o'rnata oladi.
XXI asrda kasalliklarning taxminan yarmi psixogen xarakterga ega ekanligi psixosomatik tibbiyot vakillari tomonidan aniqlangan. Psixosomatikani fan sifatida o'rganish predmeti kasalliklarning paydo bo'lishi va kechishining psixologik omillaridir. Psixogen omillar ta'sirida yuzaga keladigan somatik kasalliklar esa "psixosomatik kasalliklar" deb ataladi.
Psixosomatika: Barcha kasalliklar "miyadan" ekani haqiqatmi?
Ba'zan shunday ma'lumotlar qulog'imizga chalinadi; saraton birovni kechira olmaslik va adovat saqlash tufayli rivojlanadi, alergiya esa ichida yutilgan g'azab natijasida, oyoq og'riqlari kelajakdan qo'rqish, oqqon yaratuvchanligini tan olmaslik, undan foydalanmaslik, duduqlanib qolish nutq kasalliklari va ishonchsizlik natijasida yuzaga chiqadi. Psixosomatikaga doir ilmiy ishlarda shunday izohlarni ko'p uchratish mumkin. Bu qandaydir yangilikmi? Yo'q, bir zamonlar Gippokrat ham insonlarning sog'ligi uning fe'l-atvoriga bog'liq ekanini aytgan: "Melanxoliklar nafaqat tushkun kayfiyatdan aziyat chekishadi, balki qorin sohasida xuddi nina sanchilgandek og'riqlarni his qilishadi" 1920-yilda sil bilan kasallangan Frants Kafka o'zining holatiga shunday ta'rif bergan: "Mening ongim kasal, o'pkamdagi kasallik esa shunchaki ruhiy kasalligimning aksidir" Yozuvchi Ketrin Mensfild ham shu kasallikka chalinib, o'zining kundaligida shunday yozadi: "Rasfo kun... Azobli og'riq" va hakozo. Bu faqat jismoniy zaiflik emas. Sog'ayib ketish uchun men o'zimning, "men"imni tuzatishim kerak. Shifo topmayotganimning asl sababi ham shunda. Mening ongim menga bo'ysunmayapti" Buning qandaydir ilmiy asosi bormi? Qisman bor. Psixologik xolat haqiqatda kasallik rivojlanishiga ta'sir qilishi mumkin, kasalliklar esa inson psixikasiga ta'sir ko'rsatadi - dalliliy tibbiyot bu borada bahslashmaydi. Shifokorlar depressiya va stresga chidamlilikning past darajasini xavf omili deb hisoblashadi: ular immunitetni tushuradi, buning natijasida turli kasalliklarga moyillik darajasi ortadi va tanada mutagen holatida bo'lgan turli kasallik chaqiruvchi hujayralarni faol holatga o'tishiga sharoit yaratadi. Shunday bo'lsada, psixologik xolat o'z-o'zidan 100% salomatligimiz uchun javob bera olmaydi. U faqat kasallikni keltirib chiqargan omillardan biri bo'lishi mumkin. Akne "Katta hayot oldidagi qo'rquv" tufayli emas, gormonal buzulishlar va terini noto'g'ri parvarishlash natijasida paydo bo'ladi. Saroton "ichga yutilgan alamlar" sabab emas, DNK mutatsiyalari va immun tizimi faoliyatidagi xatolar tufayli yuzaga keladi. Psixosomatika hatto eng og'ir kasalliklarni ham psixologik xolat bilan izohlaydi va
220
April 26, 2024
Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology,
Pedagogy: a Problem and Solutions
Toshkent tibbiyot akademiyasi Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi:
_mumovayechimlaL
ularni psixologik muommolarini hal qilish bilan davolashni taklif qiladi. Bunday davolash muolajani o'z- o'zidan bezarar (hatto ba'zan foydali ham), biroq an'anaviy tibbiyot usullaridan voz kechilganda u katta muommolar bilan xavf soladi. Psixosomatik kasalliklar haqiqatda mavjud. Shifokorlar psixik og'irliklar; qandli diabet, bronxial astma va yana qator kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin deb hisoblashadi. Ular davolash muolajalari bilan bir qatorda psixoterapiya, tranvilizatorlar va antidepressantlarni tavsiya qilishadi. Odam o'ziga o'zi kasalliklarni "to'qib chiqars" ham, bu psixosomatikaga taaluqli bo'ladi. Ba'zan bu haqiqiy kasallikka olib keladi.
Yuqoridagiiardan xulosa qilib, malakali tibbiyot xodimi o'z sohasining yetuk mutahasisi bo'lishi bilan bir o'rinda, yuqori savyadagi psixoterapiftik bilimga ega bo'lishi hizmat ko'rsatish sifatini sezilarli darajada oshirishi hamda o'rinli qo'llanilgan har qandar psixologik yordam axoli o'rtasida sog'lom hayot tarzini targ'ib qilishda o'z natijasini ko'rsatishi ma'lum bo'ldi.
REFERENCES
1. Melibayeva, R. (2022). Клиник амалиётда психологик диагностиканинг ауамияти (Doctoral dissertation, Узбекистан Ташкент).
2. Нарметова, Ю. (2015). Психосоматик беморларда эмоционал холат бузилишлари ва уларга психологик ёрдам курсатишнинг узига хослиги. УзМУ хабарлари.
3. Нарметова, Ю. К. (2022). Особенности психокоррекционного подхода при психосоматических заболеваниях (на примере ишемической болезни сердца). Gospodarka i Innowacje., 21, 258-261.
4. Karimovna, N. Y., Nasirovna, M. R., Tursunaliyevna, A. M., Abduvaliyevna, A. N., & Ravshanovna, U. S. (2023). Psychodiagnostics of psychosomatic diseases. Journal of survey in fisheries sciences, 10(2S), 2903-2911.
5. Narmetova, Y., Melibayeva, R., Akhmedova, M., Askarova, N., & Nurmatov, A. (2022). PSYCHODIAGNOSTICS ATTITUDE OF THE PSYCHOSOMATIC PATIENTS'DISEASE.
221
April 26, 2024