TIBBIY OLIYGOHLARIDA LOTIN TILINI O'QITISHDA TIL TAJRIBASINING SAMARADORLIGI
Sabirova Sabina Olimovna
Ocuë Xa^rçapo YHHBepcHTeTH
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Qabul qilindi: 05-May 2024 yil Ma'qullandi: 10- May 2024 yil Nashr qilindi: 16- May 2024 yil
Maqolada xorijiy til o'qitishning eng muhim "til tajribasi" metodini afzallik tomonlari va foydalanish o'rni vaqti hamda kutiladigan natijalar pedagogik ish tajribalarimdan va ilmiy - nazariy, ilmiy - amaliy yozishmalarning teran xulosalaridan kelib chiqib,
KEY WORDS
lotin tili, xorijiy tillar, klassik, ilmiy, amaliy, jarayon.
mazkur metodni Respublikamiz Tibbiy oliygohlarida lotin kasbiy tilni o'qitish, o'rganishga samaradorligini asoslovchi fikr- mulohazalarni tasdiqlovchi misollar yordamida yozma bayon etishga harakat qilindi.
Ma'lumki, azaldan til o'rganish kishilik jamiyatida bag'oyat eng muhim sohalardan biri hisoblanib kelingan. Chunki, aloqa vositasi bo'lmish tilni tabiiy muhitda ya'ni oila davrasida, jamoatchilik orasida yoki uyushgan holda darsda amaliy egallash(o'rganish)mumkinligini bilamiz. Xalqaro har tomonlama munosabatlar avj olgan bu zamonda tillarni bilish, ko'p tillilik g'oyat ulkan ahamiyat kasb etadi.
O'zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgan dastlabki kunlardanoq barcha sohalar qatori ta'lim-tarbiya sohasida ham islohatlar ancha kuchaytirildi. Bu islohatlarning markazida o'quvchi-yoshlar ta'lim-tarbiyasini har tomonlama takomillashtirish orqali, Yangi O'zbekistoni barpo etish talablariga ko'ra barkamol avlodni voyagaetkazish, yetuk, malakali mutaxassis kadrlar etkazib berishdek ulug'vor vazifalarga qaratilgan. Ayniqsa, mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning 2017-yil 7-fevraldagi «O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida»gi PF-4947-sonli Farmoni [1], 2017-yil 20-apreldagi « O;iy ta'lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi PQ-2909-son va 2017-yil 27-iyuldagi «Oliy ma'lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi PQ- 3151-sonli Qarorlarining qabul qilinishi yuqorida qayt etilgan juda muhim vazifalarni bajarilishni yanada dolzarb qilibqo'ydi. Ushbu ulug'vor vazifani so'zsiz hal etishda jahonning rivojlangan mamlakatlari tajribasidan kelib chiqib, zamontalab ilg'or ta'lim texnologiyalani o'quv-tarbiya jarayoniga tadbiq etish ayni muddao ekanligi hech kimga sir emas. Chunki asosiy maqsad «umumta'lim maktablari, litsey va kasb-hunar kollejlari, shuningdek, oliy o'quv yurtlaridagi o'qitish sifati bilan bog'liq» [ 2 ] ekanligini Yiangi zamon talablari taqozo etmoqda.
Shu kunlarda rivojlangan mamlakatlarda talabalarning o'quv va ijodiy faolliklarini
rivojlantiruvchi, ta'lim-tarbiya jarayonining samaradorligini kafolatlovchi dolzarb, yangi pedagigik texnalogiyalarni qo'llashga doir katta tajriba to'plangan bo'lib, bu xayirli yangi zamon tajriba poydevorini interfaol usullar tashkil etmoqda. Bu usullar o'z mohiyati va maqsadiga ko'ra talabalarda o'quv-bilish faolligini oshirish, ularni kichik guruhlarda, jamoada ishlash, o'zlashtirilayotgan mavzu, muammolar bo'yicha shaxsiy qarashlarini dadil, erkin, teran ifodalash, o'z fikrlarini himoya qilish, dalillar bilan asoslash, tengdoshlarini tinglab tushuna olish, g'oyalarni kengaytirish va boyitish,bildirilgan mavjud mulohazalar orasidan eng muqobil yechimini tanlab olishga rag'batlantirish imkoniyatlariga egaligi bilan alohida ahamiyatga ega. Shuni ta'kidlash joizki, o'quvch-talabalarni faollashtiruvchi va mustaqil fikrlashga undovchi ta'lim jarayonining markazida o'quvchi- talaba xohlayotgan usullarni qo'llash hozirgi zamon ta'limining asosiy paradigmasi hisoblanadi. Bu usullar qo'llanilganda o'qituvchi o'quvch-talabalarni faol Ishtirok etishga undaydi.
Til o'rganish jahon mamlakatlarining har birini hududida alohida kechadi. Jumladan, O'zbekiston deb atalmish mamlakat hududida tahsil olayotgan o'quchi-talabalar odatda o'zbek ona tili tilidan tashqari yana ingliz, fransuz, nemis, rus,arab, xitoy, hind va shularga o'xshagan boshqa tillardan eng kamida bittasini yoki ikkitasini o'rganishga harakat qiladilar. Bu tillar ta'lim nazariyasida maxsus nomlar bilan yritiladi ya'ni ona tili, xorijiy til.Shuningdek, mamlakatimiz oliygohlarida, ayniqsa tibbiyot oliy oquv yurtida va tibbiyot texnikumi, kollejlarda hamda universitetlarning alohida fakultetlarida ham yana bir xorijiy lotin tili o'tiladi. Bu til ham ta'lim muassasalarining o'quv rejalaridan mustahkam o'rin egallagan va o'quv dasturiga ega. Chunki, o'zini ma'rifatli, bilimli va aqilli deb hisoblaydigan har bir inson, albbata, «Lotin tilini» bilishi kerak. Buyuk Rim imperiyasi davrida yashab ijod etgan atoqli olim, so'z ustasi, faylasuf, yozuvch Tsitsiron ta'biri bilan aytganda «lotin tilini shunchaki bilish maqtovga sazovor emas, naqadar sharmandalik uni bilmaslik» deb ta'riflagan ekan. [ 6 ].
Haqiqatan ham dunyo tillarining barchasi qadimgi klassik lotin tilidan o'rinli va unumli foydalanib kelgan va foydalanib kelmoqda. Bundan tashqari, tabiiy va gumanitar fanlar ham ushbu til imkonyatlaridan o'rinli foydalanmoqda. Respublikamiz Oliy o'quv yurtlari va umumta'lim maktablarida o'rgatilayotgan xorijiy (fransuz, ingliz, nemis, rus) tillarni o'qitish metodikasi ilmiy nazariy va Ilmiy amaliy nuqtai nazardan o'rganilgan va hozirgi zamon talablari doirasida ham o'rganilmoqda ammo lotin til o'qitish metodikasi haqli ravishda o'z tadqiqotchilarini kutmoqa.
Boshqa xorijiy tillarning o'qitilishi kabi, lotin tilini o'qitish jarayoni ham turlkha kechadi: birinchidan, ona tilida tafakkur shakllanadi, o'zga kasbi lotin tilini o'rganish undagi fonetik, leksik va grammatikaga xos xususiyatlarni his etish bilan bog'liqdir; ikkinchidan, o'rganish tartibi ona tilidan boshlanib, undan keyin xorijiy til va, nihoyat, kasbi lotin tiliiga o'tiladi; uchinchidan, ona tilida nutq faoliyat turlarini egallash tabiiy vaziyatda, kasbi lotin tilini (og'zaki nutq faoliyatidan tashqari) o'rganish esa sun'iy muhitda o'tadi. Kasbi lotin tilidagi o'qish, yozish va tinglab tushunish asosan darsda o'qituvchi rahbarligida amalga oshiriladi.
Yuqorida qayt etilgan fikr-mulohazalardan ma'luum bo'ldiki, ona tili, xorijiy til va kasbi lotin tilini o'rgatish-o'rganishda ayrim jihatlari bilan keskin farqlarni kuzatish mumkin. Bu farqlar, avvalo lotin tili kasbi til sifatida o'rgatiladi; ikkinchdan, nutq
faoliyati turlaridan tinglab tushunish, o'qish va yozishga e'tibor beriladi (muloqotga o'rgatilmaydi ammo talaffuz etish, aytishga o'rgatiladi ); uchinchidan, grammatik materiallardan faqat shifokorlik kasbiga tegishli mavzulargina o'rgatiladi; to'rtinchidan, asosan shifokorlik kasbiga ta'luqli lotincha, grekcha atama va atama elementlarni, so'z yasash usullarini har tomonlama puxta o'zlashtirish ta'minlanadi; Bu holat o'z navbatida, kasbi lotin til o'qitish metodikasini qo'llashni taqozo etadi.
Kasbi lotin til o'qituvchisi xorijiy (lotin til o'qitish metodikasi darsligi bo'lmaganligi uchun) til o'qitish metodikasi fani yutuqlarini o'zlashtirish orqali o'quvchi-talabaning to'plagan til tajribasi me'yorini aniq bilishga va uni yanada takomillashtirishga harakat qiladi. O'quvchi-talabalarning til tajribasi ona tili va xorijiy (rus, ingliz,fransuz, nemis) tilni o'qishda yig'ilgan bilim, ko'nikma va malakatlar to'plami bo'lib, uning hajmi, qo'llanish ko'lami, o'zaro bog'liqligi masalalari xorijiy til o'qitish metodikasining til tajribasini hisobga olish tamoili doirasiga tegishlidir.
Til tajribasini hisob (lotin til o'qitish jarayonida) ga olish deganda, o'quvchi-talaba shu kungacha o'zbek, rus, va ingliz, fransuz, nemis ispan tillaridan birini o'qib olgan bilim, ko'nikma va malakasining hozir o'rganayotgan lotin til materialini o'zlashtirishga salbiy yoki ijobiy ta'siri tushuniladi. Masalan, lotin tilidagi rod, son kategoriyalari ( ot, sifat, fe'l, son so'z turkumlariga tegishli ) atalmish grammatik hodisani, otlarning lug'at shakli, so'z negizini aniqlash va otning besh turlanishi hamda ularni aniqlash qoidalarini o'rgatishda, uning o'zbek tilda mavjud emasligini inobatga olib, xorijiy til tajribasidan foydalanilgan holda mazkur grammatik hodisasiga tegishli «rod kategoriyasi» tushunchasi, lug'at shakli, otning besh turlanishi va ularni aniqlash tushunchalari qisqa qoida-ko'rsatma yordamida shakllantiriladi. Oqibatda o'quvchi-talaba til tajribasi endi yana lotin tilidagi «yangilik» bilan boyiydi. O'quvchi-talabalar otning son kategoriyasi hodisasini ham til tajribalari hisobidan qisqa, lo'nda qoida - ko'rsatmalar yordamida tez va oson o'zlashtirishga muvofiq bo'ladilar. Lotin tili zamonlaridan hozirgi zamon (Praesens indicativus) ni o'rgatishda ularning qo'llanilishi (funktsyasi), yasalishi (shakli) va ma'nosi (semantikasi) alohida metodik yondashishni talab etadi. Fe'l zamonining funktsyaviy tomoni o'quvchi-talabalar uchun deyarli qiyinchilik tug'dirmaydi, chunki til tajribasi va grammatik hodisaning «takrorlanib turadigan ish-harakatni ifodalashi» o'zbek tilidan ma'lum. Bunday holat o'quvchi-talabalar ona tili tajribasidan olgan bilimlari yordamida lotin tili grammatik hodisasini egallashga imkon yaratadi.
Ma'lumki, bo'lajak shifokorni atamashunoslik jihatdan tayyorlash undan faqatgina atamalarni tushunishgina emas, balki ulardan yangilarini yasash va ularni har tomonlama o'zlashtirib amalda qo'llash malaka va ko'nikmalarini shakllantirishni ham talab qiladi[ 5 ]. Bo'lg'usi shifokorlar o'qish davomida turli medico-biologik va klinik fanlarga oid atamalarga duch keladi. Shuningdek, kelajak faoliyati davrida atama asos (negz) dan foydalanib yangi atama yasashga to'g'ri kelib qolishi muqaqar. Shuning uchun o'quvchi-talabalar atama (so'z) yasash usullarini ham puxta o'zlashtirib olishlari shart.
Bu esa o'quvch-talabalarga o'z kasbining ilmiy-amaliy egallashga yordam beradi. Klinik atamashunoslik anatomiyadan keyin, ya'ni o'quvchi-talabalar kasbiy lotin tili grammatikasining asosiy qoidalarini o'zlashtirib bo'lgach o'rganiladi.
Umumiy tilshunoslikdan (jumladan lotin tilida ham) ma'lumki, har qanday so'z(atama) yasovchi elemet (o'zak, negz, old qo'shimcha prefiks, suffiks) atamadan iborat. Atama
elementlar muayyan ma'noga ega. Aynan yangi atama (so'z) yasashda negzga qo'shimchalar(prefix, suffiks) va ikki atama elementni qo'shish kifoya. Bunda o'quvchi -talabaning til tajribasi muhim ahamiyat kasb etib, lotincha yangi ma'no anglatuvchi atamalar ysashda qo'l keladi. Masalan, prefikslar yordamida, ad+ductor - yaqinlashtiruvchi m.; intra + scapularis-ko'krak osti; inter + vertebralis - umurtqalararo; trans + plantation -ko'chirib o'tkazish; im + potential - holsizlik; hypo + tonia - qon bosimining pasayishi; supra + orbitalis - ko'z kosasi usti. Suffikslar yordamida, sten + osis - torayish; infantil + ismus - jismoniy yoki aqliy jihatdan bola yoshi darajasida qolish; arthr +itis -bo'g'imlarning yalig'lanishi; stomat + itis - og'iz bo'shlig'ining yallig'lanishi; oste + oma -suyak to'qimalaridan hosil bo'lgan o'sma; neur + oma - asab tolalaridagi o'sma; toxic + osis
- zaharlanish; lith+iasis -tosh hosil bo'lishi; psor+iasis- terining toshmali kasalliklari.
Ikki element yordamida, cephalo + algia - bosh og'rig'I; osteo + algia - suyak og'rig'i; odonto + algia - tish og'tig'I; cardio + scopia-yurakni asbob yordamida tekshirish; cardio + therapia
- yurakni davolash; logo + pathia - nutq xastaligi; bio + logia - biologiya.
Xulosa o'rnida shuni aytish joizki, bo'lajak shifokorlar kasbi lotin til materiallarini puxta o'zlashtirishlarini ta'minlashda o'quvchi-talabalarning til tajribalari o'ta ahamiyatliligini faoliyatimiz davomida kuzatib unga iqror bo'ldik. Shuningdek, til tajrbasi o'quvchi-talabalarni mustaqil ishlash, fikrlash va o'zlashtirilayotgan material yuzasidan to'g'ri xulosa chiqara olish kabi fazilatlarni shakillanishiga ijobiy ta'sir ko'rsata oladi. Ularning vaqtini tejash bilan bir paytda, shifokorlik faoliyatlarida muhim bo'lgan tibbiy atamalarni qo'llash va ulardan yangi ma'noni ifodalovchi atama elementlar yasash ko'nikma va malakalarini takomillashtirishda juda ahamiyatlidir.
Adabiyotlar:
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida» gi Farmoni// O'zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to'plami. - T., 2017. -B. 39.
2. Mirziyoyev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat'iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo'lishi kerak. -Toshkent:"O'zbekiston", 2017.
3. Светличная Е.И., Толок И.А. Латинский язык Харьков Издательство НФАУ «Золотые страницы» 2002
4. Ishmuhamedov R. Abduqodirov A. Pardayev A. Ta'limda innovatsion texnologiyalar (ta'lim muassasalari pedagog-o'qituvchilari uchun amaliy tavsiyalar).-T.: Iste'dod, 2008.
5. Jalolov J. Chet til o'qitish metodikasi. -T.: O'qituvchi nashriyoti, 2012.
6. Bakayev N.B.Lotin tili va tibbiy terminologiya.Дурдона нашриёти Buxoro -2019.
7. Бакаев Н.Б. Латинский язык и основы медицинской терминологии Дурдона нашриёти Бухоро - 2021
8. Sabirova , S. . (2023). LOTIN TIL AMALIY MASHG'ULOTLARIDA TERMIN, ATAMA VA IBORA SO'ZLARINING QO'LLANILISHI. Eurasian Journal of Academic Research, 3(2 Part 2), 913. извлечено от https://in-academy.uz/index.php/ejar/article/view/10105
9. DOI: https://www.doi.org/10.37547/ejar-v03-i02-p2-42.
10. Sabirova , S. (2023). OZBEK, LOTIN VA FRANSUZ TILLARIDA TIBBIY TERMINLARNING LEKSIKOGRAFIK TAXLILI. Евразийский журнал академических исследований, 3(12), 208211. извлечено от https://in-academy.uz/index.php/ejar/article/view/24578
11. DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.10401056
12. . Сабирова Сабина Олимовна. (2023). ОСОБЕННОСТИ ИЗУЧЕНИЯ ОСНОВ ЛАТИНСКОЙ МЕДИЦИНСКОЙ ТЕРМИНОЛОГИИ АНГЛОЯЗЫЧНЫМИ СТУДЕНТАМИ НА ИХ ПУТИ СТАНОВЛЕНИЯ БУДУЩИМИ ВРАЧАМИ . Journal of New Century Innovations, 26(4), 92-97. Retrieved from http://www.newjournal.org/index.php/new/article/view/5037
13. 11. Бекматова , М. ., & Сайфуллаев, М. . (2023). ОБЩЕКУЛЬТУРНЫЕ И ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫЕ ЗНАЧЕНИЯ ДРЕВНЕ-КЛАССИЧЕСКОГО ЛАТИНСКОГО ЯЗЫКА. Евразийский журнал академических исследований, 3(3), 168-172. извлечено от https://in-academy.uz/index.php/ejar/article/view/11000
14. DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.7704556
15. SABIROVA SABINA OLIMOVNA. (2023). TYPICAL MISTAKES OF FOREIGN STUDENTS WHEN LEARNING LATIN AND WAYS TO ELIMINATE THEM. CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION AND INNOVATION, 2(3), 16-21. https://doi.org/10.5281/zenodo.7698143
16. . Sabirova , . S. . (2023). GENERAL CULTURAL AND EDUCATIONAL VALUES OF THE OLD CLASSICAL LATIN LANGUAGE. Zamonaviy Dunyoda Ilm-Fan Va Texnologiya, 2(8), 57-58. извлечено от https://in-academy.uz/index.php/zdift/article/view/10926
17. Sabirova , . S. . (2023). GENERAL CULTURAL AND EDUCATIONAL VALUES OF THE OLD CLASSICAL LATIN LANGUAGE. Zamonaviy Dunyoda Ilm-Fan Va Texnologiya, 2(8), 57-58. извлечено от https://in-academy.uz/index.php/zdift/article/view/10926.
Г Г Г
INNOVATIVE ACADEIVY