Научная статья на тему 'THE ROLE OF CENTRAL ASIAN COUNTRIES IN LABOR MIGRATION'

THE ROLE OF CENTRAL ASIAN COUNTRIES IN LABOR MIGRATION Текст научной статьи по специальности «Социологические науки»

CC BY
8
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
migration / youth spirituality / spiritual environment / labor migrants / labor migration / migration / youth spirituality / spiritual environment / labor migrants / labor migration

Аннотация научной статьи по социологическим наукам, автор научной работы — Negmatov Javohir

In this article, the influence of population migration on the spirituality of young people in the Republic of Uzbekistan, the nature of reforms in the field of migration in New Uzbekistan, the fact that migration is the cause of the transformation of the national moral value system established in our society, the existing problems in this area and the tasks necessary to solve them, the interaction of the spiritual environment and population migration in our country in the future Research problems are discussed. In particular, the reforms implemented in the migration policy in our country in recent years, the establishment of mutually beneficial cooperation relations with Uzbek diasporas abroad, the establishment of a training system for labor migrants in special training courses before migration, and the creation of the concept of safe, orderly and legal labor migration were analyzed

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE OF CENTRAL ASIAN COUNTRIES IN LABOR MIGRATION

In this article, the influence of population migration on the spirituality of young people in the Republic of Uzbekistan, the nature of reforms in the field of migration in New Uzbekistan, the fact that migration is the cause of the transformation of the national moral value system established in our society, the existing problems in this area and the tasks necessary to solve them, the interaction of the spiritual environment and population migration in our country in the future Research problems are discussed. In particular, the reforms implemented in the migration policy in our country in recent years, the establishment of mutually beneficial cooperation relations with Uzbek diasporas abroad, the establishment of a training system for labor migrants in special training courses before migration, and the creation of the concept of safe, orderly and legal labor migration were analyzed

Текст научной работы на тему «THE ROLE OF CENTRAL ASIAN COUNTRIES IN LABOR MIGRATION»

MEHNAT MIGRATSIYASIDA MARKAZIY OSIYO DAVLATLARINING O'RNI THE ROLE OF CENTRAL

ASIAN COUNTRIES IN LABOR MIGRATION

Negmatov Javohir Akbar o'g'li Alfraganus University [email protected] ORCID-0009-0003-3582-419X

Annotatsiya: Ushbu maqolada aholi migratsiyasining O'zbekiston Respublikasidagi yoshlar ma'naviyatiga ta'siri, Yangi O'zbekistonda migratsiya sohasidagi islohotlarning mohiyati, migratsiyaning jamiyatimizda qaror topgan milliy ma'naviy qadriyatlar tizimining transformatsiyasiga sabab bo'layotganligi, ushbu sohada mavjud muammolar va ularni echish uchun lozim bo'lgan vazifalar, istiqbolda yurtimizda ma'naviy muhit va aholi migratsiyasining o'zaro ta'sirlashuvini tadqiq etish bilan bog'liq muammolar haqida so'z yuritilgan. Xususan, so'nggi yillarda yurtimizda migratsion siyosatda amalga oshirilayotgan islohotlar, xorijdagi o'zbek diasporalari bilan ikki tomonlama foydali hamkorlik aloqalarining o'rnatilayotganligi, mehnat muhojirlarining migratsiyagacha maxsus tayyorlov kurslarida o'qitish tlzimi tashkil etilganligi, xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi kontseptsiyasiningyaratilganligi tahlil etilgan.

Kalit so'zlar: migratsiya, yoshlar ma'naviyati, ma'naviy muhit, mehnat muhojirlari, mehnat migratsiyasi.

Abstract: In this article, the influence of population migration on the spirituality of young people in the Republic of Uzbekistan, the nature of reforms in the field of migration in New Uzbekistan, the fact that migration is the cause of the transformation of the national moral value system established in our society, the existing problems in this area and the tasks necessary to solve them, the interaction of the spiritual environment and population migration in our country in the future Research problems are discussed. In particular, the reforms implemented in the migration policy in our country in recent years, the establishment of mutually beneficial cooperation relations with Uzbek diasporas abroad, the establishment of a training system for labor migrants in special training courses before migration, and the creation of the concept of safe, orderly and legal labor migration were analyzed.

Keywords: migration, youth spirituality, spiritual environment, labor migrants, labor migration.

Kirish: Jahon xo'jaligi rivojlanib, mamlakatlararo integratsion aloqalar kuchayib borgan sayin, mehnat migratsiyasi ham tobora intensivlashib bormoqda. Rivojlangan mamlakatlar va iqtisodiy qoloq mamlakatlar o'rtasidagi farqlarning uzluksiz chuqurlashib borayotgani ham ushbu jarayonlarni jadallashtirishga kuchli ta'sir ko'rsatmoqda. Chunki mehnat migratsiyasi kishilik jamiyati taraqqiyotining hozirgi bosqichida migratsiyaning o'ziga munosib ish va yuqori daromad topish maqsadida amalga oshirilgan alohida turi bo'lib, iqtisodiyoti og'ir ahvolda bo'lgan kam rivojlangan mamlakatlarda bandlik va ish haqinig o'tkir muammolarini hal etishning asosiy vositalaridan biriga aylandi. Tabiiyki, siyosiy mustaqillikka erishgan, lekin ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotda o'tmishdan qolgan merosning og'ir muammolarini uzil-kesil hal etish zaruratiga duch kelgan Markaziy Osiyo davlatlari ham mehnat migratsiyasi jarayonlaridan chetda qolish imkonini topolmadi. Mehnat muhojirlari Markaziy Osiyoning xorijdagi aholisining salmoqli qismini tashkil qiladi. Ilgari muhojirlarning asosiy oqimi Rossiyada ishlagan bo'lsa, so'nggi besh yil ichida mehnat migratsiyasi geografiyasi tubdan o'zgarib bormoqda.

Adabiyotlar tahlili

O'zbekistonlik olimlardan E.M.Muhiddinov, S.A.Ishanxodjaev, L.X.Isoqov, Sh.T.Tilyabaeva kabi tadqiqotchilar migratsiyaning mamlakatimizga ta'siri, ushbu fenomenning ijtimoiy, huquqiy, siyosiy oqibatlari kabi jihatlarini o'rganishgan. F.Ya.Parmonovning ilmiy izlanishlarida migratsiya jarayonlari transformatsiyasiga ta'sir ko'rsatuvchi ijtimoiy omillarni tadqiq etilib, soha bo'yicha mutasaddi tashkilotlarning migratsiyaga oid faoliyati samaradorligini oshirishga e'tiborqaratilgan. D.A.Madjidova, D.G'.Xusanova, A.A.Bazarov, B.A.Akbarov, N.X.Zoxitova, M.Sh.Yaxnyaeva, N.M.Saydalieva, D.Muydinov, S.AIimovlartomonidan mehnat migrantlarini ijtimoiy qo'llab-quwatlash va reintegratsiya qilishning ijtimoiy-psixologik jihatlari o'rganilib, ilmiy-amaliy tavsiyalar taqdim etilgan.

Metodologiya: Tadqiqotda bilishning analiz va sintez, umumlashtirish, ijtimoiy so'rov, qiyosiy tahlil usullaridan, shuningdek, tarixiylik, o'zaro aloqadorlik, tizimlilik tamoyillaridan foydalanilgan.

Muhokama va natijalar: O'zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o'tish bilan bog'liq tub o'zgarishlar birinchi navbatda mehnat munosabatlariga benihoya kuchli ta'sir ko'rsatdi. Natijada iqtisodiy islohotlar jarayonida bozor munosobatlariga asoslangan iqtisodiy tizimga xos, uning ajralmas qismi va doimiy yo'ldoshi bo'lgan ishsizlik fenomeni yuzaga keldi. Iqtisodiyotda kechgan obyektiv jarayonlar oqibatida minglab, millionlab kishilar ishsiz qoldi, o'zlarining daromad manbaidan ajraldi (1). Endigina mustaqillikka erishgan yosh Respublikada kasbiy ta'lim tizimi mamlakatda shiddat bilan shakllananib borayotgan bozorning real talablaridan kelib chiqqan holda malakali mutaxassislar tayyorlash va qayta atyyorlash tizimiga hali moslashib ulgurmagan edi. Natijada mehnat bozorida ishchi kuchi taklifi va unga talab o'rtasida keskin tarkibiy disbalans yuzaga keldi va bozor munosabatlari o'rnashib borgan sayin tobora chuqurlashib bordi. Bularning hammasi ish haqi oila daromadining yakkayu-yagona manbai bo'lgan yollanma ishchilar uchun haqiqiy fojiaga aylandi, ularni yuzaga kelgan tang vaziyatdan chiqish, oilani ta'minlash choralarini izlashga majbur qildi (2).

Bugungi kunda Markaziy Osiyodan Rossiyaga mehnat muhojirlarining asosiy donor davlatlari O'zbekiston, Tojikiston va Qirg'izistondir. Agar 2017 yilda Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligi ma'lumotlariga ko'ra, O'zbekistondan 1 822 933 kishi mehnat muhojiri sifatida ro'yhatdan o'tgan bo'lsa, 2018 yilga kelib ularning soni 2 007 407 kishiga yetdi (3). Tojikistonda xuddi shu davrda 936 752 nafar muhojir bo'lgan bo'lsa, 2018 yilga kelib ularning soni 1018 497 nafarga yetdi. 2017-yilda 376 863 nafar qirg'izistonlik Rossiyada ishlagan bo'lsa, bir yil o'tib ularning soni 351 959 nafarga ko'paydi. Hamma mehnat migratsiyasi qonuniy bo'lmagani uchun mehnat muhojirlarining aniq sonini aytish qiyin - aksariyat muhojirlar Rossiyada ro'yxatga olinmagan (4). Statistik ma'lumotlarga ko'ra, 2022 yil 1 oktyabr holatida O'zbekiston Respublikasining doimiy aholisi soni 35,8 million nafardan ortiq. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining ma'lumotiga ko'ra, 2021 yil yanvar oyi holatida 1,7 mln nafar yurtdoshlarimiz mehnat muhojiri sifatida chet elda mehnat qilmoqda3. Demak, rasmiy ma'lumotlarga asoslanib, O'zbekistonning mehnatga layoqatli yoshdagi umumiy aholisining deyarli 8,5 foizi, doimiy o'rtacha aholining esa deyarli 5,0 foizini ishlash maqsadida mamlakatni qonuniy tarzda tark etgan deb hisoblashimiz mumkin (5).

Umuman olganda, Rossiya va Markaziy Osiyo davlatlari o'rtasidagi migratsiya jarayonlari SSSR parchalanganidan keyin dunyodagi eng barqaroryo'laklardan biriga aylandi. 1990yildan 1992 yilgacha beqaror siyosiy va iqtisodiy vaziyat tufayli Rossiyaga majburiy migratsiyaning ko'p oqimi kuzatildi. Bu esa 1992 yilda Rossiya Federal Migratsiya Xizmatining tuzilishiga olib keldi va migrantlarning maqomi va huquqlarini qandaydir tarzda belgilaydigan migratsiya qonunchiligining rivojlanishining boshlab berdi5. Shu bilan birga, 1990-yillarda Rossiyada aholi, jumladan, mehnatga layoqatli aholi sonining qisqarishi kuzatildi va bu o'z navbatida ishchi kuchi tanqisligini keltirib chiqardi. Markaziy Osiyoda ishsizlik ortib borayotgan bir paytda bu omillar mehnat migratsiyasining kuchayishiga olib keldi.

Rossiya an'anaviy ravishda Markaziy Osiyo davlatlaridan kelgan mehnat muhojirlari uchun asosiy davlat sifatida qaraladi. O'zbekiston, Qirg'iziston, Tojikistonlik ishsizlarning aksariyati Rossiya Federatsiyasiga borib mehnat muhojirlariga aylana boshlashdi. 2000-yillarning o'rtalaridan boshlab doimiy yashash uchun migrantlarning asosiy oqimi Rossiyaga yo'naltirildi, bu esa 2006 yilda qabul qilingan chet elda yashovchi vatandoshlarning Rossiya Federatsiyasiga ixtiyoriy ravishda ko'chirilishiga yordam berish bo'yicha davlat dasturi ishlab chiqilishiga olib keldi (6).

2000 yilda Qozog'iston Markaziy Osiyo mintaqasidan mehnat muhojirlari uchun jozibador bo'la boshlagan edi. Iqtisodiy o'sish, yuqori turmush darajasi, vizasiz rejim va geografik yaqinlik ishchilarni qo'shni Qozog'istonga ishlash uchun borishga undar edi. 2000-yillarning o'rtalaridan 2014-yilgacha mehnat migratsiyasi jo'natuvchi mamlakatlar uchun asosiy daromad manbai sifatida mustahkam o'rin egalladi. 2014-2016 yillarda iqtisodiy inqiroz fonida Rossiya asosiy mezbon davlat sifatida migrantlarni nazorat qilish choralarini kuchaytirdi, Markaziy Osiyo davlatlaridan kelgan noqonuniy mehnat migrantlarini haydab chiqara boshladi va ma'lum muddatga ularning mamlakatga kirishni taqiqladi. Bu esa 2014-yildan keyin nazorat kuchaytirilgani sababli Rossiyadan kelgan muhojirlarning Qozog'istonga qaytib kelishi uchun uni tranzit davlatga aylantirdi (7).

Birlashgan Millatlar Tashkiloti ma'lumotlariga ko'ra, Qozog'istonda barcha toifadagi 3,5 mlndan ortiq muhojir istiqomat qiladi. Bu raqamlarga oralmanlarning repatriatsiyasi va shaxsiy sabablarga ko'ra yoki universitet almashinuvi doirasidagi migratsiya, shuningdek mehnat migratsiyasi oqimlari kiradi. Ushbu ma'lumotlarga ko'ra, 2015 yilda 17,5 millionlik Qozog'iston aholisining 20 foizini migrantlar tashkil qilgan edi. O'tgan yillar davomida Qozog'iston postsovet hududida qabul qilingan muhojirlar soni bo'yicha Rossiya va Ukrainadan keyin uchinchi o'rinda turadi (8).

Markaziy Osiyodan mehnat muhojirlari Qozog'istonga vizasiz rejim mavjudligi sababli qonuniy yo'l bilan kelishadi, biroq YeOII a'zosi bo'lgan Qirg'izistondan kelgan migrantlardan boshqa davlat fuqarolari noqonuniy - rasmiy ro'yxatdan o'tmasdan va ishlash uchun ruxsatnomasiz ishlaydilar. Demak, so'nggi 19 yil ichida Qozog'istonga eng ko'p migrantlar O'zbekistondan kelgan. Keyingi o'rinlarda Qirg'iziston, Turkmaniston va Tojikiston turadi.

Xalqaro migratsiya eksperti Yelena Sadovskaya tomonidan 2000-yillarning o'rtalarida mehnat migratsiyasi avjiga chiqqan paytda o'tkazgan so'roviga ko'ra, Qozog'istondagi mehnat muhojirlarining 31 foizi do'stlari va tanishlari orqali, 22 foizi qarindoshlari orqali, 20 foizi esa o'zlari orqali ish topgan. Muhojirlarning atigi 5-7 foizi bandlik agentliklari orqali ish topdi. Bu ma'lumotlar Markaziy Osiyoning boshqa mamlakatlarida o'tkazilgan tadqiqotlar natijalariga mos keladi. Bu o'z-o'zidan paydo bo'lgan qora mehnat bozorlarida faoliyat yurituvchi vositachilar orqali noqonuniy yollash tizimlari ustunlik qilayotganidan dalolat beradi. 2011 yilda Sadovskaya muhojirlarning mehnat va ijtimoiy huquqlarining ommaviy ravishda buzilishini aniqlagan sotsiologik so'rov ham o'tkazdi. "Ularning 47,5 foizi ish beruvchilar bilan rasmiy huquqiy maqomga ega bo'lgan mehnat shartnomasini imzolashdan bosh tortgani, 53 foizi ish haqini kechiktirish bilan olgani, 17,8 foizi esa umuman olmagani holatlariga duch kelgan. 12,5 foizi haq to'lanmaydigan ishlarga majburlangan, 30,7 foizi pasporti olib qo'yilgan, 41,6 foizi ish joyini tark etmagan, 17,8 foizi esa tibbiy xizmatdan mahrum etilgan", - deydi Elena Sadovskaya EXHT jurnalidagi o'zining "Markaziy Osiyodagi mehnat migratsiyasi" maqolasida (9).

Yelena Sadovskaya ta'kidlaganidek, Qozog'istondan mehnat emigratsiyasining o'sishi migratsiya sabablari kelib chiqqan mamlakatdagi turtki beruvchi va boradigan mamlakatdagi tortuvchi omillarning murakkab kombinatsiyasida ekanligining tasdig'idir. Qozog'istonda bular iqtisodiyotdagi inqirozli hodisalar, zavod va fabrikalarning yopilishi, turmush darajasining pasayishi, korrupsiya, qarindosh-urug'chilik, siyosiy turg'unlik, o'zini-o'zi band qilishning mumkin emasligi. Aynan yangi iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, kasbiy imkoniyatlar va istiqbollar G'arb mamlakatlaridagi fuqarolarimizni o'ziga tortadi.

G'arbning rivojlangan mamlakatlariga ko'chib o'tishning asosiy sabablari sifatida ular yuqori turmush darajasini, shuningdek, shaxsiy rivojlanish imkoniyatini ko'rsatadi.

Katta xarajatlarga qaramay, muhojirlar pulni tejashga muvaffaq bo'layotganini, Qozog'iston sharoitida buni amalga oshirishning iloji yo'qligini ta'kidlashadi. Bu jamg'armalar kvartira sotib olishga va boshqa katta xarajatlarga sarflanadi. Umuman olganda, ikkita strategiya mavjud bo'lib: agar muhojirlar Janubiy Koreyaga pul ishlash uchun borishsa, AQShda qozog'istonliklar pul ishlashdan tashqari, qonuniy qolish imkoniyatini ham qidirishadi.

Mutaxassislarningfikricha, Qozog'istonni yoshlar, o'qimishli, chettillarini biladigan o'g'il-qizlartark etmoqda. O'rta yoshlilar yaxshi ish topishsa, oilasi bilan ketishadi. Immigratsiyaga kelganlarning aksariyati oliy ma'lumotli va ish tajribasiga ega mutaxassislardir.

Mustaqillik davrida Qirg'iziston uchun migratsiya eng xarakterli va muhim jarayonlardan biriga aylandi. Qirg'iziston Respublikasi Milliy statistika qo'mitasi tomonidan 2018 yilda o'tkazilgan uy xo'jaliklari byudjeti va mehnat resurslari bo'yicha integratsiyalashgan tanlama tadqiqotiga ko'ra, 15 yosh va undan katta yoshdagi mehnat muhojirlari soni 263 ming kishini, jumladan, erkaklar - 77 foiz va ayollar - 23 foizni tashkil etdi. Mehnat muhojirlarining asosiy qismi - ya'ni 79 foizi respublikaning qishloq xo'jaligida mehnat qilgan aholisidir.

Qirg'izistonning YeOllga qo'shilishi tufayli respublika fuqarolari Rossiya Federatsiyasi hududida erkin harakatlanish va ishlash imkoniyatiga ega bo'ldilar, shuning uchun mehnat muhojirlarining eng ko'p qismi Rossiya va Qozog'istonda ishlaydi. Qirg'izistonlik mehnat muhojirlarining aksariyati past malakali bo'lib, og'ir ish joylarida ishlashadi. Tadqiqot shuni ko'rsatdiki, qirg'izlarning 96 foizi Rossiyada,

2 foizi Qozog'istonda, 1 foizi Turkiyada mehnat qiladi va so'nggi yillarda qirg'izlar mehnat migratsiyasi uchun Janubiy Koreyaga ketishni boshlagan (11).

Ekspert Oygul Sadvoqasovaning aytishicha, Qirg'izistondan turli yosh va ta'limga ega bo'lgan ayollar va erkaklar migratsiyaga ketadi. Aytishim kerakki, qirg'izistonlik muhojirlar mezbon mamlakatlarda eng muvaffaqiyatli moslashadilar va etnik-madaniy birlashmalar oldida ijtimoiy aloqalarga ega bo'lishadi.

Tojikistonda mehnat migratsiyasi 1992 yildan boshlangan. O'sha paytda mamlakatda keskin siyosiy vaziyat hukm surdi - SSSR parchalanishi natijasida mamlakat mustaqilligi e'lon qilinganidan keyin fuqarolar urushi boshlandi. Shuningdek, SSSR parchalanishi bilan ko'plab yirik ishlab chiqarish korxonalari ilgari Ittifoqning boshqa davlatlaridan kelgan xomashyo etishmasligi tufayli inqirozga uchradi. Bularning barchasi ishsizlikka olib keldi va aholining kayfiyatiga ta'sir qildi, bu esa mehnat migratsiyasining kuchayishiga yordam berdi. Tojikistonda mehnat migratsiyasining eng yuqori nuqtasi 2005-2013 yillarda kuzatilgan. Respublikadan tashqi mehnat migratsiyasining asosiy oqimi MDH davlatlariga kuzatildi.

Tojikiston mehnat, migratsiya va aholi bandligi vaziri o'rinbosari Emin Sanginzodaning so'zlariga ko'ra, bugungi kunga kelib, 2018 yilda Tojikistondan Rossiyaga mehnat muhojirlari oqimi o'tgan yilga nisbatan 1 foizga kamaygan. Oxirgi besh yil ichida Tojikistondan chet elga ishlash uchun ketayotgan muhojirlar oqimi 39,5 foizga kamaydi9. "2018 yil davomida 484 176 nafar mehnat muhojiri migratsiya kartalari asosida respublikani tark etgan. Ularning 86,7 foizi erkaklar, 13,3 foizi ayollardir. Rossiya Federatsiyasiga 463 552 kishi, Qozog'istonga 13 586 kishi ishlash uchun ketgan", — dedi Mehnat vaziri o'rinbosari.

2019 yilga kelib Tojikistondan mehnat muhojirlari soni o'tgan yilga nisbatan 27 foizga oshgan. Shunday qilib, 2019-yilning dastlabki 7 oyida, Sputnik Tojikiston respublika Mehnat vazirligining Migratsiya xizmati ma'lumotlariga tayanib, Tojikistondan 357 mingdan ortiq fuqaro mehnat migratsiyasiga ketgan. Birgina 2019 yilning iyul oyida Tojikistondan 57 mingga yaqin kishi ish izlab chiqib ketgan, bu 2018 yilning shu davriga nisbatan 26,7 ming kishiga ko'pdir (12).

2018-yilda Tojikistondan ikki mingdan ortiq mehnat muhojiri Xorijda bandlik agentligi orqali Turkiya va Polshaga jo'nab ketgan. 2019-yil boshida 1000 dan ortiq fuqaro Polsha, Turkiya, Birlashgan Arab Amirliklari, Belarus va Qozog'istonga ishlash uchun yuborish uchun ariza topshirgan.

Tashqi mehnat migratsiyasida asosan 17-62 yoshdagi mehnatga layoqatli aholi - erkaklar va 17-57 yoshli ayollar ishtirok etadi. Yosh tarkibiga ko'ra, bular asosan 17-29 yoshli yoshlar - 262,8 ming kishi yoki jami migrantlarning 39,2%ini tashkil etadi. Tashqi mehnat migratsiyasi ishsizlarning katta qismini qamrab oladi. Turli hisob-kitoblarga ko'ra, u aholining iqtisodiy faol qismining 30 dan 40 foizigacha yetadi.

Ekspert Elena Sadovskaya ta'kidlaganidek, Tojikiston mehnat migratsiyasining mamlakat va butun mintaqa hayotida tutgan o'rni haqida yaqqol misoldir. Avvalo, bu migrantlarning pul o'tkazmalarida ko'rinadi. 10-15 yil oldin ularning hajmi mamlakat yalpi ichki mahsulotining yarmiga teng edi. Bugungi kunda birgina Rossiyadan migrantlar jo'natgan pul o'tkazmalarining ulushi Tojikiston yalpi ichki mahsulotining 30% dan ortig'ini, mutlaq hisobda esa qariyb 2,5 mlrd dollarni tashkil etadi. Rasmiy ma'lumotlarga ko'ra, so'nggi yillarda (2013-2018) mehnat muhojirlari faqat rasmiy shaxslar orqali 15 mlrdni tashkil etib ushbu shu vaqt ichida Tojikistonga jalb qilingan to'g'ridan-to'g'ri investitsiyalar hajmidan bir necha baravar ko'proqdir.

O'zbekiston ham mintaqadagi yirik mehnat muhojirlari donori bo'lgan davlatdir. Aholining asosiy qismi Rossiya va Qozog'istonda ishlaydi. Ammo so'nggi 5 yil ichida mehnat migratsiyasi geografiyasi o'zgara boshladi - AQSH, Turkiya, Qozog'iston, Saudiya Arabistoni, Isroil, Janubiy Koreya hamda Birlashgan Arab mamlakatlariga ishchi kuchi oqimining barqaroro'sish tendentsiyasi kuzatilmoqda.

O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasi ma'lumotlariga ko'ra, Qozog'istonga 5 yil ichida migrantlar soni 10 barobarga oshgan va 355 540 kishini tashkil qilgan. 2018 yilda Turkiyada 34 399 kishi, BAAda 4 578 kishi ishlagan bo'lsa, Rossiyaga mehnat migratsiyasi 2018 yil davomida 944 328 dan 852 008 ga kamaydi. Mutaxassislarning fikricha, bu 2014-yilda Rossiya rublining qadrsizlanishi bilan bog'liq bo'lishi mumkin, buning natijasida mehnat muhojirlarining dollar hisobidagi daromadlari ikki barobar qisqardi.

XULOSA: Mehnat migratsiyasi Markaziy Osiyoda, ayniqsa Rossiya va Qozog'istonda mehnat migratsiyasi siyosiy muammo sifatida qaralmoqda. Migrantlar ijtimoiy-iqtisodiy muhitga, keyin esa siyosiy muhitga bosim o'tkazishi mumkin, deb ishoniladi. Ammo shu bilan birga, iqtisodiy nochorlik tufayli davlat ko'tara olmagan yukni migrantlar o'z oilalari uchun o'zlari hal qiladilar. Pul o'tkazmalari aholi turmush darajasini oshirishda muhim rol o'ynaydi, ommaviy migratsiya esa milliy mehnat bozoridagi keskinlikni pasaytlradi va aholining muhim guruhlari farovonligini oshiradi.

Bizning nazarimizda, mehnat migratsiyasini tartibga solish uchun O'zbekiston "Bandlik va mehnat munosabatlari" vazirligining bevosita boshchiligida ishchi kuchi import qiluvchi mamlakatlar, yirik kompaniyalar buyurtmalariga muvofiq yollanma, malakali ishchi va mutaxassislarni tayyorlash mexanizmini takomillashtirish lozim.

Bunda kasbiy malaka va ko'nikmalarga ega iqtidorli yoshlar tanlov asosida saralab olinadi, muayyan davr davomida ularga borib ishlashi lozim bo'lgan mamlakatning tili, tarixi, urf-odatlari, an'analari o'rgatiladi, tanlangan ish, kasb, hunar bo'yicha zaruriy malaka va ko'nikmalar shakllantiriladiki, toki migrant o'zi tashrif buyurgan mamlakat yoki korxona talablari darajasida vazifalarni bajara oladigan tayyorgarlikka ega bo'lsin. Bu esa so'nggi yillarda ko'plab salbiy oqibatlarga olib kelgan xususiy bandlik agentliklarida (XBA) kuzatilgan firibgarlikdan holi davlat tomonidan kafolatlangan fuksiyasi kengaytirilgan tashqi mehnat migratsiyasi agentligi ko'rinishida bo'lishi lozim. Ishchi kuchi eksportini ilmiy asosda yo'lga qo'yilishi respublikaga juda katta manfaat keltiradi:

Birinchidan, ishchi kuchi eksportidan keladigan daromad miqdori keskin oshadi;

Ikinchidan, yoshlarda malakali ishchi yoki malakali mutaxassis bo'lishga, ya'ni yaxshi o'qishga qiziqishi ortadi;

Uchinchidan, yoshlarda xirijiy tillarni o'rganishga moyillikva tajriba ortadi;

To'rtinchidan, xorijda malakali ishlarni bajargan yoshlarimiz, o'z yurtlga qaytganda, milliy iqtisod ravnaqiga munosib hissa qo'shish imkoniyatiga ega bo'ladi.

Ikkinchi taklif. Mamlakatda ishsizlik muammosini hal etish, iqtisodiyotda band bo'lganlarni munosib ish haqi bilan ta'minlash bevosita iqtisodiy o'sish sur'atlariga bog'liq. Shu sababli davlat arboblari, mas'uliyatli lavozimlardagi amaldor shaxslar, partiya rahnomalari, profesor-o'qituvchilar va olimlarning maoshlarini mamlakatda iqtisodiy o'sish sur'atlari bilan uyg'unlikda oshirib borish tartibini joriy etish. Sababi, mamlakatning iqtisodiy yuksalishi, milliy iqtisodning o'sish sur'atlari, qolaversa, tirikchilik o'tkazish, oilani tebratish ilinjida o'zini o'z Vatanida oila va ota-onasi bag'rida yashab, ishlab yurish baxtidan mahrum qilgan, begona yurtlarda ne-ne mashaqqatlar bilan halol mehnat qilib, barcha kamsitish va kezi kelganda haqoratlarga matonat bilan bardosh berib, daromad topayotgan mehnat migrantlariga emas, aynan nomlari yuqorida zikr etilgan toifadagi mutasaddi shaxslarning hatti-harakati va mas'uliyatiga bog'liq.

Uchinchi taklif. "Ish haqi minimumi" va "Yashash minimumi" to'g'risida qonunlarni qabul qilish va amaliyotga joriy etish. Ushbu chora mamlakatda yaratilgan va bozor subyektlari orasida taqsimlanishi loim bo'lgan milliy daromadda yollanma ishchilarning ulushini adolat yuzasidan oqilona darajada ko'tarish orqali nafaqat mehnat migratsiyasini xohish qiluvchilar sonini qisqartirish, balki mamlakatda boshlangan kambag'allikka qarshi kurash strategiyasini amalga oshirishning ham muhim vositalaridan biri hisoblanadi.

To'rtinchi taklif. Barcha tumanlarda dastlab 1 ta, keyinchalik 2-3 tagacha qishloq xo'jaligi sohasida yirik-yirik davlat xo'jaliklarini tashkil etish. Yaqinda saytda e'lon qilingan Kun.uz muxbirlarining intervyusida ishtirok etgan yigit aqalli 0,5 ga yer maydoni bo'lsa, O'zbekistonga qaytishga tayyor ekanligini, hattoki yerga nima ekib, qanday daromad olishni ham yaxshi bilishini ma'lum qilgan. Lekin yerni bunday taqsimlab berish yer resurslaridan unumli foydalanish tamoyillariga mos kelmaydi. Biroq mingta, ikki mingta ehtiyojmandlarga ajratiladigan yer maydonlarini birlashtirib, 500 ga yoki 1000 ga yer maydonida yirik xo'jalik tashkil etilib, barcha yerga talabgorlarni yerda ishlashga jalb etilsa, unda ko'lam samarasi evaziga katta daromad olish mumkin. Bunday yirik xo'jaliklarni tashkil etish dastlab kambag'allikka qarshi kurash uchun nazarda tutilgan davlat resurslarini jalb etish hisobidan amalga oshirilishi mumkin. Bundan tashqari, xo'jalik investitsion faoliyatiga yuridik va jismoniy shaxslarning mablag'larini jalb etishni rag'batlantiruvchi va undan bank foiz stavkalaridan yuqori daromad olishni ta'minlovchi samarali mexanizmlar tizimi yaratilishi va amaliyotga joriy etilmog'i lozim. Xo'jalik

faoliyatining yuqori samaradorligiga erishish uchun unga konkurs asosida eng kuchli, iste'dodli rahbarlarni va soha mutaxassislarini jalb etish lozim. O'ylaymizki, biz tasawur qilgan shakldagi davlat xo'jaliklari qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishini ilmiy asosda tashkil etishning, fan va amaliyotning o'zaro uyg'unligini ta'imnlashning haqiqiy andozasiga, qolaversa, agrar sohada ulkan monopol mavqega ega bo'lgan O'zbekistonning ushbu sohadagi bepoyon imkoniyatlarini ro'yobga chiqarish, joiz bo'lsa butun jahonga yoyishning samarali markazlariga aylantirilishi qishloq iqtisodiyotini innovatsion rivojlantirishda ham, bandlik va qashshoqlik muammolarini hal etishda ham juda katta natijalar beradi. Yirik davlat xo'jaliklaridan qishloq xo'jaligida zamonaviy texnika va texnologiyalarni joriy etish, ilg'or va innovatsion agrotexnik usullardan foydalanish, fan yutuqlarini keng tatbiq etish va yuqori natija olishning eksperimental bazasi sifatida foydalanish maqsadga muvofiq. Ularni tuman hududidagi fermer xo'jaliklariga amaliy yordam ko'rsatish, ilmiy-uslubiy qo'llab-quwatlash, ularni innovatsion asosda rivojlantirishning lokomativlariga aylantirish lozim. Tuman hududida ishlab chiqarilgan xom ashyoni sanoat miqyosida qayta ishlash va tayyor mahsulotga aylantirish, talaygina qismi nes-nobud bo'layotgan qishloq xo'jaligi mahsulotlarini saqlash, ularni tashqi bozorlarga eksport qilishni tashkil etishdek bugungi kunning dolzarb muammolarini hal etish davlat xo'jaliklari faoliyatining eng muhim yo'nalishlariga aylanmog'i lozim.

Beshinchi taklif. O'zbekistonda ta'lim sifatini tubdan radikal darajada ko'tarish. Milliy iqtisodiyotda katta resurslar sarfi va xalqimizning mashaqqatli mehnati evaziga yaratilgan tovar va xizmatlprning jahon bozorida raqobatbardosh bo'lishi uchun ular, birinchidan, sifati yuqori, ikkinchidan esa, narxi arzon bo'lishi kerak (Xitoy tajribasi). Sifati yuqori, lekin narxi arzon raqobatbardosh mahsulotni faqat sifatli mehnat bilan yaratish mumkin. Sifatsiz mehnat bilan raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish to'g'risida o'ylash - bulutsiz musaffo osmondan yomg'ir yog'ishiga umidvor bo'lishdek ma'nosiz. Qadimdan bizga meros qolgan naqlda "Shayxda hunar bo'lmasa machit ham torlik qiladi"deyilgan. Qimmatbaho resurslardan raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish, demak, mamlakatda ko'plab yangi ish o'rinlari barpo etish, mamlakat iqtisodiy qudratini yuksaltirishning eng samarali yo'li -xalqimizning hunarini oshirish, iqtisodiyotda band bo'lganlarinng malakasini, bilim saviyasini, kreativ qobiliyatini rivojlantirishdir. Xalqimizda bunday noyob fazilatlarni shakllantarishda ta'limning roli benihoya katta. To'g'ri, keyingi yillarda davlatimiz rahbari, O'zbekiston hukumati ta'limni rivojlantirish borasida keng ko'lamli juda katta ishlarni amalga oshirmoqda. Lekin amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar ta'lim sohasida ko'proq miqdor o'zgarishlar sifatida natija bermoqda. O'zbekiston ravnaqi uchun aynan sifat o'zgarishlar juda muhim. Mazkur mavzu doirasida ta'limning barcha murakkab muammolarini yoritish imkoni mavjud emas. Lekin, lo'nda qilib ifodalaganda, mamlakatda ta'limnng shunday modeli yaratilishi kerakki, u butun xalqning asosiy diqqat-e'tiborini ta'limga, butun kuch-g'ayratini uni tubdan yaxshilashga yo'naltirsin. Nazarimizda, bu noyob model xalqimizning qonida azal-azaldan mustahkam joylashgan, buyuk ajdodlarimizdan bizga meros bo'lib qolgan yashirin imkoniyatlarni ro'yobga chiqarishga va uni mamlakatimizni nafaqat mehnat migratsiyasi illatlaridan xolos etishga, balki jonajon O'zbekistonni dunyoning iqtisodiy jihatdan qudratli mamlakatlaridan biriga aylantirishga xizmat qilmog'i lozim. Sifatli ta'lim O'zbekistonni katta taraqqiyotning ravon yo'liga olib chiqishning eng kam xarajat va eng qisqa yo'lidir.

References.

1. https://parliament.gov.uz/uz/events/committee/34644/

2. Алимов Сардор Комил у^и. Ах,оли миграцияси ижтимоий-ахлоций мух,ит трансформациям омили сифатида. Фалсафа фанлари буйича фалсафа доктори (PhD) диссертацияси автореферати. 2022. http://library.ziyonet.uz/uz/book/123332

3. Министерство Внутренних Дел Российской Федерации. Отдельные показатели миграционной ситуации в Российской Федерации за январь-декабрь 2017 года с распределением по странам и регионам. https://xn-blaew.xn~plai/Deljatelnost/statistics/migracionnaya/item/12162171/

4. История создания. Федеральная миграционная служба, http://fms-nso.ru/ufms/history/

5. The number of international migrants reaches 272 million, continuing an upward trend in all world regions. UN.org. https://www.un.org/development/desa/en/news/population/international-migrant-stock-2019.html

6. Трудовая миграция в Центральной Азии. ОБСЕ, https://www.osce.org/ru/magazine/250406

7. Статистика трудовой миграции в Кыргызской Республике. Национальный статистический комитет Кыргызской Республики. https://drive.google.com/file/cl/15VGg_bkLWoZjpqclaiygbq2i_ltE6f-vB/view

8. За пять лет поток мигрантов из Таджикистана за рубеж снизился на 40%. Настоящее время. https://www.cu rrenttime.tv/a/tajikistan-migrants-workers-money/29756218. html

9. В Таджикистане трудовая миграция выросла на треть. Sputniknews.ru. https://tj.sputniknews.ru/migration/20190910/1029833969/Tajikistan-trudovaya-migratsiya-vyrosla.html

10. Минтруда: всё больше таджикистанцев ищут работу в Турции и Польше. Радио Озоди. https://rus.ozodi.Org/a/29761680.html

11. Мигранты отправляют в Таджикистан гораздо больше денег, чем поступающие в страну иностранные инвестиции. Avesta. http://avesta.tj/2019/12/27/migranty-otpravlyayut-v-tadzhikistan-gorazdo-bolshe-deneg-chem-postupayushhie-v-stranu-inostrannye-investitsii/

12. Особенности процессов трудовой миграции в Центральной Азии (на примере Республики Узбекистан и Республики Казахстан). Cyberleninka.ru. https://cyberleninka.ru/article/n/osobennosti-protsessov-trudovoy-migratsii-v-tsentralnoy-azii-na-primere-respubliki-uzbekistan-i-respubliki-kazahstan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.