Научная статья на тему 'AFG‘ON MUHOJIRLARINING TURKIYAGA MIGRATSIYASI TARIXIY SABABLARI (1979-2000-yillar)'

AFG‘ON MUHOJIRLARINING TURKIYAGA MIGRATSIYASI TARIXIY SABABLARI (1979-2000-yillar) Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
63
12
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Afg‘oniston / Sovet bosqini / fuqoralar urushi / Tolibon / Turkiya / Pokiston / migratsiya / muhojir. / Afghanistan / Soviet Invasion / Civil War / Taliban / Turkiye / Pakistan / migration / immigrant.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Axmadjonov, Nurislom Baxtiyorjon O‘g‘li

Ushbu maqola afg‘on xalqining migratsiyaga nisbatan qarashlarini aniqlashga qaratilgan bo‘lib, 1979-yillardan boshlab Afg‘onistonda yuz bergan muammoviy voqealar fonidagi afg‘on xalqining Turkiyaga migratsiyasi masalalari yoritilgan. Shu maqsadda, maqola tadqiqotlari asosan afgʻon muhojirlarining ijtimoiy-demografik xususiyatlarini aniqlash va uni yoritib borish hamda migratsiya sabablari hamda jarayonlarini o‘rganishdan iborat.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

HISTORICAL REASONS FOR THE MIGRATION OF AFGHAN IMMIGRANTS TO TURKEY (1979-2000)

This article is aimed at determining the views of the Afghan people on migration, and the issues of the migration of the Afghan people to Turkey and against the background of the problematic events that took place in Afghanistan since 1979. For this purpose, the research of the article mainly consists of identifying and clarifying the socio-demographic characteristics of Afghan immigrants, as well as studying the reasons and processes of migration.

Текст научной работы на тему «AFG‘ON MUHOJIRLARINING TURKIYAGA MIGRATSIYASI TARIXIY SABABLARI (1979-2000-yillar)»

о

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1), Jan., 2023

AFG'ON MUHOJIRLARINING TURKIYAGA MIGRATSIYASI TARIXIY

SABABLARI (1979-2000-yillar)

Axmadjonov Nurislom Baxtiyorjon o'g'li

ToshDSHU magistranti (nur [email protected])

ANNOTATSIYA

Ushbu maqola afg'on xalqining migratsiyaga nisbatan qarashlarini aniqlashga qaratilgan bo'lib, 1979-yillardan boshlab Afg'onistonda yuz bergan muammoviy voqealar fonidagi afg 'on xalqining Turkiyaga migratsiyasi masalalari yoritilgan. Shu maqsadda, maqola tadqiqotlari asosan afg'on muhojirlarining ijtimoiy-demografik xususiyatlarini aniqlash va uni yoritib borish hamda migratsiya sabablari hamda jarayonlarini o'rganishdan iborat.

Tayanch so'zlar: Afg'oniston, Sovet bosqini, fuqoralar urushi, Tolibon, Turkiya, Pokiston, migratsiya, muhojir.

HISTORICAL REASONS FOR THE MIGRATION OF AFGHAN IMMIGRANTS TO TURKEY (1979-2000)

Nurislom Akhmadjonov

Master of Tashkent State University of Oriental Studies (nur [email protected])

ABSTRACT

This article is aimed at determining the views of the Afghan people on migration, and the issues of the migration of the Afghan people to Turkey and against the background of the problematic events that took place in Afghanistan since 1979. For this purpose, the research of the article mainly consists of identifying and clarifying the socio-demographic characteristics of Afghan immigrants, as well as studying the reasons and processes of migration.

Key words: Afghanistan, Soviet Invasion, Civil War, Taliban, Turkiye, Pakistan, migration, immigrant.

ИСТОРИЧЕСКИЕ ПРИЧИНЫ МИГРАЦИИ АФГАНСКИХ МИГРАНТОВ

В ТУРЦИЮ (1979-2000 ГГ.)

Нурислом Ахмаджонов

Магистрант ТашГУВ (nur [email protected])

о

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1), Jan., 2023

АННОТАЦИЯ

Данная статья направлена на определение взглядов афганского народа на миграцию, и вопросы миграции афганского народа в Турцию и на фоне проблемных событий, происходивших в Афганистане с 1979 года. С этой целью исследование статья в основном состоит из выявления и уточнения социально-демографических характеристик афганских иммигрантов, а также изучения причин и процессов миграции.

Ключевые слова: Афганистан, Советское вторжение, гражданская война, Талибан, Турция, Пакистан, миграция, иммигрант.

Afg'oniston "xalqaro terrorizm"ni kun tartibiga olib chiqqan Al-Qoida, Tolibon, ISHID kabi radikal tashkilotlar o'z bazalarini qurgan davlatlardan biri hisoblanib, korrupsiya, poraxo'rlik, ijtimoiy-madaniy diniy erroziya, diniy, etnik va mafkuraviy moyillik bu mamlakatning bir qismiga aylandi. Boshqa tomondan giyohvand moddalar muammosi ham hamma narsaga chuqur ta'sir ko'rsatdi. Mamlakatda narkobaronlar va urush ishtirokchilari muhim o'rinni egallar edi. Ana shu xususiyatlarni hisobga olgan holda Afg'oniston doimiy ravishda NATO va Birlashgan Millatlar Tashkiloti kabi xalqaro tashkilotlarning kun tartibida bo'lgan. Afg'oniston duch kelayotgan muammolarning yana bir eng muhim sababi yer osti boyliklari bo'yicha dunyoning yetakchi besh davlatlarining raqobat maydoniga aylanganligi edi. Yer osti boyliklaridan tashqari jahon litiy va uran zahiralarining 30 foizi Afg'onistonda joylashgan1.

Migratsiya Afg'oniston tarixining muhim qismi bo'lgan. Manbaalar ham Afg'onistondan Eron va Pokistonga asrlar davomida afg'on muhojirlari ko'chib kelganini ko'rsatadi. 1850-yillarda minglab hazora muhojirlari tabiiy ofatlar va boshqa inqirozlardan qutulish uchun Eron Islom Respublikasiga ko'chib o'tgan. Ma'lumki, 1880-1903 yillar oralig'ida 15 ming afg'on oilalari Eronning Mashhaddan sharqda joylashgan Torbat-e-Jom mintaqasiga kelib joylashadi.2

Afg'oniston haqiqatan ham rivojlanmagan davlatlar qatoriga kiradi. Mamlakatning asosiy qismi qishloq xo'jaligi bilan shug'ullanadi. Dengizdan uzoqda joylashganligi sababli, qurg'oqchilik odatda hukmronlik qiladi. Shuning uchun odamlar bir joydan ikkinchi joyga ko'chib o'tishlari kerak va ular atrofdagi yoki yaqin viloyatlarni tanlashadi. Afg'onistonda viloyatlararo ichki migratsiyaning yana

1 Turton, D. ve P. Marsden 2002 TakingRefugeesfor a Ride? ThePolitics of Refugee Return to Afghanistan. AREU Issues Paper Series, Afghanistan Researchand Evaluation Unit, Kabul.

2 Abbasi-Shavazi, M.J., Glazebrook, D., Jamshidiha, G., Mahmoudian, H. and R. Sadeghi. (2005). Return to Afghanistan?. A Study of AfghansLiving in Zahedan. Kabil: AREU.

KIRISH

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1), Jan., 2023

bir sababi urush va ishsizlikdir. Ushbu migratsiya doimiy yoki vaqtinchalik bo'lishi mumkin. O'zlari yashayotgan viloyatlarda urush tugasa, ba'zilari qaytadi, boshqalari esa o'z viloyatlarining ijtimoiy-madaniy sharoitiga ko'nikib, eski joylariga qaytmaydi. Qolaversa, ular yangi joylarda turmush qurganlari va shu tariqa yangi qarindoshlik rishtalari o'rnatganlari uchun ko'chib kelgan viloyatda hayotlarini davom ettirmoqdalar.3

Mazkur maqolada XX asr oxiriga kelib, Turkiya siyosati, iqtisodi va xavfsizlik tizimlariga ta'sir ko'rsatishi mumkin bo'lgan afg'on migratsiyaning tavsifi ko'rib chiqiladi. Tadqiqot obe'kti sifatida afg'on muhojirlarining Turkiyaga migratsiyasi tanlangan.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

Afg'oniston bir asrdan ortiq vaqtdan beri kam daromadli mamlakat bo'lib kelgan. Ayniqsa, 1960—70-yillarda sanoatlashtirishga e'tibor berilmagan. Oqibatda afg'on aholisi ish bilan ta'minlash imkoniyatlarining yetarli emasligiga duch keldi. Natijada, 1973-yildagi neft narxlarining tez fursatlarda o'sishi afg'on ishchilarinin g Pokiston Islom Respublikasi, Eron Islom Respublikasi va Yaqin Sharqning boshqa mamlakatlariga ko'plab ko'chishiga olib keldi.4 Buning natijasida Pokiston Islom Respublikasida ishchilar soni ortishi sababli afg'on muhojirlari neftga boy Fors ko'rfazi Arab davlatlariga ko'chib ketishga majbur bo'ldi. Eron Islom Respublikasida ish haqining nisbatan yuqoriligi va Afg'onistonda davlat soliqlarining oshishi ham o'sha paytda xorijga ish izlayotgan afg'onlar uchun hal qiluvchi omil bo'lgan. Natijada yuz minglab afg'on mehnatkashlari Sovet qo'shinlari bosqinidan oldin Afg'onistondan Eron Islom Respublikasiga ko'chib ketishdi. Endilikdagi kun tartibida esa Pokistondan Turkiyaga migratsiya masalasi turar edi. Bir qancha tadqiqotchilar tomonidan ushbu masalada ilmiy tadqiqotlar amalga oshirilgan. Masalan, Turkiyaning Ege universiteti doktori Hande Erol hamda tadqiqotchi Abuzar Muhammad Alining5 "Reasons for the Migration from Afghanistan to Turkey: Aegean region example" maqolasida asosan og'zaki tarix metodologiyasi qo'llangan. Bunda tadqiq etilayotgan mavzu yuzasidan aholidan intervyu usuli orqali foydalanilgan. Shuningdek maqolani o'rganish asnosida ma'lumotlarning asosiy qismi statistik tahlil qilib borilgan va ko'pincha ma'lumotlarning sifatiga ta'sir ko'rsatib tadqiqotni faqat raqamlardan tashkil topganligini ko'rsatdi. Biz tomonimizdan olib boriladigan tadqiqotda esa asosan tizimli tahlil usulidan foydalanilgan

3 Watandar, S. (2020). Faryab Bölgesi. Eri§im Adresi: https://baztab.news/source/154 .

4 Kronenfeld, D. A. (2008). Afghanrefugees in Pakistan islam Cumhuriyeti: Not allrefugees, not always in Pakistan islam Cumhuriyeti, not necessarilyAfghan? Journal of Refugee Studies, 21(1), 43-63.

5 H.Erol, Abuzar Muhammad Ali, "Reasons for the Migration from Afghanistan to Turkey: Aegean region example"

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1), Jan., 2023

Ma'lumki, Shimoliy Afg'onistondan Turkiyadan oldin Pokiston Islom Respublikasiga Sovetlar istilosidan oldin ham migratsiya bo'lgan va ikki davlat o'rtasidagi mavsumiy migratsiya misollari buni tasdiqlaydi.6 1973-yilda neft narxining keskin oshishi ko'plab afg'on mehnat muhojirlarining Pokiston Islom Respublikasi, Eron Islom Respublikasi hamda Turkiya va boshqa Yaqin Sharq mamlakatlariga ko'chib o'tishiga sabab bo'ldi. Shuning uchun ham Osiyo davlatlaridan Yaqin Sharqqa mehnat migratsiyasi tezlashdi.7 Neft narxining ko'tarilishi davrida afg'onlarning Eron Islom Respublikasi va Pokistonga qonuniy immigratsiyasi arzon ishchi kuchidan foydalangani uchun har ikki davlatda manfaatlariga mos edi. Eron Islom Respublikasidagi afg'onlar muhojirlari qurilish, g'isht zavodlari va fermer xo'jaliklarida ishlagan va Eron Islom Respublikasidagi oylik maoshdan ancha past maosh olgan.8

Yuqorida biz Pokiston Islom Respublikasi hamda Eron Islom Respublikasini ko'p bora urg'u berganligimizning sababi, afg'on migrantlari dastlab Turkiyaga chiqib ketishidan oldin ushbu davlatlarga migratsiya qilishlariga to'g'ri kelgan. Fikrimizcha, bu birinchidan, diniy jihatdan yaqinligini bo'lsa, ikkinchidan, hududiy jihatdan qulayligi edi.

NATIJALAR

Nega aynan Turkiya tanlandi? Hozirgi vaqtda Turkiya o'zining geografik joylashuvi tufayli hamda migratsiya jarayonlarini eksport qilayotgan mamlakatlarga yaqinligi hamda Yevropa Ittifoqining migratsiya oqimlariga munosabati kabi omillar tufayli xalqaro migratsiyada kun sayin muhim davlatga aylanib bormoqda.

Tarixan, SSSR 1978-yil 5-dekabrdagi "SSSR-Afg'oniston do'stlik shartnomasi" asosida 1979-yilda Afg'onistonga bostirib kirdi va hokimiyatni sovet tarafdori Babrak Karmal o'z qo'liga oldi. Bosqindan keyin bu mahalliy aholiga nisbatan reaksiyaga sabab bo'ldi. Ular orasida pushtunlar, hazoralar, tojiklar va turklar ko'proq bo'lgan. Asosan shia bo'lgan hazorlar Erondan boshpana topgan. 1982-yil fevral oyidagi ma'lumotlarga ko'ra, Pokistondan boshpana topgan qochqinlar soni 3 milliondan oshgan.9 Natijada Pokiston va Erondagi afg'on qochqinlarining ahvoli xalqaro muammoga aylandi. O'z navbatida qochqinlar Turkiyaning Islomobod va Tehrondagi Turkiya vakolatxonalariga yashash va boshpana huquqi yuzasidan jamoaviy va individual arizalar bilan murojaat

6 Stigter, E. (2006). Livelihoodsuponreturn: afghanmigratorystrategies - an assessment of repatriation and sustainable return in response to the convention plus. Refugee Survey Quarterly, 25(2), 109-122.

7 Castles, S. and Miller, M. (2003). Gôçler çagi modern dünyada uluslararasi gôç hareketleri, (trs. Bülent Ugur Bal ve ibrahim Akbulut). istanbul: istanbul Bilgi Üniversitesi Press.

8 Haideh Moghissi and Afsaneh Ashrafi, "Afghans in Iran: Asylum Fatigue Overshadows Islamic Brotherhood," Global Dialogue 4.4 (2002)

9 https://www.tokattan.net/2021/02/afganistandan-tokata-bir-goc-hikayesi.html

O

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(1), Jan., 2023

qilishgan. Biroq, bu talablar boshqa qochqinlar oqimiga aylanishi mumkinligidan qo'rqish bilan qabul qilinmadi. Pokistondagi qochqinlar lagerlarida o'zbek, turkman, qirg'iz va qozoqlardan tashkil topgan turkiy guruhlari mavjudligi esa Turkiyaning o'sha davrdagi prezidenti Kenan Evrenning diqqat e'tiborini tortdi.

MUHOKAMA

Turkiyaga yo'l ochildi(mi?). Turkiya, SSSR qo'shinlarini kiritgandan so'ng, xalqaro tashkilotlar huzurida Afg'oniston uchun tashabbus ko'rsatdi hamda muammoning hal etilishi uchun barcha siyosiy yordamini berdi , Qizil yarim oy va gumanitar yordam tashkilotlari orqali qochqinlarga insonparvarlik yordami yetkazdi.

1981-yil 22-27-noyabr kunlaridagi Pokistonga rasmiy tashrifi davomida turk delegatsiyasiga Pokiston rasmiylari tomonidan afg'on qochqinlar lagerlari ko'rsatilib, sovet istilosi natijasida yuzaga kelgan insoniyat fojiasi va uning iqtisodiy oqibatlarini ko'rsatish, chet el yordamlarini amalga oshirish hamda kerak bo'lganda qochqinlar muammosini xalqaro jamoatchilikka e'lon qilish maqsadida tanishtirildi. Turkiya prezidenti Kenan Evran safarning ikkinchi kuni 1981 -yil 24-noyabr kuni Peshovar yaqinidagi 7 ming kishilik "Nosir Bog'" afg'on qochqinlar lageriga tashrifi chog'ida Shimoliy Afg'oniston viloyatlari Islom ittifoqi turk partiyasi raisi va Afg'oniston deputati Abdulkarim Mahdum10 bilan uchrashdi.11 Kenan Evran ushbu afg'on qochqinlarining "Turkiyadan boshpana so'ramoqchi ekanliklarini" o'z ko'zi bilan ko'rib ransi millatga mansub afg'on oilalarni Turkiyaga qabul qilish to'g'risidagi hujjatni imzoladi. Shuningdek, Prezident Kenan Evrenning Pokistonga tashrifidan so'ng , turk millatiga mansub qochqinlarni olib kelish, jumladan, qochqinlarni joylashtirish, ularni samarali qilish, o'qitish va Turkiya fuqaroligini olish maqsadida birinchi marta "2641-sonli qonun" qabul qilindi.12

Afg'on qochqinlarning Turkiyaga ko'chirilishi 366 kishilik birinchi afg'on migrantlari karvoni dastlab Adana shahriga 1982-yil 3-avgust kuni amalga oshirildi.13

10 Afg'on turklarining yetakchisi Abdulkarim Mahdum 1942-yilda Afg'onistonning Shibirg'on viloyatining Qizilayak qishlog'ida tug'ilgan . 1968-yilda yoshligida Juzjon viloyatidan deputat etib saylangan. Afg'on podshohi Zohirshoh davrida ikki muddat parlament a'zosi bo'lgan Mahdum, Shimoliy mintaqada yashovchi turk xalqi uchun xizmat qilgan. "Ozod Turkiston" partiyasini tashkil etishda faol ishtirok etdi. Sovet qo'shinlari Afg'onistonga bostirib kirgandan so'ng Dovudxon davridagi siyosiy faoliyati uchun hibsga olingan. U Babrak Karmal davridagi umumiy amnistiyadan foydalanib, oila a'zolari bilan Pokistondan panoh topgan. Siyosiy va mustaqillik faoliyatini shu yerda ham davom ettirdi va barcha qochqin afg'on turklari yig'ilgan "Turk partiyasi"ni tuzdi. U Afg'onistondagi mujohid guruhlarini qo'llab-quvvatlagan. Mahdum Turkiya hukumati huzurida tashabbus ko'rsatdi va barcha turk qochqinlarining Turkiyaga qabul qilinishi uchun harakat qildi. Uning arizasi o'sha paytdagi prezident Kenan Evren tomonidan qabul qilingan. 1982-yilda 4500 nafar turk millatiga mansub afg'on muhojirlarining Turkiyaga kelishiga asos bo'lgan turkmanlar yetakchisi Abdulkarim Mahdum 2019-yilda Afg'onistonning Juzjon viloyati Qizilayak qishlog'ida vafot etgan.

11 Hazirlayan Emrullah Öztürk, "Türk asilli afgan mültecilerinin 12 eylül dönemi'nde iskân ve istihdami" Ankara 2014. s. 71

12 Hazirlayan Emrullah Öztürk, "Türk asilli afgan mültecilerinin 12 eylül dönemi' nde iskân ve istihdami" Ankara 2014. s. 76

13 https://www.tokattan.net/2021/02/afganistandan-tokata-bir-goc-hikayesi.html

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(1), Jan., 2023

Birinchi guruhda kelgan 161 kishilik o'zbek guruhi Gaziantepga yuborildi. Turkmanlar yetakchisi Abdulkarim Mahdum ham bo'lgan 205 kishilik turkman guruhi Tokat shahriga jo'natildi.14

Shunday qilib, Afg'onistonda Pokistonga undan so'ng Turkiyaga ko'chib o'tgan jami bo'lib 4163 nafar o'zbek, turkman, qirg'iz va qozoq oilalaridan iborat afg'on migrantlari Afg'onistondagi mintaqaviy va iqlim sharoiti, kasb-hunar va san'atini hisobga olgan holda Turkiyaning Tokat, Gaziantep, Hatay, Urfa, Van va Kayseri viloyatlariga joylashtirilib, ular uchun qulay sharoit yaratib beriladi. E'tiborlisi shuki, 1980-yillarning boshidan buyon ko'plab afg'on muhojirlariga mezbonlik qilib kelayotgan Turkiya, bu muhojirlarning Yevropa davlatlariga yetib borishi uchun tranzit mamlakat sifatida o'rin olgan.(l-rasm)

Main migrant routes from Afghanistan

1-rasm

XULOSA

Xulosa qilib shuni aytish lozimki, Afg'on migratsiya jarayonining kelib chiqish tarixi o'z navbatida birinchidan, 1979-yil SSSR qo'shinlarining mamlakatga kirishi, ikkinchidan, Afg'onistonda Tolibonning 1996-yil hamda 2021-yilda hokimiyatini o'rnatishi, uchinchidan, 2001-yilda "Al-Qoida"ning AQSHdagi terakti bo'ldi. Bu davrlarda migratsiya asosan iqtisodiy sabablarga ko'ra sodir bo'lgan. Bu omil keyi ngi davrlarda afg'on migratsiyasining asosiy sabablaridan biri sifatida davom etdi. Biroq keng ko'lamli ukupatsiya va urushlar tufayli migratsiya tezligi oshib, miqdori va natijalari o'zgardi.15

Afg'onistonda odamlar iqtisodiy sabablarga ko'ra va xavfsizligini asrash uchun o'z yashash joylarini ixtiyoriy yoki majburiy o'zgartirishga majbur bo'lganlar. Muhojirlik migratsiyasi og'ir jarayon bo'lsa-da, muhojirlarga yanada qulay bo'lgan yashash joylarni yaratish, hayotlarini davom ettirish va yangi ijtimoiy hayotni yaratish imkonini beradi. Biroq Pokiston va Eron bir tarafdan muhojir afg'onlarga e'tibor qaratmadi. Shuningdek, Afg'oniston xalqi duch kelgan bu vaziyat xalqaro hamjamiyatning e'tiborini tortmadi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Qochqinlar

14 Cumhuriyet Gazetesi, 5 Agustos 1982

15 Geyik, Y, S. (2018). Gôç ve Afganlar "istikrarli Mülteciler". The Journal of Migration Studies, 4(2), 128-159.

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1), Jan., 2023

bo'yicha Oliy Komissarligining 1997-yildagi hisobotlariga ko'ra, 1996-yil oxirida Tolibon hujumlari paytida ko'chirilgan afg'onlar uchun chegaralarini yopgan Pokiston, O'zbekiston va Tojikiston kabi davlatlarni ushbu usulni qo'llagan davlatlar qatoriga kiritgan (UNHCR, 1997). Lekin bunga bir qancha sabablar bore edi. Birinchidan, Tojikistonda fuqarolar urushi ro'y berayotgandi. Ikkinchidan, O'zbekiston bunday muhojirlarni qabul qilishgan ham moddiy jihatdan ham iqtisodiy jihatdan qurbi yetmasdi. Shuning uchun ham bunga e'tibor qaratmagani tabiiy hol edi.

Aslini olganda, qochqinlar oqimi, Turkiya tashkil topgan dastlabki yillardan beri vaqti-vaqti bilan duch kelgan muhim muammolardan biri hisoblanadi. Turkiya geografik joylashuvi, tarixiy aloqalari va demokratik tuzilishi tufayli Yevropa mamlakatlariga, ayniqsa Yaqin Sharqdan kelgan muhojirlar uchun tortishish markazi va tranzit yo'li sifatida ko'riladi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Qochqinlar bo'yicha Oliy Komissarligining (UNCHR) Global Trends 2020 ma'lumotlariga ko'ra, Turkiya oxirgi yetti yil ichida dunyodagi eng ko'p qochqinni qabul qilgan davlatlardan biri bo'ldi. Bu esa afg'on migrantlari uchun asosiy donor davlat sifatida ko'rilishini anglatadi.

FOYDALANILGAN MANBA VA ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. Abbasi-Shavazi, M.J., Glazebrook, D., Jamshidiha, G., Mahmoudian, H. and R. Sadeghi. (2005). Return to Afghanistan?. A Study of AfghansLiving in Zahedan. Kabil: AREU.

2. Castles, S. and Miller, M. (2003). Gôçler çagi modern dünyada uluslararasi gôç hareketleri, (trs. Bülent Ugur Bal ve ibrahim Akbulut). istanbul: istanbul Bilgi Üniversitesi Press.

3. Cumhuriyet Gazetesi, 5 Agustos 1982.

4. Geyik, Y, S. (2018). Gôç ve Afganlar "istikrarli Mülteciler". The Journal of Migration Studies, 4(2).

5. Haideh Moghissi and Afsaneh Ashrafi, "Afghans in Iran: Asylum Fatigue Overshadows Islamic Brotherhood," Global Dialogue 4.4 (2002).

6. Hazirlayan Emrullah Öztürk, "Türk asilli afgan mültecilerinin 12 eylül dônemi'nde iskân ve istihdami" Ankara 2014.

7. Kronenfeld, D. A. (2008). Afghan refugees in Pakistan islam Cumhuriyeti: Not all refugees, not always in Pakistan islam Cumhuriyeti, not necessarily Afghan? Journal of Refugee Studies, 21(1).

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1), Jan., 2023

8. Stigter, E. (2006). Livelihoodsuponreturn: afghanmigratorystrategies - an assessment of repatriationandsustainablereturn in response to the convention plus. Refugee Survey Quarterly, 25(2)

9. Turton, D. ve P. Marsden 2002 Taking Refugees for a Ride? The Politics of Refugee Return to Afghanistan. AREU Issues Paper Series, Afghanistan Research and Evaluation Unit, Kabul.

10. Watandar, S. (2020). Faryab Bolgesi. Eri§im Adresi: https://baztab.news/source/154 .

11. https://www.tokattan.net/2021/02/afganistandan-tokata-bir-goc-hikayesi.html

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.