Научная статья на тему 'THE PLACE AND SIGNIFICANCE OF NIZAMIDDIN SHAMI'S “ZAFARNAMA” IN HISTORIOGRAPHY'

THE PLACE AND SIGNIFICANCE OF NIZAMIDDIN SHAMI'S “ZAFARNAMA” IN HISTORIOGRAPHY Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
1
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
tarixshunoslik / diplomatiya / strategiya / tarix / biografiya / san’at / adolat / madaniyat / me’morchilik.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Karimov Xasanjon Ulug’bek O’g’li, Fozilova Zulayho Nurmuhammad Qizi

Mazkur maqolada Nizomiddin Shomiyning “Zafarnoma” asarining tarixshunoslikdagi o‘rni, sohibqiron Amir Temur hayoti, harbiy yurishlari, diplomatiyasi, jasoratlari, harbiy strategiyalari va davlat boshqaruvidagi faoliyatini tavsiflashdagi ahamiyatli jihatlari bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «THE PLACE AND SIGNIFICANCE OF NIZAMIDDIN SHAMI'S “ZAFARNAMA” IN HISTORIOGRAPHY»

THE PLACE AND SIGNIFICANCE OF NIZAMIDDIN SHAMI'S "ZAFARNAMA" IN HISTORIOGRAPHY TARIXSHUNOSLIKDA NIZOMIDDIN SHOMIY "ZAFARNOMA" ASARINING O'RNI VA AHAMIYATI

Karimov Xasanjon Ulug'bek o'g'li

Andijon davlat pedagogika instituti, Ijtimoiy fanlar kafedrasi o'qituvchisi

[email protected] Fozilova Zulayho Nurmuhammad qizi Andijon davlat pedagogika instituti "Ijtimoiy - gumanitar fanlar va san'at fakulteti

"Tarix" yo'nalishi 3-bosqich talabasi

Annotatsiya: Mazkur maqolada Nizomiddin Shomiyning "Zafarnoma" asarining tarixshunoslikdagi o'rni, sohibqiron Amir Temur hayoti, harbiy yurishlari, diplomatiyasi, jasoratlari, harbiy strategiyalari va davlat boshqaruvidagi faoliyatini tavsiflashdagi ahamiyatli jihatlari bayon etilgan.

Kalit so'zlar: tarixshunoslik, diplomatiya, strategiya, tarix, biografiya, san'at, adolat, madaniyat, me'morchilik.

Аннотация: В данной статье описывается роль произведения Низамиддина Шами «Зафарнома» в историографии, его важные аспекты в описании жизни, военных походов, дипломатии, мужества, военной стратегии и деятельности мастера Амира Темура.

Ключевые слова: историография, дипломатия, стратегия, история, биография, искусство, правосудие, культура, архитектура.

Annotation: This article describes the role of Nizamiddin Shami's work "Zafarnoma" in historiography, its important aspects in describing the life, military campaigns, diplomacy, courage, military strategies and activities of the master Amir Temur.

Keywords: historiography, diplomacy, strategy, history, biography, art, justice, culture, architecture.

Markaziy Osiyo, ayniqsa, Movarounnahr va Xuroson xalqlari tarixida XIV-XV asrlar ulug' sarkarda, davlat arbobi Amir Temur va uning avlodi - Temuriylar sulolasi hukmronligi bilan bog'liq katta siyosiy o'zgarishlar va ayni bir vaqtda iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy sohalarida rivojlanish davri bo'lgan. Shuning uchun bu davrni jahon tadqiqotlarida Markaziy Osiyo tarixidagi ulkan yuksalish davri deb baholanmoqda. Hozirgi kunda bunday tadqiqotlar uchun muhim manba xizmatini o'tab kelayotgan tarixiy asarlarni tarixchi olimlar tomonidan yaratish ham keng rivoj topib kelmoqda. Bu asarlarda sohibqiron Amir Temurning Movarounnahrda

117

markazlashtirilgan davlatni barpo etish uchun olib borgan kurashlari, harbiy yurishlari, davlatchilik siyosati hamda xalqaro diplomatic va savdo aloqalarini mustahkamlashga, dehqonchilik va hunarmandchilikni, madaniyqurilishlarni rivojlantirishga qaratilgan tadbirlari qalamga olingan. Ana shunday yozma yodgorliklarning eng dastlabkilaridan biri Amir Temurning topshirig'i bilan mohir adib va tarixnavis olim Nizomiddin Shomiy tomonidan yozilgan "Zafarnoma" asaridir.

Nizomiddin Shomiyning "Zafarnoma" asari Amir Temur va uning davlati tarixini o'rganishda noyob va bebaho manba hisoblanadi. Ushbu asar Temuriylar imperiyasining siyosiy, iqtisodiy va harbiy tarixini yoritish bilan birga, o'sha davrning ijtimoiy-madaniy muhitini ham tasvirlaydi. Asar muallifi Nizomiddin Shomiy Amir Temur saroyida bo'lib, voqealarning bevosita guvohi sifatida ularni batafsil va ishonchli tarzda yozib qoldirgan.

"Zafarnoma" asarining ahamiyatli jihatlari:

1. Amir Temurning tarixdagi o'rni: Asar Sohibqironning jasoratlari, diplomatiyasi va harbiy strategiyalarini aniq va tafsilotli tarzda yoritadi. Bu uning nafaqat Markaziy Osiyo, balki butun dunyo tarixidagi o'rnini anglashga yordam beradi.

2. Dastlabki tarixiy-biografik asar: "Zafarnoma" o'z davrida yozilganligi sababli Temur haqidagi dastlabki tarixiy-biografik manbalardan biri bo'lib, boshqa ko'plab tarixchilar uchun asos bo'lgan.

3. Temuriylar davri madaniy merosi: Asar orqali Temuriylar davri san'at, adabiyot, me'morchilik va ilm-fan rivojiga oid ma'lumotlar ham aniqlanadi.

4. Sharq tarixiy an'analari rivojiga hissa: Nizomiddin Shomiy Sharq tarixshunosligida yangi bosqich boshlab berdi. Uning tarixiy uslubi keyingi davr tarixchilari, jumladan, Sharafiddin Ali Yazdiy tomonidan davom ettirildi.

5. Jahon tarixshunosligi uchun manba: "Zafarnoma" Yevropa va Osiyo olimlari tomonidan o'rganilib, Temur davriga oid xalqaro ilmiy tadqiqotlarda asosiy qo'llanmaga aylangan.

Asar muallifi Nizomiddin Shomiyning hayoti va ijodi haqida o'rta asrlar va hozirgi zamon adabiyotlarida ham ma'lumotlar juda oz yoki deyarli yo'q. Tug'ilgan yili no'malum. Uning kelib chiqishi Shomiy yoki Shanbiy (Shanbiy G'ozoniy ) nomi bilan atalishiga qaraganda u aslida Tabriz chekkasidagi Shanbi G'ozon deb atalgan joyidan bo'lgan, deb tahmin qilish mumkin. Muallifning o'zi haqida "Zafarnoma"da keltirgan ma'lumotlariga ko'ra Amir Temur bilan uchrashuvlari va asarning yozilish tarixi haqidagi qisqa ma'lumotlardan iborat xolos. "Zafarnoma" asarining yoritilish tarixiga kelsak, Nizomiddin Shomiyning o'zi bergan ma'lumotlariga ko'ra 804 hijriy yili (milodiy 1401-yil 11-avgustdan 1402-yil 1-avgust oralig'i) Amir Temur uni huzuriga chorlab, o'z yurishlari bitilgan yirik bir asar yaratishga undagan.

118

Yozilayotgan asar barcha xalqqa tushunarli sodda, ravon tilda va ayni paytda ma'rifatli kishilar e'tiboriga ham loyiq tarzda yozilishi lozimligini uqtirgan. Ushbu uchrashuvdan so'ng Nizomiddin Shomiy saroy tarixchisi sifatida Amir Temurning keyingi barcha yurishlarida ishtirok etgan. Bunga yaqqol dalil sifatida "Zafarnoma" ning o'zida ma'lumotlaT mavjud. Masalan, 806-yil muharram oyida (1403-yil, iyul-avgust) Gurjistondagi Birtis qal'asi zabt etilishini yozish davomida, Nizomiddin Shomiy bu voqeani o'zi kuzatganligini yozib o'tadi. Yana bir dalili, Shomiy yurishlarning birida ramazon oyi munosabati bilan yig'ilgan jamoaga va'z aytgani yozib o'tilgan.

Shuni ta'kidlash lozimki, XV asr muarrix tarixchilari Fasih Havofiy, Sharafiddin Ali Yazdiy, Xondamir va boshqalarning asarlarida sohibqiron Amir Temur hayotligidayoq Nizomiddin Shomiydan boshqa mualliflar tomonidan ham Amir Temurga bag 'ishlab bir necha tarixiy asarlar yaratilganligi ma'lum. Masalan, kermonli adib Shayx Mahmud Zangiyi Ajam doston shaklida "Jo'shu xura'sh" nomli asar yozgan. U 806-yil (1403-1404) yili Gurjistonda bo'lgan Amir Temurga dostonni taqdim etish uchun ketayotganda, ko'pгikdan qulab halok bo'lgan. Uning o'g'li Kubriddin otasining asariga "Zayl"("Ilova") yozib, Amir Temurga topshirgan. Ushbu ma'lumot^ Sharafiddin Ali Yazdiyning "Zafamoma"sida uchraydi. Ammo bu asarlarning hozirgi kunga qadar yetib kelgan yoki kelmaganligi no'malum. Nizomiddin Shomiy esa o'z davrida mavjudligini "Zafamoma"da eslab o'tmagan.

"Zafarnoma" tarixiy asar sifatida XIV-XV asr boshida Temur va temuriylar hukmronligi davridagi O'rta Osiyo, Oltin O'ráa xonligi, Ozarbayjon, Eron, Afg'oniston, Iroq, Suriya, Misr, Turkiya va boshqa mamlakatlar tarixiga voqealarni o'z ichiga olgan. Asar muqaddimasida Amir Temur tarix sahnasiga chiqqan 1360-yilga qadar O'rta Osiyoda hukmronlik qilgan chingiziy hukmdorlar haqida qisqa ma'lumot berilgan. So'ngгa Amir Temurning XIV asrning ikkinchi yarmi va XV asrning boshida qilgan ishlarining batafsil bayoni keltirilgan. Asar 1404-yil mart oyida (806-yil ramazon oyi) Amir Temur Ozarbayjonda Arron Qorabog'ida turganligining bayoni bilan yakullanib, uning vafoti (1405-yil 18-fevral) gacha,ya'ni bir yilcha vaqt ichida sodir bo'lgan kechmishlar yoritilmay qolgan.

Nizomiddin Shomiy asarida keltirilgan voqealar keyingi tarixnavislar tomonidan davom ettirilgan. Jumladan, temuriylarda Shoxruh Mirzo (vafoti 1447-yil) ning tarixnavisi Xofizi Abru avvalo, yuqorida, eslatilganidek, "Zafamoma"ga "Zayl" ("Ilova") yozib, uni Temur vafotigacha yetkazgan, so'ng esa, o'zining "Majmua" ("To'plam") nomi bilan atalib kelinayotgan tarixiy asarini yozgan ekan, Shomiyning "Zafarnoma" sidan ham foydalangan va voqealar tizimini Shoxruh Mirzo hukmronlik qilib turgan 1420-yilgacha davom ettirgan. Keyinroq 1423-yil Shoxruh Mirzoning o'g'li Boysung'rn- Mirzo(1433-yil vafot etgan) farmoni bilan Xofizi Abru to'rt jilddan iborat "Majma ut-tavorixi sultoniya"("Sultonga bag'ishlangan tarixlar

119

yig'indisi ") deb atalgan asarni yozishga kirishgan va uni 1427-yil voqealari bayoni bilan tugatgan. Asarning to 'гtinchi jildida Amir Temur va temuriy shahzodalar tarixi aks ettirilgan, unga Boysung'rn- Mirzoga bag'ishlanganligini bildirish uchun " Zubdat ut - tavorixi Boysung'uгiy " ("Boysung'uгga atalgan tarixlar sarasi") deb nom bergan.

Nizomiddin Shomiyning "Zafamoma"si o'zida jamlangan tarixiy ma'lumotlaming ishonchliligi bilan XV-XVI asrlardanoq boshqa asarlar uchun bosh manbalardan biri bo'lgan. Sharafiddin Ali Yazdiyning 1419-1425 yillarda yozilgan "Zafarnoma", Abdurazzoq Samarqandiyning "Matlayi sadayin va majmuayi bahrayn" ("Ikki saodatli yulduzning va ikki dengizning qo'shilish joyi"), Fasih Havofiyning "Mujmali Fasixiy" asari, Muhammad Fayzulloh Musaviyning "Tarixi hayrot", Xotifiyning nazmda bitilgan "Temumoma" asari, Mirxondning "Ravzat us-safo", Xondamirning "Xabib us-siyaf va boshqa bir qator asarlar shular jumlasidandir. Sohibqiron Amir Temur davlatining XIV asr oxiri - XV asr boshlaridagi tarixiga doir asarlardan biri Ibn Arabshohning " Ajoyib al maqdur fi tarixi Taymm-", ispan sayyohi va elchisi Rui Gonzales de- Klavixoning safar esdaliklarini ham aytish mumkin. Shomiy "Zafamoma"sining faqat ikki qo'lyozma nusxasigina saqlanib qolgan. Birinchisi, Amir Temurga taqdim etilgan qo'lyozmaning 1425-yildagi ko'chirilgan nusxasi bo'lib, u Istanbuldagi "Nuri Usmoniya" masjidi kutubxonasida 33б7 inventar raqami ostida saqlanmoqda. Ikkinchisi, muallif tomonidan Amir Temurning nabirasi Mirzo Umar bahodir ibn Mironshohga taqdim etilgan qo'lyozmadan 1434-yili ko'chiгilgan nusxasi bo'lib, u Londondagi "Britaniya" muzeyi kutubxonasida 23980 inventar raqami bilan saqlanib kelmoqda

Xulosa.

Xulosa qilib aytganda, "Zafarnoma" asari nafaqat Amir Temur shaxsiyati va uning davrini o^ganish uchun, balki o'rta asr Sharq tarixshunosligi an'analari va madaniy yutuqlarini tushunishda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu asarning tarixshunoslikdagi ahamiyati nafaqat Temur davriga oid birlamchi manba sifatida, balki o'sha davrning ilmiy va madaniy yuksalish jarayonlarini yoritishda ham katta o'rin tutadi. "Zafarnoma" mazmuni va uslubi bilan nafaqat Markaziy Osiyo tarixchilariga, balki jahon ilm-fani rivojiga ham sezilarli ta'siï ko^satgan. Shuning uchun, ushbu asar tarixiy adolatni tiklash va Amir Temur shaxsiyati haqida to'liq tasavvur hosil qilishda beqiyos ahamiyatga ega.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yhati:

1. Shomiy, Nizomiddin. Zafarnoma. — Toshkent: Fan, 199б. (Amir Temur va uning davlati haqida asosiy birlamchi manba).

2. Behramova, M. "Zafarnoma"ning tarixshunoslikdagi ahamiyati. O'zbekiston tarixi, 2015, №4.

120

3. Gulomov, Ye. G. Amir Temur va uning davlati. — Toshkent: Fan, 1994.

4. Yusupova, S. N., & Karimov, X. U. (2024). TEMURIYLAR RENESSANSI VA UNING JAHON MADANIYATI RIVOJIDAGI O'RNI. Science and innovation, 3(Special Issue 3), 95-98.

5. Karimov, X. (2024). HISTORY AND CULTURAL LIFE OF THE KYRGYZ NATIONS INHABITANT THE FERGHANA VALLEY (1991-2023, ON THE EXAMPLE OF ANDIJAN, NAMANGAN, FERGANA REGIONS). Interpretation and researches, 2(5 (27)).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.