Научная статья на тему 'AMIR TEMUR DAVRI MANBALARINING BARKAMOL AVLOD TARBIYASIDAGI OʻRNI'

AMIR TEMUR DAVRI MANBALARINING BARKAMOL AVLOD TARBIYASIDAGI OʻRNI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Ushbu maqolada Amir Temur hukmronlik davridagi faoliyatiga bagʻishlangan asarlar tahlili yoritilgan. Maqola bilan tanishish jarayonida tarixiy manbalarning ahamiyati / qamrov doirasi hamda mazkur asarlarning nashr etilishiga doir muhim maʼlumotlarni ham bilib olish mumkin boʻladi.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Baxtiyorov Laziz

Ushbu maqolada Amir Temur hukmronlik davridagi faoliyatiga bagʻishlangan asarlar tahlili yoritilgan. Maqola bilan tanishish jarayonida tarixiy manbalarning ahamiyati, qamrov doirasi hamda mazkur asarlarning nashr etilishiga doir muhim maʼlumotlarni ham bilib olish mumkin boʻladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «AMIR TEMUR DAVRI MANBALARINING BARKAMOL AVLOD TARBIYASIDAGI OʻRNI»

AMIR TEMUR DAVRI MANBALARINING BARKAMOL AVLOD TARBIYASIDAGI ORNI

Baxtiyorov Laziz

"TIQXMMI" - MTU "Gumanitar fanlar"kafedrasi 3-bosqich tayanch doktoranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.11215857

Annotatsiya. Ushbu maqolada Amir Temur hukmronlik davridagi faoliyatiga bag'ishlangan asarlar tahlili yoritilgan. Maqola bilan tanishish jarayonida tarixiy manbalarning ahamiyati, qamrovdoirasi hamdamazkur asarlarningnashr etilishiga doir muhim ma'lumotlarni ham bilib olish mumkin bo'ladi.

Kalit so'zlar: temuriylar, Hindiston, Sharafiddin Ali Yazdiy, Nizomiddin Shomiy, Zafarnoma, Bartold, Qosim ibn Yusuf, Irshod az-ziroa.

Abstract. This article analyzes the works dedicated to the activities of Amir Temur during his reign. In the process of getting acquainted with the article, it will be possible to learn important information about the importance of historical sources, scope and publication of these works.

Keywords: Timurids, India, Sharafuddin Ali Yazdi, Nizamiddin Shami, Zafarnama, Barthold, Kasim ibn Yusuf, Irshad al-Ziraa.

Аннотация. В данной статье анализируются произведения, посвященные деятельности Амира Темура в период его правления. В процессе знакомства со статьей можно будет узнать важную информацию о значении исторических источников, объеме и публикации этих произведений.

Ключевые слова: Тимуриды, Индия, Шарфуддин Али Язди, Низамуддин Шами, Зафарнаман, Бертольд, Касим ибн Юсуф, Иршад Аз-Зuрoа.

Temuriylar davri tarixiy manbalari shu davr tarixini o'rganishda eng muhim manbalar hisoblanadi. Temuriylar davri manbalarining sovet davri va mustaqillik yillarida o'zbek tiliga tarjima qilib, nashr etilishi natijasida Amir Temur va temuriylar davri tarixini tadqiq etish masalalarini yanada osonlashtirdi.

Mazkur manbalar bilan tanishar ekanmiz, o'sha davr muhiti, farzand tarbiyasi, Amir Temurning yosh temuriyzodalar bilan o'zaro munosabatlariga ham guvoh bo'lishimiz mumkin. Ushbu manbalardagi ma'lumotlar asosida yoshlarimizni vatanparvar, kelajak vatan himoyachilari etib tarbiyalashda g'oyatda zarur bo'lgan ma'lumotlar hamda tajribalar bilan tanishishimiz mumkin bo'ladi.

G'iyosiddin Ali ibn Jamol al-Islom Yazdiy "Ro'znomai g'azovoti Hindiston". Asar Amir Temurning shaxsiy topshirig'i bilan 1399-1404-yillarda yozilgan. Kitobda suyurg'ol tizimiga doir ma'lumotlarni uchratish mumkin.

Asar dastlab 1915-yilda akademik V.V.Bartold muharrirligida Sankt-Peterburg Fanlar Akademiyasining "Markaziy Osiyoga oid matnlar"ni nashr etish rejasi doirasida nashr etilgan. Asarning forscha nomi ^^Vl JW jj ^it jj.ll ^Ijljt AJjjjj (Ruznomeyi

g'azovoti Hinduston. Taalifi G'iyosiddin ibn Jamol al-Islom). G'iyosiddin Alining mazkur asarining yagona qo'lyozmasi O'zbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik institutining

Qo'lyozmalar fondida_inventar raqamida saqlanmoqda. 1915-yilgi nashrning muharrirlari

L.A.Zimin va ustozi V.V.Bartoldlar bo'lishgan.

1942-yilda O'zSSR Davlat jamoat kutubxonasi qoshida tuzilgan O'rta Osiyo tarixiga oid sharq xalqlari asarlarini tarjima qilish komissiyasi Amir Temur tarixiga oid eng muhim tarixiy

asarlarni ruschaga tarjima qilishga qaror qilgan. Buning uchun tuzilgan ro'yxatga G'iyosiddin Alining mazkur asari ham kiritilgan edi. 1958-yilda kitob A.Semyonov muharrirligida nashr etilgan. Qo'lyozmani nashrga tayyorlashda arabshunos olimlar V.I.Belyayev va M.A.Salyelar amaliy yordam ko'rsatishgan.

G'iyosiddin Alining asari Hindiston yurishida Amir Temurga hamrohlik qilgani hamda ba'zi voqealar bilimli va jasoratli Nasiriddin Umarning kundaligi asoslanib yozilgani tufayli ham qadrlidir. Nosiriddin Umar kundaligi asosida Amir Temurning Halil Sultonga nisbatan g'ayrioddiy mehri haqida ma'lumot berilgan. Ayni shu mehrni ko'rgan Nosiriddin Umar o'z kundaligida Halil Sultonning yoshlik davri haqida qo'shimcha ma'lumot berib o'tgan. Bizningcha, Nosiriddin Umar tomonidan yozilgan voqealarning quruq ro'yxati Amir Temurni qanoatlantirmay, shu kundalik asosida G'iyosiddin Aliga voqealarni kengroq yoritish bo'yicha topshiriq bergan. Mazkur topshiriq asosida o'rganayotganimiz "Ro'znomaye g'azovoti Hindiston" asari dunyoga kelgan. Biroq, asarning yozilish uslubi Amir Temurga baribir yoqmagan degan ma'lumotlar ham bor. Mazkur asarda asosan Amir Temurning shaxsiy fazilatlari, Hindiston yurishi xotiralari hamda mamlakatdagi suyurg'ol tartibi haqida ma'lumotlar berilgan. Mazkur ma'lumotlar qatorida bog'lar haqida kam bo'lsa-da, ma'lumotlar mavjud.

Nizomiddin Shomiy "Zafarnoma". G'iyosiddin Alining asarida o'ta ko'p darajada xushomadgo'ylik bo'lgani uchun Amir Temurga yoqmagach, amir 1392-yildan buyon o'zi bilan harbiy yurishlarda yurgan Nizomiddin Shomiyga sodda va ravon tildan o'z tarixini yozish haqida topshiriq bergan. Amir Temur davriga oid manbalardan biri Nizomiddin Shomiy (1409 yilda vafot etgan) qalamiga mansub "Zafarnoma" asaridir. U Amir Temurning topshirig'iga asosan 14021404 yillarda yozilgan. Unda ham vaqf va suyurg'ol tizimlari va boshqa masalaga doir ma'lumotlar keltirib o'tilgan.

Sharafiddin Ali Yazdiy "Zafarnoma". Amir Temur davri bog'chilik tarixiga oid yana bir mashhur manba Sharafiddin Ali Yazdiy (1454 yilda vafot etgan) qalamiga mansub "Zafarnoma" hisoblanadi. Asarning debochasida ko'rsatilishicha, asar hijriy 828-yilda (1424-25) yozib tugatilgan. Asar uchun asos bo'lgan kitobni esa Amir Temurning saroy kundaliklari va boshqa mavjud manbalar asosida saroy kotiblarining yordami bilan Ibrohim Sulton yozgani ma'lum.

Asar Amir Temur tarixiga oid eng ishonchli manbalardan biri bo'lgani uchun ham qayta qayta ko'chirilgan, 5 asr davomida ko'plab sharq va g'arb tillariga tarjima qilingan. Asarning o'zbek tiliga tarjimasi esa A.O'rinboyev tomonidan 1972-yilda amalga oshirilgan.

Asarda Amir Temur tarixi to'liq, Halil Sulton tarixi esa qisqa bayon qilingan. Asar tilining sodda va ravon ekanligi o'quvchini voqealar rivojidan chalg'itmaydi. Asardan Amir Temurning harbiy yurishlari, yurishlar davomida kechgan voqealar, to'y, bayram manzaralari, elchilarni kutib olish bilan bog'liq voqealar bo'yicha ma'lumotlar olish mumkin. Umuman olganda, mazkur asar Amir Temurning mufassal tarixiga bag'ishlangan kam sonli asar ekanligi bilan ham qadrlidir.

Asar 82 varaqli Muqaddima bilan boshlanadi. Mazkur asarda faqatgina harbiy yurishlar emas, balki Amir Temurning shaxsi haqida ham ko'plab biografik ma'lumotlar berilgan. Shuningdek, Amirning oila a'zolari va qarindosh-urug'lari haqida ham muhim ma'lumotlar topish mumkin.

Mazkur asar faqatgina tarix emas, balki geografiya sohasi uchun o'ta muhim asar hisoblanadi. Buning sababi asarda Iroq, Sharqiy Onado'lidan hozirgi Xitoy markazigacha, Fors ko'rfazidan Kama daryosi havzasigacha bo'lgan ulkan hududdagi joylar, suv inshootlari, shahar va shaharchalar, tog' va dovonlarning asl o'zbekcha (qarluqcha) nomlari keltirib o'tilgan.

Mazkur asarda bog'chilik, xususan, Amir Temur buyrug'i bilan qurilgan bog'lar, bog'lar qurilishi jarayonida ishlar taqsimlanishi, bog'larning to'y marosimlari o'tkaziladigan muhim joylar ekanligi kabi muhim ma'lumotlarni olish mumkin. Jumladan, Samarqand atrofida o'n ikki bog' qurilib, bog'ning nomini "Bog'i davozdaxi burj" (ya'ni "O'n ikki burj bog'i") deb nomlangani yoki o'ziga dushmanlik qilgan Malik G'iyosiddin kabi shaxslar bilan Samarqand atrofidagi Bog'i Zog'onda uchrashuv o'tkazib, murosaga kelgani, Klavixo kabi elchilarni lol qoldirgan Bog'i Dilkusho kabi bog'larning qurilish tarixi kabi muhim ma'lumotlarni ham uchratish mumkin bo'lgan nodir asarlar sirasiga kiradi. Mazkur asarni tahlil qilish asosida Amir Temurning bunyodkorchilik faoliyati faqatgina Movarounnahr, xususan Samarqand bilan cheklanib qolmagani, o'zi borgan barcha hududlar obodonchiligiga jiddiy ahamiyat bergani haqida ma'lumotlar bilan tanishish mumkin. Umuman olganda, asar Amir Temur davri tarixiga doir eng muhim va qimmatli manba hisoblanadi.

Qosim ibn Yusuf Abunasriy "Irshod al-ziroa". Mazkur asar fors tilida yozilgan qishloq xo'jaligi qo'llanmasi bo'lib, hujriy 921-yilda (1515-yil) Hirotda Qosim ibn Yusuf Abunasriy (yoki oddiygina Fazel Hiraviy) tomonidan yozib tugallangan. Mazkur asar hozirga qadar ma'lum bo'lgan o'rta asrlar qishloq xo'jaligiga bag'ishlangan yagona asar hisoblanadi. Asar muqaddima va sakkiz bo'limdan (ravza) iborat bo'lib, ularning qanday nomlanishi haqida batafsil ilmiy ishimiz davomida ma'lumot berib o'tilgan.

Asar qishloq xo'jaligi ishlariga bag'ishlangan bo'lib, biroq muallifning o'zi qishloq xo'jaligi bilan qanchalik aloqador ekanligi masalasi javobsiz qolmoqda. Biroq, shunisi aniqki, muallif ma'lumotlarni to'plashda o'sha davr qishloq xo'jaligida tajribaga ega bo'lgan shaxslar, jumladan Mirak Sayyid G'iyos nomi bilan ham mashhur bo'lgan Sayyid Nizomuddin Amir Sulton Mahmud va uning ishchilari bilan maslahatlashgan. Bu shaxs Mir Alisher Navoiy va hatto hukmron temuriy oilasi bilan ham yaqin aloqada bo'lgan. Darhaqiqat, Mirak Hirotdagi temuriy hukmdor Sulton Husayn Boyqaro qo'lida ishlagan landshaft me'mori bo'lib, asarning oxirgi bobida tasvirlangan chorbog'ning quruvchisi ham bo'lgan. Mirakning keyingi hayoti va faoliyati bo'yicha batafsil ishimiz davomida tanishtirib o'tishga harakat qilganmiz.

Abu Nasriyning o'zi hisobchi yoki o'lchovchi kasbida bo'lib, Hirot shimolida joylashgan Gozurgohdagi so'fiylar homiysi Abdulloh Ansoriy ziyoratgohida ishlagan. U Mirak Sayyid qo'lida ishlagan bo'lishi mumkin. Chunki asardagi bir o'rinda uni o'ziga rahbar deb tanishtirgan.

Mazkur asar temuriylar davri qishloq xo'jaligi bo'yicha yozilgan yagona asar bo'lib, unda qishlqo xo'jaligi, ekinlar ekish tartibi, Hirotda ekiladigan eng asosiy ekinlar va eng muhimi Sulton Husayn davridagi bog'chilik, bog'lar qurilish tartibi, unda ekiladigan daraxtlar va suv bilan bog'liq hisob kitoblar aniq-ravshan ko'rsatib berilgan. Mazkur asar halicha o'zbek tiliga tarjima qilinmagan bo'lib, asarning o'zbekcha nashri dehqonchilikda ko'plab yangicha usullarni ochib beradi, deb o'ylaymiz.

Rui Gonzales de Klavixo "Samarqandga - Temur saroyiga sayohat kundaligi". Amir Temur davri bog'chilik tarixini o'rganishda Kastiliya elchisi Rui Gonsales de Klavixoning "Samarqandga-Amir Temur sayroyiga sayohat kundaligi" asari katta ahamiyat kasb etadi. Klavixo o'z davrining qudratli davlati sanalgan Ispaniyaning elchisi sifatida 1403-1406 yillarda Movarounnahrga kelgan. Klavixo o'z elchiligi davomida Movarounnahrda va saltanat hududlarida ko'rgan-kechirganlarini yozib qoldirgan. Mavzumiz uchun Klavixoning mazkur asari qimmatli ma'lumotlar bera oladi. Samarqandga tashrif buyurgan elchilar shahardagi bog'lardan biriga joylashishgan. Elchilarni kutib olish va boshqa rasmiy marosim hamda ziyofatlar esa shahar

atrofidagi bog'larda uyushtiriladi. Klavixo ana shu marosimlarda, ziyofatlarda ko'rgan jamiki voqealarini qog'ozga tushirib, nihoyatda qimmatli manba yarata olgan. Shuningdek, asarda elchilar tashrif buyurgan bog'larning umumiy tuzilishi, qurilish tartibi, bezak berish usullari kabi qimmatli ma'lumotlar ham berib o'tilgan. Klavixo asarida ba'zi ma'lumotlar borki, ularda atrof voqelikni to'la anglamasdan, saroy tasvirlari berib o'tilgan. Bu kabi holatlarni ilmiy ishimiz davomida batafsil aytib o'tganmiz. Shu kabi holatlardan biri Bog'i Shimoldagi ziyofat tasviridir. Unda Klavixo borgan joylarini saroy deya tasvirlagan, biroq tadqiqot ishini o'rganish davomida, Bernard O'Kanening temuriylar davri chodirlari masalasi bilan tanishgach, Klavixo ziyofat uchun borgan joy saroy emas, balki mahorat bilan bezalgan chodir bo'lgan degan fikrni ilgari surganmiz. Mazkur mavzu doirasida tadqiqotlarni chuqurlashtirish orqali Amir Temur davri qurilish, san'at sohasining yuksak darajada rivojlanganini yana bir bora asoslab berish mumkin bo'ladi.

Kitobda Movarounnahr bog'lari, mevalari, poliz ekinlari, don-dunlari va boshqalar haqida ancha batafsil ma'lumotlar keltirilgan.

Asar ilk marotaba 1582-yilda "Historia del Gran Tamorlán e Itinerario y narración del viage" nomi ostida nashr etilgan. Shundan so'ng asar 1779, 1782, 1943-yillarda ispan tilida qayta nashr qilinadi. 1782, 1859, 1928, 1970-1971-yillarda esa ingliz tilidagi nashrlari amalga oshirilgan. Rus tilshunos olimi Sreznevskiy tomonidan ruscha tarjimasi 1881-yilda nashr etilgan. 1990-yilda esa I.S.Mirokova tomonidan ruschada qayta nashr qilingan.

Asarni o'zbek tiliga tarjima qilish jarayonlari XX asr 80-yillari oxiridan boshlangan. Asarning qismlari Ochil Tog'ayev muharrirligida 1988-1990-yillarda "San'at" jurnali sonlarida nashr qilib borilgan. 2006-yilda esa tarjiman Ulug'bek Jo'rayevning o'zbek tiliga tarjimasi ilk bora nashr etilgan. Mazkur tarjimada 1990-yilgi S.Mirokova tarjimasi asos sifatida olingan. Ochil Tog'ayevning Sreznevskiy tarjimasi asosidagi o'zbekcha nashri esa 2010-yilda amalga oshirilgan.

REFERENCES

1. Гияс ад-Дин Aли. Дневник похода Тимyра в Индию / Пер. с перс., предисл. и примеч. A.A. Семенова. - M.: Наука, 1958. - с. 6-7

2. Ostonov J.D. Muarrixlar va sayyohlar Amir Temur haqida//O'zbekistonda ilmiy-amaliy tadqiqotlar mavzusidagi konferensiya materiallari. - Toshken, 2020 - 12-bet

3. Sharafiddin Ali Yazdiy, Zafarnoma. - Toshkent:Sharq nashriyot matbaa konsernining bosh tahririyati, 1997 - 3-bet

4. Низомиддин Шомий. Зафарнома / Форс тилидан угирувчи Юнусхон Х,акимжонов. -Тошкент: Узбекистон, 1996. - 527 б.

5. Шарафиддин Aли Яздий. Зафарнома (Мовароуннахр вокеалари 1360-1370) / Масьул мухдррир, сузбоши муаллифи ва нашрга тайёрловчи A.Уринбоев. Таржимон О.Буриев. - Тошкент: Камалак, 1994. - 288 б.; Шарафиддин Aли Яздий. Зафарнома / Сузбоши, табдил, изох,лар ва курсаткичлар муаллифлари Aшраф Ax,мад, Х,айдарбек Бобобеков. -Тошкент: Шарк, 1997. - 384 б.

6. M. E. Subtelny, "A Medieval Persian Agricultural Manual in Context: The Irshädal-zirä a in Late Timurid and Early Safavid Khorasan," - Stud. Iran 22/2, 1993 - p. 175.

7. Клавихо Руи Гонсалес де. Самаркандга^мир Темур сайройига саёхдт кундалиги (14031406 йиллар).-Тошкент: Узбекистон, 2010.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.