Научная статья на тему 'NIZOMIDDIN SHOMIY “ZAFARNOMA” ASARINING ILMIY TAHLILI VA TARIXIY AHAMIYATI'

NIZOMIDDIN SHOMIY “ZAFARNOMA” ASARINING ILMIY TAHLILI VA TARIXIY AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
14
17
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Zafarnoma / Nizomiddin Shomiy / Amir Temur / diplomatik siyosat / o`rta asrlar / manbaa.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Mohinur Habibullayeva Umidjon Qizi

Ushbu asar buyuk mohir hukmdor va sarkarda Amir Temurning hayoti hamda faoliyatini tasvirlashda muhim manba sifatida tan olingan. Asar oʻz zamonining ijtimoiy-siyosiy, madaniy va harbiy hayotini oʻrganishda ulkan ahamiyatga ega. Bu maqolada "Zafarnoma" asarining mazmuni, uslubi va tarixiy ahamiyati tahlil qilinadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «NIZOMIDDIN SHOMIY “ZAFARNOMA” ASARINING ILMIY TAHLILI VA TARIXIY AHAMIYATI»

NIZOMIDDIN SHOMIY "ZAFARNOMA" ASARININGILMIY TAHLILI VA

TARIXIY AHAMIYATI

Mohinur Habibullayeva Umidjon qizi

Andijon Davlat Pedagogika Instituti Ijtimoiy gumanitar fanlar va sanat fakulteti

Tarix yo'nalishi 3-bosqich talabasi mhabibullayeva008@gmail .com

Annotatsiya: Ushbu asar buyuk mohir hukmdor va sarkarda Amir Temurning hayoti hamda faoliyatini tasvirlashda muhim manba sifatida tan olingan. Asar o'z zamonining ijtimoiy-siyosiy, madaniy va harbiy hayotini o'rganishda ulkan ahamiyatga ega. Bu maqolada "Zafarnoma" asarining mazmuni, uslubi va tarixiy ahamiyati tahlil qilinadi.

Kalit so'zlar: Zafarnoma, Nizomiddin Shomiy, Amir Temur, diplomatik siyosat, o'rta asrlar, manbaa.

Аннотация: Данная работа признана важным источником для описания жизни и деятельности великого правителя и полководца Амира Темура. Работа имеет большое значение в изучении общественно-политической, культурной и военной жизни своего времени. В данной статье анализируется содержание, стиль и историческое значение произведения «Зафарнома».

Ключевые слова: Зафарнама, Низамиддин Шами, Амир Темур, дипломатическая политика, средневековье, источник.

Annotation: This work is recognized as an important source for describing the life and activities of the great ruler and general Amir Temur. The work is of great importance in studying the socio-political, cultural and military life of its time. This article analyzes the content, style and historical significance of the work "Zafarnoma".

Keywords: Zafarnama, Nizamiddin Shami, Amir Temur, diplomatic policy, middle ages, resource.

Kirish

O'rta asrlar Sharq adabiyotida tarixiy mavzuda yozilgan asarlar orasida Nizomiddin Shomiyning "Zafarnoma" asari alohida o'rin tutadi. Ular nafaqat o'z davrining voqealari va shaxslarini yoritgan, balki zamonaviy tarixshunoslik va adabiyotshunoslik uchun qimmatli ilmiy manbaga aylangan. Nizomiddin Shomiyning "Zafarnoma" asari shunday durdona asarlardan biri bo'lib, Amir Temur faoliyatini ulug'lash maqsadida yozilgan, ammo uning ilmiy va tarixiy qiymati bundan ham chuqurroqdir. Ushbu maqolada asarning yaratilish jarayoni, mazmuni, adabiy va tarixiy ahamiyati keng yoritilib, uning ilmiy tadqiqotlardagi o'rni ko'rib chiqiladi.

40

Nizomiddin Shomiy haqida

Nizomiddin Shomiy (taxminan 1360-yillar - taxminan 1412-yil) Temuriylar davrining mashhur tarixchisi va olimidir. U O'rta Osiyo, Yaqin va O'rta Sharq xalqlarining XIV asrdagi hayoti haqida muhim ma'lumotlar yozib qoldirgan. Shomiy asosan "Zafarnoma" nomli asari bilan tanilgan, bu asar Amir Temur va uning yurishlari haqida yozilgan tarixiy bir manbadir. Nizomiddin Shomiyning hayoti haqida aniq ma'lumotlar mavjud emas. U Tabriz yaqinidagi Shanbi G'ozonida tug'ilgan deb taxmin qilinadi. Shomiy, Amir Temur tomonidan yozishga undalgan "Zafarnoma" asarini 1401-1404 yillarda yaratgan. Ushbu asar Amir Temurning hayotiga bag'ishlangan bo'lib, uning yurishlari va davlat boshqaruvi haqida batafsil ma'lumotlarni o'z ichiga oladi. Nizomiddin Shomiyning "Zafarnoma"si nafaqat o'z zamonida, balki keyingi avlodlar uchun ham muhim manba bo'lib qolgan. U ko'plab tarixchilar tomonidan o'rganilib, boshqa asarlarda ham qayd etilgan. Shomiy ijodi, Amir Temur haqidagi boshqa biografik asarlarga ham ta'sir ko'rsatgan. Nizomiddin Shomiy O'rta Osiyo tarixining muhim shaxslaridan biri bo'lib, uning asarlari bugungi kunda ham ilm-fan va tarixshunoslikda katta ahamiyatga ega.

Nizomiddin Shomiy XIV asr oxiri va XV asr boshlarida yashagan o'z davrining taniqli tarixchilaridan biridir. Fors tilida ijod qilgan muallif Amir Temurga yaqin bo'lgan shaxs sifatida tanilgan. U Temuriylar saroyida xizmat qilgan va hukmdorning farmoni bilan "Zafarnoma" asarini yozishni boshlagan. Shomiy nafaqat voqealar kuzatuvchisi, balki ular ishtirokchisi sifatida tarixiy ma'lumotlarni batafsil yoritib bergan. "Zafarnoma" Amir Temurning o'zi tomonidan yaratilgan bo'lib, u Temur davridagi siyosiy va harbiy yutuqlar haqida ma'lumot beruvchi o'ziga xos asosiy manba hisoblanadi. Asarda Temur tomonidan qo'llanilgan turli yurishlar, janglar va ma'muriy strategiyalar batafsil bayon etilgan. Bu uning hukmronligining ham buyukligini, ham murakkabligini aks ettiradi. Bu davrdan fors tilida yozilgan sanoqli hikoyalardan biri sifatida Markaziy Osiyo tarixi va Temuriylar sulolasini o'rganuvchi tarixchilar uchun katta ahamiyatga ega. Nizomiddin Shomiyning "Zafarnoma"si nafaqat tarixiy hujjat, balki mintaqadagi keyingi tarixiy bitiklarga ham ta'sir ko'rsatgan adabiy asardir. Undagi hikoya va tarixiy tahlilning uyg'unligi Amir Temurning O'rta Osiyo va undan tashqaridagi ta'sirini har tomonlama ko'rish imkonini beradi. Shomiyning tarixiy metodologiyasi o'z davriga nisbatan ancha ilg'or edi, u voqealarni aniq sanalar va tafsilotlar bilan qayd etib, o'sha davrning siyosiy-sotsial sharoitlarini qamrab olgan.

"Zafarnoma" asarining yaratilishi

"Zafarnoma" Amir Temurning farmoni bilan yozilgan bo'lib, asosan, uning shaxsiy hayoti va harbiy yurishlarini tasvirlashga qaratilgan. Shomiy bu asarni 14011404 yillar oralig'ida, Amir Temur, uning bevosita topshirig'i asosida yozilgan. "Zafarnoma" asari ikki qismga bo'lingan: birinchi qismi "Muqaddima" deb nomlanadi

va Temurdan keyingi davrni yoritadi, undan keyingi qismi esa Amir Temur davriga bag'ishlangan.

1. Amir Temurning shaxsiy hayoti va siyosiy faoliyati:

Ushbu qismda Amir Temurning tug'ilishi, yoshlik davri, hokimiyatga kelish jarayonlari va uning davlat arbobi sifatidagi faoliyati yoritilgan. Temurning siyosiy qarashlari va maqsadlari muallif tomonidan buyuk davlat arbobi sifatida ko'rsatilgan. Asarda uning kurash maydonga chiqishi, Movaunnahrda kelgan siyosiy vaziyat, va boshqa bekliklar ustidan olib borganlari haqida ma'lumot beriladi.

2. Harbiy yurishlari va davlatning mustahkamlanishi:

Bu qismda Temurning dunyoning turli hududlariga qilgan yurishlari, jang strategiyalari va diplomatik siyosati tasvirlanadi. Muallif uning har bir yurishini sharaf va muvaffaqiyat bilan tugatgan sarkarda sifatida ulug'laydi. Asar Amir Temurning Movaunnahrni boshqarish jarayonidagi harakatlarini, uning Hindistonga yurishlari kabi muhim voqealarni o'z ichiga oladi, asar boshqa boshqa kompaniyalar bilan aloqalar, diplomatiya va savdo aloqalari ham yoritilgan.

Tarixiy ahamiyati

"Zafarnoma" XIV-XV asr Markaziy Osiyo tarixini o'rganishda birlamchi manbalardan biri hisoblanadi. Shomiy o'z davrining bevosita guvohi sifatida voqealarni tafsilotlari bilan qayd etgan. Asar, Amir Temurning yurishlari, siyosiy kurashlari va davlatni boshqarish jarayonlarini hujjatlashtirish uchun rasmiylashtirish. Bu tarixiy voqealar va shaxslar haqida aniq ma'lumot to'plangan. Sohibqiron Amir Temurning hayotligida bevosita uning topshirig'i asosida Nizomiddin Shomiy tomonidan yozishga kirishilgan (1401-02). 1404 yil bahorigacha asar yozib tamomlangan va Ozarbayjonda yetti yillik yurishdan Samarqandga qaytayotgan Amir Temurga taqdim etilgan. Bundan keyingi Sohibqiron vafotigacha kechgan voqealar keyinroq Hofizi Abru tomonidan yozib ilova qilingan. "Zafarnoma"ni yozishda Amir Temurning munshiy va kotiblari ham nazm, ham nasrda forsiy va turkiy tillarda yozgan ma'lumotlar, muallifning 1400— 04 yillar davomida Sohibqiron yurishlarida bo'lib, o'zi ko'rgan-bilganlari, Hindiston yurishi voqealari qismining bayoni uchun G'iyosiddin Alining "Ro'znomai g'azavoti Hindiston" (Hindistonga yurish kundaligi") asari asosiy manba bo'lib xizmat qilgan. "Zafarnoma" tarixiy asar sifatida 14— 15 asr boshida Amir Temur va Temuriylar hukmronligi davridagi O'rta Osiyo, Oltin O'rda xonligi, Ozarbayjon, Eron, Afg'oniston, Iroq, Suriya, Misr, Turkiya va boshqa mamlakatlar tarixiga oid voqealarni o'z ichiga olgan. Asar muqaddimasida Amir Temur tarix sahnasiga chiqqan 1360 yilga qadar O'rta Osiyoda hukmronlik qilgan chingiziy hukmdorlar haqida qisqa ma'lumot berilgan. So'ngra Amir Temurning 14 asrning ikkinchi yarmi va 15 asrning boshida qilgan yurishlarining batafsil bayoni keltirilgan. "Zafarnoma" o'zida jamlangan tarixiy ma'lumotlarning

ishonchliligi bilan 15—16 asrlardanoq bir qancha asarlar uchun bosh manba bo'ldi. "Zafarnoma"ning faqat 2 qo'lyozma nusxasigina saqlanib qolgan.

Asar Amir Temurni nafaqat buyuk sarkarda, balki adolatli va donishmand davlat arbobi sifatida taqdim etadi. "Zafarnoma" Amir Temur hayotligida, uning bevosita buyrug'i asosida yozilgan. Temur o'zining harbiy yurishlari va tiklanish yorituvchi ishonchli manbani maqsad qilgan.

Asarda Amir Temurning Hindiston, Xitoy, Eron, Iroq, va Oltin O'rda kabi davlatlar bilan olib borgan siyosati haqida qimmatli ma'lumotlar bor.

"Zafarnoma" faqat tarixiy emas, balki madaniy va adabiy yodgorlik sifatida ham o'z ahamiyatini saqlab qolgan.

Ilmiy tadqiqotlar

"Zafarnoma" asari ko'plab sharqshunoslar va tarixchilar tomonidan o'rganilgan. "Zafarnoma"ning ilmiy tadqiqotlari ko'p jihatdan uning tarixiy ahamiyatini va ishonchliligini tasdiqlaydi. Asar XV-XVI asrlarda boshqa ko'plab tarixiy asarlar uchun asosiy manba sifatida xizmat qilgan14. Masalan, Feliks Tauer tomonidan "Zafarnoma" nusxalari Hofizi Abruning "Zubdat attavorixi Boysung'uriy" asari bilan solishtirib tadqiq etilgan.

V.V. Bartold "Zafarnoma"ni o'z zamonasining eng ishonchli manbasi deb atagan va uning tarixiy qiymatini yuqori baholagan.

G. Brovne ushbu asarni fors adabiyotining yorqin namunasi sifatida ko'rib chiqib, uni Amir Temur siymosini o'rganish uchun asosiy manbalardan biri deb atagan.

"Zafarnoma" asarining o'zbek tiliga tarjimasi bir necha bor amalga oshirilgan. XVI asr boshlarida Muhammad Ali ibn Darvesh Ali Buxoriy tomonidan qisqartirilgan tarjima, 1822-1823 yillarda esa Xudoyberdi ibn Qo'shmuhammad So'fi al-Xivoqiy tomonidan qisqartirib tarjima qilingan. 1996 yilda esa O'zbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti tomonidan to'liq ilmiy izohli tarjimasi tayyorlandi. Mahalliy olimlardan biri bo'lmish T. Niyozmetov "Zafarnoma"ning O'zbekiston tarixidagi o'rni haqida ilmiy maqolalar yozib, uning tarixiy qiymatini yoritgan. "Zafarnoma" o'zida jamlangan tarixiy ma'lumotlarning ishonchliligi bilan XV-XVI asrlardanoq bir qancha asarlar uchun bosh manba bo'ldi. "Zafarnoma"ning faqat 2 qo'lyozma nusxasigina saqlanib qolgan. Birinchisi, Amir Temurga taqdim etilgan qo'lyozmaning 1425 yilda ko'chirilgan nusxasi bo'lib, u Istanbuldagi "Nuri Usmoniya" masjidi kutubxonasida saqlanadi (№ 3367). Ikkinchisi, muallif tomonidan Amir Temurning nabirasi Mirzo Umar Bahodir ibn Mironshohga taqdim etilgan qo'lyozmadan 1434 yil ko'chirilgan nusxa bo'lib, u Londondagi "Britaniya muzeyi" kutubxonasida saqlanadi (№ 23980). Matnshunos Chex olimi Feliks Tauer "Zafarnoma" nusxalarini Amir Temur tarixidan hikoya qiluvchi boshqa bir muhim manba — Hofizi Abruning "Zubdat attavorixi Boysung'uriy" ("Boysung'urga

atalgan tarixlar sarasi") nomli asari bilan solishtirib tadqiq etish asosida uning ilmiy-tanqidiy matnini ikki jildda nashr etdi (Praga, 1937 va 1956 yillar). Unga Hofizi Abru yozgan "Ilova" ham kirgan. Ushbu nashr asosida "Zafarnoma" qisqartirilgan shaklda turk tiliga (Anqara, 1940); so'z boshi, ko'rsatkichlar va ilmiy izoxlar bilan o'zbek tiliga (Toshkent, 1996, tuzuvchi — O. Bo'riyev), o'girilib nashr etildi. Ad.: Nizomiddin Shomiy, Zafarnoma [fors tilidan o'giruvchi Yunusxon Hakimjonov, tarjimani qayta ishlab nashrga tayyorlovchi va mas'ul muharrir A. Urinboev, izohlar va lug'atlarni tuzuvchi H. Karomatov], T., 1996. Asomiddin O'rinboyev.1[1O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi]

"Zafarnoma" asarining o'zbek tilida nashr etilishi uning tarixiy va madaniy ahamiyatini oshirish maqsadida amalga oshirilgan. Bu asar nafaqat tarixiy ma'lumotlarni taqdim etadi, balki o'zbek xalqining madaniy merosini ham kengaytiradi.

Xulosa

Xulosa qilib shuni aytish kerakki, Nizomiddin Shomiyning "Zafarnoma" asari Amir Temur va Temuriylar davri tarixi bo'yicha eng muhim va ishonchli manbalardan biri hisoblanadi. Ushbu asar, o'zining mazmuni va ilmiy xususiyatlari bilan, nafaqat Temuriylar davrining siyosiy va harbiy jarayonlarini yoritib bergan, balki o'sha davr ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayotini mukammal tasvirlagan. Asar muallifi voqealarning bevosita guvohi bo'lgani bois, ularning bayonida xolislik va aniqlikni saqlagan. "Zafarnoma" o'sha davr tarixiy sharoitlarini chuqur anglash uchun muhim ma'lumotlar manbaidir. Unda Amir Temurning harbiy yurishlari, davlat boshqaruvi, diplomatik faoliyati va ma'naviy merosi tafsilotlari bilan tasvirlangan. Bu jihat asarni nafaqat tarixshunoslik, balki madaniyatshunoslik va siyosatshunoslik uchun ham ahamiyatli qiladi. Bundan tashqari, Shomiyning tarixiy shaxslar xarakterini tasvirlashda o'ziga xos uslubi va voqealarni batafsil yoritish mahorati asarni ilmiy-nazariy jihatdan yanada qimmatlidir. Asarning tarixiy ahamiyati uning mazmunining ko'p qirraliligida namoyon bo'ladi. Asarda keltirilgan ma'lumotlar o'rta asrlar geografiyasi, harbiy strategiyalari, xalqaro munosabatlar va madaniy hayot haqida qimmatli ma'lumotlar beradi. Shuningdek, asarning badiiy xususiyatlari va o'z davri tarixiy an'analari bilan uyg'unligi uni adabiyotshunoslik nuqtai nazaridan ham alohida o'ringa ega qiladi. Shu sababli, Nizomiddin Shomiyning "Zafarnoma" asari Temuriylar davri tarixini o'rganishda asosiy ilmiy manbalardan biri bo'lib, o'z mazmuni bilan nafaqat o'rta asrlar Sharq tarixshunosligi rivojiga hissa qo'shgan, balki zamonaviy tarix ilmi uchun ham dolzarb ahamiyatini saqlab kelmoqda. Asar chuqur ilmiy tadqiqotlar uchun mustahkam asos bo'lib xizmat qiladi va o'rta asr tarixining murakkab jarayonlarini o'rganishda hal qiluvchi rol o'ynaydi.

Kelajakda "Zafarnoma"ni ko'proq chuqurlikda o'rganish va uni yangi arxeologik va tarixiy tadqiqotlar bilan solishtirish orqali Amir Temur davri haqida yanada aniqroq ma'lumotlarga ega bo'lishimiz mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Shomiy, Nizomiddin. Zafarnoma. - Toshkent: Fan, 1996.

2. Bartold, V.V. Turkiston o'rta asrlarda. - Toshkent: Sharq, 2002.

3. G'afurov, B. O'rta Osiyo xalqlari tarixi. - Toshkent: O'zbekiston, 1998.

4. Abdurahmonov, Q. Amir Temur va uning davri. - Toshkent: O'zbekiston, 1996.

5. O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

6. Temuriylar davri madaniyati va adabiyoti. - Toshkent: Fan, 1997.

7. Boymatov,T. Temur va Temuriylar tarixshunosligi. - Samarqand: Samarqand universiteti nashriyoti, 2005.

8. Ravshanov,F. O'rta asrlar Sharq tarixshunosligi. - Toshkent: Yangi asr avlodi, 2004.

9. Yusupova, S. N., & Karimov, X. U. (2024). TEMURIYLAR RENESSANSI VA UNING JAHON MADANIYATI RIVOJIDAGI O 'RNI. Science and innovation, 3(Special Issue 3), 95-98.

10. Alisher o'gli, Q. A. (2024). AMIR TEMUR DIPLOMATIYASI. BIOLOGIYA VA KIMYO FANLARI ILMIY JURNALI, 2(2), 39-47.

11. Mahkamov, M. M. M., & Qodirov, A. (2024). 4K MODELI ORQALI TARIX TALIMIDA ZAMONAVIY STRATEGIYALARNI QAMRAB OLISH. Universal xalqaro ilmiy jurnal, 1(4), 298-300.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.