Научная статья на тему 'TEXNIKA FANLARINI O‘QITISHDA IXTIROCHILIK MUAMMOLARINI HAL QILISH NAZARIYASI TEXNOLOGIYASIDAN FOYDALANISH'

TEXNIKA FANLARINI O‘QITISHDA IXTIROCHILIK MUAMMOLARINI HAL QILISH NAZARIYASI TEXNOLOGIYASIDAN FOYDALANISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
5
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
TRIZ / o‘qitish usuli / ilova / kommunikatsiya / uzatmalar qutisi / uzatmalar pog‘onasi / g‘ildirak. / TRIZ / teaching method / application / communication / transmission / gear / wheel.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Raxmonkulov Raimqul, Toshtemirov Umarali To‘Lqin O‘G‘Li

Maqolada texnik yo‘nalishda ta’lim olayotgan talabalarga mavzuni tushuntirishda zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda mashg‘ulot olib borishga bag‘ishlangan bo‘lib, unda ixtirochilik muammolarini hal qilish nazariyasi TRIZ (теория решения изобретательских задач) texnologiyasini qo‘llash keltirib o‘tiladi. Bu texnologiyani qo‘llashda muallif o‘zi tuzgan ilovalar misolida texnologiya mohiyatini ochishga harakat qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

USE OF INVENTIVE PROBLEM SOLVING THEORY TECHNOLOGY IN TEACHING TECHNICAL SCIENCES

The article is devoted to teaching technical students the use of modern technologies when explaining topics, and also mentions the use of TRIZ technology (the theory of inventive problem solving) to solve inventive problems. When applying this technology, the author tried to reveal the essence of the technology using examples of applications he created.

Текст научной работы на тему «TEXNIKA FANLARINI O‘QITISHDA IXTIROCHILIK MUAMMOLARINI HAL QILISH NAZARIYASI TEXNOLOGIYASIDAN FOYDALANISH»

UDK 699.84

TEXNIKA FANLARINI O'QITISHDA IXTIROCHILIK MUAMMOLARINI HAL QILISH NAZARIYASI TEXNOLOGIYASIDAN FOYDALANISH

Raxmonkulov Raimqul

I.Karimov nomidagi TATU Olmaliq filiali «Energetika va mashinasozlik» fakulteti Mashinasozlik texnologiyalari kafedrasi dotsenti, fizika-matematika fanlari nomzodi. Olmaliq. O'zbekiston raimqul.raxmonqulov@,vandex.ra

Toshtemirov Umarali To'lqin o'g'li I.Karimov nomidagi TATU Olmaliq filiali «Konchilik ishi» fakulteti Konchilik ishi kafedrasi dotsenti, texnika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD). Olmaliq. O'zbekiston toshtemirov.umarali@mail.ru

Annotatsiya. Maqolada texnik yo'nalishda ta'lim olayotgan talabalarga mavzuni tushuntirishda zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda mashg'ulot olib borishga bag'ishlangan bo'lib, unda ixtirochilik muammolarini hal qilish nazariyasi TRIZ (теория решения изобретательских задач) texnologiyasini qo'llash keltirib o'tiladi. Bu texnologiyani qo'llashda muallif o'zi tuzgan ilovalar misolida texnologiya mohiyatini ochishga harakat qilingan.

Аннотация. Статья посвящена обучению студентов, обучающихся по техническому направлению, использованию современных технологий при объяснении темы, а также упоминается использование технологии ТРИЗ (теории решения изобретательских задач) для решения изобретательских задач. При применении данной технологии автор постарался раскрыть суть технологии на примерах созданных им приложений.

Annotation. The article is devoted to teaching technical students the use of modern technologies when explaining topics, and also mentions the use of TRIZ technology (the theory of inventive problem solving) to solve inventive problems. When applying this technology, the author tried to reveal the essence of the technology using examples of applications he created.

Ключевые слова: ТРИЗ, метод обучения, применение, коммуникация, передача, шестерня, колесо.

Kalit so'zlar: TRIZ, o'qitish usuli, ilova, kommunikatsiya, uzatmalar qutisi, uzatmalar pog'onasi, g'ildirak.

Keywords: TRIZ, teaching method, application, communication, transmission, gear,

wheel.

Kirish. Hozirgi kunda korxonalar, zamonaviy texnologiyalarning eng yangi yutuqlaridan foydalanmasdan ish qila olmaydilar. Shulardan biri texnik soha bo'lib, bu nafaqat individual va balki butun jamiyat hayotining barcha sohalarini ajralmas qismiga aylandi.

Bunda texnik soha mutaxassislari, ilmiy-texnik taraqqiyotni ilgari surishda - moddiy-texnik bazalarni ishlab chiqarish, ilmiy-texnik bilimlar, yangi texnologiyalar va texnikalar, shuningdek, tashkiliy va boshqaruv, ilmiy texnik va pedagogik rivojlanishni ta'minlaydigan g'oyalar ishlab chiqishda faol ishtirok etmoqda.

Zamonaviy o'qitish taxnologiyasi muammosi, mintaqadagi zamonaviy tadqiqotchilarni, pedagoglarni tashvishga solmoqda. Masalan, M.V. Polevaya o'z ishida, klassik va interaktiv o'qitish metodologiyasining bilimga ta'siri, talabalar tomonidan tayyorlangan o'quv materiallari, shuningdek, oxirgi "klassik" o'qitish metodikasi, hozirgi zamon talabalariga mos kelmasligini keltiradi 1.

V.V. Goyevaning ilmiy maqolasida hozirgi kunda eng keng tarqalgan darslarni o'tkazish shakllari faol va interaktiv usullarni muhokama qilinadi. Mualliflar faol va interaktiv usullarni joriy etish kerak degan xulosaga kelishdi. Bu o'quv jarayonining monitoring muammosini hal qilish imkonini beradi, shuningdek umuman olganda o'rganish samaradorligini oshiradi 2.

Muammoni shakllantirish. Zamonaviy o'qitish taxnologiysiga asoslangan ta'lim berish usulidan biri TRIZdir. TRIZ ta'lim berishni bir usuli bo'lib u turli muammolarni hal qilish va tizimlarni takomillashtirish uchun mo'ljallangan texnikalar to'plami hisoblanadi. Uning asosiy farqi ijodiy yondashuvning faol ishtirokidir. Aslida, bugungi kunda TRIZ ijodkorlikni, o'qitishning yagona tizimli nazariyasi sifatida ishlaydi.

TRIZ ta'lim berishda aqliy hujum usuli, sinektika (ob'yektlar va hodisalarda o'xshashlikni taqqoslash va topish), morfologik tahlil (barcha mumkin bo'lgan yechimlarni aniqlash), fokal ob'yektlar usuli (turli ob'yektlar bilan assotsiativ aloqalarni o'rnatish) va boshqalar. Bunda professor o'qituvchi tinglovchilar oldiga qo'yilgan maqsadni ideal yakuniy natijani shakllantirishi, uni hal qilish uchun qanday resurslardan foydalanish mumkinligini aniqlab berishi mumkin. Yechim usullaridan birini hal qilish usullaridan mukammali ekanligini ko'rsatib beradi. Natijani tahlil qilil qilishda tinglovchilar asosiy hisoblanadi.

TRIZ usulida nima muhim deb hisoblanadi? TRIZning asosiy vositalari texnik va jismoniy qarama-qarshilik, ideal yakuniy natija, taxminan 1990-yillardan boshlab TRIZ usullari nafaqat texnologiyada, balki inson faoliyatining boshqa sohalarida ham qo'llanilgan. Xususan: biznes, axborot tizimlari, san'atva boshqalar.

Masofadan Oars parayonida

o qit ih uchun —I-binlsyetian

Amatiwi

tajnbaa nr-a ari

m&beynide

me'riiis mater iallanga

■nikgniY^tining t l.shi

/

asosiy voiilalardonbii

SifatKle iMbNilmtl

o quv

talir-of iyho^ia nama-yiEh qiriE)11

\

I

O'q \iy matcrialta-i ma'lunnotlar ttazajkiitazlrar ravishda c'laartinrsh

Mashqiulot-iarayomda-

zaiuouaviy axborot ■ teKnologiyalaridan-keng ■ foydalatiilganda quy idagi -iinkcmiyatlari paydo ■ boladi:!"

Tinjlovchilami o'tlftshtifish dara;asin:ng vuqori bo'lshi

1

N

Minie'

iüiti'tl C')L1

t'Af

, ft'' II ¡1 bt'jrr

QKJT

Teviiva qilirtaari □'quv

material aridan tmmtv iy H fid 3 fioyda [an 15J1. Va'ni tarmoq It-K no I S£ r-, a tri Virdanndi bif yok 1 birnechita audita nvadavs jufUti lands foydalanish imkoniyatining . .".avjutHiJi _

AmaUy valajriba flnBslis'ulollafini

faqatshu mavzuga talluQli ilovalonJan fovdalsnish

Yuqorida zamonaviy informatsion kommunikatsiya vositalarida dars o'tish haqidagi fikr keltirildi.

Muammoni yechimi. Taqdimot (ma'lumotni taqdim etish usuli) - taqdimot ob'yekti to'g'risida kerakli ma'lumotlarni qabul qiluvchiga qulay shaklda yetkazish imkonini beradigan axborot yoki reklama vositasidir. O'quv taqdimotlari - bu kompyuter dasturlari (masalan, Microsoft PowerPoint, Apple Keynote) va veb-xizmatlar (Prezi, Google taqdimotlari va boshqalar) yordamida ma'lumotlarni taqdim etishning qulay va samarali usuli.

Ushbu maqolada TRIZ usulida oliy ta'lim talabalariga texnik yo'nalishdagi fanlardan mashg'ulot o'rgatishda, dasturlar(ilovalar)dan foydalanish keltiriladi. Misol tariqasida "Texnik mexanika" fani bo'limi bo'lgan -"Mashina detallar uzatmalar qutisi" mavzusida mashg'ulot o'tkazishda faqat shu mavzuga bag'ishlangan ilovalardan foydalanish keltirib o'tiladi. Ma'lum-ki, bu mashg'ulotda asosan uzatishlar soni, uzatmalarga vallardagi kirish va chiqishdagi burchak tezliklar hamda kirish va chiqishdagi quvvatni tushuntirish asosiy vazifa ekanligi ravshan.

Isbot. Muallif tomonidan tuzilgan ushbu mavzuga bag'ishlangan ilovani ishlash ekran skrinshoti 1a,b shaklda keltirib o'tiladi. Shakldan ko'rinib turadi-ki, bu mashg'ulot paytida TRIZ usulini amalda qo'llash mashg'ulotni yanada tushunarli bo'lishiga olib keladi. Bunda professor o'qituvchi yetarli darajada yechimlari aniq bo'lgan muammoli vaziyatlarni keltirishi mumkin. Masalan:

a) Qurilmani harakatga keltiruvchi elektrodvigatel aylanishlar soni pasaytirilganda uzatishlar soni qanchaga pasayadi va uning asosiy ko'rsatkichini qaysi parametr belgilaydi. (Bu muammoni javoblari yetarli darajada ko'pligidan ular ichidan optimal yechim topish muhim);

b) Agar chiqishdagi quvvat va aylanishlar soni ma'lum bo'lsa, tanlanadigan elektrodvigatel qurilmasi quvvati va uni vali aylanish tezligini optimal quvvatini tanlash usuli qanday;

c) Uzatmalar qutisidagi g'ildiraklar diametrini tanlashda asosiy talabni eng arzon usuli qaysi - qo'lda yasalganini yoki GOST bo'yicha tayyori-mi:

d) Uzatmalar pog'onasini ko'paytirish nimalani qayta ko'rib chiqishga sabab bo'ladi

v.h.k.

a) Ko'p pog'onali reduktordagi aylanishlar sonini pasaytirish

b) Ko'p pog'onali reduktordagi aylanishlar sonini pasaytirishda pog'onalar sonini ahamiyati.

1-rasm. Ko'p pog'onali reduktorlani ishlash holatlarini tushuntirishga bag'ishlangan

ilovani ishlash ekran skrinshoti.

2-rasm. Muallif tomonidan tuzilgan chervyakli uzatmalar mavzusini tushuntirish dasturi

ekran skrinshoti

Yana bir misolni keltirib o'tamiz. Mashina detallari fanidagi chervyakli uzatmalar mavzusiga tuzilgan dastur ekran skrinshoti 2-rasmda keltiriladi. Ma'lumki, bu mavzu uchun ko'rgazmali qurollar oliy dargohda bo'lishi mumkin. Lekin bu faqat ko'rgazmadagi g'ildirak va chervyak tishlarini sanash, yoki ularni ko'rishdan boshqa holatni kuzatish mumkin xolos. Agar shu mavzuga mos ilova (yuklanuvch dastur) yordamida mashg'ulot olib borilsa ko'plab savollar mashg'ulot paytida hosil qilinib, uni yechimi topilishi mumkin bo'ladi.

Biz bu yerda skrinshotda ko'rinayotgan parametrlar nimani bildirishi ustida to'xtalib o'tirmadik. Chunki bu bizning asosiy maqsadimiz emas. Skrinshotdan foydalanib professor -o'qitivchi quyidagicha savollarni o'rtaga tashlanishi mumkin.

a) Chervyakda kirimlar soni ko'paytirilsa nima o'zgaradi?

b) Chervyak burchak tezligi o'zgartirilsa nimalar o'zgaradi?

c) Chervyak g'ildirakni geometrik o'lchamlarini o'zgartirish qaysi prametrlaarni o'zgarishiga olib keladi?

Shuni alohida ta'kidlash kerak-ki, yuqorida keltirilgan dasturlar yuklanuvchi bo'lib, u operatsion tizimga bog'liq emas.

Hozirda elektron dastur turlari:

- Translyator;

- Interpretator

bo'lganligidan, interpretator turidagilar interpretatsion paket mavjud bo'lsagina ishga tushadi. Translyator esa to'g'ridan to'g'ri ishga tushishi bilan farqlanadi.

Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkin-ki, texnik yo'nalishda tahsil olayotgan talabalarga mashg'ulot, ayniqsa ma'ruza mashg'ulotlari olib borilayotganda ma'ruzachini vaqti ko'p ketmasligi va uni ma'ruzasi tushunarli chiqishi uchun har bir mashg'ulot uchun o'ziga xos va mos kichik yuklanuvchi ilovalar yozilishi maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz. Buning uchun ko'p vaqt talab qilinmaydi va siz yozgan dasturiy ta'minot strukturasini o'zgartirish qiyin emas. Buning uchu dasturlash tillarida Pascal, C++, Delphi larni keltirish mumkin. Har bir professor o'qituvchi bu tillarda dasturlashni bilmasliklari mumkin. Bunday holda oliy ta'limda bilim olayotgan talabalar yordamida bunday ishlarni bajarishlari mumkin deb hsoblashga asos bor.

Bundan tashqari ma'ruza paytida interpretatorlardan foydalanish ularni yuklash va ulardan foydalanishni boshlash va eng asosiysi muammoli vaziyat hosil qilishdagi natijani olishga vaqni ko'p sarf bo'lishini oldini olishdir. Shu sabablarga ko'ra biz faqat translyatorlardan foydalanish zamon talabidir.

ADABIYOTLAR

1. Полевая М.В. Современный преподаватель: взгляд на студентов и методики преподавания в вузе / М.В. Полевая // Гуманитарные науки. Вестник Финансового университета. - 2015. - № 3 (19). - С. 83-90.

2. Гоева В.В. Использование активных и интерактивных методов обучения при изучении технических дисциплин в вузах / В.В. Гоева // Карельский научный журнал. -2016. - № 2 (15). - С. 11-15.

3. R. Raxmonqulov., L.E Yakubov., A.A Yusupov. Uzatmalar qutisi g'ildirak-larining diametralini visual loyihalash dasturi. O'zbekiston Respublikasi ning electron hisoblash mashinalari uchu ndavlat reyestrida 13.12.2023 y. ro'yxatdan o'tkazilgan. DGU - №31072.

4. R. Raxmonqulov. Об одной задачи составление алгоритма программ для сщздания проблемной ситуации в учебном процессе. Infakt fktor 1.956 EUROPEAN JORNAL vol. 13 march 2023 page 171-177

5. Yormatov, O. S., & Toshtemirov, U. T. (2023). THE SCIENTIFIC BACKGROUND OF METHODS FOR INCREASING SUSTAINABILITY UNDERGROUND MINING WITH THE USE OF ANCHORING. Yangi O'zbekistonda Tabiiy va Ijtimoiy-gumanitar fanlar respublika ilmiy amaliy konferensiyasi, 1(5), 15-18.

6. Рахмонкулов, Р. (2023). ОБУЧЕНИЕ СТАТИКИ ПРЕДМЕТА «ТЕОРЕТИЧЕСКОЙ МЕХАНИКИ» МЕТОДОМ СОЗДАНИЕ ПРОБЛЕМНОЙ СИТУАЦИИ. ARXITEKTURA, MUHANDISLIK VA ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALAR JURNALI, 2(11), 24-31.

7. Nishonov, A. I., & Toshtemirov, U. T. (2023). STUDY OF THE GRAPH ANALYTIC METHOD OF DETERMINING THE WORKING MODE OF A PUMP DEVICE FOR REDUCING THE MINE FROM GROUNDWATER. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 11(2), 181-183.

8. Shamayev, M. K., Toshtemirov, U. T., Alimov, S. M., Melnikova, T. E., Berdiyeva, D. K., & Ismatullayev, N. A. (2022). Determination of the Installation Density of Anchors in the

Walls of a Working with a Quadrangular Cross Section. Child Studies in Asia-Pacific Contexts, 12(1), 362-367.

9. Yormatov, O. S., & Toshtemirov, U. T. (2022). METHODS FOR INCREASING HOLE DEPTH AT A CONSTANT MINING SECTION. Multidisciplinary Journal of Science and Technology, 2(2), 15-17.

10. O'G'LI, T. U. T. (2022). RESEARCH BY ENLARGING THE DIAMETER OF CARVING SPURS. Scienceweb academic papers collection.

11. Toshtemirov, U. T. (2022). Construction of log cabins and schemes of development of the log strip. Scienceweb academic papers collection.

12. Toshtemirov, U. T. (2021). ANALYSIS OF LOG CABIN DESIGNS AND SELECTION OF OPTIMIZATION CRITERIA FOR THE FORMATION OF LOG CABIN CAVITIES. Scienceweb academic papers collection.

13. Toshtemirov, U. T. (2020). Analysis of methods for calculating the rational parameters of drilling-blasting operations in the transition of mining solder. Scienceweb academic papers collection.

14. O'G'LI, T. U. T. (2020). Recommended Support Structures For Excavations In Difficult Mining And Geological Conditions. Scienceweb academic papers collection.

15. Ilmuratov, U. (2020). Selection And Justification Of Methods For Opening The Southbay Field. Scienceweb academic papers collection.

16. Toshtemirov, U. T., & Ismatullayev, N. A. (2023). NIMQAVATNI QULATIB QAZIB OLISH TIZIMINI TANLASHGA TA'SIR ETUVCHI OMILLAR TAHLILI. PEDAGOG, 6(12), 286-290.

17. Umarali To'lqin og'li, T. (2023). QAZIB OLISH BLOKIDAGI SHIP TOG'JINSLARINING O 'ZO 'ZIDAN QULASH SOHALARINI O'RGANISH. ARXITEKTURA, MUHANDISLIK VA ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALAR JURNALI, 2(11), 32-35.

18. Yormatov, O. S., & Toshtemirov, U. T. (2023). THE SCIENTIFIC BACKGROUND OF METHODS FOR INCREASING SUSTAINABILITY UNDERGROUND MINING WITH THE USE OF ANCHORING. Yangi O'zbekistonda Tabiiy va Ijtimoiy-gumanitar fanlar respublika ilmiy amaliy konferensiyasi, 1(5), 15-18.

19. Yormatov, O. S., & Toshtemirov, U. T. (2023). YER QA'RIDA MASSIVNING TABIIY SHAROITIDA DINAMIK JARAYONLARNI SODIR BO 'LISHINI TAHLIL QILISH. МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ: ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА, 1(1), 1317.

20. Yormatov, O. S., & Toshtemirov, U. T. (2023). SHAXTA VA RUDNIKLARDAGI YER OSTI KON ISHLARI HOLATINI KO'RISH UCHUN OLIY TA'LIM DARGOHLARIDA VIRTUAL SAYOHAT AUDITORIYASINI TASHKIL QILISH. Journal of Science-Innovative Research in Uzbekistan, 1(2), 126-128.

21. Шамаев, М. К., Ёрматов, О. Ш., Бахтиёров, Х. Ш., Диёров, З. Ё., & Тоштемиров, У. Т. (2023). Выделяемые оксиды азота при взрыве и их предельно допустимая концентрация в воздухе рабочей зоны карьера. arxitektura, muhandislik va zamonaviy texnologiyalar jurnali, 2(5), 27-30.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.