Научная статья на тему 'TEBRANUVCHI TO‘RLI YUZADA CHIGIT HARAKATINI O‘RGANISH'

TEBRANUVCHI TO‘RLI YUZADA CHIGIT HARAKATINI O‘RGANISH Текст научной статьи по специальности «Техника и технологии»

CC BY
10
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
momiq / chigit / sifat / to„rli tebranuvchan yuza / natija / linter / parametr / mashina / samara / iflos aralashmalar. / линт / семена / качество / выбрационная сетчатая поверхность / результат / линтер / параметр / машина / эффективность / сорные примеси.

Аннотация научной статьи по технике и технологии, автор научной работы — Azambayev Muxammadjon Gʻofurjanovich

Chigitdan kerakli miqdordagi momiqni ajratib olish, linterlar ish tartibini sozlash chigit tarog„ini kolosnikka nisbatan holatini va ta‟minlagich avtomat zanjirini uzunligini o„zgartirish yo„li bilan amalga oshiriladi. Bu holatda momiq ajratish miqdori (foizda) chigitni lint ajratguncha va undan keyingi to„liq tukdorligining farqi bilan, chigit namunalarini tolasi hamda momiqni ajratilgan chigit etalonlariga solishtirib aniqlanadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Study of seed movement on a vibrating mesh surface

Отделение необходимого количества линта от семени, регулировка режима работы линта осуществляется путем изменения положения семенного гребенки относительно колонны и длины цепи автопитателя. При этом степень отделения линта (в процентах) определяют путем сравнения образцов семян со стандартами семян, отделенных от волокна и линта, по разнице между общей ворсистостью семян до и после отделения линта.

Текст научной работы на тему «TEBRANUVCHI TO‘RLI YUZADA CHIGIT HARAKATINI O‘RGANISH»

MEXANIKA

UDC 677.21:021

TEBRANUVCHI TO'RLI YUZADA CHIGIT HARAKATINI O'RGANISH

Azambayev Muxammadjon G'ofurjanovich Namangan muhandislik-texnologiya instituti, dotsenti, mazambaYev@,gmail.com

Annotatsiya. Chigitdan kerakli miqdordagi momiqni ajratib olish, linterlar ish tartibini sozlash chigit tarog'ini kolosnikka nisbatan holatini va ta'minlagich avtomat zanjirini uzunligini o'zgartirish yo'li bilan amalga oshiriladi. Bu holatda momiq ajratish miqdori (foizda) chigitni lint ajratguncha va undan keyingi to'liq tukdorligining farqi bilan, chigit namunalarini tolasi hamda momiqni ajratilgan chigit etalonlariga solishtirib aniqlanadi.

Аннотация. Отделение необходимого количества линта от семени, регулировка режима работы линта осуществляется путем изменения положения семенного гребенки относительно колонны и длины цепи автопитателя. При этом степень отделения линта (в процентах) определяют путем сравнения образцов семян со стандартами семян, отделенных от волокна и линта, по разнице между общей ворсистостью семян до и после отделения линта.

Abstract. Separating the required amount of linters from the seed and adjusting the operating mode of the linters is carried out by changing the position of the seed comb relative to the column and the length of the autofeeder chain. In this case, the degree of linter separation (in percent) is determined by comparing seed samples with seed standards separated from fiber and linter, based on the difference between the total hairiness of the seeds before and after linter separation.

Tayanch so'zlar: momiq, chigit, sifat, to'rli tebranuvchan yuza, natija, linter, parametr, mashina, samara, iflos aralashmalar.

Ключевые слова: линт, семена, качество, выбрационная сетчатая поверхность, результат, линтер, параметр, машина, эффективность, сорные примеси.

Key words: lint, seeds, quality, vibrating mesh surface, result, linter, parameter, machine, efficiency, weed impurities.

Bugungi kunda respublika paxta tozalash korxonalari texnologik jarayoniga vazifalar paxta chigiti va tolasini ishlab chiqarishda texnologik talablarga rioya qilish, sifatli tola ishlab chiqarish, korxonadan chiqayotgan to'qimachilik xomashyolarini chiqindi tarkibiga chiqib ketishiga qo'l qo'ymaslik va eng asosiysi korxona mahsulotlarini (tola, chigit, momiq va boshqalar) maksimal tozalash imkoniyatini yaratishdan iborat. Ushbu vazifalar mobaynida chigitlarni linterlash jarayoni samaradorligini oshirish hamda momiq tarkibidagi iflosliklarni kamaytirish asosiy o'rin tutadi. Jumladan, linterlash jarayonini texnologiyasini takomillashtirish orqali sifatli mahsulot olish korxonaga sezilarli iqtisodiy samara keltiradi. Hozirda linter mashinalari ta'minlagichidan o'tayotgan chigitlar tarkibidagi mayda iflos aralashmalar yetarlicha tozalanmay jarayonga uzatiladi, natijada momiq mahsulotini keyingi ishlov berishda ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatiga sezilarli salbiy ta'sir ko'rsatadi.

Chigitdan kerakli miqdordagi momiqni ajratib olish, linterlar ish tartibini sozlash chigit tarog'ini kolosnikka nisbatan holatini va ta'minlagich avtomat zanjirini uzunligini o'zgartirish yo'li bilan amalga oshiriladi. Bu holatda lint ajratish miqdori (foizda) chigitni momiq ajratguncha va undan keyingi to'liq tukdorligining farqi bilan, chigit namunalarini tolasi hamda momiqni ajratilgan chigit etalonlariga solishtirib aniqlanadi. Har bir seleksiya va sanoat navlari uchun chigit etalonlari mazkur texnologiya ish tartibi va amaldagi standart talablarini hisobga olgan holda birlashmalar sifat bo'limlari nazoratida paxta tozalash korxonalari laboratoriyalarida tayyorlanadi. Etalonlar tolalint ajratish sexida momiqchi ish joyining bevosita yaqinida turishi

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 3-son, 2024

MEXANIKA

kerak. Reglament bo'yicha chigitning momig'ini ajratmay o'tkazish va momiqdagi iflosliklarni ortib ketishiga yo'l qo'yilmaydi. Ushbu maqsadda chigitlar oqimini shunday taqsimlash kerakki, oxirgi linter kam majburiy ish unumi bilan ishlasin. Biror sabab tufayli linterlardan biri to'xtab qolsa, chigit ortiqcha bo'lmasligi uchun chigit oqimini qayta taqsimlash kerak. Chigit tuqdorligi va iflosligi bo'yicha O'zDSt 596:1993 talabiga mos bo'lishi shart.

1-jadval

Paxtaning seleksiya naviga qarab,chigitdan ajratiladigan paxta momiqning tavsiya etiladigan

miqdori (tolasi ajratilgan chigitning vazniga nisbatan foizda)

Seleksiya naflari Paxta Momiq bir Momiqni ikki bosqichda ajratish

navi bosqichda 1- 2- Umumiy

ajratish bosqichda bosqichda

"S-6530"

"Buxoro-6"

"Yulduz" I, II 3,8 2,8 1,0 3,8

"An-402" III 3,8 2,7 1,1 3,8

"Toshkent-6" IV, V 3,9 2,8 1,1 3,9

"Omad"

"S-6524"

"An-Boyovut-2" I, II 4,1 2,9 1,2 4,1

"Armuxon" III 4,4 3,1 1,3 4,4

"Namangan-77" IV, V 4,7 3,3 1,4 4,7

"175-F"

"An-O'zbekiston-4" I, II 5,4 4,1 2,0 6,1

"Oqdaryo-5" III 5,6 4,1 2,2 6,3

"Oqdaryo-6" IV, V 6,3 4,2 2,3 6,5

Texnik chigitni linterlash jarayoni ikki bosqichli bo'lganda, bunday kalta shtapelli lintni ikkinchi linterlash jarayonining momiq quvuriga yo'llash tavsiya etiladi. OVM-A-1 tozalagichlaridan chiqqan kalta momiqli chiqindilar alohida toylanadi va iste'molchilarga jo'natiladi.

Chigit jinlashdan keyin tozalansa, momiq kam ifloslanadi, linterning arralari shikastlanmay, ularning ishlash muddati uzayadi. Chigitlarni xas-cho'plardan tozalash uchun, har bir linterlar qatori oldiga SXA, CChSP yoki USM rusumli pnevmatik chigit tozalagichlar o'rnatiladi, chigit tashiydigan vintli konveyer esa yirik, ichi 3-5 mm ko'zli to'r novlar bilan jihozlanadi.

Chigitni ifloslik aralashmalaridan tozalash uchun har bir linterlash qatoridan oldin, uni tozalash kerak. Hozirgi vaqtda chigitni iflos aralashmalardan tozalashda murakkab qurilmalar ishlatiladi. Bunday chigit tozalagichlar ko'proq chigit tarkibidagi yirik ifloslik va puch chigitlarni tozalaydi, lekin chigitdagi qoldiq tolalarga ilashgan mayda o'rtacha 10-12 % aktiv iflosiklar linter mashinasiga borib u yerda momiq tarkibiga qo'shilib ketadi. Masalan eng samarali USM chigit tozalagichining tozalash samaradorligi 25-35 % atrofida bo'ladi, og'ir qo'shilmalarni ajratish samaradorligi 91-99 % ni tashkil etadi. Shuning uchun linterlashga yuborilayotgan chigitlarni jarayonning o'zida tozalash momiqni mayda iflosliklardan holi bo'lishiga katta ta'sir ko'rsatadi.

Yuqoridagi ta'kidlab o'tilgan holatlarni hamda hozirgi kungacha olib borilgan zamonaviy tadqiqot ishlari natijalarini inobatga olgan holda linter mashinasi ta'minlash qismiga tebranuvchi to'rli moslama o'rnatib, chigitlarni samarali tozalash imkoniyatini ko'rib chiqish maqsadga muvofiq degan xulosa qilish mumkin. Tadqiqot o'tkazish uchun yangi konstruksiyani loyihalash va nazariy tomondan tekshirish lozim bo'ladi. Dastlab tebranuvchi tozalash yuzasining tebranma harakati holatida chigitlarni qiya tekislik bo'ylab harakatlanishi o'rganiladi. Bunda to'rli yuzani

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 3-son, 2024

MEXANIKA

turli tebranish chastotatalariga bog'liq harakatlarini ko'rib chiqamiz. Geometrik o'lchamlardan kelib chiqib, to'rli yuzada hosil bo'luvchi ishqalanish kuchini hisobga olgan holda chigitlarni harakat qonuniyatini vaqtga bog'liq differensial tenglama tuziladi. Uning yechimi asosida mos ravishda grafiklar quriladi.

Tebranuvchi to'rli yuza asoslari ellipsimon teshikchalardan iborat bo'lib, gorizontal yo'nalish bilan a - og'ish burchagini tashkil etsin (1-rasm). Paxta chigitlarining harakatini qo'zg'almas xoy va qo'zg'aluvchan x^yi - Dekart koordinatalar sistemasiga nisbatan tekshiramiz.

1-rasm. LP linterlash mashinasining ta'minlagichidagi chigitlarning to'rli yuza bo'ylab

harakat sxemasi

Ushbu holda to'rli yuza bo'yicha paxta chigitlari ikki yo'nalishda quyidagi garmonik g(t ) = A sin (at + s),^(t ) = B sin (at) qonuniyat bilan o'zgaruvchi, uyg'otuvchi tashqi kuch ta'sirida tebranma harakatda bo'lsin. A,B va a -mos ravishda uyg'otuvchi tashqi kuchlarni tebranish amplitudasi hamda chastotasi. m - massali chigit bo'lakchasiga ox,oy-o'qlar yo'nalishida ta'sir qiluvchi kuchlar quyidagicha ifodalanadi:

X = G sin a + mg'+F (x ' ), (1)

Y = —G cosa + mrf'+N (2)

Bu yerda: G = mg - chigit bo'lakchasining og'irlik kuchi, N;

N - chigit bo'lakchasining harakat davomidagi to'rli yuzaga ko'rsatadigon normal bosim

kuchi, N;

F(x,y ox yo'nalishdagi tezlikka bog'lik bo'lgan qarshilik ishqalanish kuchi, N; Chigit bo'lakchalarini harakat differensial tenglamasi quyidagicha yoziladi.

mX*=—kxx — mAa2 sin (at + s)+mgsin a + F(x'), (3)

my'' = mBa2 sin (at)—mgcosa + N (4)

Bu yerda: a) agar y = 0 bo'lsa, N = —mBa2 sin(at)+mgcosa bo'ladi, agar y ^ 0 bo'lsa, N = 0 bo'ladi.

b) agar xV 0 bo'lsa, = JNsin(x') bo'ladi, agar x'= 0 bo'lsa, |f(x')| < JN

bo'ladi. sign (x') = agar x' = 0 bo'lsa, 0 bo'ladi

s) kx -chigitdagi tukdor tolalar hisobiga hosil bo'luvchi elastiklik koeffitsiyenti. OX -o'qi bo'yicha chigitning harakat differensial tenglamasi quyidagi ko'rinishda yozib olamiz:

x ''+a^x = —Aa2 sin (at + s)+ g sina + F (x ')/m (5)

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 3-son, 2024

MEXANIKA

Bu yerda: y = 0, p02 =—; (5) tenglama chigitlarni majburiy tebranma harakat differensial

m

tenglamasini ifodalaydi va unda kuyudagicha shakl almashtirish bajaramiz.

x"+&qX = —ÄG)2 [sin{pt)coss + sin s cospt)]+ f [— Bo2 sin{pt)+ gcosa]+ gsin a; (6)

Yoki: - '+0 = Qo sin {pt + y) + p; (7)

bu yerda: k = Ä coss + fB, k2 = Äsin s; Q ='Jk[ + k2; P = g{sina + f cosa);

' Ä sin s ^

y = arctan -I

^ Ä coss + fB J

(7) yechimi uch qismdan ya'ni erkin tebranma harakat va majburiy tebranma harakat yechimlar yig'indisidan iborat bo'ladi.

x{t ) = Xj {t)+ —2 {t)+ —3 {t) (8)

(8) da x {t) -bir jinsli x"+o2x = 0 differensial tenglamani yechimini ifodalaydi. Bu tenglamani umumiy yechimi {t) = a sin{pt + y) ko'rinishda bo'lishi ma'lum.

I~T v2 —n p

a = 4 Xo2 + tg9 = (9)

po vo

-2 {t)-o'zgarmas koeffitsiyentli chiziqli bir jinsli x"+o2 = Q sin {pt + y) differensial tenglamani yechimini ifodalaydi. Bu majburiy tebranma harakatni differensial tenglamasi hisoblanib,uning hususiy yechimini x2 {t ) = ¿0 sin {pt + y) ko'rinishda izlanadi.

Bu yerda 60 = — Qo ; — {t)-o'zgarmas koeffitsiyentli chiziqli bir jinsli x"+a2— = p

CO2 — p

p

differensial tenglamani yechimini ifodalaydi. Bu yechim quydagi ifodaga teng: x3 {t) = —y

po

Demak paxta chigitining tebranuvchi to'rli yuzadagi harakati qonuniyatini vaqtga bog'liq funksiyasi quyidagicha yoziladi:

-

{t )=

xo2 + —of sin{pot + p)+ Qo 2 sin [pt + y)+ Py; (10)

p0 a2 — p p2

Yuqoridagi ifodalarda: t = o; — — —o ; —

' = Vo— bo'lgan boshlang'ich shart asosida

aniqlanadigan ihtiyoriy integral o'zgarmaslar.

(10) tenglamada majburiy tebranma harakat amplitudasi yoki chigitni eng katta dinamik siljishi quydagicha yoziladi :

ä = -ß^; (11)

K0 —p

(11) dan uchta holni ko'rishimiz mumkin.

1-hol. po y p bo'lsa, x {t) = —Qo sin {pt + y),

p — p

2-hol. po ^ p bo'lsa, —2 {t) =--Qo 2 sin {pt + y) = Qo 2 sin{pt + y — x)

p(i — p p — p

Bundan shuni aytishimiz mumkinki,agar po y p bo'lganda majburiy tebranish fazasi erkin tebranish fazasi bilan bir xil bo'ladi. Agar po ■< p bo'lganda majburiy tebranish fazasi erkin tebranish fazasidan TT miqdorga orqada qoladi.

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 3-son, 2024

(11) ni quydagicha qayta yozamiz: H0 =

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

MEXANIKA во

Q0

a

1 -

a

2\

a

1 -

a

(12)

0 J

a

во

lst = —0 chigitni majburiy tebranma harakatdagi statik ko'chishini ifodlaydi. Dinamik siljishni a„

Hn

statik siljishga nisbati dinamik koeffitsent deb nomlanadi, ya'ni X = ; (13)

s) d)

2-rasm. Paxta chigitini tebranuvchi to'rli yuza bo'ylab bosib o'tgan yo'lini vaqtga bog'liq holda mos ravishda qiyalik burchak a = 250,300,350,400 1 .со = 0,33;2.со = 0,48;3.<y = 0,66; bo'lgandagi o'zgarish qonuniyatlari.

3-hol.

a0 = a bo'lsa, chigitn tebranuvchi to'rli yuzadagi harakati o'ziga hos

ko'rinishda bo'lib, rezonans hodisasi ro'y beradi. Bu holda harakat qonununi quydagicha yoziladi.

в0 • ( к

x.

at + y-- | ;

Umumiy holda, tegishli boshlang'ich sharlarda (3) differensial tenglama

(t ) = Q t sin 2a

(14)

mx

' = —kxx — mAa2 sin (at + s) + mgsin a + F(x ')

MAPLE-17 dasturida yechilib, chigitlarni tebranuvchi to'rli yuza bo'ylab harakat qonunlarini ifodalovchi grafiklar olingan va ular 2-4- rasmlarda keltirilgan.

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali

5-jild, 3-son, 2024

l

st

22

a0 - a

2

MEXANIKA

c) d)

3-rasm. Paxta chigitini tebranuvchi to'rli yuza bo'ylab tezligini vaqtga va masofaga bog'lik o'zgarishi mos ravishda qiyalik burchak a = 25°,30° va

1.a = 0,33;2.a = 0,48;3.a = 0,66; bo'lgandagi o'zgarish qonuniyatlari

c) d)

4-rasm. Paxta chigitini tebranuvchi to'rli yuza bo'ylab tezligini vaqtga va masofaga bog'lik o'zgarishi mos ravishda qiyalik burchak a = 35°;40° va

1.a = 0,33;2.a = 0,48;3.a = 0,66; bo'lgandagi o'zgarish qonuniyatlari

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali

5-jild, 3-son, 2024

MEXANIKA

3, 4-rasmlardagi grafiklarda paxta chigitini boshlang'ich tezligi, ularni to'rli yuzaga tushgandan kamayib, qiyalik burchagini a = 250,300,350 da t*= 3s,2s,1s. dan boshlab garmonik harakat qonuni bo'yicha harakatlanar ekan. Bunda qiyalik burchakni oshishi natijasida chigitlarni tebranish davrini 3s to 10s gacha ortishini ammo tebranish amplitudasini bir xil qiymatda qolishini ko'rsatmoqda. Bu jarayonga to'rli yuzani tebranish chastotasini ham oshishi o'z ta'sirini ko'rsatadi. To'rli yuzani qiyalik burchagi 30° dan ortishi bilan paxta chigitini tezligini vaqtga va mos ravishda masofaga bog'lik o'zgarishi garmonik harakatdan o'suvchi nochiziqli harakterga ega bo'lar ekan. Bu esa tozalash jarayoni, asosan qiyalik burchak 250 ^ a < 350 intervalda o'zgarganda optimal bo'lishidan dalolat beradi. Chunki gormonik tebranishlar paxta chigitlari tarkibidan puch chigitlarni va boshka aralashmalarni saralanib chiqib ketishini taminlaydi.

ADABIYOTLAR

1. O'zDST 596:2014. Техник чигит. Техникавий шартлар. Узбекистон Республикаси Давлат стандарти.

2. Азамбаев Мухаммаджон Гафуржанович. Теоретическое исследование движения семян хлопчатника в сетчатом вибросортировщике. Научный журнал "Интернаука", №20 (196), 2021, с.44-47.

3. A.Obidov, Kh.Akhmedhodjaev, O.Sarimsakov, Q.Holikov. Investigation of the Properties of Fibrous Cotton Seeds, for Sorting on a Mesh Surface. Engineering, 2018, 10, 572578.

4. Juan Carlos Zumba, J. Rodgers. Fiber micronaire, fineness, and maturity predictions using NIR spectroscopy instruments on seed cotton and cotton fiber, in and outside the laboratory. Journal of Cotton Science 21(3):247-258, January 2017.

5. Камалов Н.З., Махматкулов Ч.М. Методы оптимизации разделительных процессов. Ташкент, 1991. - 28 с. - Деп. в УзНИИНТИ №1442-Уз.

6. Севастьянов А.Г. Методы и средства исследований механико-технологических процессов текстильной промышленности. // М.: Легкая индустрия, 1980. 392 с.

7. Азимов С.С. Разработка вибропитателя для линтерный машин с целью улучшения качества линта и семян. Дисс. канд.тех.наук. Тошкент. ТТЕСИ 1993 й.

8. Abdusamat I. Karimov, Sayfitdin Sh. Baxritdinov, Muxammadjon G. Azambayev. Theoretical Study of the Movement Process in the Vibration of Cotton Seeds. Jour of Adv Research in Dynamical & Control Systems, Vol. 12, 05-Special Issue, 2020.

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali

5-jild, 3-son, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.