TEATR VA KINODA MUXIT VA MAKONNI BELGILOVCHI MUSIQA
Sharafatdin Kazimbekovich Bawetdinov O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti Nukus filiali
Annotatsiya: Bu maqolada biz kin ova teatr san'atida ovoz bezagining muqim omili bo'lgan musiqiy bezak ya'niy uning foydalanish o'rni nima sababdan qaysi vaziyatlarda kerakligi haqida so'z boradi.
Kalit so'zlar: kino ovoz rejissori, sound, kineamotografiya, ovoz dizayneri, kompozitor, teatr, musiqa, effekt
MUSIC THAT DEFINES MOVEMENT AND SPACE IN THEATER AND
CINEMA
Sharafatdin Kazimbekovich Bawetdinov Uzbekistan State Institute of Art and Culture Nukus branch
Abstract: In this article, we will talk about what situations the role of its use in the musical decoration, which is the main factor of sound decoration in the theatrical art of kin ova, is needed.
Keywords: film sound director, sound, kineamotography, sound designer, composer, theater, music, effect
Rivojlangan XXI asr texnik va texnologik rivojlanishlar asri desak mubolag'a emas. Qaysi sohaga nazar solmaylik atrofda barcha kasblarda yetuk olimlarning ilmiy yangiligiyu yangi ijodiy va ilmiy yaratuvchanlikning guvohi bo'lamiz. O'zbek kino teatr san'atining bu borada tutgan o'rni bexiyosdir. Zamon bilan hamnafas bu yuqorida ta'kidlagan kasblarning rivojlanishini kuzatishimiz mumkun. Teatr va kino sohasidagi ovoz rejissorligining bugungi kunda ahamiyati esa juda murakkab jarayonlardan hisoblanib o'z o'rnida yangi ilmiy saloxiyati ortib brogan sari kasbning sintezlashuvi bilan bir qator o'z qiyinchiliklarini va tobora ilmiy va ijodiy, texnik yangiliklarni extiyojini orttirmoqda. Ovoz effeklari, ovoz bezatishdagi o'z o'rnini bugungi kundagi hayotimizning bir bo'lagi bo'lib ulgurgan ekran san'atida kino san'atida ularsiz ko'z oldimizga keltirishni iloji bo'lmay qoldi. Buni bizning onggimiz visual ravishda audioni eshitmasdan hayolan audiol maxsulotni fikr qiladigan bo'ldik. Sababi oddiy biz atrofimizni ovozlarsiz his qilolmas darajaga etib keldik. Bu vaziyatlar haqida olimlarimiz alla qachon bosh qotishimoqda, bu maqolada biz teatr va kino san'atida muhitning yaratilishi uning biz tamoshabingga
tasirining chuqurroq ta'siri ya'niy har xil vaziyatlarda foydalanadigan musiqa haqida so'z etmoqchimiz.
Sahnadagi harakatga musiqa va shovqinlarni qo'yish repetitsiya davrining sahnaga chiqqan kunidan boshlanadi. Spektakl musiqasi faqatgina emlikocional holatlarni gina yo'nalishlab qo'ymasdan syujet taraqqiyotini va kayfiyatini ifoda etadi. Ovoz rejissori spektaklga musiqa tanlaganda har bitta tomoshabin ruxiyatiga ta'sir korsatishdan tashqari musiqa tovushlari bilan qalbga kirib boradi. Tomoshabinlarni xursad qiladi, go'zallikga, yaxshilikga yetaklab estetikaning go'zal olamini olib kiradi. Ayirim vaqtlari aktyorning ichki monologlarini, ichki hislarini musiqa orqali yetgazip beradi. O'sha maqsadlarni amalga oshirish uchun teatrlarda ovoz rejissyorlari spektakl'dagi kerakli yerda musiqani tanlab bilishlari shart.
Musiqali teatrlarda ovoz rejissorligining eng muhim tomoni - bu - bastakor, dirijor va ijrochilaryordamida muhit til topishishidir. Qandaydir badiiy asar ustida dirijyor, jamoa, solist bilan ish boshlar ekan, u bastalagan asarning asosiy mazmunini tushunishi g'oyat muhim. Ovoz rejissori o'sha asarning "makon meyorlarin" o'rganib chiqadi. "Makon me'yorlari" deganimizda, studiya va zalning akustik talablari, tovush yozish jarayonida ishlatilayotgan asbob uskunalarining tavsifnomasi tushuniladi. Bu obyektiv tiyraslardir. Bundan tashqari, subyektiv tiyraslar ham bor. Unga ovoz rejissorining orkestr bilan ishlashishi kiradi. Ijrochilar yordamida ishlab, ularni o'ziga qaratib, ishontirib bilishligi zurur va ularni itoat qildirishi zurur. Ijrochilar ovoz rejissorida va bilimli, jonkuyar shuning bilan birga xuxusiyatlarini ham ko'rish zurur.
Bizning Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatrimizda ham bir nechta ovoz rejissorlari ish olib boradi. Zalning usti, sahnaga zid tarafi ovoz rejissorlari otiradigan maxsus xonalar bor. Oyna qirg'oqlari, sahnani ko'rib o'tirib spektakllarga kerakli joyda musiqa yoki shovqinlarni berib o'tiradi. Ko'p yillik tarixga ega bu teatrda bir nechta ustoz ovoz rejissorlar o'tgan. Shularning ichida Qoraqalpog'istonga xizmat ko'rsatgan madaniyat xodimi, ustozimiz, marhum Po'lat Juginisovni so'zlagimiz keladi. Polat Juginisov ovoz rejissori maxsus bilimga ega bo'lmasa ham, teatrning chaqqon, haqiqiy jonkuyari edilar. Barcha spektakllarga musiqa tanlab, zurur yerlarida shovqinlarni berdi. Teatrning barcha akustikasini yaxshi bilgan. Hali maxsus bilimga ega bo'lmagan yonma-yon birgalikda ishlagan shogirdlariga teatrning barcha ovoz uskunalarini o'rgatib kelgan. Spektakl chiqmay turib pyesa bilan tanishish kerakligini va sahnalastiruvchi rejissorga o'zingning fikringni bildirish kerakligini aytadigan bo'lgan.
Etnografik, geografik, davr va zamonni belgilovchi musiqa, sahnada ro'y berayotgan voqelik qanday muxitda sodir bo'layotganini yorituvchi musiqa. Masalan, vahimali joylari, noma'lum va xafli joylar, bayram bo'layotgan payt va xokozo shunaqa joylarida biz foydalanadigan muziqa turini Fon musiqasi deb nomlaymiz
bunda/Aktyorlarni xatti-harakatlariga aniqlik kiritadigan yoki ulami muhiti va makonini belgilab turadigan musiqalarni fon musiqasi deymiz. Fon musiqa asar qaxramonlarini sahnadagi xatti-harakatlarini yanada ta'sirli bo'lishini ta'minlaydi. Masalan, tong maxali, yozgi oromgoh. Radiodan ertalabki badantarbiya mashqlarini bajarishga mo'ljallangan musiqa sadosi yangrayapdi. Shu vaziyat musiqasi fonida asar qaxramonlari tasodifan uchrashib, suhbat qurishayapdi. Yoki, tun chigirtka va qurbaqalarning sayrashi kechani osudaligini bildirib turibdi. Xovliga kimdir yurak urishini yodga soluvchi fon musiqasi sadolari ostida asta-sekinlik bilan kirib kelayapti. Bundan tomoshabinga ma'lumki kirib kelayotgan shaxs o'g'ri. Musiqa sadolari o'zgarib voqea rivoji o'zgarib ketishi, kirib kelgan qahramon o'g'ri emas shu xonadonning egasi bo'lib chiqishi mumkin va xokozo. Albatta bu musiqalarning hammasini kino kompozitor duniyoga keltiradi. Hozirgi kunda kompozitorlar bilan melodist kompozitorlarni aralashtirib qoyishadi. Bu o'z - o'zidan ma'lumki kompozitor butun bir kompozitsiyani bastalasa, melodist qaysida chalg'u uchun bastalagan melodiyasi uchun shunday ataladi. Yuqorida ta'kidlaganimizdek kasblarning sintezlashuvi natijasida shunga o'xshash kichkina ziddiyatli muommalar vujudga kelib turibdi.
Musiqiy aksent (urg'u). Sahnaviy musiqiy asarning rivojida tamoshabin e'tiborini spektaklning voqealar tizmasida paydo bo'lgan yangi shart-sharoitga qaratish uchun ma'lum ijodiy vaziyatlarda aloxida qisqacha musiqiy urg'u berish xojati tug'ilib qoladi. Bu musiqiy aksent aksariyat xollarda voqealarga berilgan baholash jarayonining yuqori cho'qqisi sifatida qaraladi. Yuqorida keltirgan misolning shu shartsharoitdagi ko'rinishini olaylik. Tun chigirtka va qurbaqalarning sayrashi kechani osudaligini bildirib turibdi. Xovlining ikki tomonidan ikki kishi yurak urishini yodga soluvchi fon musiqasi sadolari ostida asta sekinlik bilan kirib kelayapti. Har ikki kishi sahna o'rtasiga kelib, bir-birlariga ko'zi tushgan paytda birdan litavraning gumburlagan sadosi eshitiladi. Musiqiy aksent ularning munosabatlariga oydinlik kirtishlariga imkoniyat yaratib beradi. Berilgan shartsharoitdan kelib chiqib qahramonlar o'zlarining xatti-harakatlarini davom ettiradilar. Shunday xolatlarda tamoshabin e'tiborni jalb qilish uchun ishlatiladigan qisqacha musiqiy fragmentni, musiqiy aksent deymiz.
Musiqiy xarakteristika Ma'lumki har bir sahna asari asosida aytmoqchi bo'lgan g'oya yashiringan bo'ladi. Sahnada xatti-harakat qilayotgan personajlar manashu g'oyaning ifodasiga xizmat qiladi. asar qahramonlarining o'z oldilariga qo'ygan maqsad va vazifalari bo'lib ular ma'lum bir tayektoriyada rivojlanib yoki aksincha pasayib boradi. Sahnada sodir bo'layotgan voqealar bir-birini mantiqan to'ldirib bosh voqeaning sodir bo'lishiga olib keladi. Musiqiy xarakteristika sahnadagi voqelikni ichki xolatini ochib beradigan musiqa. Masalan, voqelikning tashqi ko'rinishida bayram bo'layapdi, ammo qahramonlardan birining yashirin ichki holatida
motamsarolik, buzg'unchilik hukm surayapdi. Bayram holatini ifodalovchi musiqa negizida, axyon-axyonda buzg'unchilik kayfiyatidagi qahramonning o'sha ichki xolatini ifodalovchi musiqa yangrab turadi. bu holat buzg'unchilik kayfiyatidaga personaj o'z maqsadigi amalga oshirguniga qadar davom etadi. Musiqiy xarakteristika bilan shu ichki holat ochib beriladi Xor: Xor so'zi yeramizdan avvalgi 400-350 yillarda Yevripid va Esxil davrida paydo bo'lgan desak mubolag'a bo'lmaydi. U davr da pyesalar xozirgiday sahnalashtirilmagan. Sahnaga avval teatrning xor jamoasi kirib kelgan. XorIkki ovozli va uch ovozli xor jamoasi pyesadagi voqealar rivojini kuylab bergan. Shundan so'ng sahnaga aktyor kirib kelgan va xor tomonidan kuylangan sahna ko'rinishini ijro etib bergan. Xozirgi kunda xor musiqali spektaklning, musiqali dramaturgiyaning ajralmas qismiga aylangan. Musiqali spektakl ustida ish jarayonida asarning g'oyaviy mazmunidan, qahramonlarning haraktyoridan kelib chiqib ariya, duet, trio, kvartet, kvintet musiqali nomerlar yaratilar ekan, ularga hamohang xor va haral partiyalari ham yoziladi.
Xoral: Xor partiyalarini kuylovchi guruh deb atashimiz, spektakldagi musiqiy ko'rinishlarning boshlanishida xoral ijrosida boshlanishi ham mumkin.
Voqeada xorning roli. Xorni ham aktyorlardan biri deb xisoblash kerak. Xor yaxlit narsaning bir qismi bo'lib, voqeada yevripiddagiday emas balki Safokldagiday qatnashuvi lozim. Boshqa shoirlarning asarlarida esa xor muayyan tragediyaga qancha aloqador bo'lsa, boshqa tragediyalarga ham shunchalik aloqador. Shuning uchun ularning asarlarida xor qo'shimcha qo'shiqlarni kuylaydi bunga agafon asos solgan. Rostdan ham qo'shimcha kiritilgan qo'shiqlar kuylash butun bir monolog yoki xatto epizodni tragediyadan.
Arioza: Kichik ariya, ariyalarning bir tovushda kuylanishi, xor ijrosida kuylanadigan kichik ariyaning bir ko'rinishi.
Bugungi kunda zamonaviy kinolarda biz musiqa va effektlarning zamonaviylashgan janrlarga xos ovozini eshitmasak qulog'imiz qoniqmaganday seziladigan bo'lgan. Sababi qolimizdagi mobil telefonlar orqali ham oddiy xaliq oliygohlarda bakalavryat ta'limi olmasdan ilovalar orqali bezaklarni montaj qilmoqda biz bizning ovoz rejissyorlik kasbiga intilishimizning jamligini sezdirmayabtimi? Albatta oddiy xalqdan ijodiy fikrlash bo'yicha ijodkor bir neshta qadam oldida yurishi kerak. Qo'shni Qozog'iston, Qirg'iziston respublikalarining kinolarini kuzatar ekanmiz ularda janrlarning xilma xilligi yutuqlarining ko'rinishi yaqqol ko'zga tashlanadi va o'zbek xalqini ham o'zlariga muxlis qilib ulgurdi va ular oxirgi seriallarga nazar solsak retro qo'shiqlarini leytmativ sifatida foydalanib muxlislarning olqishiga sazovvor bo'lmoqda binobarin bu usul ovoz rejissyorligida eskirgan usul bo'lsa ham Qozog'iston Respublikasining hozirgi seriallarida yangidan tug'ilib tendesiyaga aylanib ulgurdi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Русинова Е.А. Звук в пространстве кинематографа. - М.: ВГИК, 2021. -268 с. (12 а.л.)
2. Болтабоева, У. (2021). Булажак актёрларни тарбиялашда педагогик ёндашувлар. Oriental Art and Culture, 2(3), 88-98.
3. Абдуназаров, З. (2021). ИЖОДИЙ СИНТЕЗ ЖАРАЁНЛАРИНИ ТАШКИЛ ЭТИШДА РЕЖИССЁРНИНГ РОЛИ. Oriental Art and Culture, (6)
4. Boltaboeva, U., Abdunazarov, Z., & Usmonov, S. (2021). The balance of language and speech in the Uzbek theater. ASIAN JOURNAL OF MULTIDIMENSIONAL RESEARCH, 10(4), 788-792.
5. Haydarov, A. (2021). A LOOK AT RUSSIAN MUSICAL CULTURE IN THE SECOND HALF OF THE XIX CENTURY. CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS, 2(11), 24-31
6. Еофурова, Б. (2020). АКТЁРНИНГ НУЩИНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШДА ИННОВАЦИОН ТЕХНОЛОГИЯЛАРНИНГ АХДМИЯТИ. Oriental Art and Culture, (V).
7. Abdreymov M. B. QORAQOLPOQ KINEMATOGRAFIYASIGA NAZAR:"TANKA" FILMI MISOLIDA //Интернаука. - 2020. - №. 16-4. - С. 4950.
8. BEKPOLATOVICH M. A. Ways of Formation of Karakalpakfilm in the Pre-independence Years //International Journal of Innovations in Engineering Research and Technology. - Т. 7. - №. 4. - С. 1-3.
9. Bekpolatovich A. M. Specific Features of Sound Directing in Karakalpak National Cinema //International Journal on Integrated Education. - Т. 4. - №. 9. - С. 103-108.
10. Абдреймов М. Б. КОРАКАЛПОК КИНЕМАТОГРАФИЯСИДА ОВОЗ РЕЖИССЁРЛИГИ МУАММОЛАРИ //Oriental Art and Culture. - 2021. - №. 8. -С. 22-25.
11. Bekpolatovich A. M. Specific Features of Sound Directing in Karakalpak National Cinema //International Journal on Integrated Education. - Т. 4. - №. 9. - С. 103-108.