TAYANCH-HARAKAT APPARATIDA NUQSONI BO'LGAN TALABALAR UCHUN BADIIY O'QUV JIHOZLARINI MOSLASHTIRISH Xamrayeva Umida Madrimovna
Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti,
katta o'qituvchi https://doi.org/10.5281/zenodo.14285130
Annotatsiya: Ushbu maqola rassomlik OTMlarda tahsil olayotgan tayanch-harakat tizimi kasalliklari bilan og'rigan talabalar duch keladigan muammolarni ochib beradi. Uskunalar va inventarlarning sifatini yaxshilash bo'yicha tavsiyalar berilgan.
Kalit so'zlar: talabalar, rassomlik OTM, nogironligi bo'lgan shahslar, alohida ta'lim ehtiyojlari, molbert, stul.
АДАПТАЦИЯ ХУДОЖЕСТВЕННОГО УЧЕБНОГО ОБОРУДОВАНИЯ ДЛЯ
СТУДЕНТОВ С ОСОБЫМИ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫМИ ПОТРЕБНОСТЯМИ
Хамраева Умида Мадримовна
Национальный институт художеств и дизайна имени Камолиддина Бехзода
Аннотация: В данном состоянии раскрываются проблемы, с которыми сталкиваются студенты с нарушениями опорно-двигательной системы, обучающиеся в художественном вузе. Даны рекомендации по улучшению качества оборудования и инвентаря.
Ключевые слова: художественный вуз, студенты, инвалидность, особые образовательные потребности, мольберт, стул.
ADAPTATION OF ART EDUCATIONAL EQUIPMENT FOR STUDENTS WITH
DISABILITIES Khamrayeva Umida Madrimovna
Teacher, National Institute of Painting and Design named after Kamoliddin Bekhzod
Abstract: This article reveals the problems faced by students with musculoskeletal disorders studying at an art university. Recommendations are given to improve the quality of equipment and inventory.
Key words: students, art university, disability, special educational needs, easel, chair.
KIRISH
Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida bugungi kunda uchta standart modifikatsiyadagi professional molbertlardan foydalanilmoqda. Bular «Stanok» molberti, «Paqildoq» molberti va «Lira» molbertidir.
Molbertlarning ushbu modellari, ularning kerakli miqdori profillovchi kafedralar ehtiyojlariga muvofiq kelishiladi. "Stanok" professional molberti to'rtta tayanch nuqtasiga o'rnatilgan. Unda xolstni pastdan tutib turish uchun tokcha va xolst yoki planshetni yuqoridan tutib turish uchun tishli tokcha mavjud. Tishli tokcha ishchi asosni biroz salbiy qiyalikda joylashtirish imkonini beradi. Tokchalar yaxlit harakatchan bazada (reysshinada) joylashgan. Reysshina molbert (stanina) asosiga va pol darajasiga nisbatan harakat qiladi. Balandlikni o'zgartirish bosqichma-bosqich bo'lib fiksatsiya qilinadi. Pastki tokchaning polga nisbatan minimal balandlik 40 sm, maksimal balandlik 160 sm. Tokchadan polzungacha bo'lgan masofa 155 sm, lekin molbert asosidan polzunning maksimal ko'tarilishi 290 sm, bu esa katta formatli polotnolar bilan ishlash
imkonini beradi. Polda turuvchi "Stanok" molberti tik turgan va o'tirgan holda ishlash uchun mo'ljallangan. Xolst va qog'ozda rangtasvir va grafika ishlari uchun to'g'ri keladi. Lira molberti. Katta formatlardagi rangtasvir ishlarini bajarish uchun mo'ljallangan bo'lib professionallar toifasiga kiradi. Uchta nuqtaga tayanadi. YUqori va pastki javonlari mavjud. Yuqori tokchaning o'ziga xos xususiyati shundaki, u qo'shimcha maxsus kronshteyn bilan jihozlangan bo'lib, u ishchi yuza qiyaligining salbiy burchagini o'rnatish va planshet yoki podramnik qalinligida mahkamlash imkonini beradi. Qiyalik burchagi diapazoni: 75 dan 90 gacha musbat, 90 dan 110 darajagacha salbiy. U silliq o'zgartirilganda katta diapazondagi mahkamlash balandliklariga ega (maksimal yurgizish 130 sm gacha). Polda turadigan "Paqildoq" molberti. Molbertning "Paqildoq" modeli o'tirib ishlash uchun eng qulay hisoblanadi. Qalam, akvarel, guash bo'yoqlari bilan qog'oz tortilgan planshetda, shuningdek xolstda akril bo'yoq bilan ishlashda to'g'ri keladi. Ishchi yuzasi fanera qalqondan qilingan, shuning uchun chizma qog'oz to'g'ridan-to'g'ri molbertga biriktirilishi mumkin. Ishchi yuzaning o'lchami 60*60 sm, qiyalik burchagi 60 dan 80 darajagacha beshta holatda tirkama planka bilan mahkamlanadi. Planshetning pastki qismida badiiy materiallar uchun taglik mahkamlangan. Qalam, lastik, skalpel va boshqa jihozlarni qo'yish mumkin.
METOD
Tayanch-harakat apparatida nuqsoni bo'lgan talabalarni o'qitish jarayonida ushbu turdagi molbertlardan foydalanishda ma'lum qiyinchiliklar aniqlandi. Badiiy jihozlarning qulayligi haqida so'rov va test o'tkazishga qaror qilindi. Tayanch-harakat apparatida og'ir va o'rtacha darajadagi nuqsonlari bo'lgan talabalar o'rtasida ushbu talabalarning maxsus ta'lim ehtiyojlarini hisobga olgan holda tuzilgan so'rov jarayonida molbertlarning quyidagi noqulayliklari (ular uchun) aniqlandi: og'irlik, uni joydan-joyga ko'chirishda noqulaylik, beqarorlik, o'tirib yoki tik turib ishlashda noqulaylik. Polda turadigan katta molbertlar ustidagi xolstni ushlab turish uchun yuqori tokchaning etarli darajada funksional emasligi, kichik molbertdagi quyi tokchaning juda past holati ham tanqid qilindi. Talabalar molbertda ishlashda yuzaga keladigan noqulayliklarni bartaraf etish bo'yicha o'z takliflarini ham berdilar.
Tayanch-harakat apparatida turli nuqsonlari bo'lgan talabalar o'rtasida o'tkazilgan so'rov natijalariga ko'ra, "Stanok" rusumli molbert modeli eng barqaror, shu bilan birga bir joydan ikkinchi joyga ko'chirishda eng noqulay sifatida tanlandi. "Lira" molbert modeli barcha molbert modellari ichida eng beqaror bo'lib chiqdi. "Paqildoq" molberti o'tirgan holda ishlash uchun qulay deb belgilandi. "Stanok" og'ir molbertini bir joydan ikkinchi joyga ko'chirish qulayligi uchun molbert oyoqlariga g'ildiraklar o'rnatish taklif qilindi. "Paqildoq" molbertidagi quyi tokchaning juda past holatini balandlikni sozlashni qo'shish orqali tuzatish taklif qilindi.
Rassomlik OTMni tugatgan tug'ma qo'li yo'q rassomlar o'rtasida o'tkazilgan so'rov natijalariga ko'ra, ularning ehtiyojlariga eng ko'p mos keladigan molbert va stullar ro'yxati tuzildi. SHu bilan birga, foydalanish qulayligi mezonlari aniqlandi. "Paqildoq" molberti ishlash uchun eng qulay deb topildi. YUmshoq, suyanchiqli, qo'l tagliklarisiz, keng o'rindiqli stul tanlandi.
Tayanch-harakat apparati nuqsonlari bo'lgan talabalar uchun o'quv ustaxonasida ushbu o'quvchilarning ta'lim ehtiyojlarini qondiradigan jihozlardan foydalanish zarurati tug'iladi. Kreslolar balandligi o'zgarishi kerak, aylanuvchi bo'lishi kerak, agar xolstga rasm chizish variantini ko'rib chiqsak, poldan bir oz ko'tarilishi kerak. YOki avtomatik yoki mexanik usulda rassomdan uzoqlashadigan va unga yaqinlashadigan molbertni ishlab chiqish kerak. Turli xil konstruksiyadagi molbertlarni, qog'ozlarni cho'zuvchi planshetlarni va chizish uchun boshqa narsalarni tanlash uchun taqdim etish kerak. Talabalarga ixtisoslik bo'yicha asosiy o'quv dasturida
ko'zda tutilgan turli xil texnikalar va turli xil vazifalar usullarida predmetlar va namunani tasvirlash, qurish vositalari bilan ta'minlash.
Moy bo'yoqlar bilan ishlashda maxsus taglik - alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan talabaning imkoniyatlariga moslashtirilgan tokcha ham kerak bo'lishi mumkin. CHo'tkalarni doimo suyultirgich bilan "maslyonka"da shimiltirish jarayonida qulay bo'lishi kerak. "Maslyonka" barqaror bo'lishi kerak. Gigiena qoidalariga rioya qilish uchun ikkita qo'l yuvish umivalnigi bo'lishi ham maqsadga muvofiqdir. Doimiy va bir turli yorug'lik bilan bog'liq muammolarni oldini olish uchun qora va yorug' pardalar yoki jalyuzlar kabi bir nechta oynani soya qilish moslamalari talab qilinadi. Namunani sun'iy yoritish tizimi alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan talabalarga faqat namuna-model bo'yicha topshiriqlarni bajarishga e'tibor berishga yordam beradi va postanovkada ikkinchi darajali jismlardan chalg'itmaydi. Ish stoli balandligi va qiyaligi bo'yicha sozlanishi kerak. Bundan tashqari, oyoqlar uchun maxsus taglik bo'lishi mumkin. Stolning o'lchamlari nogironlar aravachasidagi talabaning ishlash talablariga va qo'l ostidagi ish operatsiyalarini bajarish uchun funksional talablarga javob berishi kerak. Oyoqlarida nuqsonlari bo'lgan talabalar uchun ish stolining konstruksiyasi nogironlar aravachasining stol ostiga erkin kirishini ta'minlashi kerak. Nogironlar aravachasidagi talabaga to'g'ri keladigan ish joyining o'lchamlari kamida 1500x900 mm1 bo'lishi kerak, shu bilan birga yosh guruhiga mos ravishda nogironlar aravachasining qayrilib olish o'lchamlarini hisobga olish kerak. XULOSA
Alohida ta'limga ehtiyojlari bo'lgan talabalarga rasm va rangtasvirni o'rgatishning o'ziga xos xususiyatlari ta'lim muhitini rejalashtirishda ushbu imkoniyatlarni hisobga olishdan iboratdir. Talabaga qo'yilgan ta'lim vazifalarini hal qilish uchun turli shart-sharoitlar va usullarni ta'minlash, rassomning o'ziga xos uslubi (namuna nisbatlarini, tasvirni yaratish usullari va boshqalarni taqqoslash) uchun mo'ljallangan professional vositalarni yaratish zarurat hisoblanadi.
Alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan talaba o'qishi uchun joy salomatlikka zarar etkazmasligi va shikastlanish xavfiga ega bo'lmasligi kerak. Mebel va maxsus badiiy jihozlari gigiena me'yorlari va qoidalariga muvofiq moslashtirilishi kerak. Mashg'ulotlar jadvali grafigini rejalashtirish kerak bo'lganda individuallashtirilgan va moslashuvchan bo'lishi kerak. SHunisi e'tiborga loyiqki, o'quv dasturlari hajmi har doim ham ayrim nuqsonli talabalar uchun mos bo'lavermaydi. SHuni yodda tutish kerakki, ba'zi nuqsonli talabalar tez charchashadi va shuning uchun tez-tez qisqa dam olishga muhtoj bo'lishadi. SHunday ham bo'ladiki, vazifa juda ko'p vaqtga mo'ljallangan va uni amalga oshirish, fan dasturini o'zlashtirishda bu vazifa bir necha qismlarga bo'lingan holatdagiga nisbatan unchalik samarali bo'lmaydi. Va bu vazifani kichikroq hajmdagi qog'oz yoki xolstda bajarish mumkin. SHunday qilib, butun ta'lim jarayonini o'zgartirish, ya'ni moslashtirish mumkin.
Nogironligi bo'lgan shaxslar uchun qulay, maqbul jismoniy muhitni ta'minlash sohasidagi keltirilgan mahalliy va xorijiy tadqiqotlar va ishlanmalar natijalariga ko'ra quyidagilarni ta'kidlash mumkin:
1. O'zbekistonda nogironligi bo'lgan shaxslarni ijtimoiy qo'llab-quvvatlashga qaratilgan amalga oshirilayotgan islohotlar ta'lim olish, kasb-hunar egallash, jamiyatga integratsiyalashuvi va shaxs kamolotiga samarali ta'sir ko'rsatmoqda.
1 Градостроительные нормы и правила/Проектирование среды жизнедеятельности с учетом потребностей инвалидов и маломобильных групп населения/ ШНК 2.07.02-07/Государственный комитет Республики Узбекистан по архитектуре и строительству/Т./ - 2007Издание официальное/стр.80/
2. Jamiyatga integratsiyalashuvi va ushbu toifadagi odamlar uchun talab qilinadigan kasblar bo'yicha ishlash imkoniyati soliq to'lovchilar qatlamini oshiradi.
3. Badiiy ta'limni o'zlashtirishga ko'maklashish sohasidagi ishlanmalar davlat va homiylardan katta moddiy mablag'larni talab qiladi.
4. Nogironligi bo'lgan shaxslar muammolariga e'tibor sog'lom aholining ushbu odamlarning ehtiyojlaridan xabardorlik darajasini oshiradi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. "O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida"gi Qonuni, 2020 yil 23 sentyabrdagi O'RQ-637-son.
2. O'zbekiston Respublikasining Qonuni, 15.10.2020 yildagi "Nogironligi bo'lgan shaxslarning huquqlari to'g'risida" O'RQ-641-son.
3. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 08.01.2021 yildagi 8-son "Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti faoliyatini yanada takomillashtirish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori.
4. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 01.07.2021 yildagi 411-sondagi "Muhtoj shahslarni protez-ortopedil moslamalari va rehabilitation qilishning technician bilan ta'minlash tartibi tug'u saqlash nizomni tasdiklash haqida"gi qarori.