Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.1 | SJIF = 7.899 www.in-academy.uz
TASVIRIY SAN'AT ASARLARIDAN (CHIZMATASVIR YOKI RANGTASVIR) NUSXA KO'CHIRISH
Temirova Muqaddas Ibragimjon qizi
Namangan davlat unversiteti Pedagogika va psixologiya fakulteti Tasviriy va Amaliy san'at kafedrasi stajyor o'qituvchisi [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.10730085
ARTICLE INFO
Received: 21th February 2024 Accepted: 28th February 2024 Online: 29th February 2024
KEYWORDS Rangtasvir, san'at asarlari, badiiy ijod, kompoziysiya, erkin ijod, nusxa ko'chihsh, rang, kompozitsion mazmun,
perspektiva, havo uyg'unligi, polotno, sujet, markaz, interyer, eksteryer, kontrastlik qonuni.
ABSTRACT
Talabar tasviriy san'atda ko'proq mahoratlarini oshirish va ijodiy imkonihyatlarini oshirish uchun turli janrlarda yaratilgan mavzulardagi kartinalarni tasvirlashda nusxa ko'chirishning bosqichma bosqich qonun qoidalar asosida tugallash, asaryartishda e'tibor qarartish muhim bo'lgan ijodiyjarayonlarni shakllantirib boradilar.
Kirish: Xar bir talaba xoxish istagiga yarasha yakka tartibda yuksak badiiy san'at asarlaridan tanlab nusxa ko'chirish vazifasini turi usulda va texnikada bajaradi.
Amaliy mashg'ulotlarni tashkil etish bo'yicha o'qituvchilari tomonidan turli ko'rsatma va tavsiyalarni talaba, o'quvchilarga va erkin ijod yo'lini boshlayotgan yosh ijodkorlar uchun ishlab chiqadilar. Ular ijodiy ishlarini ishlash bo'yicha olgan bilim va ko'nikmalarini yanada boyitadilar. Shuningdek ijodkor yoshlarga darslik, o'quv qo'llanmalar, reproduktiv materiallar, albomlar asl nusxa asosida talabalar bilimlarini mustaxkamlashga erishish, tarqatma materialdan foydalanish, amalda yuksak badiiy san'at asarlaridan aslidagidek nusxa ko'chirish, ko'rgazmali qurollar tayyorlash va boshqalar tavsiya etiladi.
Talabalar nusxa ko'chirish uchun asar tanlash paytida oddiy, tushunarli asarlardan boshlab, keyinchalik murakkablashishi va talabani qiziqishi, xususiyatini hisobga olinsa maqsadga muvofiq bo'ladi. Vazifani yakka tartibda ustozlar nazorati ostida bajarish maqsadga muvofiqdir. Talabalar dars mashg'ulotlaridan tashqarida ham buyuk rassomlarning rangtasvir yoki chizmatasvir asarlaridan nusxa ko'chirib o'z ustilarida ishlash ham ijodiy rivojlanishning muhim omilidir. Har bir talaba o'zni qiziqishini e'tiborga olgan holda asar tanlaydi. Ushbu jarayonni "Nusxa ko'chirish" jarayonida tag asosdan boshlab qadimgi va zamonaviy rassomlarni qo'llagan materiallarini, usul-uslublarini, o'ziga xos stilistik tomonlarini tegishli adabiyotlardan o'qib o'rganib, olgan bilimlarini amaliy nusxa ko'chirish jarayonida qo'llay olishi kerak.
Kerakli manbalarni adabiyotlardan o'qib o'rganib, izlanishlar olib boorish juda muhim.
é
Ws,
Talabalar jahonning buyuk tasviriy san'at asarlari namoyondalari bilan tanishib, o'rganib amalda asarlarni asl nusxasidan, o'qib o'rganish uchun nusxa ko'chirib borish odatini o'zlarida rivojlantirishlari darkor.
Chizmatasvir san'at asarlaridan nusxa ko'chirish uchun turli ashyolardan foydalanadilar, ularga asosan: a) sepiyada, b) pastelda, v) sousda, g) ko'mirda. Ushbu jarayon talaba uchun o'ta mas'uliyatli hisoblanib, asar tag asosidan boshlab grunt, moy qatlami ish usuli texnologiyasi jarayonini to'liq anglab, tushunib olib, har asarni o'ziga xos sathi, maktablarga oidligini aniqlab, kerakli adabiyotlar bilan tanishib barcha uslubiy jarayonlarni puxta o'rganib tasvirlasa tanlangan asar bilan birga bir nusxada aks ettirilishi mumkin.
Bilamizga nusxa ko'chirish jarayonida asosiy namuna originalidan chetga chiqmagan holda ishlash zarur. Qaysi ashyolar qo'llanilgan bo'lsa, shu ashyolarni qo'llash zarur.
Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.1 | SJIF = 7.899 www.in-academy.uz
Xar bir talaba xoxish istagiga yarasha yakka tartibda yuksak badiiy san'at asarlaridan tanlab nusxa ko'chirish vazifasini turli usulda va texnikada bajaradi.
Asar tanlangandan so'ng bu akademik chizmatasvir bo'lsa inson qomati yalang'och holatida, talaba vizual ravishda ushbu chizmatasvir asarda qo'llagan materiallarni agar tag asosi qog'oz bo'lsa, qanaqa qog'ozda ishlangani uni fakturasiga e'tibor berishi lozim. Qanday qalamlardan foydalangan bu sepiya, italyan qalami, bistr, sous, sangina yoki boshqa materiallardan foydalanganmi buni talaba aniqlab olishi shart.
1. Rangtasvir san'at asarlaridan moy bo'yoqda nusxa ko'chirish.
2. Chizmatasvir san'at asarlaridan nusxa ko'chirish.
a) akvarelda, b) moy bo'yoqda.
Talaba asarga karton tayyorlab, kartondan kalkaga ko'chirib so'ng oldindan tayyorlangan tag asosga chiziq yordamida ko'chiriladi. (Asar rangtasvir bo'lsa mo'yqalam yordamida ko'chiriladi). Chiziqlarini aniqlab, taqqoslab bo'lgandan so'ng soya va yorug'larga e'tibor bergan holda talaba o'zi aniqlab olgan qalamda qog'os fakturasiga e'tibor bergan holda asarni ko'chirish jarayoniga o'tadi. Asar stilistik usul-uslub qo'llanilayotgan materiallar e'tiborda bo'lishi shart. Asar nusxa ko'chirish jarayonida bir qismdan boshlab aytaylik bir qomatni boshqa detallarga tugallab borishi metodi yoki katta qora yoki oq dog'larni yorug' soyalarni e'tibor bilan har bir jarayon o'sha usta rassomni usul-uslubi, manerasidan kelib chiqgan holda bajarilishi zarur. Asosiy tugallanish jarayonida talaba o'zaro kesimlarni bir-biriga taqqoslab, nusxa uchun tanlangan asarni o'zi nusxa ko'chirish ishi bilan taqqoslashi kamchilik va tuzatish ishlari olib boriladi. Asardagi va talabaning nusxa ko'chirish ishidagi stilistik, qatlamlarning yo'g'on ingichkaligi ishlash usuliga erishilganda nusxa ko'chirish ishi yakunlanadi.1
1 Э.Бергер «История развития техники масляной живописи». М., 1961.
é
ш
UIF = 8.1 | SJIF = 7.899
www.in-academy.uz
Badiiy asar yaratishda yaxshi natijaga erishish uchun uning asosi kompozitsiya ekanligini yaxshi bilamiz. Shuning uchun bosh qahramonni kartinada ko'p holatlarda bosh harakat kompozitsiyaning ikkinchi planida joylashtiriladi. Birinchi plan ikkinchi planga yordam berib, uni ko'rishga zamin yaratadi. Qolgan planlardagilar qo'shimcha vazifani amalga oshiradi. Birinchi plandagilar bilan yagona muhit hosil qiladi.
Bunga misol, Rafaelning «Afina maktabi», A.I.Ivanovning «Isoning xalqqa ko'rinishi» asaridir. K.P.Bryullovning «Pompeyning so'ngi kuni» kartinasida esa Italiyaning Pompey shahri tarixidagi fojea aks ettirilgan. Rassom mavzudan kelib chiqib asarni yechishga izlanish olib borgan. Kompozitsiya tuzilishi och va qora rang, tuslar, ritm kontrasti asosida topilgan. Bosh guruh qomatlar kartina bo'shlig'ining ikkinchi planida joylashtirilgan. Eng kuchli yorug'lik ana shu ikkinchi plandagi qomatlarni yoritadi. Qomatlar esa keskin harakatlarda tasvirlangan. Birinchi plandagilar bosh qahramon(harakat)ni ko'rishga zamin yaratadi. Uchinchi plan ham ma'lum darajada kompozitsiyaga va fikr uyg'unligiga, voqeani katta fojealigini ko'rsatishga yordam beradi. Ikkinchi plandagi dinamikani mustahkamlaydi. Kartina kompozitsiyasida yorug' va qoramtir qismlari ritmik takrorlanadi. Asarning yaxlitligi va mutanosibligi tus va ranglar kuchining kontrasti hisobiga amalga oshirilgan.
Rassom ko'p qomatli kompozitsiya ustida ishlab asar yaratar ekan, uning ko'zi oldida voqelik holati namoyon bo'ladi. U voqelikning ma'lum bir ko'rinishini aks ettirishga harakat qiladi. Bu rassomning imkoniyati chegaralangan, degani emas. Rassom bir voqelikni tasvirlar ekan boshqa voqelikka turtki beradi, undaydi.
References:
1. Temirova, M. (2023). THE ABILITY OF THE TEACHER TO APPLY THE TECHNOLOGIES OF INDIVIDUAL WORK WHEN TEACHING STUDENTS THE LESSONS OF SKILLFUL PAINTING. Евразийский журнал академических исследований, 3(3), 177-181.
2. Темирова, М. И. (2022). ИЗОБРАЗИТЕЛЬНОЕ ИСКУССТВО И ЕГО СОДЕРЖАТЕЛЬНАЯ СУЩНОСТЬ. Innovation: The journal of Social Sciences and Researches, 1(2).
3. Temirova Muqaddas, & Turg'unboyeva Maftunaxon. (2023). TASVIRIY SAN'AT FANLARINI MAKTABLARDA O'QITISHNING ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALARI. https://doi.org/10.5281/zenodo.10337479
4. Temirova Muqaddas, & Nazarov Murodjon. (2023). MAHOBATLI RANGTASVIR KOMPOZITSIYASINING ZAMONAVIY USLUBLARI, SHAKLLARINI TALABALARIGA O'QITISHDA YANGICHA YONDASHUV. https://doi.org/10.5281/zenodo.10322777
5. Tyemirova, M. I. Q. (2020). OLIY PYEDAGOGIK TA'LIMDA TALABALARNING NATYURMORT KOMPOZISIYASINI TUZISH VA TASVIRLASH KASBIY MAHORATLARINI TAKOMILLASHTIRISH TYEXNOLOGIYALARI. Science and Education, 1(7), 582-586.
6. Шарипжонов, М. Ш. (2020). Булажак тасвирий санъат уцитувчисининг касбий махрратларини такомиллаштиришда амалий машгулотларни ташкил этиш методикаси. Молодой ученый, (43), 351-353.
7. Шарипжонов, М., & Икромова, М. Д. (2018). TASVIRIY SAN'ATDA ANIMALIZM JANRI. Научное знание современности, (5), 94-96.
8. Muhammad, A. (2022). PECULIARITIES OF THE SCIENTIFIC STUDY OF THE RELATIONSHIP BETWEEN COMPOSITION AND COLOR IN THE GENRE OF LANDSCAPE. ASIA
Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.1 | SJIF = 7.899 www.in-academy.uz
PACIFIC JOURNAL OF MARKETING & MANAGEMENT REVIEW ISSN: 2З19-2ВЗ6 Impact Factor: 7.60З, 11(02), 5-8.
9. Amanullaev, A. (2022). SPECIFIC FACTORS OF COMPREHENSIVE STUDY AND ANALYSIS OF THE HISTORY AND CULTURE OF THE UZBEK PEOPLE. ASIA PACIFIC JOURNAL OF MARKETING & MANAGEMENT REVIEW ISSN: 2З19-2ВЗ6 Impact Factor: 7.60З, 11 (02), 1-4.
10. Amanullaev, A. A. (2022). CURRENT ISSUES IN THE TRAINING OF FUTURE TEACHERS OF FINE ARTS. ASIA PACIFIC JOURNAL OF MARKETING & MANAGEMENT REVIEW ISSN: 2З19-2ВЗ6 Impact Factor: 7.60З, 11(03), 1-3.
11. Абдимуминова, Д. А., & Амануллаев, А. А. (2018). Использование традиций этики" устоз-шогирд"(мастер и ученик) на занятиях прикладного искусства. NovaInfo. Ru, 2(85), 203-206.