Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
OLIY TALIM TIZIMIDA RANGTASVIR HAMDA RANGSHUNOSLIK FANLARINI YANADA RIVOJLANTIRISH
Qurbonova Barchinoy Mirzahamdamovna
FarDU katta o'qituvchi, p.f.b.f.d. (PhD) Saidakbarova Gullola Zoirjon qizi
FarDU o'qituvchisi
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada Oliy ta'lim tizimidagi rangtasvir, rangshunoslik fanlarining muammolari bartaraf qilinmagunicha umumiy o 'rta ta 'lim maktablari tasviriy san 'at darslari samaradorligini oshirishning imkoniyati bo 'Imaydi. Buni oqibatida esa o'sib kelayotgan yosh avlodni san'at va madaniyatga qiziqishlarini oshirish, iqtidorini aniqlash kutilgan natijani bermaydi kabi masalalarga yechim topish ko 'rilgan.
Kalit so'zlar: Innovatsion texnologiya, multimediya, zamonaviy texnologiya, ilg'or ta'lim texnologiyalari, xalqaro tajriba.
АННОТАЦИЯ
В данной статье до тех пор, пока не будут решены проблемы живописи и колористики в системе высшего образования, не будет возможности повысить эффективность уроков изобразительного искусства в общеобразовательных школах. В результате этого было видно, что поиск решения таких вопросов, как повышение интереса молодого поколения к искусству и культуре и выявление его таланта, не дает ожидаемых результатов.
Ключевые слова: Инновационные технологии, мультимедиа, современные технологии, передовые образовательные технологии, международный опыт.
ABSTRACT
In this article, until the problems of painting and color studies in the higher education system are not solved, there will be no opportunity to improve the effectiveness of visual art lessons in general secondary schools. As a result of this, it was seen that finding a solution to issues such as increasing the interest of the young generation in art and culture and identifying their talent does not give the expected results.
Key words: Innovative technology, multimedia, modern technology, advanced educational technologies, international experience.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
KIRISH
Xalqimizning va buyuk ajdodlarimizning merosidan foydalangan holda raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash va yosh avlodni milliy, umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalash borasida mamlakat ta'lim tizimi sohasida ko'plab ishlar olib borilmoqda. Mamlakatimiz Prezidentining 2017-yil 20-aprelda qabul qilingan "Oliy ta'lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-2909 sonli farmonida shunday deyiladi: "Oliy ta'lim muassasasi o'z yo'nalishlari bo'yicha dunyoning yetakchi ilmiy-ta'lim muassasalari bilan yaqin hamkorlik aloqalari o'rnatish, o'quv jarayoniga xorijiy tajribalarni joriy etish, ayniqsa, istiqbolli va ilmiy kadrlarni xorijining yetakchi ilmiy-ta'lim muassasalarida stajirovkadan o'tkazish va malakasini oshirish borasidagi ishlar yetarli darajada olib borilmayapti". Oliy ta'lim tizimini tubdan takomillishtirish, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasidagi ustivor vazifalar mos holda, kadrlar tayyorlash tizimini qayta ko'rib chiqish, xalqaro standartlar darajasiga mos oliy ma'lumotli mutaxassislar tayyorlash uchun zarur sharoitlar yaratish", deb ko'rsatiladi.
Jadal sur'atlar bilan rivojlanayotgan davrning o'zi tasviriy san'at sohasini yanada taraqqiy ettirish, uning bugungi kundagi o'rni va mavqeyini oshirish, O'zbekiston Badiiy akademiyasi faoliyatini takomillashtirishni talab etayotganini e'tirof etish lozim. Ayniqsa, tasviriy san'at sohasi ijodkorlarining imkoniyat va salohiyatini to'laqonli yuzaga chiqarish, rangtasvir va amaliy san'at asarlarining yuksak sifatini ta'minlash borasida keyingi paytlarda dolzarb muammolar, jumladan sohaga yuksak darajadagi, malakali kadrlar kamligi, xalqaro ijodiy va ilmiy aloqalarni rivojlantirish hamda ijodkorlarni har tomonlama rag'batlantirish, iste'dodli yoshlarni ijodiy imkoniyatlarini kengaytirishdir.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Tasviriy san'at tarixida rangdan foydalanish jamiyat taraqqiyoti bilan birga rivojlanib borgan. Ibtidoiy jamoa rassomi o'z "asar"ini mavjud tabiiy rang hisoblangan yog'och ko'miri, olov kuyasi kabi anrsalardan foydalanib ishlagan, jamiyat rivoji bilan rang - pigment va bog'lovchi vositalar ortib borgan, rang usuli rivojlangan. Quldorlik davrida akvarel, tempera, enkaustika singari murakkab rang texnologiyasi ishlab chiqilgan. O'rta asrlar oxirida moybo'yoq texnologiyasi paydo bo'lgan, shu davrdan rang tuslanishi ham ortib avvalgi lokal, yassi rang o'rnini yorug' - soya yordamida o'zgaruvchi, tuslanuvchi ranglar tizimi egallagan.
Ajdodlarimiz bizga rang va uning inson hayotidagi o'rni, shifobaxshligi, tarbiyaviy, falsafiy va ruxiy tomonlari haqida juda ko'p ma'naviyat xazinalari qoldirib ketganlar. Afsuski, bu ma'naviy merosdan to'liq foydalana olmayapmiz. Chunonchi, ta'lim va tarbiya, taxnika, qishloq xo'jaligi, iqtisod va boshqa sohalarda
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(9), September, 2023
bu masalalarga yetarli darajada e'tibor berilmayapti. Xolbuki, jahonning rivojlangan mamlakatlarida ranglarning inson hayotidagi o'rniga katta ahamiyat berilmoqda.
Ma'lumki, inson tashqaridan qabul qiladigan ma'lumotning 90 foizini ko'rish orqali qabul qiladi. Ko'z esa inson hatti-harakatini amalga oshirishda 70-90 foiz rol o'ynaydi. Qayoqqa qaramaylik ranglarning ta'sirchan kuchini ko'ramiz. Ko'chalardagi badiiy bezaklar, yelib borayotgan turfa xil mashinalar, daraxtlar-u gullar va ko'zimizga ko'ringan ja'miki narsalar shular jumlasidan hisoblanadi.
Demak, inson faoliyatida ranglarning ahamiyati juda ham kattadir. Shu boisdan ham atrof-muhitni badiiy bezatishda, ta'lim sohasida eng kerakli bo'lgan ko'rgazmali qurollar, darsliklarni tayyorlashda ongli ravishda rang tanlanishi, ilmiy asoslangan hamda estetik nuqtai nazardan yondashilishini taqazo etadi. Bu borada, insonga amaliy yordam ko'rsatishda rangshunoslik fanining ahamiyati katta hisoblanadi. Shuning uchun ham ushbu fanni ilmiy-nazariy metodologiyasini o'rganish muhim ahamiyat kasb etadi. Badiiy ta'lim muassasalarining yetuk mutaxassislari, rassomlar, san'atshunos olimlar va rassom - pedagoglar rangshunoslik bo'yicha ilmiy-nazariy ma'lumotlarga ega bo'lishlari, turfa xil badiiy materiallarning o'ziga xos xususiyatlarini va ulardan foydalanish yo'llarini mukammal bilishlari zarur.
Ayniqsa, o'rta umumiy ta'lim maktablari uchun tasviriy san'at o'qituvchi tayyorlaydigan Tasviriy san'at va muhandislik grafikasi bakalavriyat ta'lim yo'nalishida rangshunoslik, rangtasvir texnologiyasi, ashyolar bilan ishlash kabi ixtisoslik fanlarini o'quv rejaga kiritilmaganligi, umuman o'qitilmasligi, hattoki, asosiy ixtisoslik fani bo'lgan rangtasvir fani soatlarining ham keskin qisqartirib yuborilganligi, ma'ruza mashg'ulotlarining esa umuman yo'qligi ham biz olib borayotgan tadqiqot ishimiz "Rangtasvirda rangshunoslikning ilmiy-nazariy metodologiyasi va amaliy ahamiyati"ni o'rganish eng dolzarb masalalardan biri ekanligini ko'rsatib turibdi. Yuqorida keltirib o'tilgan kamchiliklarni bartaraf qilish uchun rangshunoslikning ilmiy-nazariy metodologiyasi masalasini chuqurroq o'rganish, yangi ilmiy ma'lumotlarni topish, taqqoslash, tajriba o'tkazish va masalaning yechim topish zarur. Shu sababli biz ushbu mavzuni ilmiy-tadqiq etishni, ushbu muammoga amaliy yechim topishni maqsad qilib oldik.
Shuning uchun ham rangtasvirda rangshunoslikning ilmiy - nazariy metodolgiyasi va amaliy ahamiyatini o'rganish maqsadida biz o'z oldimizga quyidagi maqsad va vazifalarni belgilab oldik:
•Namunaviy fan dasturi, darslik, o'quv va uslubiy qo'llanmalardan rangtasvir, rangshunoslik fanlarining o'ziga xos jihatlari, hamda ularni o'qitish metodlari haqidagi ilmiy - uslubiy ma'lumotlarni taxlil qilish;
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
• Rangshunoslikning ilmiy-nazariy asoslari, metodologiyasini o'rganishning amaliyotdagi ahvolini tahlil qilish;
• Rangtasvir va rangshunoslikda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo'llanilishining o'ziga xos jihatlari va afzalliklarini aniqlash;
• Rangtasvir fani amaliy mashg'ulotlarining samaradorligini oshirish uchun qo'llaniladigan pedagogik ta'lim texnologiyalarini taxlil qilish;
• Tadqiqot jarayonida tasviriy san'at va muxandislik grafikasi bakalavriyat ta'lim yo'nalishi rangtasvir mashg'ulotlarida tajriba-sinov darslarini tashkil qilish;
• Olib borilgan tadqiqot natijalarini taxlil qilish asosida rangshunoslikning metodologiya asoslarinining ilmiy - nazariy asosini ishlab chiqish;
• Rangshunoslikka oid ilmiy-tadqiqot ishlarini va internet materiallarini o'rganib chiqish;
• Magistrlik dissertasiyasi materiallari asosida ilmiy maqola chop qilish;
• Rangtasvir mashg'ulotlari samaradorligini oshirish uchun rangshunoslikdan foydalanish bo'yicha uslubiy tavsiyalar berish.
XULOSA
Rangtasvir hamda rangshunoslik fani nazariyasini doimiy ravishda o'rganib borish tasviriy san'at ta'limi muvaffaqiyatini ta'minlovchi muxim shartlardan biri hisoblanadi. Rangtasvirning nazariy qonun - qoidalariga tayangan yosh rassom amaliy ko'nikma va malakalarga ega bo'lishi va ijod yo'liga kirib borishi oson kechadi. Chunki, rangtasvir nazariyasi ostida asrlar davomida juda ko'plab mashxur rassomlar tomonidan yig'ilgan ulkan tajriba yotadi. "Nazariyasiz amaliyotga kirib borgan kishi, - deb yozadi Leonardo da Vinchi, kompassiz yo'lga chiqqan dengizchiga o'xshaydi va qayoqqa ketayotganini o'zi ham tuzukroq anglab yetmaydi. Amaliyot hamisha yaxshi ishlab chiqilgan nazariyaga tayanishi lozim va nazariyasiz rangtasvirning muvaffaqiyatini hech qachon ta'minlab bo'lmaydi. Talabalar ta'limning dastlabki bosqichidanoq rang munosablari metodi bilan ishlashni o'rganishlari zarur. Har bir buyumning rangini aynan o'zini atrofdagi boshqa narsalarning ta'siridan, rangidan alohida ajratgan holda tasvirlash, nusxa ko'chirish mumkin emas. Tabiatdan bunday nusxa ko'chirish orqali borliqdagi ranglarning o'zaro aloqasini, bir - biridan farqlarini bilib bo'lmaydi. Rangtasvirdagi ranglar atrof - muhit bilan solishtirish asosida topiladi va ular bir - biriga hamohang tarzda, yaxlit munosabatlarda tasvirlanishi kerak.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(9), September, 2023
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)
1. O'zbekiston Respublikasi PF. "Tasviriy va amaliy san'at sohasi samaradorligini yanada oshirishga doir chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-4688-sonli Farmoyishi. 2020. 21 aprel.
2. Bulatov S. "Rangshunoslik" Toshkent: "O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti", 2009-yil 28-bet.
3. Bulatov S. "O'zbek xalq amaliy bezak san'ati" Toshkent "Mehnat", 1991-yil 7-8-betlar.
4. Jabbarov B. "Rangshunoslik". Ma'ruzalar matni. "Namangan", 2001-yil 27-bet.
5. Xudoyberganov R. "Rangshunoslik". Toshkent, "San'at", 2004-yil 68-79-betlar.
6. Xudoyberganov R. "Tasviriy san'atda rang". Toshkent "San'at", 2005-yil 18-23-betlar.
7. Kurbonova, B. M. (2023). OPPORTUNITIES AND TECHNOLOGIES FOR PREPARING FUTURE TEACHERS OF FINE ARTS FOR THE FORMATION OF ELEMENTS OF ARTISTIC THINKING IN SCHOOLCHILDREN. Zeta Repository, 4(04), 709-715.
8. Kurbonova, B. (2020). THEORETICAL BASES OF THE ORGANIZATION OF DRAWING LESSONS IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION.
In Психологическое здоровье населения как важный фактор обеспечения процветания общества (pp. 254-257).
9. Курбанова, Б. М. (2018). РОЛЬ ПРОФЕССИОНАЛЬНОЙ КОМПЕТЕНТНОСТИ БУДУЩЕГО УЧИТЕЛЯ ИЗОБРАЗИТЕЛЬНОГО ИСКУССТВА В ПОВЫШЕНИИ ЭФФЕКТИВНОСТИ ФОРМИРОВАНИЯ ХУДОЖЕСТВЕННОГО МЫШЛЕНИЯ У УЧАЩИХСЯ. In EUROPEAN RESEARCH: INNOVATION IN SCIENCE, EDUCATION AND TECHNOLOGY (pp. 65-66).
10. Qurbonova, B. M. (2022). BO'LAJAK TASVIRIY SAN'AT O'QITUVCHILARI O'QUVCHILARNING BADIIY TAFAKKURNI SHAKLLANTIRISHGA TAYYORLASHNING PEDAGOGIK SHART-SHAROITLARI. International scientific journal ofBiruni, 1(2), 194-198.
11. Qurbonova, B., & Djuhanova, N. (2020). PSYCHOPHYSIOLOGICAL BASIS OF COLOR SELECTION IN YOUNG PEOPLE. Theoretical & Applied Science, (1), 27-37.
12. Muhammadovna, O. R. N., & Bahodirovich, B. B. (2022). BO 'LAJAK TASVIRIY SAN'AT O 'QITUVCHILARIDA KASBIY-GRAFIK KOMPETENTLIKNI RIVOJLANTIRISH DOLZARB PEDAGOGIK MUAMMO SIFATIDA. FAN, TA'LIM VA AMALIYOTNINGINTEGRASIYASI, 3(6), 432-438.
Oriental Renaissance: Innovative, (E)ISSN:2181-1784
educational, natural and social sciences www.oriens.uz
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 3(9), September, 2023
13. Мирзахамдамовна, К Б. (2022). БУЛАЖАК ТАСВИРИЙ САНЪАТ УКИТУВЧИЛАРИНИ МАКТАБ УКУВЧИЛАРИДА БАДИИЙ ТАФАККУРНИ ШАКЛЛАНТИРИШГА ТАЙЁРЛАШ ШАКЛ ВА ТЕХНОЛОГИЯЛАРИ. INTEGRATION OF SCIENCE, EDUCATION AND PRACTICE. SCIENTIFIC-METHODICAL JOURNAL, 3(5), 185-198.
14. Sadikovna, S. G., Kurbonova, B., Akhmedova, N., & Sulaymanova, S. (2020). Fundamentals Of Professionalism Development On The Example Of Practical Exercises On Forming The Skills And Skills Of Future Teachers. PalArch's Journal of Archaeology of Egypt/Egyptology, 17(6), 8894-8903.
15. Sulaymanova, S. B. Q. (2022). BADIIY OLIY TA'LIM MUASSASALARDA TASVIRIY SAN'AT FANINI O'QITISHGA BO 'LGAN EHTIYOJNING OSHISHI VA UNING BUGUNGI HOLATI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 89-96.
16. Сулайманова, С., Омонов, Д., & Аъзамжонов, А. (2022). Алишер Навоий асарларидан бадиий олий таълим муассасаларида тасвирий санъатни укитиш жараёнида фойдаланишнинг зарурияти. Research Focus, 1(2), 272-277.
17. Mirzahamdamovna, K. B., Erkinovna, A. N., & Jumadillaevich, S. R. (2021). Use of Innovative Educational Technologies in Fine ARTS Classes of Higher Education Institutions. European Journal of Humanities and Educational Advancements, 2(4), 25-27.
18. Barchinoy, K., Sevarakhon, S., & Mukhammadkodir, Y. (2021). Effective methods of teaching fine arts and drawing at school. European Scholar Journal, 2(9), 9-11.
19. Sulaymanova, S. (2022). PEDAGOGICAL REQUIREMENTS FOR IMPROVING THE METHOD OF OBSERVING PERSPECTIVES WHEN STUDENTS INDEPENDENTLY COMPLETE TASKS IN THE AREAS OF PAINTING AND PENCIL DRAWING. Science and Innovation, 1(8), 1559-1564.
20. Sulaymanova, S. (2023). IMPORTANCE OF THE PATCHWORK NEEDLEWORK IN STUDY WHICH HAS GIVEN A BIRTH TO APPLIED ARTS, BASED MUCH ON ANCIENT OLD-TIME TRADITION. Science and innovation, 2(C4), 9-12.
21. Sulaymanova, S. (2023). ЗНАЧЕНИЕ ПЕРСПЕКТИВЫ В ИЗОБРАЗИТЕЛЬНОМ ИСКУССТВЕ И ОСОБЕННОСТИ ЕЕ ПРИМЕНЕНИЯ. Farg 'ona davlat universiteti ilmiy jurnali, (1), 75-79.
22. Sulaymanova, S. (2023). TASVIRIY SAN'AT FANLARIDA PERSPEKTIVANING MUHIM AHAMIYATI VA UNING QO 'LLANILISH XUSUSIYATLARI. Scientific journal of the Fergana State University, (1), 16-16.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
23. Sulaymanova, S. (2022). TALABALAR RANGTASVIR VA QALAMTASVIR FALARIDAN TOPSHIRIQLARNI MUSTAQIL BAJARISHDA PERSPEKTIVAGA RIOYA QILISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISHDA PEDAGOGIK TALABLAR. Science and innovation, 1(B8), 1559-1564.
24. Yunusaliyev, M. T., & Sulaymonova, S. B. (2022). AKVAREL TEXNIKASIDA YORUG'LIK VA RANG MUNOSABATLARIDA RANGLAR GAMMASINING AHAMIYATI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(12), 850-857.
25. Ozodbek, S., Muhammadjon, O. R., & Sevaraxon, S. (2022). MARKAZIY OSIYO XALQLARI TASVIRIY SAN'AT TARIXINING FANDAGI O 'RNI. Research Focus, 1(2), 259-263.