Научная статья на тему 'TASHQI SAVDO ALOQALAR RIVOJLANISHINI ZAMONAVIY BOSQICHIDA XITOY EKSPORTINING TOVAR VA GEOGRAFIK TARKIB O‘ZGARISHLARINI O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI'

TASHQI SAVDO ALOQALAR RIVOJLANISHINI ZAMONAVIY BOSQICHIDA XITOY EKSPORTINING TOVAR VA GEOGRAFIK TARKIB O‘ZGARISHLARINI O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Политологические науки»

CC BY
804
87
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Xitoy / yirik bozor / tashqi savdo / iqtisodiy rivojlanish / tashqi iqtisodiy aloqalar / China / major market / foreign trade / economic development / foreign economic relations

Аннотация научной статьи по политологическим наукам, автор научной работы — Aliyeva, F.M.

Bugungi kunda Xitoy nafaqat bozorning asosiy ishtirokchisi, balki savdo sohasida ham jahon yetakchisi hisoblanadi. Xitoy Xalq Respublikasidagi ijobiy tendentsiyalar zamirida nafaqat miqdoriy ustunlik, balki sifat standartlari ham yotadi. Islohotlar davrida Xitoy tashqi iqtisodiy aloqalarining asosiy yo'nalishi tashqi savdo bo'ldi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

CHARACTERISTICS OF CHANGE AND GEOGRAPHICAL COMPOSITION OF CHINESE EXPORTS AT THE MODERN STAGE OF DEVELOPMENT OF FOREIGN TRADE RELATIONS

Today, China is not only a major market player, but also a world leader in trade. At the heart of the positive trends in the of the People's Republic of China are not only quantitative superiority, but also qualitative standards. Foreign trade has been a major focus of China's foreign economic relations throughout the reform period.

Текст научной работы на тему «TASHQI SAVDO ALOQALAR RIVOJLANISHINI ZAMONAVIY BOSQICHIDA XITOY EKSPORTINING TOVAR VA GEOGRAFIK TARKIB O‘ZGARISHLARINI O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI»

TASHQI SAVDO ALOQALAR RIVOJLANISHINI ZAMONAVIY BOSQICHIDA XITOY EKSPORTINING TOVAR VA GEOGRAFIK TARKIB O'ZGARISHLARINI O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

d 10.24412/2181-1784-2021-1-613-618

Aliyeva F.M.

Xitoyshunoslik fakulteti Xitoy tarixi, madaniyati, siyosati va iqtisodiyoti kafedrasi st. o'qituvchi

Annotation. Today, China is not only a major market player, but also a world leader in trade. At the heart of the positive trends in the of the People's Republic of China are not only quantitative superiority, but also qualitative standards. Foreign trade has been a major focus of China's foreign economic relations throughout the reform period.

Keywords: China, major market, foreign trade, economic development, foreign economic relations

Bugungi kunda Xitoy yirik bozor egasi bo'libgina qolmay, jahon xo'jaligida savdo hajmi bo'yicha ham yetakchi mamlakat hisoblanadi. Xitoy Xalq Respublikasi iqtiodiy rivojlanishidagi ijobiy tendensiyalarning zamirida nafaqat miqdoriy ustunlik ko'raskichlari balki, sifat me'yorlari ham yetakchi omil bo'lib xizmat qilmoqda. Shu nuqtayi nazardan eksport salmog'ining yuqorida qayd etilgan omillar asosida ortib borayotgani Xitoyning jahon bozorida mustahkam o'rnini belgilab bermoqda. O'tgan o'n yil ichida Xitoy alohida rivojlanish xususiyatini namoyon etdi. Bundan 43 yil avval, 1978-yilda boshlangan "tashqi iqtisodiy ochiqlik" siyosati mohiyatida shakllanuvchi islohatlar va modernizatsiyalash jarayonlari Xitoyni qator iqtisodiy va siyosiy jihatdan yetakchi mamlakat bo'lishiga olib kelgan. Xalqaro mintqaviy iqtisodiy aloqalar mustahkamlanishi uchun Xitoy tashqi savdo hajmimning turli xil geografik yo'nalishlarining kengayishi katta ahamiyat kasb etmoqda. Xususan, Xitoydan Osiyo, Afrika va Yevropa mintaqalariga boruvchi yangi quruqlikdagi "Buyuk Ipak yo'li" va "XXI asr Dengiz Ipak yo'li" loyihalarini, shuningdek qisqa muddat ichida eng ilg'or xalqaro tajriba asosida jahonda savdo va investitsion aloqalarni o'rnatish maqsadida Shanxayda birinchi erkin savdo hududining barpo etish g'oyalari shular jumlasidandir. Aynan shu kabi tashabbuslarning ilgari surilishi Xitoy Xalq Respublikasida islohatlar davrining ikkinchi yangi sifatdagi bosqichi deya

613

ta'riflanmoqda.1 XKPning XIX s'yezdida (2017 yil oktabr) Xitoy tashqi iqtisodiy aloqalaridagi yangi holatlarning tanqidiy ma'noga ega yo'nalishlari sarhisob qilindi va "har taraflama ochiqlik siyosatining yangi arxitekturasini shakllantishni rag'batlantirish", "jahon iqtisodiyotida zamonaiy qurilishni ilgari surish" vazifasi belgilandi. Mamlakatning yangi raqobatbardosh ustunliklarni "ko'paytirish" masalalarini tezroq hal etishga, xalqaro mehnat taqsimotida o'rnini oshirishga, tubdan ochiq tashqi iqtisodiy mintaqaviy tuzilishini yaxshilashga e'tibor qaratildi. Albatta bu kabi tub islohatlar nafaqat mamlakat iqtisodiyotini yuksak marralarga yetaklaydi, balki uni inqirozga tobe xavf xatarlar ta'siridan ijobiy natijalar bilan chiqib olishini ta'minlaydi. "Belbog' va yo'l" g'oyasining aniq, mukammal rejalari va amalda joriy etilayotgan vazifalarni to'ldirilib borilishi natijasida

Xitoy tashqi iqtisodiy aloqalaridagi ochiqlikning yangi bosqichi sifat xususiyatlari jahonda yetakchi bo'lish imkoniyatini yaxshilab bordi. Dastavval, chet eldan texnika va texnologiya, investitsiyalarni jalb etish yetakchi vazifalar qatorida hisoblangan bo'lsa, bugungi kunda bu tendensiyalar o'z mohiyatini o'zgartirmoqda ya'ni endi asosiy urg'uni Xitoy o'z tovar, kapital va xizmatlarni tashqariga harakatlaanishiga berdi. Albatta quyida keltiriladigan statistik taxlillar aynan shu kabi islohatlar davri rivojlanish xususiyatlarini yakuniy xulosalarini va zamonaviy bosqichda pandemiyaning salbiy ta'sir doirasi butun bir dunyoni qamarab olgan bir paytda Xitoyning iqtisodiy salohiyatini yaqin kelajakdagi istiqbollarini baholash imkoniyatini beradi. Tashqi savdo barcha islohatlar davrida XXR tashqi iqtisodiy aloqalarining bosh yo'nalishi bo'lib qolgan. Mamlakatning tashqi savdo aylanmasi 1978 yildan boshlab ijobiy o'sish sur'atlarini namoyon etib kelmoqda. Xususan, 1978 yilda tashqi savdo aylanmasi 20,64 mlrd AQSh dollarini tashkil etgan bo'lsa, bugungi kunda bu ko'rsatkich 4,57 trln AQSh dollariga yetgan, shundan eksport 232 martaga: 9,75 mlrd AQSh dollariodan 2,49 trln AQSh dollari miqdoriga ortgan. 1978 yilda Xitoy umumiy tashqi savdo aylanmasi hajmi bo'yicha jahonda 29-o'rinni, 1990 yillarda 16-o'rinni, 2000-yilda 8-o'rinni, 2010 yilda 2- o'rin, 2013 yildan boshlab 2016-yilni hisobga olmaganda 1-o'rinni egallab kelmoqda.2 2009-2020 yillarda Xitoyning umumiy savdo aylanmasining hajmi (trln. AQSh dollarida)

1 : Портяков В.Я. (2019) Политика внешнеэкономической открытости в Китайской Народной Республике: основные итоги и перспективы // Контуры глобальных трансформаций: политика, экономика, право. Т. 12. № 1. С. 44-68.

2 Портяков В.Я. (2019) Политика внешнеэкономической открытости в Китайской Народной Республике: основные итоги и перспективы // Контуры глобальных трансформаций: политика, экономика, право. Т. 12. № 1. С. 44-68.

Yillar Umumiy savdo aylanmasi Eksport Import

1978 20,64 9,75 10,89

1990 115,44 62,09 53,35

2010 2,973,76 1,577,76 1,396,00

2011 3,641,78 1,898,38 1,743,39

2012 3,867,12 2,048,71 1,818,41

2013 4,158,53 2,209,00 1,949,99

2014 4,301,53 2,342,29 1,959,24

2015 3,959,03 2,273,47 1,679,56

2016 3,685,57 2,098,15 1,587,42

2017 4,104,50 2,263,52 1,840,98

2018 4,629,21 2,494,23 2,134,98

2019 4,567,52 2,498,56 2,068,95

2020 4,646,19 2,590,60 2,055,59

2021 yanvar-sentabr 4374,2 2,4008 1,9732

Manba: https://1 prime.ru/state_regulation/20211013/834949471 ,https: //trendeconomy .ru/data/h2/China/TOTAL va ma'lumotlari asosida muallif tomonidan ishlab chiqilgan.

Xitoydan jami eksport 2020 yilda 2,59 trillion dollarni tashkil etdi. 2019-yilga nisbatan Xitoydan tovarlar yetkazib berish hajmining o'sishi sur'ati 3,68 foizni tashkil etdi. Tovarlar eksporti 92 milliard dollarga oshdi (2019-yilda Xitoydan 2,49 trillion dollarlik mahsulot yetkazib berilgan). 2020 yilda Xitoydan tovarlarning asosiy eksport geografiyasi yo'nalishlari mamlakatlari AQSh 17,4 foiz ulushni tashkil etgani holda yirik eksport hamkori bo'lib qolmoqda (452 milliard AQSh dollari), Gonkong 10,5% ulushi bilan (272 milliard AQSh dollari), Yaponiya ulushi 5,5% (142 mlrd AQSH dollari), 4,39% (113 milliard AQSh dollari) ulushi bilan Vetnam, Koreya Respublikasi ulushi 4,34% (112 mlrd AQSh dollari), Germaniya 3,35% ulushi bilan (86 milliard AQSh dollari), Niderlandiya ulushi 3,04% (79 mlrd AQSH dollari), 2,8% ulushi bilan Buyuk Britaniya (72 mlrd. AQSh dollari), Hindiston ulushi 2,57% (66 milliard AQSh dollari), 2,32% (60 mlrd. AQSh dollari) ulushiga ega bo'lgan boshqa Osiyo mamlakatlari hisoblandi.

Xitoy eksportida 10 ta yirik savdo hamkorlarining ulushi (foizda)

Manba: https : //trendeconomy.ru/data/h2/China/TOTAL ma'lumotlari asosida muallif tomonida ishlab chiqilgan

2020 yilda Xitoyning eksport tarkibi quyidagi asosiy tovar guruhlari ifodalanadi: - Elektr texnika va jihozlar, ularning qismlari; ovoz yozish va qayta ishlab chiqarish uskunalari, televizion tasvirlar va ovoz yozish va takroran ko'rish va eshitish uchun uskunalar, ularning qismlari va aksessuarlari ulushi 26 foiz (698 mlrd. AQSh dollari); atom reaktorlari, qozonxonalar, uskunalar va mexanik qurilmalar; ularning qismlari ulushi 17,4 foiz (450 mlrd. AQSh dollari); - mebel; choyshablar, matraslar, divan tayanchlari, yostiqlar va shunga o'xshash mebellar qo'shimchalari; lampalar va yoritish moslamalari ulushi 4,22 foiz (109 mlrd. AQSh dollari); -plastmassa va undan tayyorlangan buyumlar ulushi 3,74 foiz (96 mlrd. AQSh dollari); - optik, fotografik, kinematografik, o'lchash, nazorat qilish, aniqlik, tibbiy yoki jarrohlik asboblari va apparatlari; ehtiyot qismlar va aksessuarlar - 3,13 foiz (81 mlrd. AQSh dollari); temir yo'l yoki tramvay harakat tarkibidan tashqari quruqlikdagi transport vositalari va ularning qismlari va aksessuarlari - 2,94 foiz (76 mlrd. AQSh dollari); tayyorlangan to'qimachilik mahsulotlari; to'plamlar; kiyim va to'qimachilik mahsulotlari; matolar - 2,91 foiz (75 mlrd. AQSh dollari); o'yinchoqlar, o'yinlar va sport anjomlari; ehtiyot qismlari va aksessuarlar ulushi 2,76 foiz (71 mlrd. AQSh dollari); qora metallurgiya (temir va po'lat) mahsulotlari - 2,74 foiz (71 milliard AQSh dollari); mashina va qo'lda to'qilgan trikotajlardan tashqari kiyim va kiyim -kechak aksessuarlari ulushi 2,4 foizni (62 milliard AQSh dollari) tashkil etgan va bu o'z navbatida har bir yilda muqobil o'sish sur'atlarini namoyon etib kelmoqda.

Eksport tarkibidan farqli ravishda 2020 yilda Xitoyning import tarkibi quyidagi asosiy tovar guruhlari bilan ifodalanadi: elektron mashinalari va uskunalari, ularning qismlari; ovoz yozish va qayta ishlab chiqarish uskunalari, televizion tasvirlar va ovoz yozish va takroran qayta ko'rish uchun uskunalar, ularning qismlari va aksessuarlari ulushi umumiy importga nisbatan 26 foizni (548 mlrd. AQSh dollari); mineral yoqilg'i, neft va ularni distillash mahsulotlari; bitumli moddalar; mineral mumlar 13 foizni (267 mlrd. AQSh dollari); rudalar, shlak, kul - 8,75 foiz (180 mlrd. AQSh dollari): atom reaktorlari, qozonxonalar, uskunalar va mexanik qurilmalar; ularning qismlari 8,68 foiz (178 mlrd. AQSh dollari); optik, fotografik, kinomatografik, o'lchash, nazorat qilish, tibbiy yoki jarrohlik asboblari va apparatlari; ehtiyot qismlar va aksessuarlar - 5.48 foiz (112 mlrd. AQSh dollari); temir yo'l yoki tramvay harakat tarkibidan tashqari yer usti transporti vositalari va ularning qismlari va aksessuarlari 3,59% (73 mlrd. AQSh dollari); plastmassa va undan tayyorlangan mahsulotlar -3,46 foiz (71 mlrd. AQSh dollari); mis va undan tayyorlangan mahsulotlar - 2,36 foiz (48 mlrd. AQSh dollari); organik kimyoviy moddalar - 2,2 1 foiz (45 milliard AQSh dollari); yog' olunuvchi ekinlar va mevalar; boshqa urug'lar, mevalar va donalar; dorivor o'simliklar va texnik maqsadlar uchun o'simliklar; somon va yem-hashaklar ulushi 2,18 foizni (44 mlrd. AQSh dollari) tashkil etadi.

Kelgusi o'n yil mobaynida Xitoy tashqi iqtisodiy aloqalarining rivojlanish imkoniyatlarini tovarlar va xizmatlar savdosi, chet el kapitalini jalb qilish va chet elga sarmoya kiritish bo'yicha jahon yetakchilaridan biri sifatida o'z o'rnini saqlab qoladi degan baholash mumkin. Pekinning mamlakatni jadal innovatsion rivojlantirishga qaratilgan yo'nalishi Xitoy eksportini kelgusida yanada kengaytirishga imkoniyat yaratadi. Xorijiy ekspertlarning fikricha, kelgusi besh yillikda Xitoyning qayta ishlash sanoati mahsulotlarini eksport qilishdagi ulushi 22-23%ga yetishi mumkin, bu uning dunyo aholisidagi ulushidan (19%) va yalpi mahsulotdan (15%) yuqori bo'lishini ko'rsatadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. Портяков В.Я. (2019) Политика внешнеэкономической открытости в Китайской Народной Республике: основные итоги и перспективы // Контуры глобальных трансформаций: политика, экономика, право. Т. 12. № 1. С. 44-68.

2. https: //trendeconomy.ru/data/h2/China/TOTAL

3. https://www.statista.com/statistics/263661/export-of-goods-from-china/

4. https://1prime.ru/state_regulation/20211013/834949471.html

5. Nasirova, S. A., Hashimova, S. A., & Rikhsieva, G. S. (2021). THE INFLUENCE OF THE POLITICAL SYSTEM OF CHINA ON THE FORMATION OF SOCIAL AND POLITICAL TERMINOLOGY. Journal of Central Asian Social Studies, 2(04), 10-17.

6. Хашимова, С. А. (2020). ОСОБЕННОСТИ ОБРАЗОВАНИЯ РЕЗУЛЬТАТИВНЫХ ГЛАГОЛОВ ПРИ ПОМОЩИ СУФФИКСАЦИИ В КИТАИСКОМ ЯЗЫКЕ. In Страны. Языки. Культура: сборник материалов XI-й международной научно-практической конференции/Под ред. проф. Абуевой НН Махачкала: ДГТУ. 391 с. (p. 361).

7. Насирова, С. А. (2019). Языковая политика в Китае: идентификация общественно-политической терминологии. In Китайская лингвистика и синология (pp. 384-387).

8. Omonov, Q. S., Rikhsieva, G. S., & Khalmurzaeva, N. T. (2021). THE ORIGIN OF AN OFFICIAL TURKIC STYLE AND ITS PLACE IN THE DEVELOPMENT OF A WRITTEN LITERARY LANGUAGE. CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PHILOLOGICAL SCIENCES (2767-3758), 2(08), 45-49.

9. Mirzaxmedova, H. (2020). TERMS MADE FROM THE ORIGINAL IRANIAN VOCABULARY IN PERSIAN. Philology Matters, 2020(1), 137-145.

10. Омонов, К. Ш. (2019). Stereotype phrases and their place in providing formality to the text. Молодой ученый, (28), 259-261

11. Nasirova, S. A. (2020). CONCEPTS OF ФШ &Ш" CHINESE DREAM" AND Щ ^ Ш Л Ш " COMMUNITY OF THE ONE FATE OF HUMANITY"-A LINGUISTIC AREA. Journal of Central Asian Social Studies, 7(01), 05-14.

12. Хашимова, С. (2019). On some features of teaching foreign language for students of non-philological areas at the initial stage. Евразийское Научное Объединение, (1-6), 334-338.

13. Халмурзаева, Н. Т. (2020). ТИПОЛОГИЯ ЯПОНСКОГО КОММУНИКАТИВНО-ДЕЛОВОГО ЭТИКЕТА. Вестник науки и образования, (14-2 (92)).

14. Рихсиева, Г. Ш. (2014). ОЛИЙ ТАЪЛИМ МУАССАСАЛАРИ РЕЙТИНГИ-СИФАТ ВА ТАРА^КИЁТ ОМИЛИ. Oliy ta'lim taraqqiyoti istiqbollari= Perspectives of higher education development= Перспективы развития высшего образования: To 'plam № 2/ma'sul muharrir MA Rahmatullayev.-Издательство: Vita Color Т.: 2014.-161 b., 29.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.