Научная статья на тему 'TASHKILOT ICHKI HUJJAT AYLANISH TIZIMIDA TALAB ASOSIDA XUJJAT ANDOZALARINI SHAKLLANTIRISHNING SAMARADORLIGI'

TASHKILOT ICHKI HUJJAT AYLANISH TIZIMIDA TALAB ASOSIDA XUJJAT ANDOZALARINI SHAKLLANTIRISHNING SAMARADORLIGI Текст научной статьи по специальности «Компьютерные и информационные науки»

CC BY
1
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
elektron hujjat aylanish tizimi / hujjatlarni shakllantirish / talablarga mos hujjat andozalarini yaratish / система электронного документооборота / создание документов / создание шаблонов документов по требованиям

Аннотация научной статьи по компьютерным и информационным наукам, автор научной работы — Xoliqnazarov R.X.

Hozirgi kunda butun dunyoda barcha tarmoqlar va sohalar, ayniqsa, davlat boshqaruvi, ta’lim, sog‘likni saqlash, qishloq xo‘jaligi, xizmat ko‘rsatishlarni raqamlashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ma’lumki, raqamlashtirish tashkilotlar va ularni faoliyatining axborot tizimlarini ishlab chiqish bilan chambarchas bog‘liqdir. Sifatli axborot tizimlari tashkilotning faoliyati samaradorligini, tezkorligini, shaffofligini, manfaatdor tomonlar bilan o‘zaro axborot almashishi imkoniyatlarini oshiradi, shu bilan birga, turli idora va tashkilotlarning o‘zaro integratsiyasini ta’minlash imkoniyatini beradi. Ta’kidlab aytish mumkinki, axborot tizimlari uchun elektron hujjat aylanuvi asosiy element hisoblanadi. O‘z navbatida, elektron hujjat aylanish tizimi uchun hujjatlarni shakllantirish, talablarga mos hujjat andozalarini yaratish bugungi kunning o‘ta dolzarb muammolaridan hisoblanadi. Hozirda bir qancha hujjat andozalarini yaratish tizimlari mavjud. Andozani bir marta yaratib, vaqtni tejash va standart hujjatlarni yaratishda xatolardan qochish mumkin. Biz yaratgan tizimni korxona va tashkilotlar biznes jarayoniga qo‘llash natijasida iqtisodiy samaradorlikka erishiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE EFFECTIVENESS OF THE FORMATION OF DOCUMENT TEMPLATES ON DEMAND IN THE INTERNAL DOCUMENT MANAGEMENT SYSTEM OF THE ORGANIZATION

В настоящее время во всем мире все сектора и сферы, особенно государственное управление, образование, здравоохранение, сельское хозяйство и услуги, переводятся в цифровую форму. Известно, что цифровизация тесно связана с развитием информационных систем организаций и их деятельностью. Качественные информационные системы повышают эффективность, скорость, прозрачность деятельности организации, возможности взаимного обмена информацией с заинтересованными сторонами и в то же время дают возможность обеспечить взаимную интеграцию различных подразделений и организаций. Можно подчеркнуть, что электронный документооборот является основным элементом информационных систем. С другой стороны, создание документов для системы электронного документооборота и создание шаблонов документов, соответствующих предъявляемым требованиям, являются одними из наиболее актуальных задач современности. В настоящее время существует несколько систем создания шаблонов документов. Создав шаблон один раз, вы сможете сэкономить время и избежать ошибок при создании стандартных документов. В результате применения созданной нами системы к бизнес-процессам предприятий и организаций достигается экономическая эффективность.

Текст научной работы на тему «TASHKILOT ICHKI HUJJAT AYLANISH TIZIMIDA TALAB ASOSIDA XUJJAT ANDOZALARINI SHAKLLANTIRISHNING SAMARADORLIGI»

TASHKILOT ICHKI HUJJAT AYLANISH TIZIMIDA TALAB ASOSIDA XUJJAT ANDOZALARINI SHAKLLANTIRISHNING SAMARADORLIGI

Rashidjon Xoliqnazarov Xoliqnazarov R.X. - Toshkent axborot texnologiyalari universiteti mustaqil tadqiqotchisi.

Annotatsiya. Hozirgi kunda butun dunyoda barcha tarmoqlar va sohalar, ayniqsa, davlat boshqaruvi, ta'lim, sog'likni saqlash, qishloq xo'jaligi, xizmat ko'rsatishlarni raqamlashtirishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Ma'lumki, raqamlashtirish tashkilotlar va ularni faoliyatining axborot tizimlarini ishlab chiqish bilan chambarchas bog'liqdir. Sifatli axborot tizimlari tashkilotning faoliyati samaradorligini, tezkorligini, shaffofligini, manfaatdor tomonlar bilan o'zaro axborot almashishi imkoniyatlarini oshiradi, shu bilan birga, turli idora va tashkilotlarning o'zaro integratsiyasini ta'minlash imkoniyatini beradi. Ta'kidlab aytish mumkinki, axborot tizimlari uchun elektron hujjat aylanuvi asosiy element hisoblanadi. O'z navbatida, elektron hujjat aylanish tizimi uchun hujjatlarni shakllantirish, talablarga mos hujjat andozalarini yaratish bugungi kunning o'ta dolzarb muammolaridan hisoblanadi. Hozirda bir qancha hujjat andozalarini yaratish tizimlari mavjud. Andozani bir marta yaratib, vaqtni tejash va standart hujjatlarni yaratishda xatolardan qochish mumkin. Biz yaratgan tizimni korxona va tashkilotlar biznes jarayoniga qo'llash natijasida iqtisodiy samaradorlikka erishiladi.

Kalit so'zlar: elektron hujjat aylanish tizimi, hujjatlarni shakllantirish, talablarga mos hujjat andozalarini yaratish

Аннотация. В настоящее время во всем мире все сектора и сферы, особенно государственное управление, образование, здравоохранение, сельское хозяйство и услуги, переводятся в цифровую форму. Известно, что цифровизация тесно связана с развитием информационных систем организаций и их деятельностью. Качественные информационные системы повышают эффективность, скорость, прозрачность деятельности организации, возможности взаимного обмена информацией с заинтересованными сторонами и в то же время дают возможность обеспечить взаимную интеграцию различных подразделений и организаций. Можно подчеркнуть, что электронный документооборот является основным элементом информационных систем. С другой стороны, создание документов для системы электронного документооборота и создание шаблонов документов, соответствующих предъявляемым требованиям, являются одними из наиболее актуальных задач современности. В настоящее время существует несколько систем создания шаблонов документов. Создав шаблон один раз, вы сможете сэкономить время и избежать ошибок при создании стандартных документов. В результате применения созданной нами системы к бизнес-процессам предприятий и организаций достигается экономическая эффективность. Ключевые слова: система электронного документооборота, создание документов, создание шаблонов документов по требованиям.

Annotation. Currently, all sectors and areas around the world, especially government, education, health, agriculture and services, are being digitized. It is known that digitalization is closely related to the development of information systems of organizations and their activities. It is known that digitalization is closely related to the development of information systems of organizations and their activities. High-quality information systems increase the efficiency, speed, transparency of the organization's activities, the possibility of mutual exchange of information with stakeholders and at the same time make it possible to ensure the mutual integration of various departments and organizations.

It can be emphasized that electronic document management is the main element of information systems. On the other hand, creating documents for an electronic document management system and creating document templates that meet the requirements are among the most pressing tasks of our time. Currently, there are several systems for creating document templates. By creating a template once, you can save time and avoid mistakes when creating standard documents. As a result of applying the system we created to the business processes of enterprises and organizations, economic efficiency is achieved. Key words: electronic document management system, creation of documents, creation of document templates according to requirements.

CM

CO

Kirish

Hozirgi kunda elektron hujjatlar va ularni andozalarini shakllantirishga nafaqat O'zbekistonda, xorijiy, xususan, AQSh, Daniya, Finlyandiya, Janubiy Koreya, Yangi Zelandiya, Shvetsiya, Estoniya, Islandiya, Malta, Niderlandiya, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Singapur, Birlashgan Arab Amirligi, Avstraliya, Rossiya Federatsiyasi, Xitoy va boshqa mamlakatlarda ham katta e'tibor qaratilmoqda.

Elektron hujjat aylanish - elektron hujjatlarni axborot tizimi orqali olish va jo'natish jarayonlari yig'indisini aks ettiradi. Hujjatlar 3 turga bo'linadi: kirish, chiqish hamda ichki. Elektron hujjat aylanish tizimlari - tashkilotlarda hujjatlar bilan ishlashni avtomatlashtirish uchun mo'ljallangan dasturiy yechimlar hisoblanadi.

Hozirgi kunda respublikamizda faoliyat olib borayotgan har bir tashkilotlar turli kompaniyalar tomonidan ishlab chiqilgan va turli imkoniyatlarga ega elektron hujjat aylanish tizimlaridan faol foydalanib kelishmoqda. Bularga misol sifatida ijro.gov.uz (edo.ijro.uz), Germes, Fido-Docflow, Fifo-DocFlow, IS-DocFlow, IRM | businessDoc, EXAT, EDO, DCS, fm.uzngi.uz, Efrat, Lotus Domino, Smart-office elektron hujjat aylanish tizimlarini keltirib o'tish mumkin.

Har qanday tashkilot axborot muhitining asosi hujjatlardan iborat. Har kuni hujjatlar bilan ishlashda kiruvchi, chiquvchi va ichki hujjatlarni rasmiylashtirish, imzolash, tasdiqlash, yuborish, saqlash muddatlarini belgilash, arxivga topshirish kabi masalalar hal qilinadi. Yuqoridagi vazifalarni to'g'ri tashkil qilish orqali kerakli hujjatni qisqa muddatlarda topib olish, so'rovlarni bajarish, shuningdek uning xavfsizligini ta'minlash mumkin. Tashkilotga kelgan hujjatlarga tezkor javob berishning yo'llaridan biri bu kiruvchi hujjatni ichki tizimga hujjat andozalarini tayyorlab uzatish hisoblanadi.

Hujjat andozasi bu o'xshash hujjatlarni yaratishda namuna sifatida foydalanish uchun yaratilgan standart hujjat hisoblanadi. Andozalar hujjatga faqat o'zgaruvchan ma'lumotlarni kiritish imkonini berib, hujjatlarni tayyorlash vaqtini qisqartiradi. Hujjat andozalari barcha turdagi sohalarda qo'llanilib, ulardan foydalanish hujjat yaratish jarayonini yaxshilashning eng samarali usuli hisoblanadi.

Barcha hujjat andozalarini uch guruhga ajratish mumkin: bo'sh andozalar, belgilangan sahifa formati va uslublarga ega andozalar, formatlash va boshqarish vositalariga ega andozalar. Andozaga asoslangan hujjat yaratish biznes jarayonini ancha tezlashtiradi. Bunday dasturiy ta'minot foydalanishga tayyor bo'lgan hujjatlarni yaratish uchun ma'lumotlar bazalaridan saralangan ma'lumot yozuvlari bilan andozalarni to'ldiradi. Hujjat andozasi statik va dinamik qismdan iborat bo'lib, statik qismi o'zgarmaydi, dinamik qismida ma'lumotlar o'rniga o'zgaruvchi nomlari va qiymatlar bilan o'zgaradi. Hujjatlarni avtomatlashtirilgan shakllantirish jarayoni, qoida tariqasida, ikkita asosiy bosqichni o'z ichiga oladi: hujjat andozasining vizual maketini yaratish, andoza elementlarini ma'lumotlar bazasi jadvallari bilan taqqoslash va ularni to'ldirishdir. Yuqorida tahlillardan hulosa qilgan tarzda milliy hujjat aylanish tizimlarida hujjat yaratish jarayonlarida andozalar bazasini yaratish va biznes jarayonlarida foydalanish maqsadga muvofiq bo'ladi. Bundan tashqari yana bir nechta tizimlarni tahlil qilib chiqamiz. Turbo Contract tizimi asosan shartnomalar va boshqa huquqiy hujjatlar bilan ishlash uchun mo'ljallangan yuqori darajada ixtisoslashgan elektron hujjat aylanish tizimi hisoblanadi. Barcha jarayonlarni to'g'ridan-to'g'ri brauzerdan bajarishga imkon beradi, hujjatlar bulutda saqlanadi, bu ma'lumotlarning ishonchli himoyasini ta'minlaydi. Tizimda 100 dan ortiq tayyor hujjat andozalar mavjud bo'lib, bu biznes egalari, menejerlar, advokatlar va IT mutaxassislari uchun qulay imkoniyatlar yaratib, ish vaqtining 30% gacha tejash imkonini beradi [1].

Freshdoc tizimi-bu minimal kiruvchi ma'lumotlarga ega rasmiy huquqiy hujjatlarni yaratishga imkon beruvchi onlayn xizmat hisoblanadi. Xizmat foydalanuvchilarga hujjat andozalarning katta to'plamini taqdim etadi. Bular standart shartnomalar, xodimlar hujjatlari, da'vo arizalari, kompaniya ochish uchun hujjatlar paketlari, bankrotlik, shaxsiy ma'lumotlarni himoya qilish va intellektual mulk, buxgalteriya hisobi, avtoulovchilar uchun, ishonchnoma va hokazo [2].

Yurayt tizimi -bu 1C platformasida ishlab chiqilgan kuchli dastur hisoblanadi. Unda hujjat andozalar to'plami mavjud bo'lib, barcha hujjatlar xatosiz bo'lishi kafolatlangan. Hujjatning tarkibi avtomatik ravishda belgilangan parametrlarga o'zgaradi, holatlar bo'yicha avtomatik pasayish funksiyasi, kataloglar va kontragent kartalaridan ma'lumotlarni avtomatik to'ldirish, konstruktorda cheksiz ko'p maydonlar va andozalar mavjud [3]. dogovor.ru tizimi tayyor hujjat andozalar to'plamiga ega bo'lgan onlayn shartnoma tuzuvchi hisoblanadi. Bu hujjatlarning ko'p turlarini yaratishga imkon beradi: sotib olish va sotish, ijaraga berish, yollash, xizmatlar ko'rsatish, ishga joylashish, kelishuv shartnomalari. Xizmat o'z-o'zini ish bilan band bo'lganlar, yakka tartibdagi tadbirkorlar, agentlar va rieltorlar uchun mo'ljallangan [4].

Doc.one tizimi interaktiv andozalar yordamida hujjatlarni tayyorlashni avtomatlashtirish imkonini beruvchi xizmatdir. Xizmat hujjatlardagi xatolarni bartaraf qiladi va ularni har qanday tilda bir necha marta bosish orqali anketa asosida yaratishga imkon beradi. Cheksiz miqdordagi andozalarni yaratishga imkon beradigan matn bloklari va moslashuvchan sozlash kutubxonasi mavjud. Xizmat har qanday biznes sohasi uchun, shuningdek hujjatlarni yaratish va tekshirishni avtomatlashtirish zarur bo'lgan davlat idoralari uchun foydalanish mumkin [5].

Doczilla tizimi bu tahrirlash qobiliyatiga ega bo'lgan turli xil hujjat andozalarini taklif qiluvchi hujjat yaratuvchidir. Hujjatlar bilan ishlashda platforma matnli hujjatlarning sozlamalari va formatlashini to'liq saqlaydi hamda anketa orqali barcha ma'lumotlarni qisqa muddatlarda to'ldirishga imkon beradi. Moslashuvchan sozlamalar har qanday ma'lumotnomalardagi tafsilotlarni avtomatik ravishda almashtirishga, formulalar yordamida hisob-kitoblarni amalga oshirishga, holatlar va pasayishlarni o'zgartirishga va ko'p tillilikni saqlashga imkon beradi [6].

LanDocs tizimi korporativ tarkibni boshqarish uchun onlayn platforma hisoblanadi. Bu elektron hujjat aylanishi jarayonlarida kiruvchi va chiquvchi, ichki hujjatlar va shartnomalar, turli xil qo'shimcha yechimlarni avtomatlashtirish imkonini beradi. Elektron arxivni tashkil qilish va uning ishini avtomatlashtirish, sun'iy intellekt texnologiyasidan foydalangan holda korporativ ma'lumotlarni qidirish, DocZilla standard document designer bilan integrasiya qilish funksiyasi mavjud. Hujjatlar tizimi ma'lum bir korxonaning me'yoriy-huquqiy bazasiga muvofiq tuzilishi mumkin. Yagona tizimni nafaqat mahalliy tarmoq ichida, balki geografik taqsimlangan idoralarda ham joriy etish mumkin [7]. Kombinator.Pro "tayyor andozalar" asosida hujjatlarni qisqa muddatlarda yaratish tizimi hisoblanadi. Hujjatni tizimga yuklash kifoya, u avtomatik ravishda formatlash saqlanib qolgan andozaga aylantiriladi, unga maxsus shakl yordamida ma'lumotlarni qo'shish mumkin. Xizmat ma'lumotlarni kerakli joyga joylashtiradi. Hujjatlar onlayn tarzda yaratiladi, ularni yuklab olish yoki chop etish mumkin [[8.]].

Wonder.Legal - xalqaro onlayn huquqiy hujjat yaratuvchisi, legaltech-huquqiy texnologiyalar sohasidagi innovasion loyiha hisoblanadi. Hujjat yaratish uchun andozani tanlash, anketani to'ldirish va natijani saqlash yoki chop etishga yuborish kerak. Xizmat interfeysida bir xil ekranda joylashgan o'zgarishlarni aks ettiruvchi anketa va tayyor hujjatning ko'rinishi mavjud. Unda standart sotish, ijaraga berish, yollash, xayr-ehson shartnomalari, kadrlar hujjatlari, ishonchnomalar, rasmiy xatlar, bildirishnomalar va boshqalar uchun barcha turdagi andozalar mavjud. Bu biznes va shaxsiy ehtiyojlar uchun

foydalanish mumkin hamda foydalanuvchining barcha ma'lumotlari qat'iy maxfiy sir saqlanadi [[9.]].

Garant tizimi kafilning mashhur huquqiy bazasiga asoslangan Rossiya Federasiyasi qonunchiligiga muvofiq imzolashga tayyor huquqiy hujjatlar dizayneri hisoblanib unda shakllar va andozalarning 208 milliondan ortiq hujjatlar mavjud. Ularni yaratish uchun faqat xizmat menyusidan variantni tanlash va ma'lumotlarni kiritish kerak. Hujjat andozalari ko'plab kompaniyalar tajribasi asosida professional yuristlar tomonidan yaratilgan [10].

Taklif qilinayotgan tizimni boshqalar bilan qiyosiy tahlilini quyidagi 1-jadvalda ko'rish mumkin. Bu jadvalda barcha tizimlarni 10 ta parametr bo'yicha taqqoslab chiqildi. Bularga tizimda matn muharriri, hujjat konstruktoridagi andozalar, hujjat konstruktorida avtomatik to'ldirish, shartnomalar, hujjat konstruktoridagi hamkorlik, hujjat konstruktoridagi rollar va kirish huquqlari, hujjatlarni saqlash, andozani tahrirlashda vaqt reglameti, talabga mos hujjat andozasi yaratish, andozalarni ma'lumorlar bilan to'ldirib ichki tizimga uzatish kabi vazifalarni bajara olishi o'rganildi. Tizimda vazifalar mavjud bo'lsa + aks holda - bilan belgilandi.

1-jadval.

Taklif qilinayotgan tizimni boshqalar bilan qiyosiy tahlili.

CO

Tizim nomi Matn muharriri Hujjat konstruktoridagi andozalar Hujjat konstruktorida avtomatik to'ldirish Shartnomalar Hujjat konstruktoridagi hamkorlik Hujjat konstruktoridagi rollar va kirish huquqlari Hujjatlarni saqlash Andozani tahrirlashda vaqt reglameti Talabga mos hujjat andozasi yaratish Andozalarni ma'lumorlar bilan to'ldirib ichki tizimga uzatish

TurboKontrakt + + + + + + + - - -

Freshdoc + + + + + + + - - -

Yurayt + + + + + + - - - -

dogovor.ru - + + + + + + - - -

Doc.one + + + - - + + - - -

doczilla + + + - + + + - - -

LanDocs - + + + + - - - - -

Kombinator Pro + + + - - - + - - -

Wonder.Legal + + + - - - - - - -

Garant + + + - - - - - + -

edo.ijro.uz + + + + + + + - - -

dfit.uz + + + - - + + + + +

Ushbu jadvalda taklif qilinayotgan tizimni boshqa tizimlar bilan qiyosiy tahlil qilish orqali ustun tomonlarini ko'rish mumkin. Yaratilgan tizimdagi oddiy hujjatlar o'zgaruvchan va o'zgarmas qismni o'z ichiga oladi. O'zgarmas qism ushbu turdagi har bir hujjatda takrorlanadi. Namunaviy hujjatlarni yaratish bo'yicha ishlar andozalardan foydalanish orqali sezilarli darajada osonlashtirilishi mumkin. Andoza o'zgartirilmaydigan qism va o'zgartiriladigan qismning dizayn vositalarini o'z ichiga olgan maxsus hujjat turi hisoblanadi. Mavjud hujjat yoki andoza asosida andozaning yangi turini ishlab chiqish mumkin.

Hozirda bir qancha hujjat andozalarini yaratish tizimlari mavjud. Andozani bir marta yaratib, vaqtni tejash va standart hujjatlarni yaratishda xatolardan qochish mumkin. Andozalar yordamida eslatmalar, xatlar, faks xabarlari, hisobotlar, ma'lumotnomalar, byulletenlar, risolalar, kalendarlar, veb-sahifalar, jadvallar, kun tartiblari, rezyumelar, buyurtmalar va hisob-fakturalarni yaratish juda qulaydir. Andozaga kiritilgan o'zgarishlar barcha yaratilgan hujjatlar dizaynini yangilashga olib keladi. Andozani ishlab chiqishda hujjatning bloklangan (yopiq) va tahrirlanadigan (ochiq) qismlari aniqlanishi kerak. Ushbu bo'linish faqat yaratilgan hujjatlarga tegishli bo'ladi. Ularning bloklangan qismlari o'zgartirishlar kiritish mumkin emas, ochiq joylar bilan ishlash oddiy gipermatnli sahifalardan farq qilmaydi. Andozalarning o'zi tahrirlash uchun mavjud bo'lgan to'liq ochiq obyektlardir. Andozani yaratishning eng qulay usuli qayta ishlatilishi kerak bo'lgan elementlarni o'z ichiga olgan hujjatni ochish va uni andoza sifatida saqlash hisoblanadi. Andozani pog'onalararo yuborish va javoblar berish jarayonini 2-jadval ko'rinishida keltirish mumkin. Jadvaldan ko'rish mumkinki, har bir pag'ona o'zidan quyi turgan pag'onaga so'rov yuboradi, quyi pag'ona esa o'zidan yuqori turgan pag'onaga so'rovga mos javob yuboradi.

2-jadval.

Hujjatlarni pog'onalararo yuborish va javob berish jarayoni

P 2 P3 Pk-1 Pk

P1 s.yu s.yu s.yu s.yu s.yu

P 2 jyu s.yu s.yu s.yu s.yu

P 3 jyu jyu s.yu s.yu s.yu

jyu jyu j.yu s.yu s.yu

pk-i jyu jyu jyu j.yu s.yu

pk jyu jyu jyu j.yu j.yu

Bu yerda Pl-pog'onalar nomi, ^-pag'onalar soni, s.yu - so'rov yuborish, j.yu - javob yuborish degan ma'noda ishlatilgan.

Ushbu jadvaldagi P1 - Rahbariyat, P2 - Prorektor, P3 - Kafedralar, P4 - Professorin oqituvchilar deb tasavvur qilib 3-jadvalda har bir pag'onani bajaradigan vazifalar keltirib CO o'tiladi. Misol sifatida biror aniq obyekt sifatida ihtiyoriy OTMni olish mumkin. Masalan ^H tanlangan OTMda 105 nafar professor-oqituvchilar, 4 ta kafedra, 3 nafar prorektor hamda

1 nafar rektor bo'lsin. Ushbu jadvalda har bir topshiriq uchun pag'ona bajaradigan vazifalar yoritib chiqiladi.

3-jadval.

Har bir pag'ona vazifalariga an'anaviy holati uchun ketadigan vaqti.

P4 P3 P2 P1 Jami

Professor- Kafedra(4) Prorektor(3) Rahbariyat ketgan

oqituvchilar vaqt

(105)

Har bir P4 5 tadan yozuv kiritsin 525

Har bir yozuv kiritishga ketgan 1575

vaqt (3 minut bo'lsin)

P3 tomonidan P4 kiritgan 577,5

yozuvlarni yig'ish,

umumlashtirish va tahrirlashga

ketgan vaqt (har bir yozuvni

ko'zdan kechirish uchun 0,5

minut (30 sekund), 20 foizni

tahrirlash uchun 3 minutdan

bo'lsin)

P2 tomonidan P3 kiritgan 262,5

yozuvlarni yig'ish,

umumlashtirish va tahrirlashga

ketgan vaqt (har bir yozuvni

ko'zdan kechirish uchun 0,2

minut (12 sekunddan), 10 foizni

tahrirlash uchun 3 minutdan

bo'lsin)

P1 tomonidan P2 kiritgan 105

yozuvlarni ko'zdan kechirish va

tahrirlash uchun ketgan vaqt (har

bir yozuvni ko'zdan kechirish

uchun 0,1 minut (6 sekunddan),

5 foizni tahrirlash uchun 2

minutdan bo'lsin)

1 ta topshiriq uchun ketgan vaqt 2520

1 ta topshiriq uchun ketgan vaqt 25200

(1 oyda)

1 ta topshiriq uchun ketgan vaqt 302400

(1 yilda)

Yuqoridagi 3-jadvalda ananaviy holatda topshiriqlarni bajarishga ketadigan vaqtni aniqlab olindi. 4-jadvalda esa taklif etilayotgan tizimda topshiriqlarni bajarish uchun sarf qilinadigan vaqtni hisoblab chiqiladi.

4-jadval.

Har bir pag'ona vazifalarini yaratilgan tizim orqali ketadigan vaqti

P4 Professor-oqituvchilar (105)) P3 Kafedra (10) P2 Prorektor(3) P1 Rahbariyat Jami ketgan vaqt

Har bir P4 5 tadan yozuv kiritsin 525

Har bir yozuv tahrirlashga ketgan vaqt (0,5 minut bo'lsin) 262,5

P3 tomonidan P4 kiritgan yozuvlarni yig'ish, umumlashtirish va tahrirlashga ketgan vaqt (0,3 minutdan bo'lsin) 157,5

P2 tomonidan P3 kiritgan yozuvlarni yig'ish, umumlashtirish va tahrirlashga ketgan vaqt (0,2 minutdan bo'lsin) 105

P1 tomonidan P2 kiritgan yozuvlarni yig'ish, umumlashtirish va tahrirlashga ketgan vaqt (0,1 minutdan bo'lsin) 52,5

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

1 ta topshiriq uchun ketgan vaqt 577,5

1 ta topshiriq uchun ketgan vaqt (1 oyda) 5775

1 ta topshiriq uchun ketgan vaqt (1 yilda) 69300

Yuqoridagi 3 va 4 jadvallardagi sarf qilingan vaqtlarni taqqoslab erishiladigan samaradorlikni ya'ni taklif qilinayotgan tizim avfzalliklarini ko'rish mumkin.

1 ta topshiriq uchun (soat) 1 oyda 10 ta topshiriq uchun (soat) 1 yilda 120 ta topshiriq uchun (soat)

An'anaviy tarzda 42,0 420,0 5040

Dastur yordamida 9,63 96,3 1155

Farqi 32,4 323,75 3885

Farqi (kun hisobida) 1,3 13,5 161,875

Samaradorlik 4,4 4,4 4,4

Mazkur vaqt samaradorligi aniqlash omillarini quyidagicha keltirib chiqarilgan. OTMda 4 ta kafedra, 10 ta bo'lim va 105 nafar professor-o'qituvchilar mavjud deb faraz qilindi. OTMga yuqori tashkilotlardan turli topshiriqlar kelib turadi. Masalan, har bir o'qituvchilar bajargan ilmiy ishlar bo'yicha ma'lumot talab qilinsin. Har bir o'qituvchi 5 tadan yozuv kiritgan taqdirda jami 525 ta yozuv kiritiladi. Har bir yozuv kiritishga 3 minutdan vaqt sarflangan taqdirda 1575 minut vaqt sarflanadi. Har bir kafedra mudirlari professor-o'qituvchilar kiritgan har bir ma'lumotni o'qib chiqishi uchun 30 sekunddan va 20 foiz ma'lumotlarni tahrirlashga 3 minutdan vaqt sarflasa 578 minut vaqt sarflaydi. Prorektorlar esa kafedra mudirlari tayyorlagan ma'lumotlarni har biri uchun 0,2 minut yoki 12 sekundan va 10 foiz ma'lumotni tahrirlashga 3 minutdan jami 262 minut vaqt sarflaydi. Raxbar esa prorektorlar kiritgan ma'lumotlarni 0,1 minut yoki 6 sekunddan o'qib chiqib va 5 foiz ma'lumotlarni tahrirlashiga 2 minutdan jami 105 minut vaqt sarflaydi. Demak jami 1 ta topshiriq uchun taxminan 2520 minut yoki 42 soat va 1 yilda 120 ta topshiriq deb faraz qilsak 5040 soat vaqt sarflansa, bu taklif etilayotgan tizimda 1 ta topshiriq uchun 9,6 soat va 120 ta topshiriq uchun jami 1155 soat vaqt sarflanishi aniqlandi. Yuqoridagi hisob-kitoblar asosida 4.4 barobar kam vaqt sarflanishini ko'rish mumkun.

rs

m

Xulosa

Yaratilgan dasturiy ta'minotdan foydalangan holda tashkilotning hujjatlar bilan ishlovchi xodimlarning mehnat unumdorligi ortadi, elektron hujjatlarning arxivda saqlanish qiymati qog'ozli arxivlarni saqlash qiymatiga nisbatan 80% ga kamayadi, qog'oz hujjatlarning yo'qolishi oldi olinadi va ma'lumotlarni izlashga sarflanadigan vaqt tejaladi. Ushbu dasturdan OTMlarda foydalanish natijasida fiksirlangan kiruvchi hujjatlarni zarur tuzilmali formatda shakllantirish hamda uning ma'lumotlarini xodimlar tomonidan to'ldirishga ketadigan vaqt 4,4 barobar kam sarflanishi aniqlandi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

[1.] Система автоматизации работы с документами. https://turbocontract.ru/

[2.] FreshDoc Конструктор документов. https://www.freshdoc.ru/

[3.] Юрайт Конструктор договоров и документов. https://softfinder.ru/service/yurayt

[4.] DOGOVOR.RU Конструктор договоров онлайн.

https://softfinder.ru/service/dogovorru

[5.] Doc.one Конструктор документов с помощью интерактивных шаблонов. https://softfinder.ru/service/docone

[6.] DOCZILLA Конструктор документов и договоров.

https://softfinder.ru/service/doczilla

[7.] LanDocs Платформа для управления корпоративным контентом. https://softfinder.ru/service/landocs

[8.] Комбинатор Конструктор для быстрого создания типовых документов на основе умных шаблонов. https://softfinder.ru/service/kombinatorpro

[9.] Wonder.Legal. Сервис создания шаблонов писем и договоров. https://softfinder.ru/service/wonderlegal

[10.] Гарант Конструктор правовых документов. https://softfinder.ru/service/garant.

00 го

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.