Научная статья на тему 'TASAVVUF TA’LIMOTNING SHE’RIYAT BILAN BEVOSITA BOG’LIQLIGI'

TASAVVUF TA’LIMOTNING SHE’RIYAT BILAN BEVOSITA BOG’LIQLIGI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Tasavvuf ta’limoti / komil inson / Alisher Navoiy / irfon / mumtoz adabiyot / Ahmad Yassaviy / Sulaymon Boqirg’oniy.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Husanova Karima Faxriddin Qizi

Ushbu maqolada tasavvuf ta’limotining shakllanishi, tasavvuf adabiyotining yirik namoyandalari va shu bilan birgalikda, tasavvuf ta’limotining she’riyat bilan bog’liqligi haqida so’z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TASAVVUF TA’LIMOTNING SHE’RIYAT BILAN BEVOSITA BOG’LIQLIGI»

Open access journal

www.in-academy.uz

«tes?

IJRASMN journal OF

TECHN01:0GY AND INNOVATION

» w. щР

TASAVVUF TA'LIMOTNING SHE'RIYAT BILAN BEVOSITA

BOG'LIQLIGI

Husanova Karima Faxriddin qizi

Guliston davlat universiteti magistranti e-mail: husanova.karima@mail.ru

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Received: 26th January 2024 Accepted: 04th February 2024 Online: 05th February 2024

KEY WORDS Tasavvuf ta'limoti, komil inson, Alisher Navoiy, irfon, mumtoz adabiyot, Ahmad Yassaviy, Sulaymon Boqirg'oniy.

Ushbu maqolada tasavvuf ta'limotining shakllanishi, tasavvuf adabiyotining yirik namoyandalari va shu bilan birgalikda, tasavvuf ta'limotining she'riyat bilan bog'liqligi haqida so'z boradi.

Tasavvuf ta'limoti uzoq davrlardan beri xalqimizning ma'naviy kamolotini boyitishga xizmat qilib kelgan va uning asosiy g'oyalaridan biri insonning ruhiy-axloqiy poklanishi va ilohiy muhabbat bilan yuksalib borishidir. Tarixdan ma'lumki, bu ta'limot millatimizning ijtimoiy-falsafiy, ma'naviy,-madaniy va adabiy hayotiga sezilarli ta'sir o'tkazgan. Xususan, Ahmad Yasavviy, Xoja Bahovuddin Naqshband, Abduxoliq G'ijdivoniy, Sulaymon Boqirg'oniy, Maxmud az-Zamaxshariy va So'fi Olloyor kabi allomalarimiz sof diniy-tasavvufiy adabiyotning yirik namoyandalari va o'z davrining piri komillari hisoblangan. Ular uchun she'riyat tasavvufiy g'oyalar, irfoniy qarashlar talqini va targ'ibotida muhim bir vosita bo'lgan bo'lsa, Boborahim Mashrab, Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur kabi ijodkorlarga she'riyat va ijodni rivojlantirishda o'ziga xos, tuganmas g'oya va fikrlar manbai bo'lgan. Tasavvuf ta'limotining adabiyot ya'ni she'riyat bilan, she'riyatning bevosita adabiyot bilan o'zaro yaqinlashuvi shunchaki tasodifiy hodisa bo'lgan emas. Negaki adabiyot singari tasavvuf ham insonning ko'ngli, ruhi, axloqi va tafakkuri bilan bevosita bog'liqdir. Y.E.Bertels "Tasavvuf adabiyotini o'rganmasdan turib, o'rta asrlar musulmon Sharqi madaniy hayoti haqida aniq tasavvur hosil qilishning iloji yo'q"1,— deb bejiz aytmagan. Negaki tasavvuf ijodkorlari o'z asarlarida asosan turli ramz, timsol va istilohlardan foydalangan. Jumladan, "gul", "bulbul", "sham", "parvona" kabi jo'n va odatiy timsollar orqali ham Xudo va insonlar o'rtasidagi o'zaro yaqinlik, fano va baqoga o'xshash masalalar tasvirlanishi mumkin. Misol uchun birgina Navoiyning quyidagi baytiga e'tibor beradigan bo'lsak: Tun oqshom keldi kulbam sori ulgulrux shitob aylab, Xiromi sur'atidin gul uza haydin gulob aylab.2

1 Е.Э.Бертельс, Суфизм ва тасаввуф адабиёти, Тошкент, 2005, 102

2 Алишер Навоий ,Мукаммал асарлар туплами, 20 томлик, 6- том, Хазойин ул-маоний, Фавойид ул-кибар, Узбекистан ССР «Фан» нашриёти, Тошкент —1990

www.in-academy.uz

Nasriy bayoni: Tunda o'sha gulyuzli yor kulbamga shitob bilan kirib keldi. Yurishi tezligidan gul yuzidan terlar gulob bo'lib quyilardi.

Agar biz bu baytni boricha tahlil qiladigan bo'lsak, tunda Navoiyning kulbasiga gul yuzli yor shoshib kelganligini anglashimiz mumkin, ammo ushbu misralardagi so'zlarning tag ma'nosini bilgan holda o'qisak, umuman o'zgacha ohang va ma'no kasb etishini ko'rishimiz ham mumkin. Jumladan, kulba so'zi tasavvufda solik(tariqat yo'lini tanlagan odam)ning qalbini; gulrux(gulyuz) — shuhud olami, ya'ni Alloh taoloning zotini mushohada qilish holatini; gul uza hay (yuzdan oqqan ter) — g'aybiy ilhomni bildiradi. Shundan kelib chiqib, baytni quyidagicha izohlash mumkin: "Hamma yoqni jaholat zulmati qoplab turgan bir paytda, qalbimda Alloh taoloning zotini mushohada qilish holati yuz berdi. Bu mushohada shu qadar tez ro'y berdiki, uning tezligidan menga g'aybiy ilhomlar hosil bo'ldi"3.

Tarixdan ma'lumki, mumtoz adabiyotimiz bir necha asrlar mobaynida nazardan ancha chetda qolib ketdi va buning natijasida tasavvufiy adabiyotlarni hamda ularda ilgari surilgan irfoniy g'oyalarni keng qamrovda o'rganishni iloji bo'lmadi. Hozirda nafaqat ularni o'qib o'rganish, balki ular ustida ilmiy tadqiqotlar o'tkazish, ulardagi avval ma'lum bo'lmagan jihatlarni va sir-u sinoatlarni ochishga ham imkonimiz bor. Shuni ta'kidlash joizki, istiqloldan keying o'zbek she'riyati sifat jihatdan ancha yuqori bosqichga ko'tarildi. Xususan, ijoddagi erkinlikning oshishi va milliy qadriyatlarimizning qaytadan tiklanishi avvalgi mafkuraviy tazyiqlar asoratini bir qadar pasaytirdi, ijodiy izlanishlarning falsafiy-intellektual saviyasini oshirdi va shakily-uslubiy, mazmuniy tomonlarini yanada boyitdi. Mustaqillik sharofati bilan shu paytgacha kitobxonlar nazaridan chetda bo'lib kelgan So'fi Olloyor, Muhyi, Sulaymon Boqirg'oniy, Xilvatiy, Xo'janazar Huvaydo, Haziniy, Ahmad Yasavviy kabi shoirlarning diniy-tasavvufiy ruhdagi asarlarini nashr etish va qayta o'rganish so'z san'atiga yangi, toza, qadimiy mavzular shabadasini olib kirdi. Ajdodlarimizning boy adabiy va ilmiy merosini qayta tiklash ham ma'naviy-ma'rifiy, ham axloqiy tomondan o'z ta'sirini o'tkaza boshladi. Jumladan, Abdulla Oripov she'riyatida diniy g'oyalarning xalqona ohang kasb etishi, Sirojiddin Sayid, Eshqobil Shukur, Asqar Mahkam, Usmon A'zimning ijodiy izlanishlarida tasavvufiy aqidalarga moyillikning ortishi, Matnazar Abdulhakim ijodida bedilona ifodaning shakllanishi, Faxriyor talqinlarida rumiyona falsafiylikning kuchayib borganligini kuzatishimiz mumkin. Quyida Faxriyorning "Dardning shakli" deb nomlanuvchi to'plamiga kiritilgan bir she'riy parchaning tahliliga to'xtalib o'tamiz.

Hayot, sen sharobsan, maysan bir suzim, Yigirma to'rtyilki to'ymadim, ayo, Yurar may chinda hasratlar suzib Soqiyo, aysh qayyon, uqubat qayyon.4

She'rning boshidanoq odamni o'yga toldiradigan jumlalarni ilg'ash qiyin emas, xususan, hayotni bir suzimlik sharobga o'xshatish, ijodkorning 24 yil davomida bunga to'ymaganligi, uning hasratlari may ichida suzib yurishi va aysh bilan uqubatning o'zaro zid ma'noda qo'llanilishi misralardagi jozibadorlikni oshirishga xizmat qilgan bizningcha. Ya'ni odam o'limi oldidan butun hayoti bir lahzada ko'z oldiga keladi deyishadi, shunga qiyos Faxriyor ham

3 https://www.ziyouz.com/portal-haqida/xarita/maqolalar/husaynxon-yahyo-navoiyni-qachon-tushunamiz

4 Faxriyor, Dardning shakli, —T., Yozuvchi, 1997

Open access journal

www.in-academy.uz

insonning umrini bir suzimda tugaguvchi sharobga o'xshatyapti. Vaqt yeldek uchayotgan davrda buni mubolag'a deb qabul qilish noo'rin deb o'ylaymiz. Keyingi qatorda shoir unga ya'ni sharobga o'xshatilmish hayotga 24 yil davomida to'ymaganligini aytadi. Inson bu yoshida ayni kuch-quvvatga to'ygan, qiziquvchan, hayotga umid ko'zlari bilan boquvchi, maqsadlari sari intiluvchan, kerak bo'lsa tog'ni talqon qilishga tayyor holda bo'ladi, hali hayotning bor qiyinchiliklarini totmaganligi uchun hayotdan to'yish chegarasiga bormagan bo'ladi. Negaki e'tibor bersak, odatda, yoshi o'tib qolgan yoki qiyinchiliklardan qaddi bukilgan insonlargina hayotdan to'ydim deb aytishadi. Bu misrada hayotning achchiq-chuchugini totgan insonning 30 - 40 yoki hali orzulari osmon bo'lgan bolaning 16-18 yoshini emas aynan 24 yoshi tanlangani ham shoirning mahorati bizningcha. She'rning davomiga e'tiborimizni qaratadigan bo'lsak, odatda, inson g'amlaridan, qayg'ularidan qutilish ularni biroz bo'lsada unutish uchun may ichadi, lekin ijodkor buning aksi o'laroq ichayotgan mayining ichida hasratlar suzib yurganligini aytyapti. Agar tasavvufiy tomondan oladigan bo'lsak may Alloh ishqi hisoblanadi. Lirik qahramon uchun hasratlar Unga yetishish yo'lidagi azob-uqubatlardir hamda oshiqning yagona istagi Yorning jamoliga yetishmoq ekan, mayni ming hasrat ila ichmoq ham unga totlidir. So'nggi qatorda aysh va uqubatning bir biriga zid keltirilishi hayotning o'n beshi yorug', o'n beshi qorong'u degan naqlga ishoratdek.

Xalqimiz azaldan so'fiy darveshlarni hurmat-ehtirom qilish orqali Alloh taologa, Uning insonni ulug'lagan qudrati va fayzu futuhiga e'tiqodlarini izhor etganlar. Tasavvuf shayxlari xalqning ma'naviy yo'lboshchisi, ruhoniy murabbiy sifatida maydonga chiqib, payg'ambar faoliyati, holatlarini davom ettirganlar. Shu bois tasavvufning tarixiy taraqqiyoti, nazariy jihatlarini o'rganish barobarida, yirik shayxlar, avliyolar faoliyatini o'rganish ham muhim hisoblanadi. Voqean, nazariy qarashlarning o'zi ham shayxlarning so'zi va holatlari, asarlari, nasixatlari, ular haqidagi xotiralar va hikoyatlari o'rganish zamirida umumlashtirilgan5.

Mustaqillik yillarida tasavvuf ta'limotiga qiziqish va uni qayta tadqiq etish ishlari boshlandi. Bir qator olimlar o'z izlanishlarini tasavvufga oid asarlar va ilmiy ishlar orqali yoritib berdi. Xususan, bu borada Najmiddin Komilovning "Tasavvuf" asari tahsinga loyiqdir. Bu asar uchta katta bobdan tashkil topgan bo'lib, unda tasavvufda komil inson axloqi, tavhid asrorlari va Najmiddin Kubro haqida to'xtalib o'tilgan. Jumladan, olim komil insonga quyidagicha ta'rif beradi: "Komil inson — bir ideal, barcha dunyoviy va ilohiy bilimlarni egallagan, ruhi Mutlaq ruhga tutash, fayzu karomatdan serob, siyratu surati saranjom, qalbi ezgu tuyg'ularga limmo-lim pokiza zot, Navoiy tili bilan aytganda:

Foniyvasheki, ham so'zidur pok, ham o'zi,

Xush davlat ul kishigaki, tushgay aning ko'zi."6

Ibn Arabiyning fikricha, komil insonning yerdagi timsoli hazrati Payg'ambarimiz Muhammad sollallohu alahi vasallamdir. Ul zot vujudida aqliy, ruhiy kamolot, dunyoviy va ilohiy bilimlar jamuljam edi. Payg'ambarimiz xalq va Haq muqobi-lida turardilar va orada vosita edilar. Shunday bo'lgach, hamma odamlarni ham va hatto anbiyo va avliyolarni, donishmandlarni komil inson deb atash joiz emas. Va agar Payg'ambardan o'zga zotlarga

5 Х,амиджон ХрмидийДасаввуф алломалари, «Шарк» нашриёт-матбаа Акциядорлик компанияси, Бош тахририяти, Тошкент - 2004

6 Нажмиддин Комилов, Тасаввуф. Тошкент, 2009

«

www.in-academy.uz

nisbatan bu sifat aytilar ekan, buni shartli ta'rif yoinki shu ulug' martabaga hurmat-ehtirom belgisi sifatida qabul qilish kerak. Shu bilan birgalikda bu asarda Alisher navoiyning bir qancha g'azallarining atroflicha tahlillari ham berib o'tilgan. Tavhid asrori bobida tasavvuf falsafasi, komillik tariqati, irfon, ixlos, darvesh axloqi va fano ibrati kabi bir qancha mavzularga ham to'xtalib o'tilgan. Undan keyingi yirik manba Ibrohim Haqqulning "Tasavvuf va she'riyat"7 kitobidir. Bu asarda ishq kamoli, faqru fanolik, junun ma'rifati kabi mavzular bilan birgalikda Ahmad Yassaviy, Sulaymon Boqirg'oniy, Mahrab va Bobur ijodidagi tasavvufiy ohanglar haqida aytib o'tilgan, shu bilan birgalikda Alisher Navoiy ijodiga mansub bir qator g'azallar tahlili ham kiritilgan. Xususan, kitobning "Kimki o'zlik imoratin buzdi..." deb nomlangan qismida Navoiy o'ndan ortiq she'riy janrlarda asarlar yaratgani va ana shu asarlarning barchasida tasavvufiy g'oya va obrazlarning u yoki bu darajada o'rni hamda roli borligi aytib o'tiladi. I.Haqqul bu kitobida: "Inson hayoti nechog'li o'tkinchi, kulfat va mashaqqatlarga to'la bo'lmasin, u komillikka intilishi shart .Kamolot yo'liga tushgan insonni vijdon ruhiy og'riqlarga giriftor etib, alamga yuzma-yuz qilib qo'yadi, yurakni gunoh va qo'rquv, shubha va ishonch oralab olib o'tadi. Uyg'oq vijdon eng oxirgi chegaralargacha odamni yog'dulantiradi ... U erkin ruh bilan yashash sirlarini ochadi, aqliy toliq ishlarini engib, mutelik zanjirini sindiradi .Bu vijdon eng noiloj, eng kulfatli vaziyatlarda ham yo'lsizlikdan xalos etadi. Bu shaxsning o'z vijdoniga borish yo'li deb atasa to'g'ri bo'ladi. SHu yo'lni topgan odamgina xudoga intiladi. Talpingan sayin esa o'ziga nisbatan murosasizliklari ortadi"8,-deb yozadi.

Xulosa o'rnida shuni aytishimiz mumkinki, tasavvuf ta'limoti uzoq davrlardan beri o'zbek she'riyatining asosiy manbalaridan biri bo'lib kelmoqda va bir qator ijodkorlarimiz so'z san'atidan foydalangan holda o'z ijod namunalari orqali ilojiy-irfoniy g'oyalarni targ'ib qilib kelishmoqda.

References:

1. Khamrokulovna, T. Z. (2021). ISSUES RELATED TO SOSIOLINGVISTIK ANALYSIS (ABOUT Qul-,-qul-COMPONENT NAMES). In INTERNATIONAL CONFERENCE ON MULTIDISCIPLINARY RESEARCH AND INNOVATIVE TECHNOLOGIES (Vol. 1, pp. 48-50).

2. Туйчиева, З. Х. (2022). ПРОЯВЛЕНИЕ НАУЧНО-ИССЛЕДОВАТЕЛЬСКИХ МОТИВОВ СТУДЕНТОВ В ПРОЦЕССЕ ОБУЧЕНИЯ ПСИХОЛОГО-ПЕДАГОГИЧЕСКИХ НАУК. Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali, 1(4), 244-248.

3. Tuychieva, Z. (2019). PRINCIPLES OF DIFFERENTIATING OF GENDERS IN UZBEK ANTHROPONOMY. Bulletin of Gulistan State University, 2020(1), 75-82.

4. Khamrokulovna, T. Z. (2018). Literature revealing the truth of life. Проблемы педагогики, (7 (39)), 77-78.

5. Tursunkulovna, S. I. (2022). Synthesis of national and postmodernist styles in Uzbek independence novels. Asian Journal of Research in Social Sciences and Humanities, 12(5), 433-436.

7 Иброхим Х,ак,к,ул, Тасаввуф ва шеърият, Тошкент, 1991

8 Иброхим Х,аккул, Тасаввуф ва шеърият, Тошкент, 1991

«

www.in-academy.uz

6. Torayeva, D. (2024). THE WRITER'S CREATIVE LABORATORY AND THE PROBLEM OF AESTHETIC INTERPRETATION. Евразийский журнал технологий и инноваций, 2(1), 6670.

7. Тураева, Д., Саймуратова, И., & Туйчиева, З. (2024). ТВОРЧЕСКИЙ ПРОЦЕСС И ОБРАЗЫ. Евразийский журнал технологий и инноваций, 2(1), 198-202.

8. Fayzullayeva, O. (2023). LYRIC IMAGE OF" I" IN CYCLES. Евразийский журнал технологий и инноваций, 1(6 Part 3), 118-125.

9. Fayzullayeva, O. X. (2020). DIVERSITY IN WRITING UZBEK SONNETS. Theoretical & Applied Science, (4), 627-633.

10. Halilovich, I. S. (2022). ZAMONAVIY TA'LIMDA MEDIYA TA'LIMNING AHAMIYATI.

11. Mamatqulov, M. R. UDK: 809 SAYQALIYNING "BAHROM VA GULANDOM" DOSTONIDA TASHBIH SAN'ATI. ILMIY AXBOROTNOMA, 71.

12. Norkulova, K. T., Mamatkulov, M. M., & Jumaev, B. M. (2018). The task of stabilizing drying with the help of accumulation material in case of overheating of the chamber under the action of sunlight. Chemical Technology, Control and Management, 2018(4), 16-20.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.