Научная статья на тему 'TARJIMONLARNI TAYYORLASHDA ZAMONAVIY METODLAR'

TARJIMONLARNI TAYYORLASHDA ZAMONAVIY METODLAR Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
tarjimonlar / og`zaki va yozma tarjima / tarjima turlari / mustaqil tarjimon

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Ikromova Jasmina Davlat Qizi

Ushbu maqolada tarjimonlarni tayyorlashda samarali usullardan foydalanish kerakligi haqida tavsiyalar, talabalarda tarjima mahoratini shakllantirish haqida ma`lumotlar. Shuningdek, tarjimon o`zi kimligi va qanday tarjima turlari borligi haqida ham so`z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TARJIMONLARNI TAYYORLASHDA ZAMONAVIY METODLAR»

TARJIMONLARNI TAYYORLASHDA ZAMONAVIY

METODLAR

Ikromova Jasmina Davlat qizi

Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti "Boshlang'ich ta'lim" y onalishi 2-bosqich talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.11211382

Annotatsiya. Ushbu maqolada tarjimonlarni tayyorlashda samarali usullardan foydalanish kerakligi haqida tavsiyalar, talabalarda tarjima mahoratini shakllantirish haqida ma lumotlar. Shuningdek, tarjimon oszi kimligi va qanday tarjima turlari borligi haqida ham sosz boradi.

Kalit so^zlar: tarjimonlar, og^zaki vayozma tarjima, tarjima turlari, mustaqil tarjimon.

Annotation. This article contains recommendations on the need to base effective methods on the training of translators, information on the formation of translation skills in students. It also talks about who a translator is and what types of translation there are.

Key words: translators, oral and written translation, types of translation, freelance translator.

Аннотация. В этой статье даны рекомендации по использованию эффективных методов в подготовке переводчиков, информация о формировании переводческих навыков у студентов. Также рассказывается о том, кто такой переводчик и какие виды перевода существует.

Ключевые слова: переводчики, устный и письменный перевод, виды перевода, переводчик- фрилансер.

KIRISH

XX asrga qadar "tarjima" sozi faqat tarixiy, falsafiy, adabiy va badiiy asarlar o'girmasiga nisbatan qollanib kelingan. Ogzaki tarjimonga nisbatan esa turkiy xalqlarda "tilmoch", nemis tilida "dolmetechen", ingliz va fransuz tillarida "interpret" atamalari qo'llanilgan. Tarjima sohasidagi ilmiy nazariyalar va tarjimonlar uchun amaliy tavsiyalar ishlab chiqish bilan tilshunoslikning tarjimashunoslik bolimi shug'ullanadi. U har qanday tillar o'rtasidagi tarjimaning umumiy nazariyasi bilan bog'liq holda tillar tuzilmasidagi farqlarga qaramay manba matni manosini eng tushunarli holatda yetkazish imkoniyatlarini ham, tarjimaning xususiy nazariyalari, malum bir juftlik tillar o'rtasidagi tarjimaning oziga xos xususiyatlarini ham organadi. Ogzaki va yozma tarjimonlarning kasb bayrami 30- sentabr kuni nishonlanadi. Bu kun Bibliyaning g'arbiy yevropalik tarjimoni nasroniy Avliyo Jerom sharafiga tanlangan. Bu bayram 1991- yilda xalqaro tarjimonlar federatsiyasi (XTF) tomonidan rasman tashkil etilgan1. 2017- yida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 71-sessiyasida bir ovozdan qabul qilinib, unda professional tarjimaning xalqlarni birlashtirishdagi tinchlik, ozaro tushunish va taraqqiyotga ko'maklashishdagi roli e'tirof etildi va 30- sentabr BMT doirasida nishonlanadigan xalqaro tarjimonlar kuni deb elon qilindi2.

Zamonaviy tarjimashunoslikda mustaqil tarjimon ham bor bolib, u oz- ozini ish bilan band qilgan mutaxassis hisoblanib, uning asosiy faoliyati tarjima xizmatlarini ko'rsatib daromad

1 Грегор напроказил. История советского переводоведения (ru)'' Радио Свобода. Qaraldi: 2021-yil 29-iyun.

2 ''2018 International Translation Day I FIT'' www.fit-ift.org. 2018-yil 15-matda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi:2018-til 17-aprel.

olishdir. Mijozlar bilan ham to'g'ridan-to'g'ri, ham vositachilar (tarjimalar agentliklari, autsorsing kompaniyalari) orqali hamkorlik qiladi. XVII asrda Rossiyaning ijro etuvchi tizimida tarjimon va tilmoch tushunchalari bo'lgan: birinchisi, yozma nutqni tarjima qilishda ixtisoslashgan; ikkinchisi-og'zaki.

Yozma tarjimonning ishi juda kop turli faoliyat sohalariga tegishli bo lishi mumkin. An'anaga ko'ra, yozma tarjimonlar davlatlar o'rtasidagi siyosiy va savdo shartnomalari matnlari bilan shug'ullangan. Zamonaviy tarjimonlar ham ijtimoiy- siyosiy, tijorat, texnik, moliyaviy, tibbiy sohalarida, ham badiiy ijod sohasida nasr yoki she'r tarjimasida ishlay oladi.

Og'zaki tarjima odatda san'at asarlarining tarjimasida emas, balki biznes yoki siyosiy muzokaralarda, shuningdek, yig'ilishlarda, konferentsiyalarda qollaniladi. Bu ketma-ket sinxron yoki shivirlash bolishi mumkin.

Sinxron tarjima- so'zlovchining tarjima qilinatyotgan so'zlariga nisbatan minimal vaqt kechikish bilan amalga oshiriladi va tarjimondan katta intellektual kuchni talab qiladi, u bir vaqtning ozida tarjima qilinayotgan shaxsning sozlarini tinglashi, ularni xayolida tarjima qilishi va aniq talaffuz qilishi kerak.

Texnik tarjima — bu turli tillarda so'zlashadigan odamlar o'rtasida maxsus ilmiy va texnik ma'lumotlami almashish uchun ishlatiladigan tarjima. Soddalashtirilgan yondashuvda texnik tarjima deganda texnik matnlarning tarjimasi tushuniladi.

Yuridik terminlarni tarjima qilish xususiyatlari. Itimoiy hayotning shakllanishi hamisha til taraqqiyotida yetakchi qonun bo'lgan, til taraqqiyotiga xizmat qilgan. Har bir milliy tilning lug'at tarkibi doimo harakatda, o'zgarishda. Tilda yangi so'zlar paydo bo'ladi, ular so'z boyligini to'ldiradi va boyitadi.

Surdo tarjimon (fransuz tilidan sourd - kar) - imo- ishora tilini biladigan va istalgan milliy tildan imo-ishora tiliga yoki aksincha tarjima qiladigan shaxs.

Dunyoda bir necha o'nlab imo-ishora tillari va ularning dialektlari mavjud. Bitta og'zaki tilga ega bo'lgan mamlakatda bir nechta imo-ishora tillari shakllanishi mumkin. Aksincha, turli og'zaki tillar qo'llaniladigan hududda bitta imo-ishora tizimi ishlatilishi mumkin. Turli mamlakatlardagi odamlarning muloqotini soddalashtirish uchun Xalqaro karlar federatsiyasi mutaxassislari xalqaro imo-ishora tilini ishlab chiqdilar.

1995-yilgacha "Ishchilar va xizmatchilar lavozimlarining Butunrossiya tasniflagichi" da ushbu mutaxassislik tarjimon-daktilolog sifatida belgilangan. Daktilologiya (yunoncha daktylos — barmoq va logos — so'z, nutq) — daktil alifbosiga asoslangan muloqot tili. Unda har bir harf alohida takrorlanadi. Qoidaga ko'ra, faqat tegishli nomlar va chet tillarida o'xshashi bo'lmagan so'zlar daktil talaffuz qilinadi.

Surdo tarjimonning majburiyatlari:

1.Mijoz bilan davlat va nodavlat tuzilmalari vakillari (shifokor, notarius, bank xodimi va boshqalar) o'rtasidagi aloqani ta'minlash.

2. Teleradio dasturlar, filmlar tarjimasi.

3. Telefon suhbatlari tarjimasi.

4. Korxonalarda aloqani tashkil etish (vazifalar belgilash, brifing, dolzarb masalalarni hal

qilish).

5. Ma'ruza, seminar, ma'ruzalarni sinxron tarjima qilish.

6. Ijtimoiy, madaniy yoki sport tadbirlarida muloqotni ta'minlash (surdo tarjimonlarni hatto rep chiqishlarida ham ko'rish mumkin).

Tarjima turlari:

• Og'zaki tarjima;

• Sinxron tarjima;

• Texnik tarjima;

• Yuridik tarjima;

• Badiiy tarjima;

• Referent tarjima;

• Imo- ishora tili tarjima3.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGI

Davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan vazifalar, "Yuksak ma'naviyat — yengilmas kuch", "Adabiyotga e'tibor — ma'naviyatga, kelajakka e'tibor" kitoblarida aytilgan fikr-mulohazalar, tavsiyalardan kelib chiqsak, bugungi adabiy jarayonda badiiy tarjimaning o'rni, tarjimashunoslik, tarjima tanqidi sohalaridagi yutuq va kamchiliklarni tahlil, talqin etish, muayyan xulosalar chiqarib olish kun tartibidagi muhim vazifalar sirasidan ekaniga iqror bo'lamiz.

Tarjima nazariyasiga bag'ishlangan ilk tadqiqotlar o'tgan asrning 20-30-yillarida yuzaga kela boshladi. Bu davrda nashr qilingan Amos, Postget, Finkel, Alekseev kitoblarida va Sanjar Siddiqning "Adabiyot tarjimasi san'ati" (1936) risolasida tarjima nazariyasi fan sifatida e'tirof etilgan tezislarni uchratamiz. 50-yillarda taniqli tarjimon Ivan Kashkin va tilshunos Reformatskiyning tarjima nazariyasi xususidagi maqolalari e'lon qilingandan so'ng bu sohada bahs-munozaralar boshlanib ketdi. Professor Reformatskiy "tarjima amaliyoti barcha fanlar uchun xizmat qilsa-da, tarjima nazariyasi mustaqil fan bo'la olmaydi, balki tilshunoslikning bir bo'limigina bo'lishi mumkin", degan g'oyani ilgari surgan edi. Shundan so'ng ularni ma'qullagan va tanqid qilgan qator tadqiqotlar, maqolalar chop etildi. 1953-yil Xalqaro tarjimonlar uyushmasi (FIT) tashkil topdi.

O'tgan asrning 70-yillariga kelib jahon filologiya ilmida "Tarjimashunoslik" deb nom olgan mustaqil fan shakllandi.

O'zbekistonda tarjimashunoslik ilmining rivojida Jumaniyoz Sharipov, Ninel Vladimirova, G'aybulla Salomov, Najmiddin Komilov, Qudrat Musaev kabi olimlarning xizmati katta bo'ldi. Bugungi kunga kelib o'zbek tarjima maktabi jahon tarjimashunoslik ilmida tan olindi.

O'zbekiston o'z mustaqilligini qo'lga kiritgandan so'ng o'tgan yigirma ikki yil davomida badiiy ijodning barcha sohalarida bo'lgani kabi tarjima nazariyasi va amaliyotida ham o'zgarish va yangilanishlar ro'y berdi. Prezidentimiz tashabbusi bilan tarjima va tarjimashunoslar minbari "Jahon adabiyoti" (1997) jurnali tashkil etilib, o'z faoliyatini boshladi. Atoqli adabiyotshunos olim va tarjimon Ozod Sharafiddinov boshchiligida ushbu jurnalda dunyo adabiyotining eng sara asarlari o'zbek tiliga tarjima qilinib bosildi. Ayni paytda "Jahon adabiyoti" jurnalida tarjima nazariyasi va tanqidiga doir mazmunli maqola hamda suhbatlarning bosilayotgani ijod va ilm ahliga manzur bo'lmoqda. Tarjimonlarni tayyorlashda yurtimizda keng kolamli ishlar amalga oshirilmoqda. Masalan: O'zbakiston davlat jahon tillari universitetining tarjima fakultetida, O'zbekiston milliy universitetining xorijiy filologiya fakultetiti tarjima bo'limi magistraturasida, hamda Samarqand chet tillari institutida tarjimon kadrlarni tayyorlashga katta ahamiyat berilmoqda4.

3 Gosudarstvennost Rossii: Slovar-spravochnik. Kn. 5: Doljnosti, chini, zvaniya, tituli i serkovnie sani Rossii. Kones XV veka- fevral 1917 goda. Ch. II:M-Ya/Sost. Sabennikova I. V., Ximina N. I. -M:''Nauka", 2005. -512 s. -S. 143, 194''.

4 "O'zbekiston adabiyoti va san'ati" gazetasi, 2014-yil 10-son.

MUHOKAMA

Tarjimonlarni tayyorlashda bugungi kunda zamonaviy metodlar bilan bir qatorda boshqa davlatlar tajribalarini o'rganish ham yaxshi samara bermoqda. Shu jumladan yurtimiz talabalari chet davlatlarga borib yangi tajriba va metodlarni o'rganib qaytishmoqda. Bugungi kunda bu sohaga katta e'tibor qaratilganligi sababli tobora rivojlanib bormoqda. Zamonaviy metodlar bolajak tarjimashunoslarda tarjima sohasini oson va samarali o'rganishga hamda yangiliklardan xabardor bo lib zamon bilan hamnafas bo lishga yordam bermoqda. Zamonaviy bozorda professional xizmatlarning standartlari doimiy ravishda ortib bormoqda. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari azaldan tarjima jarayonining ajralmas qismiga aylangan va bu jihatni e'tiborda qoldirish uchun talabalarning bilim olish jarayoniga bir qator yangiliklarni joriy etish zarur. Bugungi kunda chet tilini o'rgatish uchun ko'plab texnologiyalar mavjud. Bular ta'lim Internet resurslari, MOOC, Moodle, scratch, tagcloud, flipped classroom texnologiyalari (jadval) va hokazo. Biroq, ularning har biri aniq faqat ma'lum vazifalarni berishi mumkin, lekin maqsadga erishtira olmaydi. Faqatgina ular birgalikda bu muammoning yechimini taklif qila oladilar5.

MOOC - bu ommaviy ochiq onlayn kurs. U video ma'ruzalar, taqdimotlar, baholash topshiriqlari va testlarni o'z ichiga oladi. Ushbu texnologiya tarjimani notalash ko'nikmalarini rivojlantiradi; tarjima bo'yicha avtomatlashtirilgan qaror qabul qilish qobiliyati; hissiy-empatik kompetentsiyani rivojlantirish; aniq lug'atni tarjima qilish qobiliyati6.

Scratch texnologiyasi - u yoki bu yo'nalishdagi talabalar uchun interaktiv hikoyalar yaratishi mumkin bo'lgan dasturlash muhiti. Ushbu texnologiyadan foydalanish talabalarning aqliy so'z boyligini, tezaurus hajmini (kvest o'yini, testlar, krossvordlar va boshqalar yordamida) kengaytirishga va qo'shimcha ma'lumotga ega bo'lishga (virtual ekskursiya yordamida) yordam beradi7.

Tagcloud texnologiyasi - umumiy tarkibga hamma joyda va qulay talab bo'yicha tarmoqga kirishni ta'minlashni talab qiladi. Bu talabaning istalgan vaqtda kerakli ma'lumotlarni qidirish qobiliyatini va AKT kompetentsiyasini rivojlantirishga yordam beradi8.

XULOSA

Tarjima sohasiga bugungi kunda ehtiyoj avvalgiga nisbatan ortib bormoqda. Bu esa ushbu kasbning rivojlanib borishi va insonlarda bu kasbga nisbatan ehtiyoj ortayotganidan dalolat bermoqda. Bugungi kunga kelib, bu kasb zamonaviy kasblardan biri hisoblanadi. Tarjima sohasi tobora rivojlanayotganligi sababli biz zamon bilan hamnafas bolib yangi metod va tajribalar asosida bu sohani organmoqdamiz.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. "Грегор напроказил. История советского переводоведения (ru)" Радио Свобода. Qaraldi: 2021-yil 29-iyun.

2. 2018 International Translation Day I FIT. www.fit-ift.org. 2018-yil 15-matda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi:2018-til 17-aprel.

5 Komissarov V.N. Tarjima oqitish metodlarining nazariy asoslari. M.: Rema, 1997. 111 b.

6 Butenko V.A., Nikiforova O.A., Vlasova L.I., Ivankina L.I., Efstifeeva E. Yu., Gerasimchuk I.V., "Universitet jamoati sharoitida ta'lim". 1-son. M.: TPU nashriyoti, 2002-yil.

7 Latyshev L.K., Provotorov V.I., Til universitetida tarjima tayyorlashning tarkibi va mazmuni. M. Kursk: NVI-Tesaurus, 2001.135 p.

8 [Elektron resurs]. Kirish rejimi: https://trainstation.pro/stati/professionalnye-problemy-podgotovki-perevodchikov/ (kirish sanasi: 15.03.2019).

3. Gosudarstvennost Rossii: Slovar-spravochnik. Kn. 5: Doljnosti, chini, zvaniya, tituli i serkovnie sani Rossii. Kones XV veka- fevral 1917 goda. Ch. II:M-Ya/Sost. Sabennikova I. V., Ximina N. I. -M:''Nauka", 2005. - 512 s. -S. 143, 194.

4. "O'zbekiston adabiyoti va san'ati" gazetasi, 2014-yil 10-son.

5. Komissarov V.N. Tarjima o'qitish metodlarining nazariy asoslari. M.: Rema, 1997. 111 b.

6. Butenko V.A., Nikiforova O.A., Vlasova L.I., Ivankina L.I., Efstifeeva E. Yu., Gerasimchuk I.V., "Universitet jamoati sharoitida ta'lim". 1-son. M.: TPU nashriyoti, 2002-yil.

7. Latyshev L.K., Provotorov V.I., Til universitetida tarjima tayyorlashning tarkibi va mazmuni. M. Kursk: NVI- Tesaurus, 2001.135 p.

8. [Elektron resurs]. Kirish rejimi: https://trainstation.pro/stati/professionalnye-problemy-podgotovki-perevodchikov/ (kirish sanasi: 15.03.2019).

9. Israilova, S. (2023). The PRAGMATIC OCCURRENCE AND MENTAL PROPERTIES OF COLOR COMPONENT UNITS IN CONTEXT. Interpretation AND RESEARCHES, 1(5).

10. Saodat, I., & MA'SUDA, E. (2023, APRIL). Bilingvizm TURLARI VA IKKINCHI TIL LEKSIK BAZASI. In INTERNATIONAL SCIENTIFIC CONFERENCES WITH HIGHER EDUCATIONAL INSTITUTIONS (VOL. 1, NO. 14.04, PP. 185-188).

11. Alavutdinova, N., & ERGASHEVA, L. (2024). Communicative CHARACTERISTICS OF TEACHING THE UZBEK LANGUAGE AS A FOREIGN LANGUAGE. Science AND INNOVATION, 3(B1), 29-34.

12. Sharipova, S., & XALIMOVA, F. (2024). Actual PROBLEMS OF TEACHING A LANGUAGE IN THE CLASSROOM AND THEIR SOLUTIONS. Conference PROCEEDINGS: FOSTERING YOUR RESEARCH SPIRIT, 133-135. Https://DOI.ORG/10.2024/41YEMX68

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.