Научная статья на тему 'TARIX FANINI O’RGANISHDA XETT DAVLATCHILIGINING O’RNI VA AHAMIYATI'

TARIX FANINI O’RGANISHDA XETT DAVLATCHILIGINING O’RNI VA AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
1742
169
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
Xattusa / T.Vinkler / Mikerdibay / Kushshar / Nesha / Zalpuva / Xattushash / Tabarna / Pankus / Annita / Xattusili I / Tuxkante / Tutxaliya IV / Karxemish / Meli. / Xattusa / T.Vinkler / Mikerdibay / Kushshar / Nesha / Zalpuva / Xattushash / Tabarna / Pankus / Annita / Xattusili I / Tuxkante / Tutxaliya IV / Karxemish / Meli.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Charos Otaxonova

Maqolada Qadimgi Sharq tarixiga oid manbalar haqida o’rganishimizda, juda boy arxivga ega bo’lgan Xett davlatining davlatchiligi haqida so’z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE AND IMPORTANCE OF HITTITE STATEHOOD IN THE STUDY OF HISTORICAL SCIENCE

The article tells about the statehood of the Hittite, wich has a very rich archive, in our study of sources on the history of the Ancient East.

Текст научной работы на тему «TARIX FANINI O’RGANISHDA XETT DAVLATCHILIGINING O’RNI VA AHAMIYATI»

TARIX FANINI O'RGANISHDA XETT DAVLATCHILIGINING O'RNI VA

AHAMIYATI

Charos Otaxonova

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti

ANNOTATSIYA

Maqolada Qadimgi Sharq tarixiga oid manbalar haqida o'rganishimizda, juda boy arxivga ega bo'lgan Xett davlatining davlatchiligi haqida so'z boradi.

Kalit so'zlar: Xattusa, T.Vinkler, Mikerdibay, Kushshar, Nesha, Zalpuva, Xattushash, Tabarna, Pankus, Annita, Xattusili I, Tuxkante,Tutxaliya IV, Karxemish, Meli.

THE ROLE AND IMPORTANCE OF HITTITE STATEHOOD IN THE STUDY

OF HISTORICAL SCIENCE

Charos Otakhonova

Chirchik State Pedagogical Institute of Tashkent Region

ABSTRACT

The article tells about the statehood of the Hittite, wich has a very rich archive, in our study of sources on the history of the Ancient East.

Keywords: Xattusa, T.Vinkler, Mikerdibay, Kushshar, Nesha, Zalpuva, Xattushash, Tabarna, Pankus, Annita, Xattusili I, Tuxkante,Tutxaliya IV, Karxemish, Meli.

KIRISH

Eng qadimgi davrlarda Kichik Osiyoning sharqiy qismida xett qabilalari istiqomat qilishgan. Janubiy Sharqda esa hurritlarga mansub aholi yashagan. Mil.avv II ming yillikda yarim orol g'arbida yunonlar, axoyaliklar, frigiyaliklar ko'chib kelishadi. Mil.avv II ming yillik boshlarida dastlab Kanes, Brusxonda, Kussor, Nesa, Solpa va Xattusa shahar-davlatlari vujudga keladi.sinfiy jamiyatning rivojlanishida mil.avv XXXVIII asrlarda mavjud bo'lgan ossur savdo kaloniyalari ham muhim o'rin egallaydi. Dastlabki shahar davlatlarni birlashtirish Kussor hokimi Pitxan boshlab beradi va uning ishlarini davom ettirgan o'g'li Annita barcha Xett shaharlarini birlashtirib Mil.avv XVIII-XVI asrlarda mavjud bo'lgan Xett podsholigiga asos soiladi. Xett davlati tarixi haqida malumotlarga yuzlanadigan bo'lsak, 1876 -yilda xett yeroglif yozuvi topilgan,nemis ossurologi T.Vinkler va turk arxeologi Mikerdibay tomonidan xettlarnig poytaxti (hozirgi Bug'ozqoya yaqinidagi joy,Anqara yaqinida) Xattusa qazib

chiqarilgan.Eng qadimgi xett davlatlarining boshlang'och formalari bo'lgan qabila ittifoqlari asta-sekinlik bilan vujudga kelgan. Ularning markazlari Kushshar,Nesha,Zalpuva va Xattushashda bo'lgan. Bu qabila ittifoqlari Kichik Osiyoning Sharqiy qismida hukmronlik qilish uchun o'zaro urush olib borishgan. XIX asrda dastlabki Xett davlatlaridan biri vujudga kelgan.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Eng qadimgi xett yozuvlaridan birida, ya'ni Kushshar shahrida hokimlik qilgan xett-nesit podshosi Putxanning o'g'li Anyttaning yozuvida uning qushni xett qabilalari bilan qilgan urishlari tasvirlangan. Anitta uzoq va qattiq kurashtan so'ng qushni qabilalardi engan. Xattushash shaxrining potshosi Piyusht va uning ittifoqchilari ustidan tantanali suratda g'alaba qozongan. Xattushash va Zalpuva shaxarlarini bosib olib vayron qilgan. Manbaqlardan malum bo'lgan eng qadimgi Xett davlati ana shu tariqa vujutga kelgan, bu davlatning poytaxti Nesha shaxri bo'lgan. Eramizdan avvalgi XVII asrda Xett davlati yanada kuchayadi. Qappadokiyadagi bir qancha oblastlari, jumladan, Tavr yaqinidagi unimdorvodiylar uziga bo'ysindirilgan xett potsholaridan biri Tabarna (eramizdan avvalgi 1640 yillarga yaqin ) o'zini " ulug' potsho" deb atagan va o'z davlatini Bobil potsholigi bilan teng deb hisoblagan. Qadimgi Xett davlatida urug-jamoa qoldiqlari hali kuchli bolgan. Xett podsholari oz hokimiyatlarini xalq kengashlariga tayanib amalga oshirganlar. Qurol kotarishga qobiliyatli bolgan barcha erkaklar podsho chiqaradigan «pankus» deb ataladigan yigilishga muntazam ishtirok etganlar. Zodagonlar davlat boshqaruvida faol qatnashib, ozlarining kuchli tayanchi bolgan zodagonlar kengashi (Tuliya) orqali xalq yiginiga boshchilik qilganlar. Zodagonlardan tashqari, davlat boshqaruvida podsho oilasi: aka-ukalari va boshqa qarindoshlari muhim rol oynaganlar. Qadimgi Xett ananasiga kora, podshoning vorisi podsho oilasidan tanlangan. Kopincha voris tanlashda podshoning jiyanlari, uning opa-singillarining ogillariga imtiyoz berilgan. Odatga kora, davlatni ikki hukmdor: podsho va malika boshqargan. Agar podsho vafot etsa, malika oz unvonini yangi podsho hukmronligi davrida ham saqlab qolgan. Yangi podshoning rafiqasi malika bolish uchun, sobiq podshoning bevasi-malikaning olimini kutib turgan. Anita vafotidan keyin, er. avv. XVII asr oxirida boshqa Xett urugi hokimiyat tepasiga keladi. Xett davlati asoschilarining birlashtiruvchi siyosatini istilochi va islohotchi podsho Labarna ( yoki Tabarna, er. vv. 1675-1650 yillar atrofida boshqargan) tugallaydi. U istilochilik yurishlarini davom ettirib, Tavr tog tizmasining shimoliy qismini egallaydi va Shimoliy Qora dengizga chiqadi. Xett davlati chegaralarini dengizdan-dengizgacha kengaytirdi. Uning ichki va tashqi siyosatidan kuchli tasirlangan va tan bergan keyingi vorislari Labarna va uning rafiqasi Tavannanna nomlarini ozlariga unvon sifatida qabul qildilar. Labarna mavjud Xett ananalariga zid ravishda ogli Xattusilini oz vorisi deb elon qiladi. Xattusili I (er. avv. 1650-1625-yillar atrofida) poytaxtni xettlarning sobiq bosh markazi

Xattusiga kochiradi (Shu voqeadan keyin, davlat rasmiy ravishda Xatti zamonaviy fanda Xett deb atala boshlanadi). Uning vorisi Mursili I (er. avv. 1625-1590 yillar atrofida) davrida Xett podsholigida markazlashuv kuchayadi. U Mesopotamiyadan Finikiyaga boradigan yoldagi asosiy savdo markazi bolgan Shimoliy Suriyadagi Xalpa shahrini bosib oladi. Mursili I er. avv. 1595-yilda uzoq Bobilga yurish qilib, Xammurapi sulolasini tugatadi. Ammo mamlakat ichida keskin vaziyat vujudga keladi. Saroy fitnachilari podsho hokimiyatini kuchayishini istamay, taxt vorisligiga kopgina davogarlar bolishiga imkoniyat beradigan ananalarni saqlab qolishga urinadilar. Oqibatda Mursili I saroy fitnasi qurboni boladi. Xett hukmron tabaqalari ichida ozaro kelishmovchiliklar boshlanadi.

MUHOKAMA

Ozaro kelishmovchiliklarga Telepin I (er. avv. 1530-1500 yillar atrofida) chek qoyadi. Uning davrida faqat podshoning ogli taxtga chiqish huquqiga ega boladi. Agar podshoning ogillari bolmasa, uning singlisining ogli va eng songgida podshoning kuyovlari taxtga davogar bolish qoidasi ornatiladi. Taxt vorisligining bunday tartibi qatiy bolib, zodagonlar kengashi «pankus»ning taxt vorisligi masalasidagi rolini tugatdi. Ammo qolgan masalalarda «pankus» oz huquqini saqlab qoladi. Pankusni ng yuqori pogonasi bolgan «tuliya» hal qiluvchi rol oynaydi. Tuliyaning ruxsatisiz podsho uning biror-bir azosi bolgan zodagonni qatl qila olmas edi. Agarda tuliyaning ruxsati bilan uning biror azosiga podsho tomonidan olim jazosi berilgan taqdirda ham podsho aybdorning oilasini taqib ostiga olish va mol-mulkini musodara qilish huquqidan mahrum edi. Tadqiqotchilar, bu davrni (er. avv. XVIIII- er. avv. XVI asrlar) qadimgi Xett podsholigi davri deb hisoblaydilar.

NATIJA

Telepin va uning ogli hukmronligidan song, Xett davlatining tushkunlik davri boshlanadi. Bu davr Orta Xett podsholigi davri (er. avv. XV asr ) deb nom oladi. Bu davrda Xett podsholigining ahvoli yana ogirlashadi. Bir asr davomida Xett davlati va jamiyati goyoki tushkunlikni boshdan kechiradi. Er. avv. XIV asr boshlarida Old Osiyoda Misr, kassitlar Bobili va Mitanni davlatlari zaiflashib, xalqaro munosabatlarda Xett davlatining kuchayishi uchun qulay shart-sharoit tugiladi. Er. avv. 1450-yillar atrofida kelib chiqishi xurrit bolgan omadli amaldor taxtni egallab, yangi Xett sulolasiga asos soladi. Yangi sulola podsholari qadimgi Xett buyuk davlatchiligi goyalarini qaytarishga davo qilib, harbiy-byurokratik monarxiyani tashkil qiladilar. Podsho ilohiylashtirilgan mutloq hukmdorga aylanadi va oziga voris tayinlaydi (Bu voris alohida Tuxkante lavozimiga aylanib, bu vazifadagi kishini zarur bolganda almashtirish mumkin edi). Endilikda saroy tontarishlari isyonga aylanib ketmaydi. Shu vaqtdan boshlab podsho alohida samoviy ilohiylik egasi hisoblanib, quyoshim deb uluglandi.

Xett podsholari ichida eng taniqli diplomat, uzoqni kora oladigan siyosatchi, mohir sarkarda Suppilium I (er. avv. 1380-1335-yillar atrofida) davlatning harbiy qudratini oshiradi. U yengil, tez yuradigan jang aravalari bilan qoshinni taminlaydi. Xett shaharlari, ayniqsa, poytaxt Xattusining mudofaa inshootlari mustahkamlanadi. Suppilium I Sharqiy Ortayer dengizi qirgogi mayda davlatchalarini va Mitanni davlatini oziga boysundiradi. Mitanniga tegishli Suriya viloyatlarini va shaharlarini bosib oladi. Suppilium I oz kuyovini Mitanni taxtiga otqazdi. U Suriyada markazi Karxemish va Xalpa bolgan xettlarga qaram davlatlarga asos solib, bu davlatlarni hukmdori qilib oz ogillarini tayinlaydi. Bobil va Axey (Miken Yunonistoni) davlatlari Suppilium bilan dostlik aloqalarini ornatishga majbur boladi. Uning vorisi Mursili II ( er. avv. 1335-1305 yillar atrofida) otasining davlatini tola hajmda saqlab qoladi, lekin qaram hududlardagi isyonlar, qozgolonlar va boshqa qudratli davlatlarning mamlakat hududiga tazyiqiga qarshi toxtovsiz urushlar olib borishga majbur boladi. Mursili II Kichik Osiyodagi Janubiy Frigiya va Lidiya, Milavan (Milet) hokimlarini boysundiradi. U ananaviy raqib Arsava podsholigiga (Kichik Osiyo) qarshi golibona yurish qilib, Egey dengizi qirgogigacha chiqadi. Ammo Mursili II podsholigining songgi yillarida Misr XIX sulola davrida yanada kuchayadi va Sharqiy Ortayer dengizi qirgogi uchun Xett davlati bilan yana raqobat boshlaydi. Er. avv. 1286 yilda Kades shahri yonida har ikki tomon uchun hal qiluvchi janglardan biri bolib otadi. Jangda Misr qoshinlari yengiladi. Shunga qaramasdan Misr firavni, istedodli sarkarda Ramzes II yana urushga tayyorlanib, xettlarni Falastin, Finikiya va Suriyaning katta qismidan siqib chiqaradi. Oxir-oqibatda Misr va Xett davlati er. avv. 1280 yilda tinchlik shartnomasini imzolaydilar. Shartnoma boyicha Suriyaning bir qismi, Shimoliy Finikiya Xett davlati tasiri ostida qoladi. Har ikki davlat ortasida savdo aloqalari kuchayadi. Endilikda Xattusili III kuchayib borayotgan Osuriyaning harbiy tazyiqiga qarshi Bobil bilan ittifoq tuzishga harakat qiladi, lekin Osuriyani Yuqori Mesopotamiyadan siqib chiqara olmaydi.

XULOSA

Xett davlati kuchli qoshinga ega bo'lgan Osuriya tazyiqini qiyinchilik bilan qaytaradi. Songgi Xett podsholari Tutxaliya IV va uning ikki ogli davrida axeylar, Bolqondan kelgan frigiyaliklarni Kichik Osiyoning garbida hujumini zorga qaytaradilar. Axeylar tor-mor qilinganidan keyin, Kichik Osiyo garbidagi Ilion shahri bosib olinadi. Songgi Xett podshosi Suppilium II Kipr orolini yana qayta bosib oladi. Er. avv. XII asr oxirida Egey dengizi qirgoqlari va orollarining etnik jihatdan ola quroq «dengiz xalqlari» Xett davlatini tor-mor qildilar (er. avv. 1190-yillar). Shunday qilib, yangi Xett davlati tarix sahnasidan abadiy tushib ketdi. Markazlari Karxemish va Melida bolgan so'nggi Xett podsholiklari qoldiqlari er. avv. VIII asr oxirlarida Osuriya tomonidan tugatildi.

REFERENCES

1. Rajabov R.Qadimgi dunyo tarixi.Toshkent-2009.

2. Kabirov A.Qadimgi sharq tarixi.Toshkent-2018.

3. Omonov, A. O. O., & Haydarov, S. A. (2021). TARIX FANINI O'RGANISHDA FRIGIYA PODSHOLIGINING O'RNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(5).

4. Turg'Unboyeva, M., & Haydarov, S. A. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA "O'TTIZ YILLIK URUSH" NING AHAMIYATI. Scientific progress, 1(5).

5. Ashirova, N. X. Q., & Haydarov, S. A. (2021). TARIX FANINI O'RGANISHDA QADIMGI HINDISTON MADANIYATINING O'RNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(5).

6. Yoriqulov, A. S. O. G. L., & Haydarov, S. A. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA HIND SIVILIZATSIYASI O'RNI. Scientific progress, 1(5).

7. Rahimberdiyev, A. E. O. G. L., & Haydarov, S. A. (2021). TARIX FANINI O'RGANISHDA ELAM DAVLATCHILIGINING O'RNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(5).

8. Nomozov, M. M. O., & Haydarov, S. A. (2021). OZBEKISTON RESPUBLIKASIDA TA'LIM SOHASIDAGI ISLOHOTLAR. Scientific progress, 1(5).

9. Fayziyeva, Y. I. Q., & Haydarov, S. A. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA SURIYA VA FINIKIYA PODSHOLIGI O'RGANILISHI. Scientific progress, 1(5).

10. Haydarov, S. A. (2021). TARIX FANINI O'RGANISHDA FRANKLAR DAVLATI O'RNI VA AHAMYATI. Scientific progress, 1(5).

11. Амиркулович, X. С. (2021). УЗБЕКИСТОН ТАРИХИ ФАНИНИ У^ИТИШДА ТАСВИРИЙ САНЪАТ АСАРЛАРИДАН ФОЙДАЛАНИШНИНГ УЗИГА ХОСЛИГИ. Scientific progress, 1(3).

12. Хайдаров Усмон. (2021). Тарих дарсларини самарадорлигини оширишда миниатюралардан фойдаланишнинг йуллари. Scientific progress, 1(3).

13. Хдйдаров С. (2021). Убекистон тарихини укитишда миллий миниатюрадан фойдаланиш (Бобурнома мисолида). Academic Research in Educational Sciences. 2 (7). 760-764.

14. Sulaymonov Askarali. Khaydarov Sulaymon Amirkulovich (2021). Increasing the effectiveness of teaching history through miniature art works. Turkish Journal of Computer and Mathematics Education. 1 (12). 2043- 2049.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.