TARIX FANINI O'QITISHDA FERNAND MAGELLAN VA DUNYODAGI BIRINCHI SAYOHATINI O'RGANILISHI
Mashhuraxon Mahmudjon qizi Mamajanova
Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti talabasi [email protected]
ANNOTATSIYA
Mazkur maqolada Fernand Magellan va uning 1519-1522-yillarda qilgan dengiz ekspeditsiyasi haqida to'liq ma'lumot berilgan.
Kalit so'zlar: "Olovli yer", Yaxshi Umid burni, "Viktoriya" kemasi, koordinata, Ziravorlar oroli, bo'g'oz.
FERNAND MAGELLAN AND THE WORLD'S FIRST JOURNEY IN
TEACHING HISTORY
Mashhuraxon Mahmudjon kizi Mamajanova
Student of Chirchik State Pedagogical Institute of Tashkent region [email protected]
ABSTRACT
This article gives a detailed account of Fernand Magellan and his naval expedition from 1519 to 1522.
Keywords: Fiery Land, Cape of Good Hope, Victoria Ship, Coordinates, Spice Island, Strait.
KIRISH
Fernand Magellan (Magelyanish) taxminan 1470-yil Portugaliyada Traz - uz -montish viloyatida oq suyak oilasida tug'ilgan. 1521-yil 27-aprelda Maktan orolida Filippinda vafot etgan. Magellan ekspeditsiyasi birinchi dunyo bo'ylab aylanib suzishni amalga oshirdi. U 1505-1512-yillarda Portugaliya ekspeditsiyasida qatnashib ikki marta (1509-1511) Malakkagacha borgan. U 1512-1515-yillar Shimoliy Amerika urushida yarador bo'lib Portugaliyaga qaytib keladi va yarador bo'lib qaytgach, Magellan Portugaliya podshosidan yordam so'raydi. Ammo Magellanning iltimosini podsho qondirmaydi. Shu sababli Magellan Ispaniya davlatiga borib, u yerdagi Portugaliya astronomlari kompaniyasiga a'zo bo'lib, u yerdagi Portugaliyaning Ruy Faleyeru bilan birga yer shari aholi punktlarining geografik koordinatalarini aniqlash ishlari bilan shug'ullanadi. 1517-yilda Ispaniya davlatini Sevil shahrida bo'lib o'tgan Hindiston
www.scientificprogress.uz
kengashida Magellan ma'ruza qilib, Molukko oroliga g'arbiy yo'l bilan suzib borish to'g'risidagi o'zi ishlab chiqqan loyihani Ispaniya qiroliga taqdim qiladi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Magellan axborotidan xabardor bo'lgan Ispaniya podshosi Karl I zirovorlar oroliga borish va uni geografik koordinatasini aniqlash uchun tezda besh kemadan iborat ekspeditsiya uyushtiradi va ekspeditsiyaga rahbar qilib Magellanni tayinlaydi. Magellan boshchiligidagi ekspeditsiya Ziravorlar oroliga borish uchun "Trinoz", "San-Antonio", "Konsension", "Santyogo" kabi 105-154 tonnali yuk sig'imli 5 ta kemada ikki yilga yetadigan oziq-ovqat g'amlab, 1519-yil 20-sentabrda Ispaniyani Gavidana daryosi quyiladigan joyidagi San-Lukarda Barramedo bandargohidan yo'lga 265 odam bilan chiqqan. Magellan kemalariga portugaliyalik hamyurtlaridan ruxsat bergan 5 o'ringa 37 kishi olishga muvaffaq bo'ldi. Sayohatning boshidayoq juda og'ir sinovlarni yengib, 60 kunlik tinimsiz yomg'irlardan so'ng kemalar 1519-yil 13-dekabrida Rio de Janeyro ko'rfaziga keldi.
MUHOKAMA
Sayohatchilar okean bo'ylab, g'arbiy janubga suzib, Kanar orolidan va Braziliyaning sharqiy sohillaridan janub tomon suzib Guanabar orqali o'tib La-Plata quyilmasiga kelib, yerli aholi bilan tanishib, ularni urf-odatlari savdo-sotiq faoliyati haqida ma'lumotlar oldi. (1520-yil dekabr). Sayyohlar bu yerdan chiqib, San Matias qo'ltig'I orqali o'tib, San Xorxe qo'ltig'iga kelib qishlashdi. Sayyohlar bu yerda yashovchi baland bo'yli hindular bilan tanishdilar. Hindlarni sayyohlar "patagon" lar (ispanchasiga yirik oyoqlar) deb atadilar. Shundan beri bu joy Patagoniya ya'ni yirik oyoqlar vatani deb ataladi. Sayyohlar San Xorxedan janub tomonga suzib, uzoqdan yorug' chiqayotgan yerlarni qaradi. Bu joyni Magellan "Olovli yer" deb atadi.
NATIJA
Ekspeditsiya a'zolari "Olovli yer" oroliga yetmasdan hozirgi Pilar buruni yaqinidan g'arbga tomon suzib, Tinch okeaniga o'tib shimol tomon suzib, Tayto yarim oroli, Mora orolidan o'tib, 30° g'arbga tomon burildi. Shu yergacha Tinch okeanida 15 km suzadi. Bu vaqtda havo ochiq okean tinch bo'lgan. Shuning uchun bu okeanga Magellan Tinch okeani deb nom bergan. Sayohatlar g'arbga tomon Tinch okeanidan suzib janubiy Neziya, Mikroneziya sochilma orollari, Tuvuranes kabi orollarni ko'rgan. 1521-yil 6-mart kuni ekspeditsiya a'zolari Marian gruppa orollari janubdagi Guan va rota orollaridan o'tib, hozirgi Filippin
dengizidan g'arbga tomon suzib, Filippin orollarining janubdagi Homoxon orollariga kelganlar. Sayyohlarni bu yer aholisi yaxshi kutib olgan va palma daraxtidan
«SCIENTIFIC PROGRESS» Scientific Journal ISSN: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, ISSUE: 5
tayyorlangan vino bilan mehmon qilganlar. Bu orolga Magellan San-Losar arxipelagi deb nom bergan. Bu yerda oltindan tayyorlangan qurollar va oltin taqinchoqlar ko'pligi ularni qiziqtirdi.
Sayyohlar Yaxshi Umid burnidan Atlantika okeaniga shimoliy g'arbga tomon suzib, 1081 kun davom etgan sayohatdan so'ng, 1522-yil 6-sentabrda Ispaniyani sanlukar portiga "Viktoriya" kemasida jami 265 kishidan faqat 18 tasi qaytib keldilar.
XULOSA
Xullas, Fernand Magellan rahbarligida chiqqan ekspeditsiya a'zolari Ispaniyadan Atlantika okeani orqali, Janubiy Amerika sharqiy sohillari bo'ylab janub tomon suzib, janubiy Amerikani janubiy tomonini aylanib, Tinch okeaniga o'tib, Ziravorlar oroliga borish mumkinligini isbotladi. Tinch okeanidan Poleneziya, Mikroneziya, Filipin, Klimanton, Molukka kabi bir guruh orollar va ulardan bir necha mayda orollarni kashf qilgan. 1522-yil 6-sentabrda ekspeditsiya a'zolari Ispaniyaga qaytib, dunyoni aylanib suzishni yakunladilar. Bu ekspeditsiya yerning sharsimonligini amalda uzil-kesil isbotlab berdi. Yagona dunyo okeani mavjudligini, yer yuzasining ko'p qismi suv bilan qoplanganini ko'rsatdi.
Magellan nomini abadiylashtirish maqsadida janubiy Amerika materigi bilan Olovli yer arxipelagi orasidagi bo'g'ozga Magellan nomi berilgan. Bu bo'g'oz Atlantika okeanini Tinch okeani bilan bog'laydi. Uzunligi 575 km Punta Arenas porti bor. Bo'g'oz ilk bor 1520-yili uni kesib o'tgan Portugal dengizchisi Fernand Magellan nomi bilan atalgan.
REFERENCES
1. O'zbekiston Milliy ensiklopediyasi. 2000-2005.
2. Fradkin N.G. Obraz zemli. Moskva., 1974.
3. Liyelays A. "Dengiz sarguzashtlari" Toshkent., 1978.
4. Semyonov V.F. O'rta asrlar tarixi. Toshkent. O'qituvchi. 1973.
5. Ergashev SH. Jahon tarixi. Yangi davr 1-qism. XVI-XVIII asrlar. Toshkent.
6. С.А. Хайдаров. (2020). Узбекистан тарихини укитишда "Зафарнома"дан фойдаланишни имкониятлари. Science and Education. 1(7). 192-198
7. Сулаймон Амиркулович Хдйдаров. (2020). Тарих дарсларида интеграциялашган технологиялардан фойдаланиш. Science and Education. 1(8). 666-671
8. Хайдаров С. (2020). Узбекистан тарихи дарсларида педагогик технологияларни уйгунлашган холда куллашнинг методик талаблари. Academic Research in Educational Sciences. 1 (3). 1313-1321.
9. Хайдаров Сулаймон Амиркулович. (2020). Тарих фанини укитишга оид экологик муаммолар масаласи «Scientific Progress» Scientific journal 1(1). 12-17.
10. С.А. Хайдаров. (2020). Тарих дарсларида тасвирий санъат асарларидан фойдаланиш. Science and Education. 1(9). 458-461.
11. Хдйдаров Сулаймон Амиркулович. (2021). Узбекистан тарихи фанини укитишда тасвирий санъат асарларидан фойдаланишнинг узига хослиги «Scientific Progress» Scientific journal 1(3). 9-14.
12. Khaydarov S.A. (2021). The role of the use of fine arts in teaching the history of the country. International scientific and practical conference. CUTTING EDGE-SCIENCE. Conference Proceedings. Page 41-43.
13. Хайдаров. С. (2021). Ёшларда ватанпарварлик хиссини тарбиялашда "Бобурнома" асарига ишланган миниатюраларнинг ахамияти. 33-37 б.
14. Хайдаров. С. (2021). Захириддин Мухаммад Бобур хорижлик таткикотчилар нигохида: подшохлик муйкалами. Халкаро илмий-амалий конференцияси туплами. 43-46 б.
15. Сулаймон Хайдаров. (2020). Узбекистон тарихи фани дарслари самарадорлигини оширишда тасвирий санъат воситаларининг роли. Science and Education, 1(6), 174-179.
16. С.А. Хайдаров. (2020). Педагог-укитувчиларда ахборот-коммуникация куникмасини шакллантириш асослари. Science and Education. 1(7). 610-617.
17. Хайдаров.С. (2021). Ракамли таълим мухитида тарих дарсларида талабалар билимини назорат килиш воситалари ва методлари. Халкаро илмий-амалий конференцияси туплами. 160-163 б.
18. Khaydarov S.A. (2019). Use of products of the fine arts in teaching history of Uzbekistan. International Journal of Research. 6(03).40-44
19. Khaydarov S.A. (2020). Pedagogic and didactic possibilities of using miniature works in historical lessons. International Journal of Psychosocial Rehabilitation. 24(8).