Научная статья на тему 'Tarix fanini oʻqitishda adabiyot va ona tili fanlari oʻrni'

Tarix fanini oʻqitishda adabiyot va ona tili fanlari oʻrni Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
15
4
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and Education
Область наук
Ключевые слова
tarix / ona tili / adabiyot / integratsiya / komil inson / dars metodikasi / texnika

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Muslima Hasanova

Ushbu maqolada tarix fanining oʻqitilishi va bu fan integratsiyasida ona tili va adabiyot fanining oʻrni haqida gap boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «Tarix fanini oʻqitishda adabiyot va ona tili fanlari oʻrni»

Tarix fanini o'qitishda adabiyot va ona tili fanlari o'rni

Muslima Hasanova ToshDO'TAU

Annotatsiya: Ushbu maqolada tarix fanining o'qitilishi va bu fan integratsiyasida ona tili va adabiyot fanining o'rni haqida gap boradi.

Kalit so'zlar: tarix, ona tili, adabiyot, integratsiya, komil inson, dars metodikasi, texnika

The role of literature and mother tongue subjects in teaching

history

Muslima Hasanova TSUULL

Abstract: This article discusses the role of mother tongue and literature in the teaching of history and the integration of this subject.

Keywords: history, mother tongue, literature, integration, perfect person, teaching methodology, technique

Tarix (arabcha: ¿u^', o'tmish; davr, vaqt, era; sana) - o'tmish voqealar haqida axborot ochish, yig'ish, tartiblashtirish va namoyish etish bilan shug'ullanuvchi darslik. Tarix bilan shug'ullanuvchi olimlar tarixchilar, deb ataladi. Tarix fani voqealar ketma-ketligini tahlil etadi, ularning sabab va samaralarini tizimlashtiradi.[1][2] Tarixchilar tarix tabiati va foydasi ustida bahs olib borishadi. Bunda ushbu fanning o'zi ham o'rganiladi va zamonaviy muammolarni uning yordamida hal qilishga uriniladi.[1][3][4][5] Biror madaniyatga oid, biroq tashqi manbalarga asoslanmagan hikoyalar (masalan, Alpomish haqida asotirlar) tarixiy mavzu emas, balki madaniy meros sanaladi.[6][7]

Tarix - 1) tabiat va jamiyatdagi har qanday rivojlanish jarayoni. Shu ma'noda olamning yaratilish tarixi, Yer tarixi, barcha fanlar tarixi va boshqa tushuniladi; 2) insoniyat va uning mahsuli bo'lgan tamaddunlar rivoji, jamiyat va davlatlar o'tmishi taraqqiyoti jarayonini o'rganuvchi fan.

Tarix fani - insoniyatning butun o'tmishi davomida jamiyat hayotida sodir bo'lgan voqea-hodisalar, jarayonlarni (jamiyat rivojini) yaxlit bir tarzda o'rganadi. Tarix fani ijtimoiy-gumanitar fanlar (falsafa, sotsiologiya, iqtisod, psixologiya, san'atshunoslik va boshqalar) tizimining tarkibiy qismi. Tarix fanining bu guruhdagi

o'rni uning tadqiqot predrneti va usullari bilan belgilanadi. Turli ijtimoiy va gumanitar fanlar jamiyat hayotining alohida jihatlarini o'rgansa, tarix fanining tadqiqot ob'yekti - aholi, jamiyat, mamlakat, davlat hayotining o'tmishi va hoziri haqidagi faktlarni yig'ish, taxlil qilish, to'plangan bilimlarni ma'lum bir tizimga solish va nazariy jihatdan umumlashtirishdir. Tarix fani o'tmishda sodir bo'lgan jarayon va hodisalar orasidagi o'zaro bog'liqlik, ularning ildizi, tarixni harakatlantiruvchi sabablar, uning mantig'i va ma'nosini ko'rish imkonini beradi. Ijtimoiy va gumanitar fanlar tarix tadqiqotlari natijalariga tayanadi. Fanlararo yondashuv jamiyat haqidagi yaxlit tasavvurni shakllantirib, o'tmishni va hozirni anglash orqali jamiyat rivoji istiqbolini ko'ra bilishdek muhim vazifani xal qiladi. Tarix o'qitishning asosiy maqsadi o'qimishli, yetuk, komil insonni tarbiyalashdan iboratdir. Bu maqsad bir butun, qator talim-tarbiya vazifalaridan tashkil topadi; bosh vazifa bilan birga yoshlarni mehnatga layoqat, kamol ahloq, vatanparvarlik, baynalminallik, huquqiy tarbiya, bilim hamda izlanuvchanlik kabi fazilatlarni rivojlantirish muhimdir. Tarix o'qitish deganda, tarixiy material vositasida o'quvchilarga bilim berish,eng zarur jarayon-o'qituvchi va o'quvchilarning aqliy (ichki) hamda o'quv xarakatlari (tashqi) jarayoni tushuniladi. Tarix kursining mazmuni, deganda tarix dasturida belgilab berilgan tarixiy bilimlar ko'lami, o'quv materiallari: uning asl mazmuni tarixiy faktlarni xolislik nuqtai nazaridan tahlil qilish asosida kelib chiqadigan xulosalar va umumlashtirishlar, o'quvchilarning tarixiy materiallarni o'zlashtirish va olgan bilimlaridan foydalana bilish sohasidagi o'quv usullari, ko'nikma va malakalari tizimi, shu jumladan, ularni ilmiy tadqiq qilish ishlarning eng oddiy shakllarini egallashlari ko'zda tutiladi.

Tarix fani asrlar davomida qo'lyozma asarlarda ifodalangan maishiy hayot, voqea-hodisalar, tarixiy personajlar va shaxslar haqida hikoya qilishdek oddiy bayonchilikdan, muayyantarixiy kontekstda tarixiy hayot yo'lining shakllanishi, bosqichlari va umumiy qonuniyatlarini aniqlash, umumlashtirish, tahlil qilish va nazariy xulosalar chiqarish kabi murakkab ilmiy yo'lni bosib o'tdi.Xulosaga kelib quiydagicha dars tiplarini ko'rsatish mumkin: a) yangi materialni o'rganish darsi; g) uyda mustaqil darslik bo'yicha tayyorlangan yangi materialni tahlil qilish darsi. Bu tip akademik M.V.Nechkina tomonidan tavsiya qilingan. Unda o'quvchilar o'zlari tayyorlanib kelib o' qituvchining bevosita qatnashishida tahlil qilinadi va birgalikda xulosaga kelishadi; 3) aralash dars; 4) bilimlarni qo'llanish va ko'nikma va malakalarni hosil qilish darsi. Ularni seminar-dars deb ham ataydi; 5) umumiylashtirish yoki takrorlash umumiylashtirish darsi; 6) takrorlash, bilimni va mohirliklarini tekshirish darsi. Dars tiplarini tanlashda o'qituvchi o'rganiladigan o'quv materialining mazmuni, ko'lami va o'quvchilarning yosh xususiyatlarini o'z ichiga oladi.

Masalan: "Birinchi salb yurishi" degan mavzuni olsak, unda 1) kambag'allarning va birinchi ritsarlar yurishi haqida izchil aytib berish 2) uni badiiy qilib tariflab berish (armiya tarkibi va qurollanishlari, Vizantiyaga salbchilarning kelishi, îerusalimni egallashi); 3) salibchilarning maqsadini ochib berish; 4) îerusalim qirolligini tipik feodal davlat sifatida tariflash; 5)nomlar, sanalar, jug'rofik nomlarni edlab qolish, ularni xaritadan ko'rsatish talab qilinadi

Tekshirishni tashkil qilishda ma'lum shartlarni saqlash zarur: So'rash paytida darsliklar yopib qo'yilgani maqul, bu hammaning birga ishlashga halaqit berishi mumkin. Agarda zarur ma'lumotlar ko'riladigan bo'lsa, o'qituvchi kerakli sahifasini aytish shart. Tashlangan savollar bo'yicha o'qituvchi o'quvchini doskaga chiqarish mumkin, yoki karta bo'yicha ishlaydi. O'quvchi butun sinfga va o'qituvchiga javob beradi. O'quvchini faqat mavzudan chiqib ketgan payitdagina tuxtatiladi. O'qituvchining vazifasi ularga yo'naltiradigan savollar berish. Ayrim o'quvchilar bo'lib yuborilgan baenini davom ettirishi qiyin bo'ladi. Shu sababdan ularga cheklangan tarzda ko'rsatuvlar avaylab beriladi. Ayniqsa sekin uylaydigan va gapiradigan o'quvchilarga nisbatan usullar har tomonlama o'ylanib olib boriladi. Agar o'quvchi xatoga yo'l qo'ysa, dastlab uning o'zini to'g'rilashiga imkon berish kerak. Sinfdoshlarining javoblarini to'g'rilash va tushuntirishda ayniqsa IV-VI sinf o'quvchilari faollik kurastadi, yuqori sinflarda bu faollik sustlashadi. Bu "ajralib" turishini yoqlamaslik, tortinish va h.k sabablar bilan izohlanadi. Bu sharoitdan qanday chiqish mumkin. Bunda uslubchilar tavsiya qilgan sinfdoshlarining javobarini yozma ravishda retsenziya qilish qo'llaniladi. Tekshirish tashkil qilish tarix o'qitish jarayonida bilim va ko'nikma shakllantirishning barcha etaplarida: o'quvchilarning yangi materialni o'zlashtirishga tayyorgarligida, yangi mavzuni o'rganish va mustahkamlashda, uy vazifasini tekshirishda, takrorlashda ham amalga oshiriladi.

Bugungi kunda ona tili va adabiyot fanlaridan dars o'tish jarayonida albatta, tarix fani bilan birgalikda olib borish o'qituvchi va o'quvchi uchun ham foydali deb hisoblayman. Chunki, tarix fanida beriladigan ma'lumotlar va bu fan doirasida o'quvchilar hayoti va ijodidiy faoliyati bilan tanishtiriladigan zotlar adabiyot fani doirasida ham o'rganiladi. Shunday ekan ona tili va adabiyot o'qituvchisi albatta bu fandan anchayin chuqur xabardor bo'lishi bu juda ham muhim deb o'ylayman. Shunday fanlar kesimida uchrashadigan bunday fanlar anchayin ko'p.

O'qituvchi fan doirasidagi mavzuni tushuntirar ekan o'quvchida ma'lumotlar xotirasida qolishi bilan birgalikda bu mavzularga unda qiziqish ham uyg'ota olishi lozim. Bu esa mavzularni boshqa fan integratsiyasi bilan tushuntirish lozimligini ham anglatadi. Shuning uchun ham ustozlar mavzuni o'tishdan oldin albatta, tayyorgarlik ko'radilar. Bugungi mavzu nima haqida? Bu mavzuning boshqa fanlarga aloqadorligi qanaqa? Bu mavzu tarixini tushuntirib o'tish lozim va h.k.

Universitetimiz tomonidan aamliyot o'tash maqsadida maktabga yo'l oldik. U yerda dars o'tish texnikalari va metodikalarni o'rgandik. Tarix fani va adabiyot fanlari orasida juda ko'plab mavzular bir-birlarini to'ldiradi va bu mavzular doirasida fanlar albatta integratsiyalashadi. O'qituvchilar esa albatta bunda foydalanishlari va bu bilan o'quvchilar e'tibori va diqqatini mavzularga to'liq yo'naltirishlari lozim. Bugungi zamon bolasiga dars o'tish ucgun bugun juda ham ko'plab fanlardan boxabar bo'lish va bu fan axborotlaridan foydalangan holda darslarni qizqarliroq o'tish lozim. O'qituvchilar dars o'tishlari uchun juda ham ko'plab dars o'tish metodlari va sxemalari mavjud. Ulardan esa to'g'ri va oqilona foydalan olish zarur. Tarix fani juda ham qiziqarli. Bu fan orqali tarixda ro'y voqea va hodisalar, insonlarning yashash tarzi, buyuk insonlarning amalga oshirga ishlari va shu kabilar o'rganiladi. Bu shaxslar orasida buyuk yozuvchilar va ular yozgan aasarlar ham albatta mavjud. Bularni adabiyot fani ham am'lum ma'noda o'quvchilarga o'rgatadi. Aslini olganda tarix fani barcha fanlar bilan integratsiya qila oladi. Chunki, bugungi o'tgan kunimiz tarixga aylanadi. Tarix esa ularni saqlab qolib kelajak avlodga yetqazadi. Adabiyot va ona tili bilan esa bemalol bog'lab o'rgansa bo'ladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus talim vazirligi Berdaq nomidagi Qoraqalpoq Davlat Universiteti "Tarix va arxeologiya" kafedrasi Tarix o'qitish metodikasi (maruza matnlari). Tuzgan: G.Karamanova

2. O'zbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.