Научная статья на тему 'FIZIKА SOHASINI RIVОJLАNTIRISHDA FIZIKA TARIXI FANINI O‘QITISHNING АHАMIYАTI'

FIZIKА SOHASINI RIVОJLАNTIRISHDA FIZIKA TARIXI FANINI O‘QITISHNING АHАMIYАTI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
1
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
rivоjlаnish tаrixi / аnаlitik mа'lumоt / tаrixiy fаkt / jаmiyаt qоnunlаri / аstrаnоmiyа / ishlаb chiqаrish / ilmiy kаshfiyоt.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Zаmоnоvа Shаhlо Sаfаr Qizi, Nаzаrbоyevа Mаhbubа Shirinbоy Qizi

Mаqоlаdа fizikа fаnini rivоjlаnish tаrixi о‘rgаnish bоsqichlаri, vаzifаlаri, rivоjlаnishidаgi fаnlаr bilаn bоg‘liqligi vа rivоjlаnish tаrixining dаvrlаri hаqidа keng yоritilgаn. Bundаn tаshqаri, о‘quv dаrslаridа fizikа tarixi fanini о‘qitishning аhаmiyаti vа sаmаrаdоrligi tаhlil etilgаn.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «FIZIKА SOHASINI RIVОJLАNTIRISHDA FIZIKA TARIXI FANINI O‘QITISHNING АHАMIYАTI»

FIZIKA SOHASINI RIVOJLANTIRISHDA FIZIKA TARIXI FANINI O'QITISHNING AHAMIYATI

1Zamonova Shahlo Safar qizi, 2Nazarboyeva Mahbuba Shirinboy qizi

1o'qituvchi, DTPI, 2DTPI talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.11115283

Annotatsiya. Maqolada fizika fanini rivojlanish tarixi о 'rganish bosqichlari, vazifalari, rivojlanishidagi fanlar bilan bog'liqligi va rivojlanish tarixining davrlari haqida keng yoritilgan. Bundan tashqari, о 'quv darslarida fizika tarixi fanini о 'qitishning ahamiyati va samaradorligi tahlil etilgan.

Kalit so'zlar: rivojlanish tarixi, analitik ma'lumot, tarixiy fakt, jamiyat qonunlari, astranomiya, ishlab chiqarish, ilmiy kashfiyot.

Аннотация. В dannou cmambe nodpo6no oсвещены ucmopunpa3eumun nayKU физики этaпы изучения, 3adanu, ceH3aHHbie с рaзвивaющимися ноукоми, и nepuodbi ucmopuu pa3eumun. KpoMe mozo, npoaHanm^oeaHa вaжнoсть и эффeктивнoсть npenodaeaHия u^opuu нaуки физики Ha y4e6rnix зaняmиях.

Ключевые слова: mmop^ рaзвиmия, aнaлиmичeскaя инфoрмaция, исmoричeский фaкm, зaкoны oбщeсmвa, npomeodcmeo, Hay4Hoe omxphimrn.

Abstract. In this article, the history of the development of physical science, the stages of study, the tasks related to the sciences in development, and the periods of the history of development are covered in detail. In addition, the importance and effectiveness of teaching the history of physics in educational classes was analyzed.

Keywords: history of development, analytical information, historical fact, laws of society, astronomy, production, scientific discovery.

Fanning rivojlanish tarixi bu umumiy fizikaviy bilimlarning ajralmas bir qismdir, chunki fizika fanning o'rganish bilan uning tarixi ham o'rganib boriladi, bu fanning qonun qoidalarning ochilishi, ushbu qonun ochishda olimlarning tutgan o'rnidir [1]. Fizika tarixini bilish uchun asosan shu qonunlarning yozilishini, asl nusxasini o'rganish uchun asl ma'nosini o'rganishda muhim o'rin egallaydi.

Insoniyat o'zi yashayotgan olam to'g'risidagi bilimlarni to'satdan va tayyor tugallangan holda ololmaydi. Oddiy, misol: Nyutonning qonunlari degan nom bilan ataluvchi hozirgi maktab o'quvchisiga ham tanish bo'lgan harakat qonunlarini tushunish minglab yillarni talab qilgan. Yana ko'p yuz yillar davomida bu qonunlarning har doim ham har qanday holatlar uchun ham qo'llab bo'lmasligini tushunildi [2].

Insoniyat bilmaslikdan bilishga bo'lgan uzoq va mashaqqatli masofani bosib o'tdi. Bunda u unchalik aniq va to'liq bo'lmagan bilimlarni aniq va to'liq tushunchalar bilan almashtirib bordi.

Hech bir ish yo'q joydan boshlanmaydi, balki har bir yangi avlod o'zidan avvalgi o'tganlar to'xtagan joydan ishni boshlaydi va o'zi amalga oshirgan ishlarni keyingi keluvchilarga topshiradi[3].

Har qanday bilimning rivojlanish jarayonini o'rganish alohida bir fan tarix fanining asosiy masalasini belgilaydi. Shu jumladan fizika fani rivojlanish tarixi, fan tarixining bir bo'lagini tashkil qilib, u fizika fanining rivojlanishi jarayonini o'rganadi. Har qanday fanning asosiy vazifasi shu fan shug'ullanayotgan sohada amalda bo'lgan qonunlarni ochishdan iborat bo'lganligi kabi

fizika tarixi fanining ham vazifasi fan rivojlanishini boshqaruvchi qonunlarni yaratishdan iborat.

[4].

Fizika fani tarixi umumta'limning ajralmas qismi hisoblanib, fizika fanining shakllanish va rivojlanishini o'rganish bilan shug'ullanadi. Fizika fanining rivojlanish tarixi jamiyatning rivojlanishi bilan birgalikda qaralishi lozim, chunki fizika fani jamiyat ehtiyojlarini qondirish zamirida yuzaga kelgan. Fizika fanining rivoji jamiyatning iqtisodiy rivojida hal qiluvchi o'rinni egallasa, o'z navbatida jamiyatning iqtsodiy imkoniyatlari fanning rivojlanishiga ham sharoit yaratib beradi. Fizika tarixini fan sifatida o'qitilishi muhim didaktik ahamiyatga ega bo'lib o'quvchilarda moddiy olam to'g'risidagi fikrlarning shakllanishiga va ta'limning ajralmas qismi ma'naviy tarbiyani amalga oshirishga xizmat qiladi [5].

Mubolag'asiz aytish mumkinki, fan bu insoning murakkab tafakkuri va ijodiy faoliyat mahsulidir. Biroq fan rivoji muhim o'rin tutuvchi ma'lum bir tarixiy sharoitlarda amalga oshadi. Bu narsani esa, albatta, ilmiy tahlil qilish mumkin. Tarixan ma'lumki ilm-fan rivoji iqtisodiy rivojlanish bosqichlariga bog'liq. Qaysi joyda ishlab chiqarish, sanoat, madaniyat rivojlanishi yuqori bo'lsa o'sha joyda fan rivojlanishi ham yuqori darajada bo'ladi. Hozirgi kunda bu yanada yaqqol namayon bo'lib bormoqda. Chunki, ilm fan hozirgi davr rivojida juda katta ijtimoiy mablag'ni talab qiladi.

Fizika fanini rivojlanish tarixi o'rganish bir qator bosqichlarda amalga oshiriladi:

-ma'lumotlar yig'ish

-analitik ma'lumotlar orasidagi bog'lanish va sabablar

- analitik natijalarni umumlashtirish va fandagi asosiy qonunlarni ochish.

Har qanday fanning tarixini o'rganishda, bu fan aslida qanaqangi fan, bu fan o'z taraqqiyotida umumbashariy rivojlanishda jamiyat taraqqiyotida qanaqangi o'rin tutadi va qanday metodlar bilan o'rganilishi kerak. Shu nuqtai nazardan qaragan fizika tarixi o'rganish, jamiyat taqqiyotining bosqichini o'rganishda tabiatshunoslik fanning yetakchilari bilan bir qatorda tutgan o'rni muhimdir. Chunki fizika atrofimizni o'rab olgan tabiat qonunlarni o'rganish bilan bog'liqlikligi tufayli, uni o'rganish tarixi ham juda qadimiy bo'lib, hozirgi kungacha 2000 yildan ortiq vaqtni o'z ichiga oladi[6].

Fizika fani o'tgan XX asr davomida shunchalik o'zgarib ketdiki, fizika fani o'rganishda uning oddiy fizik xodisalardan boshlab uning hozirgi kundagi murakkab taraqqiyotda davom etayogan taraqqiyotini inson ongiga singdirib borish uchun ham fizikani fan tarixi bilan bog'lab o'rganish muximdir. Fizika tarixi fani fizikaviy bilimlarning ajralmas bir qismdir.

Shu sababli fizika fanini o'rganish fizika o'qituvchilaridan fizikani chuqur o'rganish, uni analiz qilish, qonunlarining bir biriga bog'liqligini ochib berish, o'quvchilarga uni bir-biri bilan uzviy bog'liqligini ko'rsatib berish, qonunlarni moxiyatini tushuntirish, fanning jamiyat taraqqiyotida tutgan o'rnini ochib berilishidan iboratdir.

Fizikaning rivojlanish tarixini o'rganishda quyidagi vazifalarni amalga oshiriladi:

- Tarixiy faktlarni topish va oydinlashtirish;

- Tarixiy faktik materiallarni analiz qilish, uning moxiyatini ochish;

- Fizikaviy umumiy qonunlarni o'zaro bog'liqligini ochish.

Dunyo taraqqiyotidagi barcha fanlar tarixi asosiy imkoniyat yo'nalishidagi vazifani hal

qiladi:

1. Tabiat qonunlari tarixi;

2. Jamiyat qonunlari tarixi.

Tarixiy fanlar shuni ko'rsatadiki, fizika fani o'z rivojlanishida boshqa fanlar bilan birinchi navbatda tabiatshunoslik fani tarixi bilan uzviy bog'liqdir, fizika fani esa bu fanlarning rivojlanishida o'zining munosib xissasini qo'shadi. Shuning uchun ham ko'pgina fanlar rivojlantirgan olimlarni ham ko'p qirrali deb qarashimiz mumkin. Bular fizika, astronomiya, kimyo, biologiya, matematika va h.k. fanlarning rivojlanishiga kattagina hissa qo'shgan olimlar Abu Rayxon Beruniy, Mirzo Ulug'bek, Ibn Sino, R. Boel, E. Mariott, G.Kavendesh va boshqalar shular jumlasidandir. Fanlar tarixini o'rganar ekanmiz qadimda bu fanlarning barchasi falsafiy qarashlardan kelib chiqqanini ko'rishimiz mumkin. Qadimda olimlarning "Donolik ishqibozlari" deyilgan [7]. So'ngra fanlar o'rganilib qonuniyatlarning ochilishi natijasida barchasi alohida fan sifatida shakllana bordi.

Fizika fani ham o'z rivojlanishida ishlab chiqarish bilan bog'liq bo'libgina qolmay, u barcha tabiiy fanlar bilan ham bog'liqdir. Buni fanning tarixi o'rganishimizda ko'rib boramiz.

Fizika fani rivojlanish tarixini quyidagi davrlari uning rivojlanishiga qarab o'rganib boriladi.

1. Qadimgi zamon fizikasi(fizik tushunchalarning shakllanish davri)

a) Antik davr fizikasi (eramizdan oldingi III asrga qadar bo'lgan davr)

b) O'rta asr fizikasi (III-X asr)

v) Geliostentrik sistema uchun kurash (X-XVI asr)

2. Klassik fizikaning asosiy yo'nalishlar shakllanishi davri

a) Ilmiy inqilobning tugallanishi (XVIII asr).

b) Fizikaning asosiy yo'nalishlarining rivojlanishi (XIX asr).

3. Fizikada ilmiy inqilobning asosiy yo'nalishlari (zamonaviy fizika shakllanish davri)

a) Elektron nazariya va elektrodinamikaning rivojlanishi.

b) Eynshteyning nisbiylik nazariyasi

v) Atom va yadro fizikasining rivojlanishi.

g) Fizikaviy inqilobning birinchi bosqichi Rezerford-Bor nazariyalar, kvant mexanikaning rivojlanishi.

d) yadro fizikasining rivojlanishi 1918-1938 yillar.

Fizika fani mazmuni fizikaning rivojlanish bosqichlari bo'yicha tanlansa, maqsadga muvofiq bo'ladi [8]. Chunki fizika fanining rivojlanishi jamiyatning iqtisodiy va siyosiy rivojlanishi bilan birgalikda qaralishi lozim. Ma'lumki, har qanday fanning rivojlanishi jamiyat ehtiyojlarini qondirish bilan uzviy bog'liqdir.

Shunday qilib fizika fani rivojlanish tarixini o'rganish o'quv jarayoni va tarbiyaning ko'pgina muammolarini hal etish bilan birgalikda, fizika fanini o'qitish uslubining ham rivojlanishida muhim omil hisoblanadi.

Tarixiy hujjatlardan dars jarayonida quyidagi shakllarda foydalanish tavsiya etiladi:

- tarixiy voqea va hujjatlar asosida kirish so'zi bilan muammoli vaziyatni yuzaga keltirish orqali darsning samaradorligini oshirish;

- o'tilgan mavzuni yakunlashda o'quvchilar bilimini bir tizimga keltirish maqsadida tarixiy hujjatlardan foydalanish;

- o'quvchilar bilimining ishonarli bo'lishiga erishish uchun buyuk kashfiyotlar, fundamental tajribalar tarixini bayon etish;

- o'quvchilar shaxsini takomillashtirish, milliy mafkura va tarbiyani amalga oshirish maqsadida buyuk olimlar hayoti va ilmiy faoliyatidan ayrim lavhalarni keltirish;

- tarixiy mazmundagi masalalardan dars jaryonida foydalanish. Tarixiy hujjatlarni ushbu shaklda bayon etish shartli bo'lib, ba'zan, bir necha usullar birgalikda qo'llanilishi mumkin[9]. O'tilayotgan mavzu ishonarli bo'lishi uchun tarixiy tajribalar, kashfiyotlar, chizmalar, grafiklar, rasmlar, modellar orqali tushuntiriladi. Xuddi shuningdek, moddiy va abstrakt modellar, kinofilmlardan foydalanish ham mumkin.

O'rta maktab fizika kursida 100 dan ortiq fizik olimlar nomi qayd etiladi. Ushbu olimlarning hayoti va ilmiy kashfiyotlari qanchalik darajada va qanday tartibda berilishi kerak. Albatta, o'quv rejasida keltirilgan vaqt davomida barcha olimlarning hayoti va ilmiy faoliyatini to'la yoritishning imkoniyati yo'q. Shu sababli ba'zi olimlar hayotidan ayrim lavhalarni, jumladan, dars mavzusiga mos kelganlarini tanlab olish maqsadga muvofiqdir. Ba'zan olimlar tomonidan aytilgan hikmatli so'zlar, masalan, T. Yung aytganidek, «Odam qilgan ishni boshqa odam ham bajara oladi» yoki olimlar tomonidan aytilgan hazil-mutoyibalar darsning qiziqarli o'tishiga sabab bo'ladi.

Buyuk olimlar hayotidan lavhalar keltirish orqali yoshlarda mehnatsevarlik, halollik, vatanparvarlik kabi tuyg'ularni shakllantirishga erishiladi. Masalan: alXorazmiy, Ibn Sino, Beruniy, Forobiy, Ulug'bek, Qori Niyoziy, R.Bekjonov, A.K.

Otaxo'jayev kabi olimlarimizning hayoti va ilmiy faoliyatini yoritish orqali milliy g'urur, iftixor, mustaqillik, ozodlik g'oyalarini o'quvchilar ongiga singdirish imkoniyati yaratiladi. Olimlar hayoti bilan tanishish jarayonida ularning faqat ijobiy tomonlari olinmasdan, balki, turmushda va ilmiy izlanishda yo'l qo'ygan xato va kamchiliklari to'g'risida ham to'xtash maqsadga muvofiqdir. Masalan V. Tomson va Klauziuslarning "Olamning issiqlik halokati" to'g'risidagi fikri yoki "Efir", "teplorod" nazariyasi tarafdorlarining noilmiy fikrlari darsning qiziqarli bo'lishiga xizmat qiladi.[9]

Fikani o'qitishda fizika tarixi fanidan foydalanish mavzuni chuqurroq tushunishga sabab bo'ladi. Bu esa asosan fizika o'qituvchilari uchun asosiy ahamiyatga ega. Ko'plab fikrlar darsliklarda, tarixdan foydalanilgan bo'lsada kam tilga olinadi ularni fizika darsida qo'llaniladi. Fizika tarixi fani fizikaning ilmiy faoliyat va bilim sifatidagi tabiatini ochib beradi. Odatda fizika darsida tarixiy sharoitdan tashqari aniq ta'lim olish mavzulari yo'q. Masalan, tarix orqali kvant fizikasi tarixini o'rganish hikoya qilish yangi fizikani tahlil qilishdan ko'ra osonroqdir. Shu ma'noda tarixiy va falsafiy masalalar ko'pgina taniqli olimlar tomonidan ilmiy amaliyotga g'alati narsa sifatida qaralmagan. Ularning ko'pchiligi uchun fizikani o'rganish fizika tarixini o'rganishni ham anglatardi.[10]

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, dars jarayonida buyuk fizik olimlarning dunyoqarashi va ilmiy kashfiyotlari haqida ma'lumotlar berish orqali darsni qiziqarli o'tish va uning samaradorligini oshirish kabi bir qator didaktik vazifalarni amalga oshirish mumkin.

REFERENCES

1. Mirzayev A.T. Astronomiya tarixi. (ma'ruzalar matni). T. O'zMU. 2000;

2. Kudryavsev P.S. Kurs istorii fiziki. M. 1989;

3. Ziyaxanov R.F., Mirzayev A.T., Astronomiya va fizika tarixi, I qism, Toshkent, 2008;

4. Pannekuk A, Istoriya astronomii, M., Nauka, 1966;

5. Rustamov H.Sh. Fizika tarixi maruzalar matni. Samarqand, SamDU nashri, 2004. 108 bet.

6. Mamadazimov M.M. Astronomiya va fizika tarixi. (ma'ruzalar matni), T. TDPU, 2001;

7. Mamadazimov M.M. Ulug'bek va uning rasadxonasi, T. O'zbekiston, 1994;

8. Ag'stronomicheskiye dati i otkritiya, http://astro.websib.ru/i stor/i stor.htm ;

9. http://naturalhistory.narod.ru/Page 1.htm.

10. History of physics as a tool for teaching

11. M.A.Muydinova., M.S.Abdunabiyeva., X.B.Qosimjonova Fizika fani rivojlanishi tarixini o'rganishning didaktik jihatlari. "Talqin va tadqiqotlar" Respublika ilmiy - uslubiy jurnali №7.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.