Научная статья на тему 'FALSAFA FANINI O`QITISHDA TA’LIM KLASTERINING AHAMIYATI'

FALSAFA FANINI O`QITISHDA TA’LIM KLASTERINING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

327
35
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
metodologiya / ta’lim klasteri / fanlar integratsiyasi / fanlar differensiatsiyasi / ijtimoiy fanlar. / methodology / educational cluster / integration of disciplines / differentiation of disciplines / social sciences.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Muxriddin Abdimuratovich Usmanov

Mazkur tezisda kishilarning fikrlash qobiliyatini yuksaltirish asosiy vazifasi bo’lgan falsafa fanining o`qitilishi borasida yangicha yondashuvlar bayon etilgan. Ta’lim klasteri va uning yutuqlarini mazkur fan jarayonlariga qaratilishi qanchalik ahamiyatli ekanini ochib berishga harakat qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ЗНАЧЕНИЕ ОБРАЗОВАТЕЛЬНОГО КЛАСТЕРА В ПРЕПОДАВАНИИ ФИЛОСОФИИ

В этой диссертации излагаются новые подходы к преподаванию философии, что является основной задачей улучшения навыков мышления людей. Была сделана попытка объяснить важность образовательного кластера и его достижений в фокусе внимания на этих научных процессах.

Текст научной работы на тему «FALSAFA FANINI O`QITISHDA TA’LIM KLASTERINING AHAMIYATI»

FALSAFA FANINI OQITISHDA TA'LIM KLASTERINING

AHAMIYATI

Muxriddin Abdimuratovich Usmanov

O'zMU tayanch doktoranti

Annotatsiya: Mazkur tezisda kishilarning fikrlash qobiliyatini yuksaltirish asosiy vazifasi bo'lgan falsafa fanining o qitilishi borasida yangicha yondashuvlar bayon etilgan. Ta'lim klasteri va uning yutuqlarini mazkur fan jarayonlariga qaratilishi qanchalik ahamiyatli ekanini ochib berishga harakat qilingan.

Tayanch so'zlar: metodologiya, ta'lim klasteri, fanlar integratsiyasi, fanlar differensiatsiyasi, ijtimoiy fanlar.

THE IMPORTANCE OF THE EDUCATION CLUSTER IN TEACHING PHILOSOPHY

Abstract: This thesis introduces new approaches to the teaching of philosophy, the main task of which is to improve people's thinking skills. An attempt has been made to explain the importance of the education cluster and its achievements in focusing on these science processes.

Keywords: methodology, educational cluster, integration of disciplines, differentiation of disciplines, social sciences.

ЗНАЧЕНИЕ ОБРАЗОВАТЕЛЬНОГО КЛАСТЕРА В ПРЕПОДАВАНИИ ФИЛОСОФИИ

Аннотатция: В этой диссертации излагаются новые подходы к преподаванию философии, что является основной задачей улучшения навыков мышления людей. Была сделана попытка объяснить важность образовательного кластера и его достижений в фокусе внимания на этих научных процессах.

Ключевые слова: методология, образовательный кластер, интеграция дисциплин, дифференциация дисциплин, общественные науки.

"Mustaqil fikrlovchi, qat'iy hayotiy pozitsiya, keng dunyoqarash va chuqur bilimga ega bo'lgan Vatanparvar yoshlarni tarbiyalash" ta'lim-tarbiya tizimining asosiy vazifasi etib belgilangan.[1] Har tomonlama chuqur va keng fikrlaydigan

yetuk kadrlar - kelajak yaratuvchilari sifatida gavdalanadilar. Jamiyat a'zolarining erkin va to'g'ri, asosli tafakkur yuritish ko'nikmalarini yuksaltirishni, shu orqali ibnsonlarni to'g'ri yo'lga yetaklovchi fan - bu falsafa fani hisoblanadi. Bir fanning taraqqiyoti jarayionida uning tarkibidan boshqa fanning ajralib chiqishi bu - fanlar differensiatsiyasi hisoblanadi. Masalan: biologiya tarkibidan botanika, odam va uning salomatligi(anatomiya), zologiya, ixtiologiya, entomologiya va hk.

Fanlar integratsiyasi jarayoni esa bir necha fanlarning birikib yangi fanning paydo bo'lishiga aytiladi. Masalan, Mantiq va matematika fanlarining birikishidan matematik mantiq fani, kimyo va fizika fanlarining birikishidan fizik kimyo fani, Biologiya va kimyo fanlaridan yangi BioKimyo fanining paydo bo'lishi jarayoniga aytiladi. Bu jarayonlar fanlarning uzluksiz taraqqiyoti natijasi hisoblanadi.

2500 yillik tarixga ega bu fanning predmetini insonlarni qiziqtira oladigan barcha obyektiv va subyektiv moddiy hamda abstrakt (mavhum) olam jarayonlari tashkil qiladi. "Fanlar otasi" nomi bilan qadriyatlar sirasiga kiradigan bu fan oz tarixi davomida nafaqat o'z predmetini o'rganish uchun, qolaversa barcha soha uchun zamonasi zaylidan kelib chiqib samarali va munosib metodlarni ishlab chiqqan, amaliyotga tadbiq etilishini ta'minlab kelgan. Metod muammolari bilan metodologiya fani shug'ullansa-da, bu umumiy masala sifatida falsafa fanining ham asopsiy predmetlari doirasi(gnoseologiya-bilish nazariyasi sohasi)ga ham taaluqli hisoblanadi. Insoniyat o'z tarixi davomida erishgan turli sohalardagi yutuqlarni integratsiyalash, sinergetika yutuqlarini keng jalb qilish barcha soha uchun, ayniqsa jamiyat ta'lim-tarbiya tizimi uchun juda muhimdir.

Klaster - bu aynan bir-biriga aloqador bo'lgan jamiyat tizimlarini o'zaro muvofiqlashtirish metodi hisoblanadi. Bu metodni ta'lim jarayoniga keng jalb qilish asosida Pedagogik ta'lim innovatsion klasteri iborasi bugungi kunda keng qo'llanilmoqda. Bu metodni falsafa o'qitish sohasiga ham jalb qilinishi samaradorlikni yanada oshirishga xizmat qiladi. Xususan, falsafa fanini ham o'qitish jarayonida talabalarning egallayotgan mutaxasisliklari zamonaviy yutuqlaridan foydalanish dars mashg'ulotlarining yanada qiziqarli bo'lishligini ta'minlash bilan birga samaradorlikni, talabalar tomonida predmetni to'g'ri va to'liq tushunib yetishlariga zamin yaratadi. Masalan, ijtimoiy sohada tahsil olayotgan talabalar bilan quyidagi usullardan foydalanish maqsadga muvofiq:

- Tarixning har bir davrida kishilarning fikrlash tarziga ta'sir etgan omillarni birma-bir tahlil qilish;

- Jamiyatga katta ta'sir etgan g'oya va mafkuralarning kelib chiqish asoslarini, bu g'oyaga kishilarni ergashtirgan asosiy xususiyatlarni aniqlash, tahlil qilish;

- "Kuchli shaxs'lami taTbiyalagan jamiyatlaming hayot tareini o^ganish, bunga asosan qanday omillaг ta'siï etganini tahlil qila olishlik va hk.

Tabiiy fanlar ixtisosligi bo'yicha tahsil oluvchi talabalar bilan dars mashg'ulotida esa:

- Evolyutsion rivojlanish g'oyasining ilmiy asoslari, ilm-fan oldida bu g'oyaning asoslashda muammo bo'lgan jihatlari;

- Har bir biologik mavjudotning imkoniyatlarini tahlil qilish, bu sohalarda erishilgan yutuqlaming obyekt va subyekt jihatidan "nima uchun shu obyektda" yoki "nima uchun shu subyekt tomonindan" amalga oshiгildi degan savollaгga javob berishlik;

- Borliqning paydo bo'lishi haqida tarixiy falsafiy g'oyalarning qanchalik asosli ekanligini tahlil qilishlik;

- Ong imkoniyatlari borasida amalga oshirilgan tajribalarni, inson ongi imkoniyatlarini boshqa mavjudotlar imkoniyatlaridan tafovutli tomonlarini biologik asoslash;

- Ekologik muammolar va ularning yechimi borasida har bir mutaxasisslik kesimida esselar tanlovini o4kazish;

- Kimyoviy elementlar, ularning xususiyatlarini, ulardan foydalanishda yo'l qo'yilayotgan qoidabuzarliklar va ularni keltirib chiqazayotgan omillarning sabablarini aniqlash hamda bartaraf etish bo'yicha oz fikrlarinin asoslash va hk.

Ko'p asrlik tariximiz shuni ko'rsatadiki, inson tafakkurining shakllanishida ma'гifatning, xususan ijtimoiy fanlaming o'mi beqiyos.. .[2] Har bir talabaning oz fikrlarini aniq, izchil, tushunarli va asosli tarzda bayon eta olish ko'nikmasini shakllantira olishi uchun barcha sharoit va usullarni falsafa fani kesimida shakllantirish maqsadga muvofiq bo'ladi deb hisoblaymiz.

REFERENCES

1. "Yoshla^a oid davlat siyosatini amalga oshirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to,g,risida"gi davlat dastuгi. 2014

2. I.A.Karimov. Milliy istiqlol mafkurasi - xalq e'tiqodi va buyuk kelajakka ishonchdir. Toshkent - 2000, 33-bet

3. Ozbekiston Respublikasi qonun hujjatlari milliy bazasi. Lex.uz

4. BMTning "Nogironlar huquqlaгi to,g,risida"gi Konvensiyasi(UNCPRD) 2006-yil 13-dekabr

5. Ozbekiston Respublikasining 2020-2025^^^ Xalq ta'limi tizimida inklyuziv ta'limni гivojlantiгish Konsepsiyasi.( https://lex.uz/docs/-5044711)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.