Научная статья на тему 'TILSHUNOSLIKNING GUMANITAR FANLAR BILAN O’ZARO MUNOSABATI VA BOG’LIQLIGI'

TILSHUNOSLIKNING GUMANITAR FANLAR BILAN O’ZARO MUNOSABATI VA BOG’LIQLIGI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
3880
363
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
tilshunoslik / gumanitar fan / tabbiiy fan / ijtimoiy fan / falsafa / didaktika / psixologiya / pedagogika / sotsiolingvistika / kompyuter lingvistikasi / etnolingvistika / neyrolingvistika / pragmatika / matn tilshunosligi / gnoseologiya / diaxron tahlil / sinxron tahlil. / linguistics / humanitarian science / natural science / social science / philosophy / didactics / psychology / pedagogy / sociolinguistics / computer linguistics / ethnolinguistics / neurolinguistics / pragmatics / text linguistics / epistemology / diachronic analysis / synchronic analysis.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Akramjonova Gulandom Ibrohimjon Qizi

Ushbu maqola orqali biz, avvalo, tilshunoslik fani keyin esa uning boshqa gumanitar fanlar bilan o’zaro aloqalarini, ularning qay tomonlama bir-biriga bog’liq ekanligini, qanday farqli va o’xshash jihatlari mavjudligini o’rganamiz. Ushbu maqola bizga nafaqat tilshunoslik bo’limi bilan, balki yana boshqa gumanitar fanlar bilan ham bir qator tanishib o’tishimizga kerakli va foydali manbaa bo’lib xizmat qiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

RELATIONSHIP AND CONNECTION OF LINGUISTICS WITH HUMANITIES

Through this article, we will study, first of all, the science of linguistics, and then its interactions with other humanities, how they are related to each other, and what are their differences and similarities. This article serves as a necessary and useful resource for us to get acquainted not only with the department of linguistics, but also with other humanities.

Текст научной работы на тему «TILSHUNOSLIKNING GUMANITAR FANLAR BILAN O’ZARO MUNOSABATI VA BOG’LIQLIGI»

TILSHUNOSLIKNING GUMANITAR FANLAR BILAN O'ZARO MUNOSABATI VA

BOG'LIQLIGI Akramjonova Gulandom Ibrohimjon qizi

Andijon davlat pedagogika instituti O'zbek tili va adabiyoti magistranti https://doi. org/10.5281/zenodo. 73269 78

Annotatsiya: Ushbu maqola orqali biz, avvalo, tilshunoslik fani keyin esa uning boshqa gumanitar fanlar bilan o 'zaro aloqalarini, ularning qay tomonlama bir-biriga bog 'liq ekanligini, qanday farqli va o'xshash jihatlari mavjudligini o'rganamiz. Ushbu maqola bizga nafaqat tilshunoslik bo 'limi bilan, balki yana boshqa gumanitar fanlar bilan ham bir qator tanishib o 'tishimizga kerakli va foydali manbaa bo 'lib xizmat qiladi.

Kalit so'zlar: tilshunoslik, gumanitar fan, tabbiiy fan, ijtimoiy fan, falsafa, didaktika, psixologiya, pedagogika, sotsiolingvistika, kompyuter lingvistikasi, etnolingvistika, neyrolingvistika, pragmatika, matn tilshunosligi, gnoseologiya, diaxron tahlil, sinxron tahlil.

RELATIONSHIP AND CONNECTION OF LINGUISTICS WITH HUMANITIES

Abstract: Through this article, we will study, first of all, the science of linguistics, and then its interactions with other humanities, how they are related to each other, and what are their differences and similarities. This article serves as a necessary and useful resource for us to get acquainted not only with the department of linguistics, but also with other humanities.

Key words: linguistics, humanitarian science, natural science, social science, philosophy, didactics, psychology, pedagogy, sociolinguistics, computer linguistics, ethnolinguistics, neurolinguistics, pragmatics, text linguistics, epistemology, diachronic analysis, synchronic analysis.

KIRISH

Tilshunoslik fani o'zi nima? Ushbu fan asosan nimalarni o'rganadi? Kabi savollar tilshunoslik fani bilan endigina tanishib chiqmoqchi bo'lgan o'quvchini, albatta, qiziqtirishi tabiiy hisoblanadi.

Tilshunoslik bu tilning paydo bo'lishidan tortib, uning yillar, asrlar davomida qanday rivojlanib borganligini hamda bugungi kunda qay darajada rivojlanayotganligini , til va tafakkur o'rtasidagi munosabatlarni, til hamda jamiyat o'rtasidagi bog'liqlikni, tilning jamiyatdagi o'rni, ichki tuzilishi, tilning tasnifi, uni tahlil qilish usullari va shunga o'xshash yana boshqa shu kabi masalalarni o'rganuvchu fan hisoblanadi.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Tilshunoslikni o'rganishda faqat o'zining doirasidan chiqmasdan o'rganish bu doirani nihoyatda toraytirib yuboradi. Chunki tilshunoslikning ko'p tarmoqli ekanligi tilshunoslik fani izlanuvchilariga ayon. Bunday ko'p tarmoqlilik, albatta, boshqa fanlar bilan o'zaro aloqa natijasida yuzaga keladi. Ayniqsa tilshunoslik fani deyarli har bir fanga aloqador sanaladi, deyarli har bir fan tarkibida ushbui fan bo'limlari mavjud. Tilni tilshunoslik bilan bir qatorda falsafa, psixologiya, sotsiologiya, mantiq kabi gumanitar fanlar ham o'rganadi. Tilni o'rganishda ishtirok etadigan har bir fanning tilga nisbatan o'zining turli xil munosabati mavjud. Tilshunoslik fanini umumiy o'rganmoqchi bo'lgan inson , ya'ni umumiy tilshunoslik kursini chuqur anglab yetmoqchi bo'lgan shaxs , albatta, shunday tilshunoslik bilan yondosh bo'lgan fanlardan ham xabardor bo'lishi kerak. Tilshunoslik fanining o'zi ham gumanitar fan hisoblanadi. Biz ham maqolada aynan gumanitar fanlar bilan aloqani o'rganamiz. Bu shuni ko'rsatadiki, tilshunoslik fani boshqa gumanitar fanlar

bilan o'zaro qarindosh fan desak ham bo'ladi. Quyida birma - bir tilshunoslikning boshqa gumanitar fanlar bilan o'zaro munosabatlariga bir - bir nazar tashlab chiqamiz.

Tilshunoslikning falsafa va mantiq bilan aloqalari:

Avvalo, falsafa faniga kelsak. Barcha fanlar falsafa fanidan ajralib chiqqani, falsafa fani barcha fanlarning "onasi" ekanligi haqidagi ma'lumotlar qadimdan ma'lum. Shu qatori tilshunoslik fani ham falsafa fani bilan uzviy bog'liq. Falsafa fani tilshunoslik metodikasini belgilab beradi. Shunday ekan, falsafani o'rganmagan kishi tilshunoslik uchun xos bo'lgan metodlarni tushuna olmaydi. Falsafa qonuniyatlarini bilmagan til o'rganuvchilari til va nutq faoliyatiga sistema sifatida yondosha olmasligi aniq. Tilshunoslik falsafa fani bag'rida shakllangani , til va mantiq o'zaro zich bog'langani sababli bir qator olimlar til kategoriyalarini falsafa kategoriyalariga qiyosan o'rganadilar. Natijada tilshunoslikda mantiqiy va falsafiy yo'nalishlar maydonga kelgan. Tilni tafakkurga munosabati asosida o'rganuvchi tilshunoslar oqimi mantiqiy yo'nalishni tashkil qiladi. Tilshunoslik va mantiq o'zlari paydo bo'lgan va uyg'unlashgandagi ilk davrlardayoq o'zaro munosabatda paydo bo'lgan, yunoncha logika , arabcha mantiq atamalarining negizida so'z va nutq yotgani ham fikrimiz dalilidir.

TADQIQOT NATIJALARI

Mantiqiy yo'nalish tilshunoslikdagi quyidagi muammolar bo'yicha fikr yuritadi :

1. Tilning gneseologiya bilan aloqasini ochish;

2. Tilning o'ziga xos tuzilish xususiyatlarini emas, balki barcha tillar uchun universal tomonlarini yoritish;

3. Grammatik kategoriyalarni mantiqning universal kategoriyalari asosida aniqlash, so'zni tushuncha asosida, gaoni hukm asosida izohlash va boshqalar;

4. Qanday til shakliga ega bo'lishdan qat'iy nazar, yagona tahlil tamoyili ishlab chiqish;

5. Diaxronik tahlildan ko'ra sinxron tahlilni ustun qo'yish, shu bilan bog'liq ravishda tarixiy va qiyosiy - tarixiy grammatikaga nisbatan tavsifiy grammatikaga e'tibor berish;

6. Ko'proq gap va semantika tahliliga diqqat qilish.

Logika atamasi ilmiy muomalaga stoiklar tomonidan fikrning so'z yordamida ifodalanishini bildiruvchi atama sifatida kiritildi. Qadimgi yunon faylasufi Arastu tafakkur qonunlarini o'rganuvchi fan uchun analitika atamasini qo'llagan edi.

Tilshunoslikning psixologiya bilan aloqasi:

Psixologiya nima? U qanday fan? Avvalo shyu savolga javob topamiz. Psixologiya - inson ruhiy jarayonlarining qonuniyatlarini o'raganadigan inson ruhiyati bilan bog'liq bo'lgan fan. Tilshunoslikning psixologiya fani bilan bog'liqligini lingvistikaning boshqa sohalariga nisbatan yangi sohasi bo'lgan psixolingvistika o'rganadi. Psixolingvistika atamasi ilk bora Amerika olimlari tomonidan fanga, ya'ni ilmiy hayotga olib kirildi. Ilk marta bu atama 1946- yil Amerika psixologi N.Pronko tomonidan " Til va psixolingvistika" nomli maqolada qo'llanildi. Bu maqola psixolingvistika haqidagi ilk ma'lumot manbasi edi. Lekin ushbu maqolada psixolingvistikaning maqomi keng ilmiy jamoatchilik e'tirof etadigan darajada belgilanmagandi. 1953- yili Indiana shtatida mashxur Amerika psixologlari J.Karol va CH. Osgud bilan taniqli tilshunos va etnograf T.Siboek tomonidan o'tkazilgan seminarda tilshunoslik bilan psixologiya munosabatlari muhoka etildi va bu ikki fan oralig'ida psixolingvistika nomi bilan yuritiluvchi alohida fan yo'nalishini tashkil qilish lozimligi ta'kidlandi. 1954- yilda esa "Psixolingvistika" nomi bilan nashr etilgan kollektiv monografiya tilshunoslik va psixologiya fanini bog'liqliklarini o'rganuvchi psixolingvistikaning ilk asosiy o'rganish tamal toshi bo'ldi. 1953- yilda yozilgan " Tilni o'rganish" nomli asarda tilshunoslikning boshqa fanlar bilan, ayniqsa, psixologiya bilan munosabati chuqur

tahlil qilingan. Psixolingvistika tilshunoslik va psixologiya fanlari oralig'idagi alohida fan yo'nalishi sifatida belgilangan. Bugungi kunda dunyoning turli mamlakatlarida, jumladan Angliya, Fransiya, Italiya, Ruminiya, Polsha, Chexoslovakiya, Gollandiya, Rossiya, Norvegiya, Kanada singari qator mamlakatlarda psixolingvistika maktablari faoliyat ko'rsatib kelmoqda.

MUHOKAMA

Psixologning ham xuddi tilshunoslik kabi asosiy quroli tildir. Har ikkala fan ham inson ongiga tilning tasiri qanday ekanligini o'rganadi. Shuning uchun ham psixologiya va tilshunoslik fanlari o'zaro uzviy bog'liqdir.

Tilshunoslikning tarix bilan aloqasi:

Tilshunoslik fani tarix fani bilan ham uzviy aloqadadir. So'zlarning tarixini, tilning lug'at boyligini o'rganishda tarix fani tilshunoslik faniga juda ham katta yordam bera oladi. Negaki til urug' va qabila, millat va elatlarning tarixi bilan o'zaro chambarchas bog'langan. Bunday urug', qabila, millat, elatning qanday paydo bo'lgani, qay davrlarda yashagani esa tarix fanining manbasidir. Shunga ko'ra kishilik jamiyatining tarixi tilde o'z aksini topadi. Tilshunoslik va tarix fanlari bir - biri bilan har ikki tomonlama uzviy bog'liqlikka ega. Ya'ni tarix materiallari til taraqqiyotini o'rganish uchun qanchalik muhim bo'lsa, til faktlari ham tarix fani uchun shunchalik muhimdir. Biror - bir yozuvchining tilshunoslikka bag'ishlangan yoki tarixga bag'ishlangan ilmiyb asarini o'qiganda undagi ma'lumotlat faqat shu fanlarning o'zi bilangina cheklanib qolmasdan, boshqa fanlar haqida ham kerakli ma'lumotlar berib o'tilganligini guvohi bo'lamiz. Bu ikki fanning bog'liqigiga tarix fanini alohida o'rganishda ham, tilshunoslik fanini o'rganishda ham takror va takror guvoh bo'lamiz.

Biror bir fanni o'rganish, uni chuqur anglash uchun faqat shu fanninggina ustida ishlashning o'zi xato bo'ladi. Buni chuqurroq anglab yetish uchun uning atrofidagi fanlarni ham borma - bir o'rganib chiqish bu fanni chuqurroq anglashga katta yordam beradi. Negaki har qanday fan bir - biri bilan uzviy bog'liqlikka ega. Buni bir tomondan hamma fan falsafa fanidan ajralib chiqqan degan nazariyaga asosan olsak ham bo'ladi. Tilning boshqa fanlar bilan munosabatini o'rganish ham uning yanada keng imkoniyatlarini ochib beradi. Sunday ekan birgina manbaning o'zi bilangina cheklanib qolish tog'ri emas.

XULOSA

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1. O. Yusupova. Tilshunoslikning boshqa fanlar bilan aloqasi.

2. R. Majidova. Tilshunoslikning gumanitar fanlar bilan aloqasi.

3. O.Yusupova. Tilshunoslik va tabiiy fanlar. O'quv qo'llanma. S. 2021

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.